Nizomiy nomidagi



Yüklə 98,27 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü98,27 Kb.
#116344
Boysariyeva Zilola


Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat Pedagogika universiteti


Matematika va informatika yo'nalishi 301-guruh talabasi Abdusalimova Dildoraning O’zbek tilini sohada qo’llanishi fanidan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Abdusalimova. D
Tekshirdi: Qurbonova. O

Toshkent 2023




Abdusalimova Dildora


1. Respublikamizga o'zbek tilini davlat tili sifatidgi nufuzini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar.




Abdusalimova Dildora
2. Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilining asoschilaridan biri
Navoiy ijodida uning barcha asarlarida adabiy tilning yagona umumxalq me`yorlar, umumiy qoidalari to`la shakllanadi va qat`iy tarzda belgilanadi. Tildagi barcha mantiqiy, uslubiy va ijtimoiy tarixiy qatlamlar umumxalq xususiyatlariga ega bo`lib bordi, yagona bir butunlikka birlashdi. Shuni qayd qilish kerakki, bu davr adabiy tili faqat Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o`tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari faoliyat bilan ham uzviy ravishda bog`langan. O`zbek adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishida ular ham o`zlarining muayyan hissalarini qo`shdilar. O`zbek badiiy adabiyot tilining tashkil topishida, so`zlashuv adabiiy tili me`yorlarini ishlab chiqish va tartibga solish hamda adabiiy tilni jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirish jarayonida Xorazmiy, Durbek, Amiriy kabi adiblarning asarlari orqali zamin tayyorlagan bo`lsa, Atoiy,Sakkokiy va Lutfiy she`riyatida bu jarayon yana ham taraqqiy ettirildi. So`zlashuv tiliga xos til vositalari adabiiy til unsurlari bilan qo`shilib ketadi, uning tarkibiy qismiga aylanadi. Navoiy ijodida, uning asarlarida hamma adabiy janrlarga xos badiiy matnlarda o`z davri adabiy tilining taraqqiyoti, takomillashib borishi uchun zarur bo`lgan barcha vositalar xalq tili boyliklari bilan uyg`unlashib qo`shilib ketadi. Alisher Navoiy tili o`z tarixiy-tadrijiy rivojlanishi ham, uslubiy boyligi va rang- baraogligi tomonidan ham juda murakkab hodisadir. Uning asarlarida faqat Navoiyning o`ziga xos xususiy til hodisalari, individual ijodiy xususiyatlarigina aks etib qolgan emas. Balki, shu bilan birga u o`zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o`z davri adabiy tili va adabiyotning xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi.
O`rta asrlarda, XIII-XV asrlar davomida Yaqin va O`rta harq mamlakatlarida ikki il-din va ilm- fan sohasida arab tilini qo`llash hamda badiiy ijodda fors-tojik tilida asarlar yaratish an`anaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz orasida etishib chiqqan buyuk allomalar Al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Maxmud Qoshg`ariy kabilar o`z asarlarini ona tilida emas, balki ana shu an`anaga ko`ra arab tilida yozdilar. Badiiy adabiyotda esa fors-tojik adabiy tili an`analarining ta`siri ancha kuchli edi. Bu an`ana Navoiy yashagan davrlarda ham katta mavqega ega edi.
Uning ta`siri ostida hatto o`zbek xalqi orasidan etishib chiqqan shoir- yozuvchilar ham ona tiliga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`ldilar. Ular turk-o`zbek tilini dag`al til, unda nozik his-tuyg`ularni nafiya tarzda ifodalab bo`lmaydi degan g`ayri ilmiy, noto`g`ri fikrlarni ilgari surar edilar. Mana sShunday sharoitda Alisher Navoiy ona tilini himoya qilish uchun kurash bayroqdori, ona tilining boyligi va sofligi uchun tolmas kurashchi sifatida maydonga chiqdi. Ona tilining qimmatli va ahamiyatini kamsituvchilarga qarshi kurashdi. O`z ona tili- turk- o`zbek tilining boyligini, qudrat va salahiyatini, uning cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini katta kuch va g`ayrat bilan himoya qildi, uni she`riyat osmoniga ko`tardi. hu bilan birga, u fors-tojik va adabiyotining taraqqiyotiga ham munosib hissa qo`shdi.
Navoiy o`zining ona tili uchun olib borgan kurashini uch yo`nalishga, ya`ni buyuk shoir va yozuvchi sifatida, oliy martabali yirik davlat arbobi hamda ulug` mutafakkur, tilshunos olim sifatida davom ettirdi.
U o`zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo`lgan «Xazoyin- ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali turk-o`zbek tilining qudratini, uning boy tavsiriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to`liq ma`noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. Navoiy o`z adabiy- badiiy asarlarini yaratish jarayonida juda muhim va murakkab ikki vazifani- o`zbek adabiy tilini yuksak darajada rivojantirish va takomillashtirish, uning hozirgi o`zbek adabiy tiliga xos adabiy uslubiy me`yorlarini ishlab chiqish hamda tom ma`nodagi o`zbek adabiyotini yaratish, undan xalq ommasini bahramand qilish vazifalarini amalga oshirdi.
Turk- o`zbek adabiy tilini ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoya qilish- Navoiyning ona tili uchun, uning davlat tili bo`lishi uchun olib borgan kurashning ikkinchi yo`nalishini tashkil qilardi. Navoiy ko`p yillar davomida Xusayn Boyqaro saroyida muhrdor, vaziri a`zam, amiri kabir singari mas`uliyatli lavozimlarda ishlagan, saroyda, devon va mahkamalarda rasmiy ish yuritilishi sohalariga rahbarlik qilgan. Podshohlikning amiri kabiri sifatida davlat devonxonalarida rasmiy ish yuoiishda, noma, farmon va buyruqlar yozib tayyorlanda fors- tojik tili bilan birga o`zbek tilini ham keng qo`llagan, uni davlat tili darajasiga ko`tarish uchun juda ko`p kuch- g`ayrat sarfladi. «Xalq bilan xalq tilida so`zlashish kerak», degan aqidaga amal qilgan Navoiy, ayniqsa Xusayn Boyqaro va shaxzodalarga yozgan maktublariga, hokimlar, doruga va devonbegilariga, tuoli amaldorlar va do`stlariga yo`llagan noma va xatlarida ona tilini yo`qlaydi, targ`ib qiladi. Turlicha farmon va buyruqlarni, har xil rasmiy ish hujjatlarini keng xalq ommasiga tushunadigan ana shu tilda olib borish lozimligini qat`iy turib talab qiladi va bu borada ancha samarali natijalarga erishdi.




Yüklə 98,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə