Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi


Mikroiqtisodiyotfanining predmeti vavazifalari



Yüklə 21,33 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2022
ölçüsü21,33 Kb.
#97712
1   2   3   4   5
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi

2.Mikroiqtisodiyotfanining predmeti vavazifalari
Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo‘limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyotva Makroiqtisodiyot.
Makroqitisodiyot – umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o‘rganadi.
O‘rganish obyekti – MD, YaIM, iqtisodiy o‘sish va umumiy bandlik darajasi, iste’mol harajatlari, milliy jamg‘armalar va boshqa yirik ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy subyektlar (iste’molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o‘rganadi.
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoi­tida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlani­shi, iste’molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o‘rganish hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi

  • Resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo‘ja­liklarining tutgan o‘rni

  • Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi

  • Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o‘rganish va ular­ni tahlil qilish. Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida shaxslar, uy xo‘jalik­lari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning iqtisodiy hara­katlarini o‘rganadi va quyidagi usul (metod)lardan, ya’ni tahlil va sin­tez, monografik usul, iqtisodiy statistika usuli, hisoblash konstruktiv, tajribaviy usul, abstrakt mushohada usuli, matematik modellashtirish, induksiya va deduksiya usuli, optimallashtirish va muvozanatni aniq­lash usullaridan foydalanadi.


Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə