Mustafaqulova Umida Bahodir qizi Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali talabasi



Yüklə 9,78 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü9,78 Kb.
#145918
ilm fan sohasidagi xizmatlari uchun 2



Mustafaqulova Umida Bahodir qizi


Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali talabasi
Mustafaqulova Umida Bahodir qizi 2002-yil 14-yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on shahrida tug`ilgan. Hozirda Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali Pedagogika va tillarni o`qitish fakulteti O`zbek tili yo`nalishi 3-bosqich talabasi. Otasi, Suyundikov Bahodir Mustafaqulovich 1966-yil Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on shahrida tug`ilgan. Hozirda “Amu-Surxon” ITHB xodimi. Onasi, Ergasheva Matluba Baxtiyorovna 1976-yil Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug`ilgan, uy bekasi. Singlisi, Mustafaqulova Mahliyo Bahodir qizi 2003-yil Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on shahrida tug`ilgan. Hozirda Samarqand chet tillari institutining 3-bosqich talabasi. Ukasi, Mustafaqulov Adhamjon Bahodir o`g`li Surxondaryo vilyati Jarqo`rg`on shahrida tug`ilgan. Hozirgi kinda Termiz tumani 12-IDUM 10-sinf o`quvchisi.
2009-2020-yillarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 6-umumiy o`rta ta’lim maktabida tahsil olib, ushbu bilim maskanini a’lo darajali attestat va “Oltin” medal bilan tamomlagan. 2015-yil “She’riyat” nomli ilk she’riy to’plami nashrdan chiqqan.2019-yil “Hayot Qadri” nomli ikkinchi kitobi chop etilgan.vatanimizning ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy hayotiga oid maqolalari mahalliy gazeta va jurnallarda doimiy ravishta e`lon qilinib keladi. Shuningdek, 50 dan ortiq Respublika ommaviy axborot vositalarida intervyulari yoritilgan.
2013-2021-yillar mobaynida ko’plab tanlov va tadbirlarning faol ishtirokchisi. Jumladan, “Ulug’imsan, Vatanim”, “Kamalak yulduzlar”, “Kamalak bilimdonlar” “Men, otam, onam, buvam, buvim, kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Yilning eng yosh shoirasi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod”, “Men muallifman”, “Orasta qizlar”, “Yurt kelajagi”, “Eng faol sardor”, “Yilning eng yosh jurnalisti”, “Eng yaxshi Vatan haqidagi she’r”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Zulfiyaxonim”, “Yosh kitobxon”, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam”, “Biznes marafon”, “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik”, “3 avlod festivali”, “Zakovat” intelektual shousi kabi tanlov va tadbirlarning doimiy ishtirokchisi va g’olibasi. 2013-2019-yillar mobaynida ona tili va adabiyot fan olimpiadalarining tuman, viloyat bosqichlari ishtirokchisi bo’lgan. “O’qishdagi muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun” oltin medal bilan mukofotlangan.
2014-2015-yillarda viloyatda “TerDu-Surxon” futbol jamoasi ishtirokchisi sifatida Xorazmda o’tkazilgan Respublika futbol musobaqasida faxrli III o’rinni egallagan.
2015-yildan buyon Surxondaryo viloyati Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Surxon” yosh ijodkorlar klubi a’zosi. 2019-yilgi “Jurnalistlar maktabi” “Teleboshlovchilik” yo`nalishi bitiruvchisi.
2019-yil Do`rmon qarorgohida o`tkazilgan seminar faol a’zosi. 2020-2021-yillar mobaynida Surxondaryo viloyati “Qizlar ovozi” maktabi bosh koordinatori vazifasini bajargan. 2021-yil Samarqandda o’z ijodiy faoliyatini Samarqand Yosh ijodkorlar kengashi, Samarqand 2-mavsum volontyori, Samarqand viloyati “Adolat” SDP “Adolat qanotlari”, “Yosh deputatlar” kabi klub a`zosi yo`nalishlarida boshlagan.
Universitetning ilmiy va ijtimoiy hayotida ham faol qatnashib keladi. Ko`plab Respublika va xalqaro forumlarda doimiy ravishta qatnashib kelmoqda. 30 dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiyalar hamda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2022-yil MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan ‘Eng yaxshi ilmiy tatqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko`rik tanlovida Is’hoqxon Ibrat hayotiga bag`ishlangan tadqiqoti uchun Esdalik ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.
Umida Mustafaqulova faoliyati davomida o`zining xalqparvarlik, adolatparvarlik, fidoyilik, tirishqoqlik, talabchanligi bilan o`ziga bildirilgan ishonch va mas’uliyati, har bir ishga chuqur tahliliy yondashishi bilan O`zbekiston Yoshlar ittifoqida ham o`z o`rniga ega, faol a’zosi. Ko`plab mahalliy va xalqaro forum, konferensiyalarda muntazam ravishda ishtirok etib keladi. Jumladan, “Yoshlar forumi 2021”, “Bir nuqtada birlashamiz”, “7 avlod yoshlar forumi”, “Modern youth national forum”, “Global leaders week”, “Tafakkur forumi”, ‘Global youth forum”, “Bir maqsadda birlashamiz”, “Buyuk kelajak yoshlar marafoni”, “Xalqaro Ta’lim forumi”, ‘Islohotchi yoshlar forumi”, “Parvoz yoshlar forumi”, “Bunyodkor yoshlar forumi”, “Ability youth forum”, “Zamon yoshlar forumi”, “Termiz volontyorlar forumi”, “Purposeful generation forum”, “PSD youth forum”, “Samarkand United Tourism”, “Target future”, “Amerika orzusi’, “Power forum”, “World Students Summit”, “Young businessmen and economists forum”. “Leader Academy Youth forum”, “Unity forum”, “International Hospitality Forum”, “Orolbo’yi yoshlar” konferensiyasi, “Yo`lboshchi” global sammiti, “Upward growth forum”, “Chet elda ta`lim va xalqaro grandlar” kabilar.
“Oltin qanot” volontyorlar oilasi a’zosi hamda Samarqand viloyati volontyori. Volontyorlik yo’nalishi bo`yicha “Quyosh bolalari” loyihasi ya’ni Daun sindromi bo`lgan bolalar bilan individual ishlash, ularni Art-terapiya bilan qobiliyatlarini namoyon etishda ma’naviy-amaliy ko`mak berishga qaratilgan. Bu borada muntazam ishlarni amalga oshirib kelmoqda va o`z navbatida ijobiy natijalatga ham erishmoqda. Сhet tillaridan rus, ingliz, nemis tillarida yozishma va so`zlashuv ko`nikmalari bor.
Yüklə 9,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə