Mustaqillik yillarida bolalar musiqasining rivojlanishi



Yüklə 25,44 Kb.
tarix29.04.2022
ölçüsü25,44 Kb.
#86241
MUSTAQILLIK YILLARIDA BOLALAR MUSIQASINING RIVOJLANISHI


MUSTAQILLIK YILLARIDA BOLALAR MUSIQASINING RIVOJLANISHI

Xozirgi davrda bolalar uchun nafaqat qo`shiqlar, xorlar yoki cholg`u kuylarigina mavjud bo`lib qolmasdan, balki bolalar operalari, musiqali ertaklar, shuningdek bolalar auditoriyasi uchun maxsus yaratilgan simfonik musiqalar, bolalar dramalari va kinofilmlarga yozilgan musiqalar ham yaratilgan. O`zbekiston kompozitorlari ozod va obod Vatanimizning musiqiy madaniyatini rivojlantirish jarayonida faol ijod qilmoqdalar. Mustaqillikning o`tgan davrida kompozitorlar yakka ijrochi va ijrochi jamoalarining repertuarlarini yangi - yangi musiqiy asarlar bilan doimiy ravishda boyitib kelmoqdalar. Bolalar xor jamoalari, o`smir yoshlar va bolalar ijrosi uchun turli cholg`u asarlarini yaratmoqdalar. Mazkur davrda R.Abdullayev, Sh.Yormatov, N.Norxo`jayev, M. Bafoyev, A.Ergashev, A.

Nabiyev, A.Mansurov, D.Omonullayeva, Muxammad Otajonov va boshqa kompozitorlar bolalar uchun musiqa asarlari yaratdilar va yaratmoqdalar.

Rustam Abdullayev 12 fevral 1947 yil Xivada tug`ilgan. O`zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi, O`zbekiston Respublikasida xizmat k`orsatgan san`at arbobi. 1972 yil Toshkent Davlat Konservatoriyasini kompozitorlik bo`yicha B.Giyenko sinfida bitirgan.1985 yildan O`zbekiston bastakorlar uyushmasi kotibi, 1995 yildan esa O`zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi bo`lib ishlamoqda. U yosh kompozitorlar tanlovi laureati (1976), XXI dunyo fuqarosi (2016), Turon nomli

fanlar akademiyasining akademigi(2017). Uning asarlari Rossiya, Germaniya, Misr, Angliya, Vetnam, AQSh va MDX davlatlarida ijro etiladi.

Bolalar qo`shiqlari: «Sen yolg‘iz emassan» bolalar xori uchun(2004), N.Narzullaeva sh`eri, «Toychoq», «Qoshiq»(1990) X.Muxammad sh`eri, «Kulishingiz gulni kuldirar», «Kulgan ko‘zli bolalar», «Olam gulga to‘laversin» P.Mumina sh`eri (1990), «Oftob chiqdi olamga»(1991) T.Tula sh`eri, «Gul lola», (1995) Q.Ota sh`eri, «Charxpalak», «Yo‘lchiroq, shamchiroq?», T.Mullaboeva sh`eri, «Qo‘zichoq»(1998) Y.Sulaymon sh`eri, «Mustaqillik lolalarimiz», «Do‘stlik taronasi», «Sho‘x qizaloq», (1997 – 1999) N.Narzullaev sh`eri.

Muxammad Otajonov 16 sentyabr 1959 yil Urganchda musiqachilar oilasida tug`ilgan. 1982 yil Toshkent Davlat Konservatoriyasini fortepiano bo`yicha B.Giyenko sinfida tugatgan, 1989 yili esa kompozitorlik bo`yicha bitirgan.

M.Otajonov Respublika piani nochilar tanlovi laureati (1976), Yosh kompozitorlar tanlovi laureati (1987) . Uning asarlari Rossiya, Kanada, Istanbul, AQSh, Italiyada ijro etiladi. Buxoro shahrida o`tkazilgan Respublika bolalar xor jamoalarining ko`rik - tanlovida, O`zbekiston xalq artisti,

dirijor Sh. Yormatov rahbarligida 5000 ta bolalar qo`shma xori ijrosida «O`zbekistonim» (Qambar ota so`zi) va «Navro`zjon» (Z. Mo`minov so`zi) M. Otajonovning qo`shiqlari sovrinli o`ringa sazovor bo`ldi. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan buyon M. Otajonovning ijodiy yo`nalishida ham burilish ro`y berdi. M. Otajonov bolalar uchun ko`plab xor qo`shiqlarini yaratdi. «Assalom»,

“Sho`x chuchuq”, «Beozor musicha», «Onajon O`zbekiston» kabi qo`siqlari shular jumlasidandir.

M.Otajonov bolalar uchun cholg`u asarlarini ham yaratgan.

Uning «Guldasta» fortepiano p’esalari turkumi o`z ichiga 21 ta p’esani oladi. Ularning har biri nafaqat o`z nomiga ega bo`lib qolmasdan, balki ularda she’riy muqaddimalar ham mavjud.«Guldasta» turkumida Qambar ota she’rlaridan foydalanilgan. Turkumning nomi ham juda aniq tanlangan bo`lib, undagi p’esalar guyoki gulzordan tanlangan har xil gullar kabi bir - biriga o`xshamaydigan kontrast p’esalardan tashkil topgan. Turkum mazmuniga qarab uni bir nechta yo`nalishlarga ajratish mumkin. P’esalarning ancha qismi hayvonot dunyosiga bag`ishlangan.

«Xo`tikcha», «Uloqcha», «Musicha», «Urushqoq xo`rozlar», «Mard tuya», «Bedana», «Toychoq», kabi p’esalar shular jumlasidandir. musiqa janrlari bo`yicha yaratilgan p’esalarni ham ko`rsatish mumkin. «Etud», «So`zsiz qo`shiq», «Xorazm marshi», «Ertak», «Hazil - huzul» va boshqalar shu toifadagi asarlarga kiradi. Muallif turkumida bir qator bolalar portretlarini ham yaratadi. «O`g`il bolalar», «O`quvchilar», «Ayvonda», «Qizcha raqsi» kabi p’esalar bilan bir qatorda

tabiat manzarasi bilan bog`liq ikkita p’esa ham ushbu turkumdan joy olgan. Qolgan p’esalarni buyumlarni ifodalovchi asarlarga ajratish mumkin. «Soat», «Guldasta» kabilar. Ana shunday timsollar rang – barangligini kompozitor har xil musiqa vositalari orqali ifodalaydi. Ulardagi eng asosiy tamoyil kontrastlik - qarama – qarshilikdir. U nafakat p’esalar o`rtasida, balki p’esalar ichida

ham mavjuddir. «Toychoq» p’esasi, bu nafaqat jonivorlar haqidagi so`ngi p’esa, balki butun turkumning xotimasidir. Undagi barcha musiqa ifoda vositalari chopayotgan toychoqni ko`rsatishga qaratilgan. Kompozitor ushbu p’esa orqali bolalar tevarak atrofini o`rab turgan jonivorlar obrazlarni tasvirlaydi.

Anvar Ergashev musiqali ertaklar yozgan: «Balli uloqcha»-1986, «Yarash-yarash»-1988, «V strane volshebnыx bukv»–1989, «Snejnaya koroleva»-1997, «Morozko»-1999, «Malenkiy Muk»- 2005 va b. Abdusaid Nabiyevning bolalar uchun yozgan qo`shiqlari: «Yurtim», «Sog‘lom avlod bo‘laylik», «Bahor», «Navro‘z bugun»-2005 xor va yakkaxon, fortepiano uchun. Qo`girchoqlar teatri

uchun musiqa yozgan: «Fotimaning sarguzashtlari» (N.Xabibullaev) -1987.

O’zbekiston umumta‟lim maktablarida musiqa talim tarbiyasining asosiy

maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan. Hamda

umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli

insondarajasida voyaga yetkazishdan iboratdir.

Bugungi kunda kundalik hayotimizda ko‟plab bolalar qo‟shiqlari yaratilmoqda.

Bolalarning sevimli bastakorlari turli janrlarda ijod qilib yuksak cho‟qqilarga

ko‟tarilmoqdalar.

O‟zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasining muallifi, ko‟pgina

davlat mukofotlari sovrindori Mutal Burxonov(1916). Buxoro shahrida tavallud

topdi. 1949-yili Moskva konservatoriyasini tugatgan. M. Burxonov musiqa

san‟atining turli janrlarda ijod qilib keldi. Uning qo‟shiqlari, lirik romanslari,

jo‟rsiz xor uchun qayta ishlagan turli sharq xalqlari qo‟shiqlari, jozibali vocal-

simfonik asarlari, kino musiqalari, “Alisher Navoiy” operasi va boshqa asarlari

zamonaviy musiqa merosimizdan o‟z o‟rnini olgan.

O„zbekiston xalq artisti, dotsent, kompozitor Ibrohim Hamroyev(1916-1999)

XX asr o„zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. Kompozitor butun umri

davomida turli shakl va janrlarda asarlar yaratib, ma‟naviy hayotimizni boyitishga

xizmat qildi. U yaratgan 4 qismli simfonik syueta, simfonik poema, O„zbekiston”, “Bu sening ilhoming”, “Seni ulug„layman”, ko„p qismli kantatalar, ayniqsa shoh

asari “O„zbekiston xotin qizlari” kantatasi unga shuhrat keltirdi va respublika

mukofatiga sazovor bo„ldi. U o„zbek musiqasi asosida “Solfedjio” fanidan 2 qismli darslik chop ettirdi.

Teatr uchun kompozitor “Milixobbonu navi tovon”, “Bir g„uncha

ochilguncha”, “Shoirning orzusi”, “Intiqom” musiqali dramalarini, “Oyjamol”,

“Cho„l chaqmog„i” operalarini yaratdi. I.Hamroyev o„zbek xalq yakka cholg„u va orkestriga bastalagan asarlari orasida, ayniqsa chang uchun yozilgan ikkita “Konsert” va qashqar rubobi uchun yozilgan konsertlari mashhur bo„lib, sozandalar o„quv dasturidan keng o„rin olgan. Kompozitor qo„shiqchilik sohasida ham o„z hissasini qo„shdi. Uning “O„zbekistonim mening”, “Baxtimiz charog„boni”, “Qiz orzusi”, “Dilda bahor o„ynaydi”, “Odamlardan so„roqlab”, “Tinglang meni, sayyoralar”, “Dilbarim, jonim”, “Go„zal qizga”, “Yur sayyoraga chiqaylik”, “Bahor bayrami”, “Sayyoralarga”, “Men-chi kapitan”, “Chaman”, “Rubobim”, “Ofarin ilhomi”, “Har bahor, har kuzda” va boshqa qo„shiqlari fortepiano va ko„plab o„zbek cholg„ulari uchun “O„zbekiston bo„l omon” balladasini yaratdi. Uning bolalarga atalgan ko„pgina qo„shiqlari bor.

O‟zbekiston xalq artisti, Respublika Davlat mukofoti sovrindori , atoqli

kompozitor Ikrom Akbarov(1921) o‟zining simfonik asarlari , kantata ,

oratoriya, opera, balet, musiqali drama va komediya, xor hamda estrada

qo‟shiqlari bilan o‟zbek musiqasi ravnaqiga ulkan hissa qo‟shib kelmoqda.

Hamzaga bag‟ishlab yaratgan ”Shoir xotirasi” simfonik poemasi

kompozitorga katta shuhrat keltirdi.

U “O‟zbekiston syuita”sini , “Eshik poema”sini , “Pochta” syuitasini,

“Samarqand hikoyalari” , “Orzu” baleti asosisa yozgan “Simfonik syuita”sini,

“Navro‟z” nomli baleti asosidagi simfonik syuitasini, “ Raqs”, fortepino va “

Simfonik orkestir uchun konsert” ,skripka va simfonik orkestir uchun

barkamol asarlar yaratdi.

Kompozitor erishgan ijodiy yutuqlari uning vokal-simfonik, kantata va

oratoriya asarlarida ham namoyon bo‟ldi. Uning “Hamza” nomli vokal

syuitasi , “Ballada”si , “Toshkentnoma” oratoriyasi, “ Xamsa” nomli kantatasi,

“Abadiyat” balladasi, “Zafarnoma” va “Do‟stlik” vokal simfonik poemalari ,

“Mening mening shahrim” kantatasi, “Mangu xotira” oratoriyasi o‟ziga xosligi

va badiiy barkamolligi bilan ajralib turadi. Ikrom Akbarov “Orzu”, “Nigor”, “Layli va Majnun”, “Navro‟z” baletlarini yaratib sahna raqs san‟atining rivojlanishiga o‟z hissasini qo‟shdi. Kompozitor “Sug‟d elining qoploni”. “Ibtido xatosi”, “Jaloliddin Manguberdi” operalarini yaratdi.

U “Kumush to‟y”, “Qiz buloq”, “Momoyer”, “Qonli to‟y”, “Kumush

shaharning malikasi” musiqali dramalari, “O‟jarlar”, “To‟ydan oldin tomosha”,

“Yillar o‟tib” komediyalariga musiqa bastalab shu janrlarni rivojlanishiga

barakali hissa qo‟shib kelmoqda.

Kompozitorning atoqli estrada xonandasi O‟zbekiston xalq artisti Botir

Zokirov uchun maxsus yozilgan va ilk bor yangragan “Ra‟no”, “Gazli”,

“Mahbubga”, “Ketma, Nigor”, “Qaydasan”, “Yor kel”, “Qo‟shchinor”, “Qor

yog‟ar”, “Bahor fasli”, “Azizim‟, “Lolazor chorledi” Estrada qo‟shiqlari keng

qanot yozdi.

Ikrom Akbarov “Hamza”, “Sichalak”, “Sen yetim emassan”, “Osiyo

ustida bo‟ron”, “Qora konsulning halokati”, “Ikki dil dostoni”, “Gulbahor”,

“ikkinchi gukkash” filmlari, shuningdek kompozitorlar M . Burhonov va M .

Leviyevlar bilan “Maftuningman” va “Orol baliqchilari” filmlariga musiqa

bastalagan.

Kompozitorning “Orkestr va tor uchun p‟yesa”si, “To‟ylar muborak”

nomli 5 qismli vokal syuitasi, bolalar uchun turli mavzularda yaratgan

qo‟shiqlari xalqimizning olqishlaiga sazovor bo‟lmoqda.

XX asr o‟zbek professional musiqa san‟atining rivojlanishiga hissa

qo‟shgan rus kompozitori Vadim Meyen (1911-1971) ko‟p qirrali ijodiy ,

pedagogic va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa tarixi

sahifalarida yorqin iz qoldirdi .

Kompozitorning ijodiy faoliyatida teatr spektakllariga va o‟zbek xalq

cholg‟ulari orkestriga musiqa bastalash ustuvor bo‟ldi. U rus, o‟zbek drama va

qo‟g‟irchoq teatrlarida sahna yuzini ko‟rgan 100 dan ortiq spektakllarga

musiqa bastaladi. “Vsegda s vami”, “Sluga dvux gospod”, “Jdi menya”, “obiknovenniy chelovek ”, “On prishyol”, “Povest o chernomortsov”, Hamza

nomidagi o‟zbek davlat teatri spektakllari uchun “Muhabbat”, “Brandenburg

darvozasi”, Respublika qo‟g‟irchoq tetrlarida qo‟yilgan spektakllar ; “Skazki

babushka Tatyani”, “Zaykino gore”, “Mau-myau”, “Barmaleyeva pogibel”,

“Vovkina yolka”, “Aladdin i volshebnaya lampa”, “Bey dubinka”, “Sembo”,

“Ziyad Batir‟, “Priklyucheniya Shavkata”, “Vali batir”, “Semurg‟” va

boshqalar.

V. Meyen ayrim mumtoz xalq kuy va ashulalarini orkestirga

moslashtirdi. Ular orasida “Qashqarcha”, “Raqs marshi”, “Yangi davron”,

“Sanam iforisi” asoslarida yozilgan 4 qismli syuita, “ Samarqand Ushshog‟i”,

“Guluzorim‟, “Buzruk”, “Bozurgoniy” 4 qismli syuita, “O‟yin bayoti”,

“Muhammasi Bayot”, “Nasrulloyi 3” va “Nasrulloyi 5 “lar asosida 5 qismli

syuita, P. Mo‟min bilan hamkorlikda “Assalom kelajak” nomli kantata

asarlarni ko‟rish mumkin.

Kompozitor o‟zbek xalq musiqasiga tayangan xolda simfonik orkestr

uchun “Lirik poema”, “Simfonietta” 4 qismli syuita uvertyura , “Paxta

bayrami” poemasini yaratdi. “Farg‟nacha”, “O‟lturg‟usi”, “Galdir”, “Ko‟p

erdi”, “Ol xabar”, “Bir kelib ketsin”, “Nigorim”, “Mubtalo bo‟ldim senga”,

“Ufori Nasrulloi” asosida “So‟zsiz syuita”, “Oybek she‟riga “Navoiy” nomli

vokal simfonik syuita, klarnet va simfonik orkestir uchun konsert “Napev”,

“U kolodsa”, “Skazaniye”, “Plyasovaya” nomli p‟esalarini yozgan.

V. Meyen kamer asarlaridan do‟sti T. Sodiqov xotirasiga bag‟ishlab torli

kvartet uchun 4 qismli syuita, Furqat she‟rlariga 4 ta romanus, Navoiy

she‟rlariga 4 ta romans, H. Olimjon she‟rlariga 4 ta romans, A.Pushkin

she‟rlariga 6 ta romans, shuningdek bolalar uchun bir qator she‟rlar yozgan.

O‟zbekiston xalq artisti sozanda, drijiyor, murabbiy, jamoat arbobi,

kompozitor Doni Zolirov (1914-1985) ajoyib qo‟shiq, romans, musiqali

drama, balet, simfonik va xalq cholg‟ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy

asarlari bilan XX asr o‟zbek musiqa madaniyatini boyitdi. Kompozitorning birinchi yirik ijodi Z. Fatxulinning „G‟unchalar” p‟esasi

uchun bastalagan musiqadir. U ilk ijodiy yutug‟idan keyin mumtoz zamonaviy

shoirlar she‟rlariga qo‟shiq va ashulalar yaratadi. Shu jumladan urush yillari

“Ona orzusi” , “Zafar topib”, “Ol qasos”, “Jangda bardam bo‟l” kabi

vatanparvarlik mavzusidagi qo‟shiqlar; Navoiy she‟rlariga “Orazi” va

“O‟rtanur” fortepiano jo‟rligida qo‟shiqlar, simfonik orkestr uchun 1 ta

syuita; o‟zbek xalq cholg‟ulari ansambliga 3 qismli “Mehnat fronti” nomli

syuita; bastakor N. Hasanov bilan hamkorlikda “Orzigul” va mustaqil ravishda

“Yoriltosh” spektakllariga musiqa bastaladi.

D. Zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga kata e‟tibor berdi. U B. F.

Giyenko bilan “So‟nmas chiroqlar” musiqali dramani yozdi. S. Boboyev bilan

“Dalada bayram” musiqali komediya, “Vatan qirg‟oqlari” musiqali drama, B .

F. Giyenko bilan “Yoshlikda bergan ko‟ngil” musiqali dram, “Hayot mash‟ali”

musiqali drama , K. Jabborov bilan “Mening jannatim” musiqali drama, xalq

ertagi asosida “Shahzoda va yetim qiz” musiqali dramalari tomoshabinlar

tomonidan yaxshi kutib olindi.

U kompozitor M. Ziv bilan hamkorlikda quyidagi babiiy kino filmlarga

musiqa bastaladi; “Amirlikni yemirilishi” , “Qutlug‟ qon”, “Ulug‟bek yulduzi;

kompozitor A. Malaxov bilan hamkorlikda “Qaydasan Zulfiya” yoki „Yor-

yor”, D. Zokirovning bu filmga yozgan yozgan “Ko‟chalar” qo‟shig‟i mashhur

bo‟lib ketgan.

Kompozitorning Navoiy she‟rlariga bastalagan “Ko‟rmadim”, “Ey sabo”,

“Bo‟lmasa”, “Ayb etmangiz”, Turob To‟la she‟riga “Bulbul” nomli romanslari

simfonik orkestr jo‟rligida D. Mullaqandov, H. Nosirova, S. Qobulovalar

ijrosida mashhur bo‟lib ketgan edi. Kompozitor turli mavzularda yakkaxon,

xor, turli cholg‟ular va orkestr jo‟rligida ijro etiladigan 100 dan ortiq qo‟shiq,

ashula, ommaviy xor qo‟shiqlar yaratdi. Ular orasida “O‟zbekistonim”,

“Tinchlik qo‟shig‟i”. “Paxtakor diyor”, “Kosmos bizniki”, “Shifokorlarga”,

“Terimchilarga”, “Do‟stlarga”, “Ona diyor”, “Toshkent oqshomi”, “Suv keldi, hayot keldi “, “Dugonalarga”, “Do‟stlik qo‟shig‟i”, “Cho‟pon qo‟shig‟i”,

“Tinchlik qo‟shig‟i” xor uchun, “Ikki dil dostoni”, “Yor istab”, “Hayot

gulshani” kabi qo‟shiqlar yorqin misol bo‟la oladi.

D. Zokirov bolalar uchun “Sayohat rohat”, “Kungaboqar”, “Oppoq

otim”, “Sirdaryo, Sirdaryo”, “Kapalak va handalak‟, “Bog‟da pishdi uzumlar”,

“Do‟lana”, “Bolalar valsi”, “Bahor valsi”, “Olma”, “Badantarbiya”,

“Maktabim”, “Baxtiyor qo‟shig‟i”, “Yangi yil qo‟shig‟i” va “Beqiyos diyor”

kabi qo‟shiqlarni bag‟ishlagan.

G‟afur Qodirov(1917-1985). ko‟p qirrali ijodkor bo‟lib, ko‟proq

kichkintoy bolalarga atab ijod qilgan. Uning “Archa qo‟shig‟i”, “Quyosh va biz”

kabi qo‟shiqlari maktab va bog‟chalarda shu kungacha ijro qilinib keladi. Undan

tashqari G‟. Qodirov simfonik asarlar, vocal va cholg‟u syuitalari, Estrada

qo‟shiqlari ham yaratgan. Ijod qilish bilan birga, ko‟p yillar Toshkent Davalt

konservatoriyasida yosh sozanda va xonandalarga ustozlik qilgan.

G‟afur .Qodirov bolalarning sevimli kompozitori va ustozi edi.

Serqirra ijodkor Fattoh Nazarov(1919-1982). o‟zining butun umrini bolalar va

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag‟ishlagan edi. “O‟zbekiston

xotin-qizlari”, “Vatan-bizning onamiz “ vokal-simfonik syuitasi, “O‟zbek marshi”,

“Bayram marshi” asarlarining nomi ijodkorning qaysi mavzuga ko‟proq murojaat

qilganini ko‟rsatadi. Fattoh Nazarov ko‟p yillar Toshkent Davlat

konservatoriyasida yoshlarga murabbiy- ustoz bo;lib ishlab keldi va professor

ilmiy unvoniga sazovor bo‟lgan.

O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan san‟at arbobi, kompozitor Abdurahim

Muhamedov (1923-1980) XX asr o‟zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.

O‟ziga xos ovozi bilan xor qo‟shiqlari, milliy uslubda yozgan simfonik va

musiqiy sahna asarlari zamonaviy madaniyatimizni boyitdi.

Kompozitor ijodida qo‟shiq janri yetakchi o‟rin egallaydi. Yakkaxon va

xor ijrosida aytiladigan ko‟plab qo‟shiqlar orasida “Jon qizlar”, “Yetti qiz”,

“Shoh suzana”, “Kuylayman”, “Toshkent ovozi”, “Chilonzor chiroyli”, “Senieslayman”, “Bir oqshom bo‟ydoqman”, “Qirg‟iz qiziga”, “Bir nazzora” lirik

va lirik-vayanparvar qo‟shiqlari bilan birga xor uchun “Go‟zal Farg‟ona”,

“Tinchlik bayroqdori”, “Dildor qiz”, “Jon O‟zbekiston”, “Yashna hur Vatan”

“Do‟stlik qo‟shig‟i”, “Sportchilar qo‟shig‟i” kabi ommaviy qo‟shiqlar

ijrochilar repertuaridan keng o‟rin oldi.

A.Muhamedov bolalar uchun ham jozibali, orginal qo‟shiqlar yaratdi. Uning

“Yulduzcha”, “ Archa qo‟shig‟i”, “Salimjon nimjon”, “Qo‟g‟irchog‟im alla”,

“Kapalak”, “Alla”, “Alla qo‟zichog‟im”, “Tantiq qiz”, “Saboq ol” kabi

qo‟shiqlari jajji ijrochi va tinglovchilar qalbidan joy olgan.

Kompozitor qozoq dramaturglari Q. Shang‟itboyev va Boyseitovlar

hamkorlikda P. mo‟min asariga “Jon qizlar”, tojik dramaturgi

S.Ulug‟zodaning “Gavhari shamchiroq” va P. Mo‟min p‟esasi asosida “Olifta”

musiqali komediyalarini yaratdi.

O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan san‟at arbobi , professor, kompozitor

S. Hayitboyev(1926-2000) zamonaviy professional kompozitorlar safiga 60-

yillarning boshida kirib keldi. Uning dilrabo qo‟shiq va ashulalari, cholg‟u

kuylari, orkestr uchun yozgan asarlari, musiqali drama va komediyalari,

simfonik va vokal-simfonik asarlari muxlislar qalbidan munosib o‟rin olgan.

Bastakorning ijodidan qo‟shiq va musiqali drama janrlari ustun turadi.

Kompozitor qo‟shiqlarini mashhur xonandalar va ijrochi jamoalarning

iltimoslariga ko‟ra yaratib ularning repertuarlarini boyitdi. Masalan,

O‟zbekiston xalq artistlari- Olmaxon Hayitova ijrosida “O‟zbekiston gullari”,

“O‟zbekiston so‟zlagay”, “Hayol”, “O‟tmasmikan”, Kommuna Ismoilova

ijrosida “Ey sohibi dil”, “So‟zim aytaman”, “Istar”, Quvondiq Iskandarov

ijrosida “Esingdami”, O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan artistlar; Hadya

Yusupova ijrosida “O‟rgilay bo‟yingdan”, “Oh agar ko‟rsam yana”,

“Ovozingni eshitganda” va boshqa xonandalar ijrosida konsert dasturlarida,

radio efir to‟qinlarida jaranglab kelmoqda. Bulardan tashqari

“Sog‟inish”,”Yulduz bilan”, “Istar”, “Umid g‟unchasi”, “Ketma muhabbat”, “Biz Temur avlodimiz”, “Vafo qilmadi‟, “Armon bo‟masin”, „Ravshan

aylagikl”, “Oh agar ko‟rsam yana”, “Jamolingdan ko‟zim ravshan” kabi

qo‟shiq va kuylar yaratdi.

S. Hayitboyev bastakor K. Jabborov bilan hamkorlikda “Nodira”

musiqali dramasini yaratdi. U shu janrga mehr qo‟ydi va yillar davomida 14 ta

musiqali drama, 2 ta musiqali komediya 3 ta televizion spektaklga musiqa

bastaladi. Masalan; “So‟ngi xon” musiqali drama, “Qudalar” musiqali

komediya, “Mauzerli qiz”, “Ahmad bilan Oqbilak”, Saltanat shubhada”,

“Yaylov tongi”, “ Zavqiy”, “Muhabbat yodgori”, “Farzand deb”,

“Charog‟bonlar”musiqali dramalari , “Ikki oshiq bir bo‟lsa” musiqali

komediyasi , “Uvaysiy”, “Dilistonim mening” , “Mashrab” telespektakllarga

musiqa bastaladi.

Kompozitor skripka va simfonik orkestr uchun konsert,simfoniya,

simfonik syuita rubob va o‟zbek xalq orkestri uchun “Konsertli lirik piesa”,

o‟zbek xalq cholg‟ulari orkestri uchun 3 ta syuita, o‟zbek xalq cholg‟ulari va

doira uchun “Doira-raqs p‟esasi”, qashqar rubobi va fortepiano uchun

“Ballada”, fortepiano uchun p‟esa, variatsiya, prekyudiya, fuga kabi asarlar

musiqa maktablar o‟quv dasturlariga kiritilgan. Bolalar uchun “Turnalar”,

“Orzu”, “O‟qi bilim ol”, “Kimning xati chiroyli”, “Internatchilar qo‟shig‟I”

kabi qo‟shiqlari yakka ijrochi va bolalar xor jamoalarining repertuar

dasturlaridan joy olgan. S. Hayitboyev 1960-64 yillarda T. Husanov bilan

hamkorlikda mumta‟lim maktablarining 5 va 6-sinflari uchun “Musiqa”

darsligini yaratdi va nashrdan chiqardi.

O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan san‟at arbobi, atoqli kompozitor Sobir

Boboyev (1920-2004)ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz

zamonaviy musiqa madaniyatiga katta hissa qo„shgan. Kompozitorning opera,

musiqali drama va komediyalari, simfonik, vokal-simfonik va xor asarlari, o„zbek

xalq cholg„ulari orkestri uchun asarlari, qo„shiq va romanslari ma‟naviy

mulkimizga aylandi. S.Boboyev fortepiano uchun pyesa, sonatina, raqs, klarnet va

fortepiano uchun “Rapsodiya”, simfonik orkestr uchun iikita syuita, xor jamoasi

uchun Muqimiy so„ziga “Navbahor”, T.To„la so„ziga “Alla”, “Fizkulturachilar

qo„shig„i”, “Xalqimga”, “O„zbekiston”, xor qo„shiqlar: “Bulbul sayraganda”,

“Vatan”, “Sendadur”, “Gul sochar” va “Orazing”, qo„shiqlar: “Ishonmayman”,

“Ey sabo”, “Bu hol”, “Do„stimga”, “Go„zal vodiy”, “Sening qo„shig„ing” kabi

romanslar; R.Bobojonov so„ziga beshta, T.Mirzo so„ziga bolalar uchun uchta

qo„shiq bastaladi.

O„zbek xalq cholg„ulari orkestri uchun “Poema”, “Bayram uvertyura”si,

chang va o„zbek xalq cholg„ulari orkestri uchun bastalagan “Konsertino”, simfonik

orkestr uchun ikkita syuita, mumtoz xalq kuyi “Segoh” asosida simfonik poema,

T.To„la so„zlariga “Oq-oltin” vokal xoreografik syueta va “Bayram kuni” vokal

simfonik poema, 4 qismli “Hosil bayrami” kontatasi o„zining milliy ohangdorligi,

rang barang xor qzo„shiqlari bilan ajralib turadi.

S.Boboyevning butun ijodiy faoliyatida sahna asarlariga musiqa bastalash

asosiy o„rinda turadi. U birinchi musiqfali komediya “dalada bayram” va musiqali

drama “Mening sohillarim” D.Zokirov bilan hamkorlikda yaratgan bo„lsa, mustaqil

ravishda “Katta muxabbat”, “Vatan ishqi”, “Ikki blaguzuk”, “Mayna Hasanova”,

“Oltin kamar”, “Muhabbat qo„shig„i” musiqali dramalarini, “Temir qafas”,

“Shaxrizabz malikasi” musiqali komediyalarini ijod etdi.

S.Boboyev K.Yashin bilan hamkorlikda “Hamza” operasini, keyinroq

“Fidoiylar” va bolalar uchun “Yoriltosh” operalarini yaratdi.

Kompozitor yaratgan qo„shiq, romans, jo„rli va jo„rsiz xor asarlarini

nomlarini sanash mushkul. Bulardan ayniqsa “Yor ketdi”, “Qalb”, “Meros”

romanslari, o„zbek xalq ashula va qo„shiqlari asosida qayta ishlagan “Galdir”,

“Tanovor”, “Segoh” kabi jo„rsiz xor uchun yaratgan qo„shiqlari diqqatga sazovor.

O‟zbeliston xalq artisti, bolalarning sevimli kompozitori Shermat Yormatov



(1939)ko‟p yillardan beri yosh qo‟shiq sevarlarga san‟at sirlarini o‟rgatib

kelmoqda.
Yüklə 25,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə