Narx shakillantiruvchi omillar tasnifi



Yüklə 41,36 Kb.
tarix27.03.2018
ölçüsü41,36 Kb.
#34867

Aim.uz

Narx shakillantiruvchi omillar tasnifi
Hozirda tovar narxlari darajasi va dinamikasini tahlil qilish uchun doimiy nashr qilinadigan narxlar qo‘llaniladi:

  1. Haqiqatda amalga oshirilgan bitimlar bahosi;

  2. Birja kotirovkalari;

  3. Auksion va savdo narxlari;

  4. Umumiy statistik manbalarda keltirilgan narxlar;

  5. Yirik firmalar takliflarning narxi;

  6. Ma’lumot uchun berilgan narxlar.

Baholar darajasi va dinamikasi haqida fikr yuritish uchun eng maqbul mezon bo‘lib haqiqatda amalga oshirilgan odatdagi tijorat amaliyotiga mos keluvchi bitim va shartnomalarning keltirilgan narxlari hisoblanadi. Ammo bu narxlar, odatda, muntazam nashr etilmaydi, matbuotda nari borsa ayrim operatsiyalar bo‘yicha paydo bo‘ladi. Bu dinamik qatorlarini tuzish uchun yetarli emasdir.

Haqiqatda narxlarning qo‘llanilishi mazkur bitimlar shartlari va ular amalga oshirilgan vaziyat oldindan tahlil qilib chiqilgan bo‘lsa foydali natijalar beradi, chunki hamma haqiqatdagi bitimlari ham o‘xshash va narx darajasi haqida fikr yuritilishi uchun yaroqli emas.

Xususan bu monopoliyalar va ularning bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan transfert baholari deb nomlanuvchi operatsiyalarga taalluqlidir. Yashirin tovar aylanishini aks ettiruvchi bu narxlar ayrim hollarda shartlidir, chunki ularning darajasi ko‘p jihatdan bu operatsiyalardan kelgan foydani kimning hisob raqamiga jalb qilinishiga bog‘liq.

Rasman ular jahon bozori narxlaridan farq qilmasliklari lozim, ammo har bir alohida olingan davlatning soliq idorasi oldida o‘z operatsiyalarining bir qismi bo‘yicha hisob berayotib kompaniya foyda solig‘i past bo‘lgan mamlakatlarda foydaning bir qismini yashirish maqsadida sal kamaytirib narxlar bilan manipulyatsiya qiladilar.



Birja kotirovkalari birja savdosi obyekti bo‘lgan tovarlar narxini ko‘rsatadi; asosan ular haqiqatda amalga oshirilgan bitimlarni aks ettiradi va aynan shunda ularning ma’lumot baholari oldidagi afzalligi ko‘rinadi. Birja kotirovkalari har bir daqiqada talab va taklif o‘rtasidagi nomunofiqlikni aks ettirib, iqtisodiy konyunktura o‘zgarishiga tez javob qaytaradi.

Auksion va savdo narxlari birja kotirovkalariga yaqin turadi, chunki, odatda real bitimlarni aks ettiradi. Auksionda narxlarni savdolashishning ikki usuli farqlanadi: narxlar oshib boruvchi auksion va narxlari pasayib boruvchi auksion.

Savdolar tashkilotchilar tomonidan avvaldan e’lon qilingan asosiy shartlarga muvofiq ma’lum ishlarni bajarish uchun pudrat (yollanish), mashina, uskunalar va qator boshqa tovarlarni sotish va xarid qilishda qo‘llaniladi. Savdolardan asosan davlat tashkilotlari va shahar hokimiyati tomonidan elektrostansiyalar, portlar, yo‘llar, sug‘orish (irrigatsiya) va boshqa yirik inshootlar qurilishida foydalaniladi.



Statistik manbalar bo‘yicha o‘rtacha narxlar. Narxlar to‘g‘rsida ma’lumotlarni yig‘ishda iqtisodiy axborotning sanoat, agrar (qishloq xo‘jaligi) va savdoga oid ro‘yxatga olishlar, ichki va tashqi savdo statistik ma’lumotlari katta ahamiyatga ega. Bu manbalarning ko‘pchiligi har bir tovarning aniq narxini nashr etmaydilar, balki ishlab chiqarilgan, sotilgan, olib chiqib ketilgan olib kelingan u yoki bu tovarlarning qiymati va miqdori to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni keltiradilar va ular asosida mos o‘rta narxlarni hisoblash va bir necha yil uchun narxlarni hisoblash mumkin bo‘ladi.

Keng ko‘lamdagi, standart tovarlar bo‘yicha ichki savdoda amal qiluvchi o‘rtacha narxlar sanoat va savdo ro‘yxatga olishlari asosida aniqlanadi. Ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan tovar qiymatini uning miqdoriga bo‘lish natijasida sotuvchi narxi, ma’lum vaqt oralig‘ida sotilgan tovarlarni uning miqdoriga bo‘lish natijasida xaridor narxi aniqlanadi.

Tashqi savdo statistikasi quyidagilarni: u yoki bu davr ichida olib chiqib ketilgan tovar qiymatini uning miqdoriga bo‘lish natijasida biror bir tovarning ma’lum bir mamlakatdan qilingan butun eksporti bo‘yicha o‘rtacha narxlarini yoki xuddi shu yo‘l bilai hisoblamagan ayrim olingan mamlakatga qilingan eksportning o‘rtacha narxini, yuqorida keltirilgan usul bilan ma’lum bir mamlakat tomonidan qandaydir tovarning butun eksporti bo‘yicha yoki ayrim mamlakatning butun importi bo‘yicha o‘rtacha narxlarni aniqlashga imkon yaratadi.

Keng ko‘lamda ishlab chiqariluvchi bir jinsli, standart tovarlar bo‘yicha o‘rtacha tashqi savdo narxlari oddiy ma’lumot narxlariga qaraganda ancha ko‘rgazmaliroq, chunki ular o‘rtacha totilgandir. Nashr etiluvchi ma’lumot narxlari esa real operatsiyalar hajmi bilan bog‘lanmagan va ko‘pincha orqasida aniq bitimlarga ega bo‘lmay faqatgina sotuvchilar so‘rovini ko‘rsatadilar.

Ma’lumot narxlari maxsus ma’lumotlar to‘plamida, kataloglarda, preyskurantlarda jurnallarda, gazetalarda va boshqa nashr etiluvchi narxlardir. Ko‘pincha ular u yoki bu darajada haqiqatdagi bitimlar narxidan farq qiladi, chunki sotuvchilar ma’lumot narxlariga turli tuman arzonlashtirishlar qiladilar. Qator hollarda ma’lumot narxlari bazis narxlari deb nomlangan narxlarni ifoda etadi, ya’ni ular ma’lum sifat va miqdordagi, ma’lum xususiyat, o‘lcham, kimyoviy tahlil va shu kabilarga ega bo‘lgan u yoki bu oldindan aniqlab qo‘yilgan biznes punkti deb ataluvchi geografik manzilda asosiy ko‘rsatkichlarning buyurtma shartlaridan og‘ishi sababli maxsus qo‘shimcha to‘lov va arzonlashtirish shkalalari qo‘llaniladigan tovar narxlaridir. Natijada haqiqatda xaridor tomonidan tayinlanadigan narx nashr etiladigan bazis narxlaridan ancha farq qiladi.

Ma’lumot narxlarining o‘ziga xos xususiyati - ularning nisbatan kam harakatda bo‘lishidir; ma’lumot narxlari bozor konyunkturasi o‘zgarganda ham nisbatan kam o‘zgaradi, chegirma va ustamalar esa ko‘proq qayta ko‘rib chiqiladi va bu haqiqatdagi narxlarda mos o‘zgarishlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha to‘lovlar va chegirmalar sotuvchilarga e’lon qilingan narxlarni o‘zgartirib haqiqatda bozor talabiga ko‘ra ovoza qilmasdan ularni ko‘paytirish yoki kamaytirish imkonini beradi. Bundan narxlar differensiatsiyasi siyosatini yurituvchi monopoliyalar juda ham manfaatdor bo‘ladilar.

Zamonaviy amaliyotda chegirmalarning quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: tovarni naqd pulga sotib olingandagi chegirma; katta miqdordagi yoki seriyali xaridlar uchun chegirma; kichik ulgurji savdoga mo‘ljallangan tovarlar uchun preyskurant narxlaridan chegirma, sotuv bo‘yicha o‘rtada turganlar uchun dilerlik chegirmalari; buyurtmalaridan sotuvchilar manfaatdor bo‘lgan xaridorlarning imtiyozli qatlamlari uchun maxsus chegirmalar; mavsumdan boshqa vaqtda xarid qilgani uchun mavsumiy chegirmalar; raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida chet el xaridorlariga beriladigan eksport chegirmalari; xaridorga fraxt chegirmasi, foizsiz yoki imtiyozli kreditlar boshqa ko‘rinishlarda beriladigan yashirin chegirmalar, avval xarid qilingan tovarni qaytarib berilganligi uchun chegirma; ishlatilgan uskunalarni sotishdagi chegirmalar.

Zamonaviy jahon bozori uchun narxlar xilma-xilligi xosdir. TTTu sababli bir tovar uchun bozorda bitta narx emas, balki turli sabablarga bog‘liq bo‘lgan turli darajagi narxlar amal qilishi mumkin. Narxlar xilma-xilligini ta’minlovchi omillar ichida quyidagi guruhlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. bozorlar va xaridorlar kategoriyalari bo‘yicha differensiatsiyalashgan baholar tizimini joriy qiluvchi monopoliyalar siyosati (bozor segmentatsiyasi); davlat-monopolistik (savdo siyosiy va valyuta) chora-tadbirlari: savdoning tashkilik tarkibi va shakllari; ishlab chiqarish sharoitlari va qo‘llanish sohasi.

Bozorda narxlar xilma-xilligi ham ichki, ham tashqi savdoda kuzatiladi, ammo ichki va tashqi bozorlardagi narxlar farqini narxlar xilma-xilligi deyish mumkin emas.

Ichki bozorda odatda, muomalaning turli bosqichlariga mos keluvchi turli narxlar amal qiladi va shu sababli xilma-xillik tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, ichki bozorda darajasi bo‘yicha farqlanuvchi xarid va ulgurji, ulgurji va chakana narxlar mavjud, lekin buni narxlar xilma-xillligi deb atash mumkin emas, chunki narxlar xilma-xilligi to‘g‘rsida faqat muomalaning aynan bir sohasi va bosqichi doirasida gapirish mumkin.

Masalan, xarid uchun nima kerakligiga qarab bir turdagi tovarni bozorning turli segmentlarida turli narxlarda sotishni narxlar xilma-xilligi deb ta’riflash mumkin.

Ichki bozorda ulgurji baholarning ahamiyatini ta’kidlab o‘tish lozim. Ulgurji baho - bu korxona va tashkilotlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni o‘zga korxona va tashkilotlarga, ya’ni aholidan boshqa barcha xaridorlar kategoriyalariga sotish narxlariga aytiladi. Aniq bir mahsulot turining ulgurji narxi ishlab chiqarishning ijtimoiy zarur shartlarini va foydani aks ettiruvchi uning tarmoq bahosini aks ettiradi. Aynan ulgurji baholar monopoliyalar va davlat tomonidan aralashuvlarga duch keladi, chunki ular nazorat uchun ochiq va aralashuv natijalari turli bozorlarda ko‘rinadi.

Dunyo bozori nuqtayi nazaridan ulugrji baholar eng qiziqish uyg‘otadi, chunki bu katta partiyadagi tovarlarning narxi, buning ustiga chakana savdodagi soliqlar va yig‘imlar ularga taalluqli emasdir. Taxminan aytish mumkinki, dunyo narxlari aynan ulgurji narxlar darajasidan 30-40% ga kam. Ulgurji baholardan chakana baholarga o‘tish qismida esa narxlarning o‘rtacha ikki barobarga ko‘payishi kuzatiladi. Umuman olganda esa jahon narxlaridan chakana narxlarga o‘tilguncha narxlar taxminan 2,5 barobarga o‘sadi.

Bojxona - tarif va valyuta rejimi shartlari, ichki soliqqa tortish, davlatning boshqa himoya chora-tadbirlari va tartibga solish faoliyati bilan bir qatorda ba’zida ichki va jahon narxlari o‘rtasida bunday katta farq bo‘lishining asosiy sababidir.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda tashqi savdo narxlari, odatda, ichki narxlardan pastroq. Import tovarlarning ichki bozorga o‘tishida import narxlari xuddi «kiyinadilar», yuqoriroq bo‘lib qoladilar. Tovarlarning tashqi bozorga chiqishida ichki narx go‘yo «yechinadilar», turli soliq va yig‘imlardan «tozalanib» eksport narxlariga aylanadilar.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda aksincha, ichki baholar odatda jahon narxlaridan pastroq bo‘ladi, chunki monopoliyalar mayda ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini monopol past baholarda sotib oladilar, tashqi bozorda esa uni yuqori baholarda sotadilar.

Tashqi savdo narxlar xilma-xilligi bozorlarda haqiqatda amal qiluvchi narxlarni aniqlash, ayniqsa tanlashda sezilarli qiyinchiliklar yaratadi.

Hozirda tashqi savdo narxlarini, agar ular quyidagi asosiy talablarga javob bersalar, jahon narxlari sifatida qarash mumkin: bu odatdagi, real, o‘zaro bog‘lanmagan eksport yoki import operatsiyalarini ko‘zda tutuvchi yirik tijorat bitimlari amalga oshiriladigan narxlar bo‘lishi lozim; bunday tijorat operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlar, odatda, erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutada amalga oshirilishi lozim; bu tasofiy emas, balki doimiy, xalqaro savdoning yirik markazlarida tuzilgan, doimiy ravishda katta hajmdagi tashqi savdo operatsiyalari amalga oshiriladigan eksport yoki import tijorat bitimlarining bahosi bo‘lishi lozim.



Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda jaxon narxlari deganda alohida yirik tijorat eksport yoki import operatsiyalari amalga oshiriladigan, doimiy xarakterga ega bo‘lgan va to‘lovlarni erkin konvertirlanadigan valyutada amalga oshirilishini ko‘zda tutadigan baholarni tushunish lozim.

Amalda mazkur sharoitlarda jaxon narxlari - bu mazkur tovarning asosiy ta’minotchilarining eksport narxlari va yirik import markazlaridagi import narxlaridir. Agar xom-ashyo tovarlari bo‘yicha jahon narxlarini asosiy ta’minotchi mamlakatlar aniqlasalar, tayyor mahsulotlar va uskunalar bo‘yicha ma’lum tur va ko‘rinishdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchi yirik firmalar hal qiluvchi rol o‘ynaydilar.
Yüklə 41,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə