8
1.1. OTM larda “C++ dasturlash” tilini o’qitishning hozirgi holati va
maqsadi.
Hоzirgi kunda Respublikamizdagi oliy o’quv yrtlarida «Informatika va
ахborot texnologiyalari» yo’nalishi talabalariga o’quv rejasiga ko’ra turli хil
dasturlash tillarini o’rgatish mo’ljallangan. Ular оrasida С++ tili o’zining
imkoniyatlari va qo’llanilashi ko’lamiga qarab yuqori o’rinlarda turadi. C++ 1980
yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++
juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan
dasturlashga imkon beradi.“C++ dasturlash tilini” o’qitishdan maqsad axborotni
shakllantirish, saqlash, qayta ishlash, uzatishning asosiy printsiplarini o’rganish.
Zamonaviy informatsion fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Turli
texnik bilimlarga oid masalalarni shaxsiy kompyuter yordamida hal etish yo’llari
va usullarini o’rgatishdan iborat. zamonaviy umumta’lim fanlarining, xususan
«C++ da dasturlash» tilini ko’p jihatlarini hisobga oluvchi modulli printsipi yangi
modul elementlarini yoki modulning ichki strukturaviy o’zgarishini ularning
mantiqiy butunligi saqlangan holda yangilash imkoniyatini beradi.«C++ da
dasturlash» tili fani bo’yicha ta’lim berish jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.
Fanni o’qitish semestrlari va uslubiy ko’rsatmalar.
« C++ da dasturlash » fani 3 semestr davomida o’qitiladi.
1.1.1.-jadval.
O’quv yuklamaning semestrla bo’yicha taqsimoti.
Mashg’ulot turi
1 семестр
2 семестр
3 семестр
Ma’ruza
36
36
18
Tajriba mashg’ulotlari
54
54
72
Amalyot mashg’ulotlari
-
-
-
Mustaqil ish
66
66
72
Kurs ish
-
-
+
Hammasi
156
156
162