Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə5/8
tarix19.02.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#101117
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mustaqil ish

AVTOTRANSFORMATORLAR.


Yuqori kuchlanishdagi katta quvvatli transformator murakkab qurilma boʻlib, koʻp sonli konstruktiv elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari quyidagilar: magnit tizimi (magnit oʻtkazgich), choʻlgʻamlar, izolyatsiya, chiqqichlar, bak, sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash mexanizmi, himoyalash va oʻlchash qurilmalari hamda aravachalar.
Magnit tizimida transformatorning asosiy magnit oqimi oʻtadi («magnit oʻtkazgich» nomi shundan kelib chiqqan). Magnit oʻtkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi hisoblanadi. Magnit oʻtkazgich bir–biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik poʻlatdan tayyorlangan alohida–alohida listlardan yigʻiladi. Elektrotexnik poʻlatning sifati magnit induktsiyasining ruxsat qilingan kattaligiga va magnit oʻtkazgichdagi isroflarga ta`sir etadi.
Koʻp yillar davomida listning qalinligi 0,5–0,35 mm li, ruxsat etilgan induktsiyasi 1,4–1,45 Tl, solishtirma quvvat isrofi 2,5–3,5 Vt/kg boʻlgan qizdirib prokatlangan ECH1, ECH2 poʻlat ishlatib kelindi. Hozir ruxsat etilgan induktsiyasi 1,7 Tl gacha, solishtirma quvvat isrofi 0,9–1,1 Vt/kg boʻlgan, sovuqlayin prokatlangan teksturali, ya`ni donlari muayyan tartibda joylashgan E330,E330A poʻlat ishlatiladi. Bunday poʻlatdan foydalanish katta magnit induktsiyasiga yoʻl qoʻyish hisobiga magnit oʻtkazgich kesimini ancha kamaytirish, choʻlgʻam oʻrami diametrini kamaytirish, transformatorlarning massasi va o`lchamlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Poʻlatdagi solishtirma quvvat isrofni kamaytirish, magnit oʻtkazgichni puxta yigʻish, shpilkasiz konstruktsiyalardan foydalanish, oʻzaklarni yarmo bilan qiyshiq shixtovka yordamida biriktirish transformatorning salt ishlashidagi quvvat isrofini va magnitlash tokini kamaytirishga imkon beradi. Hozirgi katta quvvatli transformatorlarda magnitlanish toki 0,5–0,6% Inom ni tashkil qiladi, qizdirib prokatlangan poʻlatdan tayyorlangan transformatorlarda esa bu kattalik 3% ga yetar edi, salt ishlashdagi quvvat isrofi taxminan ikki marta kamaydi.
Transformatorning poʻlat listlari bir–biridan puxta izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Dastavval qogʻozli izolyatsiya qoʻllanilar edi. Listlarning bir tomoniga yupqa maxsus qogʻoz yopishtirilar edi. Qogʻoz listlarni bir–biridan elektrik jihatdan toʻliq izolyatsiyalaydi, ammo yigʻishda oson yirtiladi va magnit oʻtkazgichning oʻlchamlarini kattalashtiradi. Hozir 0,01 mm qalinlikda lok surkab listlarni izolyatsiyalash keng qoʻllanilmoqda. Lok pardasi listlar orasida yetarli darajada ishonchli izolyatsiya hosil qiladi, magnit

oʻtkazgichning yaxshi sovishini ta`minlaydi, qizishga chidamliligi yuqori va yigʻish paytida buzilmaydi. Keyingi paytda metallurgiya zavodlarida prokatlashdan soʻng poʻlat taxtalarning ikki yuzasiga issiqqa chidamli qoplama surkash yana ham kengroq qoʻllanilmoqda, qoplama qalinligi 0,01 mm dan kam boʻlib, magnit tizimning xossasini yaxshilaydi.
Magnit oʻtkazgich va uning konstruktiv detallari transformator asosini tashkil etadi. Asosga choʻlgʻam oʻrnatiladi va choʻlgʻam bilan kirish simlari oʻtkazgichlar yordamida ulanib, asosga mahkamlanadi va bu bilan transformatorning aktiv qismi hosil

qilinadi.
Transformatorlarning choʻlgʻamlari kontsentrik yoki navbatma–navbat keluvchi boʻlishi mumkin. Birinchi holda NN va VN choʻlgʻamlari silindrlar

    1. –rasm. Transformator

choʻlgʻamlari: a–kontsentrik; b–almashinadigan

koʻrinishida tayyorlanib, sterjenda bir–biriga nisbatan kontsentrik joylashtiriladi (6.1–rasm,a). Koʻpchilik kuch transformatorlarida choʻlgʻamni shunday tayyorlash qabul qilingan. Ikkinchi holda VN va NN choʻlgʻamlari bir xil diametrli qisqa silindrlar koʻrinishida tayyorlanib, sterjenda biri ustiga ikkinchisi joylashtiriladi (6.1–rasm, b). Bunday choʻlgʻamda kavsharlash ishlari nihoyatda koʻp, ixcham emas va maxsus elektr pechi transformatorlari yoki quruq transformatorlar uchun qoʻllaniladi, chunki choʻlgʻamlarning sovish sharoitini yaxshilaydi.
Transformatorning izolyatsiyasi uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyatsiyasining ishonchliligiga bog`liq.
Moyli transformatorlarda asosiy izolyatsiya boʻlib, qattiq dielektriklar: qogʻoz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladigan moy hisoblanadi.
Transformator bakiga moyning oksidlanish mahsulotlarini yutuvchi selikagel yoki boshqa modda bilan toʻldirilgan termosifon filtr mahkamlanadi. Moy filtr orqali sirkulyatsiyalanganida uzluksiz tozalanib turadi.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat–oʻlchash va himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning qopqogʻiga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz relesi kiradi. 330–750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (KIV) va yuqori kuchlanishli germetik kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi.



Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə