Moliyaviy tahlil


Qurilish tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

1.3 Qurilish tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob 
siyosatini ishlab chiqish tartibi 
Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlari singari 
respublikamiz qonun hujjatlari asosida o‘zlarining hisob siyosatini ishlab 
chiqishlari hamda unga amal qilishlari lozim. Ushbu hisob siyosatida qurilish 
tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy 
shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majmuriyatlar va xususiy kapital 
elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar 
tizimi, ishchi schyotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-
moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir 
boshqa tartib-qoidalar va tamoyillar aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Qurilish 
tashkilotlarining hisob siyosati ichki va tashqi foydalanuvchilarga ular faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli shakl va mazmunda yig‘ish, qayd etish, 
guruhlash va jamlash hamda ularni o‘z vaqtida etkazib berish talablariga javob 
berishi kerak.


23 
Qurilish 
tashkilotlarida 
buxgalteriya 
hisobi 
Respublikamizning 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» qonuni (7-modda)da ko‘rsatilgan to‘rtta 
shakllardan birida tashkil etilishi mumkin. 
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy shaklini belgilashda 
bu tashkilotlarning katta-kichikligi, ularning maqomi muhim rol o‘ynaydi. Yirik 
qurilish tashkilotlarida bajariladigan hisob-kitob ishlari hajmi katta bo‘lganligi 
uchun buxgalteriya tarkibi alohida bo‘limlardan, masalan, moddiy boyliklar hisobi 
bo‘limi, mehnat va unga haq to‘lash hisob-kitobi bo‘limi, qurilish ishlari hisobi 
bo‘limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo‘limi va boshqalardan tashkil topadi. 
Buxgalteriya bo‘limlari ish faoliyatiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi va mas’ul 
hisoblanadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilot-larida, 
odatda, maxsus hisob bo‘linmasi tashkil qilinmaydi. Ularda shartnoma asosida 
ishga qabul qilingan buxgalterga barcha hisob-kitob ishlarini yuritish yuklatiladi.
Qurilish 
tashkilotlari 
xo‘jalik 
faoliyatining 
buxgalteriya 
hisobi 
ixtisoslashgan buxgalterlik firmasi yoki auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq olib borilganda, ular buxgalteriya hisobini respublikamiz 
qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun qurilish tashkilotlari 
oldida shartnoma shartlariga asosan javobgar va mas’ul hisoblanadilar. 
Qurilish tashkilotida buxgalteriya hisobi uning rahbarining o‘zi tomonidan 
yuritilganda u buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq 
ravishda olib borilganligi uchun bevosita javobgar va mas’ul hisoblanadi. 
Qurilish tashkilotlarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobini tashkil 
qilishning tanlab olingan shakli, shuningdek ushbu shaklda hisob ishlarining 
bajarilishini tartibga solib turuvchi ichki me’yoriy hujjatlar tizimi belgilanadi. 
Bunday ichki me’yoriy hujjatlar bo‘lib, odatda, buxgalteriya to‘g‘risida Nizom, 
bosh buxgalter va buxgalterlarning kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar, 
buxgalterlar 
o‘rtasida funksional majburiyatlarning taqsimoti, mehnat 
shartnomalari, ixtisoslashgan buxgalterlik firmalari yoki auditorlik tashkilotlari 
bilan tuzilgan shartnomalar hisoblanadi.


24 
Qurilish tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar va yakuniy moliyaviy 
natijalari (foyda va zararlari) ko‘rsatkichlarini tan olish va hisobini yuritishning bir 
qancha usullari mavjud. CHunonchi, daromadlarni qurilish ishlari yoppasiga 
tugagandan so‘ng, bosqichma-bosqich, qurilish navbatlari bo‘yicha tan olish va 
hisobga olish mumkin. Qurilish tashkilotlari tomonidan bu usullardan qaysi biri 
tanlab olinganligi yoki ularning har birini qaysi turdagi ishlar uchun qo‘llanilishi 
hisob siyosatida aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. 
Bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi, shuningdek olingan foyda summasi 
ularga sarflangan materiallar qiymatini baholash usullariga bevosita bog‘liq. 
Bunday usullar bo‘lib, respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy 
zahiralar»ga muvofiq FIFO, AVEKO, identifikatsiyalash usullari hisoblanadi. 
Belgilangan tartibga ko‘ra qurilish tashkiloti ushbu usullarning barchasidan 
foydalanishlari mumkin. Biroq, bir xil nomdagi TMZlar bo‘yicha bir vaqtning 
o‘zida baholashning turli usullarini qo‘llash mumkin emas. SHu bois ham, qurilish 
tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida TMZlar qiymatini baholashning tanlangan 
usullarini ularning turlari bo‘yicha ko‘rsatishlari hamda unga amal qilishlari lozim. 
Qurilish ishlarining bir necha yillarga cho‘zilib ketishi hisobot yilining 
oxirida tugallanmagan qurilishni inventarizatsiya qilish va qiymatini baholashni, 
shuningdek unga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlashni taqozo etadi. Bu 
xususiyat qurilish tashkilotlari hisob siyosatida tugallanmagan qurilish hajmini 
inventarizatsiya qilib chiqish, uning qiymatini baholash tartibini aniq belgilashni 
talab qiladi. 
Qurilish ishlari bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi 
buyurtmachi tashkilotlarning to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligiga bevosita 
bog‘liqdir. Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida buyurtmachi korxonalar to‘lov 
qobiliyatini yo‘qotish riskining mavjudligi qurilish tashkilotlarida dargumon 
debitorlik qarzlarni bevosita yoki tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga 
hisobdan chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida belgilab qo‘yishni talab 
etadi. 
Bajariladigan ishlar (xizmatlar) qurilish tashkilotlari bo‘linma-larida 


25 
(qurilish maydonchalari, sexlar, omborlar va boshqa javobgarlik markazlarida) 
turli boshlang‘ich hujjatlarni tuzishni, ular aylanishini tashkil qilishni, shuningdek 
boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritishni taqozo etadi. 
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan boshlang‘ich hujjatlar, ularni tuzish, taqdim 
etish va ishlovdan o‘tqazish tartibi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida 
to‘xtalamiz. 
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi jurnal-order, memorial-order, 
bosh-jurnal va ixchamlashtirilgan shakllardan birida qo‘lda yoki zamonaviy 
kompyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Hozirgi 
paytda aksariyat qurilish tashkilotlarida qo‘llanilayotgan hisob shakli bo‘lib jurnal-
order shakli hisoblanadi. Bu shaklda ishlatiladigan hisob registrlarining schyotlar 
bo‘yicha taqsimoti 1-2-jadvallarda keltirilgan. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə