Namangan muhandislik-texnologiya



Yüklə 122 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü122 Kb.
#139025
  1   2
moliya


6-Mavzu . Aksiz (fransuzchaaccise — qirqib olmoq) — keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari: qandgugurttuztamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.
14.10.2023 mavzu Aksiz solig‘i. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun aksiz solig‘i. Aksiz solig‘i to‘lovchilarining tarkibi. Aksiz solig‘ining soliqqa tortish ob‘ekti. Soliq ob‘ekti tarkibi: qat‘iy soliq stavkalari belgilangan mahsulotlar bo‘yicha sotilgan mahsulot hajmiga nisbatan naturadagi ifodasi; o‘z ichiga aksiz solig‘ini olgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda yuklab jo‘natilgan tovar qiymati. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan aksizosti mahsulotlariga qo‘llaniladigan soliq stavkalari. Aksiz solig‘ini hisoblash tartibi. Aksiz solig‘ini hisobga olish. Aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida import qilinadigan aksizosti mahsulotlaridan soliq undirish tartibi. Aksiz markalari va ularni qo‘llash tartibi. Aktsiz markalari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish.
7-Mavzu.Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini undirishning huquqiy asoslari. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari tarkibi. Mol-mulk bo‘yicha soliqqa tortiladigan ob‘ekt. Soliqqa tortiladigan mol-mulk bo‘yicha o‘rtacha qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati. Me‘yordagi muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblash. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‘ektlariga mol-mulk solig‘ini hisoblash. Qurilishning belgilangan muddatini aniqlash jarayoni. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: mol-mulkiga soliq solinmaydigan yuridik shaxslar; mol-mulklarga muddat bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlari. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan molmulk solig‘i va uning ahamiyati. Jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirish tartibi. Jismoniy shaxslar olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lash muddatlari.
8-Mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i. Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish ob‘ekti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari. Soliq stavkalarining guruhlanishi: jamoa qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan yerlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; lamikor ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatzorlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan boshqa yerlardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; Toshkent shahar yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; shahar va qo‘rg‘onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; korxona, muassasalar va tashkilotlardan qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari; qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati. Yer uchastkalarini ijaraga olish va mulk huquqi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining to‘lovchilari. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ining ob‘ekti va uni aniqlash tartibi. Yer solig‘i bo‘yicha jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari va ularning tabaqalanishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer solig‘ini hisoblash va uni budjetga undirish tartibi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini to‘lash muddatlari.

14.10.2023 mavzu


9-Mavzu. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirishning huquqiy asoslari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti va uni aniqlash tartibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bo‘yicha; yer osti suv resurslari manbalari bo‘yicha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar tarkibi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.
10-Mavzu. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning to‘lovchilar tarkibi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning ob‘ekti. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar va ularning qo‘llanilish tartibi. Soliqni hisoblash va budjetga o‘tkazish muddati. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq hisobini yuritish va uni buxgalteriyada rasmiylashtirish.



  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytirish. Bunda uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (agar 2021 yil 1 sentabrga qadar kuchga kirgan bitim va shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) doirasida qazib olishni amalga oshiruvchi davlat ulushiga ega korxonalar uchun, O‘zbekiston prezidenti tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning oshirilgan stavkalari belgilanishi mumkin;

  • yer qa’ridan foydalanuvchilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi solig‘ini joriy etish;

  • yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkani qo‘llash;

  • ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish. Bunda, 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblashda soliq bazasi ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilanadi;

  • noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;

  • renta daromadi solig‘ini to‘lovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.


  1. Yüklə 122 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə