«O ʻ zbek tilining leksik tarkibi. O ʻ z qatlam va o'zlashgan qatlam.»



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#110651
untitleddesign original-1



«O
ʻ
zbek tilining 
leksik tarkibi. 
O
ʻ
z qatlam va 
o'zlashgan qatlam.»


Ma'lumki, har bir tilning o'z 
leksik tarkibi mavjud. O'zbek tili 
ham bundan mustasno emas, 
albatta. Shunday ekan, o'zbek 
tilining leksik tarkibi haqida so'z 
yuritishdan oldin leksika 
terminining ma'nosini bilish 
maqsadga muvofiq bo'lardi.
Leksika (yun. lexis so'zga oid, 
lug'aviy) tildagi barcha so'zlar va 
iboralar yig'indisi, tilning lug'at 
tarkibi. Leksika ma' lum 
qonun-qoidaga bo'ysunuvchi 
izchil va murakkab tizimdan 
iborat. Til leksikasi to'xtovsiz 
o'zgarib turadi. Bu narsa lug'at 
tarkibida yangi so'zlarning paydo 
bo'lishi, mavjud so'zlardan 
ayrimlarining eskirib, iste'moldan 
chiqishi, leksik ma'nosini 
o'zgartirib, yangi ma'no kasb 
etishi kabi jarayonlarda ko'rinadi. 
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy 
tuzumning o'zgarishi bilan uzviy 
bog'langan holda leksika boyib 
boradi.


Ma'lumki, o
ʻ
zbek xalqi tarixiy 
davrlar mobaynida boshqa xalqlar 
bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
aloqada bo' lib kelgan. Bu 
aloqalar o' zaro aloqada bo
ʻ
lgan 
xalqning tiliga ma'lum darajada 
o'z ta'sirini o'tkazadi. O
ʻ
zaro ta'sir 
natijasida tilning barcha 
bo
ʼ
limlarida: fonetika, leksika, 
grammatika kabilarda o
ʼ
zgarishlar 
yuz beradi. Tildagi va rivojlanish 
tilning leksikasida kuchli bo' ladi.
(O
ʻ
zbek xalqi qardosh bo
ʼ
lmagan 
tojiklar bilan qadimdan aloqada 
bo
ʼ
ldi. Shuningdek, tarixiy 
sabablar bilan bog'liq holda arab, 
ruslar bilan aloqada Hozirgi 
davrga kelib bir qancha xorijiy 
davlatlar bilan aloqalar o
ʼ
rnatgan. 
Bular o
ʻ
zbek tili leksikasiga 
ko
ʼ
plab so
ʻ
zlarning o
ʻ
zlashishiga 
sabab bo'lmoqda.


Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy 
jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O'z qatlam.
2. O'zlashgan qatlam.
O'z qatlam. O'z qatlamga umumturkiy 
so'zlar va o'zbekcha so'zlar kiradi.
1. Umumturkiy so'zlar. Ko'pchilik 
turkum xalqlar tilida qo'llanadigan, 
barcha turkiy tillar uchun umumiy 
bo'lgan so'zlar umumturkiy so'zlar 
deyiladi. Bu so'zlar turkiy qabilalarning 
goh qo'shilishi, goh ajralishi natijasida 
yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar 
deb nomlanadigan kishilar tiliga 
mansub so'zlardir. Oltoy tillar 
oilasining turkiy guruhida (turkumida) 
24 ta til: o'zbek, qozoq, uyg'ur, 
boshqird, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, 
ozarbayjon, no'g'oy, tatar, chuvash, 
yoqut, tuva, shor, qoraim, qo'miq, 
gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, 
turk, qorachoy, oltoy turklari tillari 
mavjud. Umumturkiy so'zlar hozirgi 
o'zbek tili leksikasining asosiy qismini, 
deyarli yarmini tashkil qiladi.


Umumturkiy so`zlar turli sohalarga oid bo'lib, 
ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, 
his-tuyg'u bildiradigan so'zlar kiradi: kishi, oyoq, 
qo'l, bosh, ko'z, qosh, qizil, ko`k, yashil, oq, bir, ikki, 
uch, to'rt, o'n, kel, tur, yot, o'tir, ol, ur, yaxshi, 
yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2. O'zbekcha so'zlar. O'zbek tili sharoitida o`zbek 
tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan 
so'zlar o'zbekcha so'zlar deyiladi. O'zbekcha 
so'zlar o'zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari 
asosida, o'z qonuniyatlari asosida yaratiladi. 
Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: 
1. Asli o'zbekcha so'zlarga shu tildagi so'z 
yasovchi qo'shimchalar yordamida hosil qilingan 
so'zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo'l+lan+ma, 
o'tkazgich, turg'un, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o'zlashgan so'zlarga o'zbek 
tilidagi yasovchi qo`shimchalarni qo'shish bilan 
yasalgan so'zlar: a) tojikcha so'zlardan yasalgan 
so'zlar: mard+lik, jang+chi, do'stlik, pul-siz; b) 
arabcha so'zlardan yasalgan so'zlar: rahbar+lik, 
qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; v) 
ruscha-internotsional so'zlardan yasalgan so'zlar: 
sport chi, razvedka chi, beton la moq
ekskavator-chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi 
qo'shimchalar yordamida o'z va o'zlashma 
so'zlardan hosil qilingan so'zlar: til+shunos, 
mehnat+kash, chizma-kash, kitob-xon, ilm+iy, 
vagon+soz va boshqalar.


O'zlashgan qatlam. Hozirgi o'zbek 
tilining lug at tarkibiga tarixiy 
sabablarga ko'ra boshqa tillardan 
ko'plab so'zlar kirib kelgan. O'zbek 
tiliga boshqa tillardan kirib kelgan 
so`zlar o'zlashgan so'zlar (olinma 
so'zlar) deb yuritiladi. O'zlashgan 
so'zlar uyg'ur, tojik, arab, rus, nemis, 
fransuz, ispan, ingliz va boshqa 
tillarga oid, O'zbek tiliga boshqa 
tillardan kirib kelgan so'zlarni 
quyidagi qatlamlarga bo'lish mumkin: 
1. Tojikcha so'zlar: osmon, oftob, 
bahor, baho, barg, daraxt, mirob, 
dasta, bemor, g'isht, dasht, xonadon, 
shogird, xaridor, mard, kam, chala, 
balki, agar, ham kabi.
2. Arab tilidan o'zlashgan so'zlar. 
Arabcha so'zlar o'zbek tiliga VII-VIII 
asrlardan boshlab kirgan. Bu hol 
arablarning Markaziy Osiyoni bosib 
olishi bilan bog'liq. Kitob, maktab, 
xalq, maorif, shoir, ma'no, ilhom, kasb, 
qassob, san'at, asbob, bino, imorat, 
ovqat, g'alla, 

l, parranda, hasharot, 
inson, odam, oila, amma, xolla, 
dimog', idora kabi.


3. Ruscha-internatsional so'zlar. XIX asrning 2-yarmidan 
Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston chor 
Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus 
tilining o`zbek tiliga ta'siri shu davrdan boshlandi. Rus 
tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko'plab so'zlar 
o`zlashdi. O'zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali 
Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz,italyan, nemis, ingliz, 
ispan) so'z kirishi ikki tarixiy davrni o'z ichiga oladi:
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha 
bo`lgan davr. 
2. 1917-yildan keyingi davr. Rus tili orqali kirgan 
so`zlarning ba'zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning 
tilida tovush tomoni deyarli o'zgartirilmay ishlatiladigan 
xalqaro so'zlardir. Ular, odatda, internatsional 
(baynalminal) so'zlar deb yuritiladi. O'zbek tiliga 
o'zlashgan
internatsional so'zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga 
mansub:
1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka 
kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, 
general, kapital, kanal plan, direktor, radio kabi. 3. Grek 
tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, 
poeziya, poema,metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya 
kabi. 5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
5. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank 
kabi,


Rus tili va rus tili orqali 
boshqa tillardan kirgan 
so'zlar ijtimoiy-siyosiy 
hayotga, sanoat, qishloq 
xo`jaligi, fan-texnika, 
madaniy-oqartuv, san'at, 
savdo, sport, harbiy sohaga 
doir. Hozirgi Yevropa 
tillaridan so`zlar bevosita 
aloqalar orqali 
o'zlashmoqda. Masalan, o'z 
navbatida so'zlar o'zbek 
tilidan rus tiliga ham 
o`zlashmoqda: o'rik, anjir, 
somsa (uryuk, injir, samsa) 
kabi.
Xulosa o'rnida shuni 
aytish lozimki, xalqlar 
orasidagi turli xildagi aloqa 
tillarning lug'at tarkibining 
boyib borishiga xizmat 
qiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə