Muxamedova Nargizaning "Zamburug`lar bo`limi Mog`or zamburug`lari"



Yüklə 27,98 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü27,98 Kb.
#40853

Toshkent shahar

Yunsobod tumani

327- maktabning

Biologiya fani o`qituvchisi

Muxamedova Nargizaning

“Zamburug`lar bo`limi

Mog`or zamburug`lari”

mavzusidagi dars ishlanmasi

6-sinf II-chorak

Botanika


Mavzu: Zamburug`lar bo`limi. Mog`or zamburug`lari

Darsning maqsadi:



  1. Talimiy –zamburug`lar bo`limiga kiruvchi organizmlarning tuzilishi, zamburug`larning xilma –xilligi, mog`or zamburug`larining xususiyatlari va ahamiyati haqida ma`lumot berish.

  2. Tarbiyaviy –o`quvchilarga atrof –muhitni muhofaza qilish, undagi tirik mavjudodlarning ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, ekologik, gigiyenik tarbiya berish.

  1. Rivojlantiruvchi –yer yuzasida uchraydigan tirik mavjudodlar haqidagi ma`lumotlarni kengaytirish, mustaqil fikirlash, kuzatish taqqoslash ko`nikmalarini shakllantirib borish, tajribalar o`tkazish, mikroskop bilan ishlash tajribasini mustahkamlab borish.

Dars turi: yangi bilimlar berish.

Dars usuli: suhbat, og`zaki so`rov, aqliy hujum , tushunchalar tahlili, interfaol usullar.

Dars jihozi: rasm tarqatmalar, slaydlar, elektron darslik .

Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism-3 minut

Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

  1. Uyga vazifani baholash-10 minut

O`tilgan mavzu:

Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar.

O`tilgan mavzu yuzasidan savollar, tarqatmalar tarqatilib, o`quvchilarning mavzu yuzasidan olgan ma`lumotlari so`rab, baholanadi.

Savollar:



  1. Bakteriyalar qanday mavjudotlar ?

  • Bakteriyalar ko`zga ko`rinmaydigan mayda tirik mavjudodlar.

  1. Bakteriyalarni o`rganuvchi fan qanday nomlanadi ?

  • Bakteriyalarni mikrobiologiya fani o`rganadi.

  1. Bakteriyalar qanday tuzilishga ega ?

  • Bakteriyalar bir hujayrali tirik mavjudotlar bo`lib tanasi bitta sodda tuzilgan hujayradan iborat.

  1. Bakteriyalarning hujayra shakllari qanday bo`lishi mumkin ?

  • Bakteryalarning hujayra shakllari sharsimon, tayoqchasimon, bukilgan bo`lishi mumkin va shunga ko`ra bakteriyalar 3 ta guruhga ajratiladi

  1. Sharsimon bakteriyalar -kokklar

  2. Tayoqchasimon bakteriyalar- batsillalar.

  3. Egilgan bakteriyalar -spirillalar.

  1. Bakteriyalar tabiatda qanday ahamiyatga ega ?

  • Bakteriyalar tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Chirituvchi, achituvchi bakteryalar muhim amaiyatga ega ?

  1. Qanday bakteriyalar parazit bakteriyalar hisoblanadi ?

  • Tirik o`simlik, hayvon va odam organizimida yashab oziqlanib turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar parazit bakteriyalar deyiladi.

  1. Ular organizmga qanday kiradi?

  • Parazit bakteriyalar organizimga havo, ovqat,suv, teridagi jarohat orqali kirishi mumkin.

  1. Bu bakteriyalar odamlarda qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin ?

  • Sil, terlama, bo`g`ma, vabo, o`lat kabi kasalliklar bakteriyalar orqali tarqaladi.

  1. Qaysi o`simliklar bakteriyalarni o`ldiradigan moddalarni ishlab chiqaradi ?

  • Gledichiya ,archa, yong`oq, terak, shunday moddalarni ishlab chiqaradi.

  1. Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalarga qarshi kurashda qanday choralar ko`rish lozim ?

  • Ularga qarshi kurashishda shahar va qishloqlarni, uy joylarni ozoda saqlash, xonalarni shomollatib turish, emlash ishlarini olib borish juda muhim.

  1. Asosiy qism -20minut

Yangi mavzu rejasi

  1. Zamburug`lar bo`limi, ularning tuzilishi, xilma-xilligi

  2. Mog`or zamburug`larining tuzilishi

  3. Mog`or zamburug`larining ko`payishi

  4. Mog`or zamburug`larining ahamiyati

Yer yuzasida qanday tirik mavjudotlar borligini bilasiz?

O`quvchilarning javoblari tinglanadi:



  • Masalan, o`simliklar, hayvonlar, odamlar, bakteriyalar….

Zamburug`lar qanday mavjudotlar ekanligi haqida ma’lumotga egamisiz?

Masalan, qo`ziqorinlar haqida bilasizmi?

O`quvchilar qo`ziqorinlar haqida o`zlari bilgan ayrim ma’lumotlarni aytib o`tishlari mumkin.


  • Ular o`ziga hos tuzilgan

  • O`simliklardan farq qiladi

  • Ularni faqat ayrim joylarda uchratish mumkin

  • Ularni ba’zilarini iste’mol qilish mumkin

  • Ayrimlari zaharli bo`lishi mumkin

  • Ular nam, chirindiga boy tuproqlarda o`sadi.

O`qituvchi tomonidan o`quvchilar bergan javoblari rag`batlantiriladi.

Zamburug`lar haqidagi ma’lumotlar beriladi.



Zamburug`lar o`ziga xos organizmlar bo`lib, vegetativ, tanasi ildiz, poya va barglarga bo`linmagan.

Ularning hujayralarida plastida va xrolofill bo`lmaydi. Zamburug`lar ham bakteriyalarga o`xshb tayyor organik moddalar bilan saprofit va parazit holda oziqlanadi. Zamburug`larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy gifa deb ataladigan ingichka ipchalar yig`indisidan iborat. Zamburug`lar vegetativ , jinssiz, jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Yer yuzasida zamburug`larning 100 mingdan ortiq turu fanga ma’lum. O`zbekistonda 3000ga yaqin turi uchraydi. Zamburug`larni tuzilishiga ko`ra mog`or, achitqi, qalpoqchali va parazit zamburug`larga ajratish mumkin.

Zamburug`larni xilma-xilligini o`rganish, mog`or zamburug`ini tuzilishini o`rganish uchun keling tajriba o`tkazib ko`ramiz.

(O`qituvchi oldindan tayyorlab qo`yilgan non yoki kesilgan mevani ya’ni ustini po`panak-mog`or bosgan mahsulotni ko`rsatadi va bu ham zamburug`larning o`ziga xos turi ekanligi haqida ma’lumot aytib o`tadi).

Zamburug`larni kuzatish uchun buyum oynachasiga bir tomchi suv tomizilib mog`or zamburug`idan kichik bir bo`lakchani qo`yib kuzatiladi. O`quvchilar preparatni kuzatib, mog`or zamburug`I tuzilishi haqida ma’lumot o`rganadilar. Mikroskop orqali kuzatilganda mog`or zamburug`ining tanasida mayda gifalarini ko`rish mumkin.

Mog`or zamburug`ining yashashi uchun, ko`payishi uchun namlik, issiqlik, oziq kabilar bo`lishi lozimligi yorug`lik zarur emasligi haqidagi ma’lumotlar ham aytib o`tiladi. Mikroskopda ko`rgan zamburug`ni rasmini o`quvchilar daftarlariga chizib oladilar.

Zamburug’larning mikroskopda ko’rinishi



Mog`or zamburug`larining ahamiyati haqida slayd orqali ma`lumot olinadi: mog`or zamburug`laridan qimmatli dori penisillin olinadi. Mog’or zamburug’lari

o`simlik va hayvonlarni o`sishini tezlashtiradi chorva mollarining mahsuldorligini oshiradi .Mahsulotlar mog`oralmasligi uchun sovitgichlarda saqlanishi mumkin.


  1. Mustahkamlash-10 minut

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun interfaol usullardan foydalanish mumkin, masalan tushunchalar taxlilini “Cho`qqiga intilamiz” o`yini tarzda o`tkazish mumkin. Sinif jamoasi 3 ta guruhga ajratilib,tushunchalar yozilgan tarqatmalar orqali ma`lumotlarni mustahkamlanadi.

Saprofit Parazit

Mitseliy Gifa

Mog`or zamburug`i Spora

Sporangiy Jinsiy ko`payish

Jinssiz ko`payish Zigota

Qaysi guruhdagi o`quvchilar tushunchalarni to`g`ri va tez tahlil qilib bersalar shu guruhdagi o`quvchilar g`olib bo`ladilar.





Parazit




Jinsiy ko`payish

Gifa

Jinssiz ko`payish

Mog`or zamburug`i

Mitseliy

Saprofit

Zigota

Sporangiy

I-guruh II-guruh III-guruh

Saprofit- tayyor organik moddalarni parchalab, oziqlanish usuli

Parazit-boshqa mavjudotlar tanasida yashab oziqlanish

Mitseliy-zamburug`larning vegetativ tanasi

Gifa- zamburug` tanasidagi mayda ipchlar

Mog`or zamburug`i- zamburug`larning alohida guruhi, mahsulotlarni mog`orlashiga sabab bo`ladi.

Spora-ko`payishi uchun yordam beruvchi qismi

Sporongiy- sporalar yetiladigan sharsimon bo`rtma

Jinsiy ko`payish- zamburug`larning ko`payish usuli

Jinssiz ko`payish- zamburug`larning yaxshi sharoitda ko`payish usuli

Zigota-yangi organizm


  1. O`quvchilarni rag`batlantirish

Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Hayot yo`limizda daraxtlar, suvlar

Qadrdon do`st yanglig` biz bilan hamroh

Ular dilda qo`zg`ar asl orzular

Sevinch bag`ishlar har qatra, har giyoh.

Ha inson, tabiat farzandi ,shohi

Farzandlik farzini etmagil unut

Qatrani bulg`ama, sindirma shoxni

Oftobing va yering qadrin ulug` tut.


  1. Dars yakuni -2 minut

Uyga vazifa berish.

Barcha o`quvchilarimizga rahmat. Aziz o`quvchilar mana bugun darsimiz davomida yer yuzuda yashovchi yana bir tirik mavjudotlar zamburug`lar, ularning bir turi- mog`or zamburug`lari haqida ma’liumotlarni o`rganib chiqdik. Sizlar uyda yana shu mavzuni takrorlab, mustahkamlab o`rganib chiqing .Oldingi o`rgangan tirik mavjudotlarimiz bakteriyalarga taqqoslab, fikrlaringizni yozib, rasmlar orqali ifodalab kelishingiz lozim. Kelgusi darsimizda zamburug`lar haqidagi ma’lumotlarimizni yanada kengaytirib, achitqi zamburug’lari qalpoqchali,parazit zamburug`lar haqida ma’lumotlarni o`ganamiz.



Xayr darsimiz tugadi.
Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə