Mustaqil topshiriqlar orqali o’quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 293,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.06.2023
ölçüsü293,44 Kb.
#114978
1   2   3   4
2769-Article Text-5647-1-10-20220323

 
Ijodiy fikrlash
insonning o‘z oldida turgan muammoni aniq maqsad va 
vazifalarni belgilagan holda o‘z bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o‘z 
intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vositalar yordamida, ijodiy ravishda 
hal qilishdan iborat bo‘lgan aqliy faoliyatidir. Ushbu faoliyatning aynan boshlang‘ich 
sinflardan boshlab o‘quvchilarda shakllantirish ularda kelajakdagi ta’lim olish va 
kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida mustaqil topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarda 
ijodiy fikrlashni rivojlantirish shartlari quyidagilardan iborat: 

tanqidiy fikrlash; 

sifatni tahlil qilish qobiliyati; 

noan’anaviy munosabatlarni shakllantirish qobiliyati, voqealarning mumkin 
bo'lgan rivojlanishini tushunish; 

mantiqiy zanjir yaratish qobiliyati, yangi g'ayrioddiy g'oyalarni taqdim etish; 

an'anaviy sxemalar, qarorlar, harakatlar bilan chegaralanib qolmaslik; 

muammoli vaziyatlarni tezda hal qilish; 

yetarli echimni tanlash; 

muammoga tinch yondoshish. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida mustaqil topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarda 
ijodiy fikrlashni rivojlantirish natijasida o‘quvchida mustaqil ishlash, ijodkorlik, 
tadbirkorlik, faollik kabi xislatlar tarkib topadi. Mustaqil ishni muvafaqqiyatli bajarish 
o‘quvchidan sabr-toqat va mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashni talab etadi. 
Ushbu muammo Sharq muttafakkirlarining ta’limiy-tarbiyaviy merosida ham o‘z 
aksini topgan bo‘lib, ularning asarlarida o‘quvchiga sifatli ta’lim-tarbiya berishda 
ustozning muloqot madaniyati va munosabati ham alohida ahamiyatga egadir.
 
Yuqordagilarni inobatga olgan holda shuni ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf 
dars va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilarga mustaqil topshiriqlar bajartirish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
359


orqali ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘qituvchilardan yuqori 
pedagogik mahorat va kasbiy kompetenlik talab etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi paytda ham nazariy bilim va amaliy 
ko‘nikmalarga ega, o‘zgarishlarga moslanuvchan, erkin fikrlaydigan, kasbiy hamda 
hayotiy muammolarini mustaqil hal qila oladigan mutaxassislarga, kadrlarga ehtiyoj 
katta. Shu bilan birga, bugungi davr yoshlardan har tomonlama bilimdonlik, mustaqil 
fikrlay oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega shaxs darajasini talab etadi. Bunday 
talablarning bajarilishi albatta ularni butun hayoti davomida bilim olishga o‘rgatish 
orqali ta’minlanadi. Faol ta’lim sharoitida o‘zlashtirilgan bilim, egallangan ko‘nikma 
va malakalar mazmunan tizimli va mantiqan tugallangan tarzda shakllantirilib turli 
ishlab chiqarish vaziyatlarida qo‘llashga imkon beradi.
Ta’lim oluvchilarni faollashtirish ularning mustaqil ishlash va o‘rganish 
qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Mustaqil topshiriqlarni bajarish 
jarayonida o‘quvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi muammoni 
yechimi sifatida o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish
ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy 
va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish 
zarur. 
Bu borada maktab ta’limida quyidagi metodik ishlarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir. 
- bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar negizida ta’lim 
oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun o‘qitish jarayoni shunday tashkil 
etish kerakki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash 
metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv 
faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga xizmat qilishini 
ta’minlashga e’tibor qaratish; 
- novator o‘qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, tajriba almashish ishlarini 
yo‘lga qo‘yiishlab chiqish; 
- bugungi kunda raqamli iqtisodiyot davrida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini 
fanlar kesimida metodik ta’minotini yaratish 
- ta’lim olish jarayonida mavzuga oid mustaqil topshiriqlarni tashkillashtirishda 
xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish zarur. 

Yüklə 293,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə