Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida esse yo’zib bering Kirish


Vaholanki, tarixni oʻqitishdan maqsad nima



Yüklə 54,79 Kb.
səhifə2/4
tarix26.05.2023
ölçüsü54,79 Kb.
#112947
1   2   3   4
1-topshiriq javob

Vaholanki, tarixni oʻqitishdan maqsad nima?
Keling, yuqoridagi savolga javob izlab koʻramiz. 2020-yilda nashr etilgan “Tarixdan hikoyalar” nomli 5-sinf darsligida oʻquvchilarga xitoban shunday deyilgan: “Dunyodagi zoʻravon kuchlar qaysi bir xalqni oʻziga tobe qilmoqchi, boʻysundirmoqchi boʻlsa, avvalo, uning oliy qadriyati boʻlgan tilidan, tarixidan va maʼnaviyatidan judo qilishga urinadi. B
izning oʻtmish tariximiz bunga guvoh. Hech kimga mute boʻlmaslik uchun esa Vataningiz tarixini puxta bilishingiz zarur. Vatanimizning oʻtmishi buyuk, uning kelajagi ham, shubhasiz, buyukdir. Oʻtmishdagi buyuklik nimalardan iborat boʻlganligini va kelajakdagi buyuklik yoʻlida qanday ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-bosqich oʻrganish orqali bilib olasiz”.
Bu xitob yuqoridagi savolga toʻliq javob boʻla oladi. Yaʼni birovga tobe boʻlmaslik uchun, birinchi navbatda, tarixni puxta oʻrganish talab etiladi. Lekin 5-sinf oʻquvchilarining necha foizi buni bildi? Ularning nechtasi darslikning kirish qismini oʻqidi? Ularning nechtasi oʻz tarixini bilmaslik birovga tobe boʻlib qolishning dastlabki sababi boʻlishini tushundi? Albatta, bu savollarga javob topish bir qarashda ahamiyatsizdek koʻrinar. Modomiki, tarixni bilmaslik borib-borib tobelikka, mustaqillikning qoʻldan ketishiga, zoʻravonlarga mute boʻlib qolishga sabab boʻlsa, u holda bu savollarga javob topishning ahamiyati ortadi.
Hozir barcha bosqichdagi taʼlim tizimida farzandlarimizning oʻz vatani tarixini puxta oʻrganishi uchun oʻquv reja va dasturlari ishlab chiqilgan, dars soatlari ajratilgan, adabiyotlar, koʻrgazmali taʼlim vositalari va malakali kadrlar bilan taʼminlangan.
Farzandlarimiz oʻqiyotgan tariximizda ularning qalbida milliy gʻururni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi maʼlumotlarni nechogʻli yoritib bera oldik? Yoshlarimizning oʻz vatani tarixini qiziqib oʻrganmasligining sababi uni hududimizga bostirib kirgan imperiyalar yurishlari va ularga qarshi mazlum xalqimiz qoʻzgʻolonlarining mudhish oqibatlari haqidagi maʼlumotlar bilan toʻldirib tashlaganimiz emasmikan?
Yoki tarix fanining strategik ahamiyatini zarur darajada toʻgʻri baholamagan holda, darslar yuzaki tashkil etilayotgani hamda bu darsning tobora qisqartirib borilayotgani sabab boʻlayotgandir? Vaholanki, “Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yoʻqmi, oʻqituvchilar saviyasiga bogʻliq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim” (Erkin Vohidov).
Tarix kitoblarimizda Markaziy Osiyodagi yagona turkiy imperiya boʻlgan Kushon imperiyasining jasur sarkarda va hukmdorlari, ularning mamlakatni boshqarishdagi mahoratlari yoki ilk oʻrta asrlar tarixidagi eng katta hududni birlashtirgan Turk xoqonligi sarkardalari haqidagi va yoki Amir Temurga moʻgʻullardan Movarounnahr taxtini olishda yordam bergan sarbadorlar haqidagiga oʻxshash tariximizning yorqin, lekin kam yoritilgan voqealarini kengaytirib, milliy ruhni singdirgan holda yoritib bersak, ehtimol, yoshlarning tariximizni oʻrganishga munosabati oʻzgarar.
Dunyo tabiblarining ustozi Abu Ali ibn Sino bobomiz oʻz vaqtida “Insonlarning doimiy tobe boʻlib yashashi, boshqalar tomonidan oʻz nafsining masxara qilinishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishining qiziqqon boʻlishiga sabab boʻladi”, deya inson tabiatiga erksizlikning taʼsiridan ogohlantirgan.
Mamlakatda qaysi bir soha rivojlansa, demak oʻsha sohada berilayotgan taʼlim sifati yuqori ekanligidan xulosa qilinadi. Chunonchi, bugungi kunda xorijiy til va axborot texnologiyalarini oʻqitish sohasida rivojlanish koʻzga tashlanadi. Bu juda yaxshi. Zero, bugun dunyo shuni talab qilmoqda. Lekin xorijiy tilni mukammal oʻrganish shu tildagi xorijiy maʼlumotlardan ham keng foydalanish imkonini beradi.
Ming afsuski, hozir bizning milliy qadriyatlarimizga mutlaqo zid boʻlgan tushuncha va illatlar koʻpgina rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ommaviy normal qadriyat sifatida qabul qilib boʻlingan. Bu ham yetmagandek, ana shu “qadriyatlar” dunyo boʻylab xorijiy tillarda faol targʻib qilinmoqda. Milliy ruhi, milliy oʻzligi va gʻoyaviy immuniteti zarur darajada shakllanmagan ayrim xorijiy til bilimdonlari bunday targʻibotlarga uchib, ommaviy madaniyat qurboni boʻlmoqda.

Xulosa
Yuqoridagi fikrlar tarix oʻqitish tizimida muammo borligini va zarur yangilanishlarni oʻtkazish lozimligini koʻrsatmoqda. Fikrimizcha, quyidagi takliflar tarixni oʻqitish sifatini va aholining tariximizni oʻrganishga qiziqishini yanada oshirishda xizmat qilishi mumkin.
Birinchidan, barcha bosqichdagi taʼlim muassasalarida oʻqitilayotgan tarix fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va darsliklardagi mavzular va ularning matnini milliy ruhni koʻtarish nuqtayi nazaridan qayta nomlash, joylashtirish va yozish hamda oʻquv soatlarini sezilarli darajada oshirish kerak.
Ikkinchidan, milliy tariximizni oʻqitish boʻyicha taʼlim sifatini keskin oshirish choralarini koʻrish kerak. Bunda:
– har bir mavzu xususiyatidan kelib chiqib, hamma uchun rioya etilishi majburiy boʻlgan maxsus taʼlim texnologiyalarini joriy etish;
– tarix fani oʻqituvchilarining pedagogik bilim va salohiyatiga doir talablarni yanada oshirish;
– ularning malakasini oshirish tizimini ham yanada takomillashtirish;
– mahorati, pedagogik va ilmiy sohadagi namunali faoliyatidan kelib chiqib tarix fani oʻqituvchilarini alohida moddiy ragʻbatlantirib borish mexanizmini joriy etishni koʻzda tutuvchi ishlarni amalga oshirish.
Uchinchidan, Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 100 ming jilddan ortiq nodir qoʻlyozmalarni oʻrganishni ragʻbatlantiruvchi tanlovlar, davlat grantlari joriy etish, shu sohani qoʻllab-quvvatlovchi fondlar faoliyatini tashkil etish darkor.
Toʻrtinchidan, “Oʻzbekiston tarixi bilimdoni” respublika tanlovini tashkil etish kerak. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilganining samarasini koʻrdik. Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitob oʻqishga qiziqish va eʼtibor sezilarli darajada oshdi. Ushbu tajribani tarixni oʻrganishda ham joriy etish maqsadga muvofiq. Milliy tariximiz bilimdonlarini ham respublika miqyosida ragʻbatlantirish orqali yoshlarimiz va xalqimizning tariximizni oʻrganishga munosabatini oʻzgartirishimiz mumkin.
Beshinchidan, xalqimiz orasida juda koʻp bahs va tortishuvlarga sabab boʻlgan mavzular boʻyicha tarixiylik va ilmiylik jihatdan yechim taqdim etish choralarini koʻrish zarur.
Oltinchidan, tarix sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar mazmuni, ilmiyligi, tarixiyligi va jamiyatga keltiradigan samarasi nuqtayi nazaridan talablarni yanada kuchaytirish hamda tarix boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus grantlar ajratish orqali ularning puxta va mukammal tarixiy tadqiqot olib borishdan manfaatdorligini oshirish choralarini koʻrish zamon talabi boʻlib bormoqda.

Yüklə 54,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə