«Научный импульс» Январь, 02 1082 energetikaning texnika va taraqqiyotdagi oʻrni va ahamiyati xamraliyev Asadbek



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#149692
1   2   3   4   5   6   7
Xamraliyev Asadbek


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

1084 
mingta, Rossiyada 50 mingta, Eronda - faqat 600 ta Saudiya Arabistonida – 300 ta, 
Quvaytda – 100 ta quduq kerak bo‘ladi. Ko‘pgina davlatlar chetdan keltirilgan energiya 
tashuvchilardan foydalaniladi. Masalan, Yaponiya 80% dan ortiq energiya manbalarini 
(asosan neft) Fors ko‘rfazida joylashgan mamlakatlaridan tashib keltiradi. Yevropa 
davlatlari ham 20% ga yaqin energiyani shu joydan oladi. Energetika fani. Energetika 
oqimlarining xossalari va o‘zaro ta’siri, uni insoniyat jamiyatiga ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-
texnik va atrof muhitga ta’sirini o‘rganadi. Bundan tashqari xalq xo‘jaligiga kerak bo‘ladigan 
energiya manbalari olish, turli xil energiyani ishlab chiqaruvchi, boshqa turga aylantiruvchi 
va iste’mol qiluvchi qurilmalarni yasash, jarayon va qonuniyatlarni o‘rganish bilan ham 
shug‘ullanadi. Elektr, issiqlik, gidrotexnik va boshqa ko‘p ilmiy yo‘nalishlar bilan yaqin 
muloqot qilgan holda, energetika fani matematika, fizika, avtomatika va kibernetika 
fanlarini qo‘llashni taqazo etadi. Zamonaviy jamiyatda muhandisning o‘rni juda muhim. 
Muhandislar fan yutuqlarini bevosita jamiyat ishlab chiqarishiga tadbiq etish, undan 
foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va unumdorligini oshirish 
mumkin. Shuning uchun ular insoniyat jamiyati doirasida keng miqyosdagi masalalarni 
yuqori ilmiy va texnikaviy darajada yechishga qodir bo‘lishlari kerak. 
Insonlarning butun hayoti davomida energetika katta ro`l o`ynaydi. Sanoatning 
rivojlanganligi, madaniyatlik darajasi va ijtimoiy o`zgarishlar energiya ishlab chiqarish va uni 
o`zlashtirish usullarining ko`lami bilan uzviy bog`langandir. Energetika bir ulkan tizim bo`lib, 
insonlar tomonidan tabiiy energetic resurslarning barcha turlarini qazib olish, qayta ishlash, 
elektr va issiqlik energiya turlariga o`zgartirish hamda undan o`z ehtiyojlarini qondirish 
jarayonlarini o`rganuvchi fanlar tizimlari majmuasidan iboratdir. Energetika fani 
elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya, issiqlik texnikasi, gidrotexnika va 
boshqa ko`pgina aniq fanlar bilan ham- korlikda uzluksiz rivojlanishda. Uning masalalarini 
yechishda matematika, fizika, kimyo, avtomatika va kibernetika fanlari katta ro`l o`ynaydi. 
Zamonaviy energetika masalalarining hal etilishi texnik, biosfera yoki ekologik, ijtimoiy – 
siyosiy aspektlarda qaralmog`i kerak. Energetikaning bu uch aspekti energetikaning butun 
rivojlanishi davomida teng ahamiyatga ega bo`lib kelgan va bo`lib qoladi. Bu aspektlarning 
teng ahamiyatga egaligi yahlit energetika tizimi uchungina emas, balki uning 
elektroenergetika, gidroenergetika, issiqlik energetikasi, elektromexanika va boshqa 
tarkibiy qismlarini alohida qaralganida ham namoyon bo`ladi. Tabiatga ta’sir etish uchun 
inson beqiyos imkoniyatlarga ega.Ammo inson tabiat ustidan qanchalik real hukmronlik 
qila boshlasa xuddi shuncha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir mutafakkir 
aytganidek, inson tabiatga bosqinchi – xukmron sifatida munosabatda bo`lsa, undan keyin 
faqat cho`l va sahrolar qoladi. Bu so`zlar zaminida tabiatga bo`ladigan munosabat 
nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bo`lishi kerakligini va tabiat qonunlarini chuqur bilib harakat 
qilish zarurligini anglatadi. Bunga yaqqol misol, sovet tuzumining paxta yetishtirishni yangi 
yerlarni o`zlashtirish hisobiga ko`paytirish siyosati Orol dengizini qurib borishiga olib keldi. 
Energetikani boshqarishda faqat texnik aspektlar asosida emas balki bioekologik va u bilan 
uzviy bog`langan holda ijtimoiy – siyosiy aspektlarni ham hisobga olish kerak bo`ladi. 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə