Mundarija: Kirish


Bek-ofis  va  Front-ofis



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131527
1   2   3   4   5   6   7   8
Turon bank Shax

Bek-ofis 
va 
Front-ofis
dan tashkil topadi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi banklarda Bek ofis va Front ofis kabi iqtisodiy 
tushunchalarning kirib kelishiga sabab boʻldi. Ushbu bo‘limlarning vujudga kelishi 
banklarda buxgalte- riya ishlarini yuritish bo‘yicha samaradorligini oshirish bilan 
birga, bank xodimlari o‘rtasida mas‘uliyatlarni o‘zaro taqsim- lanish va aniq boʻlishiga 
olib keldi.Albatta bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydi va buxgalteriya 
ishlarini tezkor hal etish imkoniyatini beradi. 
Bek-ofis
bankning tarkibiy qismi bo‘lib, unda Front-ofis- da dastlabki nazoratdan 
o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan hujjatlar qayta nazoratdan o‘tkaziladi va bank 
buxgalteriya operatsiyalari amalga oshiriladi. 
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib, 
ma‘qullangan barcha bank operatsiya- larini qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib, ularni 
ikki yoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli 
hisobotlar tayyorlashdan iborat. 
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi, mijozlarning operatsiyalarini 
buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis va hankning ichki moliyaviy-
xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma‘muriyati 


bilan aloqada boʻladi. Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘I rahbarlik qiladi. Bek-ofisning 
boshlig‘I bank bosh buxgalteriga bo‘ysunib, u tomonidan amalga oshirilgan barcha 
buxgalteriya ishlari va buxgalteriya hisobotlari bevosita bank bosh buxgalteri 
tomonidan nazorat qilib boriladi. 
Front-ofis 
– bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank 
operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan 
holda unda barcha bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi faoliyat yuritadi. 
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish va ular 
yuzasidan shartnomalar tuzish, pul hisob- kitob hujjatlarini qabul qilish va 
rasmiylashtirish hamda pul hisob-kitob operatsiyalarini o‘tganini tasdiqlovchi tegishli 
hujjatlarni berishdan iborat.
Ish hajmi kichik banklarda hisob-operatsion apparati bank- ning yaxlit bo‘linmasi 
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valutasi 
bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning 
hisobini yuritish maxsus boʻlimlarga topshirilishi mumkin. 
Banklarning 
hisob-operatsion 
apparati 
xodimlarining 
aniq 
vazifalari 
bank 
boshqaruvchisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Mas‘ul ijrochi va nazoratchi 
buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish ishlari yuklatiladi. Bitta 
mas‘ul ijrochi bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda 
hisobvaraqlarini yuritadi, bu maxsus daftarda qayd etib boriladi. Bank hisob-
operatsion apparati xodimlari turli muhrlar. Shtamplar va boshqa qat‘iy hisobda 
turadigan hujjatlardan foydalanadi, ularning but saqlanishi, mijozlar va begona 


shaxslar tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi juda muhim hisoblanadi va 
umumiy nazoratni amalga oshirish bank bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. 
Bosh buxgalter bank muhrlari va shtamplaridan foydalanayotgan mas‘ul shaxslarni 
familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda qayd etib boradi. Xodim mehnat 
ta‘tiliga chiqqanda yoki boshqa sabablarga koʻra ishda bo‘lmagan hollarda unga 
biriktirilgan hisobvaraqlar, muhr va shtamplar boshqa xodimga topshiriladi va bu 
haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar bilan qayd etiladi.Daftar varaqlari 
raqamlangan, bog‘langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining 
imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə