Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 210,67 Kb.
səhifə1/3
tarix03.02.2023
ölçüsü210,67 Kb.
#100102
  1   2   3
Old tarix fanining XX asrda rivojlanishi II bob Old tarix fanini


mirzo ulug’bek nomidagi
o’zbekiston milliy universiteti
Tarix fakulteti
Antropologiya va etnologiya yo’nalishi
KURS ISHI

Mavzu: Inson Evalutsiyasi va old tarixi kursining mazmuni vazifalari va ahamiyati




Bajardi: Abdumajitov Alisher
Qabul qildi: Bobobekov Akbar
Toshkent - 2022


Reja:

Kirish.
I. bob Old tarix fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
1.1 Old tarix fanining qadimgi antik va o‘rta asrlarda shakllanish omillari
1.2 Old Tarix fani XVIII-XIX asrlarda
1.3 Old tarix fanining XX asrda rivojlanishi
II. bob Old tarix fanining boshqa fanlar bilan aloqalari va atamalar
2.1 Old tarix fanining boshqa fanlar bilan aloqalari
2.2 Atamalar va ularga izoh.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Ijtimoiy gumanitar yo’nalishda ta’lim olayotgan talabalarga inson evalutsiyasi va old tarix fani insoniyatning qadimiy davridagi ijtimoiy hayotidagi xususiyatlari eng muhum o’zgarishlari zamonaviy hayotda ularni suyak qoldiqlari va ularni madaniyatini tiklash bilan shug’ullanadigan fandir.


Bu zamonaviy fanning dunyo yuzini ko’rish bosqichi o’zgacha bir tarzda vujudga kelgan. Ushbu fan XV – XVII asrlardagi Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng ya’ni yangi yerlarni kashf etilishi va bu hududlarda o’ziga hos tarzda yashovchi xalqlarning inson evaltsiyasi fanidagi tutgan o’rni va bu fanning rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatgani barchga qiziq bo’sa kerak. Bu fan bo’yicha ko’plab olimlarning tadqiqotlari va ularning nazariyalari qanchalik ahamiyatga ega ekanligini guvohi bo’lishimiz mumkin.
Barchamizga birdek qiziqki insonning o’z ajdodlarini qanday paydo bo’lganligi, hozirgi holatiga kelgunicha bo’lgan davrni o’rganish va bu ishlar bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borishi bu fanning paydo bo’ilishiga va asta sekin rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Shu davr ichida fanning rivojlanishiga qaysi olimlar qay darajada o’z xissalarini qo’sha olganligini mazkur taqdimot davomida javob topishga harakat qilamiz.
Bu taqdimotini o’rganish davomida bu fanning boshqa hozirgi zamonaviy fanlar bilan qay darajada aloqador ekanligini ko’rishimiz mumkin.

I.bob Old tarix faning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.


Odamning eng qadimgi ajdodlari. Inson tabiat yaratgan tirik mavjudodlarning eng oliysi hisoblanadi. yer yuzida bu oliy darajadagi mavjudodni paydo bo‘lib, yashay boshlaganiga qariyb 7,5-7 million yillar o‘tdi. Mazkur davr mobaynida inson mehnat qilish tufayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirib, nihoyat bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi. Shu bilan antropolonez jarayoni ham tugab, nihoyasiga yetdi.
O‘zining kelib chiqishiga qiziqish, uni bilishga intilish odamlarda juda ham erta uyg‘ongan. Lekin dastlabki kishilarning ilmiy bilimi juda oz bo‘lganligi tufayli bu masalaga uzoq vaqt javob topmaganlar. Ammo kishilar o‘z ajdodlari haqida ko‘pdan-ko‘p afsona va rivoyatlar to‘qiganlar. Ilmiy bilimlarning to‘plana borishi natijasida odamlarda o‘z o‘tmishiga qiziqishning tobora kuchayishiga olib kelgan. Natijada odamning paydo bo‘lishi haqida xilma-xil nazariyalar paydo bo‘lgan.
Odamning paydo bo‘lishi va yaratilishi haqida qadimgi va o‘rta asr diniy kitoblarida mantiqsiz afsona va rivoyatlar ko‘p uchraydi.
va XIX asrlarda arxeologiya, antropologiya soxasida qo‘lga kiritgan ilmiy dalillar va ilg‘or qarashlar, odamning kelib chiqishi xaqidagi diniy rivoyat va afsonalarga ilk bor zarba berib, bu masalani bundan keyingi rivoji uchun zamin hozirladi.
XVIII-XIX asrlarda shakllanib vujudga kelagan arxeologiya fani qo‘lga kiritgan yangi dalillar alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Qadimgi davrning ilg‘or fikrli Rim, Yunon, Hind va Xitoy mutafakkirlari insonning tabiy ravishda paydo bo‘lganligi haqida o‘z mulohazalarini bildirganlar. Lekin bu fikr o‘rta asrlarda cherkov va dinning ta'siri natijasida rivojlantirilmadi. Ammo XVII asr ohiri va XVIII asrdan boshlab olimlar bu masalaga jiddiy e'tibor bera boshladilar.
Chunonchi J. B. Lamark Karl Linney. Tomas Geksli va boshqalar insonning biologik jihatidan maymunlarga yaqinligi, kelib chiqishi va uning tabiatda tutgan o‘rni haqida ilg‘or fikrlar bilan maydonga chiqdilar.

Bu sohada mashxur ingliz olimi, tabiatshunosi Charliz Darvinning xizmatlari alohida ahamiyatga egadir. Ch.


Darvin o‘zining «Tabiiy tanlanish, yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi (1863),» «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish»,-degan
asarlarida o‘zigacha to‘plangan va o‘zi yiqqan materiallarga
asoslanib o‘simliklar va hayvonlarning eng oddiy turlaridan rivojlanib, oliy turlarga yetganligini isbot qilib berdi. Ch. Darvin odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanini isbot qilib berar ekan, u odamning paydo bo‘lishida tabiiy tanlanishning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yuborib, eng muhim sotsial sabab bo‘lgan mehnatning olamshumul ahamiyatini payqamadi. Lekin Darvinning ulug‘ hizmati shundaki o‘simliklarni, hayvonlarni hamda odamni xudo o‘zgarmaydigan qilib yaratgan degan diniy afsonaviy fikrlarni yo‘qqa chiqardi. U o‘zning evalyusion ta'minoti bilan yer yuzidagi butun tirik mavjudodlarning eng oliysi hisoblangan odam ham yaratilgan, hamda turlar o‘zgarmaydai degan metofizik va diniy tasavvurlarga qarshi chiqib, bu fikrlarni xato ekanligini isbot qilib berdi.
Lekin ko‘p yillar davomida olib borilgan geologik, paleontologik va arxeologik tadqiqot ishlari oraliqdagi bu uzilishni bir darajada to‘ldirdi. Odamning ham, gorilla va shimponzelarning yaqin umumiy ajdodi hisoblangan odamsimon qazilma maymunlar driopiteklar 27 million yillar ilgari miotsen davrida, janubiy Osiyo, janubiy yevropa va Afrikada tarqalgan edi.
Bulardan yana biri darvin driopiteki bo‘lib, uning qolidiqlari
Avstraliyaning o‘rta miotsen yotqiziqlaridan topilgan.


Odam ajdodiga yaqinroq


maymunlardan yana biri ramapitek bo‘lib, ularning suyak qoldiqlari Shimoliy Hindistondagi Sivalika tepaligining quyi pliotsen yotqiziqlaridan topilgan.
Ramapiteklarning qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Keniyadan topilib, uni keniyapitek ham deb ataladi.
Bu bosqichda inson ajdodi hozirgi
zamon odamsimon maymunlaridanajralib chiqqan bo‘lib, ramantipikni odam ajdodi deb hisoblash mumkin emas edi.
Ramapitek tropik o‘rmonlarda, daraxtlar ustida yashab, O‘simliklar bilan ovqatlanar va u ham odamsimon maymunning o‘zginasi edi. Lekin ba'zi olimlar ramapitekni nisbatan ochiq joylarda yashab, ikki oyoqda yurgan, degan fikrni ilgari suradilar. Ammo bu qarashni ko‘p olimlar qo‘llab quvvatlamaydilar.


Udobnopitek miotsenning


oxiri, plotsenning boshlaridaya'ni 13-16 million yil muqaddam yashagan.
Udobnopitek tishlarining tuzilishiga qarab xukm
chiqarilsa, u ko‘p jihatdan driopitek va romanipiteklarga yaqin bo‘lgan. Olimlarning ta'kidlashicha u qadimgi karkidan, mastadan, gipparion, jrafa va giena kabi yirik sut emizuvchi hayvonlar bilan
zamondosh bo‘lgan odamsimon maymun edi.

1.2 Inson evolyusiyasi bosqichlari


Avstralopitek deb ataluvchi qazilma odam ajdodi nisbatan ham odamga juda yaqin edi. Avstrolopitekning suyaklari dastlab 1924 yili R. Dart tomonidan kashf etilib bayon etilgan.
So‘ngi vaqtda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 400 dan ortiq avstrolopitek maymunlarining suyak qoldiqlari topildi. Ularning aksariyati
Janubiy va Sharqiy Afrikadan topilib, ikki urug‘ga mansubdir.
Bu Tuanga, Makapansgate va Sterkfonteyndan topilgan afrikali avstralopitek hamda Kromdray va Svarkransdan topilgan parantropidir. Ularning sanasi 900 ming yildan 3 million yilgacha borib taqaladi. Bular parantrop va boys zinjontropiga mansub bo‘lib, Tanzaniyaning Olduvay darajasidan, Keniyaning Turkona (Rudolf) ko‘li atrofidagi Kanepoy, Kooba-Fora, Lotegam,
Ileret, Efioipiyaning janubidagi Omo daryosi vodiysidan topib o‘rganlgan. Sharqiy Afrika avstrolopiteklarning sanasi kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 5,5 bilan 0,7 million yil bilan chegaralanadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Sharqi-Janubiy va Janubiy Osiyodan ham avstrolopitekka yaqin bo‘lgan mavjudodlarning suyak qoldiqlari topilgan.
Xitoyning Janubidagi Topilgani BLEK gigantopitegi Shimoliy Hindistondan topilgan bilaspur gigantopitekning hamda Yavaning Sangirak degan joyidan topilgan qadimgi yavan magentroplarini shular jumlasidan kiritish mumkin.
Avstrolopiteklar yerda yashashga moslashgan mavjudod bo‘lib, ikki oyoqlab yurgan. Ular hamma odamsimon maymunlardan farq qilgan va ayni vaqtda odamga yaqinlashib qolgan edi. Ammo ularning oyoq-qo‘llarida ushlagich organlari saqlanib qolgan bo‘lib, u xoli tayanch organi sifatida to‘liq shakllangan emas edi. Uning barmoqlari ancha kuchli, bo‘g‘inlari tarqqiy etgan bo‘lib, qamrab olish va mahkam tutish hususiyati bilan har qanday odamsimon maymunlar bo‘g‘inidan farq qilar edi.
Ammo bo‘g‘inlarida odamsimon maymunlarning bo‘qinlariga o‘xshash xususiyatlar oz emas edi. Jag‘ suyaklari katta bo‘lib, lod tomonga turtib chiqmagan oziq tishlarning kichikligi, tishlar orasidagi bo‘shliqning bo‘lmasligi, ularni odamsimon maymunlardan keskin (ajratib, odam bilan yaqinlashtirgan edi.) Avstrolopitek miya qutisining o‘rtacha xajmi 522 sm2ga barobar bo‘lib, asosan 435 dan 600 sm3 oralig‘ida tebranadi.
Ba'zi olimlar avstrolopitekni odam qatoriga qo‘shsa, ba'zilari uni odamsimon maymunga mansub deb hisoblaydilar.
Ammo shuni unutmaslik kerakki, avstrolopiteklar insonlar dunyosiga mansub mavjudod edi. Jag‘ suyaklari va tishining tuzilishi, hamda ular tomonidan o‘ldirilgan pavian va boshqa sut emizuvchi hayvon suyaklarini topilishi, avstrolopiteklarni boshqalardan farq qilib, go‘sht bilan oziklanganliklarini ko‘rsatadi.
Avstropoliteklar-odamsimonlar oilasiga mansub bo‘lib, go‘sht bilan ovqatlangan, ikki oyoqda turib qaddini ko‘taribroq yurgan va odamga aylanish arafasida turgan mavjudod bo‘lgan.
Shuni ham unutmaslik kerakki, avstrolopiteklarning bir qismi olduvay, Keniya, Efiopiyadagi eng qadimgi qazilma odamlar bilan ayni vaqtda, bir xududda yashaganlar.

Bundan 30-40 yillar muqaddam


Indoneziyaning Yava orolidan topilgan pitekantropni eng qadimgi maymunsimon odam deb xisoblanar edi.
Pitekontrop bundan 800 ming yil muqaddam yashab, kishilik jamiyati tarixi 1 millionga yaqin yilni qamrab olar edi. Ammo keyingi 30-40 yil ichida odamning, kishilik jamiyatining kelib chiqishi haqidagi ilgarigi fikrlar mutlaqo o‘zgarib ketdi.
Shu narsa ravshan bo‘ldiki, har xil toshlardan oddiy, g‘o‘pol mehnat qurollari yasay olgan hamda yirik hayvonlarni ovlash qudratiga ega bo‘lgan qadimgi maymunsimon odam, hayvonlar dunyosidan 1 million yil emas, balki 33,5 million yil muqaddam ajralib chiqa boshlagan ekan. Demak, yer yuzidagi eng qadimiy odam yava pintekantropi emas, balki, sharqiy Afrikada 3-3,5 mln yil ilgari yashagan «Xomo xabilis» - «ishbilarmon odam» ekan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidantopilgan arxeologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Keniya va Efiopiyada olib borilgan qazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muhim aniqlik kiritdi.
Olduvay darasi tanzaniyaning shimolida bo‘lib, Eyasi ko‘lidan 36 km. Shimoliy-sharqdadir. Daraning uzunligi 40 km, chuqurligi esa 100-130 mertdan iborat. Olduvay darasidan qazilma hayvonlarning qoldiqlari 1911 yildan boshlab topila boshlagan.
1931 yili keniyalik ingliz olimi Luis Liki darada qizg‘in arxeologik va poleontologik qazish ishlari olib borar ekan, har xil davrga mansub tosh asri madaniy qatlamlarini topishga muyassar bo‘ladi. Bu borada Luis Lekining xizmatlari juda kattadir. L. Liki vafotetgach (1972) uning ishlarini rafiqasi Meri
Liki va o‘g‘li Richard Liki davom ettiradilar.
Keyingi 15-20 yil ichida Olduvay darasidan olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida odamsimon maymunlar, eng qadimgi maymunsimon odamlarning kalla va boshqa suyaklari, shuningdek eng qadimgi odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyumlar topilgan.
1959 yili Luis va Meri Likilar Olduvay darasidan avstralopiteklardan farq qilmaydigan maymunsimon mavjudodning kalla suyagini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Mazkur mavjudod miya qutisining hajmi 530 sm3 bo‘lib, avstrolopiteklarnikidan katta bo‘lmagan. Ammo kalla suyak yotgan qatlamda oddiy tosh qurollarning mavjudligi uni avstorlopitek maymuni emas, balki Yava pitekantropiga nisbatan ilgariroq yashagan maymunsimon odam deb aytishga imkon berdi. Tadqiqotchilar bu odamga «zinjantrop»,- deb nom ham berishdi. Ba'zi olimlar uni odam jesa, ayrimlari avstrolopitek maymuni deb xisoblaydilar.
Lekin bir yil o‘tgach ya'ni 1960 yil «zinjantantrop» topilgan joydan, faqatgina biroz chuqurroqda «zinjantrop» ga nisbatan ham tarqqiy etgan mavjudodning suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar unga «prezinjantrop» deb nom berishdi Xozirgacha mazkur joy va qatlamdan prezinjantropning 5 dan ortiq suyak qoldig‘i va tosh qurollari va bir qator hayvonlarning maydalangan suyaklari topilgan. Bu mavjudod qurol yasay olgan ekan, unga «Xomo xabilis» - «ish bilarmon odam» degan nom berildi. U Yava pitekantropigacha yashagan eng qadimgi maymunsimon odam, deb xisoblanadi. Zinjantrop esa avstrolopitek maymuni bo‘lib, boshqa havonlar qatori u «Xomo xabilis» ning ov o‘ljasi bo‘lgan.
Kaliy-argon usuli bo‘yicha va boshqa dalillarga asoslanib ishbilarmon kishi, 1,75-185 mln yil ilgari yashagan.
Xomo xabilis topilgan joyning yuqoriroq qatlamidan olduvay pitekantropining qodig‘i va tosh qurollari hali topilgan. Prezinjantrop topilgan joyning o‘zidan avstrolopiteklarning suyaklari ko‘plab chiqdiki, bu xol mazkur mavjudodlar ish bilarmon kishilarning asosiy ov manbalaridan biri ekanligini bildiradi.
Xomo Xabilisning bo‘yi 122-140 sm bo‘lib, ikki oyoqda yurgan, Tobayesning fikricha miya qutisining hajmi 675-680 sm3 ni tashkil etib, avstrolopiteknikidan kattaroq, pitekantroplarnikiga nisbatan kichkroq bo‘lgan. Yuqori va quyi jag‘lari avstrolopitekoarnikidan kichikroq, pitekantrop va hozirgi zamon odamnikiga, ancha yaqin bo‘lgan. Uning barmoq va bo‘g‘inlari odamnikiga juda o‘xshab ketgan va tosh qurollar yasash qobiliyatiga ega bo‘lganki, buni Olduvayning qatlamlaridan topilgan tosh qurollar tasdiqlaydi. Shunday qilib, xomo xabilis avtsrolopiteklar bilan pitekantrop oralig‘idagi mavjudod bo‘lib, eng qadimgi odam edi.
Xomo Xabilis faqatgina Olduvay darajsidagina bo‘lib qolmay, ancha keng tarqalgan edi.
Olduvay darasida ajoyib kashfiyotlar 60 yillarining oxiri va 70 yillarda
Keniyada va Efiopiyada Turkona ko‘li qirg‘oqlarida ham arxeologik qidiruv va qazish ishlarini keng ko‘lamda olib borish uchun turtki bo‘ldi.
Efiopiyaning Omo daryosi darasidan qadimgi olduvay davriga mansub qurollar topilib, sanasi 1,9-2,2 million yilga borib taqaladi.
Mazkur joydan har xil avstrolopitek maymunlarning suyaklari topilib, ularning sanasi 2-4 million yilni o‘z ichiga oladi. Ularning ba'zilari «ishilarmon
odam» ga mansub bo‘lishi ham mumkin degan fikr olimlar orasida keng yoyilgan.
Demak sharqiy va markaziy Afrikadantopilgan odam suyaklari, mehnat qurollari insoniyat tarixining ilk bosqichini o‘rganish uchun juda katta imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib Sharqiy Afrikadagi so‘ngi kashfiyotlar yerda odamning paydo bo‘lish davrini qarib 3-3,5 million yilga cho‘zib yubordi.
Afrikadan topilgan eng dastlabki ilk qazilma odamlar odam evolyusiyasining birinchi bosqichini tashkil etadi.
Inson evolyusiyasining ikkinchi bosqichi arxantroplar bilan bog‘liq bo‘lib, ular eng dastlabki ilk odamlarga nisbatan yer yuzida ancha keng tarqalgan.
1890-1891 yillarda golland vrachi ye. Dyubua tomonidan Indonehiyaning
Yava orolidagi Solo daryosi bo‘yidagi bo‘lgan Trinil yaqinidan qandaydir mavjudodning bosh suyak qopqog‘i ikkita jag‘ tishi va boldir suyagi topilgan. Keyingi yillarda Kenigs vald va boshqa olimlar tomonidan Yavada olib borilgan qazishmalar natijasida yana yettita pitekantopga mansub suyaklar topilgan.
1937 yilda nemis paleontologi Ralfon Kyonigsvald Yavadan
pitekantropning bosh miya qopqog‘i suyagini topgan. Keyingi vaqtlargacha Yavadagi Modjekertodan to‘rta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitekantropning bosh miya qopqog‘i, oltita son suyagi, uchta jag‘ suyagi topildai.
1961-1972 yillarda esa Indoneziya mutahassislari Yavadan yana
pitekantropning to‘rta bosh suyagi va ikkita pastki jag‘ suyagini topiganlar. Yavadan topilgan pitekantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng qadimiy bo‘lib, uni kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 1 million 500 ming-1 million 900 ming yil deb hisoblanadi. Qolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib taqaladi. Har holda ular Olduvay darasidagi homo habilis - «ishbilarmon odam» dan ancha keyin yashagan. Lekmn olduvay pitekantroplari bilan zamondosh bo‘lishlari ham mumkin. Buni ularning jismoniy tuzilishi, «homo habilis» ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi.
Sinantrop-Xitoy odami ham eng qadimgi qazilma odamlar vakili hisoblanadi.
1918-1923 yillarda Shved geologi G. Anderson Pekindan 45-50 km janubiy-g‘arbdagi Chjoukoutyan degan joyida kuzatish ishlari olib borayotib, avval tosh qurol, so‘ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. Qazilma ishlariga kanada olimi D. Blek ham jalb qilinadi. 1927 yili Blekning assistenti Pen Ven-chjun mazkur joydagi Kotsetong g‘oridan eng qadimgi xitoy odamining kalla suyagini topishga muyassar bo‘lidi. Qazish ishlari xitoy olimlari tomonidan davom ettirilib, natijada mazkur joydan yana 60 yaqin odam suyagi topilib, shundan 15 tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi.
Shu narsa muhimki g‘ordan sinantrop qoldiqlari bilan bir qatlamda tosh qurollar, gulxan qolddiqlari yirik va mayda hayvonlarning sindirilgan hamda kuygan suyaklari topilgan. Bu hol sinatroplarning pitekantrop va olduvaydagi
«ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko‘rsaiadi.
Sinatroplarning bo‘yi 144-156 sm bo‘lib, peshonasi past qiya bo‘lgan.
Pitekantrop miya qutisining hajmi 850-950 sm3 bo‘lsa, sinatropning esa 10501200sm3 ga teng. Demak sinantrop miyasining hajmi pitekantrop miyasining hajmidan katta, lekin hozirga zamon odami miya qutisini hajmidan esa kichikroqdir.
Shunday qilib sipontronlar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o‘tgan bo‘lib, mindel muzligi davrining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi va u eng qadimgi qazilma odam vakili hisoblanadi. 1963-1964 yillarda xitoy arxeologlari
Pekindan 900 km janubi-g‘arbiydagi Lantyan degan joydan lantyan sinantropi, deb atalgan qazilma odam qoldig‘ini topganlar.
Qazilma odamlar va ularning ajdodlarining faqatgina Osiyo va Afrikada yashabgina qolmay yevrorpaning ba'zi joylarida ham tarqalganligi aniqlangan.
yevropa turli tabiiy sharoitga ega bo‘lgan yevrosiyo quruqligining g‘arbiy qismini tashkil etadi.
Janubiy va Markaziy yevropa har turli hayvonat olami va odamzodning yashashi uchun ancha qulayliklarga egadir. Lekin shunga qaramay yevropa ilk odamlar paydo joy emas ekan. Ko‘pchilik olimlarning fikrlariga ko‘ra qit'aga eng qadimgi odamlar ilk tosh asrida - bundan 1800 ming yillar ilgari Afrikadan kirib kelgan ekan.1
II.bob Old tarix fanining boshqa fanlar bilan aloqalari.
XIX asr boshlarida etnografiya yunalishida to'plangan materiallar evolyutsionizmning hozirgi kunga kelib kelmasliklarini va kamchiliklarini kuzatib boradi. Jumladan, evolyutsionizm tarafdorlari madaniyatdagi daqiqalar o'zgarishlardangina kelib chikib madaniyat va uning tarkibiy tarkibini qayta tiklash kelajagi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashadi. Ular hatto bunga harakat ham saqlab qolganlar. Yangi etnografik ekspeditsiyalar materiallari portlashi evolyutsionist qarashlarni rad etgan va bu borada boshlanishiga e'tibor qaratildi. Shu bois yangi antievrizionist nazariyalar va maktablar ishtirok etgan. Evolyutsionizmdan hafsalasi pir bo'lgan ayrim etnolog va antropologlar xatto o'zlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, haqiqat poprikasi tadbirkorlarga oid ma'lumotlar olib borganlar.
Diffuzionizm. XIX asr so'nggi choragiga kelib etnografiya taraqqiyotida yangi davr boshlangan. Agar ilgari bevosita etnografiya kuzatuvlar ortiq savdolar, missionerlar va sayyoxlar tomonidan bajarilgan bo'lsa, keyinchalik etnografiyaga oid umumiy maqsadlarni maxsus tayerlangan mutahassislar oldindan ishlashgan dasturllar asosida olib borganlar. Bu esa o'z navbatida fanda yangi qarashlar va nazariyalarning paydo bo'lishiga ham etnografiyada evolyutsionizmning yakkalik hukmronlik mavsumini kuzatishga olib kelgan. Qolaversa, bu davrda evolyutsion uslub asoslash mushkul bo'lgan qator muammolar yuzaga kelgan.
Evolyutsionizmning boshlanishi diffuzionist maktabni shakllantirishga olib keldi. Etnografiyadagi diffuzionistik g'oyalarning asosiy maqsadi madaniy yoki madaniy birining o'ziga xosligi shundaki, ularning soni tushib ketgan hududlarini aniqlash va turi hududlar bo'lib qolishi mumkin.
"Diffuziya "tushunchasi aslida fiziikadan o'tkazilgan bo'lib, fizikada mazkur ibora" eyilmoq"," kirib kelmoq " ma'nosini anglagan. Etnografiyada diffuziya deganda xalqlarning o'zaro aloqasi - savdo, ko'zish, bir xalqni ikkisini qurish yo'lida yetib borgan Madaniyni tark etishni rejalashtirgan. Diffuzionizm ilmiy yo'nalish tarzida diffuziyaning tarixiy jaraenlarining asosiy mazmunini madaniyatlarro o'zaro aloqalarnizhasida boshidan o'tkazish va ular bir kishidan ikkinchi o'rinni egallashini e'tirof etish. Evolyutsionist nazariya tarafdorlari tomondan o'tash madaniyatlarning o'zaro o'tshash sharoitlarda mustaqil yo'lda aybo bo'lish va rivojlanishga oid g'oyalariga qarshi diffuzionistlar ma'lumot geografik daqiqada madaniylarning soni ortib bormoqda oid o'ziga xos ilmiy yo'nalishdagi g'alabasini ilgari surgani bilan farg'onadi.
Diffuzionizmning mashhur vakillari
Fridrix Ratzel (F. Ratzel, 1844 — 1904) — asosiy ishi "Antropogeografiya" ("Antropogeografiya") nomli asari bylib u 1882 yilda chop etilg'an;
Erland Nordensheld (E. Nordenskiold, 1877 — 1938 yy) ning asosiy maqsadi" qadimiy etnografiya tadqiqot "("Comparative Ethnographical Studies") dir, u 1919 yilda qabul qilingan;
Robert Grebner (R. Graebner,1877-1934 yy) — Muhammad asari "etnografiya xizmati" ("Methode der Ethnologie") — 1905 yilda nashr etilgan;
Vilgelm Shmidt (W. Schmidt, 1868-1954yy) — V. Koppers (W. Koppers) bilan xammualliflikda nashr etgan " tarixiy madaniy metodlariga oid etnografiya tarixiy kitob "("Handbuch der Methode der kulturhistorischen Etnologie") -1937 yilda chop etilgan;
Leo Frobenius (L. Frobenius, 1873 — 1938 yy) ning asosiy asari "Madaniyat haqidagi tabiy-ilmiy sharh" ("Die naturwissenschaftliche Kulturlehre") bo'lib, u 1899 yil nashr etilgan.
G. Eliot-Smit (G. Elliot Smit) ning asosiy maqsadi - "Madaniyat" ("Madaniyat"). O'tish: saytda harakatlanish, qidiruv Mazkur asar 1928 yilda a'lon kilingan.
Etnografiyada diffuzionizmning asoschisi sifatida Myunxen universiteti va professor Fridrix Ratzel eytirof etiladi. U ilk bora madaniyatlarini kuzatib boradi madaniyati hududlar va mamlakatlar bo'yicha mo'ljallangan qonunga kiritilgan. Evolyutsionistlarda" madaniy qarashlari maqom bo'lib, o'z-o'zidan aybo bo'ladi " - degan qorash ustuvor edi.
Ratsel o'z choralari "Antropogeografiya" (1882)," xalqshunoslik "(1885) va" yer va hayot " (1891) raqamli ko'p turar joylarda erkaklar. Jumladan, u "Antropogeografiya" asarida moddiy madaniyat namunalarini (etnografik buyumlar va ularning terminologiyasi) geografiyasini turi xalqlarda tarqalishi bilan bog'liq bo'lgan. Ratzelning fikri, tabiy Muhammad ta'limida shakllangan madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro fark ushbu xalqlarning bir-birlari bilan qo'shimcha etnomadaniyalar vakillari ishtirokida asta-sekinlik bilan kuchayib boradi. Ratsel o'z taqdirida bir xalqni boshlaganda xalqdan chiqib ketish yoki bosim o'tkazish, turli irqlarning o'zaro birishi,etnomadaniy savdo aloqalari va ularning turi turlicha bo'lishiga e'tibor qaratilgan. Aynan mana shuday muloqotlar natijasidagina madaniyat keng hududlarga kelishi mumkin. Amalda esa bu til va irq hususiyatlardan murabbiy bo'lgan etnografik ashelarning kelajagi haqida ma'lum bo'ldi. Irqlar doyim o'zaro qo'li boradi va shuning uchun ham diyarli barchasida irqlar hozir bo'lish vaqtida yashashini kuzatish mumkin. O'z navbatida shuni ham alohida takidlab o'tish joizki, xalq holida til etnik ma'lum tarixda tarqalgan birmuncha mustaqil bo'lishadi, lekin vaqtlar o'ynashi bilan o'zaro etnomadaniyalar aloe natijasida u ham ma'lumot haqida gapiradi yoki bir til ikkinchisiga boradi. Moddiy madaniyat ashelari esa boshlang'ich madaniyatga qaramay, hozirda uning shakli va tarkalish hududini birmuncha ortiq bo'ladi. Ratzelning fikri, xalqlar hayotida sodiq qolgan turi xil etno-izhtimoy o'zgarishlar yuz bergan ketgan hozirda etnografik mavzular qanday qilib shunday qilib qoladi va shuning uchun ham madaniy ko'rinishda etnografik ko'rinishda o'tkaziladi.
Ratzelning sherigi bo'lgan Leo Frobenius etnolog, arxeolog va folklorshunos olim sifatida Shuhrat qozongan. U birinchi marta diffuzionizm nazariyasi asosida madaniyat morfologiyalari nomli kontseptsiyasini va madaniyalar bo'yicha nazariyalarni yaratgan olimdir. Leo Frobenius Afrika va boshqa mintalarda yashovchi xalqlar madaniyati bo'yicha mutahassis bo'lib, Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatini o'rganish bo'yicha 12 ta marotabada ekspeditsiya o'tkazgan va olib borgan umumiy maqsadlari asosida Afrika etnik xaritasini yaratgan. O'z navbatida shuni ham ko'rib chiqish joizki, zarbur harita bugun kunda ham o'z mamlakatini yo'qotgan emas. Afrikashunos olim o'z ekspeditsiyasining materiallarini va ularning nazariy xulosalarini 1988 yilda nashr etilgan "Afrika madaniyatini rivojlantirish yo'lida" nomli monografiya baen qilingan. Uning fikri, madaniyati misli tirik organizm bo'lib, undagi o'yinlar uning umumiy qonunlari bilan chambarşa bog'liqdir. Olim tomonidan Afrika va Melaneziya xalqlarini madaniyatini o'zaro taqqoslab tashkil etish asnosida madaniyatdagilar orasida elementlarning tarqalishi natijasida emas, balki bir butun yaxlit madaniyatiga qaram bo'lishiga qaramasdan, ular mag'lubiyatga uchragan, ular qayta tiklangan elementlar emas, balki bir butunsiz bo'ladi", - degan hulosoga kelingan.
O'z vaqtida shuni ham unutmaslik kerak, mullifning madaniyatini kelib chikishga oid masalalarda ayrim mifologik qarashni ham ko'rish mumkin. Chunonchi, u madaniyani misoli tirik organizm tarkibida ko'rgazma qiladi va madaniyat ham edi tirik organizm kabi dunyoga keladi,turi yosh boshlig'ini urib, ortda qolib turadi. Bunda mulkdor madaniyat odamlar tomondan yaratilmaydi, balki o'z-o'zidan rivojlanib boradi degan g'alabasini ilgari suradi. Uning fikri, shaxsiyatini yaratuvchisi emas, balki uning mohiyati yoki miqdori aniqlanadi. Lekin madaniyat odamlar tomondan yaratilmasa-da u odamsiz yashay oladi va keng miqyosida ikkala ham mumkin emas deb hisoblaydi. Agar o'ynash joiz bo'lsa madaniyat misoli oyoqsiz kishi o'z xodimlarini yo'qotib qo'yadi. Uning ta'kidlashicha, insonlar xalq madaniyatini yaratuvchisi emas, balki o'zatuvchidir.
Fronbeniusning fikri, har bir madaniyatiga xos xususiyatga ega. Kolaversa, u madaniyani ijodidan tashqari tashqarida, mystik ko'rinish usulida talqinini oladi va uni ikkiga, yoMni erkak va ayelga to'laydi. O'z navbatida mashhur olim o'z qarashlarini ekspeditsiyalar issiqligida yorqin berdi materiallari orqada ishlashga harakat qiladi. Jumladan, olimning Afrikasida olim borgan maqsadlari yo'lida Afrika madaniyati ikkiga-telluruit-Efiopiya-patriarxal va xtonik-hamitik-matriarxatga aylandi.
Nemis tili xalqlar orasida diffuzionizmning ko'paygan yirik namoyandalardan biri Robert Grebner bo'lgan. Uning fikri, etnograf-evolyutsionistlar o'zlarining turi xalqlar madaniyatidagi uchrashuvlarning sabablarini elementar g'alabalar yoki tabiy sharoit bilan bog'liq bo'lganmi?- degani to'lovlarni amalga oshirish uchun zaruriy o'lchovni ishga tushirish. Shu bois Grebner uchun etnografiyaning asosiy muammosining tarixiy-madaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid metodlarni ishlab chiqishga jalb qilingan. U o'zining asosiy qarorini 1905 yilda nashr etilgan "etnografiya xizmati" nomi kitobda qatnashgan.
Frobenius va Ratsel qarashlari asosida Robert Grebner madaniyalar qarashlar doirasida butun ibtidoy jamoa davr tarixini global rekonstruksiya qilish davomchiga xos nazariyani yaratgan. U o'z faoliyatini tadqiq qilish haqida yer sharidagi barcha xalqlarining davlatchilik bo'yicha bilgan madaniyasini oltita yirik madaniy dori yoki madaniyatga ega bo'lgan. Grebner olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida shaxsiy tarixda hech qanday qilib takrori himoyalar va bu bilan bog'liq bir qonuniyat maqbara emas albatta keldi. Madaniyatdagi etnik jaraenlarning takrorlanishi juda kam uchraydigan hakam. Shubhasiz bu o'rinda etnologlar to'plab o'tishshash tadbirkorlarga emas, balki yagona ziyorat qilish bilan shug'ullanadilar.
XIX asr oxirlarida etnografiya yoʻnalishida toʻplangan ilmiy materiallar evolyutsionizmning haqiqiy hayotga toʻgʻri kelmasligini va kamchiliklarini koʻrsata boshlagan. Jumladan, evolyutsionizm tarafdorlari madaniyatdagi miqdoriy oʻzgarishlardangina kelib chiqib madaniyat va uning tarkibiy qismlarini qayta tugʻilishi kelajakdagi paydo boʻladigan barcha madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bogʻlanishini taxmin qilgan holda tushuntirib bera olmadi. Ular hatto bunga harakat ham qilib koʻrmaganlar. Yangi etnografik ekspeditsiyalar materiallari koʻpincha evolyutsionistik qarashlarni rad etgan va bu borada boshqacha qarashlarga zarurat sezar edi. Shu bois yangi antievolyutsionistik nazariyalar va maktablar paydo boʻlgan. Evolyutsionizmdan hafsalasi pir boʻlgan ayrim etnolog va antropologlar hatto oʻzlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, faqat eprik tadqiqotlargina olib borganlar.
Diffuzionizm. XIX asr soʻnggi choragiga kelib etnografiya taraqqiyotida yangi davr boshlangan. Agar oldinlari bevosita etnografik kuzatuvlar koʻproq savdogarlar, missionerlar va sayyohlar tomonidan bajarilgan boʻlsa, keyinchalik etnografiyaga oid amaliy tadqiqotlarni maxsus tayyorlangan mutaxassislar oldindan ishlab chiqilgan dasturlar asosida olib borganlar. Bu esa oʻz navbatida fanda yangi qarashlar va nazariyalarning paydo boʻlishiga hamda etnografiyada evolyutsionizmning yakka hukmronlik mavqeini susayishiga olib kelgan. Qolaversa, bu davrda evolyutsion metod asosida izohlash mushkul boʻlgan qator muammolar paydo boʻlgan.
Evolyutsionizmning inqirozi diffuzionistik maktabni shakllanishiga olib kelgan. Etnografiyadagi diffuzionistik gʻoyalarning asosiy maqsadi madaniyat yoki madaniyatning alohida koʻrinishlarini maʼlum bir makonda tarqalishi, ularning kelib chiqish hududlarini aniqlash va turli hududlar boʻylab yoyilish yoʻllarini hamda usullarini qayta tiklashni koʻrsatib berish hisoblangan.
"Diffuziya" tushunchasi aslida fizikadan oʻzlashtirilgan boʻlib, fizikada mazkur ibora "yoyilmoq", "kirib kelmoq" maʼnolarini anglatgan. Etnografiyada diffuziya deganda xalqlarning oʻzaro aloqasi-savdo, koʻchish, bir xalqni ikinchisini bosib olishi natijasida yuzaga keladigan madaniy koʻrinishlarni tarqalishi tushunilgan. Diffuzionizm ilmiy yoʻnalish tarzida diffuziyaning tarixiy jarayonlarining asosiy mazmunini madaniyatlararo oʻzaro aloqalar natijasida boshqalardan oʻzlashtirish va ular biridan ikkinchisiga koʻchishini eʼtirof etishidir. Evolyutsionistik nazariya tarafdorlari tomonidan oʻxshash madaniyatlarning oʻzaro oʻxshash sharoitlarda mustaqil tarzda paydo boʻlishi va rivojlanishiga oid gʻoyalariga qarshi diffuzionistlar maʼlum geografik mintaqalarda madaniy koʻrinishlarning paydo boʻlishi va bir markazdan boshqa hududlarga tarqalishiga oid oʻziga xos ilmiy qarashdagi gʻoyani ilgari surgani bilan farqlanadi.2
Diffuzionizmning mashhur vakillari
Fridrix Ratsel (F. Ratzel, 1844 — 1904 yy) — asosiy ishi “Antropogeografiya” (“Anthropogeographie”) nomli asari boʻlib u 1882 yilda chop etilgan;
Erland Nordensheld (E. Nordenskiold, 1877 — 1938 yy) ning asosiy tadqiqoti “Qiyosiy etnografik tadqiqot” (“Comparative Ethnographical Studies”) dir, u 1919 yilda eʼlon qilingan;
Robert Grebner (R. Graebner,1877-1934 yy) — muhim asari “Etnografiya uslubi” (“Methode der Ethnologie”) — 1905 yilda nashr etilgan;
Vilgelm Shmidt (W. Schmidt, 1868-1954yy) — V. Koppersom (W. Koppers) bilan hammualliflikda nashr etilgan “Tarixiy madaniy etnografiya metodlariga oid muhim kitob” (“Handbuch der Methode der kulturhistorischen Ethnologie”) —1937 yilda chop etilgan;
Leo Frobenius (L. Frobenius, 1873 — 1938 yy) ning asosiy asari “Madaniyat haqidagi tabiiy-ilmiy taʼlimot” (“Die naturwissenschaftliche Kulturlehre”) boʻlib, u 1899 yili nashr etilgan.
G. Eliot-Smit (G. Elliot Smith) ning asosiy tadqiqoti - “Madaniyat” (“Culture. The Diffusion controversy”) dir. Mazkur asar 1928 yilda eʼlon kilingan.
Etnografiyada diffuzionizmning asoschisi sifatida Myunxen universiteti professori Fridrix Ratsel eʼtirof etiladi. U ilk bora madaniyat koʻrinishlarini turli madaniy hududlar va mamlakatlar boʻyicha tarqalish qonuniyatiga eʼtibor qaratgan. Evolyutsionistlarda «madaniyat koʻrinishlari mavhum boʻlib, oʻz-oʻzidan paydo boʻladi» - degan qarash ustuvor edi.
Ratsel oʻz qarashlari "Antropogeografiya" (1882), "Xalqshunoslik" (1885) va "Yer va hayot" (1891) nomli koʻp jildlik asarlarida mujassamlashtirdi. Jumladan, u "Antropogeografiya" asarida moddiy madaniyat namunalarini (etnografik buyumlar va ularning terminologiyasi) geografiyasini turli xalqlarda tarqalishi bilan bogʻlab tadqiq qilgan. Ratselning fikricha, tabiiy muhit taʼsirida shakllangan madaniyatlar oʻrtasidagi oʻzaro farq ushbu xalqlarning bir-birlari bilan doimiy etnomadaniy aloqalari taʼsiri natijasida asta-sekinlik bilan silliqlanib boradi. Ratsel oʻz tadqiqotlarida bir xalqni boshqa xalq tomonidan qoʻshib yoki bosib olinishi, turli irqlarning oʻzaro birikishi, etnomadaniy savdo aloqalari va ularning turli shakllariga alohida ahamiyat qaratgan va ularni batafsil tahlil qiladi. Aynan mana shunday aloqalar natijasidagina madaniyat keng hududlarga yoyilishi mumkin. Amaliyotda esa bu til va irq xususiyatlaridan muhimroq boʻlgan etnografik ashyolarning tarqalishi shaklida namoyon boʻladi. Irqlar doimo oʻzaro qoʻshilib boradi va shuning uchun ham deyarli barcha irqlar hozirda aralash holda yashashini kuzatish mumkin. Oʻz navbatida shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish joizki, xalq hayotida til etnik belgi tarzida irqqa nisbatan birmuncha mustahkam hisoblanadi, lekin vaqtlar oʻtishi bilan oʻzaro etnomadaniy aloqalar natijasida u ham maʼlum maʼnoda oʻzgaradi yoki bir til ikkinchisiga oʻzaro yaqinlashadi. Moddiy madaniyat ashyolari esa boshqa madaniyat koʻrinishlariga qaraganda oʻzining shakli va tarqalish hududini birmuncha koʻproq namoyon etadi. Ratselning fikricha, xalqlar hayotida sodir boʻlgan turli xil etno-ijtimoiy oʻzgarishlar yoʻq boʻlib ketgan holda etnografik predmetlar qanday boʻlsa shundayligicha qoladi va shuning uchun ham madaniyatni ilmiy oʻrganishda etnografik ashyolarning oʻrni beqiyosdir.
Ratselning shogirdi hisoblangan Leo Frobenius etnolog, arxeolog va folklorshunos olim sifatida shuhrat qozongan. U birinchi marta diffuzionizm nazariyasi asosida madaniyat morfologiyasi nomli konsepsiyasini va madaniy doiralar nazariyasini yaratgan olimdir. Leo Frobenius Afrika va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar madaniyati boʻyicha mutaxassis boʻlib, Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatini tadqiq etish borasida 12 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan va olib borgan ilmiy tadqiqotlari asosida Afrikaning etnik xaritasini yaratgan. Oʻz navbatida shuni ham uqdirib oʻtish joizki, mazkur xarita bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. Afrikashunos olim oʻz ekspeditsiyalarining materiallarini va ularning nazariy xulosalarini 1988 yilda nashr etilgan «Afrika madaniyatini kelib chiqishi» nomli monografiyasida bayon qilgan. Uning fikricha, madaniyat misli tirik organizm boʻlib, undagi oʻzgarishlar hayotning umumiy qonunlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Olim tomonidan Afrika va Melaneziya xalqlari madaniyatlarini oʻzaro taqqoslab oʻrganish asnosida madaniyatdagi oʻzgarishlar alohida elementlarning tarqalishi natijasida emas, balki bir butun yaxlit madaniyat koʻrinishlariga bogʻliq boʻlib, ular taxminiy birlashgan elementlar uyushmasi emas, balki bir butun yaxlit tizim hisoblanadi», - degan xulosoga kelingan.
Oʻz navbatida shuni ham unutmaslik kerakki, muallifning madaniyatni kelib chiqishiga oid mulohazalarida ayrim mifologik qarashlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, u madaniyatni misoli tirik organizm tarzida tasavvur qiladi va madaniyat ham xuddi tirik organizm kabi dunyoga keladi, turli yosh bosqichlarini bosib oʻtib, oxir oqibatda umrini tugatib barham topadi degan gʻoyani ilgari surgan. Bunda muallif madaniyat odamlar tomonidan yaratilmaydi, balki oʻz-oʻzidan rivojlanib boradi degan gʻoyani ilgari suradi. Uning fikricha, insoniyat madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uning mahsuli yoki obʼekti hisoblanadi. Lekin madaniyat insonlar tomonidan yaratilmasa-da u odamlarsiz yashay olmaydi va keng miqyosida tarqalishi ham mumkin emas deb hisoblaydi. Agar oʻxshatish joiz boʻlsa madaniyat misoli oyoqsiz kishi oʻtsak insonlarni oʻzini koʻchirib oʻtkazishga majbur qiladi. Uning taʼkidlashicha, insonlar xalq madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uzatuvchidir.
Fronbeniusning fikricha, har bir madaniyat oʻziga xos xususiyatga egadir. Qolaversa, u madaniyatni ijtimoiy muhitdan tashqarida, mistik koʻrinish tarzida talqin qiladi va uni ikkiga, yaʼni erkak va ayolga boʻladi. Oʻz navbatida mashhur olim oʻz qarashlarini ekspeditsiyalar jarayonida yiqqan dala materiallari orqali isbotlashga harakat qiladi. Jumladan, olimning Afrikada olib borgan tadqiqotlari natijasida Afrika madaniyatini ikkiga-telluruit-efiopiya-patriarxal va xtonik-xamitik-matriarxatga boʻladi.
Nemis tilli xalqlar orasida diffuzionizmning koʻzga koʻringan yirik namoyandalaridan biri Robert Grebner boʻlgan. Uning fikricha, etnograf-evolyutsionistlar oʻzlarining turli xalqlar madaniyatlaridagi oʻxshash xususiyatlarning sabablarini elementar gʻoyalar yoki tabiiy sharoit bilan bogʻliq boʻlganmi?- degan qarashni isbotlash uchun zaruriy meʼyoriy asoslarni ishlab chiqmagan. Shu bois Grebner uchun etnografiyaning asosiy muammosi madaniyatni tarixiy-madaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid tadqiqotlar metodini ishlab chiqishga qaratgan. U oʻzining asosiy qarashlarini 1905 yilda nashr etilgan «Etnografiya uslubi» nomli kitobida mujassamlashtirgan
Frobenius va Ratsel qarashlari asosida Robert Grebner madaniy qarashlar doirasida butun ibtidoiy jamoa davri tarixini global rekonstruksiya qiluvchi oʻziga xos nazariyani yaratgan. U oʻz qarashlarini isbotlash maqsadida Yer sharidagi barcha xalqlarning davlatchilikkacha boʻlgan madaniyatini oltita yirik madaniy doira yoki madaniy guruhlarga boʻlib chiqqan. Grebner olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida insoniyat tarixida hech qanday takroriy holatlar va bu bilan bogʻliq biror bir qonuniyat mavjud emas degan xulosaga kelgan. Madaniyatdagi etnik jarayonlarning takrorlanishi juda kam uchraydigan holatdir. Shubhasiz bu oʻrinda etnologlar koʻplab oʻxshash holatlarga emas, balki yagona koʻrinish bilangina toʻqnashadilar.
Diffuzionizmga oid mulohazalarni yakunlar ekanmiz xulosa tarzida shuni taʼkidlash kerakki, mazkur oqim turli mamlakatlarda turlicha taraqqiy etganiga qaramay, ularni umumlashtiruvchi umumiy jihatlarga ega boʻlgan va biz umumiy jihatlar tarzida quyidagilarni eʼtirof etish mumkin:
Madaniyat maʼlum bir geografik hududda paydo boʻladigan va keyinchalik boshqa mintaqalarga tarqaluvchi misoli tirik organizm tarzida tasavvur etiladi.
Har bir madaniyat oʻzining paydo boʻlish hududiga va tarqalish mintaqasiga egadir. Ushbu madaniyat markazlarini izlab topish va ularni tadqiq qilish etnografiyaning asosiy vazifasidir.
Madaniyat rivojlanishining asosiy omillari oʻzlashtirilgan xususiyatlar va aralash madaniy elementlar hisoblanadi. Oʻzaro qorishgan madaniyatlar nafaqat moddiy madaniyatni, balki maʼnaviy madaniyat koʻrinishlari hisoblangan miflar, eʼtiqodlar, odatlar va boshqa shu kabilarni ham jalb etadi.
Har bir madaniyat koʻrinishi bir marta paydo boʻladi; uning tarqalish manzarasini tasavvur qilish orqali uning har bir koʻrinishini, dastlabki paydo boʻlgan hududini aniqlash mumkin.
Diffuzionizmning asosiy gʻoyasi - madaniyatning oʻzlashtiri¬lishi va kirib kelishi gʻoyasi qonuniy va natijali boʻlgan. Evolyutsionistlarning madaniyatni abstrak tahliliga oid evolyutsionistik talqinidan farqli tarzda diffuzionistlar turli xalqlar madaniyatlarning geografik aniqliligi hamda aloqadorligi toʻgʻrisidagi qarashni ilgari suradilar. Bu borada turli madaniyatlarni taqqoslab tahlil etuvchi yoʻlni mukammal yoʻl tarzdaa bayon qilganlar.3
Sotsiologiya maktabi va funksionalizm.
Yevropa mamlakatlari etnografiya fanida diffuzionizm maktabi bilan bir vaqtda sotsiologiya maktabi shakllangan va bu maktab ilmiy jihatdan qaraganda diffuzionizmga nisbatan birmuncha sermahsul boʻlgan. Agar evolyutsionizm asoschilari etnografiyaning asosini insonda, diffuzionistlar esa madaniyatda deb bilgan boʻlsalar, sotsiologiya maktabi vakillari jamiyatda deb hisoblaganlar. Ushbu yoʻnalish vakillarining bunday xulosaga kelishlarining boisi ular orasida «jamiyatni oddiy individlarga kiritib boʻlmaydi», - degan qarash ustuvor edi. Sotsiologiya maktabi vakillarining taʼkidlashlaricha, jamiyat odamlar orasidagi oʻzaro ongli aloqalari natijasida tashkil topgan.
E. Dyurkgeym (1858-1917yy). Etnografiya fanida sotsiologiya fanining vatani Fransiya boʻlgan boʻlsa, ushbu yoʻnalishning eng mashhur namoyandalaridan biri Emil Dyurkgeymdir. U XIX asrning oxirgi oʻn yilligida etnografiyada yangi yoʻnalish-sotsiologiya maktabiga asos soldi.
Evolyutsionistlarga qarshi oʻlaroq Dyurgeym jamiyatni insonlarni oʻrab turgan olamga moslashishi tarzida emas, balki yopiq statik tizim tarzda talqin qilgan. U jamiyatni sotsiologik faktlar orqali tadqiq qilish gʻoyasini ilk marotoba taklif etgan va fanga ijtimoiy tur terminini olib kirgan tadqiqotchidir. Oʻz navbatida Dyurkgeym madaniyatni tasniflashda eng sodda jamoa-ibtidoiy jamoani asos qilib oladi. Olimning fikricha, mazkur jamoa oʻz taraqqiyoti davomida murakkab jamoaviy tizimni bosib oʻtib urugʻga aylanadi. Keyinchalik undan qator jamoa, elat, xalq kabi yangi jamoa va uyushmalar paydo boʻladi. Shunday qilib Dyurkgeymning mulohazalariga koʻra har qanday jamoa ibtidoiy jamoaning murakkablashgan shakli hisoblanadi. Dyurkgeym gʻoyalari uning qator shogirdlari tomonidan davom ettirilgan boʻlib, ularning ichida eng mashhurlari tarzida M.Mosso, K.Levi Stross, M.Grene, L.Levi-Bryul tadqiqotlarni alohida koʻrsatib oʻtmoq zarur.
L.Levi-Bryul (1857-1939yy). Etnografiyadagi fransuz sotsiologiya maktabi vakillari orasida Lyusen Levi-Bryul gʻoyalari alohida diqqatga sazovor boʻlgan gʻoyalardan biri hisoblanadi. U oʻz qarashlarini «Ibtidoiy tafakkur» (1930) nomli asarida batafsil izohlashga harakat qilgan. U Dyurkgeymdan farqli tarzda «ibtidoiy xalqlarning mantiqqacha boʻlgan tafakkuri» nomli nazariyani yaratgan.
Umuman olganda sotsiologiya maktabining asosiy gʻoyalari asosan quyidagilarda aks etgan:
Xar bir jamiyatda mazkur jamiyatning muhim asosini tashkil etuvchi «jamoaviy tasavvurlar» mavjud;
Madaniyatning funksiyasi jamiyatni erkinlashtirish va odamlarni yaqinlashtirishdan iborat;
Bir jamiyatdan ikkinchisiga oʻtish qiyin bir jarayon boʻlib bu ravon tekis tarzda emas, balki sakrash yoʻli bilan amalga oshadi.
Funksionalizm. Etnografiyada sotsiologiya maktabi gʻoyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi tarzida funksionalizm shakllangan. Agar diffuzionizmning vatani Germaniya, sotsiologiya maktabining vatani Fransiya boʻlsa, funksionalizm Angliyada paydo boʻlgan va XX asrning 20-yillariga kelib etnografiyadagi yetakchi oqimlardan biriga aylangan.

Funksionalizmning mashhur namoyandalari



R. Turnvald (R. Thurnwald, 1869-1954yy) — asosiy kitobi- “Kishilik jamoasining ijtimoiy asosi” (“Die menschliche Geselschaft in ihren soziologische Grunlagen”) boʻlib, 1931 yilda nashr etilgan.
B. Malinovskiy (B. Malinovski, 1884 — 1942yy) — asosiy asari “Madaniyatning ilmiy nazariyasi” (“A Scientific Theory of Culture”) deb nomlanib, u 1944 yilda chop etilgan.
A. Radkliff-Braun (A. Radcliff-Brawn, 1881 — 1955yy) — asosiy tadqiqoti - “Primitiv jamoaning tuzilishi va funksiyasi” (“Structure and Function in Primitive Society”) — 1952 yilda nashr etilgan.
Ilk marotoba funksionalistik nazariya nemis etnologi Rixard Turnvald tomonidan yaratilgan. Biroq, Germaniyada funksionalizm keng ommalashmagan va Germaniyaga qoʻshni boʻlgan Angliyada mashhur ilmiy maktab tarzida shakllangan hamda ijtimoiy va madaniy antropologiya taraqqiyotida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan. Shubhasiz, mazkur yoʻnalishning yirik namoyandalaridan biri Bronislav Malinovskiydir.
Etnik jarayonlarni tadqiq qilishda funksionalizmni farqli xususiyati shundan iboratki, mazkur yoʻnalish tarafdorlari madaniyatni oʻzaro aloqador umumlashgan xususiyatlardan tashkil topgan deb hisoblaydilar. Oʻz navbatida shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish joizki, funksionalizm tarafdorlari uchun madaniyatning tarixiy oʻzgarishi muammosi muhim ahamiyat kasb etmagan. Ular uchun madaniyat qanday harakatlanadi? Qanday vazifalarni bajaradi? Va qanday tarzda mahsulot beradi?- degan muammolarni hal etish dolzarb hisoblangan.
B.Malinovskiy (1884-1942yy). Bronislav Malinovskiy etnografiyadagi mashhur klassik olimlardan biri. U Krakova shahrida tugʻilgan va tahsil olgan. Yangi Gvineya va Malaneziyada dala etnografik tadqiqotlarini olib borgan.1927-1938 yillar mobaynida London iqtisodiyot maktabida ishlagan, 1938 yil AQShga immigrant boʻlib ketgan va umrining oxiri (1942 yil) gacha Yel universitetida ishlagan.
Malinovskiy madaniyatga oid emprik nazariyasini yaratgan. Tadqiqotchi olim oʻzining nazariyasini yaratish jarayonida oldingi tadqiqotchilarni dala-etnografik ekspeditsiyalar oʻtkazmaganlikda va faqatgina muzey materiallarini oʻrganish bilan chegaralanib qolganlikda tanqid qilgan. Shubhasiz u olib borgan dala-tadqiqotlari jarayonida juda ham qiziqarli ilmiy xulosalarga kelgan. Malinovskiyning kuzatishicha, etnografiya koʻpincha qandaydir psixologik gipoteza, yoki faqatgina biror buyum-yoki predmetni tavsif qilish bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Uning fikricha, tashqi kuzatuv koʻpincha anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin. Shu bois ichki xususiyatlarni chuqur anglamasdan turib madaniyatni yaxlit tarzda tushunib boʻlmaydi. . Bu oʻrinda maʼlum bir buyumni nafaqat tavsiflash, balki u qanday yaratilgan, qay tarzda va qanday vaziyatda ishlatish mumkin, ushbu ashyo kimga tegishli va kim tomonidan ishlatilishini ham tadqiqotchi anglay bilishi lozim. Mashhur ingliz tadqiqotchisi etnografiya fanining tavsifiy, faktologik xususiyatiga qarshi boʻlib, bu faqatgina madaniyatning ayrim xususiyatlarinigina aks ettiradi, degan xulosoga kelgan.
Malinovskiy madaniyat nazariyasiga oid oʻz qarashlarini 1944 yilda ingliz tilida nashr etilgan «Madaniyatning ilmiy nazariyasi» nomli kitobida bayon qilgan. Uning fikricha, madaniyat faqatgina insonlarga xos biologik xususiyat boʻlsa-da, insonlar ham tirik jonzotlar hisoblanadi. Shu bois u oʻzining biologik ehtiyojini qondirish maqsadida oziq-ovqat, yonilgʻi kabi kundalik ehtiyoj buyumlarini qidirib topadi, uy-joylar quradi va kiyim-kechaklarni tikib kiyadi. Demak, u mazkur amallari orqali oʻz atrofida ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantiradi va bu fanda madaniyat deb yuritiladi. Turli madaniyatlar orasidagi oʻzaro farq insonlarning turfa xildagi oddiy ehtiyojlarini qondirish usullari bilan izohlash mumkin. Shu bois ham madaniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatga boʻlinadi.
Oʻz navbatida B.Malinovskiy antropologiya va etnografiyaning muhim vazifalarini, jumladan, dunyo madaniyatlarini tadqiq qilishni asos qilib olgan dastlabki etnologik maktab vakillari qarashlari borasida ham oʻzining munosabatini bildirib oʻtgan. Ayniqsa, u mashhur olim E.Taylorning «qoldiqlar metodi»ni jiddiy tanqid ostiga olgan. Uning fikricha, ushbu uslub asosida tadqiqotlar olib borgan koʻpgina olimlar har bir narsa yoki koʻrinishdan qoldiqiy xususiyatlarni izlaganlar. Aslida esa har doim ham qoldiqiy koʻrinishlar emas, balki madaniyat koʻrinishlari boʻlib, undagi eski koʻrinishlar oʻrnini yangilari egallagan. Malinovskiyning fikricha, qoldiqiy koʻrinishlar etnografiya faniga jiddiy zarar yetkazgan va u madaniyat koʻrinishlarining oʻzaro funksional bogʻliqligi munosabatlariga ziddir. Mashhur olimning tasdiqlashicha, madaniyatda hech qanday ortiqcha, tasodifiy yoki qoldiqiy koʻrinish boʻlmaydi. Madaniyatdagi barcha koʻrinish yoki holat maʼlum bir funksiyani bajaradi. Agar bunday boʻlmaganda edi bunday koʻrinishlar allaqachonlar isteʼmoldan chiqib ketgan boʻlar edi. Jumladan, qandaydir bir urf-odat qandaydir bir jarayonda qoʻllanilar ekan, demak u nimagadir zarurdir. Qolaversa B. Malinovskiy diffuzionistlarni ham tanqid ostiga oladi va uning fikricha, diffuzionistlarning katta xatolaridan biri mazkur oqim tarafdorlari madaniyatni tirik bir organizm tarzida emas, balki jonsiz buyumlar majmuidan iborat deb hisoblaganliklaridir. A.Radkliff-Braun (1881-1955yy). Alfred Radkliff Braun Kembridj universitetida oʻqigan. Universitetdagi oʻqishni tugatgandan soʻng Avstraliyadagi Andaman orollaridagi aborigenlar orasida va Afrikada dala tadqiqotlari olib borgan. Kapshtadta, Sidney universitetlarida ishlagan. Ilmiy faoliyatining oxirgi 20 yilida Oksfordda tadqiqotlar olib borgan. 30-yillar oxiridan boshlab Buyuk Britaniya Qirolligi etnografiyasi instituti prezidenti boʻlgan. Etnografiyadagi funksionalizm oqimining yana bir yirik namoyandalaridan biri Alfred Radkliff Braun Riversning shogirdi boʻlib, fanda ingliz struktrializmi yoki strukturaviy funksionalizm degan yangi yoʻnalishni olib kirgan. Bu yoʻnalishning oʻziga xosligi shundaki, mazkur nazariyada jamiyat hayotini, odamlar ongi va munosabatlari hamda madaniyatini funksional va strukturaviy tahliliga oid qarashlari umumlashtiradi. Radkliff Braun oʻzining asosiy qarashlarini 1950 yilda chop etilgan «Etnografiya va sotsial antropologiya metodi» va 1952 yilda eʼlon qilingan «Madaniyatning tarixiy va funksional talqini» hamda «Primitiv jamoaning tuzilishi va funksiyasi» nomli kitoblarida ifoda etgan.
Radkliff Braun qarashlariga koʻra, insonni oʻrganuvchi asosiy fan antropologiya boʻlib, uch asosiy yoʻnalishga-odam biologiyasi, qadimiy arxeologiya va etnografiyaga boʻlinadi. Etnografiya esa oʻz navbatida etnografiya va sotsial antropologiyaga boʻlinadi va ularning har bir oʻziga xos maxsus uslublariga egadir.
U etnografiya deb alohida xalqlarni aniq tarixiylik prnsiplari asosida oʻrganuvchi, ularning ichki taraqqiyoti, oʻzaro madaniy aloqalarini tahlil etuvchi fanga nisbatan qoʻllashni tavsiya etgan.
Muallifning fikricha, etnografiyaning asosiy metodi yozma manbalar asosida insoniyat madaniyatini tarixiy rekonstruksiya qilishdir.
Ijtimoiy antropologiya uning fikricha, insoniyat madaniyati oʻrganishda umuman boshqacha yoʻnalishni aks ettiradi. Uning vazifasi aniq bir xalqlar madaniyatini rekonstruksiya qilish emas, balki xalqlarning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni izlab topishdir. Ushbu fan tabiiy fanlarning induktiv va anologik metodlaridan foydalanadi.
Induktiv metodning mohiyati materiallarni ajratib tanlab olish va umumlashtirish boʻlib, bu madaniy koʻrinishlarni oʻrganishga taalluqlidir.4

Etnopsixologiya maktabining shakllanishi.


Maʼlumki, XX asrning 30 - yillarigacha Amerikada etnografiya mashhur olim Frans Baos maktabi taʼsirida rivojlangan. Frans Boas (Frenz Boas, 1858 — 1942) gʻoyalari bir necha oʻn yillar oldin nafaqat psixologik antropologiya, balki madaniy antropologiyaning qator dastlabki asosiy magistral yoʻnalishlari uchun asosiy pillapoya boʻlib xizmat qilgan. Baosni tadqiqotchilar zamonaviy etnografiyaning meʼmori deb hisoblaydilar. U avvalo evolyutsionistlarning kishilik jamoasi, ijtimoiy institutlar, madaniy quyidan yuqoriga qarab taraqqiy etib boradi degan taʼlimotiga keskin qarshi chiqdi. Baos oʻzidan oldingi oʻtgan tadqiqotchilar mavhum yoki notoʻgʻri xulosalarga kelgan va shu bois etnografiyani yangidan yaratmoq zarur degan xulosaga kelgan. U yangidan etnografik materiallar yigʻish uchun oldingi tadqiqotchilardan koʻproq dala ekspeditsiyalari tashkil etish va ular asosida yangi metodlar va konsepsiyalar yaratish zarur deb hisoblagan. Bu borada Amerika maktabining vakillari oʻzlarining dala tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida koʻplab psixologik va psixatrik uslublardan foydalangan. Natijada psixologik antropologiyaga oid koʻplab maʼlumot yigʻishga muyassar boʻlingan. Psixiantropologik nazariyaga boʻlgan ehtiyoj natijasida etnopsixologik maktab taraqqiy etadi.
Oʻz navbatida psixologiya va etnopsixologiya maktabi terminlariga oid kichik bir terminologik sharh berib oʻtish joiz. Etnografiyada psixologik yoʻnalish oʻzining taraqqiyoti jarayonida oʻzining konseptual vorisligini saqlagan holda bir necha marotoba nomini almashtirgan. Mazkur yoʻnalish dastlab Frans Baosning tarixiy maktabi, keyinchalik, Shaxs va Madaniyat maktabi, undan keyin «milliy xarakter»ni tadqiq qilish, XX asrning 60 yillaridan boshlab to hozirgi kungacha esa –psixologik antropologiya, yoki koʻpincha etnopsixologiya nomi bilan yuritiladi.
Etnopsixologiya maktabi namoyandalarining taʼkidlashlaricha, «madaniyat» mavhum tushunchadan koʻra kengroqdir, lekin bu borada birinchi oʻrinda individ, shaxs turadi. Shu bois, ularning fikricha, har bir xalq madaniyatini tadqiq qilishda individ va shaxsni oʻrganishdan boshlamoq joiz.
Dastlabki etnopsixologik konsepsiya etnolog olimlar tomonidan emas, balki psixolog olim, aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, Abram Kardiner (1891-1981) tomonidan yaratilgan. U oʻz qarashlarini «Individ va uning jamoasi»(1937) va «Jamiyatning psixologik chegarasi» nomli asarlarida etnopsixologiya maktabining asosiy gʻoyalarini bayon qilgan. Uning tasavvuriga koʻra, insonning shaxsiy xususiyatlari u tugʻilgandan keyingi dastlabki paytlardanoq shakllana boshlaydi. Bu shakllanish tashqi taʼsirlar va ayniqsa har bir jamiyatdagi oʻziga xos bola parvarishlash usullari: ovqatlantirish, yoʻrgaklash, koʻtarish, keyinroq esa yurishga, gapirishga va ozodalikka oʻrgatish kabilar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ham inson ruhiyatining shakl¬lanishi asosan 4-5 yoshgacha davom etadi va undan keyin mustah¬kamlanadi va butun umr deyarli oʻzgarishsiz qoladi. Kardinerning bosh gʻoyasida «asosiy shaxslar» tushunchasiga urgʻu beri¬ladi.
Umuman nafaqat Kardiner balki AQSh etnopsixologiya maktabining R.Linton, E.Sepir, R.Benedikt, M.Mid, A.Kardiner kabi asoschilari ham etnik farqlanish va madaniyatlar dinamikasini «muhim shaxslar tarkibi» nazariyasi bilan bogʻlab tushuntirishga harakat qilganlar. Jumladan atoqli etnolog Rut Benidikt oʻzining «Madaniyat namunalari» (1934), «Janubiy Gʻarb madaniyatining psixologik tiplari» (1928), «Shimoliy Amerikadagi madaniyatlarning konfiguratsiyasi» (1932) kabi asarlarida turli madaniyatlarda oʻziga xos maxsus shaxslar jamoasi mavjudligi haqidagi qarashlarini bayon etgan. Kardiner tasavvuriga koʻra, inson shaxsiy qarashlari u tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlardanoq shakllana boshlaydi. Bu bevosita unga tevarak - atrofdagilarning munosabatlari asosida shakllanadi. Bolalik davrida boʻlgan munosabat uning kelgusidagi hayot faoliyatida oʻziga xos iz qoldiradi.
Sobiq sovet tuzumi davrida etnopsixologiya «burjua fani» hisoblanib, mazkur fanni oʻrganishga eʼtibor berilmagan. Mafkuraviy qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganligi uchun Yu.V.Bromley, N.D.Jandildin, S.I.Korolyov, S.A.Tokarev kabi taniqli etnograf olimlar ham Gʻarbiy Yevropa va AQShdagi etnopsixologiya sohasiga doir nazariyalarni faqat bir tomonlama, yaʼni «burjua sotsial psixologlari qarashlarining tanqidi» sifatida oʻrganishga majbur boʻlganlar.
Etnopsixologiya maktabining nazariy-metodologik yoʻnalishi madaniyat va shaxsning oʻzaro taʼsirini aniqlashdan iborat boʻlgan. Ularning nazariyasiga koʻra har bir madaniyat oʻziga xos shaxslar tipining egasidir va bolalar tarbiyasini oʻrganish shaxs va madaniyat oʻrtasidagi munosabatlar orqali shakllanadigan milliy xarakterni ochib berishda muhim vosita hisoblanadi.
XX asrning 30-40 - yillarga kelib shaxs bilan madaniyat munosabati tushunchasi etnografiyaning dolzarb va asosiy muammosiga aylandi hamda tobora koʻproq etnolog olimlarning eʼtiborini torta boshlagan edi. Mazkur muammo boʻyicha oʻz nazariyalarini ilgari surgan olimlar ikki oqimni tashkil etdi: birinchi oqim vakillari «inson xarakteri faqat tarbiya natijasida shakllanadi» degan nazariyani ilgari suruvchi Boasning madaniy determinizimi tarafdorlaridir (R.Benidikt, M.Mid), ikkinchi oqim tarafdori esa «neofreydizim - (yaʼni turli madaniyat shaxs tiplari) umumlashgan asosdagi cheklangan variatsiyaning natijasidir» degan gʻoya tarafdorlaridir (A.Kardiner, R.Linton, I.Xollouel).
Etnopsixologiya maktabining rivojlanishida, shubhasiz, Boasning shogirdi M.Midning katta xizmatlari bor. U ustozining turli madaniyatlardagi tarbiya usuli shaxslar va ularga xos fao¬liyat¬lar¬ni keltirib chiqarishi haqidagi fikrini quvvatlaydi hamda inson xulq - atvori, faoliyati, shaxsiy xususiyatlarini biologik omil (irq) bilan emas madaniyat bilan bogʻliqligi haqida ilmiy xulosaga keladi.
M.Mid Samoa (1892-25) va Admiralteystva (1928-1929, 1965-1967) orollarida, Yangi Gvineya (1930-33), Indoneziyaning Bali (1936-390 orolida va boshqa hududlarda uzoq vaqtlar mobaynida etnografik dala tadqiqotlarini olib bordi. Mazkur dala tadqiqotlari maʼlumotlari asosida yozilgan, «Samoada balogʻatga yetish», «Uch ibtidoiy jamoalarda jins va temperament», «Gvineyada voyaga yetish» kabi asarlari bilan M.Mid butun dunyoga tanildi.
Etnopsixologik qiyofa tushunchasiga ham koʻp tadqiqotchilar oʻz taʼriflarini berib oʻtganlar. Masalan rus tadqiqotchisi S.I.Korolyov shakllangan etnik qiyofa «maʼlum darajada muhofaza qiluvchi mexanizm rolini oʻynaydi. U xuddi elakdek, yot narsalarni ajratib, uni yo qabul qiladi, yoki uni shu xalqda mavjud boʻlgan normalar asosida qayta ishlab beradi yohud inkor qiladi, -deb taʼrif bergan. Bu taʼrifni biroz boshqacharoq talqin etadigan boʻlsak, etnoslarning psixologik qiyofasi-ularning atrofdagi voqelikni, hodisalarni oʻziga xos ravishda idrok, tafakkur, tasavvur qilishi ularga boʻlgan munosabatning urf-odat, anʼanalar, xarakter tarzida namoyon boʻlishidir.
Har bir xalqning psixologik qiyofasiga mos tarzda madaniyati, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar tizimi, yosh va jinslar oʻrtasidagi farqlanish, diniy eʼtiqodga nisbatan munosabat va shu bilan bogʻliq harakatlar, kayfiyatlar hozirgi davrda esa siyosiy jarayonlarga munosabatlar ham shakllanadi.
Muayyan bir etnik guruhlar maʼlum bir tarixiy rivojlanish bosqichida oʻziga xos ruhiy-ahloqiy hislatlarga ega boʻlib boradi va bu hol ularning madaniyatiga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Masalan, biz ruhiy-axloqiy hislatlarimiz va shunga bogʻliq turmush tarzimiz bilan xuddi shu makonda bir asr oldin yashagan oʻz ajdodlarimizdan ancha farq qilamiz.
XX asrdagi AQSh etnopsixologiya maktabining asosiy xususiyatlari haqida toʻxtaladigan boʻlsak, u quyidagilardan iborat edi: Madaniyatni shaxs orqali tushuntirishga intilish, insonning bolalik davriga, ayniqsa, goʻdakning ruhiy-jinsiy shakllanishiga kuchli qiziqish, jamiyat rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillarning oʻrniga yetarli baho bermaslik va psixik omillarni mutlaqlashtirish. AQSh etnopsixologiya maktabining fan oldidagi xizmatlari esa avvalo etnografiyani psixologiya va psixiatriya bilan yaqinlashuviga yordam berdi, etnografiyaga loyihalangan testlarni qoʻllash orqali bolalik davrini qiyosiy tadqiq qilishni rivojlantirdi.
XX asrning 60-70 - yillariga kelib etnopsixologik tadqiqotlar hududi sifatida «madaniyat va shaxs»ni sotsial-madaniy sistema bilan bogʻliq tarzda oʻrganish yana dolzarb muammoga aylandi.
Psixologik antropologiya sohasida Germaniyalik olim I.Eybl-Eybesfeldt, italiyalik V.Lantanari, gvatemalalik A.Mendea-Dominige va shu kabi olimlarning faol tadqiqot olib borib, etnopsixologiya rivojlanishiga muhim hissa qoʻshishlari etnopsixologiyaning amalda dunyo fanlari tizimida mustahkam oʻrin olganligidan dalolat beradi.
Psixologik antropologiya insonni bashariyatning va alohida madaniyatning bir boʻlagi sifatida tadqiq etar ekan turli sotsial va madaniy sistemalarda aʼlo darajadagi hamfikrlik va hamjihatlik vujudga kelishi uchun keng yoʻl ochadi. Bu esa davrimizga xos boʻlgan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, milliy va diniy muammolar globallashayotgan zamonda koʻplab muammolarni hal qilishning samarali vositasidir.
Jahon etnografiyasida etnopsixologiyaning oʻrni haqidagi fikrlarimizni yakunlar ekanmiz, ilgʻor mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni yechishda etnopsixologik tadqiqotlar natijasidan samarali tarzda foydalanganligini taʼkidlab oʻtish joiz. Ularning tajribasidan kelib chiqib, hozirgi davrda jamiyatimizdagi koʻplab iqtisodiy-ijtimoiy muammolar oʻz yechimini topmayotganligi yoki amalga oshirilayotgan islohotlar biz uchun kutilgan natijalarni bermayotganligiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jamiyatdagi etnoslar xulq-atvori va ruhiyati bilan bogʻliq ekanligini toʻla anglamaganimiz sabab degan fikrga keldik.
Xalqimiz moddiy va maʼnaviy madaniyatining ajralmas qismi sanalmish uning eʼtiqodi, urf-odatlari, uy-joyi, kiyim-kechagi-yu taomlarini oʻrganish bilan bir qatorda ana shu oʻziga xos moddiy va maʼnaviy madaniyatni shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻlgan xulq - atvori va ruhiyatini tadqiq etish ham muhimdir.
Faqat etnopsixologik tadqiqotlar bilangina biz tariximizning keyingi davrida xalqimiz ruhiyati va xulq atvorida paydo boʻlgan loqaydlik, boqimandalik, maʼsuliyatsizlik, millatparvarlik va vatanparvarlik tuygʻularidan uzoqlashish kayfiyatlari, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning sustligi kabi salbiy hislatlarning vujudga kelganlik sabablarini ochishimiz, jonkuyarlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik va boshqa shu kabi fazilatlarni rivojlantirishning yoʻllarini topishimiz mumkin.
Jahon tarixiga nazar soladigan boʻlsak, inglizlardagi kuchli tadbirkorlik, tashabbuskorlik va tarbiyadagi qattiqqoʻllik hislati, nemislardagi oʻta masʼuliyatlilik va oʻziga ishonch hislari, yaponlarning millatparvarligi va jamoa manfaatini eʼzozlashlari, fransuzlardagi doimo yangilikka va erkin fikrlashga intilish bu xalqlar yashayotgan yurtlarni dunyoda eng taraqqiy etgan mamlakatlarga aylantirdi.5
Etnografiyadagi yangi konsepsiyalar.
Keyingi yarim asr davomida etnografiya fanida koʻplab yangi nazariy-metodologik qarashlar hamda gʻoyalar paydo boʻldi. Shubhasiz bunday qarashlarning paydo boʻlishi dunyo miqyosda siyosiy jarayonlarning oʻzgarishi bilan bogʻliqdir. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan soʻng mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi etnografiyaning taraqqiyotiga sezilarli taʼsir qildi deb aytish mumkin. Yevropadagi yirik davlatlarning mustamlakalaridan mahrum boʻlishi mazkur mamlakatlarda etnografiyaga boʻlgan qiziqishning maʼlum maʼnoda susayishiga va oʻz navbatida etnologik tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablagʻni kamayishiga sabab boʻldi. Etnografiyaga amaliy qiziqishning kamayishi ayrim mamlakatlarda (Niderlandiyada) qator ilmiy tadqiqot institutlarining yopilishiga olib kelgan boʻlsa, boshqa mamlakatlarda (Buyuk Britaniya va Fransiyada) etnografiyaning fanlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati maʼlum maʼnoda pasaygan. Biroq bu jarayonlar Yevropa mamlakatlari etnografiyasida keyingi davrda hech qanday yangi qarashlar va nazariyalar yaratilmagan degan mulohazani bildirmaydi. Bu davrda Yevropa etnologlari tomonidan etnografiya sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, ingliz olimi Maks Gyulkman (1917-1975) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester maktabi» nomi ostida mashhur boʻlgan yoʻnalishga asos solingan, Rodney Nidxem (1923 yilda tugʻilgan) tomonidan ijtimoiy strukturializmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransuz etnologlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, garchi maʼlum maʼnoda Levi Stross qarashlari taʼsirida boʻlishlariga qaramay, Moris Godile, Klod Melissolar tomonidan tarixiy materializmga asoslangan qarashlarini shakllantirishga harakat qilganlar.
Oʻz navbatida shuni ham aytib oʻtish kerakki, XX asrning 50-yillaridan boshlab Yevropa mamlakatlaridagi etnografiya fani amerikalik olimlar qarashlari taʼsirida rivojlangan. Chunki, aynan mazkur davrda AQShda madaniy antropologiya juda ham rivojlangan edi. Masalan, 40-50 - yillar oraligʻida AQShda etnolog mutaxassislar tayyorlovchi kollej va universitetlar soni ikki baravarga koʻpaygan. Mazkur fanga boʻlgan qiziqishning ortishini ikki muhim vaziyat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, AQShda madaniy antropologiya talabalarning umumiy taʼlim olishlarida muhim rol oʻynagan ijtimoiy-gumanitar fan hisoblangan. Ikkinchidan, ikkinchi jahon urushidan keyin jahon siyosiy maydonidagi vaziyatni oʻzgarishi AQShda etnografiya fanining taraqqiyotiga ham maʼlum maʼnoda oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazgan. Amerikalik olimlar tomonidan ozod boʻlgan uchinchi dunyo mamlakatlari uchun tavsiya qilingan madaniy relyavitizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib-qoidasi tarzida qabul qilingan. Madaniy relyativizm bilan birga neoevolyutsionizm gʻoyalari ham sezilarli darajada tarqalgan.
XX asrning 80-yillarga kelib ijtimoiy biologiya maktabining qisqa muddatli taraqqiyot davri boʻlgan. Biroq tez orada mazkur yoʻnalish fandagi oʻzining yetakchilik mavqeini madaniy ekologiyaga boʻshatib berdi va mazkur nazariya bugungi kungacha Amerika madaniy antropologiyasida yetakchilik mavqeini saqlab kelmoqda. Tadqiqotchi olimlar bu oqimni funksionalizm, strukturializm va neoevolyutsionizm bilan birga amerika madaniy antropologiyasidagi asosiy yoʻnalishlar sirasiga kiritadilar.
Keyingi oʻn yilliklarda Amerika etnologlari orasida Klifford Girs (1926) va Rixard Terner (1920-1983)larning qarashlari asosida shakllangan yangi germenevtika yoʻnalishi ancha mashhur boʻlib bormoqda. Mazkur yoʻnalish tarafdorlari asosan ijtimoiy kommunikatsiyada simvollar va simvollarning zamonaviy madaniyatlardagi maʼnaviy-axloqiy ahamiyatini tadqiq qilishni maqsad qilib olgan. Bu borada Terner simvollarning paragmatik aspektiga koʻproq eʼtibor qaratgan va simvollar ijtimoiy jarayonlarda faol kuch tarzda namoyon boʻladi degan xulosaga kelgan. Ternerdan farqli tarzda Girs simvollarning ijtimoiy hayotdagi oʻrniga va ularning inson hissiyoti va ruhiyatiga boʻlgan taʼsirini muhim deb hisoblagan. Girs etnologlar emprik maʼlumotlarni tavsif qilish bilangina chegaralanib qolmasdan, mazkur madaniyat sohiblarining qarashlari va harakatlari tub mohiyatini aniqlashlari zarur degan gʻoyani ilgari surgan.
Etnografiyaning kelgusidagi istiqbolli mavzulari toʻgʻrisidagi mutaxasis olimlar orasida kechayotgan bahs-munozaralarda koʻplab tadqiqotchilar germenevtik antropologiyani fanning istiqbolli yoʻnalishi deb taʼkidlamoqdalar. Bunga sabab mazkur yoʻnalish tarafdorlari «madaniyat obʼektini tadqiq qilish subʼekti asosan yevropalik tadqiqotchilar boʻlishi kerak, yevropalik boʻlmagan jamoalar bunda tadqiqot obʼektigina boʻlishi mumkin» degan gʻoya asosida shakllangan yevrotsentirizm gʻoyasidan butkul voz kechishdi. Ular yer sharining har qaysi mintaqasida yashovchi tadqiqotchi tadqiqot subʼekti boʻlishi mumkin va oʻz navbatida yevropa madaniyati tadqiqot obʼekti tarzida tadqiq qilinishi mumkin degan gʻoyani ilgari suradilar. Qolaversa, hozir alohida madaniyatlarning oʻzaro yaqinlashuvi va birlashuvi jarayoni ularni yagona global madaniy tizimda birlashishlariga sabab boʻlmoqda. Shu bois hozir etnografiya fanida boshqa madaniyatlarni nafaqat tadqiqot obʼekti tarzida tadqiq etish, balki tarixiy-madaniy jarayonlar muammolariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda va mazkur yoʻnalishlar doirasidagi mavzular fanning istiqboldagi yoʻnalishlari deb eʼtirof etilmoqda.
Zamonaviy etnografiyada nafaqat «orqada qolgan» etnik birliklar, balki, zamonaviy taraqqiy etgan industrlashgan jamiyatlar ham tadqiq qilinmoqda. Qolaversa, aynan oxirgi yillarda olib borilayotgan samarali amaliy tadqiqotlar va etnografiyaning turli yondosh fanlar bilan oʻzaro tutashishi natijasida «etnosotsiologiya», «etnopsixologiya», «etnolingvistika», «etnodemografiya» kabi oʻzaro tutash yangi yoʻnalishlar paydo boʻldi. Etnografiyada koʻproq insoniyat va uning madaniyatini tadqiq qilishga va ularni ilmiy analitik tarzda tahlil etishga eʼtibor qaratilmoqda.
XX asr milliy gʻoyalar, harakatlar va milliy-etnik nizolar avj olgan davr hisoblanadi. Xalqlarning tarixiy-madaniy taraqqiyotining doimiy oʻsib borishi etnoslararo jarayonlarni va milliy-ozodlik harakatlarni bir muncha avj olishiga sabab boʻlgan deb aytish mumkin. Bu jarayonlarning aniq natijalari tarzida Norvegiya, Irlandiya, Polsha, Finlandiya, Boltiqboʻyi davlatlarining milliy mustaqillikni qoʻlga kiritishlari, Markaziy Yevropada va Bolqonda birinchi jahon urushidan keyin Avstriya-Vengriya imperiyasi oʻrnida qator milliy davlatlarning barpo boʻlishiga olib keldi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin yirik kapitalistik mamlakatlarning oʻz mustamlakalaridan mahrum boʻlishi, Janubiy-sharqiy Osiyoda, Hindixitoyda, Afrikada qator mustaqil davlatlarni paydo boʻlishiga olib keldi. Shuningdek, 1991 yildan keyin sobiq ittifoq oʻrnida 15 ta mustaqil Respublikalarning paydo boʻlishi ham maʼlum maʼnoda milliy-etnik muammolar bilan chambarchas bogʻliqdir. Umuman olganda mazkur maʼlumotlar etnik omillarning muhim ahamiyat kasb etayotganligidan dalolat beradi. Oʻz navbatida yuqorida tahlil etilgan koʻplab etnologik nazariyalardan qay bir tarixdagi etnik jarayonlarni sharhlab tushuntirishda eng maqbuli hisoblanadi?-degan savol tugʻilishi tabiiydir. Bu borada ayrim tadqiqotchilar tarixdagi etnik jarayonlarni izohlashda eng maqbuli turli etnologik, sotsiologik va madaniyatshunoslikka oid maktablar orasidan sintez qilib olingan-tarixiy etnografiya deb hisoblaydilar .
XX asr oxiriga kelib dunyoning etnik manzarasini keskin tarzda oʻzgarib borishi tadqiqotchi olimlarni etnografiyaning tadqiqot obʼekti muammosiga yana qayta murojaat qilishlariga sabab boʻlmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi turli-tuman muammolar natijasida paydo boʻlgan koʻp sonli diasporalar, emigrantlar va qochoqlar rivojlangan davlatlarning etnik tarkibini jiddiy oʻzgartirib yubordi hamda mahalliy avtoxton etnoslar orasida kamsonli etnik jamoalar oʻzlarining mustahkam mavqeini topishiga sabab boʻldi. Boshqa tomondan esa Farbiy Yevropadagi integratsion jarayonlar qator yangi etnik muammolarning paydo boʻlishiga olib keldi.
Yangi tarixiy vaziyat va jamiyat hayotidagi muammolar etnografiyaning tadqiqot hududini kengayishiga sabab boʻlmoqda. Hozirgi kunda etnografiya yangi mavzularning kirib kelishi tadqiqotchilarga fan ichida mustaqil tadqiqot mavzularini va yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish imkoniyatini bermoqda. Jumladan, Farbiy Yevropa etnografiyasida bugungi kunda iqtisodiy etnografiya, sotsial etnografiya, huquqiy etnografiya, siyosiy etnografiya, diniy etnografiya kabi yoʻnalishlar mustaqil tarzda taraqqiy etib, rivojlanib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda etnografiya fanining kelgusidagi asosiy tadqiqot obʼektlari tarzida quyidagilarni koʻrsatishimiz mumkin:
-etnik antropologiya (xalqlarning etnogenez va antrofizik taraqqiyoti muammolarini tadqiq etadi);
-etnik sotsiologiya (etnik guruhlar rivojlanishining sotsial aspektlari va mavjudligini, ularning oʻzlikni anglash va oʻz-oʻzini anglash shakllari, etnik guruhlar orasidagi aloqalar shakllarini tadqiq qiladi);
-etnik psixologiya (etnik stereotiplarning shakllanishi, etnik ong va etnik oʻzlikni anglash muammolarini oʻrganadi);
-iqtisodiy etnografiya (etnoslarning xoʻjalik yuritish va iqtisodiy muammolarini tahlil qiladi);
-etnodemografiya (mazkur yoʻnalishning asosiy vazifasi xalqlar sonini oʻsib borishi dinamikasi va demografik jarayonlarni oʻrganishdir);
-etnogeografiya (xalqlarning geografik joylashuvi, ularning taraqqiyotida hududiy omilning tutgan oʻrni va etnik hududlar va etnik chegaralar muammolarini tahlil qiladi);
-etnopedagogika (turli etnoslardagi taʼlim-tarbiyaviy jarayon¬larning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganadi).
Farb mamlakatlarida hozir etnografiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan boʻlib, bunda asosiy eʼtibor ijtimoiy guruhlar orasidagi jarayonlarga qaratiladi. Shuningdek, fanda lokal va global jarayonlarni oʻrganishda tadqiqotchilar tomonidan tadqiqiy tanlanish, yaʼni jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni emas, balki etnos va turli-tuman madaniyatlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan koʻrinishlar boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshqacha tarzda aytadigan boʻlsak, soʻnggi yillarda bajarilayotgan tadqiqotlarda asosiy eʼtibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, yaʼni paydo boʻlganidan to hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy yoʻlinining global miqyosdagi tavsif qilishga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga koʻproq eʼtibor qaratilmoqda.
Demak, yuqoridagi mulohazalarga yakun yasab umumlashma tarzida shuni taʼkidlash mumkinki, postmodernizm gʻoyasi bilan boyitilgan etnografiya fanining bugungi kundagi asosiy vazifasiga etnomadaniy munosabatlarni hosil qiluvchi etnosning oʻzining ichidagi va etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Tadqiqotchilar oxirgi paytlarda etnik madaniyatlarga va ularning lokal xususiyatlariga, odamlarning kundalik turmush-tarziga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Eng muhimi hozir bajarilayotgan koʻplab etnologik tadqiqotlar amaliyotda qoʻllanilmoqda va rivojlangan mamlakatlarda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va eng dolzarb deb eʼtirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilayotganligi yuqoridagi fikrlarimizga yanada oydinlik kiritadi.6

Yüklə 210,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə