Microsoft Word Iqtisodiy oâ•Žsishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va modeli



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#150957
Иктисодиётдан мустакил иш



FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR”
KAFEDRASI 
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 
«IQTISODIYOT» 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI 
Mavzu: 
IQTISODIY O’SISHNING MOHIYATI, ASOSIY 
TAVSIFNOMASI VA MODELI
Bajardi: 22.43 guruh talabasi 
I.Madorov
Qabul qildi: O.Tursunov


IQTISODIY O’SISHNING MOHIYATI, 
ASOSIY TAVSIFNOMASI VA MODELI
Reja: 
1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi 
2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar 
3.Xarrod-Domar modeli 
4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati 


1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi 
Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib, aholining o’sishi, FTT, 
ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar 
bilan bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha 
aytganimizda, potentsial YaMM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, 
iqtisodiy o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki iqtisodiyot 
potentsialining o’sishini ham bildiradi.
MAK
ROIQTISODIY
BARQARORLIK
NING
ASOSIY
BELGILARI
Iqtisodiy
o’sish
To’la bandlik
Ichki narxlarning 
barqarorligi
Baquvvat to’lov 
balansi
Xorijiy valyutalar almashuv 
kursining barqarorligi
Davlat byudjeti 
kamomadining YaIMga 
nisbatan 3% dan ortib 
ketm
asligi 
Daromadlar taqsimlanishi 
muammosi


Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari
Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, 
shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham 
tushuniladi.
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi 
va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun 
ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga 
o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga 
e’tibor berish kerak:
1)
Iqtisodiy o’sishni o’lchash;
2)
O’sish omillari;
3)
Iqtisodiy o’sish modellari.
Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) 
har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida 
YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va 
bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu 
ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu 
mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun 
ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va 
darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va 
modellarida umumiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta 
ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari 
o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.


Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga 
bo’linadi.
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va 
investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -vaqt indeksi) va jon 
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi 
oshishini bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik 
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o’rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy 
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish 
iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
O’sishning barcha imkoniyatlariga real miqdorlarga tayanilib, ya’ni, doimiy 
narxlarda qaraladi. Aksincha, nominal ko’rsatkichda ularning dinamikasi nafaqat 
real o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga olgan bo’lar edi.
Har bir ko’rsatkich bo’yicha uch xil miqdordagi dinamikani tahlil qilish 
mumkin:
1.
Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish Yt;
2.
Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab chiqarishning oshishi.
Δ
Y = Yt-Yt-1
3.
Qo’shimcha o’sish sur’ati =Yt-Yt-1/ Yt-1
Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
a)
bazis o’sish sur’ati =(Yt-Y0/ Y0) x 100
b)
zanjirli o’sish sur’ati = (Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100 Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa:
a)
bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Yt-Y0/ Y0) x 100- 100
b)
zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100- 100
Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, 


rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va 
imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat 
obro’sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o’sish usullaridan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va 
rivojlantirish muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi, mamlakat 
aholisining turmush faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri 
keladigan ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda 
iqtisodiy o’sishning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: haqiqiy va potentsial.
Haqiqiy iqtisodiy o’sish - bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr 
etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqiy yillik 
ko’payishidir.
Potentsial iqtisodiy o’sish – bu iqtisodiyot o’sishi mumkin bo’lgan 
tezlikdir.Potentsial iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillarbo’lib quyidagilar 
hisoblanadi:
- resurslarning ko’payishi; - samaradorlikni oshishi.
2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar 
Iqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga, 
shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan 
omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy 
o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan 
resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv 
omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular:

tabiiy resurslar soni va sifati;

mehnat resurslari soni va sifati;

asosiy kapital hajmi;

texnologiyalar.


Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu 
esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan 
keng foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari 
miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (
Δ
K/K va 
Δ
L/L) va texnika taraqqiyoti 
natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (
Δ
A/A) 
bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (
Δ
Y/ Y) 
hisoblash imkonini beradi:
Δ
Y/Y= 
Δ
A/A+
α

Δ
K/K+ (1- 
α
) x 
Δ
L/L
Bunda 
α
koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- 
α
) - 
mehnat hissasini ko’rsatadi.
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 
10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (
Δ
K/K) va mehnatning (
Δ
L/L) 10% ga 
qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga 
olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish 
ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi 
intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan 
foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni 
qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash, 
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji 
boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi.
3.Xarrod-Domar modeli 
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni asoslash uchun Keynsning asosiy 
makroiqtisodiy modelini rivojlantirishga birinchi urinish Roy Xarrod va Evsey 
Domarlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu modellar o’rtasida unchalik katta 
farq bo’lmaganligi sababli ham Xarrod-Domar modeli deb yuritiladi.
Modelda ko’zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital miqdoriga 
proportsionalligi hisoblanadi:
Y= 
ϭ
K


Bu erda, Y-milliy daromad, K- milliy daromadni yaratish uchun 
foydalanilgan kapital miqdori, 
ϭ
-kapital qaytimi koeffitsienti.
Ushbu formuladan foydalanib 
ϭ
-kapital qaytimi koeffitsientini aniqlashimiz 
mumkin:
ϭ
= Y / K
Kapital qaytimi koeffitsienti yoki kapitalning o’rtacha unumdorligi birlik 
kapital hisobiga yaratiladigan daromad miqdorini ko’rsatadi.
Δ
Y = 
ϭ

Δ
K
Daromadning qo’shimcha o’sishi kapital qo’shimcha o’sishiga teng.
Agar kapital qo’shimcha o’sishini investitsiyalar sifatida qarasak, ya’ni 
Δ
K=I, unda ifoda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Δ
Y= 
ϭ
x I
Endi iqtisodiyotda jamg’arish me’yori (Sy) doimiy miqdor hisoblanadi, 
jamg’armalar esa investitsiyalarga teng deb faraz qilsak, unda
S= I= Sy xY
I= 
Δ
Y/ 
ϭ
bo’lgani uchun 
Δ
Y/ 
ϭ
= Sy xY bo’ladi. Endi so’nggi tenglamada 
ϭ
ni 
o’ng tomonga o’tkazib, ikkala tomonni Y ga bo’lish orqali Xarrod-Domar 
modelining yakuniy formulsini olamiz.
Δ
Y/Y= 
ϭ
x Sy
Δ
Y/Y nisbat kapitalning to’liq bandligidagi daromad qo’shimcha o’sishini 
o’zida aks ettiradi. Ushbu formulaga muvofiq aniqlanadigan o’sish sur’atini 
Xarrod “kafolatlangan” deb atadi, chunki u mavjud quvvatlarning, mazkur holda 
kapitalning to’liq ishlatilishini kafolatlaydi.
O’sish sur’atining “kafolatlangan” tushunchasi bilan bir qatorda Xarrod 
“tabiiy” o’sish sur’ati tushunchasini kiritdi. “Tabiiy” o’sish sur’ati deganda 
Xarrod faol aholining o’sishi va texnika taraqqiyoti imkon beradigan maksimal 
o’sishi kapital va milliy daromadning shunday o’sish sur’atini ta’minlaydiki, unda 
kapitpl va mehnatning to’la bandligiga erishiladi. Biroq, ushbu modelda texnika 
taraqqiyoti quyidagi nisbatlarni, ya’ni K/Y va 
Δ
K/ 
Δ
Y o’zgartirmaydi:


4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati 
Respublikamizda fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishni 
ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
rivojlantirish va natijalarni ishlab chiqarishga zudlik bilan qo’llash maqsadida 
yirik-yirik loyihalar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari respublika ta’lim tizimida keskin yangiliklar qilinmoqda. 
Ya’ni, respublikada ko’p bosqichli «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul 
qilindi. Ushbu dasturga asosan yoshlarni xalqaro talablarga javob beradigan 
darajada o’qitishni ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham sezilarli ta’sir qiladi. 
Soliqqa tortish stavkalarini kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining 
o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy 
o’sishni rag’batlantiradi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha 
mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning 
sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash 
zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning 
miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib 
berdi. Uning asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al 
qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga 
yo’naltirilgan:



iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga 
qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash;

aholi o’sishini tartibga solish;

fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va 
mehnat unumdorligini oshirish.
Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy yo’naltirilganligi kuchayib borishi bilan 
iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlashmokda 
va kengaytirilmoqda.
Agarda ilgarilari uni moddiy ta’minlanganlikning miqdoriy ko’rsatkichlari 
aks ettirgan bo’lsa, hozirda birinchi o’ringa o’rtacha umr ko’rish, o’lim darajasi, 
shu jumladan, bolalar o’limi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim 
darajasi, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar 
qo’yilmotsda. Ya’ni, iqtisodiy o’sish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit 
yaratib bsrishi lozim. 20
22
yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
ishlab chiqarish hajmi 8,0
foizga o’sdi.
Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tizimli 
va islohotlarning izchil amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda. Xususan,

tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy 
o’zgartirish 
va 
diversifikatsiyalash 
jarayonlarining 
izchil 
amalga 
oshirilayotganligi;

ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan 
yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini 
jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish;

bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni 
ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlash hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga 
qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;



ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash 
hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama 
qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik 
shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, 
tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq 
xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining 
kengaytirilishi;

respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy 
barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida 
takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 
iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda.
20
22
yilda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o’sishi kuzatildi.
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 20
21
yilga 
nisbatan 8,8 foizga oshdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari yuqori 
texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash (o’sish 
sur’ati 21 foiz), engil sanoat (13 foiz), qurilish materiallari (13,6 foiz) hamda oziq-
ovqat (9 foiz) sanoati tarmoqlarida kuzatildi.
20
22
yilda qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 20
21
yilga 
nisbatan 6,8 foizga oshdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish 
6,4 foizga, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish esa 7,4 foizga oshdi.
20
22
yilda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5
foizga o’sib, uning YaIM 
tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy o’sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy 
tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun xam davlat aholi turli 
qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.


Daromadlar darajasi bo’yicha tabaqalanishni aniqlash uchun, dastlab, aholi 
daromadlari miqdori aniqlanadi. Aholi daromadi ish haqi, dividentlar va 
foizlardan, shuningdek, transfert to’lovlaridan tashkil topadi. Daromadlar 
kengroq ma’noda pulsiz yoki imtiyozli narxlarda axoli oladigan tovarlar va ta’lim, 
sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal xo’jaligi, transport va boshqa xizmatlar 
bo’yicha imtiyozlar ko’rinishidagi to’lovlarni ham o’z ichiga oladi.
Ish haqi, dividentlar va foizlarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashganlar 
daromadlar taqsimlanishi natijasida oladilar. Davlat daromadlarning 
taqsimlanishiga ish haqining eng kam miqdorini qonuniy ravishda o’rnatish orqali 
ta’sir ko’rsatadi. Eng kam ish haqi ushbu mamlakatda tarkib topgan turmush 
sharoitiga bog’liq bo’lib, eng kam iste’mol byudjetb asosida aniqlanadi.
Davlat daromadlarning qayta taqsimlanishini asosan ikki xil tayanch 
vositalar yordamida amalga oshiradi:
1.
Soliq tizimi;
2.
Transfert dasturlari.
Davlat transfert dasturlaridan tashqari yana bir qator nodav lat va jamoat 
dasturlari ham mavjud. Davlat va nodavlat tashkilotlari transfert dasturlarining 
barcha turlari yagona maqsadga, ya’ni, aholi daromadlarini tenglanggirishga 
yo’naltirilgan.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko’p hollarda 
Lorents egri chizig’i grafigidan foydalaniladi.


Daromad 
foizi
chizma. Lorents egri chizig’i
Grafikning gorizontal o’qida aholi hissasi (foizi ), vertikal o’qida daromad 
hissasi (foizi) ko’rsatilgan. Agar jamiyatda daromad mutlaq baravar 
taqsimlangan deb faraz qilsak, ya’ni 20 foiz aholi jami daromadning 20 foiziga, 40 
foiz aholi 40 foiziga ega bo’lsa, unda mutlaq tsnglikning bu vaziyatini ifodalovchi 
chiziq bissektrisa ko’rinishiga ega bo’lar edi. Ammo, hayotda aholi o’rtasida 
daromadlarning taqsimlanishi bir xil emas. Masalan, agar aholining 20 foizi A 
nuqta bilan belgilangan daromadlarning ozgina qismini olsa, aholining 40 foizi B 
nuqta bilan belgilangan qismini oladi va hokazo. Bunday holatda daromadning 
haqiqatda taqsimlanishini bildiruvchi chiziq Lorents egri chizig’i deb ataladi.
Bissektrisa va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi uzilish yoki maydon qancha 
katta bo’lsa, daromad taksimlanishining tengsizlik darajasi shuncha yuqori 
bo’ladi. Bu uzilish kattaligi tengsizlik darajasini ifodalaydi. O’zbekistonda eng 
past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi tafovut darajasi 
so’nggi yillarda 8 barobarga to’g’ri kelmoqda. Ko’pgina, shu jumladan, qo’shni 
davlatlarda bu raqam mamlakatimizdagi ko’rsatkichdan bir necha barobar yuqori 
Aholi foizi
Lorents egri chizig’i
Mutloq tenglik 
chizig’i


ekani, ya’ni o’ta kambag’al va nochor aholi guruhlari va o’ta boylar guruhi 
orasidagi tafovut oshib borayotganini ta’kidlash lozim.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirayotgan ijtimoiy 
siyosatimizning aholimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va 
natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2013-yilda xalqimizning real 
daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va 
stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda pensiyalarning 
o’rtacha miqdori o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu 
ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 
foizdan iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu ko’rsatkichni 41 foizga 
etkazish ko’zda tutilmoqda. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – 
tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan 
ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1.
Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A
2.
Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.
3.
Агапова
Т
.
А
., 
Серегина
С
.
Ф

Макроэкономика

Учебник

М
.:
Дело
и
Сервис

2001.
4.
Вечканов
Г
.
С
., 
Вечканова
Г
.
Р

Макроэкономика

Торговая
политика

Инфляция
и
безработица

Социалная
политика

СПб
.: 
ЗАО
«
Питер
», 
2005.
5.
Гайгер
А
., 
Линвуд
Т
.
Макроэкономическая
теория
и
переходная
экономика

Пер

с
англ

М
.:
ИНФРА
-
М
, 1996.
6.
Галперин
В
.
М
., 
Гребенников
П
.
И
., 
Леусский
А
.
И
., 
Тарасевич
Л
.
С
.
7.
Макроэкономика

Учебник

СПб
.:
СПбГУЕФ
,1997.
8.
Дорнбуш
Р
.,
Фишер
С

Макроэкономика

М
.:
МГУ
,1997.
9.
Yo’ldoshev
Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:
10.
«O’qituvchi»,1994
11.
Менкю
Н
.
Г

Макроэкономика

М
.:
МГУ
,1997.
12.
Селишчев
А
.
С

Макроэкономика

Откритая
экономика

Причини
экономического
роста

Динамика
рынков

СПб
.: 
ЗАО
«
Питер
», 2005.
13.
19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. 
Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə