Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Pul muomalasi qonuni. Pul massasi va uni boshqarish



Yüklə 174 Kb.
səhifə5/9
tarix12.06.2023
ölçüsü174 Kb.
#116687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pul taklifi

3.Pul muomalasi qonuni. Pul massasi va uni boshqarish


Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. Tovar muomilasini ta’minlash pul miqdoriga ko`p jixatdan bog`liq.
Pul muomilasi qonuni-muomila uchun zarur bo`lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o`zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko`ra muomila davrida muomilaga zarur bo`lgan pul miqdori barcha tovarlar so`mmasiga to`g`ri proportsional, pul aylanishi tezligiga teskari proportsional o`zgaradi.
Xozirgi sharoitda muomila uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko`p bo`lsa ko`p va aksincha).
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo`lsa ko`p va aksincha).
3. Kreditni rivojlanish darajasi (rivojlangan bo`lsa naqd pul kam talab etiladi)
4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi.
5. Pulni aylanish tezligi.
Muomila uchun zarur bo`lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni xisobga olgan xolda quyidagi formulada ifodalash mumkin.



Bunda:
MUPMqmuomila uchun pul miqdori.
STXM-sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori.
ShKNPXKB-shundan kreditga va naqd pulsiz xisob kitoblar bo`yicha.
MBTM-majburiyatlar bo`yicha to`lovlar miqdori.
ShBBKTM-shundan bir-birini ko`playdigan to`lovlar miqdori.
PMTVSUAT-pulning muomila va to`lov vositasi sifatida o`rtacha aylanish tezligi.
Muomila uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomchoti hamda axoli daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi. Kassa aylanmasi 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari urniga tuzila boshlandi. Uni tuzishdan maksad nakt pulga bo`lgan extiyojni butun respublika va bank muassasalari bo`yicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlashtirish tadbirlarini ishlab chiqarishni amalga oshirishdan iborat. O`zbekiston Respublikasi MB-ning 2020 yil 20 avgustdagi yo`riqnomasiga binoan kassa aylanma xomchoti quyidagi asosiy kirim mablag`lari va naqd pullar chiqimi yo`nalishi bo`yicha tuziladi.
I-Kirim.
1. Iste’mol tovarlarini kaysi kannallar orkali sotilishidan kat’iy nazar, ularning sotishdan tushgan savdo tushumlari.
2. Temir yo`l va xavo transportdan pul tushumi.
3. Maxalliy transportdan pul tushumi.
4. Kommunal va turar joy to`lovlari bo`yicha tushumlar.
5. Tomoshagox tashkilotlaridan tushgan tushumlar.
6. Maishiy xizmat ko`rsatish korxonalaridan tushum.
7. Soliq yigimlari, boj to`lovlari va boshqa majburiy to`lovlardan tushumlar.
8. Qishloq xo`jalik faoliyati bilan shugullanuvchi sub’ektlardan tushumlar.
9. Omonatlardan tushgan tushumlar.
10. Pochta aloqasi korxonalaridan tushum.
11. Bank plastik kartochkalaridan tushumlar.
12. Mikrokreditlar qaytarishidan tushumlar.
13. Boshqa tushumlar (armiya, ichki ishlar, MXX va FVV, partiya va boshqa tashkilotlar).
Jami kirim.
Chiqimning kirimdan oshishi.
II-Chiqim.
1. Ish haqiga (shu jumladan stependiya va xizmat safari xarajatlarini) berilgan naqd pullar.
2. Neft maxsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullar.
3. Qishloq xo`jalik maxsulotlarini sotib olib tayyorlash uchun berilgan naqd pullar.
4. Qishloq xo`jalik faoliyati bilan shugullanuvchi sub’ektlarga berilgan naqd pullar.
5. Pensiya, nafaqa to`lovlari va sugurta to`lovlarini tulash uchun berilgan naqd pullar.
6. Bank plastik kartochkalari bo`yicha berilgan naqd pullar.
7. Boshqa maksadlar uchun berilgan naqd pullar.
8. Mikrokreditlarga berilgan naqd pullar.
9. Omonatlar bo`yicha berilgan naqd pullar.
10. Pochta aloqasi korxonalariga berilgan madad pullari.
Jami chiqim.
Kirimning chiqimdan oshishi.
Ushbu xomchotni bank bulimlari barcha korxona va tashkilotlardan yig`ib Markaziy bank topshirigiga binoat kutilayotgan kvartal boshlanishiga 30 kun oldin yig`iladi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni chuqur o`rganib pulni muomilaga qo`shimcha ravishda chiqarish yoki muomiladan olish bo`yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Balansda daromadni xarajatlardan ko`proq bo`lishi axolini qo`lida naqd pul qoldig`ini oshikligini, uning aksi esa axoli qo`lidagi naqd pul qoldig`ining kamayganligini bildiradi. Bu shunga yarasha muomilaga tovarlar chiqarish, xizmatlar ko`rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqarishga undaydi. Daromadlarni asosiy qismini ish xaqi, xarajatlarning asosini tovarlar uchun to`lovlar tashkil etadi.
Axolining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi xomchoti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan xisoblanadi.


Bu ikkala reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o`rtasidagi quyidagi farqlar ham mavjud.

  1. Kassa aylanmasi xomchotida fakat naqd pul aylanishi kursatilsa, axolini daromadlari va xarajatlari balansida axoli amalga oshiradigan naqd pullar va naqd pulsiz aylanish tuligicha kursatiladi.

  2. Axolining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi prognozidan farqliroq axolining shaxsiy tomorka xo`jaligi, xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari bo`yicha olinadigan daromadlari va amalga oshiraladigan xarajatlari kursatiladi.

  3. Axolining pul daromadlari kassa aylanmasi xomchotining xarajat qismida, axolining xarajatlari kassa aylanmasi xomchotining daromad qismida kursatiladi va boshqalar.

Pul massasi pul muomilasining muhim ko`rsatkichi xisoblanadi. Pul massasi xo`jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni axoli, korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid to`lov vositalarining yalpi xajmini o`zida ifodalaydi.
Pul muomilasining belgilangan muddat va savdo uchun miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul muomilasi xajmini va o`sish sur’atlarini tartibga solish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko`rsatkichlar (pul agrgatlar)idan foydalaniladi.
O`zbekiston Respublikasida pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi.

  1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.

  2. Tijorat banklarini ochiq bozorda katnashishi.

  3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risidagi qonuning 28- moddasiga binoan majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yigilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saklanishi lozim bo`lgan ushbu qismi jamgarma turiga, uning xajmiga, bankning joylashgan urniga bog`liq bo`lgan xolda turli mamlakatlarda turlicha.
Masalan, Yaponiyada minimum rezerv stavkasi 2,5%, AQSh da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O`zbekistonda 20% ni tashkil etadi.
O`zbekistonda bu rezerv 1.05.94 ga 30%, 1.07.96 ga 25% ga, 2021 yildan 15% ga teng.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo`yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Xozirgi ko`pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu xozirgi ko`p qo`llaniladigan monetar siyosatni bir usuli bo`lib, u tijorat banklarining likvidligi darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul xisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xoxlagan miqdorda o`tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendensiyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi ob’ekti davlat qimmatli Qog`ozlar va markaziy bank chikargan qarz majburiyatlari bo`lishi mumkin.
2021 yilni mart oyida chiqarilgan kiska muddatli davlat obligatsiya (QMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablag`larini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
QMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zarur bo`lsa, obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazish usulidan foydalaniladi.
Umuman Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqlarga ega.



Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə