Minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn turg'un



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə1/2
tarix26.07.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#119980
  1   2
2-reja 1-bob


Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo'llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). holatlarda ro'y 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).

Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma'lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi.


Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.


Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga bo'ysunadi. Masalan, «Ushbu ma'lumotnomani ko'rsatuvchi G'. Mo'minov haqiqatan ham O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida ishlaydi...»


Tilshunos N. Turniyozov «matn bir so‘z bilan, bir necha so‘z bilan, bir necha gap bilan, bir necha abzats bilan va bir necha bob bilan ifodalanishi ham mumkin» ligini aytadi. Lekin olim shuni ham ta’kidlaydiki, «matn lingvistikasi muammolarini bir so‘zli, birikma yoki biror sodda gap bilan ifodalangan matnlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq emas. Chunki bunday matnlarga tayanib, til sistemasi unsurlarining nutqqa ko‘chirilishiga oid masalalar tavsifini mukammal holatda berib bo’lmaydi». matn va uning tipologik tasnifi: og‘zaki matn, yozma matn, (3-bet M.Qurbonova, M.Yo’ldoshev “Matn tilshunosligi”)
minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn turg'un
strukturali matnlar (ma’lumotnoma, dalolatnoma, annotatsiya, patent)
va erkin strukturali matn hikoya, muhokama matn, ilmiy matn (tezis,
maqola, ma’ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar),
rasmiy matn (ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma,
tavsiyanomalar), ommabop matn, hikoya mazmunli matn, tasviriy
matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar-darak mazmunli
matn, so'roq mazmunli matn, buyruq-istak mazmunli matn, hissiy
ifoda mazmunli matnlar va ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini
yoritish;
- matn va uslub munosabati, matnning funksional tasnifi
masalasi, jonli so‘zlashuv uslubiga munosabat, jonli so‘zlashuv va
adabiy til “zidligi”, aloqasi; adabiy nutq uslublari: rasmiy uslub, ilmiy
uslub, publisistik uslub, uning zamon bilan bog‘liqligi, hoziijavobligi,
makon bilan aloqadorligi, o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
0 ‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qílish ikki
omilga-til va tildan tasqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu
u.slublaming N.A. Baskakov, A. Sulaymonov, A. Shomaqsudov, G'.
Abdurahmonov, B.O'rinboev, S. Muhamedovlar tomonidan tavsiya
ctligan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta: so‘zlashuv,
ommabop, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e‘tirof etiladi.
Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy
muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon
l>o‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar,
buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda
shakllanadi. Bu uslubning o‘z me’yorlari mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnlarda
noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va
inazmun sodda, aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi kerak. Masalan,
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini
ko‘zlab va 0 ‘zbskiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning
asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi. (0 ‘zbekisron Respublikasining
Konstitutsiyasi. 7-modda).
Qolip. Fikr, mulohaza bayon asosan bir qolipda ifodalanadi.
Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma
singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlaming har birining o‘ziga xos
bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ulaming har birining alohida
so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud boiadi. Masalan, ma’muriy
javobgarlik, fuqarolik holati, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, guvoh,
jamoat kafilligi, surishtiruv va boshqalar.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar,
emotsional ekspressiv bo‘yoqqa ega boMgan so'zlaming ishlatilishi
me‘yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me‘yori ham alohida
xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z turkumidagi so‘ziar ko‘p
qoMlaniladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular
olmoshlar bilan almashtirilmaydi.
43
Bu uslubda fe‘lning harakat nomi shakli faol qo‘llaniladi.
Gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida
ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez
murojaat etiladi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matada darhol ko‘zga
tashlanadi. Unda, asosan, darak gaplar, ayniqsa, uning qo‘shma gap
shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq va tnurakkab so‘z birikmalari mahsuldor
hisoblanadi. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi me‘yorga amal
qilinadi. (43-44-betlar M.Qurbonova, M.Yo’ldoshev “Matn tilshunosligi”) Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv
qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot
kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha
uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda,
bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma'nosida qo‘llanadi,
ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning
o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun
qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, belgilansin, o‘tkazilsin, tayinlansin kabi so‘z
va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi.
Rasmiy- idoraviy uslubning boshqa uslublardan asosiy farqlaridan biri lug‘aviy
va grammatik xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Ushbu uslub leksikasi, asosan, kitobiy
va xolis so`zlardan iborat bo`lishi bilan birga shu uslub bo`yog‘iga ega bo`lgan
yuqorida ko`rsatilgan, quydagi imzo chekuvchilar yo‘llanadi, qabul qilib oluvchi
mazkur kabi so`z va turg‘un birikmalarini ham o`z ichiga oladi. Rasmiy - idoraviy
uslubi leksikasining yana bir xususiyati unda proffisional yuridik, diplomatik,
ma'muriy terminologiyaning mavjudligidir. Akt, guvohnoma, qaror, hal qiluv qarori,
qidirish, elchixona muxtor elchi, ishonchli vakil, shartnoma, bayonot. Mazkur
uslubdagi ko`plab ma'muriy va adliya sohalarida qo`llanilgani uchun u ko`p janrli
uslub sanaladi. Rasmiy-idoraviy uslubda eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan
ishlatilishi mumkin.
Ushbu uslubning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa ham, qat’iy
qonun-qoidalarga amal qiladi, binobarin, o‘zining til me’yorlariga rioya qiladi.
Shulardan biri aniqlikdir. Bu uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan
yana biri rasmiy matnlarda noaniqliklarga, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Fikr
va mazmun soda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi lozim: Men, Salimov Karim
Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim.
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
46
Otam-Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universitetida o‘qituvchi, onam-Rahimova Gulnora Azimovna 122- bolalar
bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma
kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining
odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: K.S.Hotamov Toshkentda 2 oylik malaka
oshirish kursida bo‘lishi davrida korxonaning bosh mutaxassislik vazifasi muhandis
Mamatov Rahmonali Abduxoliq o‘g‘liga Yuklatilsin. Iqtisod bo‘limning katta
mutaxassisi A.Saidbekova 2019-yil 10-maydan o‘z roziligi bilan shu bo‘limning
yetakchi mutaxassisi lavozimiga O‘tkazilsin.
5 Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining
davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida
namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar,
buyruqlar ta’kidlaganimizdek ana shu uslubda shakllanadi. Ushbu uslubning yozma
va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa ham, qat’iy qonun-qoidalarga amal qiladi,
binobarin, o‘zining til me’yorlariga rioya qiladi. Shulardan biri aniqlikdir. Bu
uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan yana biri rasmiy matnlarda
noaniqliklarga, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Fikr va mazmun soda, aniq va
tushunarli tilda bayon qilinishi lozim: Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-
sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam-Salimov Olim
Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi,
onam-Rahimova Gulnora Azimovna 122- bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib
ishlaydilar.
Badiiy, so‘zlashuv, publitsistik uslublarda so‘zlarni qolipga solmay, nutq
sharoitiga qarab erkin foydalansa bo‘ladi. Rasmiy-idoraviy uslubda fikr-mulohaza,
bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Masalan, 1-ilovadagi ishonchnoma shakliga
e’tiborimizni qaratsak:
1-ilova
ISHONCHNOMA
Men, Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining 1-bosqich talabasi
Muhammadjonova Fayzixon Xursandbek qizi, kursimiz talabasi Abdurahmonova
Sitoraxon Inomjon qiziga (AB seriyadagi 1192670 raqamli pasportga ega)
universitet g‘aznasidan menga tegishli 2021-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun
ishonch bildiraman.
(imzo) F. Muhammadjonova
2021-yil 2-iyul
F. Muhammadjonovaning imzosini tasdiqlayman.
Filologiya fakultetining dekani (imzo) U. Rahimov
(muhr) 2021-yil 2- iyul

5
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo’llanmaToshkent: “O’zbekiston nashriyoti”, 148-149 b.


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
47
Yuqoridagi qolipga ko‘ra, shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda
yoziladi, unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi kerak:
1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).
2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, familyasi, otasining ismi).
3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.
4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
5. Topshirilgan vazifalarni amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning
nomi.
6. Ishonch bildiruvchining imzosi.
7. Berilgan (yozilgan) vaqti.
8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va
imzosi.
9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va muhr.
Shu tarzda ariza, ishonchnoma, bildirishnoma, tabriknoma, ma’lumotnoma,
shartnoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning o‘ziga xos bayon etish
qolipi mavjud.
Leksik-semantik-stilistik jihatdan olib qaraganda esa rasmiy uslubga oid
matnlarda badiiy uslubga xos bo‘lgan, voqelikni, inson hissiyoti, fikri va harakatlarini
obrazli tasvirlashga yo‘naltirilgan badiiy tasvir vositalari uchramasligi, binobarin,
o‘xshatish, epitet, jonlantirish, metafora, mubolag‘a, litota va boshqa vositalar, poetik
leksika elementlari deyarli uchramasligini ko‘rish mumkin.
Ayni paytda, ularning har birining so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud
bo‘ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa
uslublarda deyarli uchramaydigan atamalar qo‘llaniladi: ma’muriy javobgarlik,
fuqarolik majburyati, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor,
jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jamoat kafilligi
jabrlanuvhi bilan yarashuv va boshqalar. Bu kabi atamalarga duch kelishimizning
o‘zi ham rasmiy idoraviy uslubning uslublar ichidagi o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, ish qog‘ozlari va ish hujjatlarining xilma-xilligiga qarab ularga oid
atamalarning me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun
diplomatik munosabatalar doirasidagi so‘z va iboralarga ko‘z yugurtiraylik:
ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, ishonchli vakil, nota,
ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh
kabilar.
Ushbu uslub uchun oddiy so‘zlashuv uslubiga oid bo‘lgan so‘zlar, jargonlar,
ekspress-emotsional bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘zlarning ham ishlatilishi me’yor
sanalamaydi. Shu jihatlari bilan ham rasmiy-idoraviy uslub boshqa uslublardan
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
48
keskin farqlanadi. Masalan, girgitton, o‘rgilay, haligi, mullaka, baraka topgur, miyasi
g‘ovlab ketdi, churq etmaslik kabi.
Rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublardan farqli jihatlari bilan bir qatorda
o‘xshash tomonlari ham mavjuddir. Muloqot vaziyati va sharoitga muvofiq ilmiy,
badiiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir.
Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki,
bu uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa ham, nutqning og‘zaki shaklini ham
inkor qilib bo‘lmaydi. Badiiy uslubga tegishli, sahna uchun mo‘ljallangan asarlarda
og‘zakilik bo‘lsa, ilmiy uslubga doir bo‘lgan ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda
namoyon bo‘ladi, lekin rasmiy uslubga tegishli bo‘lgan ish qog‘ozlari faqat yozma
nutq orqali yuzaga chiqadi. Bu ham rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublar ichida
yana bir o‘ziga xos xususiyatidir.
Rasmiy uslub grammatik jihatdan ko‘p hollarda ilmiy uslubga o‘xshab ketadi,
lekin boshqa uslublardan farqlanib turadi. Masalan, ko‘plik qo‘shimchasi (–lar) ilmiy
va qisman rasmiy uslublardan tashqari boshqa uslublarda umumlashtirish, hurmat,
taxminlash, kuchaytiruv-ta’kidlash kabi uslubiy ma’nolarni ham qo‘llashda
ishlatiladi: Ahmadlar keldi (umumlashtirish); Buvimlar keldi (hurmat); Soat o‘nlarda
uchrashamiz (taxminlash); Qalbim quvonchlarga to‘ldi.
Subyektiv baho ifodalovchi –cha; -choq; -loq; -toy; -gina (-kina;-qina) kabi bir
qancha qo‘shimchalar bo‘lib, ular kichraytirish-erkalash shakllari deb ham yuritiladi.
Bu qo‘shimchalar ot va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa va
tushunchaga so‘zlochi (yozuvchi)ning subyektiv (salbiy va ijobiy) munosabatini
bildiradi: Masalan, Bu shirin qizcha kun bo‘yi nimalarni o‘ylab o‘tirar ekan; Toychoq
onasiga ergashib yugurib ketdi; Sho‘rpeshonaginam! Shuncha sinovlarga chidadi;
Bolaginam-oppog‘im, bo‘talog‘im-dombog‘im!
Misollar shuni ko‘rsatadiki, ushbu qo‘shimchaga ega bo‘lgan so‘zlar so‘zlashuv,
badiiy va publitsistik uslubda ko‘proq uchraydi. Ilmiy va rasmiy uslublrda esa nofaol
hisoblanadi.
Bizga ma’lumki o‘zbek tilida gapda so‘zlarning, ya’ni gap bo‘laklarining
odatdagi tartibi mavjud bo‘lib, bu tartibga ko‘ra ega kesimdan oldin, aniqlovchi
aniqlanmishdan oldin, to‘ldiruvchi va hol kesimdan oldin va kesim gapning oxirida
joylashadi. Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi qat’iy
saqlanadi. Masalan, Meni institutning katta o‘qituvchisi lavozimidan o‘z ixtiyorimga
ko‘ra ozod etishingizni so‘rayman. Lekin so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda
uslubiy bo‘yoqdorlikni oshirish uchun gap bo‘laklari tartibi o‘zgarishi (inversiya)
mumkin: Omoch sudrab, qo‘sh haydardi, Azob edi u hayot. Qarimasdi o‘sha mahal,
Qani, bo‘lsa bitta ot! (A. Muxtor “Mukofot”)

Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə