Mustaqillik yillarda O’zbekiston va aqsh o’rtasida tashqi aloqalar Nurmamatov Shahriyor Komil o’g’li Termiz davlat universitetining pedagogika instituti talabasi Annontatsiya



Yüklə 24,93 Kb.
səhifə2/2
tarix21.04.2022
ölçüsü24,93 Kb.
#85845
1   2
O’zbekiston 199-WPS Office Islomga

Kalit so’zlar: AQSH,favqulotda muxtor elchi, geografik jihati,hamkorlik,qo’shma hamkorlik,,Afg’oniston, Yevropa ,Oq uy,Yevropa

O’zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi I.Ne’matov ikki davlat munosabatlariga baho berar ekan: “Albatta, Amerika Qo’shma SHtatlari O’zbekiston bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga juda katta ahamiyat beradi. O’zbekiston geografik jihatdan juda muhim joyda, ya’ni G’arb va SHarq manfaatlari kesishgan o’rinda joylashganidir. Mana shu ham O’zbekistonga bo’lgan munosabatning asosiy omillaridan hisoblanadi”1 ikki davlat aloqalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotganini e’tirof etgan. Ushbu xususda O’zbekistonning AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini bevosita Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilganini ta’kidlaydi

O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatida zamonaviy xalqaro munosabatlarda katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan va dunyodagi eng ilg’or davlatlardan biri - AQSH bilan munosabatlari o’z o’rniga ega. O’z vaqtida Prezident Islom Karimov AQSH bilan hamkorlik yuzasidan quyidagilarni ko’rsatib o’tgan: “Hech kimga sir emas – bugungi kunda ham O’zbekiston va Amerika Qo’shma Shtatlari, Yevropa davlatlari orasida hali-beri davom etayotgan qandaydir o’zaro tushunmovchilik haqida bashorat qiluvchilar, boshqacha aytganda, shunday munosabatlarni saqlash va shundan manfaat topish tarafdorlari borligini sezish, kuzatish qiyin emas.

1992-2012 yillar oralig’ida O’zbekistonga 130 nafarga yaqin senator va AQSH Kongress xodimlari, shulardan, 100 nafardan ortig’i 2001 yildan keyin AQSH uchun mamlakatning ahamiyatli davrida tashrif buyurishdi. 1992-2012 yillar mobaynida O’zbekistonga 240 nafarga yaqin amerikalik yuqori martabali shaxslar, xususan, Oq uy, Davlat departamenti, turli vazirlik va idoralar vakillari tashrif buyurishdi.

Amerikalik xalqaro munosabatlar bo’yicha tadqiqotchi Kris Sipl1 ham o’zining ilmiy ishida O’zbekiston - Amerika munosabatlarini uch bosqichga ajratib ko’rsatadi, ammo uning qarashlarida Dundichning dokladidan bir qator farqli jihatlar mavjud. Uning ilmiy ishida O’zbekiston - Amerika munosabatlarining 1- bosqichi 1983-1994 yilarni o’z ichiga oladi. Bu davrni Sipl AQSH hukumatining Markaziy Osiyo davlatlariga sobiq Ittifoqning bir bo’lagi sifatida qarab, bu davlatlarning mustaqil davlat sifatida yashay olmasligiga ishonganligini ko’rsatib o’tgan. Xususan, bu davr uchun xos bo’lgan holat sifatida Sipl AQSH xukumatining Markaziy Osiyo davlatlariga, shu jumladan O’zbekistonga sobiq SSSRning bir bo’lagi sifatida qarashi va bu davlatlarning mustaqil davlat sifatida yashay olmasligiga ishonganligini ko’rsatib o’tadi. Jumladan, AQSH davlat departamentida sobiq SSSR davlatlari bilan aloqalar Bosh kotib birinchi o’rinbosari S.Tellbot tomonidan amalga oshirilgani va uning tashqi siyosiy qarashlarida Rossiyaning o’rni birlamchi o’rin tutganligi sababli sobiq SSSR o’rnida shakllangan yangi mustaqil davlatlarga davlat departamenti deyarli e’tibor bermaganligini ko’rsatib o’tadi.

1992 yil 19 fevralda AQSH davlat kotibi J.Beykerning Toshkentga rasmiy tashrifi va ikki davlat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalarning o’rnatilishi bilan boshlandi. Buning natijasida 1992 yil 16 mart kuni Toshkentda AQSH elchixonasi faoliyatini boshladi. 1992 yil 10 iyulida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va AQSH Prezidenti Jorj Bushning norasmiy uchrashuvi Amerika tomoni tashabbusi bilan Xelsinkida bo’lgan xalqaro konferentsiyada uchrashib, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqboli xususida fikr almashishdi. 1992 yil 24 oktyabrda AQSHda “Ozodlikni himoya qilish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bunga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari bozor iqtisodiyoti asosidagi demokratik davlatlar hamjamiyatining potentsial a’zosi sifatida e’tibor beriladi. Bir vaqtning o’zida AQSH mamlakatning mustaqilligi va xavfsizligini mustahkamlashda sezilarli yordam ko’rsatmoqda. 2005 yilga qadar turli dasturlarni rivojlantirish uchun 448,3 mln dollar ajratilgan.1 Mablag’ning katta miqdori 1993-1994 yillarda ajratilgan. Ajratilgan mablag’ning 144 mln dollar miqdori demokratik institutlar, xususan, sud tizimini isloh qilish, ommaviy axborot vositalariga yordam berish, jamoat tashkilotlarini qo’llab quvvatlashga sarflangan. SHundan, AQSH Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan Eksport Nazorati va CHegara Xavfsizligi (EXBS) uchun 2000 yil apreldan 2004 yilga qadar umumiy qiymati 7 mln dollardan ortiq bo’lgan harbiy jihozlar berilgan2

1993 yil 26 oktyabrda Prezident Islom Karimov AQSHning maxsus topshiriq bo’yicha Elchisi Strob Talbott bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomon O’zbekiston - AQSH o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirishdi.

1994 yil 16 avgustda AQSH Kongressi Bosh preferentsiya tizimi bo’yicha benefitsiant maqomini berdi. 17 avgustda AQSH Prezidenti B.Klintonning Kongressda O’zbekiston Bosh preferentsiya tizimi tomonidan ruxsat etilgan tovarlarni AQSHga bojsiz kiritish huquqi taqdim etilgani haqida e’lon qilgan. Shuningdek, 1994 yil 15 dekabrda Bosh vazir o’rinbosari O’.Sultonov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati delegatsiyasi birinchi marotaba rasmiy tashrif bilan AQSHda bo’ldi. Davlat departamenti, savdo palatasi, moliya, qishloq xo’jaligi, savdo vazirligi va bir qator davlat tashkilotlarida suhbatlar o’tkazildi.

2004 – 2005 yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda bir qator muammoli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. AQSH rasmiy va OAV doiralarida 2004 yildan O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi imidjini tushirishga intilishlar yaqqol namoyon bo’la boshladi. O’zbekiston xukumatining taklifi bilan respublikada demokratik islohotlar bosqichma – bosqich olib borilishi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida kiritilgan bo’lishiga qaramasdan, 2003 yildan boshlab, AQSH Kongressi vakillari – senatorlar J.Makkeyn, R.Lugar va J.Libermanlar aynan ushbu banddan kelib chiqqan holda, O’zbekistonda demokratik islohotlar olib borilmayotganligi sababli, AQSH xukumati tomonidan ko’rsatilayotgan moliyaviy ko’mak miqdorini kamaytirish hamda O’zbekistonga nisbatan keskin choralar ko’rish talabi bilan chiqa boshladilar. O’z navbatida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning aynan yuqorida ta’kidlangan nizoli vaziyatning salbiylashuviga AQSH Davlat Departamenti sezilarli darajada ta’sir etib, 2004 yil 9 yanvarida mazkur tashkilot tomonidan O’zbekistonga norozilik notasi yuborildi. Unga ko’ra O’zbekiston hukumati xalqaro inson huquqlari standartlariga rioya qilmayotganlikda ayblangan edi1. Shuningdek, Davlat Departamentining inson huquqlari, demokratiya va mehnat byurosi rahbari L.Kraner O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan NNTlar –Internews Network, Peace Corps, Freedom ‘ouse kabilarning hulosalaridan kelib chiqqan holda 2004 yildan boshlab O’zbekistonni “Inson huquqlari bo’yicha yillik doklad”da doimiy ravishda O’zbekiston va Turkmanistonni repressiv davlatlar qatoriga kiritdi.

AQSH bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlik O’zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib, respublikamizda Amerika kapitali asosida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “Dunyoning yetakchi davlati bo’lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo’lgan AQSH bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish hozir biz uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Biz Amerika kompaniyalari va firmalari bilan qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli, o’zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga, Amerika kapitalining bizning bozorimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat beramiz” deb ta’kidlagan. Jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarning me’yoriy-huquqiy asosi 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi va AQSH hukumatlari o’rtasidagi sarmoyalarni qo’llab- quvvatlash to’g’risidagi Bitim hamda 1993 yili tomonlarning savdoda bir-biriga qulay tizim qo’llashini nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasida savdo munosabatlari to’g’risida Bitimning imzolanishi orqali yaratilgan. Ikki davlat o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlanishiga iqtisodiyot, savdo, investitsiya, havo transporti, ta’lim sohalarida imzolangan kelishuvlar muhim me’yoriy-huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2004 yil 1 iyunda AQSH va 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari bilan “AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’p tomonlama xadli bitim imzolandi.

2011 yil 31 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Prezidenti Milliy Xavfsizlik bo’yicha maslaxatchisi o’rinbosari D.Makdonani qabul qildi. Uchrashuv davomida davlat ahamiyatiga molik masalalar va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari o’zaro manfaatli jihatlari bo’yicha fikr almashdilar. D.Makdona AQSH Prezidenti B.Obama yo’llagan xabarini davlatimiz rahbariga yetkazib, O’zbekistonning Afg’onistonni ijtimoiy- iqtisodiy qayta tiklashdagi ishtirokini AQSH hukumati yuksak darajada qadrlashini alohida e’tirof etdi.

2011 yilning 25 avgustida O’zbekiston Prezidenti AQSH Respublikachi Senatori L.Greyxem bilan Oqsaroyda uchrashdi. Uchrashuv chog’ida davlat rahbari O’zbekiston bilan AQSH hamkorligini yuqori qadrlab, aloqalarning istiqbolini ijobiy baholashini e’tirof etgan. Oqsaroydagi suhbat keng ko’lamdagi xalqaro va mintaqaviy masalalarni, xususan, muhokama o’z tarkibiga Afg’onistonda tinch hayotni qayta ta’minlash yo’lida O’zbekistonning faol harakat qilayotgani hamda Afg’onistondagi nobarqaror siyosiy vaziyatdan so’ng yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etish masalalarini qamrab oldi. Mamlakatdagi iqtisodiy qayta tiklash, siyosiy barqarorlik va aholini me’yoriy hayotga qaytarish masalasi hozirgi kunga qadar muammoligicha qolayotganini ta’kidladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. – T.: “O’zbekiston”, 1998.

2.“O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g’risida” gi qonun. Me’yoriy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi diplomatiyasi. T.: “Jahon” AA, 1997.

3.O’zbekiston Respubikasi va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida tuzilgan “Harbiy kuchlar statusi shartnomasi” (Status of Forces Agreement (SOFA)). 2001 yil oktyabr.

4.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O’zbekiston”, 1997.

5.Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. T.: “O’zbekiston”, 1998.

6.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: “O’zbekiston”, 2000.

Xorijiy adabiyotlar

1.Blank S. Uzbekistan: A Strategic CHallenge to American Policy. -Carlisle Barracks, PA 17013, 2004.

2.Daly J.C.K., Meppen K.’., Socor V., Starr S.F., Anatomy of a Crisis: U.S.- Uzbekistan Relations, 2001-2005. Washington, 2006.



3.Edwards J. Political Risk Insurance. Doing Business in Uzbekistan. –London, 1996.

4.Kaser M., Mexrota S. T’e Central Asian Economies after Independence. – London, 1992.
Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə