Mustaqil ish mavzu;davlatning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga pul-kredit siyosatining ta’siri


Pul-kredit siyosati vositalari instrumentlari ning turkumlanishi



Yüklə 489,29 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü489,29 Kb.
#142771
1   2   3
MUSTAQIL ISH.pptx IQTISOD FANIDAN

Pul-kredit siyosati vositalari instrumentlari ning turkumlanishi

  • Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya’ni instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan: 1. An’anaviy instrumentlar. 2. Noan’anaviy instrumentlar. Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: - qayta moliyalash siyosati; - majburiy zaxira siyosati; - ochiq bozor siyosati; - valuta siyosati; - depozit siyosati. Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: - tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash; - tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; - tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; - selektiv kreditlash.

Pulga bo‘lgan talab va uni baholash
M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pullarga bo‘lgan talab nazariyasi ekanligini o‘zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan23 . Shu jihatdan olganda, pullarga bo‘lgan talab konsepsiyasi monetarizmning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal talab nominal daromad va nominal foiz me’yorining funktsiyalari sifatida ifodalanadi:
Md= f (Yn, i), bunda: Md — pullarga bo‘lgan nominal talab; Yn — nominal daromad; i — nominal foiz me’yori. Yuzaki qaraganda ushbu tenglama J. Keynsning pullarga bo‘lgan talab nazariyasini eslatadi. Buning sababi shundaki, J. M. Keynsning pullarga talab konsepsiyasida talab foiz me’yorining dinamikasi asosida aniqlanadi. J. Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo‘lgan talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar. J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning endogen omili sifatida qaraladi24 va pullarni likvidli aktiv sifatida saqlashning sub’ektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul mablag’laridan foydalanishga qaratildi. J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.
Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Har qanday Markaziy bank pul agregatlarini shakllantirishda quyidagi pintsiplarga asoslanadi: 1. Pul agregatlari likvidlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarga likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarni ketma-ket qo‘shib borish yo‘li bilan shakllantiriladi. 2. Har bir pul agregati o‘zidan oldingi pul agregatini o‘z ichiga oladi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan pul agregatlariga kiradi: M0 – muomaladagi naqd pullar; M1 = M0 talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l cheklari; M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari; M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari. Qayd etish joizki, AQSh bank amaliyotida pul massasini tavsiflash maqsadida quyidagi pul agregatlaridan foydalanilmoqda: M0 - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar; M1 - M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari + kredit kartochkalari; M2 - M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari + pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar + qisqa muddatli REPO bitimlari + yevrodollardagi depozitlar; M3 - M2 + yirik summadagi depozit sertifikatlari + moliya bozorlarida muomalada bo‘lgan o‘zaro fondlarning pul mablag’lari + muddatli REPO hisobarqamlari + yevrodollardagi muddatli shartnomalar; L – M3 davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari + korporativ qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank aktseptlari.
Yüklə 489,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə