Mustaqil ish-1 Mavzu: ipv4 va ipv6 manzillash tizimi O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va


IP protokol haqida qisqacha ma'lumot



Yüklə 31,16 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü31,16 Kb.
#145247
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish-1 Mavzu ipv4 va ipv6 manzillash tizimi-fayllar.org

1. IP protokol haqida qisqacha ma'lumot.
Internet protokoli (IP, "Internet protocol") TCP/IP stek tarmoq qatlamining yo'naltirilgan protokoli hisoblanadi. Internet tarmog'iga shaxsiy kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan protokol bo'ladi. Protokolning ajralmas qismiga tarmoq manzillari kiradi.
IP manzil (inglizcha Internet Protocol) - qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi. Bu takrorlanmas IP manzil qurilmada emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
Intemetda ko'plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo'lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma'lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo'natuvchiga esa tegishli ICMP- xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta'minlash uchun to'rtta asosiy mexanizm qo'llaniladi: xizmat ko'rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig'indisi, qo'shimcha imkoniyatlar. Xizmat ko'rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko'rsatishi uchun foydalaniladi. Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo'lish vaqtining yuqori chegarasini ko'rsatadi. Ushbu ko'rsatkich jo'natuvchi tomonidan beriladi va tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo'ylab harakatlanishiga ko'ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo'lsa, u holda ushbu deytagramma yo'q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig'indisi undagi ma'lumotlar himoyasini ta'minlaydi.
Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo'q qilinadi. Qo'shimcha imkoniyatlar ayrim qo'shimcha xizmatlar bajarilishini ta'minlaydi, masalan, ma'lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.

Yüklə 31,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə