Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə24/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

AQShda g’aznachilik to'g’ridan-to'g’ri Prezidentga bo'ysunadi va keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Budjet jarayonida budjetni tayyorlashga javob beradigan Ma'muriy-budjet boshqarmasi, auditga va nazoratga, hisob-kitob ishlariga javob beradigan Bosh budjet-nazorat boshqarmasi kabi muassasalar qatnashadi, Soliq boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi g’aznachiliknig bir qismi hisoblanadi.
G’aznachilik barcha tushumlarni va to'lovlarni Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida o'zining bosh hisobraqami orqali nazorat qiladi. G’aznachilik barcha soliqlarni va boj to'lovlarni yig’adi, markazlashgan holda barcha yig’imlarning yig’ilishini va ba'zi muassasalarga xizmatlar ko'rsatishni ta'minlaydi. Tushumlarni yig’ishda bank tizimidan foydalaniladi.
Tarmoq departamentlari mablag’larning to'g’ri va samarali ishlatilishi bo'yicha nazoratni amalga oshiradi. Barcha xarajatlar tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida budjetdan mablag’ oluvchilarning so'rovi asosida g’aznachilik tomonidan to'lanadi, bunda cheklardan va elektron pul o'tkazish vositalaridan foylaniladi.
Budjetdan ajratilgan mablag’lar tarkibi ham g’aznachilik tomonidan, ham Ma'muriy-budjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, AQShda g’aznachilik boshqa mamlakatlardagi kabi davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarishni va hisobini nazorat qiladi hamda ularning to'lov muddatlarini belgilaydi va auksion- larda ularni joylashtirishni nazorat qiladi. Shu bilan birga, g’aznachilik davlat qimmatli qog’ozlarining ikkilamchi bozori qoidalarini belgilaydi, g’aznachilik qisqa
muddatli kassa talablarini qoplash uchun doimiy haftalik qimmatli qog’ozlarni chiqaradi.
G’aznachilik buxgalteriya hisob-kitobiga javob beradi, oylik va yillik moliya hisobotlarini tayyorlash uchun ma'lumotlar yig’adi va muassasalar uchun me'yoriy hujjatlar tayyorlaydi. Ichki nazorat va audit funksiyalarini tarmoq departamentlaridagi bosh inspektorlar bajaradilar. Federal hukumat federal mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy dasturlar bo'yicha tekshiruvni amalga oshiradi. AQShda g’aznachilik va Budjet departamentlari faoliyati aniq muvofiqlashtirilgan. G’aznachilik budjet tushumlari to'g’risida hujjatlarni tayyorlaydi va makroiqtisodiy asoslarni ishlab chiqishda qatnashadi. Ma'muriy- budjet boshqarmasi Prezident Kongressiga taqdim qilinadigan xarajatlar smetasini tayyorlaydi, shuningdek, turli darajadagi budjetlarni umumlashtiradi.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə