Microsoft Word Economic theory lecture 9


 Narx tashkil topishining bozor mexanizmi, narxga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 148,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü148,36 Kb.
#150631
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 9

9.2. Narx tashkil topishining bozor mexanizmi, narxga ta’sir etuvchi omillar. 
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki narxning 
shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida 
narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall 
hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va 
xaridor narxlari mavjud bo‘ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari 
mavjud. Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki 
bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni 
boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib 
chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab 
chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib 
olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay 
qolish xavfi mavjud bo‘ladi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining 
o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual 
narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar 


bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi 
bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan 
o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. 
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam 
bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar. 
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga 
xos tarzda foydalanadi.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi 
tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor 
etish» hatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan o‘zgarish narxning 
pasayishi yoki oshirilishiga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni shunday 
o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z tovarlariga narxni pasaytirish orqali 
iste’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist hatti-harkatiga 
javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar.
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan o‘zgarish narxning 
pasayishi yoki oshirilishiga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hech qanday 
javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha bunday holat oligopolist tomonidan o‘z 
tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini 
oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o‘z iste’molchilarini yo‘qotib, bozordan 
siqib chiqariladi. 
Narx belgilash strategiyasi. Narx strategiyasi, bu bozor ishtirokchilarining narx xususidagi 
yo‘l-yo‘riq va say-xarakatlari bo‘ladi. Korxonaning ish natijasi tovarlarning sotilish narxiga 
bog‘liq bo‘lganidan narxni to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim hisoblanadi. Korxonalarning narx 
strategiyasi uch maqsadni ko‘zlaydi-tovar sotishni ko‘paytirish, foydani ko‘proq olish, o‘zining 
bozordagi muayyan mavqeyini saqlab qolish.
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tadbiq etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga 
oladi: 
-
narx belgilash maqsadini qo‘yish; 
-
narx siyosatini yaratish; 
-
narx strategiyasini tanlash va tadbiq etish; 
-
narxlarni to‘g‘rilash mexanizmini yaratish. 
Narx begilash maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi har qanday 
tashkilotning narx belgilash maqsadi asosan quyidagilarga qaratilgan: 
-
savdo hajmini oshirish; 
-
joriy foydani oshirish; 
-
raqobat sharoitida yashab qolishni ta’minlash. 
-
uzoq muddatli foydani maksimallashtirish 
-
bozorni barqarorlashtirish; 
-
mo‘ljalni o‘rta haridorga qaratish; 
-
narxlarni o‘ta oshishidan raqobatchilarni to‘xtatib turish va boshqalar. 
Savdo hajmini oshirishga qaratilgan narxlar bozor vaziyati, talab va taklif holati yoki 
sotuvni istalgan o‘sishiga muvofiq belgilanish mumkin. 
Savdo hajmi tovarga bo‘lgan talabga to‘g‘ri bog‘liqdir. Talab va narx oddiy vaziyatda 
teskari proportsional bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni talab qonuni. Narxga talabning sezgirlik 
darajasi narx ravonligi koeffitsienti bilan aniqlanadi. Narx belgilashning ushbu maqsadi 
tanlanganda texnika vositalariga ravon talab bor-yo‘qligini hisobga olish lozim. 


Talab ravonligini baholash uchun uni turli narxlarda o‘lchanadi yoki haridorlarning 
maxsus so‘rovi o‘tkaziladi. 
Agar texnika vositalari talab kam ravon bo‘lsa ([E
D
]<1), unda bu quyidagi sharoitlar bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin: 
-
tovarga o‘rinbosar yo‘q; 
-
haridorlar narxlar oshishini darhol payqamaydilar; 
-
haridorlar o‘zlarining harid qilish odatlarini asta-sekin o‘zgartiradilar; 
-
haridorlar narxning oshishi texnika vositasining yuqori sifati bilan oqlanadi deb 
hisoblaydilar. 
Kam ravon talabda narxning pasayishi savdo hajmini kam rag‘batlantiradi. Shuning uchun 
agar tashkilot o‘zining sotuvini oshirishga harakat qilsa, unda ushbu sharoitda talabning narxsiz 
determinantlariga yo‘naltirilishi, iste’molchilarning talablarini o‘rganish va ularni qondirishga 
harakat qilishi kerak. 
Agar texnika vositalariga talab ravon bo‘lsa ([E
D
]>1) sotuvni oshirish uchun narxni 
pasaytirish haqida o‘ylash lozim. Pasaytirilgan narx sotuvdan katta hajmda umumiy daromad 
olib keladi. Lekin bunday usul ishlab chiqarish bo‘yicha harajatlar va tovar sotuvining 
proporsional o‘sishi yuz berishiga qadar ma’no kasb etadi. 
Foydaga yo‘naltirilgan narxlar odatda talabni baholash va investitsiyalar yoki tovarni 
ishlab chiqarish va tarqatishga ketgan harajatlarning o‘rnini qoplash bilan belgilanadi. 
Maksimal foydani ta’minlaydigan va harajatlarni to‘la qoplaydigan narx tanlanadi. Talab 
maksimal narxni belgilaydi, minimal narx esa ishlab chiqarish va muomala harajatlari bilan 
belgilanadi. Narx ishlab chiqarish, tarqatish va sotish, hamda qilingan harajat va savdo uchun 
foydaning adolatli me’yorini qoplashi kerak. 
Raqobat sharoitida yashab qolish uchun yo‘naltirilgan narxlar. Narx belgilashning bunday 
maqsadini tanlaganda raqobatchilarning tovarlari narxi va sifatini bilish zarur. Korxona ushbu 
ma’lumotdan o‘zining narxini belgilash ehtiyoji uchun asosiy nuqta sifatida foydalanishi 
mumkin. Bunday strategiya narxning raqobatchilardagi kabi bo‘lsa va u texnika vositalari 
tashkilotining harajatlarini qoplagan holdagina ishonchlidir. 
Korxona, bozor sub’yektida bittadan ko‘p narx belgilash maqsadlari bo‘lishi mumkin. 
Masalan, maksimal foyda olish va o‘rta haridoriga mo‘ljallash. Uzoq muddatli va qisqa 
muddatli narx belgilash maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin. Asosiysi, ular korxonaning 
strategik va joriy rejalari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Masalan, agar korxonaning stratagik 
rejalashtirishlari harajatlarning nazoratiga asoslangan bo‘lsa, unda narx belgilash maqsadi qisqa 
muddatli davrda joriy foydani ko‘paytirishdan, uzoq muddatlida esa o‘rta haridorga 
mo‘ljallashdan iborat bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, narx belgilash maqsadini tanlaganda 
talabning strukturasi va kattaligi, raqobatchilarning harajatlari va narxlari asosiy omillar 
hisoblanadi. 
Narx siyosatini yaratish. Narx siyosati odatda quyidagi savollarga javob beradigan hujjat 
tarzida yoritiladi: 
-
yangi tovarlarga, bozorda o‘z o‘rnini topgan tovarlarga narxni hisoblashda narx 
belgilashning qaysi usuli tanlanadi; 
-
raqobatchilar narxlarining o‘zaro munosabati; 
-
narxlar o‘zgarishi tezligi; 
-
narxning tovarning hayotiy davri (sikli)ga bog‘liq ravishda o‘zgarishi; 
-
narxdan arzonlashtirishlarni ishlatilishi. 
Tovarlarga narx belgilash usulini tanlash narx siyosatining eng muhim nuqtai nazaridan 
biri hisoblanadi. Narx belgilash usuli tovarning yangi yoki bozorda avvaldan mavjudligiga 
bog‘liqdir. 


Yangi tovarlarga narx belgilash. Kirish narxining belgilanishi yoki bozorga mustahkam 
tadbiq etish strategiyasi savdo hajmining oshishiga asoslangan maqsadlarga erishish uchun 
ishlatiladi. Ushbu usul juda ko‘p haridorlarni jalb qilish va bozorning katta qismiga egalik 
qilish uchun, bozorga boshlang‘ich past narxdagi tovarlarning chiqishiga asoslangan. Bunday 
narx belgilashni agar yangi tovar talabning yuqori narx ravonligiga ega bo‘lsa, hamda 
raqobatchilarning chiqishini ushlab turish uchun qo‘llash mumkin. 
Firmaning nufuzi asosida narx belgilash. Nufuzli narx nufuzli tovar, ajoyib va nafis 
buyumlarga, taniqli kompaniyalarning alohida sifatga ega bo‘lgan tovarlariga belgilanadi. 
Masalan, «Tissot» kompaniyasining soatlari boshqa kompaniyalarnikiga nisbatan 5 marta va 
mahalliyga nisbatan 20 marta qimmat turadi. Bunday narxlarni qo‘yish uchun korxona, ushbu 
tovarlarning obro‘siga ishonishi va bozorda mavjud bo‘lgan o‘xshashlari, iste’molchilarni 
ko‘proq to‘plashga tayyor bo‘lgan bunday sifatga ega emasliklarini aniq bilishi kerak. 
«Harajatlar - plyus» yoki o‘rtacha harajatlar + foyda; cost - plus. Ushbu usul tovarning 
tannarxiga oldindan ma’lum bir foydani qo‘shishdan iborat. Bu eng sodda narx belgilash 
usulidir: «harajatlar - plyus» narxini belgilash formulasi mavjud: 
miqdori
tovarning
n
chiqarilga
Ishlab
foyda
harajatlar
zgaruvchan
o'
umumiy
harajatlar
doimiy
Umumiy
Narx



Ushbu usul sodda bo‘lsa ham, u bir qator kamchiliklarga ega, masalan, narx talabga 
bog‘lanmagan, foyda harajatdan foiz hisobida ifodalanadi va firmada harajatlarni past darajada 
ushlab turish uchun qiziqish sust bo‘ladi. Ushbu usul yuqori darajadagi izlanishlar va 
yaratishlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga to‘g‘ri kelmaydi. 
«Qaymog‘ini olish» usuli (Skimming pricing-S.p.) - ushbu usul qaymog‘ini olish uchun 
tovarga yuqori boshlang‘ich narxni belgilanishi bilan bog‘liq bo‘lib, u talab egriligining yuqori 
qismiga mos keladi. Ushbu usul foydaga asoslangan maqsadlarga erishish uchun yo‘nalgan. 
S.p. kompaniya mahsulotni yaratish bo‘yicha izlanishlarga katta pul mablag‘larini ajratgan, 
tovarning siljishi, ya’ni reklamaga yuqori sarf-harajatlarga ega, yaqin vaqt oralig‘ida 
raqobatchida o‘xshash tovar chiqishi kutilayotgan, tovar yangi va bozor sekin qondirilsa
nihoyat talab mohiyati aniqlanmagan bo‘lsa tavsiya etilishi mumkin. 
S.p. naqadar yuqoriligi haqidagi xulosa ikki omilga bog‘liq: 
-
bozorga raqobatchilarni chiqishi imkoniyatlaridan; 
-
talab egriligining yuqori qismidagi narxlar ravonligidan.
Agar raqobatchilar o‘zlarining aynan o‘xshash tovarlarini bozorga tez kunda olib chiqishi 
kutilayotgan bo‘lsa, bozor baland, agar raqobatchilar yillar mobaynida aynan o‘xshash tovar 
yaratganliklari ma’lum bo‘lsa, S.p. narxlar juda yuqori bo‘lmasligi kerak. Talab egriligining 
yuqori qismida narx ravonligi past, bundan tashqari aynan o‘xshashlari yoki yaqin 
o‘rinbosarlari mavjud bo‘lmaganda qarama-qarshi ravonlik ham past bo‘ladi. Shuning uchun 
tovarning yangiligi va talabning narx noravonligini hisobga olib, yuqori S.p. narxlarni belgilab 
tez samara olish mumkin. Agar talab egriligi shaklida gumon bo‘lib, boshlang‘ich narx juda 
ham yuqori bo‘lsa, u pasaytirilishi mumkin. U past narx belgilab keyin ko‘targandan ko‘ra 
birmuncha yaxshidir. Agar narx ravonligi kutilayotganga qaraganda yuqori bo‘lsa, unda 
nisbatan past narx ko‘proq foydali bo‘ladi va ko‘proq daromad olib keladi. 
Bozordagi liderning o‘xshash tovariga nisbatan narx siyosatini hisobga olgan holda narx 
belgilash. Bozor yoki tarmoqdagi lider narxlari bozorga yangi tovar kiritilayotganda, bozordagi 
liderning o‘xshash tovariga nisbatan siyosatini hisobga olish zarur bo‘lgandagina belgilanadi. 
Yangi tovarning narxi liderning narxidan faqat u nisbatan yuqori sifatli tovar bilan bog‘liq 
bo‘lgan holdagina oshish tarafiga siljishi mumkin. 


Raqobat asosida narx belgilash. Asosiy nuqta sifatida talab yoki harajatlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar emas, balki raqobatchilar narxlari qo‘llaniladi. Bunday usul bir necha sabablarga 
ko‘ra mashhurdir. Birinchidan, u oddiy bo‘lib, mahsulot birligiga talab egriligi, narx ravonligi 
yoki harajatlarni hisoblab chiqarishni talab etmaydi, ikkinchidan, narxlarning mazkur darajasi 
haridorlar bilan bir qatorda kompaniyalarni ham qoniqtiradi deb taxmin qilinadi. 
Tovarlarga narx belgilash usulini tanlaganda 3 xil usulni qo‘llash mumkin. 
1. Narxni saqlash. Agar sotuvning katta qismini shakllantiruvchi bozor segmenti raqobat 
va boshqa omillar ta’siriga uchramagan, hamda narx belgilash maqsadlariga erishilgan bo‘lsa, 
bunday usulni tovarning butun hayotiy davri mobaynida qo‘llash mumkin. Ushbu usulda 
narxlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
а) uzoq muddatli narx. Uzoq muddat mobaynida o‘zgarishlarga biroz uchragan narx, 
bunday narxlar odatda ommaviy talabga ega tovarlarga mavjud bo‘ladi; 
b) elastik narx. Talab va taklifning o‘zgarishiga oshish va pasayish bilan tez ta’sir 
ko‘rsatuvchi narx; 
c) iste’molchi segmentining narxi. Bozorning turli segmentlari uchun bir xil tovarlarga 
turli haridorlariga mo‘ljallangan har xil narxlar. 
2. Narxning pasayishi. Bu usul raqobat sharoitida himoya tadbiri, agar harajatlar kamaysa, 
xujumkor strategiya bo‘lishi mumkin. Ushbu holda quyidagi narx turlari qo‘llanilishi mumkin: 
а) o‘zgaruvchan pasayadigan narx. Talab va taklifni hisobga olishga asoslanadi. Bozor 
to‘lgan sari talab pasayadi, agar tovar yuqori narx ravonligiga ega bo‘lsa, narxning pasayishi 
iste’molchilarning e’tiborini jalb qilishi mumkin; 
b) ustun narx. Bu himoya strategiyasining turlaridan biridir. Bunday usulni agar korxona 
bozorning katta qismini nazorat qilsa va mahsulot iste’molchilarda yuqori nufuzga ega bo‘lsa 
qo‘llash mumkin. Narxning biroz pasayishi korxonaga bozorda eski va yangi raqobatchilarga 
nisbatan ustunlikni saqlab qolishga yordam beradi; 
c) ko‘pgina korxonalarnikidan past narxlar ko‘pincha o‘zaro o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlarga 
qo‘llaniladi. Ular narxlari pasaytirilgan tovar bilan birgalikda oddiy narxlarda sotilishi mumkin. 
Bunda e’tiborni asosiy mahsulotga jalb qilish muhim bo‘lib, narxlari pasaytirilgan tovarlar esa 
o‘ziga xos reklamadir. 
3. Narxning oshishi. Narxning oshishi turli sabab bilan yuz berishi mumkin. Inflyasion 
iqtisodda narxlar harajatlarning hamma turlari oshganligi sababli, ko‘tarilishi mumkin va 
adekvat darajada foydani ta’minlash uchun narxni oshirish zarur. Narxning oshishi, talabning 
o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadning tushib ketishiga nisbatan reaktsiya bo‘lishi mumkin. 
Bunday holat ishlab chiqarish monopoliyasi sharoitida yuz berishi mumkin. Talabning keskin 
oshib ketishi ham narx ko‘tarilishini chaqirishi mumkin. 
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish 
muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; 
tovarning yoki xizmatning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat 
holati; davlatning iqtisodiy siyosati, turli xil to‘g‘ri soliqlar, pulning qadr-qimmati va h.k. 
hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 148,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə