Muloqot psixologiyasi
(Esse)
Termiz davlat pedagogika
Instituti
Filalogiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalish 23-04 guruh talabasi
Qudratova Shahnoza
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot
texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos
bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish
ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining
eng asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil
ta’rif beriladi: 1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan
aloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali
subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi
faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali
jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida
axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ
(o'zaro
aloqaga
doir)
jihati
hisobga
olinadi.
Muloqot
tushunchasini
kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi
tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar
almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi
mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish
jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.
Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo
bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi
munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro
chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat
qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar
bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga
kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan
muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda
bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv
(o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga
oshiriladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar
bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal
oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham
rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim
hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan
biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. 1.2. Muloqot psixologiyasining
psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi Muloqot psixologiyasi fani
psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan,
pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim
psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'q ituvchi va o'quvchi munosabatlari,
o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim
o'rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi
muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har
bir elementni alohida tahlil qilish imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi
quyidagi
elementlardan
tashkil
topgan,
deb
hisoblanadi.
Muloqotning
kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan,
interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv
tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va
bilishidan iborat. Ijtim oiy psixologiya turli ijtim oiy guruhlar, jamoaning psixik
namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati
kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi,
shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi
diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy www.ziyouz.com kutubxonasi
asoslari, vazifalari, tizim i, diniy his-tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini
o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi.
Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq
holda rivojlanadi. 1.3. Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi M illiy
psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani shakllantirishdir.
Bunda muloqot katta ahamiyatga ega. Respublikamizda istiqbolda amalga
oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab
beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar: 1) O'zbekiston
kelajagi buyuk davlat; 2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini
barpo etish; 3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish; 4) mustaqil
fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash; 5) komil insonni kamol toptirish
kabilardir. Vatanimizning m illiy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir. M illiy
g'oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar baxtli
turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu
niyatlari ushalishini kafolatlaydi. M illiy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan
singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali
mashg'ulotlami o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala
treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan
muloqot treningini tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak-/
Muloqot treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun
yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga m illiy
g'oyani, m illiy g'urumi singdirish mumkin. M illiy tamoyillarini shakllantirish
uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy natija beradi: 1. Madhiyani maromiga
yetkazib ijro etishga e’tibor berish; 2. Vatanimiz bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish;
3. «Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish; 4. Jamiyatning
faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish; 5. Muzeylarga sayohat uyushtirish
kabilar. 1.4. Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari O'zbek tiliga davlat
maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar
yuz berdi, bu borada asosiy www.ziyouz.com kutubxonasi islohotlar m illiy
istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir
qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom
etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi
va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlami
idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, awalo
yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, o‘qitish jarayonida
bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini singdirish, guruh va
jamoalarda o'zaro munosabatlami muloqotni shakllantirish orqali yaxshilashdir.
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 1)
hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va muloqot
qonuniyatlarini o'rganish; 2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini
tahlil qilish; 3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar
mavjudligini ta’kidlab o'tish; 4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga
qaratilgan
muloqotni
shakllantirish;
5)
shaxslararo
munosabatlami
muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish; 6) o'zaro ta’sir etishning ayrim
oqibatlarini hisobga olish. Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida
bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib,
eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif
etgan tasnif): l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini
ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga
oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal
(unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal
kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: — kinetika (imo-ishora, mimika,
pantomimika); — paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar); — proksemika
(masofa va vaqt me’yorlari); — vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa); — takesika
(jismoniy aloqa). Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar
tizim i sifatida baholanadi. 2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar
xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar
muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga,
maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror www.ziyouz.com
kutubxonasi harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-
atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya
(boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining
eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot
jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra
muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi: — aloqa o'rnatish vazifasi —
suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; — informatsion vazifa —
suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalami almashish; — faoliyatga
undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish
va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish; — tushunishni
ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish; — amotiv
vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeni
aniqlash; — ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy
xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish. Demak, muloqot murakkab polifunksional
ya’ni ko'p vazifali hodisadir. Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala
xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: — muomala madaniyatining nazariy
asoslari; — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari; — pedagogik muloqotning
qonuniyatlari; — oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar
haqida tasawurga ega bo'lish; — shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; —
muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; — shaxslararo
munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; — muloqot xossalarini bilish va
qo'Ilay olish; — guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; —
oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish; — muloqot
madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish
yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. www.ziyouz.com kutubxonasi 1.5. Muloqot —
ijtimoiy psixologik voqelik sifatida Muloqot — shaxslararo munosabatlarning
asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy
jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir
o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok
etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion
qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil
ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib,
shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat
qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari
motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi
kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi
ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy
imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari
yetaklaydi. Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi,
munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa
odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar
o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki
hodisaga ongli tayanish — o'zini-o'zi mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish,
boshqarish, baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim
kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda
bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi
hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha
olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o'ziga
va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish
imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara
beradi: 1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot jarayonining
barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional
muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish; 2) muloqotda ichki munosabatlar
tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga
oshirish; 3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi
a
Dostları ilə paylaş: |