Miridan sirigacha ipidan ignasigacha



Yüklə 21,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü21,51 Kb.
#180451
antonim



1.
Miridan sirigacha – ipidan ignasigacha
a)
Teatr va rassomchilik institutida o'qiydigan xolasining qizi hammasini aytib berdi. Aziza 
"bechora" qizning miridan sirigacha bilib oldi. 
O'. Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 101-b 
b) Endi, kelin bo'lmish yuk-yoplarini olib kelish uchun borasizlar-da. O'zim boshida turib, 
ipidan ignasigacha bilib beraman. 
Tog'ay Murod "Oydinda yurgan odamlar" 73-bet 
2.
Ko’ngli ko’tarildi – ko’ngli yorishdi 
a)
"U kechagi farog'atli damlarini yana esladi-yu ko'ngli ko'tarildi. -To'piga solib otib 
yubormaydimi?!" 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 119-b 
b)
Bobomiz ko'ngillari yorishdi. To'lqinlandilar. O'tirishlarini-da, turishlarini-da 
bilmadilar. 
Tog'ay Murod "Oydinda yurgan odamlar" 86-bet 
3.
Hovuchlab qoldi – hovuchlab ko’rdi 
a)
Shunday asabiy, shunday tarang sukunat cho'kdiki, hozir bir narsa portlashini 
kutgandek, hamma yuragini hovuchlab qoldi. 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 123-bet 
b)
El jonini hovuchlab-hovuchlab kun ko'rdi. Ana shunda, Olloyor el uchun oro kirdi. 
Tog'ay Murod "Oydinda yurgan odamlar" 28-bet. 
4.
Yuragiga g’ulg’ula soldi – yuragi seskanib ketdi 
a)
Mana shunday asabiy sukunat ayniqsa, daxshatli tuyular, uning yuragiga g'ulg'ula 
solardi. 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 128-bet 
b)
Charos Dilfuzaning oyisi o'z onasini qarg'ayotganini to'satdan tushundi-da, yuragi
seskanib ketdi. 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 131-bet 
1. Amri mahol - amri vojib - xamirdan qil sug'urganday
a) Ko'prikning o'rtasida boyagi yigitlar mixlarni sug'urib to'sinlarni arralab ketgan joy bunchalik 
og'ir yukka bardosh berishi amri mahol edi. (Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 34-b) 
b) Shohning amri vojib (Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 170-b) 
c) Dala havosi sizga yog'dek yoqadi, butun illatni, xamirdan qil sug'urganday tortib oladi. 
(Oybek Qutlug' qon 12-b) 
2. Ko'ngli taskin topdi - ko'ngliga tahlika tushdi
a) Otamiz ko'ngliga tahlika tushdi: "kim bo'ldi, bu mo'ysafid?" deya o'yladi. (Tog'ay Murod 
Oydinda yurgan odamlar 61-b) 
b) Yodgor uning rohatlanayotganini ko'rib negadir o'zining ham ko'ngli taskin topdi. (Tog'ay 
Murod Oydinda yurgan odamlar 17-b) 
3. Ko'ngli yorug' bo'ldi - ko'ngli xira - ko'ngli shod
a) Bugun uning ko'ngli shod, ruhi dadil edi: kecha dadasi qo'y so'yish bilan ovora bo'lgan-da 
Yo'lchi unga qarashib turaman. (Oybek Qutlug' qon 19-b) 
b) Urushda oqpodshoning qo'li baland emasligidan boyvachchaning ko'ngli xira bo'ldi. (Oybek 
Qutlug' qon 16-b) 
c) Botir fikrga tumonat odamdan ko'ngli yorug' bo'ldi. (Tog'ay Murod Bu dunyoda o'lib 
bo'lmaydi 84-b) 
Uning kulayotganini ko'rib Zoyirjonning ko'ngli joyiga tushdi shekilli, qarshisidagi stulga o'tirdi. 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 10-bet 


1.
Ko’ngli taskin topdi – ko’ngli aynidi – ko’nglim ozdi 
a)
Yodgor uning rohatlanayotganini ko'rib, negadir o'zining ham ko'ngli taskin topdi. 
O'tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol" 17-betO'choq qoshida cho'k tushib o't yoqaman. 
b) Qozonda bilq-bilq qaynamish sho'rva ko'nglimni aynitadi. Men o'qchib-o'qchib o't yoqaman.
Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar" 41-bet
c)
O'z-o'zidan ko'nglim ozdi. yuragim behol bo'ldi. Ko'zlarim ozdi.
Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar" 157-bet 
1. ko’z qirini tashladi – ko’zini uzdi 
a) Gulxandan oʻttiz qadamcha nariga borib toʻxtagan ʼʼ besaqolʼʼ ga koʻz qirini tashladi. 
Abdulla Qodiriy ʼʼ Mehrobdan chayonʼʼ 221- bet. 
b)
Choygum qaynab toshdi. Yodgor derazadan koʻz uzib, gazni oʻchirdi. 
Oʻtkir Hoshimov ʼʼQalbingg quloq solʼʼ 28-29-betlar. 
2.
Ko’zga chalindi – ko’zdan g’oyib bo’ldi 
a)
Qorongʻuda ularning qalqonlari yaltirab, tigʻli nayzalari koʻzga chalindi. 
Odil Yoqubov ʼʼKoʻhna dunyoʼʼ 
b)
Gavhar samolyot koʻzdan gʻoyib boʻlgunicha tikilib yotdi. 
Oʻtkir Hoshimov ʼʼ Shamol esaveradiʼʼ. 
3.
ko’zi yonib ketdi – ko’zi o’ngi qorong’ulashdi 
a)
Sayfi Soqilvichning chehrasida allanechuk quvonch porlar, salqi qovoqlari uchib-uchib 
turar, koʻzlari yonib ketgan edi. 
Oʻtkir Hoshimov ʼʼNur borki soya borʼʼ 80-bet. 
b)
Koʻz oʻngim yana qorongʻulashib ketdi. Oyim hamon chirqillsydi. 
Oʻtkir Hoshimov ʼʼGilam paypoqʼʼ 17-bet.
4.
Bag’riga kirdi – bag’riga chiqdi 
a)
Mohloroyimning bagʻriga kirdi. Anvar oʻzidan ham doʻndiqroq Raʼnoga qarab kuldi. 
Abdulla Qodiriy ʼʼMehrobdan chayonʼʼ 47-bet. 
b) Mohloroyim Raʼnoni bagridan chiqarib buyurdi: 
-Bor, Anvar akangga salom qil. 
Abdulla Qodiriy ʼʼMehrobdan chayonʼʼ 47- bet. 

Yüklə 21,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə