O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/98
tarix05.08.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#120369
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

2. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli
*
Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya 
- aniq maqsadlarga ko’zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlami tarkib 
toptirishi yo’lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya 
ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillaming hamkorligi bilan 
belgilanadi.
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi, ya'ni 
bilim, ma'Iumot egallanadi.
2. Tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxsni kamolga 
etkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori 
hayotga tayyorlanadi.
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish mumkin.
4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'Iim sharoitida insoniyatning 
ijtimoiy-tarixii tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat 
turlarida ro’y beradi. Natijada bola o’zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari 
sistemasiga kiradi.
Bolaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab 
jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va 
umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo’lgan insoniy tajribani o ’zlashtirishi
28


кегак, ikkinchi lomondan, u тагкиг tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan 
bo'ladi.
Tarbiya va ta'Iim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan 
mazmunni 
tanlaydi, uning o ’zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini 
rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning 
ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo ’shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat 
bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi; uning 
mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o’sayotgan odam shaxsiga 
ta'sir ko’rsatish usullari tobora xilma-xil bo’lib boradi.
Tarbiyaning o’zgarishi. bolaning «eng yaqin rivojianish zonalari» (L. S. 
Vigotskiy) bilan bog’lik bo’lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, 
ko’nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o’zlashtirishga ruhiy-fiziologik 
imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; 
bijir-bijirdan keyin faol nutqni o’zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega 
bo’lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o’zlashtirish; buyum asosidagi 
o’yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'Iim «eng yaqin 
rivojianish zonasi»ga asoslanib. bugungi rivojianish darajasidan oldinda boradi va 
bolaning rivojlanishini olg’a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi 
bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog’liq bo’ladi, aw al erishilgan bosqieh yanada 
yuqoaroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo’shiladi. Ilk yosh bosqichida 
shakllanadigan rivojianish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega 
bo’ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan 
oxirigacha tarbiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko’zi ojiz va kar 
bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. 
Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat 
faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. 

Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy 
rivojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha 
tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg’un rivojlantirish, uning 
rivojlanishini boyitish maqsadi o ’rtaga qo’yiladi (A. V. Zaporojets).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli pedagogning ham 
etakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror 
toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini 
ta'kidlab shunday yozgan edi;
«Tarbiyaviy ta'siming g’oyat qudratli ta'sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. 
Agar odam yomon tarbiyalangan bo’Isa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga 
aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan 
karzdordir»'.
' А.С.М^юреню «Х>яожественная литература о воспитании детей» // Пед соч. М., 1986 Т 7,30 бет
70



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə