Nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Reja



Yüklə 14,64 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü14,64 Kb.
#136163
  1   2   3
NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O‘RGATISH MЕTODIKASINING UMUMIY MASALALARI.




NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O‘RGATISH MЕTODIKASINING UMUMIY MASALALARI.

Reja:

1.Nomanfiy butun sonlar ustida amallar bajarishni o`rgatishning umumiy masalalari.

2.Hisoblashning og`zaki va yozma usullari haqida tushuncha berish.

3. Darsliklar orqali hisoblashning og`zaki va yozma usullariga doir misollarni bajarib ko`rish.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida arifmetik amallarni o`rganish hamda og`zaki va yozma hisoblash ko`nikmalarini tarkib toptirish matematik dasturining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Arifmetik amallarni bajarishni o`rgatish metodikasi o`zaro bog`liq bo`lgan bir necha bosqichga ajratiladi.

I-bosqich. Dastlab amallarni ma’nosi ochib beriladi. Har bir ishoraning mazmunini tasavvur qilib olinadi.Bunda turli amaliy masalalar va o`quvchilar hayotiy faoliyatidan foydalanganlik asosida ishlar olib boriladi.
M: Stol ustidagi beshta daftarga yana ikkita daftar olib kelib qo`shildi. Stol ustuda nechta daftar bo`ldi? Masalani bajarishda shu jarayon bevosita o`quvchilarga ko`rsatilgan holda bajariladi, O`quvchilar nechta daftar bo`lganini ko`rib, sanab javobni topishadi va qo`shish amali ma’nosini tushunib olishlari mumkin bo`ladi. Bu yerda aniqlik va ko`rgazmalilik tamoyillaridan foydalaniladi.


II-bosqich. Bu bosqichda ifodalarni bajarishni og`zaki va yozma usullari o`rgatiladi.Bunda o`quvchilar amallarni ba’zi xossalari (o`rin almashtirish, guruhlash, taqsimot va boshqalar…) ni o`rganadilar. Bilimlarni o`rganishga doir boshlang`ich tushunchalarni sodda misollarda bajarib ko`radilar.

M: Ikki xonali sonni bir xonali songa ko`paytirishni o`g`zaki va yozma usullari.
Yozma usul: 45*8=360. Bunda ikki xonali sonning birlik va o`nligiga bir xonali son alohida-alohida quyi xonadan boshlab ko`paytirilib, dildagini keying xonada hosil bo`lgan ko`paytmaga qo`shib yoziladi.
Og`zaki usul: 45*8=(40+5)*8=40*8+5*8=320+40=360. Bunda ko`paytirishning qo`shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalangan holda, ikki xonali sonni o`nlik va birlikka ajratib birxonali songa ko`paytirib, ko`paytmalarni qo`shamiz.


Yüklə 14,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə