Mundarija: Kirish I. Bob. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish


Ekologik bilimlarning metodologik asoslari



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə7/11
tarix11.12.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#148107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish

2.2. Ekologik bilimlarning metodologik asoslari
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta'siri o'zining yuqori bosqichiga etdi. Hozirgi avlod ko'z o'ngida mahalliy va mintaqaviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta'limiy, madaniy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog'liqdir.
Tabiat inson uchun yagona makon, u insonlarni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, uy-joy, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni beminnat ishlab chiqaruvchi o'simliklar oilasi Bilan ta'minlaydi. Inson tabiat qo'ynida tug'iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan kerklicha foydalanadi. Shunday ekan, har bir inson tabiiy muhitga mehr-shavqatli bo'lishi, uning barcha boyliklaridan ehtiyojga yarasha ishlatishni amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish, nomatlub hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi zarur.
Kishilarning tabiatga nisbatan turli munosabatlarda bo'lishlarining asil sababi ekologik ongning etishmasligidir. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni bajarayotganlarida befarq bo'lishlari, atrof muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda.
Aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo'lishiga, vaqt-vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari atrof muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo'lishlari, unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyalanishlari kerak. Har bir kishida “tabiat – bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun er kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakllanishi darkor.
Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo'lishi zarurligi to'g'risidagi fikr ilgaridan ma'lum. Inson tug'ilganidan tortib to umrining so'nggi kunigacha ta'lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayyan qismini tabiatga nisbatan g'amxo'r, fidoiy, mehr-muhabbatli bo'lish haqidagi tarbiya tashkil etadi.
Bola 3-6 yoshlarida bog'chada tarbiyalanar ekan bu muddat atrof muhitga nisbatan munosabatlarning shakllanishida asosiy poydevor vazifasini o'taydi. Bu yoshda bolalar har bir narsaga qiziquvchan bo'ladi. Bog'cha opalar har bir bolaga atrofida ko'rinib turgan tabiat hodisalari, mevali va mevasiz daraxtlar, gullar haqida birlamchi, shu bilan birga ilmiyroq bilimlarni sodda tarzda tushuntirishga harakat qilishi lozim.
Bog'cha bolalari albomlar va rangli kitoblar orqali yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari haqida birlamchi bilimlarni olishi va ularning farqlarini bilishlari zarur. Ularga “gunoh” so'zining ma'nosini izohlashlari maqsadga muvofiq, chunki bolalarga shu yoshdan boshlab nima qilsa gunoh bo'ladi, nima qilsa savob bo'ladi degan iboralarni tushuntira boshlash ijobiy natija beradi.
Ekologik ta'lim-tarbiya quyidagi asosiy bo'limlarni o'z ichiga oladi:
1. Talaba va o'quvchilarni tabiat go'zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi murakkab o'zaro munosabatlar, shuningdek inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. Talaba va o'quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to'g'ri va ongli ravishda foydala bilishni shakllantirsh, ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo'lib, kishilarda tabiat oldida mas'uliyatni anglash malakasini hosil kiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o'quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg'usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog'ida bo'lishi uchun ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiyani berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish;
b) ekologik o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilishni tarbiyalash;
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;
g) kishilarni tabiat “in'omlari”dan to'g'ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
Ekologik tarbiya – axlokiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta'lim-tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas'uliyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur.

Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə