Moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi. Xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash



Yüklə 163,98 Kb.
səhifə2/11
tarix30.01.2023
ölçüsü163,98 Kb.
#99744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
moliya referat9

Kk = (SFkq : SFuh),

bu yerda: Kksof foydani kapitallashtirish


koyeffitsiyenti;
SFkq – aktivlar (kapital)ni oshirishga
yo‘naltirilgan sof foydaning qismi;
SFuh – XYUS sof foydasining umumiy hajmi.

Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strate-giyasini amalga oshirish asosida faqat aktivlar hajmini oshi-rishni yemas, balki ularning yanada samaraliroq foydalanilishini ko‘zda tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo‘ladi:




Ka = (Kо‘ : Ao),
bu yerda: Ka – aktivlarni kapitallashtirish koyeffitsiyenti;
Kо‘ – tahlil davrida o‘z kapitalining o‘sishi;
Ao – tahlil davri oxiridagi aktivlar.

Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishda ilmiy yutuq-larning moddiylashganligini aks yettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan ka-pital shaklning intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.


O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifat talablarini ilgari surayotgan samarali bozor o‘zaro aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYUSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish-ning asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi si-fatida yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga yerishishga alohida o‘rin ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, innovatsion taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari-ni amalga oshirish asosida XYUS faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • XYUSning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqo-ri samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joy-lashtirish, yuqori talabga yega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish-ni rivojlantirish va h.k.);

  • ishlab chiqarishning investitsion-texnologik bazani o‘zgar-tirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzi-lishi, texnologik yangiliklarni joriy yetish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);

  • ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga – XYUSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga yerishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni qis-qartirishning tashkiliy negizi bo‘lgan asoslangan biznes-rejani ishlab chiqish;

  • XYUSning asoslangan marketing va baho strategiyasini ish-lab chiqish;

  • XYUSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi (bog‘liqligi)ni asoslash.

Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegish-li tarzda qayta qurishni, XYUSni boshqarishda moliyaviy oqimlar-ning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish norma (meyor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitali-ning hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikator-larning o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqa-ruvning yaxlit samarali tizimi shakllantirilishini talab qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshiri-lishi mumkin:

  • XYUS xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatiga oid moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, informatsion va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks yettirish;

  • boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYUS moliyaviy re-surslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-analitik xizmatlari rolini oshirish;

  • XYUS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liq-roq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf yetayotgan moliyaviy me-nejment malakasi darajasini oshirish;

  • XYUS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xalqaro an-dozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYUSlar, firma-lar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi barqarorlik-ni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o‘tish.





  1. Yüklə 163,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə