O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
I.
XOTAMOV, M. SULTАNOV, A. YADGAROV
ATROF - MUHIT VA TABIIY
RESURSLAR IQTISODIYOTI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan.
TOSHKENT – 2021
UDK: 57.026
KBK-20.1
X-45
I.Xotamov, M.Sultаnov, A.Yadgarov
. Atrof - muhit va
tabiiy resurslar iqtisodiyoti.
«Innovatsion rivojlanish nashriyot-
matbaa uyi», 2021. 312 bet.
ISBN 978-9943-7394-8-2
Darslikda atrof-muhit muammolari, atrof-muhitni qadrlash, resurslarni
taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, energiya bo‘yicha qayta
tiklanadigan manbaalardan foydalanish, suv resurslaridan samarali
foydalanish, yerdan oqilona foydalanish, biologik resurslar va alohida
muhofaza qilinadigan hududlar, umumiy hovuz resurslari va baliqchilik,
ekotizim tovarlari va xizmatlari, tabiatga tahdid solish, ifloslanishni
boshqarish iqtisodiyoti, umumiy nuqtai-nazar, havoning mahalliy va
mintaqaviy ifloslanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Darslik oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida tahsil
oluvchi barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari, ilmiy-tadqiqot bilan
shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan
mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda xizmat qiladi.
Taqrizchilar:
Y.E.Aliyev –
D.A.Qodirova –
iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot”
kafedrasi mudiri;
bilogiya fanlari doktori, Toshkent davlat agrar
universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik
kafedrasi professori;
ISBN 978-9943-7394-8-2
© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021.
3
Yerga, suvga, hayvonlar va butun borliqqa bo‘lgan
munosabatimizni tiklashimiz orqaligina ona tabiatimizni
asrab qolishimiz mumkin.
KIRISH
Inson paydo bo‘libdiki, doimiy ravishda tabiat bilan uyg‘un
holda munosabatga kirishib kelmoqda. Biroq hozirgi kunga kelib,
yer yuzida insoniyatning asrlar osha ko‘payib kelayotganligi
tabiatga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu
jihatdan bugungi kunda kelajak avlodni tarbiyalashda ekologik
ta’lim-tarbiyani kuchaytirish, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini
yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali tabiatga
keltirilayotgan zararning oldini olish, ekologigik muammolar
keskinlashuvini bartaraf etishning samarali yechimlarini topish o‘z
yechimini kutayotgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida
ijtimoiy mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy
bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy
ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik
tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning
o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib,
bioijtimoiy mohiyatga ega.
Yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish
muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish borasidagi bilimlarni
o‘zlashtirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi
qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot
faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi kabi nazariy va
amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida
4
bevosita atrof-muhit va ekologiya, qishloq xo‘jaligini rivojlan-
tirish, shuningdek, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish,
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash, tuproq-iqlim sharoitiga mos,
qurg‘oqchilik, sho‘rlik, issiqlik va kasalliklarga chidamli qishloq
xo‘jaligi ekinlari navlari va hayvonot turlarini yaratish bo‘yicha
ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari ta’kidlab o‘tilgan
1
.
Ushbu darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
tavsiya etilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv reja-dasturlariga
mos keladi. “Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” moduli
bo‘yicha barcha yo‘nalishlar doirasida o‘rganiladigan maxsus
fanlarni o‘qitishda ham foydalanish mumkin.
Mualliflar jamoasi tomonidan ushbu fanning mazmuni
bo‘yicha yetarlicha, to‘liq hajmi bo‘yicha ixcham, shuningdek,
bayon etilishi bo‘yicha keng ommabop tarzda talabalarga
tushunarli bo‘lgan ilmiy tusda darslik yaratishga harakat qilingan.
Darslikni tayyorlashda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy
resurslar iqtisodiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan
xorijiy mamlakatlar olimlari, MDH davlatlari va respublikamizda
shu sohada tadqiqot olib borgan olimlarning tadqiqotlari natijalari,
mahalliy va xorijiy adabiyotlar, davlat statistikа qo‘mitasi
ma’lumotlaridan foydalanilgan.
1
“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-son farmoni.
5
I BOB. KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT
MUAMMOLARI
1.1.
1.2.
1.3.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar.
Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida
iqtisodiyotning roli.
Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit.
Tabiatning ham sabr-toqat chegarasi bor,
insonlarning shafqatsizliklari me’yoridan
oshganda, u qasos olishni boshlaydi.
1.1.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar
Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi
noyob va betakror manbadir. Insoniyat va tabiat o‘rtasidagi
mavjud muvozanat esa shu qadar nozik, o‘zaro bog‘liq, o‘zaro
tobe va shunchalar zaifki, gohida u yoki bu inqiroz, falokat yoki
halokatning ibtidosini ilg‘ash juda mushkuldir.
Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib, sayyoramiz
aholisi 8,0 mlrdga yetadi. Mavjud noekologik texnologiyalar
sharoitida bu atrof-muhit sifatining keskin yomonlashuvi, suv va
havo havzalarining keskin ifloslanishi, tabiiy resurslarining
kamayishi, ko‘plab murakkab iqtisodiy, energetik, oziq-ovqat
hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarga olib kelishini tushunish
qiyin emas, hatto hozirda kunda bu kabi oqibatlarning shohidi
bo‘lmoqdamiz.
XXI asr chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish
yo‘llarini izlab topish uchun zamonaviy muammolarni hal qilish
va kelgusida ularning oldini olishga yo‘naltirilgan barqaror
taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi. “Barqaror taraqqiyot”
atamasi (Sustainable Development) ingliz tilidan kelib chiqqan
bo‘lib, uni turg‘un, qo‘llab-quvvatlanayotgan, avaylanayotgan,
6
davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin.
Adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini
uchratish mumkin. Uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987-yilda
e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi
ma’ruzada keltirilgan. Unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda
hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini
qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish
tushuniladi.
2
Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
Barqaror
taraqqiyot
konsepsiyasi 1992-yilda Rio de Janeyroda tashkil qilingan, dunyo
mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan biri
sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan.
Mazkur forumda ishtirok etgan 179 mamlakatning siyosiy va
diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda
jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu
iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi
avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi.
Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun
tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan
bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri, ya’ni oxirgi ikki asr bunday
tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq
va ravshan bo‘lib bormoqda.
Ma’lumot uchun.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilga
borib, global isish tufayli jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion
AQSh dollari miqdorida zarar yetishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ma’lumki, iqlimning o‘zgarib borishi va uning atrof-muhitga
ta’siri XXI asrning eng asosiy muammolaridan biri bo‘lib
insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.
Bunda antropogen holatning faol ta’siri ostida tuproq qatlami va
biologik xilma-xillikni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.
2
World Comission on Environment and Development. Our common future. Oxford
University Press, Oxford, 1987.
7
Yer iqlimi ham tabiiy ravishda, ham antropogen omillar
ta’sirida o‘zgaradi. Iqlimiy sistemaning har bir tashkil etuvchisi
turlicha vaqt shkalasi oralig‘ida o‘zaradi.
Tabiiy iqlim o‘zgarishlarini bilish inson faoliyati tufayli
kechadigan iqlim o‘zgarishi jarayonlarini chuqur anglab yetishga
imkon beradi. Global harorat haqidagi sistematik kuzatish
ma’lumotlari 1860-yil bilan chegaralanadi. Ular quruqlik yuzasida
havo haroratini o‘lchash natijasida hamda dengiz yuzasi haroratini
o‘lchash asosida olingan ma’lumotlarni qamrab oladi. Qadimgi
iqlimiy sharoitlarni tiklash iqlimiy modellar asosida tuzilgan
prognozlar uchun solishtirish mezoni sifatida xizmat qilishi
mumkin. Muzlik davri iqlimini modellashtirish asosida “oldindan
aytish” ni paleoklimatologik ma’lumotlar bilan solishtirish
kelajakdagi iqlim o‘zgarishlariga taalluqli bo‘lgan va modellar
asosida tuzilgan jarayonlarni ma’lum darajada tekshirishga imkon
beradi.
Hozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar
asosida kuzatilayotgan iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib
beruvchi qator nazariyalar mavjud. Yerning geologik tarixi
davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi,
uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari
tog‘ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va
okeanlar maydonlari ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi,
Yer orbitasi ekssentrisitetining tebranishlari va ekliptika
tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining
o‘zgarishlari kuzatilgan. Shu bilan birga Yerning aylanish tezligi
ham sekinlashgan. Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi,
namlik almashinuvi va atmosfera sirkulyatsiyasi hamda iqlimning
geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan. Bularning
barchasi Yerda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘plab
tadqiqotchilarning
ta’kidlashlaricha,
insoniyat
sivilizatsiyasining gullagan vaqtidan buyon global harorat 1°C dan
kamroq qiymatga o‘zgargan. Oxirgi yuz ming yillik davomida
ekstremal va ba’zan tez ro‘y bergan iqlimiy tebranishlarga
nisbatan bizning iqlimni osoyishta deb atash mumkin.
8
Atrof - muhit va tabiatni muhofaza qilish muammolari
keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus olgan hozirgi davrda tabiat va
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir.
Tabiat jamiyatning yashash muhiti, uning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondirish manbayi hisoblanadi.
Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida
rivojlanish mazmuniga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy
bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy
ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik
tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning
o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib,
bioijtimoiy mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat
mavjudligining asosidir. Materiya harakatining yuqori shakli
bo‘lgan jamiyat tabiatning alohida “Insoniylashgan” qismi sifatida
yashaydi va rivojlanadi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga
bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borgan. Ibtidoiy jamoa
tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan.
Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga
kelishi tabiatga ta’sirining keskin kuchayishiga sabab bo‘lgan.
Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi
sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi kengayib
borgan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan
fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy
boyliklarning tezkorlik bilan o‘zlashtirilishi tabiatga bo‘ladigan
ta’sirni yuqori darajaga yetkazdi.
Atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi
muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos
antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi.
Antropogen modda almashinuvi xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i
bilan olinishi va zararli chiqindi holida atrof-muhitga tashlanishi,
tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga
9
olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida
biogen, antropogen va texnogen (nanogen) bosqichlar ajratiladi.
XX asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan
biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Atrof-muhitni himoya qilish,
ekologik me’yor, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik
bilan foydalanib yetkazish bugungi kunda dolzarb muammodir.
O‘rmonlar, suv havzalari, tuproq, atmosfera havosi, o‘simlik va
hayvon turlari kamayib borishining oldini olish uchun tabiatni
o‘rganish lozim.
Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti faniga qiziqish
insoniyatni dastlabki bosqichi boshlanishi bilan bog‘liq. Atrof –
muhitning asosiy qarashlari asosan ekologiya to‘g‘risidagi juda
ko‘p qiziqarli fikrlar, manbalar qadimgi misrliklar, hindular,
tibetliklar davridagi Geraklit (mil. av. 530-470), Gippokrat (mil.
av. 460-370), Aristotel (mil. av. 384-322) bo‘lgan davr
manbalaridan ekologik omillar to‘g‘risidagi xabarlar bo‘lgan.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga qarshi chora-
tadbirlar qo‘llash kerak. Ekologiya esa odamlar uchun qulay
bo‘lgan, bulg‘anmagan tabiiy atrof-muhitni yaratish maqsadida
ilmiy izlanishlar olib borayotgan, bu dolzarb muammoni hal
qilishga yordam beradigan fan bo‘lib qoladi.
Ekologiya deganda, organizmlarning o‘zaro va muhit bilan
aloqadorligini o‘rganadigan fan tushuniladi. Shuningdek, inson va
organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu
jumladan, inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni
o‘rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashish) ham
tushuniladi.
Ekologiya yer yuzidagi har qanday moddiy narsa – geografik
unsurlarning (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar,
odamlar, inshootlar va boshqalar) tadrijiy rivojiga, ularni o‘rab
turgan muhitning ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadigan va bu jarayonni
boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir. Ekologiya
tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis biologi
Ernest Gekkel “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asarida
kiritgan.
10
Ekologiya tirik jonzotlarning yashash muhitini, o‘zaro bir-
biriga nisbatan munosabatlarini hamda yashash sharoitlari
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni o‘rganadi. Azaldan ekologiya
biologiya fanining tarkibiy qismi sifatida kimyo, fizika, geologiya,
geografiya, tuproqshunoslik kabi boshqa tabiiy fanlar bilan
chambarchas bog‘liqlikda rivojlanib kelgan.
Ekologiyaning bosh o‘rganish obyekti ekologik tizimdir.
Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning
yashash muhiti – makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya
fanining vujudga kelishida Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil
(evolyutsion) ta’limoti katta rol o‘ynaydi.
Ekologiya
(yunoncha oykos – yashash muhiti, turar joyi va
logos – ta’limot) – tirik mavjudotlarning yashash shart-sharoitlari
va organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni o‘rganadigan fan.
Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti – atrof-muhit va
organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va aloqalarning
majmuasi va tuzilmasi bo‘lib, uning asosiy tadqiqot obyekti tabiiy
va antropogen ekotizimlar, ya’ni tirik organizmlar va ular
yashaydigan muhitdan tashkil topgan yagona tabiiy va tabiiy
antropogen komplekslar (landshaftlar) hisoblanadi
3
.
Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti ekologik tizimlar
(ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash
muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari
uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi),
ularning populyatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar
majmuyi (populyatsiya – tur darajasi) va biosferani bir butun
(biosfera darajasi) o‘rganish ham kiradi.
Bizni o‘rab turgan barcha o‘rmonlar, muzliklar, tog‘-u dashtlar,
havo-suvlar, xullas, tabiatning har bir shaxobchasi odamning
a’zolari kabi bir-biri bilan uzviy, muvozanatli tarzda
bog‘langandir. Tabiatning biron-bir joyida sodir bo‘ladigan
o‘zgarish, o‘z navbatida, uning muvozanatga qandaydir ta’sir
3
Jumaev T. Ekologiya iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Monografiya. – T., 2014.
11
ko‘rsatmay qolmaydi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek, tabiatga
antropologik (insonning bevosita qatnashishi) ta’sir etishning
tobora kuchayishi natijasida tabiiy omillarning o‘zaro bog‘lanishi
ma’lum darajada muvozanatdan chiqmoqda, bu esa yer yuzida
hayotiy jihatdan risoladagidek kechishiga xavf solmoqda. Shu
boisdan tabiiy muhitni asrash muammolari ko‘p jihatdan ekologik
tadqiqotlar bilan bog‘lanadi.
Ekologiya biologiya fanining asosiy, an’anaviy qismi sifatida
istalgan tirik organizm (odam) bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy
ekologiya hisoblanadi. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar,
biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining
manbayi hisoblanadi.
Shuning uchun ham ko‘pincha umumiy ekologiya quyidagi
asosiy bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya, sinekologiya,
populyatsiyalar ekologiyasi va biosfera.
Autekologiya ( “autos” yunoncha so‘z bo‘lib, “o‘zi” degan
ma’noni bildiradi). Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit
bilan o‘zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko‘proq va
uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi (“populyatson” fransuzcha so‘z
bo‘lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi
va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining
o‘zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya (“sin” yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma’nosi
“birgalikda” demakdir) biotsenozning tuzilishi va xossalarini,
ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqasini hamda
ularning tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera
(yunoncha “bios” – “hayot”, “sfera” – “shar”) haqidagi ta’limotni
vujudga keltirdi. Biosfera to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga keyingi
mavzularda alohida to‘xtalish ko‘zda tutilgan.
12
Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig‘i” hisoblanib, tirik
organizm-larning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan
iborat murakkab ekotizimlar majmuyini tashkil etadi.
Tirik mavjudotlarning atrof-muhitda saqlanib qolishi va
ularning biologik xususiyatlari: organizmlar va uyushmalarning
atrof-muhitga moslashishi, ekotizimlar va biosferaning o‘z-o‘zidan
boshqarilishi, barqarorligi kabi qonuniyatlarni o‘rganish yuqorida
ta’kidlangan barcha yo‘nalishlarga xosdir. Umumiy ekologiyani
yuqorida bayon etilgan tarzda tushunish, ko‘pincha, bioekologiya
deb ham yuritiladi.
Vaqt omili nuqtayi nazaridan tarixiy va tadrijiy ekologiya
ajralib turadi. Bundan tashqari ekologiya o‘rganishning aniq
obyektlari va muhitlari bo‘yicha ham tasniflanadi, ya’ni hayvonlar
ekologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi va mayda organizmlar
ekologiyasi bo‘yicha farqlanadi.
Shunday qilib, zamonaviy ekologiya odam bilan atrof-muhit
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning eng murakkab muammolarini
o‘rganadigan fanlararo fanga aylandi. Yer sayyorasi miqyosida
ekologik vaziyatning keskinlashuvi tufayli kelib chiqqan mazkur
muammolarning dolzarbligi va serqirraligi birmuncha tabiiy,
texnika va gumanitar fanlarni “ekologiyalashtirish”ga olib keldi.
Masalan, ekologiyaning boshqa bilim sohalari bilan tutashgan
joylarida muhandislik ekologiyasi, qishloq xo‘jaligi ekologiyasi,
geoekologiya,
koinot
ekologiyasi
kabi
yangi
ilmiy
yo‘nalishlarning rivojlanishi davom etmoqda.
Asosiy o‘rganish obyekti biosfera (umumiy ekologik tizim)
bo‘lgan dunyo ekologiyasi Yer sayyorasining ekologik
muammolari bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda “kishilik jamiyati
– tabiat” tizimidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi ijtimoiy
ekologiya, uning bir qismi bo‘lgan va odamning bioijtimoiy
mavjudot sifatida atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatini
o‘rganuvchi odam ekologiyasi jadal rivojlanayotir.
Ekologiyaning umumnazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ekologik tizimlar barqarorligining umumiy nazariyasini
ishlab chiqish;
13
muhitga moslashishning ekologik tuzilmasini o‘rganish;
populyatsiyalar sonining boshqarilishini tekshirish;
biologik xilma-xillik va uni saqlash tuzilmasini o‘rganish;
biologik mahsuldorlik jarayonlarini tadqiq etish;
biosferaning barqarorligini saqlash maqsadida unda
kechayotgan jarayonlarni tekshirish;
ekologik tizimlar holati va biosferada kechayotgan
jarayonlarni modellashtirish.
Ekologiyaning amaliy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
odamning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atrof tabiiy muhitda
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldindan aytib
berish va baholash;
biologiya boyliklaridan oqilona foydalanishning ilmiy
asoslarini yaratish, inson xo‘jalik faoliyati ta’siri asosida tabiatda
ro‘y beradigan o‘zgarishlarni oldindan bilish, biosferada
kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni
saqlab qolish;
atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash;
tabiiy resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan to‘g‘ri
foydalanish;
buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash, shu jumladan, foydala-
nishdan chiqarib tashlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini
tiklash (rekultivatsiya), yaylovlarni, kamhosilli tuproqlarni, suv
havzalari va boshqa ekotizimlar mahsuldorligini oshirish;
biosferaning etalon maydonlarini saqlash (konser-
vatsiyalash);
xavfli tabiiy hodisalar, avariyalar natijasida kishilarning
nobud bo‘lishi va salomatligini yo‘qotish mumkin bo‘lgan
holatlarning oldini olish;
ekologik ong, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim va
tarbiya tizimlarini shakllantirish va bu sohada ommaviy axborot
vositalari ishini faollashtirish;
ekologik xavfsiz barqaror taraqqiyotni ta’minlash
maqsadida, birinchi navbatda, ekologik jihatdan birmuncha
noqulay hududlarda muhandislik, agrotexnik, iqtisodiy, tashkiliy-
14
huquqiy, ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy masalalar yechimini
maqbullashtirish. Shunday qilib, “Ekologiya” fani kelajakning eng
muhim fanlaridan biri bo‘lib qoladi. “Tabiatga qo‘pol va
o‘zboshimcha munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz
bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat
kechirmaydi... Afsuski, hali ko‘plar ushbu muammoga beparvolik
va mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar”.
1.2. Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida
iqtisodiyotning roli
Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosabati hamda jonli
va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar mohiyatini
tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim
zamonlarda paydo bo‘lgan. Ekologiya fanining yuzaga kelganiga
ham 150 yildan ortiq bo‘ldi, ammo alohida fan sifatida XX asrning
ikkinchi yarmidan rivojlanib kelmoqda.
Amerikalik olim Ch.Adams (1913) ekologiya to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi. Ekologiyada organizm
bir butun tizim sifatida ko‘riladi. U tashqi muhit bilan o‘zaro
birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi. Bugungi kunga
kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan ajralib chiqib,
mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va
texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi
o‘ta kengayib keldi.
Insonning
tashqi
muhitga
munosabati
boshqa
tirik
organizmlardan tubdan farq qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik
organizmlarning uzviy bog‘lanishini ifoda etar ekan, u, shubhasiz,
tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Muhammad al-Xorazmiy (782-
850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-
1037), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) asarlarida,
xususan, Abu Rayhon Beruniy tadqiqotlarida odam bilan tabiat
o‘rtasidagi aloqadorlik, muvozanat va munosabat masalalari,
15
o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning
tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati bayon etilgan.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy
(782-850) 847-
yilda “Kitob sur’at al-arz” nomli asarini yozdi. Unda dunyo
okeanlari, quruqlikdagi materiklar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar,
tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar hamda undagi
o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar
– yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va
mashhur vakillaridan Abu Nasr Forobiyning (870-910) ilmiy-
falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida tabiatshunoslik
ilmi, ilmiy-amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalari
yoritilgan.
Forobiyning “Insoniyatning boshlanishi haqidagi kitob”,
“Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob” nomli asarlarida, shuningdek,
“Odam a’zolarining tuzilishi” kabi asarlarida odam va hayvonlar
ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari, ularning
o‘xshashligi va farqlari haqida keltirilgan.
Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy
narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan,
degan xulosaga keladi. Inson omilining katta ekanligini, tabiiy va
sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni
atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) koinotdagi hodisalarni
taraqqiyot qonunlari va narsa-hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan
tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning
ta’siri bilan izohlaydi. Inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda
borliqni ilmiy ravishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy fikricha,
yerdagi o‘simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur
imkoniyatlar cheklangandir. Lekin o‘simlik va hayvonlar cheksiz
ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. “Ekin va nasl
qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi”.
Beruniy “Saydana” nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni
tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklar, 101 tasi hayvonlar,
107 tasi esa minerallardan olinishi bayon etilgan.
16
Abu Ali ibn Sino
(980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa
qo‘shgan olimlardan biridir. Uning 450 tadan ortiq asarlari
ma’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari
orasida “Tib qonunlari” shoh asari tibbiyot ilmi tarqalishining oliy
cho‘qqisi hisoblanadi.
Kishi organizmiga tashqi muhit ta’sirini bilgan alloma ayrim
kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan.
Ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan
edi.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning
jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash
kitobi”da bayon etilgan bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl,
harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek,
matematika, kimyo, botanika, zoologiya, biologiya, astronomiya,
psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) nomi
aytilganda ko‘pchilik uni shoir deb biladi. Ammo Bobur faqat
shoirgina bo‘lmay, podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoh, ovchi
va bog‘bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo‘lgan. “Boburnoma”
Boburning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko‘rgan-
kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-
odatlari, hayvonlari, o‘simliklari va hokazo tasvirlangan. Unda
yer, suv, havo, turli xil tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari
ko‘plab topiladi.
Abulqosim Mahmud az-Zamahshariy asarlarida odamning
atrof-muhitga, tirik jonivorlarga munosabati go‘zal bo‘lishi
lozimligi ta’kidlanadi.
Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o‘rganish va
tavsiflashdan boshlangan. Bu fransuz Jan Anri Faber o‘zining
mashhur “Entomologik esdaliklar” (1870-1879) asarini yozgan
davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar
yashaydigan muhitni, ularning o‘zaro munosabatlarini, simbiozini
(grekcha – birga yashash), boshqa turlar bilan munosabatlarini
o‘rganishdan boshlangan. Bu ekologiyaning rivojida birinchi
davrdir.
17
VII-VIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning
ayrim guruhlarini o‘rganishga qaratilgandir. J.Byuffonning (1707-
1778) ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri
masalasi
ko‘tarilgan.
J.B.Lamark
(1774-1829)
dastlabki
evolyutsion ta’limotni o‘rtaga tashladi, o‘simlik va hayvonlarning
evolyutsion o‘zgarishlarda eng muhim omil bo‘lgan tashqi muhit
ta’siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar
(A.Gumbold) o‘simliklar geografiyasida yangi
ekologik
yo‘nalishni keltirib chiqardi.
1859-yilda Ch.Darvin “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning
kelib chiqishi” asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur
bilan muhit o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning
ko‘rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning
harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov (1825-1902) o‘simliklarning ichki va tashqi
tuzilishidagi xususiyatlarini, ularning geografik tarqalishlari bilan
bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun
ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatdi. 1877-yilda nemis
gidrobiologi K.Mebius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarini
asoslab berdi.
O‘simliklar jamoasi haqidagi ta’limotga G.F.Morozov,
V.V.Olexin, V.G.Ramenskiy, A.Shinnikov va xorijlik olimlardan
F.Kelementes, K.Raunkiyer, T.Dyuriye, I.Braun-Blanke va
boshqalarning fitotsenologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida R.N.Kashkarovning
“Muhit va jamoa” deb nomlangan O‘rta Osiyo universitetida
o‘qigan ma’ruzalari keyinchalik “Hayvonlar ekologiyasi asoslari”
nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo‘lib qoldi. Hayvonlarning
morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda
M.S.Gilyarov,
S.S.Shvarslar
katta
hissa
qo‘shdilar.
I.S.Serebryakov tomonidan gulli o‘simliklarning hayot shakllari
tasnifoti ishlab chiqildi. 1940-yillarning boshlarida tabiiy
sistemalarni o‘rganish jarayonida yangi yo‘nalish kelib chiqdi.
18
1935-yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942-yilda esa
V.N.Sukatyev biogeotsenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar.
1950-yilning boshlarida G.Odum, R.Untekker, R.Margalef
va
boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish
borasida ish olib bordilar. O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi
ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va E.P.Karovin hisoblanadi.
1930-yillarda ular tomonidan “Muhit va jamoa”, “O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston cho‘llarining turlari va ularni xo‘jalikda foydalanish
istiqbollari”, “Cho‘llardagi hayot” kabi ilmiy asarlari chop etilgan.
Bu asarlarda ekologiya va uning vazifalari, uslublari o‘z aksini
topgan.
O‘zbekiston FA ning Botanika institutida B.A.Bigurin
rahbarligida o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi.
Keyinchalik bu ishlarni amalda O.X.Xasanov, R.S.Vernik va
boshqalar davom ettirdilar.
1959-yilda janubiy-g‘arbiy Qizilqum cho‘l stansiyasi, 1960-
yilda Nurota yarimcho‘l stansiyalari tashkil etilib, u yerdagi yem-
xashak o‘simliklarining ekologik, fiziologik va biologik
yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va bu ishlar hozir
ham davom ettirilmoqda.
O‘zbekistonning hayvonot dunyosini o‘rganish ishlariga ham
F.N.Kashkarov muhim hissa qo‘shgan. U 1928-yilda AQSHga
borib, 7 oy davomida bu yerdagi yirik ekologlar Adams, Shelvord,
Chepman, Grinnel, Elli, Teylor, Forxisning ishlari bilan tanishib
qaytdi.
1950-yildan boshlab O‘zbekiston FAning zoologiya va
parazitologiya instituti olimlari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov,
I.I.Kolesnikovlar tomonidan davom ettirildi. Institut olimlari
tomonidan olib boriladigan asosiy tadqiqot yo‘nalishi O‘zbekiston
hayvonot olamining umumiy qonuniyatlarini o‘rganishga
qaratilgan.
O‘zbekiston FA akademiklari T.Z. Zohidov, A.N. Muxam-
madiev, muxbir a’zolaridan V.V. Yaxontov, M.A. Sultonov, R.O.
Olimjonov kabi olimlar O‘zbekistonda zoologiya tadqiqotlarining
rivojlanishida
o‘z
hissalarini
qo‘shganlar.
Jumladan,
19
M.A.Sultonovning
“Hasharotlar
ekologiyasi”
(1963),
T.Z.Zohidovning “Qizilqum cho‘llarini biotsenozlari” (1971) kabi
asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ekologiya fani rivojining ikkinchi davrida ekosistemalar, ya’ni
ekotizimlarni funksional bir butun tizim sifatida o‘rganilishiga
asosiy e’tibor bera boshlagan.
Bunda ekotizimlar o‘zaro aloqador organizmlar va har qanday
hududdagi atrof-muhit barcha elementlarining bir butunligidan
iborat deb qaralgan. Ekologik tizimlardagi jonli va jonsiz tabiat
elementlari bir butun holda o‘z muvozanatiga va o‘zaro
aloqalariga ega bo‘lib, bu muvozanat va aloqalar energiya hamda
moddaning o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ekologiya fani o‘z rivojining uchinchi davrida ekotizimlarning
o‘zaro ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekologik
tizimlarning o‘zaro munosabatlarini (aloqalarini) o‘rganish
boshlandi. Yer yuzidagi barcha ekotizimlar birgalikda yaxlit
biosferani tashkil etadi.
Biosferani o‘rganish – ekologiya fanining rivojida to‘rtinchi
davrdir. Biosfera barcha jonli organizmlar va inson hayot
kechiradigan muhitdir. U yerdagi o‘zaro bog‘liq barcha ekologik
tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Biosferada moddalarning
aylanma harakati oziqlanish orqali ro‘y beradi. Aytish mumkinki,
biosferada har bir organizm bir-birini yeydi va hech bir jonzot
yeyilishga mahkumlikdan xoli emas.
Ekologiya fani o‘z rivojining beshinchi davrida insonning
biosferadagi o‘rnini o‘rganadi. Bu davr ma’lum darajada
tugallangan evolyutsion davrdan iborat bo‘lib, u ilmiy ma’noda
biosferaning uyg‘unlashgan qismi bo‘lmish insonni takroriy ishlab
chiqaradi. Inson biosferaning boshqa barcha tarkibiy qismlari bilan
birgalikda evolyutsion yo‘lni bosib o‘tgan.
Shuningdek, atoqli tabiatshunos olim L.V.Peredelskiy fikricha,
(2006) ekologiya fani rivojini 3 bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqichda ekologiya fan sifatida vujudga keladi (XIX
asrning
60-yillariga
qadar).
Mazkur
bosqichda
tirik
organizmlarning yashash muhiti bilan o‘zaro aloqasi haqida
20
ma’lumotlar yig‘ilib, dastlabki ilmiy asoslangan xulosalar qilinadi.
Shu davrda J.B.Lamark (1774-1829) va T.Maltus (1766-1834)
insoniyatni odamning tabiatga ta’sir ko‘rsatishi tufayli yuz berishi
mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida ilk bor ogohlantirgan edi.
Ikkinchi bosqichda ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana
boshlagan davr – XIX asrning 60-yillari oxiri rus olimlaridan K.F.
Rule (1814-1858), N.A. Seversov (1827-1885), V.V. Dokuchaev
(1846-1903) kabi olimlar ekologiyaning bir qancha tushunchalari
va tamoyillariga asoslangan ilmiy ishlarini e’lon qiladi.
Amerikalik
ekolog
Y.Odum
tuproqshunos
olim
V.V.Dokuchaev (1846-1903) tabiiy mintaqalar yo‘nalishini ishlab
chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi va
ekologiyaning asoschilaridan biri deb hisoblagani bejiz emas.
XIX asrning 70-yillarida nemis olimi K.Myobius fanga
“biotsenoz” haqidagi tushunchani, ya’ni organizmlarning muayyan
tashqi muhit sharoitlarida bir-biriga muvofiq kelishi, mujassam
yashashi qonuniyatlarini kiritadi.
Tabiatshunos A.Tensli (1935) ekosistema to‘g‘risidagi
tushunchani ilgari surdi. 1940-yili rus olimi V.N.Sukachev
ekosistema tushunchasiga yaqin bo‘lgan biogeotsenoz atamasini
asosladi. XX asrning 20-40-yillarida ekologiya sohasida jahon
miqyosida
ko‘zga
ko‘ringan
olimlar
V.I.Vernadskiy,
V.N.Sukachev, E.S.Bauer, G.G.Gauze va boshqa fidoyi olimlar
fundamental izlanishlar olib borishdi: ekologiyaning mustaqil fan
sifatida to‘la-to‘kis shakllantirdi.
Mazkur mavzu biologiyaning mustaqil va eng muhim sohasi
ekanligini birinchi bo‘lib nemis biologi Ernest Gekkel (1834-
1919) tushungan va uni ekologiya deb atagan. Uning ta’rifiga
ko‘ra, ekologiya organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi
murakkab o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi.
Ekologiya mustaqil fan sifatida XX asr boshlarida to‘la-to‘kis
shakllangan. Mazkur davrda amerikalik olim Ch.Adams ekologiya
bo‘yicha dastlabki umumlashgan ma’lumotlarni e’lon qiladi. Rus
olimi V.I.Vernadskiy (1862-1945) esa biosfera haqidagi ta’limotni
yaratadi. Amerikalik olim R.Makkenzi odam ekologiyasi masalasi
21
bilan shug‘ullanib, ijtimoiy ekologiyaning asoslarini ishlab
chiqadi.
XX asrning ikkinchi yarmida odamning tabiatga ta’siri va
atrof-muhit ifloslanishining keskin kuchayishi tufayli ekologiya
alohida ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi bosqichi XX asrning 50-yillaridan hozirga qadar
boshlanadi. Ekologiya mazkur bosqich ibtidosida tabiiy muhit
muhofazasi va tabiatdan foydalanishga oid bilimlarni o‘z ichiga
olgan majmuaviy fanga aylanib, tegishli geografik, geologik,
kimyoviy, fizikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy tushunchalarni
ham o‘zida mujassamlaydi.
O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari
D.N.Kashkarov va E.P.Karovin hisoblanadi. Ekologiya rivojining
mazkur bosqichida A.Abulqosimov, Z.Akramov, L.Alibekov,
P.Baratov, T.Jumaev, K.Zokirov, T.Zohidov, A.Muzaffarov,
A.Muhamadiev, M.Muxamedjanov, S.Nishonov, A.Rafiqov,
M.Rasulov, A.Saidov, Y.Sultonov, M.Umarov, J.Xolmo‘minov,
Y.Shodimetov, A.Ergashev, P.G‘ulomov kabi o‘zbek olimlari
tomonidan ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan
foydalanishning turli jihatlari chuqur tadqiq etilgan.
Qadimda ovchilar uchun ovlanadigan qushlar, baliqchilar
uchun baliqqa mo‘l suvlar, dehqonlar uchun ekin ekishga yaroqli
va qulay hududlar joylashgan yerlar muhim ahamiyat kasb etgan.
Chorvachilik va dehqonchilik rivojlanib borgani sari tabiat va
atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ham ortib,
odamlar muayyan joylarni baholash va tanlashga o‘rganishgan.
Kishilar avvaliga to‘qay va o‘rmonlardan yer ochib, dehqonchilik
qilishgan. Quyi Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon daryolari
sohillarida vujudga kelgan dehqonchilik madaniyati tarixi bunga
misoldir.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining uzoq davrlarida odamlar
o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his etgan holda uni ilohiy kuchga
ega maskan, deb hisoblaganlar. Odamlarning tabiatga bunday
yondashuvi, birinchidan, tabiat turarjoy, kiyim-kechak va oziq-
ovqat manbayi ekanligi, ikkinchidan, tabiat hodisalari va ularning
22
sodir bo‘lish sabablari to‘liq anglanmaganligi ilohiy kuchga
e’tiqod tufayli vujudga kelgan.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab sanoat,
transport va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tez sur’atlar
bilan o‘sishi hamda aholining ko‘payishi tufayli yer-suv
resurslaridan keng va ko‘p foydalanilgan, ayni paytda atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, uning dastlabki tabiiy holati
o‘zgara boshlagan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik)
ishlab chiqarishi natijasida atmosfera havosi, tuproq va suv
havzalarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ba’zi
turlarining kamayib ketish holatlari kuzatila boshlangan.
Odamlar tabiat va uning boyliklaridan keng ko‘lamda
foydalana boshlagan, biroq atrof-muhitdagi o‘zgarishlar tabiat va
jamiyat uchun qay darajada naf keltirayotganligi e’tiborga
olinmagan. Qishloq xo‘jaligi faoliyati, asosan, paxtachilik tufayli
tabiiy muhit holati yomonlashib, ekologik tizimlar (landshaftlar)
muvozanatida salbiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasida milliy mustaqillik tufayli tabiat va
inson, ijtimoiy ekologiya sohasidagi haqiqiy ahvol oydinlashgan.
Respublikada o‘ta og‘ir va noqulay ekologik vaziyatli hududlar,
xususan, Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli mavjudligi
jahon hamjamiyatiga ayon bo‘ldi. O‘zbekistonga sobiq sho‘ro
tuzumi davridan juda og‘ir ijtimoiy-ekologik vaziyat meros bo‘lib
qolgan.
O‘zbekiston tabiatidagi salbiy o‘zgarishlarning bosh sababchisi
tabiiy jarayonlar bo‘lsa-da, ular antropogen omil – tabiiy ekologik
qonuniyatlarni hisobga olmasdan, noto‘g‘ri xo‘jalik yuritish
tufayli vujudga kelgan. Orol dengizining qurishi “dunyoning eng
og‘ir ekologik halokatlaridan biri” sifatida baholanmoqda.
Ta’kidlash joizki, hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek
tabiat bilan bevosita uzviy bog‘lanmagan. O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligida yaroqli yerlarning cheklanganligi, tuproq sho‘rlanishi
va unumdorligining pastligi, tuproqning suv va shamol ta’sirida
yemirilishi, atmosfera havosi va suv zahirasi taqchil bo‘lgan
sharoitda tabiiy va sun’iy ifloslanishlar kuzatilayotganligi, bu
23
jarayonlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, maishiy
turmush, transport, mashina va mexanizmlar o‘ziga xos o‘rin tutib,
ayrim mahalliy va mintaqaviy ekologik tizimlarga, ularning tabiiy
muvozanatiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston tabiiy-ijtimoiy muhitida katta o‘zgarish va
yangilanishlar sodir bo‘layotganligi, eng yangi ekologik
texnologiyalarga
asoslangan
ishlab
chiqarish
vujudga
kelayotganligi, respublika tabiati, uning tabiiy va antropogen
landshaftlari yanada go‘zal hamda ko‘rkam bo‘lib borayotganligi
har bir fuqaro qalbida jo‘shqin iftixor tuyg‘usini vujudga keltiradi.
Bugungi kunda jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabati
borgan sari murakkablashib, “odam-tabiat-xo‘jalik-atrof-muhit”
tizimida ekologik xavfsizlikni ta’minlash ko‘p omilli jarayonga
aylanmoqda. Aslida ekologik xavfsizlik eng yuksak bioijtimoiy
qadriyat – odam va tabiatdagi tirik mavjudotlar hayotining
himoyalanganlik holatidir.
Bu, eng avvalo, chiqindisiz, kamchiqitli va ekologik toza
texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhit muhofazasining ekologik
asoslari va iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish, ekologik
huquqbuzarlik yuzasidan choralar ko‘rish hamda fuqarolarda
ekologik bilim va tafakkurni shakllantirish orqali barqaror
taraqqiyotni ta’minlash masalasi bo‘lib, ular umumiy ekologiya
fani va atrof-muhit muhofazasi faoliyatining eng dolzarb amaliy
vazifalariga aylangan.
1.3. Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit
Ekologiya fani biologiyadan ajralgan holda mustaqil ravishda
juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan makroekologik fanga
aylandi. Uning tarkibida bir necha mustaqil bo‘limlar yoki ilmiy
yo‘nalishlar mavjud. Bularning barchasi ekologiyaning boshqa
fanlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishi, o‘z navbatida, ularni
ekologiyaning tadqiqot usullaridan foydalanib, mavjud masalalarni
muvaffaqiyatli hal qilayotgani bilan bog‘liq.
24
Makroekologiyaning tuzilishida quyidagi asosiy bo‘limlarni
ajratish mumkin: umumiy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya,
inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, tabiatdan foydalanishning
ekologik iqtisodiyoti, amaliy ekologiya va hokazo. Har bir bo‘lim
o‘z navbatida kichik bo‘limlardan tashkil topgan, ular yo‘nalishlari
bo‘yicha boshqa fanlar va ekologiyaning boshqa bo‘limlari bilan
aloqada bo‘ladi.
Umumiy ekologiya yagona fundamental ilm asosida barcha
ekologik yo‘nalishlar va uslublarni o‘z ichiga olgan ekologiya
hisoblanadi. Uning negizi nazariy ekologiya bo‘lib, ekologik
tizimlar mavjud bo‘lishining umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi.
Ekologik jarayonlarni tajriba yo‘li bilan o‘rganish ekologiyada
ko‘p qo‘llaniladi. Eksperimental ekologiya yutuqlaridan fanning
boshqa bo‘limlarida keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek,
ba’zi jarayonlar modellashtirish usulida o‘rganiladi, masalan,
sun’iy laboratoriya ekologik tizim modeli, matematik model va
hokazo. Bu jihatdan matematik modellashtirish keyingi vaqtda
amalda keng qo‘llanilmoqda va u nazariy ekologiyaning asosini
tashkil qiladi.
Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo‘nalishlar
ayrim fanlarning bo‘limi sifatida rivojlanmoqda. Jumladan,
fiziologik ekologiya, palekologiya, evolyutsion ekologiya,
morfologik ekologiya, dengiz va chuchuk suv ekologiyasi-
gidroekologiya, odam ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va hokazo.
Biologik ekologiya – ekologiyaning asosi. Uning asosiy qismi
tizimli ekologiya bo‘lib, turlar (autekologiya), populyatsiya
(populyatsion ekologiya yoki demoekologiya), ko‘p turli
turkumlar, biotsenozlar (sinekologiya), ekologik tizimlar
(biogeostenologiya, ekotizimlar to‘g‘risida ta’limot) kabi
qismlarni
birlashtiradi.
Evolyutsion
ekologiya
ekologik
omillarning evolyutsiyadagi ahamiyati to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Geoekologiya – tirik organizmlarning atrof-muhit bilan bo‘lgan
munosabatlarini geografik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Bu
munosabat tabiiy jihatdan chegaralangan geografik majmualarda
25
sodir bo‘lib, barcha ekologik qonuniyat va qonunlar mazkur
hududlarda o‘rganiladi.
Palekologiya tabiatdan yo‘qolib ketgan organizmlar, turlar,
guruhlarning ekologiyasini o‘rganadi.
Evolyutsion ekologiya tabiatdan populyatsiyaning o‘zgarib,
rivojlanib turishini, ekologik mexanizmlarni o‘rganadi.
Amaliy ekologiya amaliy biologiya faniga mansub bo‘lib,
tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini amaliy
holda o‘rganadi.
Odam ekologiyasi fanlar majmuasi bo‘lib, odamning individ
(biologik tur sifatida) va shaxs (ijtimoiy subyekt) sifatida uni o‘rab
turgan atrof-muhit va ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan o‘zaro
munosabatini tadqiq qiladi. Odam ekologiyasininig muhim
xususiyati ijtimoiy-biologik yondashuv – biologik va ijtimoiy
aspektlarning to‘g‘ri muvozanatda bo‘lishidir.
Ijtimoiy ekologiya odam ekologiyasining bir qismi sifatida
ijtimoiy tuzilmalar (oila va boshqa ijtimoiy guruhlar)ning ularni
o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit orasidagi aloqalarini
o‘rganadi. Bu to‘plamga odam populyatsiya ekologiyasi,
aholishunoslik ekologiyasi – ekologik demografiya, etnoslar
ekologiyasi va etnogenez ekologiyasi – irq va millatlar kiradi.
Ijtimoiy ekologiyaga taraqqiyot (sivilizatsiya) va evolyutsion
(tarixiy) ekologiya ham kiradi.
Inson ekologiyasi – insonning tashqi muhitga munosabati
boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi
yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar Borjes va Park
tomonidan kiritilgan.
Dastlabki inson ekologiyasi tibbiy soha bo‘limi sifatida qaralib,
keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, ma’muriy, iqtisodiy va huquqiy
tomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga
va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o‘rganadi.
Ijtimoiy ekologiya inson ekologiyasini o‘rganish natijasida
vujudga keldi. Unga birinchi bo‘lib, Raderik Mak Kenzil ta’rif
bergan. Bu fan ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti
inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy bog‘lanishlarini
26
o‘rganishdan iborat. Ya’ni jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi turli
ekologik munosabatlarni o‘rganadi.
Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi – gidroekologiya turli suv
havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o‘sish, rivojlanish,
ko‘payish, tarqalish qonunlarini o‘rganadi.
O‘simliklar ekologiyasi o‘simliklarning qayerga moslashishi,
muhit omillariga morfologik moslashishlari, ularning ko‘rinishi,
turlari va hokazo o‘rganiladi.
O‘simliklar olami vakillarining turli sharoitga moslashishlari
natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan
o‘simliklar tashqi qiyofalariga qarab, “daraxtlar”, “butalar”,
“yarimbutalar”, “o‘t-o‘simliklar”, va “suvda o‘suvchi o‘simliklar”
nomi bilan atalib kelgan.
O‘simliklar ekologik shakllarini farqlashda gidrofit, mezofit,
boshoqli, kserofit, galofit, o‘sish shakli, epimorfa kabi atamalar
ham ishlatilib, ular, asosan, o‘simliklar tashqi qiyofasi haqida
ma’lumot beradi.
Hayvonlar ekologiyasi hayvonlarning yashash muhit omillariga
morfologik moslashishlari va ularning tashqi muhitlarini
o‘rganadi. Ularning tashqi qiyofasi hayotiy shakllari orqali bo‘lib,
turli tashqi ko‘rinishlar evolyutsion jarayonlarda hosil bo‘lgan.
Koinot ekologiyasida koinotdagi muhit o‘rganiladi. Abu
Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot
qonunlari hamda narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan
tushuntirishga urinadi.
Xususiy ekologiya umumiy ekologik qonunlarni ayrim
taksonomik birliklar (organizmlar olamidan turlargacha), har xil
yashash joylar, turli biologik iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan
qo‘llashni o‘rganadi.
O‘zbekistonda tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunlar,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
qo‘yilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning ekologik
madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish
maqsadlarida uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyaning ommaviy va
kompleks tizimi izchil amalga oshirilmoqda.
27
Minimum ekologik bilim olish mamlakatning har bir
fuqarosining burchiga aylandi. Shuning uchun “Ekologiya” kursini
o‘rganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yo‘nalishidagi
mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir.
Ekologiya bo‘yicha savodsizlik omillikning eng dahshatli
shakli hisoblanadi. Bu narsa atrof-muhit bilan zaruriy
munosabatlarni bilmaslikda aks etadi. Shuning uchun ham
ekologiyaning vazifalaridan biri insonlarga ekologik tarbiya
berishdan iboratdir. Shu yerda “ekologik bumerang” iborasi ustida
to‘xtashga to‘g‘ri keladi. Bu inson bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi
munosabatlarni bilmaslik oqibatida paydo bo‘ladigan jarayondir.
Inson tabiatning tabiiy qonuniyatlarini hisobga olmasdan, unga
o‘tkazgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va
buning evaziga murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks
ettiruvchi iboradir.
Ekologiyaning vazifalaridan biri bo‘lgan ekologik ta’lim-
tarbiyaning ahamiyati shundaki, noxushliklarga aql-zakovat bilan
chek qo‘yish mumkin. Demak, hozirgi ekologik inqirozning kelib
chiqishidagi tartibsizliklarga chek qo‘yish zarur.
Ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash lozim. Ya’ni kelajak
avlodlarga zarar keltirmagan holatda insoniyat o‘z ehtiyojlarini
me’yorda taraqqiy ettirishi kerak. Ekologik barqaror rivojlanish
konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli taraqqiyoti zaminidir.
Uning kapital mablag‘larini ham me’yordan oshirishiga, ekologik
sharoitning yaxshilanishiga turtki bo‘lishi zarur.
Bunday holatni yaratish uchun ekologik ta’lim-tarbiyani oila,
bog‘cha, maktab, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida uzluksiz
olib borish zarur bo‘ladi. Ekologik nuqtayi nazardan ta’lim olgan
inson yuqorida zikr qilingan fikrlarni hayotda amalga oshirish
uchun harakat qilmog‘i zarur.
Aks holda, tabiatni, tabiiy muhitni yo‘q qilish asorati insonning
tirik qolishiga imkoniyat bermasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Inson
tabiat ustidan hukmdor bo‘lishi kerak, degan fikrdan qaytish
lozim. Aks holda ekologik bumerang jarayoni insonning o‘ziga
xavf tug‘diradi. Hozirgi kunda katta va kichik mamlakatlar
28
imkoniyatlari darajasida ekologiya sohasida insonlarga ta’lim
berishni rivojlantirmoqda.
Xususan, respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish va
ekolog kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son farmonida
“Ekologik
tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va
atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni tashkil etish” bo‘yicha tegishli chora-
tadbirlar belgilandi
4
.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda turli aholi
guruhlarini atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun qayta
o‘qitish kurslari, “Ekologik ta’lim asoslari”, “Atrof-muhit”,
“Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish”,
“Ekologiya va yoshlar tarbiyasi”, “Qishloq xo‘jalik ekologiyasi”
kabi qisqa kursli darsliklarda ekologik muammolarning oldini
olish, tabiatni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
kabilar yozilgan bo‘lib, inson ularni o‘qib kerakli ma’lumotlar
oladi.
Ushbu fanni o‘rganishda B.Kommoner tavsiya etgan quyidagi
tabiat iqtisodiyoti qonunini (prinsipi) har tomonlama hisobga olish
kerak: hammasi bilan bog‘langan; hammasi qayoqqadir g‘oyib
bo‘ladi; hech narsa bekorga in’om qilinmaydi; tabiat yaxshiroq
biladi.
Shuning uchun ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik
bilimga ega bo‘lmasdan, atrof-muhit muhofazasi muammolarini
hal qilib bo‘lmaydi.
Masalan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini joriy etish. Bunga
oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim;
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish
to’g’risida”gi PF-5024-son farmoni. www.lex.uz
29
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida
ekologik ta’lim; oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini
oshirib borish; oliy ta’limdan keyingi ekologik ta’lim kabilar
kiradi.
Ekologik holatning oldini olish maqsadida inson ekologik
madaniyat to‘g‘risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo‘ladi.
Ya’ni ekologiya bo‘yicha madaniyatli inson, avvalo, tabiatning
rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi zarur, o‘z faoliyati
ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olishi
darkor. Shu ma’noda ekologik madaniyat umuminsoniy
ma’naviyatning moddiy hamda axloqiy faoliyat mahsuli sifatida
aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab yetishi lozim.
Ekologik madaniyat tarqqiyoti, o‘z navbatida, ekologik ta’lim-
tarbiya hamda ma’lumotlarni aholi o‘rtasida ma’rifatning hamma
usullaridan foydalanib, ommaga yetkazish bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari, atrof-muhit,
autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya, ekologik
tizimlar, makroekologiya, umumiy ekologiya, biologik ekologiya,
geoekologiya, palekologiya, evolyutsion ekologiya, amaliy
ekologiya, odam ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, dengiz va
chuchuk suv ekologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi, hayvonlar
ekologiyasi, koinot ekologiyasi, xususiy ekologiya.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining
manbalari haqida nima bilasiz?
2. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining tarixiy
shakllanishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti tadqiqotlar
nimaga qaratiladi?
30
4. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fan sifatida
o‘rganishga nima sabab bo‘ldi?
5. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining nazariy va
ilmiy tadqiqot uslublari nimadan iborat?
6. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti muammolarning
kelib chiqish sabablarini ayting.
7. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti tushunchalarini
aytib bering.
8. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotiga qanday
omillar ta’sir ko‘rsatadi?
31
II BOB. ATROF-MUHITNI QADRLASH
2.1. Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak?
2.2. Tanlov tajribalari.
2.3. Geografik axborot tizimlaridan foydalanish
orqali baholash.
Tabiatni asrab-avaylash har
birimizning burchimizdir.
2.1. Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak?
Atrof-muhitni qadrlash.
“Biosfera” yangi atama bo‘lib, fanda
XIX asrdan shakllana boshlandi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik
ekotizimdir. Yerning tirik organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘
jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vernadskiy
biosfera
(
yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb nomlagan.
Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig‘i” hisoblanib, tirik
organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan
iborat murakkab ekotizimlar majmuyini tashkil etadi. Demak,
biosfera insoniyat yashaydigan muhit bo‘lib, uning hayotiy
jarayonlari shu muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson xatti-
harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qayerda yashashidan qat’i
nazar, shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit-tabiat bilan
doimiy bog‘langan bo‘ladi.
V.I.Vernadskiy ta’rifiga ko‘ra, biosferaga hozirgi vaqtda
faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib
qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar
ishtirokida hosil bo‘lgan litosferaning qismi ham kiradi.
Biosfera tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay
muhit yaratish imkoniga ega bo‘lgan ulkan borliqdir. Barcha tirik
organizmlar kabi biz ham bu ulkan borliqda o‘z faoliyatimizni
o‘taymiz. Biosferada inson uchun zarur narsalarning hammasi
32
mavjud. Ular u yoki bu tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga,
inson tabiatga o‘z ta’sirini ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi.
“Biosfera” atamasi fanga avstriyalik geolog Eduard Zyuss
tomonidan 1875-yil kiritildi. Uning fikricha, biosfera yupqa qobiq
bo‘lib, yerni o‘rab turadi. U davrda fanning bu yo‘nalishi mutlaqo
shakllanmagan edi. XX asrga kelib, fanda, insonlar hayotida
biosferaning ahamiyati shunchalik oshib ketdiki, pirovard natijada
tabiatshunoslikda yangi ilmiy yo‘nalish – biosfera haqida ta’limot
yaratildi va juda tezlik bilan rivojlandi.
Bu yo‘nalishga buyuk sovet olimi V.I.Vernadskiy asos soldi.
Aslida bu vaqtgacha “biosfera” ham biosferani anglatadigan
“hayot maydoni”, “tabiatning ko‘rinishi”, “yerning tirik qoplami”
yoki boshqa atamalar bilan izohlangan. Tabiatshunos olimlar
“biosfera” atamasini uzoq izlashgan.
V.I.Vernadskiy atmosferadagi barcha kislorod organizmlar
hayot tarzi mahsulidir, deb hisoblaydi. Toshko‘mir, neft, bor, torf,
ohaktosh, fosforit, ko‘plab temir va marganets rudalari hamda
tuproq organizmlarning hayot tarzi evaziga hosil bo‘lgan. Bu
biokimyoviy jarayonning yer yuzida davom etishida quyosh
energiyasi nurlari birlamchi rol o‘ynaydi. Quyosh nurlari yashil
o‘simliklarning xlorofill donalarini tutib qolib, fotosintez
jarayonida karbonat angidridi bilan birga erkin kislorodni ham
hosil qiladi. Erkin kislorod esa yordamchi jarayonlar uchun katta
rol o‘ynaydi.
Dastlabki paytlarda “biosfera” atamasi orqali sayyoramizda
yashovchi tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va yashashi
tushunilgan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va
kosmik jarayonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan.
Keyinchalik biz yashab turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik
moddalar va ularning ta’sir kuchiga bog‘liq ekanligi olimlar
tomonidan tan olindi.
Hatto “biosfera” atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama
muomalaga kiritilganidan 30 yil o‘tgach, yozilgan “Yerning yuzi”
nomli kitobida (1909) biosferaning qayta ta’sir kuchini sezmagan,
33
uni ma’lum vaqtda, ma’lum sharoitda yerdagi hayot kechiradigan
organizmlarning birligi deb izohlagan.
Biosfera tushunchasi biologiyaga J.Lomark, geologiyaga esa
E.Zyuss tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati to‘g‘risida
ular biror aniq fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfera
to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi.
Sayyoramiz qiyofasining geoekologik davrlar mobaynida o‘zgarib
kelganligi qadimda faqat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb
qarab kelingan.
V.I.Vernadskiy birinchi bo‘lib tirik organizmlarning geologik
roli to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi va yer po‘stining o‘zgarishida
tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini ko‘rsatdi.
Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit quyosh tizimining bir
qonuniyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7
mlrd. yillar burun quyosh tizimida gaz moddalaridan yer sayyorasi
hosil bo‘ldi. Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun
quyoshdan elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi.
Quyoshning harorati yerdagi iqlimni hosil qiladi va barcha
geologik jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning
tubidan juda katta miqdorda harorat chiqadi.
Sayyoramizning hajmi nisbatan kichik bo‘lib, undagi tabiiy
resurslar miqdori cheklangan. Sayyoramizning tuzilishi bir xil
emas, u ichki va tashqi qobiqlar bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i
geosfera bo‘lib, u ham o‘z navbatida ikkiga: yadro va mantiyaga,
tashqi qobig‘i esa litosfera, gidrosfera, atmosferaga bo‘linadi.
Bularning hammasi yerning murakkab birlashgan qobig‘i –
biosferani tashkil qiladi. Biosfera quyosh energiyasi ta’sirida uzoq
biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan yerning o‘ziga
xos qobig‘idir.
34
1-rasm. Biosfera va uning tarkibiy tuzilishi.
Biosfera tarkibiga atmosferaning quyi qatlamlari, ya’ni 15-20
km balandlikkacha bo‘lgan troposfera va stratasferaning pastki
qismi, Dunyo okeanining eng chuqur botiqlari (11 km),
litosferaning yuqori yer yuzasidan 4,5 km gacha bo‘lgan chuqurlik
qismlari kiradi. Bu chuqurlikdagi neft qatlami suv tarkibida hamda
yuqorida ozon ekranigacha bo‘lgan chegaralar oralig‘ida tirik
mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosferaning tarkibiy
qismidir.
Buyuk olim J.B.Lamark (1744-1829) yer po‘stining
shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda
katta ekanligini ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va
uning po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik
organizmlarning uzluksiz harakati tufayli hosil bo‘lgan.
Biosfera haqidagi ma’lumotlar botanika, tuproqshunoslik,
o‘simliklar geografiyasi va boshqa biologik va geografik
fanlarning rivoji bilan shakllanib bordi. Biosferani tushunish va
uni bilish ekologiya fani yuzaga kelishi bilan to‘ldirildi, chunki
ekologiya tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog‘liqligini
o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Biosfera tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya
va moddalar aylanishi tirik organizmlar ishtirokida kechishini
ko‘rsatadi. Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920) biosferani
35
tushunishning aniq yo‘lini uch xil tirik – avtotrof, geterotrof,
miksotrof organizmlar bilan ko‘rsatadi:
avtotrof organizmlar tabiatdagi anorganik moddalarni
iste’mol qiladi;
geterotrof
organizmlar
past
molekulali
organik
birikmalarni iste’mol qilishga moslashgan;
miksotrof organizmlar oziqlanishiga ko‘ra aralash
(avtotrof va geterotroflar)dir.
Biosfera yerning o‘ziga xos qobig‘i bo‘lib, barcha tirik
organizmlarni bir-biriga bog‘liq holda saqlaydi va ular sayyorada
moddalar bilan uzluksiz modda almashinuvini olib boradi.
Biosfera eng katta ekosistemaning asosi hisoblanib, o‘z navbatida
abiotik va biotik qismlarga bo‘linadi.
Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar K.A.Timiryazev,
V.R.Vilyams,
B.B.Polonov,
N.I.Vavilov,
V.N.Sukachev,
A.Loparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa V.I.Vernadskiylar katta
hissa qo‘shgan. Biosfera mavjudligining asosi unda modda va
energiya almashinuvidir. Unda organizmlar va ularning hayot
muhiti o‘zaro bog‘lanishda bo‘lib, bir butun organik harakatdagi
tizimni vujudga keltiradi.
Biosferaga xos xususiyatlar quyidagilar: tirik moddalarning
qatnashishi, suyuq holdagi ko‘p miqdordagi suvning mavjudligi,
kuchli quyosh energiyasi oqimi hamda moddalarning qattiq suyuq
va gaz holda uchrashidir.
Umuman, yerdagi har qanday jarayonlarning manbayi va
boshlanishi quyosh energiyasi hisoblanadi. Energiyaning aylanishi
moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Moddalar
kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi.
2.2. Tanlov tajribalari
Atrof-muhitning
bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim yoki
ekotizimdir. U ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik
organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-
36
energetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan.
“Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L.Tensli (1935)
tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki
o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi.
Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan,
sun’iy akvarium, issiqxona, bug‘doy maydoni va h.k.) va
murakkab yashash tabiiy muhiti (ko‘l, o‘rmon, okean)ga nisbatan
qo‘llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali)
ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida
tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng
tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli
qayir ko‘llari rivojlangan.
Tirik organizmlarni o‘rab turgan fizik qurshov yoki tevarak-
atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar
majmuyi
muhit
deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar
ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini
ekologik muhit
tushunchasi ifodalaydi.
Organizmlarning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar
zarurdir. Hayot muhitlari alohida yashash muhitlariga bo‘linadi.
Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik
xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir. Masalan, suv hayot
muhitida chuchuk va sho‘r suvli yashash muhitlari, oqar va oqmas
yashash suv muhitlariga ajratiladi. Yashash muhiti, yashash joyi
va geotoplarga bo‘linadi.
Ekotizimning barcha elementlari ham biotik, ham abiotik
omillar ta’siridandir. Bu jarayonlar muayyan muhit sharoitlarida
ro‘y beradi.
Ekologik nuqtayi nazardan muhit shunday tabiiy jismlar va
hodisalarki, organizm ular bilan bevosita yoki bilvosita
munosabatda bo‘ladi. Organizmning atrof-muhiti nihoyatda xilma-
xil bo‘ladi. U vaqt va makonda ko‘pdan-ko‘p harakatdagi
elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkil topib, ular omillar
sifatida ko‘zdan kechiriladi.
Tirik organizmlar asosan to‘rtta muhitda: suv, havo, tuproq,
organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va
37
havo o‘lik, tuproq oraliq, organizm tirik muhitlardir. Muhitning
tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi tarkibiy
qismlari
ekologik omillar
deb ataladi. Hozirda ushbu omillarning
kelib chiqish vaqti bo‘yicha muhitga, xarakteriga, ta’sir etish
xususiyatlariga qarab
abiotik
(o‘lik tabiatning ta’siri),
biotik
(tirik
organizmlar bilan bog‘liq ta’sir) va a
ntropogen
(inson faoliyati
natijasida ta’sir) omillarga bo‘linadi (N.N.Ponomaryova, 1975).
1.
Abiotik omillar
organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy
jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:
iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik va shamol, bosim;
edafik: tuproqning mexanik va fizik-kimyoviy tarkibi,
xossalari va h.k.;
topografik yoki orografik: relyef sharoiti – joyning baland-
pastligi va h.k.;
gidrologik: suv muhiti xususiyatlarining ta’siri.
2.
Biotik omillar
organizmlarning turli shakllaridagi o‘zaro
munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi:
fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bevosita
va bilvosita ta’sirlari;
zoogen – hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi,
changlatishi, meva va urug‘larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish
kabi ta’sirlari;
mikrobiogen va mikogen – mikroorganizm va
zamburug‘larning ta’siri orqali.
3.
Antropogen omillar
insonning faoliyati natijasida kelib
chiqadigan ta’sirdir. Bu omil yashash muhitining o‘zgarishi,
ekotizimlarning tarkibiy qismlaridagi bog‘lanishlarning buzilishi,
inqirozi, hatto biotsenozlarning butunlay yo‘qolishiga sababchi
bo‘lishi mumkin.
Qulay sharoitda yashash, rivojlanish, ko‘payish uchun
organizmlar yetarli miqdorda zarur omillar majmuasiga ega
bo‘lishi kerak.
Atrof-muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin
omillaridan iboratdir. Bu omillar bir-biriga va tirik organizmlarga
38
ta’sir o‘tkazuvchi ko‘pdan ko‘p harakatchan elementlardan tashkil
topgan.
Asosiy iqlimiy omillar quyidagilar:
a) Quyoshning bo‘shliqqa elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida
tarqaluvchi nurli energiyasi Quyosh radiatsiyasi energiyasining 99
%ga yaqini, 0,7-4,0 mkm uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinli nurlar
tashkil etadi. Shundan 48 %i to‘lqin uzunligi 0,4-0,76 mkm
bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan qismiga, 45 %i infraqizil (to‘lqin
uzunligi 0,75 mkm dan 10
-3
metrgacha) va 7 %ga yaqini
ultrabinafsha (to‘lqin uzunligi 0,4 mkm) nurlarga to‘g‘ri keladi.
Hayot uchun infraqizil nurlar muhim ahamiyatga ega, fotosintez
jarayonida esa to‘q sariq, qizil va ultrabinafsha nurlar eng muhim
rol o‘ynaydilar.
Quyosh radiatsiyasining atmosfera orqali yer sathiga o‘tadigan
energiyasi miqdori amalda doimiy va 21*10
23
Dj atrofida bo‘ladi.
Bu raqamni “Quyosh doimiysi” deb ataladi. Ammo quyosh
energiyasining yer sathi turli nuqtalariga kelishi bir xil emas va u
nur tushishi burchagining uzunligi, atmosfera havosining
shaffofligi va hokazolarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham doimiy
quyoshlilikning vaqt birligida sathning 1 sm
2
ga to‘g‘ri keladigan
joul miqdorlarida ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 1s 0,14 Dj.
sm kv. ga yaqindir.
Yer sathi quyosh energiyasini nafaqat yutadi, balki qisman uni
qaytaradi ham. Ma’lumki, oq rangga bo‘yalgan sathlar qoraga
bo‘yalganlarga qaraganda nurni jadalroq qaytaradi. Harorat va
namlikning umumiy holati sathning yutishiga bog‘liq. Chunonchi,
toza qor quyosh radiatsiyasi energiyasining taxminan 80-95 %ini,
ifloslangan qor esa 40-50 %ini, qora tuproqli yerlar 5 %gacha,
quruq ochiq rang yerlar 35-45 %ini, igna bargli o‘rmonlar 10-15%
ini qaytaradi;
b) Yer sathining nurli energiya va nur oqimining davomiyligi
hamda jadalliligi bilan belgilanuvchi jarayon yoritilganlikdir.
Yerning aylanishi natijasida kunduz (yorug‘lik) va kecha
(qorong‘ilik) almashib turadi. Yoritilganlik barcha jonzotlar uchun
muhim rol o‘ynaydi. Organizmlar ham fiziologik jihatdan kunduz
39
va tunning almashinishiga, kecha-kunduzning qorong‘i va yorug‘
davriga nisbatan moslashgan.
Amalda barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning
almashishi bilan bog‘liq sirkad (kecha-kunduz) maromlari deb
ataluvchi faollik mavjuddir. Ko‘pgina o‘simliklar faqatgina
kunduzgi vaqtda gullashga qodirdir. Kechasi esa gullar gulkosasini
berkitib oladi. Yorug‘likka nisbatan munosabatiga ko‘ra,
o‘simliklar yorug‘likni sevuvchilar va soya bardoshlilarga
bo‘linadi;
d) atmosfera havosining suv bug‘lariga to‘yinishi bilan bog‘liq
namligi.
Atmosferaning
pastki
qatlamlari
1,5-2,0
km
balandlikkacha namlikka juda boy bo‘ladi. Bu qatlamda taxminan
50 %gacha namlik to‘planadi. Havodagi suv bug‘i miqdori havo
haroratiga bog‘liqdir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, havoda
shuncha namlik ko‘p bo‘ladi. Ammo u yoki bu aniq haroratda
havoning suv bug‘i bilan to‘yinishida eng ko‘p namlik yoki
maksimal namlik deb ataladigan chegara bor.
Odatda, havoning bug‘ bilan to‘yinishi eng ko‘p darajaga yetib
bormaydi. Eng ko‘p to‘yinish va to‘yinmaslik o‘rtasidagi farq
namlikning tanqisligi va to‘yinishining yetishmasligi deb
yuritiladi. Namlikning yetishmasligi – eng muhim ekologik
ko‘rsatkich, zero u bir yo‘la ikki narsani: ham haroratni, ham
namlikni tavsiflaydi. Namlik yetishmasligi qancha yuqori bo‘lsa,
havo shunchalik quruq va issiqroq yo aksincha bo‘ladi.
Ma’lumki, vegetatsiya (rivojlanish) davrining muayyan bir
davrida namlik tanqisligining oshishi o‘simliklar zo‘r berib hosil
tugishiga ko‘maklashadi, shuningdek, qator jonivorlarda, masalan,
hasharotlarda ko‘payish birdaniga avj oladi. Shuning uchun ham
tirik organizmlar dunyosida turli hodisalarni oldindan aytishning
ko‘pgina usullari namlik tanqisligi harakatini tahlil qilishga
asoslangan. Atmosfera havosining namligi insonning fiziologik
holatiga, ayniqsa, g‘ayritabiiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi;
e) atmosferaning gaz tarkibi. Atmosferaning sifat tarkibi
nisbatan doimiydir va u, asosan, azot va oz miqdorda uglerod va
argon dioksidi aralashgan kislorod, shuningdek, boshqa gazlardan
40
iboratdir. Bundan tashqari atmosferaning yuqori qavatida ozon
bor. Odatda, atmosfera havosida qattiq va suyuq zarrachalar (suv,
turli moddalar oksidlari, chang va tutun) bo‘ladi.
Azot oqsil tuzilmalari va organizmlarni tashkil topishida
qatnashadigan eng muhim biogen elementdir, asosan, yashil
o‘simliklardan chiqib turadigan kislorod achitish jarayonlarini
ta’minlaydi. Uglerod dioksidi Yerning Quyoshdan va aks etishdan
nurlanishining tabiiy dempferi (nemischa dempfer – pasaytiruvchi)
hisoblanadi, ozon jonli modda uchun halokatli bo‘lgan Quyosh
spektrining ultrabinafsha nurlariga nisbatan parda (ekran) rolini
o‘ynaydi.
Eng mayda zarrachalar (o‘simlik gul changlari, tutunlar,
gigroskopik havo namligini o‘ziga tortib oladigan tuzlar, qattiq
hamda suyuq oksidlar va h.k.) yer sathiga quyosh nurlari o‘tishiga
to‘sqinlik qilib, atmosferaning shaffofligiga ta’sir ko‘rsatadi;
f) yer sathi harorati atmosfera harorati shart-sharoitlari bilan
belgilanadi va quyosh nurlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma’lumki, yassi gorizontal sathi tushadigan issiqlik miqdori
Quyoshning ufq (gorizont) ustida turish burchagi sinusiga to‘g‘ri
munosibdir. Shuning uchun bir rayonda haroratning kecha-kunduz
mavsumiy goh ko‘tarilib, goh pasayib turishi kuzatiladi, buning
ustiga Yer shari sathining hammasi shartli chegaralari bilan bir
qator mintaqalarga bo‘linadi. Joyning kengligi ekvatordan shimol
va janubga qarab qancha yuqori bo‘lsa, Quyosh nurlarining yer
sathiga nishablik burchagi shunchalar katta va iqlim shunchalar
sovuq bo‘ladi;
g) havo massasi harakati (shamol). Shamolning paydo
bo‘lishiga sabab yer sathining bir xilda isitmaganligidir. Bu
bosimning ko‘tarilib-pasayib turishi bilan bog‘liq. Shamol oqimi
kam bosimli tomonga, ya’ni havo ko‘proq isigan tomonga
yo‘naladi. Yerning aylanish kuchi havo massasining aylanib
turishiga ta’sir etadi. Havoning Yerga yaqin qatlamida ularning
harakati iqlimning barcha meterologik elementlari, harorat shart-
sharoitlari, namlik, yer sathidan parlanish va o‘simlik shaklining
o‘zgarishi (transformatsiyasi)ga ta’sir ko‘rsatadi.
41
Shamol atmosfera havosi tarkibidagi aralashmalarni ko‘chirib
yurish va taqsimlashining muhim omilidir. Bir necha o‘n yillarga
cho‘ziladigan atmosfera sirkulyatsiyasi sust bo‘lgan uzundan-uzoq
davrlar (sikllar) kuzatilgan. Bunda meridional kenglik
sirkulyatsiyalari vaqti-vaqti bilan sharqdan g‘arbga, shimoldan
janubga, shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishlarga almashib
turadi. Shamol inson organizmning ruhiy fiziologik holatiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pgina kasalliklar, ko‘pgina hayvon
turlari bir vaqtning o‘zida faollashgan. Masalan, hasharotlarning
ommaviy ravishda birdaniga ko‘payish davrlari kuchayishiga
sabab bo‘ladi;
h) atmosfera bosimi. Teromometr simob ustunining 750,1 mm
ga muvofiq keladigan 1 kPa me’yordagi bosim hisoblanadi. Yer
shari chegaralarida doimo yuqori va past bosimlar bo‘ladigan
mintaqalar bor, buning ustiga bir nuqtaning o‘zida bosimning
mavsumiy va kecha-kunduz eng kam hamda eng ko‘p bo‘lishi
kuzatiladi. Shuningdek, atmosfera bosimi harakati dengiz va
quruqlik bosim turlariga bo‘linadi.
Past bosimning vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turishi
mintaqalardagi havoning kuchli oqimlari bilan bog‘liq. Bu oqimlar
bo‘shliqda qorishib ketadigan markazga spiral bo‘ylab buralib-
buralib harakat qiladi, bu hodisa siklon deb ataladi. Siklonlar,
asosan, o‘zgaruvchi ob-havo va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan
fasllarda kuzatiladi. Atmosfera bosimi inson organizmining
gomeostaziga (holatiga) katta ta’sir ko‘rsatadi.
4. Biotik omillar
(jonli muhit omillari). Organizm hayot
faoliyatining boshqalariga ta’sir majmuyi biologik omillar
deyiladi. Hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar g‘oyatda xilma-xildir. Ularni bilvosita va
bevosita munosabatlarga ajratish mumkin. Birinchilari, bir
organizmning boshqalariga bevosita ta’siri bilan bog‘liq,
ikkinchilari, shu narsada ko‘rinadiki, masalan, o‘simlik o‘zining
borligi bilan hayvonlar yoki boshqa o‘simliklar uchun abiotik
omillarni o‘zgartiradi.
42
Har qanday o‘simlik turkumi muhitning biotik tavsiflari
majmuyiga ta’sir ko‘rsatadi. Dala yoki sahro joyidagi abiotik
sharoitlardan o‘rmon massivi doirasidagi abiotik sharoitlarning
o‘ziga xos xususiyatlari bilan qanchalar farq qilishi ma’lumdir.
Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri ularning bir-biriga nisbatan
reaksiyasi nuqtayi nazaridan turkumlanadi. Jumladan, geomotiv
reaksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Reaksiyalar deganda esa bir xil
turdagi zotlarning (masalan, guruh samarasi, ozuqa joyini
muhofazalash) o‘zaro tasiri va bir xil turlarning mustaqil
yashovchilari o‘rtasidagi koalitsiyalar tushuniladi.
O‘simliklar yerda dastlabki organik moddani yaratadi va
demak, boshqa barcha jonli organizmlarni zarur energiya bilan
taminlaydi, ularning ozuqasi hisoblanadi. Trofik (yoki ozuqa) omil
miqdor, sifat (fiziologiya guruhi) va qulayligi bilan farqlanishi
mumkin.
Hayvon va o‘simlikning har bir turi ozuqa tarkibini aniq tanlay
oladi, har bir o‘simlikka muayyan mineral elementlar zarur.
Hayvonning har bir turi o‘zicha ozuqa sifatiga talabchandir.
Hayvonlar orasida o‘simlik va jonivorlarning bir turi
(monofaglar), ko‘p turlari (polifaglar), shuningdek, ozuqalarning
ko‘p yoki ozroq chegaralangan xillari (keng yoki tor olifaglar)
bilan ovqatlanadiganlari bor.
Hayvonlar o‘rtasidagi munosabatning eng keng tarqalgan turi –
vahshiylik, ya’ni bir tur ikkinchisini bevosita ta’qib etadi va yeb
qo‘yadi. Masalan, o‘simlik bilan oziqlanuvchi tuyoqlilarini
vahshiy hayvonlar, hasharotlarni qushlar, mayda baliqlarni yirik
baliqlar yeb qo‘yadi. Vahshiylik umurtqasiz hayvonlar orasida
ham kuzatiladi. Vahshiy hasharotlar, chuvalchanglar, molyuskalar,
eng oddiy vahshiylar va bakteriyalar ma’lumdir.
O‘zaro munosabatlarning boshqa turi turli shakllardagi
tekinxo‘rlikdir. Eng odatdagi holatda tekinxo‘r organizm doimiy
ravishda boshqa hayvonning tanasi va ichida yashaydi, u xo‘jayin
deb ataladi. Hayvonlar gelmintlari, tekinxo‘r hasharotlar (bit,
burga), kanalarning ba’zilari juda oddiy bo‘lib, odam va
hayvonlarda kasalliklarni tug‘diruvchi vahshiylardir.
43
O‘simliklar va hayvonlar o‘rtasidagi munosabat yana ham
murakkab va xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir hayvonlar
o‘simliklarga nisbatan changlanuvchi urug‘lar, shuningdek,
kasalliklarni tashuvchi sifatida bo‘lishi mumkin, o‘simliklar esa
hayvonlar uchun begona xizmatini o‘tashi mumkin.
Ba’zi o‘simliklarni yeb tashlaydigan hayvonlarga (masalan,
ko‘pgina
hasharotlarga),
shuningdek,
tekinxo‘r,
vahshiy
hayvonlarga ular yeb tirikchilik qiladigan organizmlarning tabiiy
dushmanlari sifatida qaraladi.
Bunday
yondashish
prinsipi
jihatidan
noto‘g‘ridir.
Tekinxo‘rlar, vahshiylar, zoofat va fitofaglar o‘z xo‘jayinlar,
qurbonlariga nisbatan muhit omillari, ularga ekologik tokcha
elementlari hisoblanadi. Demak, umumiy ekologiyada tutgan
o‘rniga ko‘ra, ularning hammasi ekotizimning bir-biriga o‘zaro
kerak bo‘ladigan elementlaridir. Ularning o‘zaro tasiri jarayonida
tabiiy tanlanish va moslanish, muvofiqlashish o‘zgaruvchanligi,
ya’ni eng muhim evolyutsion jarayonlar amalga oshiriladi.
Tabiiy sharoitlarda hech bir tur boshqasining yo‘q bo‘lishiga
intilmaydi. Buning ustiga ekologik tizimdan qandaydir bir tabiiy
“Antogonist”ning yo‘qolishi ana shu “antogonist” rivojiga
yaraydigan turning ham yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologiya tizimlari va alohida
populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda,
masalan, vahshiy hayvonlarni yo‘qotganda, hayvonlar va
o‘simliklarni ko‘chirayotganda ana shu shart-sharoitlarning
barchasini, shuningdek, bunda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
bevosita oqibatlarni hisobga olish mumkin.
Har bir organizm yoki organizmlar guruhining yaxshi
rivojlanishi atrof-muhitning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillariga
bog‘liqdir. Tolerantlik (gomeostaz) chegarasiga bardosh berish
chegarasiga yaqinlab boradigan yoki undan o‘tib ketadigan har
qanday sharoit belgilab qo‘yuvchi (limitlovchi) sharoit yoki
belgilab qo‘yuvchi omil deb ataladi.
Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi.
Sayyora aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya
44
ochko‘zlik bilan tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi
muhitga sezilarli o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida
amalga oshirilayotgan katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov
sifatida tabiiy manbalarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib
yuborilishi, katta kanal va platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari,
tog‘larda foydali qazilmalarni izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar,
pestitsidlarning qo‘llanilishi, meliorativ tadbirlar, tuproq,
atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kabi
ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yer biosferasining
hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda. Bunday
o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘diradi, juda og‘ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tabiiy
zahiralarning o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni
halokatga eltadi.
Fan yutuqlaridan foydalanib, yerni himoyalash tadbirlarini
ishlab chiqish, uning tabiiy zahiralarini ko‘paytirish yuzasidan
keskin choralar ko‘radigan payt keldi. Tabiatni himoya qilish va
zahiralardan foydalanish bilimga asoslangan poydevorga ega
bo‘lishi va biosferani mahkam saqlash mexanizmiga asoslanishi
kerak. Bu jarayondagi ishlar bir mamlakatning emas, balki
umumsayyora yoki umumbiosfera ishidir. Insonning dunyo
rivojlanishiga ta’sirini vaqtincha va uzluksiz deb o‘ylashimiz
mumkin. Odam mehnat quroli sifatida tosh va olovni o‘ylab
topgan davrlarda tabiiy boyliklar o‘ta cheksiz edi. Odam ot-
aravadan foydalanishni o‘rganganda ham tabiiy boyliklar to‘lib-
toshib yotardi.
Lekin o‘sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha
munosabatda bo‘ldi. Keyinchalik ularnning qobiliyati shunchalik
rivojlanib ketdiki, u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish
yo‘llarini to‘xtovsiz izladi va topdi. Ammo endilikda aql-idrok
bilan yashamog‘imiz lozim. Aks holda o‘zimizga-o‘zimiz ziyon
keltiramiz.
Sivilizatsiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi
muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va sayyora ekotizimining
tabiiy xazinasiga kirib olishga jur’at qildi. Quruq cho‘plar
45
yordamida olov yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi
o‘rniga anorganik modda hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati
ancha cheklangan inson tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata
olmadi.
U o‘ziga ozuqa va olov topishga uringan neolit davridan
boshlab tabiatni o‘zgartira boshladi va uning biosferaga ta’siri ham
aynan shu davrdan boshlandi. To‘g‘ri, bu davrda inson tabiatga
nisbiy ravishda ta’sir ko‘rsatayotgan edi. U yoqqan olov atrofga
tarqalib, yaqin o‘rtadagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilar, bu esa
hayvonlarning to‘yib oziqlanishga dastlabki to‘siq edi. Bora-bora
odamzot hayvonlarni quvib, haydab, o‘ldirib, tabiat yoki tashqi
muhitning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatishga kirishdi.
O‘sha davrlarda odamlar juda tarqoq, dunyo esa juda keng
bo‘lib, hamma istaganicha hayot kechirardi, tabiatni buzgan,
kuydirgan odamlar bundan o‘ta mag‘rurlanib yashardi. Ayrimlar
hozir ham qancha tirik organizmni yo‘q qilganidan maqtanib
yurishadi. Sivilizatsiya natijasida yo‘q qilgan tabiiy boyliklarimiz
tovonini to‘laydigan davr keldi. Tabiat boyliklardan to‘xtovsiz
foydalangani va ular uzluksiz sarflangani uchun biosferaning
ayrim joylarida tabiiy tenglik yo‘qolgan.Uni qayta tiklash imkoni
bormi? Balki bugun sayyoramiz biosferaga keltirgan ziyonlar
uchun tovon to‘layotgandir. Tabiiy zahiralarni tiklash yo‘lidagi
urinishlarimizdan biron foyda bormi?
Hamma odamlarning kelib chiqishi aslida bir xil. Turli irqlar
rivojlanish tarixida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. Ular
tabiiy noqulay omillar ta’sirida turar joylarini o‘zgartirdi va
natijada turmush tarzi mutlaq o‘zgarib ketdi. Ammo qaysi muhitda
yashashmasin, ularning genetik xususiyatlari o‘zgarmasdan
avloddan-avlodga o‘tdi, yillar, uzoq evolyutsiya tarzi genetik
kodga ta’sir ko‘rsata olmadi. O‘ylab ko‘rsangiz, yana yuz ming
yillardan so‘ng ham genetik evolyutsiya o‘zgarmasdan shu tarzda
qoladi.
Ammo tabiiy tanlash bizga ma’lum va noma’lum holatda
sezilar-sezilmas darajada davom etmoqda. Ana shu xususiyatlariga
ko‘ra, inson hayoti uzoq vaqtlar tor doirada fizik, kimyoviy
46
chegara bilan biologik va fiziologik harakatlarini saqlab qoladi.
Hozirgi odam yashayotgan muhitni uzluksiz o‘zgartirishi
natijasida biosferaga moslashish darajasini oshirayotgandek bo‘lib,
o‘zini evolyutsiya qoldiqlaridan ozod qilib yashaydi. Aslida bu
soxta ko‘rinish, xolos. Inson qayerda bo‘lmasin, qayerda
yashamasin, nima ish qilmasin o‘ziga kichkina qo‘rg‘oncha hosil
qiladi va bu qo‘rg‘onchasi asli qayerda, qaysi evolyutsiyada
shakllangan bo‘lsa, shundayligicha yashashda davom etadi. U
qayerda bo‘lmasin – kosmosdami, yerostidami, suvdami hamma
vaqt yer bilan bog‘liq bo‘lib, unga intilib yashaydi. Inson hayoti
davomida ba’zan kimyoviy moddalar bilan ifloslangan, o‘ta
shovqinli muhitda bo‘lganida ham yoki o‘ta hayajonli daqiqalarda
ham fizik va aqliy jihatdan sog‘lig‘ini saqlab qolishga harakat
qiladi. Buning uchun u o‘zini lozim bo‘lsa, zarur vositalar bilan
himoya qilishi mumkin.
Biologik
cheklashlarga
qaramasdan,
tashqi
muhitga
moslashuvchanligi bois inson tosh davridagi xususiyatlarini
yo‘qotgani yo‘q, quruq yerning deyarli hamma qismini egallab
bo‘ldi. Muhitga moslashishning biologik mexanizmi qulay
sharoitlarda insonning biologik tabiatiga hech qanday
o‘zgartirishlar kiritmaydi.
Hozirgi kunda odam eng ko‘p yashayotgan, ifloslangan havosi
og‘ir katta shahar aholini uzluksiz o‘ziga tortadi va bunday
shaharlar aholisi tezlik bilan ko‘payib boradi. Bunday shaharlarda
iqtisodiy jihatdan baquvvat odamlar juda asabiylik bilan ishlaydi
va yashaydi, bu yerlarda kuchli shovqin, uzluksiz ishlayotgan
motorlar – kompyuterlar va telefonlar odamni toliqtiradi.
Kimyoviy modda va tamaki tutunidan hamma joy sarg‘ayib
ketgan.
Inson biosferada o‘zi hosil qilgan bunday og‘ir muhitga tezlik
bilan moslashish qobiliyatiga ega. Bunga sabab uning hayotni
avlod qoldirish orqali davom ettirish yo‘lidagi harakati
hisoblanadi. Bu yerda “Biologik moslashish” iborasini inson
yashash uchun kurashib, ma’lum sharoitga moslashib ketadi,
degan ibora bilan chalkashtirib yubormasligimiz lozim.
47
Chunki ijtimoiy-madaniy kuchlar evolyutsion moslashish
mexanizmini buzib yuboradi, moslashish faqatgina hayvonot
dunyosiga xos bo‘lib qoladi. Biologlar uchun ma’lum bo‘lgan
“darvincha moslashmoq” iborasi orqali ma’lum bir turdagi
hayvonning muayyan tashqi muhitga moslashib ko‘payishi va
yangi hududga tarqalishini tushunamiz.
Bu o‘rinda ham fikrimizni oddiy bir misol orqali izohlashga
intilamiz, kambag‘al va rivojlanmagan mamlakatlarning aholisi
ish izlab sanoati rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketadi.
Bu jabhada xavf ayrim yerlarda aholining ortib borishi bilan
boshlanadi. Demak, odam uchun darvinchasiga moslashish
mumkin emas.
Fiziologik nuqtayi nazardan tashqi muhitga moslashish inson
miyasi va tanasidagi asabbuzar voqealarni “bostirishga”
qaratilgan. Fiziologik va psixologik tushuncha bo‘yicha
organizmning ma’lum sharoitga moslashishi keyinchalik ikkinchi
tomondan zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Inson vaqt o‘tishi bilan
o‘zi yashab turgan muhitdagi ifloslanishga, haddan tashqari
asabbuzarlikka va ijtimoiy aloqalarga, tabiiy biologik jarayondan
uzoqlashib, shaharning og‘ir havo va texnika tutuniga ko‘nikib
ketadi. Sivilizatsiyaning bunday og‘ir sharoitiga chidash natijasida
o‘rta yoshlilar va keksalarda og‘ir surunkali kasalliklar kuzatiladi.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lgani bilan turmush
tabiiylikdan juda uzoq bo‘lgani bois inson asta-sekin og‘ir havoga,
osmonni qoplagan tutunga va iflos suvga, kimyoviy moddalarga
boy oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rganib qoladi. U endilikda
biologik marom (ritm)ning kosmik tartibini bilmasdan yashay
oladi. Endilikda u gullarning hidisiz, qushlarning “vijir-vijir”
kuyisiz, tabiiy toza havosiz va boshqa biologik jihatlarsiz,
ohanglarsiz yashashga o‘rganib qoladi.
Insonni zarur biologik sharoitsiz va ilhomsiz ishlashga majbur
qilish uning biologik va aqliy qobiliyatiga ta’sir etib, uni barcha
yumushlarni bajaruvchi robotga aylantiradi. Oqibatda hayot
mazmunan kambag‘allashib, ahamiyatini yo‘qotadi. Bu esa
fikrimizcha, inson xarakteriga ta’sir qilib, uning fizik va aqliy
48
salomatligi yo‘qolishiga olib keladi.
Havo, suv, tuproq, olov, tabiat maromi va tirik organizmlarning
kuchliligi faqatgina kimyoviy moddalar, fizik kuchlar yoki
biologik ta’sirlarda emas. Inson hayoti sifatida ahamiyatli
bo‘lmasdan ularning ta’sir qilish imkonini bilish orqali shakllanadi
va ular inson ehtiyoji uchun zarur vositaga aylanib boradi.
Odamlarning hamma vaqt tabiat qo‘yniga oshiqishi, shahar
uylarida kaminlarni yoqib qo‘yishi, kichik xonalarda ham uy
hayvonlari bilan birga yashashi minglab yillar davomidagi
evolyutsiya uning joni va qoniga singib ketganidan darak beradi,
inson doimo shu evolyutsiya ta’sirida bo‘ladi.
Greklar afsonasida aytilganidek, Anteyning oyoqlari yerdan
uzilganda, u o‘z kuchini yo‘qotgani ham bejiz emas. Tabiat o‘z
qonunlari asosida yagona va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib
boradi. Inson tarixidagi obyektiv voqealar dunyo miqyosida xilma-
xil ijtimoiy qatlamga ega mustaqil, siyosiy yetuk mamlakatlar
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bugungi kunda insoniyat bilan tabiat o‘rtasida shunday og‘ir
vaziyat vujudga kelmoqdaki, endilikda rivojlanish hamma
davlatlarda bir xilda tabiatni himoya qilishning ilmiy asoslangan
usullariga tayangan, tabiat boyliklaridan tejamkorlik bilan
foydalanishga, ulardan yuqori sifatli va ko‘p mahsulotlar olishga,
hozir ham, kelajakda ham inson yaxshi yashashi uchun eng tabiiy
biosferani saqlab qolish zaruratidan kelib chiqqan holda bo‘lishi
kerak. Bunday katta vazifani hech bir mamlakat yakka o‘zi amalga
oshira olmaydi. U xalqaro tenglik va o‘zaro hamkorlik tufayligina
rejali amalga oshirilishi mumkin. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi
aloqa, huquq, foydalanish imkonlarini uzluksiz kengaytirar ekan,
“jamiyat va tabiat” bir-biriga mos ravishda ish olib borishi lozim.
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va
vazifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz.
Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz,
tuganmas ekanligi haqida afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda
hamma joyda – quruqlikda ham, suvda ham inson ta’sirining
salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. Tabiatdagi “tenglik”ning
49
buzilishi odamlardan endi tez-tez “biosfera va inson” mavzusida
bosh qotirishni talab etadi.
Sanoatning baquvvat tarmoqlari, uzluksiz xom ashyo talab
qiladi va qanchasini yamlab yutib qo‘yishi tabiatni yanada
ifloslantiradi. Inson endilikda ifloslangan biosferaning zarbasini
his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va
ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo
iflosligi natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar
o‘zining pishiqligi va qulayligi tufayli tabiiy gazlamalarni siqib
chiqarmoqda, shovqinlar va har xil nurlanishlar inson psixikasi va
sog‘lig‘iga ta’sir qilmoqda.
Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Sayyorada aholi
soni oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo
bo‘lib qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish
imkonidan mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib,
inson sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat
mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib
yubormoqda.
Endilikda inson va biosfera o‘rtasidagi nizoni faqatgina fan va
tinchlik hal qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini
amalga joriy etish orqaligina biosferaning ifloslanishini to‘xtatish
va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab chiqaruvchi
kuchlarni yerning imkoniyatdan kelib chiqib, biosferaga ta’sir
qilmay rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.
Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson turmush
tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Akademik V.Vernadskiy shunday deb yozadi: “Biosfera degan
yangi tushunchani kirityapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy
jarayon bo‘ylab olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar
biokimyoviy tarixining davomi bo‘lib xizmat qiladi”.
50
2.3. Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali
baholash
O‘zbekiston uchun 1992-yilda Rio-de-Janeyrodagi o‘tkazilgan
BMTning “Atrof-muhit va rivojlanish masalasi” anjumanida,
olamshumul
ekologik
muvozanatga
erishishda
xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish atrof-muhitni himoya qilishga bog‘liq
uzoq vaqtli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda yagona yo‘nalish
ekanligi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro dastur va loyihalarga
qo‘shilishi atrof-muhit sohasidagi konvensiyaga muvofiq
respublikani atrof-muhitni saqlash va yaxshilash, barqaror
rivojlanishga erishish umumjahon jarayoniga qo‘shilishiga imkon
tug‘dirdi.
2002-yili Yoxannesburg shahrida o‘tkazilgan Barqaror
rivojlanish xalqaro sammitida sammit qarorlarining aniq vazifalari
va bajarilish rejalari loyihasi hamda siyosiy deklaratsiyasi
muhokama qilindi. Sammitda yangi xalqaro institut tashkil
qilinishi e’lon qilindi. “Sherikchilik tashabbusi” Markaziy
Osiyoning alohida tashabbuslaridan bo‘lib, bir hududning barqaror
rivojlanishini tahlil qilish va amalga oshirish, dunyo miqyosidagi
loyiha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qiziqtiradi. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash hamkorligi asosiy
yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati strategiyasi
bilan belgilanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay,
1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi bo‘ldi va uning
qator dasturlari hamda maxsus tashkilotlari bilan hamkorlik qila
boshladi, jumladan, atrof-muhit bo‘yicha Birlashgan Millatlar
Tashkiloti dasturi (YUNEP), Birlashgan Millatlar Tashkiloti
rivojlanish dasturi (PROON), ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro
metereologik tashkilot (XMT), Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti
(SSXT), Sanoat rivojlanishi bo‘yicha Birlashgan Millatlar
51
Tashkiloti (YUNIDO) hamda uning ikki mintaqaviy komissiyasi:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi
(EEKBMT) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va
ijtimoiy komissiya (ESKATO).
Milliy siyosatni va xalqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini
shakllantirish mamlakat ekologik imkoniyatlarini saqlab qolishga
asoslanadi.
MDH bilan hamkorlik. O‘zbekiston mintaqaviy integratsiya
masalalari hamkorlikni alohida MDH a’zolari bilan ikki
tomonlama kelishuvlar asosida (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina)
hamda MDH ijrochi qo‘mitasi yordamchi organi hisoblangan
davlatlararo ekologik kengash bilan amalga oshiradi. 2000-yilda
tayyorlangan va davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan 2025-
yilgacha davrda MDH rivojlanishi bo‘yicha harakatlar dasturida
atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha qator tadbirlar ko‘zda tutilgan
(atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, sanoat chiqindilarini
klassifikatsiyalash hamda ularni markirovka qilish yagona tizimi
va h.k.).
O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki
yoqlama shartnomada qatnashib, tabiatdan foydalanishni
barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi qoidalarining maxsus
subregional strukturasini tuzishga kirishdi. 2005- yilda Shanxay
hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan tabiatdan
foydalanishni barqarorlashtirish va atrof-muhit muhofazasi
qoidalari masalalari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi.
YYevroosiyo iqtisodiy hamkorligi 2006-yilda qilgan ma’ruzasida,
YYevroosiyo iqtisodiy hamkorlik, Parlamentaro tashkilotning
umumiy yig‘ini, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston
Respublikasi Parlamenti taklif etgan Tabiatdan foydalanish va
ekologiya, qishloq xo‘jaligi siyosati doimiy komissiyasi tashkil
etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik.
Hozirgi kunda uyushgan tartibda
quyidagi mamlakatlar: Xitoy (1997-yildan), Gruziya (1995-
yildan), Hindiston (1996-yildan), Isroil (1997-yildan), Yaponiya
(1994-yildan), Qozog‘iston (1997-yildan), Qirg‘iziston (1996-
52
yildan), Malayziya (1996-yildan), Koreya Respublikasi (1995-
yildan), Slovakiya (1998-yildan), Shveysariya (1998-yildan),
Tojikiston (1994-yildan), Tailand (1998-yildan), Turkiya (1996-
yildan), Turkmaniston (1996-yildan), Ukraina (1998-yildan),
Birlashgan Arab Amirliklari (2006-yildan) va Ozarbayjon (2006-
yildan) bilan ikki tomonlama hamkorliklar olib borilmoqda.
Mintaqaviy hamkorlik.
O‘zbekiston 1992-yildan beri
ESKATO a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston ESKATO bilan, asosan,
kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi, shu
jumladan, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi
yo‘nalishi bo‘yicha hamda Hindiston mintaqaviy o‘quv markazlari
(Jug‘rofiy axborot tizimi (JAT)), Xitoy (chiqindilar), Malayziya va
Tailand (ekologik boshqaruv) bilan.
O‘zbekiston tarkibida quyidagi o‘nta davlat bo‘lgan ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy davlatlararo tashkilot –
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) a’zosidir: Ozarbayjon,
Afg‘oniston, Eron Islom Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston.
EKOda atrof-muhitni qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik masalalari
bilan energetika, tabiiy mineral resurslar va atrof-muhit bo‘yicha
direktorat shug‘ullanadi. EKO ESKATO bilan yaqin hamkorlik
qiladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar mintaqaviy loyihalarga borgan
sari ko‘proq e’tibor bermoqdalar, buning uchun esa Markaziy
Osiyo barcha mamlakatlarning kuchlari birlashtirilishi va
harakatlari moslashtirilishi zarur. Bugungi kunda mintaqa
mamlakatlari mustaqil me’yorni, tabiatni qo‘riqlash siyosatini
ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari hamda mintaqaviy va
dunyo miqyosida atrof-muhitni qo‘riqlash doirasida hamkorlikni
amalga oshirishlari mumkin.
Markaziy Osiyoda chegaralararo xarakterga ega eng muhim
ekologik masala: suv manbalarining qisqarishi, sifatli ichimlik
suviga erishish, chegara hududlarida radiatsiyadan ifloslanish
xavfi, Orol dengizi tubidan chiqayotgan quruq tuz changining
atrof-muhit
havosini
ifloslantirishi,
tog‘lar
ekotizimida
53
qurg‘oqchilik va tanazzulga uchrashiga bog‘liq.
Bioxilma-xillikning yo‘qolishi.
O‘zbekiston – Markaziy Osiyo
atrof-muhitni himoya qilish sohasida hududiy hamkorlik
jarayonida faol ishtirok etmoqda. U tabiiy boyliklardan
foydalanish, atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanishni
koordinatsiyalash masalalarini hal qilish uchun Orolni qutqarish
xalqaro fondi (davlat rahbarlarining Qozog‘istonning Qizil O‘rda
shahrida 1993-yilgi qaroriga asosan) Barqaror rivojlanish bo‘yicha
davlatlararo komissiyasi va Davlatlararo suv xo‘jaligi
koordinatsion komissiyasini tuzishda tashabbuskorlardan biridir.
Hozirgi davrga kelib, hududlardagi o‘zaro munosabatlar
tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy ikki tomonlama va ko‘p
tomonlama kelishuv sababli rivojlanmoqda. 1993-yili Markaziy
Osiyoning beshta davlat Prezidentlari, birinchilardan bo‘lib, Orol
dengizi va Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
ta’minlash va ekologik sog‘lomlashtirish, Orol dengizi havzasini
ekologik yaxshilash qat’iy harakati rejasi shartnomasiga imzo
qo‘ydi.
Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari
bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro hamjamiyati
tomonidan ekologik masalalar bo‘yicha quyidagi deklaratsiyalar
imzolandi: Nukus deklaratsiyasi, Olma-ota deklaratsiyasi,
Ashxobod deklaratsiyasi, Dushanbe deklaratsiyasi. Unda
aytilishicha, mamlakat ekologik siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish masalasida bir shakldagi yondashuvlarni ishlab
chiqish, olamshumul va mintaqaviy ekologik muammolarni
yechishda Xalqaro tashkilotlar va davlatlarni, Markaziy Osiyo
davlatlarini qo‘llashga chaqiradi.
Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik korpuslari ishtirokida:
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston orasida atrof-muhitni
muhofaza etish va tabiiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish sohasida,
shuningdek, ikki yoqlama O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida
hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida kelishuv imzolandi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orasida
hamkorlikda bajarilgan rekultivatsiya, kon rudalari chiqindilarini
54
joylashtirish, xalqaro chegaralarga ta’siri masalasida hamda
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va bunga qo‘shilgan
Tojikiston orasida Sirdaryo suv havzasining energiya va suv
manbalaridan foydalanishda hamkorlik bitimlari imzolandi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlariga
tegishli masala Amudaryo va Sirdaryo suv manbalaridan
foydalanish, o‘rta va quyi oqimlarda suv ifloslanishining oldini
olishdir.
Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy hamkorligini Orolni
qutqarish xalqaro fondi huzurida tuzilgan Barqaror rivojlanish
davlatlararo komissiyasi faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlarining
ishtirok etishi misolida ko‘ramiz.
Hozirgi davrda Barqaror rivojlanish davlatlararo komissiyasi
rahbarligida (YUNEP, ABR, PROONning texnik va iqtisodiy
yordamida) Markaziy Osiyo davlatlari uchun atrof-muhitni
himoya qilish mintaqaviy rejasi ishlab chiqilmoqda, unda xalqaro
chegaralarga bog‘liq bo‘lgan suv manbalari sifatini boshqarish,
havo
qatlamlarini
ifloslanishdan
saqlash,
chiqindilardan
foydalanish yo‘llari, tog‘ ekomuvozanatini saqlash va yer
inqirozining oldini olish kabi masalalar qamrab olgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston va Tojikiston
tog‘ mintaqaviy markazlarida qayta ishlanuvchi energiyaning
mintaqaviy tizimini joriy etish va hokazo.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Biosfera, avtotrof, geterotrof, miksotrof, ekologik muhit,
abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omillar,
havo massasi
harakati, yer sathi harorati, atmosfera bosimi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Biosfera haqida nima bilasiz?
2. Ekologik omillarning tarkibi va ahamiyatini ayting.
3. Biosferaning tarkibi nimadan iborat?
4. Biosferaga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat?
5. Biosferani muhofaza qilish insoniyatga nima beradi?
55
III BOB. RESURSLARNI TAQSIMLASH: VAQT
DAVOMIYLIGI VA QAZIB OLISH NARXI
3.1. Resurs taksonomiyasi
3.2. Resurslarning bozor taqsimoti
3.3. Foydali qazilmalar
3.4. Qayta
tiklanadigan
resurslarni
samarali
taqsimlash
3.1. Resurs taksonomiyasi
Mamlakatimizda geologiya sohasidagi olimlar va soha
mutaxassislarining intilishlari hamda hukumatning qo‘llab-
quvvatlashi natijasida mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyoti taraqqiyotining negiziga aylangan o‘ziga xos mineral
xom ashyo bazasi yaratildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda
taxminan 1000 ta istiqbolli qazilma boyliklari joylari, 118 turdagi
mineral xom ashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi
o‘zlashtirilmoqda. 1500 dan ortiq kon o‘zlashtirildi, shu jumladan,
188 ta neft, gaz va kondensat; 48 ta asl metall, 43 ta rangli, noyob
va radioaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko‘mir; 37 ta tog‘-kon,
22 ta tog‘-kimyo va 30 ta rangli tosh xom ashyosi; 525 ta turli
maqsaddagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral
yerosti suvlari manbalari mavjud. O‘zlashtirilgan konlarning 40
foizidan ortig‘i qayta ishlanadi.
Respublikada 400 dan ortiq manbalarning topilganligi, shaxta,
karyer va neft-gaz sanoati hamda boshqa tarmoqdagi korxonalar,
taxminan 450 ta suv chiqarish korxonasi, shifoxona va kasalxona,
shifobaxsh va shifobaxsh-iste’mol suvlarini quyish sexi va
zavodlar faoliyat yuritadi. Asl, rangli metallar, uran va noyob
elementlar rudalarini qazib olish bo‘yicha respublikadagi yetakchi
korxonalar – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari
sanaladi. Ishlab chiqarishga tayyorlangan mineral xom ashyo
zahiralari, hatto ish quvvatlari oshirilgan taqdirda ham mavjud
56
komplekslarni uzoq kelajakda ish bilan ta’minlash imkonini
beradi.
O‘zlashtirilgan manbalarning aksariyat qismi rudalarni
boyitishning nisbatan oson texnologiyasini qo‘llagan holda ochiq
usulda ishlanishi va jahon bozorida yuksak talabga ega foydali
komponentlari ko‘p darajada ajratib olinishi mumkin. Asl, rangli
va boshqa metallar rudalarida qo‘shimcha komponentlar sifatida
konlar qimmatini ancha oshiradigan noyob va kam uchraydigan
unsurlar katta zahiralari jamlangan.
Oltinning tasdiqlangan zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda
ilg‘or beshlikka kiradi, qazib olish darajasi bo‘yicha esa
to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Uchta tog‘li iqtisodiy tuman –
Qizilqum
(Muruntog‘,
Mutenboy,
Triada,
Basapantog‘,
Amaytaytog‘, Kokpatas, Dougiztog‘ va h.k.), Nurota (Zarmiton,
Gujumsoy, Sarmish, Biran, Marjonbuloq va h.k.) va Toshkent
bo‘yi (Kochbuloq, Qarag‘och, Qizilolmasoy, Kauldi, Pirmirab,
Guzaksoy va h.k.)da joylashgan tub konlar asosiy ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbekiston
istiqbollari
o‘zlashtirilgan
konlar
bilan
cheklanmaydi – respublikaning prognoz qilingan zahiralari
o‘zlashtirilgan zahiralardan ikki baravar ko‘proqdir. Tarmoqning
oltin izlashga qaratilgan geologiya-tadqiqot ishlari hajmining (60
foizdan ko‘proq) oshishi uning zahiralarini bir maromda saqlash
imkonini berdi. 2000-yildan boshlab ular o‘sib bordi va hozir
qazish darajasiga yetkazildi.
2015-yildan oltin zahiralari o‘sishini ta’minlaydigan 40 ta
yangi istiqbolli maydonlarni o‘rganish hisobiga O‘zbekistonda
prognozlash va geologiya-tadqiqot ishlarini kengaytirish
mo‘ljallangan. Butun dunyoga mashhur Muruntog‘ shtokverk
oltin-kvars koni Yevroosiyo materiksidagi eng yirik kon
hisoblanadi. Muruntog‘ karyeri ulkan obyekt bo‘lib, unda
O‘zbekiston oltinining qariyb 80 foizi olinadi. Karyer ishlagan
yillar davomida bu yerda 300 mln. tonnadan ortiq tarkibida
me’yorda oltin bo‘lgan minerallashgan massa tashkil qilinib, u
57
so‘nggi 10 yil davomida zich ishqorli yuvish orqali qayta
ishlanadi.
Xuddi shunday yana bir kompleks Markaziy Qizilqumdagi
Kokpataskoni negizida amal qilmoqda, bu yerda 40 tonnadan ortiq
oltin ishlab chiqildi. Markaziy Qizilqumdagi Daug‘iz tog‘ va
Amantay tog‘ oltin-sulfid konlarining tasdiqlangan zahirasi 300
tonna oltinga yetadi. “Amantay-tog‘ Goldfilds” QK har yili 4
tonnagacha oltin qazib, qayta ishlab chiqaradi. Shuningdek,
Navoiy viloyatida Ajibugut nurash qatlamida noan’anaviy turdagi
oltin ruda koni ochildi va o‘zlashtirildi.
Sanoat tarmoqlarida oltin koni 20 metrdan 75 m gacha
chuqurlikda oksidlash hududida joylashgan. Obyekt zahiralari
o‘nlab tonna oltinni o‘z ichiga olgan. Charmiton, Gujumsoy va
yangi obyekt – xuddi o‘sha ruda maydoni oltin-kvars konlari,
shuningdek, Qizilolmasoy va Kochbuloq oltin-sulfid-kvars konlari
istiqbollari ko‘paymoqda. So‘nggi yillarda Qizilqumda zahiralari
o‘nlab tonnani tashkil qiladigan Bulutkon, Balpantog‘,
Aristantog‘, Turboy konlari aniqlandi va o‘rganilmoqda.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun
ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir
qadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish
jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat hosil
qiladi. Natijada xom ashyoning to‘la qiymati tovar shaklini olgan
yalpi mahsulotga o‘tadi. Xom ashyo asosiy va yordamchi
materiallarga bo‘linadi.
Asosiy xom ashyo tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil
qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi
yoki asosiy xom ashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib
beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar
deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda
qatnashishiga qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham
yordamchi material bo‘lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg‘i
sifatida yordamchi material bo‘lsa, benzin yoki kerosin ishlab
chiqarishda esa xom ashyodir. Xom ashyo keng miqyosda iste’mol
58
buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun
ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat. U quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
– miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi;
– qazib olish arzon va oson bo‘lishi;
– texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat
buyumi xom ashyo bo‘la olmaydi. Mehnat buyumi mehnat
vositasi bilan ma’lum darajada o‘zgargandan keyingina xom
ashyoga aylanadi. Yerostidagi foydali qazilma, yovvoyi hayvon,
daraxt va hokazolar xom ashyo bo‘lmay, balki potensial tabiiy
boyliklardir. Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvon, qazib
olingan ma’dan, kesilgan daraxt va hokazolar xom ashyo
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta
ishlangan bo‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina
olmasa, u yarimmahsulot, ya’ni yarimfabrikat deb ataladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farqlash lozim. Xom
ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari,
o‘rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar
kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat
sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin.
Xom ashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi
sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xom ashyo va
yoqilg‘i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar
hajmida eng katta salmoqqa egadir.
Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy
ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish
uchun ketgan xom ashyo va yoqilg‘i xarajatlari darajasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Xom ashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
– sanoat xom ashyosi;
–
qishloq xo‘jaligi xom ashyosi.
59
Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra quyidagicha
turkumlanadi:
–
kelib chiqishiga ko‘ra
: tabiiy va sun’iy;
–
agregat holatiga ko‘ra
: qattiq, suyuq hamda gazsimon;
–
kimyoviy tarkibiga ko‘ra
: organik va anorganik;
–
ishlatilishiga ko‘ra
: ozuqabop va texnik.
Qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ikki turga bo‘linadi:
o‘simliklardan olinadigan xom ashyo va hayvonlardan olinadigan
xom ashyolar.
Yerostidan qazib olinadigan mineral
birikmalar mineral xom
ashyolar deyiladi. Ular uch turga bo‘linadi:
a) rudali;
b) rudasiz;
d) yonuvchi mineral xom ashyolar.
Bu minerallarning ko‘pi qattiq holda bo‘ladi. Suyuq mineral
boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa
tabiiy gaz kiradi.
Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo‘lib, metallar
olish uchun asosiy manbadir.
Rudasiz mineral xom ashyolar ham tog‘ jinslaridir. Ular metall
olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar kimyoviy
qayta
ishlanmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq xo‘jaligida yoki
metallsiz ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz
minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
– qurilish materiallari – to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki fizik-kimyoviy
qayta
ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral
xom ashyo;
– industriya xom ashyolari – kimyoviy qayta ishlanmasdan
sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xom ashyo;
– kimyoviy mineral xom ashyolar – kimyoviy qayta ishlash
uchun ishlatiladigan minerallar;
–
qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki
mexanik qayta ishlangandan so‘ng bezak uchun ishlatiladigan
minerallar.
60
Yonuvchi mineral xom ashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan
foydali qazilma boyliklardir. Bularga toshko‘mir va qo‘ng‘ir
ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi
gazlar kiradi. Yonuvchi gazlar, neft va ko‘mir eng arzon hamda
foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo‘lmay, balki kimyo
sanoatida qimmatbaho xom ashyo hamdir.
O‘simlik va hayvonot xom ashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop,
yog‘lar, o‘simlik moylari, hayvon terilari va shunga o‘xshashlar
kiradi. Bular xalq xo‘jaligida ishlatilishiga ko‘ra, ozuqabop va
texnik xom ashyolarga bo‘linadi.
Ozuqabop xom ashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan
birikmalar – o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari kiradi.
O‘simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xom ashyolarga
yuqorida ko‘rsatilgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining oziq uchun
yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Ularni mexanik va kimyoviy
qayta ishlab, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida
ishlatiladigan xom ashyolar olinadi.
Bunday xom ashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab, turli
mahsulotlar olish mumkin. Manbalari ko‘pligi, amaliy jihatdan
bitmas-tuganmas zahiraga egaligi ular asosida ko‘pgina yangi
kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi.
Umuman, ilm-fan, texnika va texnologiyaning nihoyatda tezlik
bilan rivojlanishi yangidan yangi materiallarni, shuningdek, yangi
xom
ashyo
materiallarini
qidirib
topish
masalasini
dolzarblashtirmoqda. Bu masala, asosan, olti yo‘l bilan amalga
oshiriladi:
–
iloji boricha arzon xom ashyolarni qidirib topish va ishlatish;
–
xom ashyodan kompleks foydalanish;
–
konsentrlangan xom ashyo va mahsulotlar ishlatish;
–
juda toza mahsulotlar ishlatish;
–
texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xom
ashyolarni noozuqabop xom ashyo bilan almashtirish; iloji boricha
mahalliy xom ashyolardan foydalanish.
61
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari
muhim texnika-xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xom ashyo-
lardan olishga imkon beradi. Bunday xom ashyolar sifatida tosh-
ko‘mir, torf, slanets, neft, tabiiy gaz, yog‘och, o‘simlik va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda.
Masalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar, rezina
mahsulotlari ishlab chiqarishda, to‘qimachilik, charm sanoatida,
korroziyaga qarshi kurashish, betonlarni suv o‘tkazmaydigan
qilish, metallarni silliqlash va qirqishda sovutkichlar sifatida har
yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop moylar
ishlatiladi.
Sanoatning
ko‘pgina
tarmoqlarida
keng
miqyosda
ishlatiladigan etil spirti ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p
miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Un, kraxmal,
sut kabi mahsulotlardan texnik maqsadlar uchun foydalaniladi.
Masalan, kazein-oqsil modda sutda bo‘ladi, kazein yelim ishlab
chiqarish, qog‘oz va charm sanoati, bo‘yoqchilik hamda
muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu
maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz
ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi.
Kraxmal to‘qimachilik sanoati, rezina va kimyo sanoati, gugurt
sanoatida, elektrodlar olishda keng qo‘llaniladi. Hozir sanoatda
kraxmal poliakrilamid hamda sellulozaning suvda eruvchan
efirlari – karboksilmetil selluloza (KMK) bilan muvaffaqiyatli
almashtirilgan. Shu bilan birga, KMK ko‘p miqdorda kraxmal
o‘rnida to‘qimachilik, qog‘oz va gugurt sanoatlarida esa ozuqabop
un o‘rnida ishlatilmoqda.
Hozir etilen va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi
va sifati jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan etil
spirtdan farq qilmaydi va ancha arzon hisoblanadi. Shuning uchun
xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p
ishlatilmoqda.
Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka
kislota, glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu
yo‘l bilan ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xom
62
ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
tannarxi birmuncha arzonlashadi.
3.2. Resurslarning bozor taqsimoti
Xom ashyoni qayta ishlash sanoatini yanada rivojlantirish,
texnika taraqqiyoti sur’atlarini jadallashtirish va sanoat
mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish vazifalari sun’iy materiallar
ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va ularni sanoatda qo‘llash
quyidagi hollarda iqtisodiy samarali hisoblanadi:
a) sun’iy material yagona xom ashyo bo‘lgan tarmoqda ishlab
chiqarishning jadal sur’atlari bilan va keng ko‘lamda
rivojlantirishga;
b) qayta
ishlovchi
tarmoqlar
texnika
bazasining
mukammallashuviga;
d) iste’molchi tarmoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga va
assortimentni kengaytirishga;
e) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni
jadallashtirishga va uskunalarni mukammallashtirishga;
f) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan
xarajatlarni kamaytirishga sabab bo‘lsa;
g) sun’iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot
tannarxini kamaytirsa.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy
samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, ya’ni qisqa vaqt ichida
kerakli miqdorda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga erishish
mumkinligini e’tiborga olish lozim.
Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, sun’iy materiallar behad
afzalliklarga ega, chunki tabiiy xom ashyo bo‘lgan paxta, jun, teri
va boshqalarni ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun’iy
materiallarni ishlab chiqarishga atigi bir necha kun va soat kifoya
qiladi.
63
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga
nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarflanadi. Masalan, 1 tonna
yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 kishi/soat sarflansa, sintetik
tolaga 225-1400 kishi/soat sarf etiladi.
Sun’iy materiallar sanoatning qo‘shimcha xom ashyo bazasi
bo‘lib xizmat qiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonlarini
kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirishda katta rol
o‘ynaydi. Turli tarmoqlarda kimyoviy usullarni qo‘llash tabiatda
ko‘p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan
ancha ustun bo‘lgan juda ko‘p yangi tur sun’iy materiallar ishlab
chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar
qo‘yadi. Ular o‘ziga xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o‘ta
yuqori va o‘ta past haroratga, yuqori bosim va juda katta elektr
kuchlanishlariga chidamli. Sun’iy materiallar ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar, shu jumladan, sanoatni rivojlantirish va sanoat xom
ashyo bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir.
Respublika hududida taniqli (Langar, Ingichka, Qaytosh,
Yaxton, Sargardon va h.k.) volfram rudasi konlaridan tashqari
Siritog‘ va Sautbog‘ konlari ham aniqlangan. Volframni
Muruntog‘ va uning qo‘shni manbalaridan ajratib olish,
shuningdek, Sautboy va Saritog‘, Turboy, Oltintog‘, Auminza-
Beltog‘ ruda tumanlaridagi konlarda prognozlash va izlanishlarni
kuchaytirish orqali volfram xom ashyo bazasini mustahkamlash
mumkin.
Qo‘rg‘oshin va rux konlari uchta sanoat turida taqdim qilingan:
karbonat jinslarida qo‘rg‘oshin-rux stratiform turi (Uchquloch,
Ko‘lcho‘loq),
vulqonli
jinslarida
skarn-qo‘rg‘oshin-rux
(Qo‘rg‘oshinkon, Kumushkon), vakolchedon-polimetall (Xanjizza
va h.k.) turlari. Qo‘rg‘oshin va ruxning o‘zlashtirilgan zahiralari
Uchquloch (3 mln. tonnadan ortiq) va Xanjizza (700 ming
tonnadan ortiq) konlarida jamlangan.
Xanjizza konida qo‘rg‘oshin va rux bilan birga mis, kumush,
kadmiy, selen, oltin, indiy topilgan. Toshkent viloyati Shavazsoy
litiy ko‘mir tufoalevrolit vulqonli konida 120 ming t dan ortiq
64
hajmda litiy ikki oksidi topilib, undan litiy ajratib olish mumkin.
Unga qo‘shimcha komponentlar sifatida 3,2 ming t seziy oksidi va
8,9 ming t rubidiy oksidi aniqlangan. Konni karyer usulida qayta
ishlash mumkin.
Rudalarni qayta ishlab, 78 % litiy tuzi ajratib olish va bunga
qo‘shimcha ravishda kaliy va natriy sulfatlari ishlab chiqarish
hamda ishlab chiqarilgan sementni qoldiqlar bilan boyitish yo‘li
orqali deyarli chiqitsiz texnologiya ishlab chiqilgan.
2-rasm. “O‘zbekko‘mir” AJ
tomonidan yerosti va ochiq
usullarda ko‘mir qazib olish
Mamlakatda o‘nlab temir ruda
konlari topilgan.
Qoraqalpog‘iston
gabbroidlari-
dagi Tebirbuloq tit-anmagnetit
koni Uraldagi Kachkanar koniga
o‘xshash. Uning zahirasi 68 mln.
tonna metallga baholandi.
Toshkent viloyatidagi
zahirasi qariyb 25,3 mln. tonna
temir bo‘lgan Surenotin skarn-
magnetit koni o‘rganilmoqda.
Jizzax viloyatidagi Temirkon
gematit-magnetit va magnetit
konining hisoblangan zahirasi
rudalari temir vulqonli-qoldiq
35,5 ming tonna temirga teng.
3.3. Foydali qazilmalar
O‘zbekiston Respublikasi izlab topilgan 2 milliard tonna
ko‘mir zahiralariga ega. Ko‘mir qazib olish va yetkazib berish
ishlari bilan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi shug‘ullanadi.
Angren konida qo‘ng‘ir ko‘mir, Sharg‘un va Boysun konlarida
toshko‘mir qazib olinadi. Ko‘mir konlari korxonalar tomonidan
turli usullarda: ochiq usulda, yerosti va yerustini gazlashtirish
usuli bilan o‘zlashtirilmoqda. Ko‘mir energetika maqsadlarida va
65
maishiy yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Ko‘mirni qayta ishlashdan
chiqqan chiqindi organik va mineral o‘g‘itlarga aylantiriladi.
Toshkent viloyatidagi zahirasi qariyb 25,3 mln. tonna temir
bo‘lgan Surenotin skarn-magnetit koni o‘rganilmoqda. Respublika
hududida marganetsning ko‘p sonli manbalari topilgan. Umumiy
resurslari miqdori 15 mln. tonnadan ortiq bo‘lgan Dautosh,
Qizilbayroq, Taxtakaracha va boshqa plast konlari eng ko‘p
o‘rganilgan. Zarafshon va Hisor tizmalari marganets polosasini
oxirigacha o‘rganish kerak. Qizilqumda nurash qatlamida (Alisoy,
Oqsoy va h.k.) marganets konining mamlakatimiz uchun yangi turi
aniqlandi. Yonuvchan slanetslar neft mahsulotlari va qator rangli
hamda noyob metallar olish uchun xom ashyo bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatining foydali qazilma boyliklari va
resurslari 61 turdagi foydali qazilma boyliklarining zahiralari
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
marganets – 813,4 ming tonna;
kvarsit – 1735,4 ming m
3
;
chinni toshi – 853,9 ming tonna;
pegmatita – 1617,1 ming tonna;
kaliy 400 mln. tonna miqdorda;
glaukonit va bentonit – 15,7 mln. tonna;
marmar – 2717,0 ming tonna;
dolomit – 10038,0 ming tonna;
ohak– 8862,0 ming tonna;
qurilishda fodalaniladigan toshlar – 5936,8 ming m
3
;
sement ashyosi – 265,5 mln. tonna;
keramzit – 14,5 mln. tonna;
oyna xom ashyosi – 10,0 mln. tonnadan ortiq.
Respublikamizda qazib chiqariladigan neftning 88 %i va tabiiy
gazning 93 %i viloyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakat tarkibiga kirgan har bir viloyat, tumanlar ma’lum
obyektiv qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, geografik va
hududiy joylashuvi, iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq
xo‘jaligining rivojlanganlik darajasi, hududlarning demografik
66
holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va tabiiy
resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi.
1-jadval
Navoiy viloyatida asosiy xom ashyo resurslarini qazib olish
prognozlari (ming tonna)
5
T/r
Mineral xom ashyo
turi
Prognoz
2017-
yil
2018-
yil
2019-
yil
2020-
yil
Tog‘
-
kon xom ashyolarini
qazib olish
1.
Bazalt
0,7
0,7
0,7
0,8
2.
Bentonitli gil
24,3
25,5
26,8
28,1
3.
Granit
0,5
0,6
0,6
0,7
4.
Kvars jilasi
3,9
4,1
4,3
4,5
5.
Kvarsli qum
53,8
53,9
54,0
54,1
6.
Gips
221,6
221,6
221,6
221,6
7.
Diabaz
934,4
942,7
929,9
904,0
8.
Lyossimon jinslar
11,5
12,0
12,6
13,3
9.
Marmar
26,5
28,0
29,7
31,5
10. Marmarlashgan ohaktosh
0,6
0,7
0,7
0,7
11. Mineral tuz
55,4
57,9
60,6
63,4
12. Ohaktosh
4 983,4
5 130,4
5 185,5 5 185,1
13. Slanets
354,9
365,0
363,5
354,6
14. Tabiiy qum
39,0
41,0
43,0
45,2
15. Tuffit
203,0
217,5
232,0
246,5
16. Fosforit rudasi
3 100,5
3 100,5
3 500,8 6 000,2
Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida
foydali qazilma mineral xom ashyo resurslari juda kam. Navoiy,
Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi foydali qazilma mineral xom ashyo
resurslarga boy. Jizzax, Samarqand viloyatlari ushbu resurslar
mavjud hududlar qatoriga kiradi.
5
Navoiy viloyatini 2017-2020-yillarda kompleks rivojlantirish dasturida belgilab o’tilgan
ko’rsatkichlar asosida keltirilgan.
67
Mamlakatimiz yoqilg‘i energetik salohiyatida esa Navoiy,
Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori.
Yurtimiz aholisi ham viloyatlar bo‘yicha notekis joylashgan.
Masalan, Andijon viloyatida 1 km
2
ga to‘g‘ri keladigan aholi soni
665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil etadi.
2-jadval
2030-yilga qadar ko‘mir yoqilg‘isini qazib olish rejasi
(ming tonna)
№
Nomlanishi
Prognoz
2016
2020
2025
2030
O‘sish
(2015-yilga
nisbatan)
hajmda
marta
Jami
3 700,0
6 940,0 15 200,0 15 900,0 12 414,6
4,6
1. “O‘zbekko‘mir” AJ 3 380,0 5 040,0
13
000,0
13
000,0
9 728,8
4,0
1.1.
“Angren” ko‘mir
havzasi
3 340,0 4 000,0 4 000,0 4 000,0 788,8
1,2
1.2.
“Yerosti
ishlari”
shaxtasi
40,0 40,0 3 000,0 3 000,0 2 940,0
50,0
1.3.
“Shimoliy”
shaxtasi
- 1 000,0 6 000,0 6 000,0 6 000,0
-
2.
“Apartak” ko‘mir
havzasi
160,0 1 000,0 1 200,0 1 900,0 1 810,3
21,2
3.
“Sharg‘unko‘mir”
AJ
160,0 900,0 900,0 900,0 775,5
7,2
4. “Baysun” shaxtasi
-
-
100,0 100,0 100,0
-
Manba: Navoiy viloyati hokimiyati ma’lumotlari asosida.
Navoiy viloyati sanoatlashgan hududlardan biri bo‘lib, aynan
“Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish
to‘g‘risida”gi farmoniga asosan hudud erkin industrial-iqtisodiy
zonaga aylantirildi. Hudud tabiiy va mineral xom ashyo
resurslariga boy bo‘lganligi bilan boshqa hududlardan ajralib
turadi.
68
Navoiy viloyatida asosiy xom ashyo resurslarini qazib olish
prognozlari bo‘yicha keltirilgan statistik ma’lumotlarga tahliliy
yondashadigan bo‘lsak, 2017-2020-yillar davomida aynan sanoat
va qurilish sohalari uchun zarur bo‘lgan mineral xom ashyo
resurslarini qazib olish va hajmi ortib borishi jadvalda o‘z aksini
topgan. 2017-2020-yillarda Nurota tumanida ham “Zafar granite
mining” QK tomonidan granit toshni qayta ishlab, bardyur va zina
ishlab chiqarish, qiymati 1,2 mlrd.so‘m bo‘igan loyihani amalga
oshirish rejalashtirilmoqda.
3.4. Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash
Sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining butun jarayonini
belgilab beradigan xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri kon
qazib olish kompleksi hisoblanadi. Valyuta to‘planishi manbayi
bo‘lgan sanoat uchun xom ashyo – qora, noyob, rangli va asl
metallarga ehtiyoj muntazam oshib bormoqda. Mamlakat
suvereniteti mustahkamlangani sari bu tamoyil saqlanib qoladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
hududi
xalq
xo‘jaligida
qo‘llaniladigan mineral xom ashyoning har xil turlarini o‘z ichiga
olgan turli foydali qazilmalarga boy. Hozirgi paytga kelib, asl,
rangli, noyob, radioaktiv va qorametallar, yonilg‘i-energetika,
kon-ruda, kimyo va rangdor toshlar xom ashyosi, qurilish
materiallari, chuchuk, mineral va termal yerosti suvlarining 2500
dan ortiq manbayi aniqlangan. O‘zbekiston oltin, kumush, plavikli
shpat, mis zahiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘nlikka kiradi.
MDHda O‘zbekiston oltin zahirasi va qazib olinishi bo‘yicha
ikkinchi o‘rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo‘yicha
uchinchi o‘rinni egallaydi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan 900 ta kon ochilgan,
ularda mineral xom ashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi,
shundan 60 turdan ortig‘i sanoatda o‘zlashtirilgan va
ishlatilmoqda. Neft, gaz, kondensatning 142 ta, ko‘mirning 6 ta,
asl metallning 34 ta, qora metallning 7 ta, rangli va noyob
69
metallning 54 ta, kon-rudaning 49 ta, tosh-rangdor toshning 19 ta,
kimyo xom ashyosining 37 ta, qurilish materiallarining 372 ta va
yerosti suvlarining 172 ta manbayi mavjud.
Neft, gaz va kondensat, ko‘mir, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux,
volfram, molibden, plavikli shpat, grafit, yong‘inga chidamli
materiallar, tabiiy tuzlar, sement va g‘isht xom ashyosi va boshqa
qurilish materiallari, yerosti suvlarining ochilgan zahiralari
negizida 500 dan ortiq gaz-neft sanoati, shaxta, kon, karyer va
razrez, taxminan 300 ta mineral suv quyish bo‘yicha zavod va sex
uchun suv zabori faoliyat yuritadi. Ular orasida Olmaliq va Navoiy
kon-metallurgiya kombinati, Angren ko‘mir razrezi va Sharg‘un
shaxta boshqarmasi, Gazli va Sho‘rtan gaz sanoati, Muborak gazni
qayta ishlash zavodi, Ohangaron va Navoiy sement zavodlari,
G‘azalkent va Olmaliq tosh qazib olish kombinatlari va hokazolar
mavjud.
Respublikada ochilgan mineral xom ashyo resurslarining xalq
xo‘jaligi uchun umumiy bahosi 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida
baholanadi. Har yillik o‘sish 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil
qiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish 4,3 mlrd. AQSh dollari
miqdorida baholanadi.
Kon qazib olish kompleksi mineral xom ashyo bazasining
zamonaviy holati uzoq istiqbolga uning barqaror ishlashini
ta’minlabgina qolmay, quvvatlarini oshirish va yangi tarmoqlar
yaratish uchun haqqoniy asoslar beradi.
Noruda foydali qazilmalar, shu jumladan, qurilish materiallari
mineral xom ashyo bazasi mamlakatda keskin rivojlandi. Sement
xom ashyosining 2 ta manbayi (ohaktosh komponenti – 824 mln. t,
gil komponenti – 520 mln. t) beshta faoliyat yuritayotgan
(Ohangaron, Navoiy, Quvasoy, Bekobod, Angren) va uchta
loyihalashtirilayotgan (Beruniy, Sherobod va Jizzax) sement
zavodlari uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi. Qoplash toshi
konlari (72847 ming m
3
li 31 ta kon) faoliyat yuritayotgan toshni
qayta ishlash korxonalarini 100 yildan ortiq davrga ta’minlashi
mumkin. Shu bilan birga, mamlakatda yuqori bezash xususiyatiga
ega qoplash toshlari yetishmayapti.
70
Keramzit xom ashyosi 10 ta ochilgan konda, asosan, Janubiy
O‘zbekiston, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda jamlangan (122,4
mln. m
3
). G‘isht xom ashyosining 160 dan ortiq (zahirasi 412308
ming m
3
), qum-shag‘al materiallarining 66 ta (830888 ming m
3
),
ohaktosh ishlab chiqarish uchun ohaktoshning 21 ta (209442 ming
t), qurilish toshining 36 ta (367402 ming m
3
), beton va silikat
buyumlari uchun qumning 20 ta (186676 ming m
3
) va
boshqalarning konlari qurilish materiallarini ishlab chiqarishning
nisbatan yuqori darajasini ta’minlaydi. Biroq ularni ishlab
chiqarish xalq xo‘jaligining oshib borayotgan ehtiyojlaridan hali
ortda qolmoqda.
Qator yillar davomida qazilma manbalarini kompleks o‘rganish
muhim iqtisodiy natijalarga olib keldi. Aniqlanishicha, qator
konlardagi qo‘shimcha komponentlar, qazilma jinslari, qoldiqli
boyitish, konditsiyasiz rudalar qoldiqlarini ham ishlatish, ulardan
olingan mahsulotlar konlarini o‘zlashtirish rentabelligini ancha
oshiradi.
Mineral xom ashyo bazasi tizimli ravishda qayta tiklanishni,
aniqlashgan va o‘zlashtirilgan zahiralarning sifatini oshirish, ularni
joylashtirish tuzilmalarini yaxshilashni talab qiladi. Suverenitet va
bozor munosabatlari sharoitida O‘zbekiston Respublikasining
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun foydali qazilmalarni qazib
olish va ularni qayta ishlashning yuqori darajasi muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qator obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, mamlakat
bo‘yicha mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash
geografiyasi notekis tarqalgan, bu uning katta hajmlarda va uzoq
masofalarga tashish zaruratini keltirib chiqaradi. Respublikadagi
ko‘plab korxonalar muayyan sabablarga ko‘ra import qilinadigan
qimmatli xom ashyo bilan ishlaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Foydali komponentlar, mineral xom ashyo bazasi, noyob va
radioaktiv metall, rangdor tosh xom ashyosi, xom ashyo, asosiy
71
xom ashyo, sanoat xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi xom ashyosi,
rudali mineral xom ashyolar, rudasiz mineral xom ashyolar, sun’iy
materiallar.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Foydali qazilmalardan foydalanish jarayonida atrof-muhit
muhofazasini ta’minlashning qanday yo‘llari mavjud?
2. O‘zbekistonning mineral xom ashyo resurslari nimalardan
iborat?
3. O‘zbekiston Respublikasi mineral xom ashyo bazasini
izohlang.
4. Mineral xom ashyo resurslari chiqindilarini utilizatsiya
qilishning ahamiyatli masalalari nimalardan iborat?
5. Mineral xom ashyo resurslari chiqindilarini pasaytirishga
e’tibor berishni yoriting.
72
IV BOB. BIOLOGIK RESURSLAR VA ALOHIDA
MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR
4.1. Biologik resurslar haqida tushuncha. Bioresurs,
produtsent, konsument, redutsent, tabiatda
moddalarning biologik aylanishi
4.2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
(qo‘riqxonalar, tabiiy va milliy bog‘lar,
buyurtmaxonalar, tabiiy yodgorliklar)
4.3. O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik resurslari.
O‘rmondan foydalanish. Hayvonot resurslari
(jumladan, baliq resurslari)
4.1. Biologik resurslar haqida tushuncha. Bioresurs,
produtsent, konsument, redutsent, tabiatda moddalarning
biologik aylanishi
Tabiatda uchraydigan biologik resurslar deb, yer yuzining
o‘simlik va hayvonot boyliklariga, mikroorganizmlarga,
shuningdek, mayda hasharot va jonzotlari jamlanmasiga aytiladi.
Biologik resurslar o‘simlik resurslari, shuningdek, tabiatda
uchraydigan madaniy va yovvoyi o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.
Ularning turlari nihoyatda xilma-xildir. O‘simlik resurslari tuproq
tarkibida tomir otib, vegetatsiya davrida o‘sib hamda rivojlanib,
xuddi hayvonot olamidek o‘z umrini yashab bo‘lgandan keyin
tugaydi.
Insonlarning to‘laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi
tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va
bakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs)
hisoblanadi.
Barcha miqyosda (mintaqa, tuman) ma’lum hududda tarqalgan
o‘simlik organizmlarining majmuasi
flora
deyiladi, hayvonot
organizmlarining majmuasi esa
fauna
deyiladi. Ma’lum
hududning flora va faunasi
biotani
tashkil qiladi.
73
Bioxilma-xillik
Yer sharida uchratish mumkin bo‘lgan barcha
jonli narsalarning – hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va
boshqalarning xilma-xilligini bildiradi. Oxirgi ma’lumotlarga
ko‘ra, Yer sharida 350000 ga yaqin o‘simlik turlari mavjud.
O‘zbekistonning bioxilma-xilligi, asosan, 27000 dan ortiq flora
va fauna turlaridan iborat. Ulardan hayvonlar 15000 dan ortiq,
o‘simliklar, zamburug‘lar va suv o‘tlari 11000 ga yaqin. Turli
tizimlarning hayvonot va o‘simlik dunyosi bir-biridan farqlanadi
va u yoki bu tabiiy zonaning o‘zgarishiga (transformatsiyasiga)
bog‘liq.
O‘simliklar
deb oddiy, bir hujayrali, juda mayda suv o‘tlaridan
to ulkan daraxtlargacha bo‘lgan, mustaqil ravishda organik
moddalarni sintez qila oladigan tirik organizmlar guruhiga
aytiladi.
O‘simliklar deyarli yagona fizikaviy (jonsiz) resurslar hisobiga
organik
moddalarni
yaratuvchi
organizmlardir
–
ular
produtsentlar
deyiladi.
Yerdagi biomassaning 99 %i o‘simliklar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Yashil o‘simliklar har yili 180-50 milliard tonna karbonat
angidridni yutib, havoga 150-200 milliard tonna kislorodni ishlab
chiqaradi.
Yer sharidagi o‘simliklar fotosintez tufayli 177 milliard tonna
organik modda hosil qiladi va shunday miqdorda qariyb 450*10
15
kkal. energiyani zahira qiladi. Yer sharida suv 5,8 million yilda,
atmosferadagi kislorod 5800 yilda, CO
2
7 yilda bir marta
yangilanib turadi.
Aks holda sayyorada O
2
va CO
2
kabi gazlarning aylanib,
almashishi buzilib, atmosfera tarkibida CO
2
gazi ko‘payib ketgan
bo‘lar edi.
O‘simliklarning funksiyalari:
– sayyorada gazlarning mavjud muvozanatini saqlash;
– havoni tozalab turish;
– iqlimni boshqarish;
– tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlash;
– qum harakatini to‘xtatish, garmsel kuchini kesish;
74
– soy, jilg‘a, daryo rejimini tartibga solib turish;
– shahar-qishloqlar havosini tozalab turish;
– shovqin-suronni pasaytirish;
– hayvonlarni yem-xashak bilan, insonlarni oziq-ovqat bilan
ta’minlash;
– dori-darmonlar bilan ta’minlash;
– tuproq qatlamidagi namlikni uzoq muddat saqlash va h.k.
Bugungi kunda Yer sharida o‘simliklarning yo‘qolib ketishi
sabablari quyidagilardan iborat:
yangi yerlarni o‘zlashtirish (q/x, sanoat, shaharlar
infrastrukturasi);
o‘simliklarning yangi turlarni keltirish;
o‘rmonlarning yonishi;
turizmning rivojlanishi;
mineral o‘g‘it va pestitsidlarning qo‘llanishi va hokazo.
Bioxilma-xillik tufayli yuzaga kelayotgan mahsulotlar va
xizmatlar ko‘lamini tasavvur qilish qiyin. Turlarning ma’lum turi
hayotiy o‘ta muhimdir. Jumladan, insonlar 7000 ga yaqin
o‘simliklarni oziq-ovqat uchun ishlatadilar, 90 foiz jahon oziq-
ovqat mahsuloti 20 tur hisobiga yaratiladi, shulardan 3 turi
(bug‘doy, makkajo‘xori, sholi) oziq-ovqatga bo‘lgan jahon aholisi
ehtiyojining yarmisini qoplaydi. Biologik resurslar sanoat va
tibbiyot uchun muhim xom ashyo manbasi ham hisoblanadi.
Oxirgi paytda insoniyat yovvoyi o‘simlik va hayvon turlarining
muhim ahamiyatini anglab yetdi. Yovvoyi turlar tabiiy
ekotizimlarning uzviy qismi bo‘lgan hamda ma’lum hududda
tarixan tarkib topgan tirik organizmlarning majmuasi –
biotaning uzviy komponenti hisoblanadi. Tabiiy biota qishloq
xo‘jaligi, sanoat yoki tibbiyot uchun tabiiy resurs manbasi bo‘lib,
dam olish, hordiq chiqarish kabi rekreatsiya, estetik, ilmiy
ehtiyojlarni qondirish hamda ekobiznesni yuritish, rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bioxilma-xillikning quruqlikdagi bunday qonuniyati suv
(dengiz) muhitiga ham xosdir. Masalan, Arktika suvlaridagi
assidiyalar turi atigi 100 dan sal ortiqroq bo‘lib, ularning tropik
75
suvlardagi turi esa 600 dan ortiqdir. Vertikal zonalar bo‘yicha esa
balandlik oshgan sari organizmlarning xilma-xilligi va soni
kamayib boradi. Bunday holat dengiz, okeanlarda chuqurlik
oshgan sari organizm turlarining xilma-xilligi hamda turlarning
soni ham kamayib boradi.
1992-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va rivojlanish”
bo‘yicha Xalqaro anjumanida “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida
konvensiya” qabul qilingan.
Bioxilma-xillik
to‘g‘risida
konvensiyaning
maqsadi
sayyoramizda
bioxilma-xillikni
saqlash,
uning
tarkibiy
qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng
foydalanishdir. O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun
muhofazasi ostida olingan tabiiy hududlar alohida muhim o‘rin
tutadi.
2004-yil 3-dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul
qilingan. Mazkur qonunning vazifasi tipik, noyob, qimmatli tabiiy
obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy
fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy
muhit monitoringini olib borish, ekologik ma’rifat va tarbiyani
takomillashtirishdan iboratdir.
1998-yil 1-aprelda O‘zbekiston Respublikasi mazkur
konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib, bu borada hukumatimiz
tomonidan Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va
harakat rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, konvensiyaning muhim
tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (26.12.1997-
y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi (26.12.1997-y.) hamda boshqa qonunlarida o‘z
aksini topgan.
Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekistondagi flora va fauna tarkibi,
ya’ni bioxilma-xilligi 27000 o‘simlik va hayvonot turi dunyosidan
tarkib topgan. O‘zbekiston faunasi, ya’ni hayvonlar olami o‘z
76
ichiga 97 tur sut emizuvchi, 424 tur qush, 58 tur hasharot, 83 tur
baliqlarni oladi.
O‘zbekiston florasi – o‘simliklar olami esa 4100 dan ortiq
o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Olimlar fikricha, tabiat – bu uzun
chambarchas zanjirdir, binobarin har bir o‘simlik va hayvonot
turining yo‘qolishi Yer sayyorasi ekotizimini – biosferani xavf
ostiga qo‘yadi. O‘z navbatida bioxilma-xillik biosferadagi modda
va energiya almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning
barqarorligini ta’minlashda asosiy omil hisoblanib, Yerdagi
hayotning asosidir. Tabiiy ekotizimlar xilma-xilligi o‘z navbatida
o‘simlik va hayvon turlarining turli-tumanligini ta’minlaydi hamda
tuproq sifatini yaxshilaydi, suv va havoni tozalaydi. Har bir tur esa
tegishli ekotizimning zarur uzviy elementi hisoblanadi.
Barqaror taraqqiyoti uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik
xilma-xillik resurslarini saqlab qolish katta ahamiyatga ega
bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda Xalqaro
biologik xilma-xillik konvensiyasi haqidagi konvensiyaga (Rio-
de-Janeyro) qo‘shildi.
1998-yilda hukumat tomonidan O‘zbekiston Respublikasida
Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy strategiya va
harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish
yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy
vazifalaridan biri mamlakat umumiy maydonining 10 foizgacha
qismini qamrab oladigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
barqaror tizimini tashkil qilish bo‘ldi.
4.2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (qo‘riqxonalar,
tabiiy va milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar, tabiiy yodgorliklar)
O‘zbekiston Respublikasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish
aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to‘laqonli amalga
oshiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish,
muhofaza etish va qo‘llash sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat,
joylardagi davlat hukumati organlari, shuningdek, maxsus
vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari – Ekologiya va atrof-muhitni
77
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Davgeologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining
taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi,
xususan, Umumjahon muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
komissiyasi (WCRA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Biroq
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar butligi va samarali ekologik
menejmentni davlat miqyosida ta’minlash hamda muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning birinchi darajali vazifasi
hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan hudud bu biologik xilma-xillikni qo‘llab-
quvvatlash hamda tabiiy resurslar va ular bilan bog‘liq madaniyat
elementlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan, bunday maqsadga
xos bo‘lgan qonuniy va ma’muriy boshqaruv tartibiga bo‘ysungan
quruqlik yoki dengiz qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilindi, u
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy
hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunga muvofiq muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar ularning maqsad va tartiblaridan kelib chiqib,
quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) davlat qo‘riqxonalari;
2) kompleks (landshaftli) buyurtmaxonalar;
3) tabiiy bog‘lar (milliy bog‘lar, mahalliy milliy bog‘lar);
4) davlat tabiat yodgorliklari;
5) alohida tabiat obyektlari va komplekslarini muhofaza qilish,
qayta ishlab chiqarish va tiklash uchun hududlar (buyurtmaxonalar,
tabiiy pitomniklar, baliq xo‘jaligi zonalari);
6) muhofaza etiladigan landshaftlar (kurort zonalari, rekreatsion
zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo‘yi polosalari, suv
obyektlarini sanitar muhofazalash zonalari, yerusti va yerosti
suvlarining shakllanish zonalari);
7) alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar (o‘rmon
xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari).
Muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlar (METH)
yangi
klassifikatsiyasi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining
78
tavsiyalarini hisobga oladi va iqtisodiy hamda ekologik manfaatlar
birligini ta’minlovchi qo‘riqlanadigan hududlar turli rejimlari
yagona ekologik tizimini yaratish imkonini beradi.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunda
“Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, “Ko‘chib yuruvchi yovvoyi
hayvonlar turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Xalqaro
ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risida”gi va yana bir qator
konvensiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini
amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalish kuchaytirildi.
Yangi qonunning asosiy farq qilish belgilariga quyidagilar
kiradi:
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xalqaro
klassifikatsiyalanishi;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga fuqarolarning
kirishlari asosiy shartlari belgilangan;
– fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat, notijorat
tashkilotlari va fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda muhofaza qilishni va foydalanishni tashkil etishda
ishtirok etishlarining qoidalari ko‘zda tutilgan;
– muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasporti va boshqarish
rejasi to‘g‘risida talablar kiritish;
– kompleks landshaftli buyurtmaxonalar alohida IV
kategoriyasiga kiritilgan, qonunchilikda bu avval bo‘lmagan;
– tabiiy bog‘lar ikki turini yaratish mumkinligi ko‘zda tutilgan,
respublika ahamiyatidagi milliy tabiiy bog‘lar va mahalliy
ahamiyatdagi tabiiy bog‘lar hamda xususiy buyrtmaxonalar va
tabiat pitomniklari;
– tabiat davlat yodgorliklari klassifikatsiyasi kiritildi;
– tabiat pitomniklarini, o‘rmonlarni himoyalash ma’lum
kategoriyalari bilan hududlarni va ovchilik xo‘jaliklarining tan
olinishi;
– davlat biosfera rezervatlari tushunchasining kiritilishi;
– davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish
mumkinligi ko‘zda tutilgan.
79
3-jadval
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar pasporti hisobi ro‘yxati
№
Muhofaza etiladigan
tabiiy qo‘riqxona
nomi
Tashkil
etilgan yili
Hudud
Vakil tashkilot Maydoni
1.
Hisor Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
28.04.1971.
Qashqadaryo
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Tabiatni muhofaza
qilish davlat
qo‘mitasi
80986 ga
2.
Chotqol Davlat
biosfera qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
20.12.1947.
Toshkent
viloyati
Toshkent viloyati
hokimiyati
35724 ga
3.
Kitob geologik Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
22.03.1979.
Qashqadaryo
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Geologiya va
mineral resurslar
davlat qo‘mitasi
3938 ga
4.
Nurota Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
04.12.1973.
Navoiy
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi
17752 ga
5.
Zomin Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
05.06.1928.
Jizzax
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi
26840 ga
6.
Zarafshon Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
11.05.1975.
Samarqand
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi
2426 ga
7.
Surxon Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
08.09.1986.
Surxondaryo
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi
23802 ga
8.
Qizilqum Davlat
qo‘riqxonasi.
Birinchi toifa. Davlat
qo‘riqxonasi
25.10.1970.
Buxoro,
Xorazm
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi
10311 ga
Manba: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
ma’lumotlari.
80
Davlat biosfera rezervati tushunchasini kiritish alohida
ahamiyatga ega. Davlat biosfera rezervati umumdavlat ahamiyatiga
molik yerusti va suvli ekologik tizimga yoki ular kombinatsiyasiga
ega bo‘lgan, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, barqaror tabiatdan
foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tegishli madaniy
boyliklarni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan muhofaza
etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyaviy ta’minlash
to‘g‘risida me’yorlar ham belgilangan. Bunday tabiat hududlarining
ba’zi kategoriyalarini qisman o‘zini o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan
ta’minlash ko‘zda tutilgan, bu ekologik turizm, rekreatsiyani tashkil
etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma berishdan
tushgan foyda hisobiga amalga oshiriladi.
4-jadval
Milliy tabiat bog‘lari hisobi ro‘yxati
№
Milliy tabiat bog‘lari
nomi
Tashkil
etilgan yili
Hudud Vakil tashkilot Maydoni
1.
Ugam-Chotqol milliy
tabiat bog‘i.
Uchinchi toifa. Davlat
milliy bog‘i
30.07.1990.
Toshkent
viloyati
Toshkent
viloyati
hokimiyati
574590 ga
2.
“Do‘rmon” milliy
bog‘i.
Uchinchi toifa. Davlat
milliy bog‘i
05.06.2014.
Toshkent
viloyati
Toshkent shahri
hokimiyati
32.4 ga
3.
Zomin milliy tabiat
bog‘i.
Uchinchi toifa. Davlat
milliy bog‘i
08.09.1976.
Jizzax
viloyati
O‘zbekiston
Resublikasi
Qishloq va suv
xo‘jaligi
vazirligi
23894 ga
Manba: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lumotlari
.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga
muvofiq, birinchi bor xususiy buyurtmaxonalar va parvarishxonalar
yaratish mumkinligi qonuniy ta’minlandi. Bu muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarni xususiylashtirishni anglatmaydi. Yer maydonlari
81
va boshqa tabiat obyektlari yuridik va jismoniy shaxslarga faqat
foydalanishga beriladi.
Bu nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb
etishga imkon beradi, shu jumladan, tabiat obyektlari va muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarni saqlash, qayta tiklash va qayta ishlab
chiqarishni ta’minlash uchun turli milliy va xorijiy tabiatni
muhofaza qilish tashkilotlarini jalb etishga yordam beradi.
O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari dasturini, bosqichma-bosqich to‘lov asosidagi
tabiatdan
foydalanishga
o‘tish
strategiyasini,
tabiatdan
foydalanishni boshqarishni tashkil etish, kompleks tabiatdan
foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va
subsidiyalanishi
hamda
tabiatdan
foydalanishga
xorijiy
investitsiyalarni keng jalb qilish tizimini takomillashtirish
mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirildi.
4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar pasporti asosida keltirilgan bo‘lib, unga
ko‘ra jami 8 ta qo‘riqxona mavjud bo‘lib, har birining tashkil
etilgan yili va umumiy maydoni bo‘yicha hisobi keltirilgan.
O‘zbekistonda milliy tabiat bog‘lari ham mavjud bo‘lib,
asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i Toshkent viloyatining
Bo‘stonliq tumanida, “Do‘rmon” milliy bog‘i Toshkent
viloyatining Qibray tumanida hamda Zomin milliy tabiat bog‘i
Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan.
4.3. O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik resurslari.
O‘rmondan foydalanish. Hayvonot resurslari (jumladan, baliq
resurslari)
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanish va uni muhofaza qilish masalasi dolzarb masalalardan
biridir. Hozirgi kunda dunyo miqyosida o‘simlik va hayvonot
82
dunyosini muhofaza qilish va ushbu obyektlardan foydalanish
tizimini yanada takomillashtirish muhim masalalardan biridir.
O‘simliklarni muhofazalash yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
texnologik yo‘nalishdagi chora-tadbirlar;
o‘simlik resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan
tadbirlar;
o‘simliklarni qayta tiklash va ko‘paytirishga qaratilgan
tadbirlar;
alohida muhofazalanadigan hududlar tashkil etish.
Hayvonotlar (fauna) biomassasi bo‘yicha yerdagi tirik
organizmlarning 2 %ini tashkil qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga
ko‘ra, sayyoramizda ularning 1,5-2 mln. ga yaqin turi mavjud.
Tabiatda hayvonlarning funksiyalari:
– hayvonlar biosferadagi biologik (kichik) modda aylanishida
ishtirok etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadi;
– har yili dunyo bo‘yicha insoniyat tomonidan 180 mln. tonna
oqsillarga boy go‘sht, yog‘, tuxum, baliq, asal kabi oziq-ovqat
mahsulotlari hayvon va hasharotlardan olinadi;
– teri, mo‘yna, ipak, mum, bo‘yoq, o‘g‘it, chorva ozuqasi va
boshqa xom ashyolar tayyorlanadi;
– farmatsevtika, parfyumeriya (ilon va ari zahari, chumoli
spirti, lok-bo‘yoq va boshqalar) xom ashyolari ajratib olinadi;
– turli ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar o‘tkazishda, turli
fermentlar ajratib olish maqsadida foydalaniladi;
– rekreatsiya (dam olish, sog‘lomlashtirish va estetik
huzurlanish) maqsadida foydalaniladi.
Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
hisoblanadi:
a) yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik
ehtiyojlari uchun g‘amlash;
b) chorva mollarini o‘tlatish;
d) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari
uchun foydalanish;
e) yovvoyi o‘simliklarning texnik xom ashyosini g‘amlash;
83
f) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xom ashyosini g‘amlash
(yig‘ish);
g) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun
g‘amlash (yig‘ish);
h) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek, bino, inshoot va
kommunikatsiya qurilishlari bilan bog‘liq holatlarda);
i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy tadqiqot maqsadlarida
foydalanish;
j) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya,
sog‘lomlashtirish,
rekreatsion
va
estetik
maqsadlarda
foydalanish;
k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish
maqsadlarida foydalanish;
l)
o‘simlik
dunyosi
obyektlaridan
kolleksiyalash
maqsadlarida foydalanish
6
.
O‘simlik dunyosi obyektlari.
O‘simlik dunyosi obyektlari
quyidagilardan iborat:
yovvoyi organizmlar daraxtlar, butalar va o‘tsimon
urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar,
suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil
turlari bilan;
yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy
o‘simlik jamoalari yoki ularning har qanday majmuyi;
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik
turlari;
yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa
qismlari yoki ular hayoti faoliyatining mahsullari
7
.
6
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o’simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risida nizom. 2014-y.
290-son qaror.
7
O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentyabrdagi O’RQ-409-sonli “O’simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonuniga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga asosan yangi tahriri.
84
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va
maxsus bo‘lishi mumkin. O‘simlik dunyosi obyektlaridan
umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur
ehtiyojlarni qondirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorlarda va tartibda bepul amalga oshiriladi.
O‘simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab
chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun
haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar
asosida berib qo‘yiladi. O‘simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanish uchun obyekt, tur, hajm va muayyan hudud
doirasida foydalanish muddatini belgilaydigan ruxsatnoma
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat
organlari tomonidan beriladi. O‘simlik dunyosi obyektlaridan
maxsus foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida
belgilanadi.
O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va takror
yetishtirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan
foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari va me’yorlarini
belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar
turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash;
o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklashlar
va taqiqlar belgilash;
o‘simlik dunyosi obyektlari o‘sadigan muhitni muhofaza
qilish talablariga rioya qilish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;
o‘simlik dunyosi obyektlari va ular o‘sadigan muhitni
muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror yetishtirish
sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish;
o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
85
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa tadbirlarni amalga
oshirish.
Biologik resurslarga jiddiy ta’sir bo‘lmasa, o‘z-o‘zini
tiklaydigan tabiiy resurs hisoblanadi va u azaldan insoniyatning
hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Biologik
resurslarning eng katta qismi o‘rmon resurslari hisoblanib, butun
yer yuzining 40 mln. km
2
(4 mlrd. ga)ni yoki butun quruqlikning
30 foiziga yaqinini tashkil etadi. Biroq yildan yilga
o‘rmonlarning kesish jarayoni tobora ortib bormoqda,
shuningdek, sanoatlashgan hududlarning ortishi, aholini oziq-
ovqat, mebel va qog‘oz sanoatining rivojlanishi va bu turdagi
mahsulotlarga talabning ortishi hamda uy-joy qurish uchun
yerlarni o‘zlashtirishning ortib borishi natijasida o‘rmon
hududlari qisqarib borishi kuzatilmoqda.
O‘rmonlar
o‘zaro aloqador va chambarchas bog‘langan tabiat
komponetlarining murakkab tabiiy ekologik tizimi hisoblanadi.
Mazkur tabiat tizimi o‘zining dinamik muvozanatliligi,
barqarorligi, yangilanish va qayta tiklashning yuqori
qobiliyatliligi, energiya va moddaning alohida mutanosib
nisbati, kechayotgan tabiiy jarayonlarning turg‘unligi va
geografik bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.
Geografik zonallik qonuniyatiga binoan bioxilma-xillik
geografik zonalar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, qutblardan
ekvatorga tomon organizmlarning xilma-xilligi ko‘payib boradi.
Masalan, nam tropik o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari
soni mo‘tadil o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari sonidan 3-
6 barobar ko‘pdir.
Lotin Amerikasidagi nam tropik o‘rmonlardagi 1 ga
maydonda 40-100 turdagi daraxt turlari uchraydi. Vaholanki,
Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida esa 1 ga maydonda 10-
30 xil daraxt turlari uchraydi. Umuman olganda, Lotin
Amerikasida Yer sharidagi o‘simlik va hayvon turlarining 40
foizi joylashgan.
86
5-jadval
Davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va
butalarni kesganlik uchun to‘lov miqdorlari
Kesishga ruxsat
berilgan
daraxtlarning 1,3
m balandligidagi
diametri (sm)
Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma
qiymati miqdori (belgilangan eng kam oylik ish haqi
miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
Kam qimmatli daraxtlar
turi uchun: sassiqdaraxt,
oq akatsiya, zarang
daraxti, terak, tut va
boshqa daraxtlar hamda
manzarali butalar
Qimmatli yog‘ochbop
daraxtlar: yong‘oq, nok,
gledichi, eman, lenkoran
akatsiyasi, qoraqayin, qora
archa, chinor, achchiqmiya,
tui, shumtol, lola daraxti,
magnoliya, forzitsiya hamda
boshqa qimmatli daraxtlar va
butalar
4 sm gacha
0,1
0,2
4,1 — 8
0,2
0,3
8,1 — 12
0,3
0,5
12,1 — 16
0,5
0,8
16,1 — 20
0,9
1,2
20,1 — 24
1,3
1,5
24,1 — 28
1,5
2,2
28,1 — 32
2,0
2,8
32,1 — 36
2,8
3,8
36,1 — 40
3,6
5,0
40,1 — 44
4,9
7,0
44,1 — 48
6,0
8,3
48,1 — 52
6,8
9,5
52,1 — 56
7,7
10,7
56,1 — 60
8,6
12,2
60,1 — 64
9,5
13,6
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,1
koeffitsiyent miqdorida oshadi
Izoh
:
butalarning diametri sm hisobida ildiz bo‘g‘zida o‘lchanadi.
Qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar bilan kuchli shikastlangan daraxtlar
hamda butalarni kesish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi, agar ularning
qurishi va shikastlanganligi atayin qilinmagan bo‘lsa, shuningdek,
favqulodda holatlar, tabiiy talafotlar sababli ro‘y bermagan bo‘lsa.
87
O‘rmonlar, asosan, shimoliy o‘rmon mintaqasi mo‘tadil va
qisman subtropik iqlimli hududlar bo‘ylab joylashgan.
Jahondagi jami o‘rmonli maydonlarning yarmi, asosan, yog‘och
zahiralarini tashkil etgan holda shu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Bu mintaqa o‘rmonlarining asosiy xususiyati tik o‘suvchi
sifatli ignabargli daraxtlarning o‘sishidir.
Bu kabi o‘rmonlarga boy davlatlar, asosan, Rossiya, Kanada,
AQSh va Finlyandiyadir. Yuqorida nomlari keltirilgan
davlatlarda o‘rmonlarni kesish yuqori darajada bo‘lsa-da, daraxt
ekish va ularni ko‘paytirish yo‘li bilan o‘rmon va o‘rmon
maydonlarini saqlab qolish kabi chora-tadbirlar keng miqyosda
olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 4 mln. ga o‘rmon
yo‘qotiladi, ulardan 2,7 mln. ga – Afrikada. Bu hududda o‘rmon,
asosan, yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Bir kishi hayoti davomida
200 daraxtni iste’mol qiladi – uy qurish, mebel yasash, qog‘oz
va shu kabilarga 1 ga maydondagi o‘rmonni kesish uchun 1 kun
sarflanadi, lekin shu maydonda o‘rmon o‘stirish uchun 15-20 yil
vaqt sarflanadi.
Yer yuzidagi ko‘plab yirik hayvonlar shu guruhga mansubdir.
Bu guruh hayvonlarning ko‘pchilik turlaridan oziq-ovqat
mahsulotlari, sanoat xom ashyosi, dori-darmonlar olish
maqsadida foydalaniladi.
O‘zbekiston faunasi rang-barang bo‘lib, unda 650 dan ziyod
umurtqali va salkam 32,5 ming turdagi umurtqasiz hayvonlar
uchraydi. Jumladan, umurtqalilardan 97 turi sut emizuvchilar,
424 turi qushlar, 83 turi baliqlar, 58 turi sudraluvchilar va 3 turi
amfibiyalardir.
Bitta qurbaqa yoz davomida 1000 dan ortiq hasharot va
shilliqqurtlarni iste’mol qilishi mumkin. Hayvonlarning sut
emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar,
baliqlar, mollyuskalar, hasharotlar kabi guruhlari ham mavjud.
88
Qushlar
o‘simliklarning
tarqalishida va changlanishida
ham sezilarni rol o‘ynaydi.
Qushlarning ko‘plab turlari-
dan go‘sht, tuxum, pat olishda
va dekorativ maqsadlarda
foydalaniladi (
kichkina
xeron
O‘zbekiston
Respublikasi Qizil kitobiga
kiritilgan).
Sudralib yuruvchilar
ma’lum
guruhdagi organik moddalarni parcha-
lashda ishtirok etadilar. Turli hasharotlar,
mayda hayvonlar, ilonlar, toshbaqalar
kabi sudralib yuruvchilar ba’zi xalqlar
uchun
qimmatli
ozuqa
mahsuloti
hisoblanadi.
Amfibiyalar
(quruqlik va suvda
yashovchilar) ko‘plab hasharotlar va
mollyuskalar populyatsiyasining tabiiy
boshqarilishida ishtirok etadi, bir qator
hayvonlar (qushlar, sudralib yuruvchilar
va sut emizuvchilar) uchun ozuqa
manbayi hisoblanadi.
Mollyuskalar
(qorin
oyoqlilar) ko‘pchiligi suvlik-
larda, qisman quruqlikda
yashashga moslangan bo‘lib,
ko‘pincha boshqa guruhdagi
hayvonlar uchun ozuqa
manbayi hisoblanadi.
Mollyuskalarning ba’zi
turlaridan inson chorva va
parrandalar uchun ozuqa
sifatida, shuningdek, bezak
buyumlari
(chig‘anoq-sadaf)
tayyorlashda foydalanadi.
89
Hasharotlar
hayvonlarning
son jihatdan eng katta guruhi bo‘lib,
asosan,
umurtqasiz
organizmlar
hisoblanadi. Ularning hozirgacha
ma’lum bo‘lgan turi 1 mln. dan ortiq.
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida
1949-yil Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq noyob
turlarni o‘rganish bo‘yicha doimiy komissiyani tashkil qildi. 1963-
yil Xalqaro Qizil kitobning (Qizil ro‘yxat-Red List) birinchi nashri
chop etildi. 1983-yil O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi
chop etildi.
Mamlakatimizda baliq mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida
keng qo‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda
respublikamiz baliqchiligining rivojlanishiga nazar soladigan
bo‘lsak, baliqchilik, asosan, ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda.
Birinchisi tabiiy suv havzalaridan (ko‘l, daryo va h.k.) baliq
ovlash, ikkinchisi akvakultura, ya’ni inson tomonidan nazorat
qilinadigan sharoitlarda baliq yetishtirishdir.
Dunyo tajribalaridan ma’lumki, baliq mahsuloti zaminda
yashab turgan insonlar uchun to‘yimli va o‘ziga xos yuqori
kaloriyaga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanib,
tarmoqlarda baliqchilik sohasining rivojlanishi asnosida aholining
ko‘p qatlamlari uchun bandlik ta’minlash asosida ish o‘rni hamda
iqtisodiy manba sifatida e’tirof etiladi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)
ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-yilda 117,8 mln. tonna baliq oziq-
ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilingan, ya’ni dunyo miqyosida
aholi jon boshiga o‘rtacha 17,2 kg dan baliq va baliq mahsulotlari
to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatimizda 0,42 kg ni tashkil
Qizil kitob
– yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob
o‘simlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda o‘simlik
va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari
yoritiladi, ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
90
etgan holda, yurtimizda agrar sohada, xususan, baliqchilik
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarmoq diversifikat-
siyalashuvi hisobiga ijobiy o‘zgarishlarga erishilmoqda
8
.
2013-yilda 38156 tonna baliq mahsulotlari ovlangan bo‘lsa,
2014-yilda 46534,6 tonna, 2015-yilda esa 60006,5 tonna baliq
mahsulotlari ovlangan.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi
korxonalarida, xususan, baliqchilikka ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklarida so‘nggi yillarda baliqchilikni rivojlantirish borasida
tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
6-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2013-2015-yillarda ovlangan
baliqlar to‘g‘risida, tonna
9
Hududlar
2013-yil
2014-yil
2015-yil
2015-yilda 2013-yilga
nisbatan
+,-
%
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
2654,0
2658,0
3410,0
756,0
128,5
Andijon
1776,0
2176,0
2535,0
759,0
142,7
Buxoro
1320,5
1570,7
1951,0
630,5
147,7
Jizzax
7396,4
9035,5 10850,3 3453,9
146,7
Qashqadaryo
2277,0
2751,0
3306,0
1029,0
145,2
Navoiy
3108,9
3771,1
5610,1
2501,2
180,5
Namangan
1742,0
2146,0
2733,0
991,0
156,9
Samarqand
1124,0
1384,0
1839,0
715,0
163,6
Surxondaryo
1266,0
1521,8
1911,0
645,0
150,9
Sirdaryo
1122,7
1545,0
1822,0
699,3
162,3
Toshkent
6706,0
8000,4 11557,1 4851,1
172,3
Farg‘ona
2606,5
3485,1
4025,0
1418,5
154,4
Xorazm
5056,0
6490,0
8457,0
3401,0
167,3
Jami
38156,0
46534,6
60006,5
21850,5
157,3
8
Internet ma’lumotlari asosida. www.google.com.
9
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida
tayyorlangan.
91
Baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ish yuritish
va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy, tashkiliy va
huquqiy shart-sharoitlari tubdan o‘zgarib, bozor munosabatlariga
asoslangan yangi tizim shakllandi. Sohada amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar turli mulkchilik shaklidagi baliqchilik
xo‘jaliklarining raqobatchilik asosida faoliyat olib borishini
ta’minladi.
Baliq tarkibidagi oqsillarda aminokislotalar mavjud. Baliqdagi
oqsil miqdori uning turiga qarab, 15-20 % bo‘lishi mumkin,
hayvon go‘shti tarkibidagi oqsillar 87-89 % hazm bo‘lsa, baliq
tarkibidagi oqsillar 93-98 % hazm bo‘ladi. Baliq go‘shtida ekstrakt
moddalar mavjud bo‘lib, ular ishtaha ochadi va oshqozon
sekretsiyasini ishga tushiradi.
6-jadval ma’lumotlariga tahliliy yondashadigan bo‘lsak, unda
O‘zbekiston Respublikasida 2013-2015-yillarda ovlangan baliqlar
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarga tayangan holda shuni aytish
joizki, 2013-yilda 38156 tonna baliq mahsulotlari ovlangan bo‘lsa,
shundan Jizzax, Toshkent va Xorazm viloyatlari yuqori salmoqqa
ega bo‘lmoqda. Eng past ko‘rsatkich Samarqand va Sirdaryo
viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2015-yilda 60006,5 tonna
baliq mahsulotlari ovlangan bo‘lib, deyarli barcha viloyatlar o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lgan.
O‘tgan yillarda “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi korxonalari va
Chinoz omixta yem ishlab chiqarish zavodi tomonidan 16 ming
800 tonna (140,3 %) omixta yem baliqchilik xo‘jaliklariga
shartnoma asosida yetkazib berildi. Respublikada 7 ta baliqni
qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda: Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida – 1
tadan, Toshkent viloyatida – 3 ta.
Shuningdek, o‘tgan yillarda 9 ta – Andijon, Jizzax,
Namangan, Xorazm, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida
1 tadan, Qashqadaryo viloyatida 2 ta baliqni qayta ishlash
korxonalari ishga tushirildi.
Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash va sotish uchun
har bir tuman markazida 1 tadan va viloyat markazlarida 5 tadan
92
maxsus do‘konlar tashkil etildi. Baliqchilikni rivojlantirish
markazi tomonidan baliq inkubatsiyasi uchun “Amur-Texno” va
“Veys-Texno” inkubatsiya apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. 2009-2012-yillarda 34 dona Amur va 54 dona Veys
apparatlari baliqchilik xo‘jaliklariga yetkazib berildi.
Respublika baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan 60006,5 tonna
baliq ovlanib, aholi iste’moli uchun yetkazib berildi. Mavsumda
baliqlar yetishtirish uchun qishlash havzalariga bir yillik chavaqlar
ko‘chirib o‘tkazildi. Sun’iy va tabiiy suv havzalarida baliq
yetishtirish ishlari ob-havo qulayligiga qarab fevral-mart oylarida
amalga oshiriladi. 2003-yilda Qizil kitobning yangi nashriga sut
emizuvchilarning 24, qushlarning 51, sudralib yuruvchilarning 16,
baliqlarning 18, halqali chuvalchanglarning 3, mollyuskalarning
15, bo‘g‘im oyoqlilarning 62 turi va kenja turi kiritilgan. Qushlar
turli hasharotlar va ba’zi kemiruvchi hayvonlar o‘simlik
populyatsiyasini tabiiy boshqarishda faol ishtirok etadi.
7-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan
o‘simliklarga yetkazilgan undiriladigan zarar miqdorini
hisoblash uchun koeffitsiyent miqdori
10
Toifasiga ko‘ra
bitta o‘simlik uchun
Undiriladigan zarar miqdori,
belgilangan eng kam oylik ish haqiga
nisbatan koeffitsiyentlarda (bitta
o‘simlik uchun)
1 – yo‘qolib
ketayotgan
2
2 – kamyob
0,8
3 – kamayayotgan
0,5
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar undirishdan olingan
mablag‘lar hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan
10
O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan
o’tish tartibi to’g’risidagi nizomga 19-ilova.
93
zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar 100 foiz miqdorida undirishi
belgilangan:
agar biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish
sodir etilgan bo‘lsa, qonun hujjatlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar
va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari hisob
raqamlariga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir
etilgan taqdirda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi
foydalanuvchining hisob raqamiga;
buzish sodir etilgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik
shaxsiy hisob raqamiga yoki qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari,
biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Xususan:
agar huquqni buzish davlat qo‘riqxonasi hududida sodir
etilgan bo‘lsa, uning hisob raqamiga;
agar biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir
etilgan bo‘lsa, qonun hujjatlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar
va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari hisob
raqamlariga; ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish
sodir etilgan taqdirda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi
foydalanuvchining hisob raqamiga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir
etilgan taqdirda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi
foydalanuvchining hisob raqamiga;
buzish sodir etilgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik
shaxsiy hisob raqamiga yoki qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari,
biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
94
Asosiy tayanch tushunchalar:
Bioxilma-xillik, flora, fauna, biota, o‘simliklar, O‘zbekiston
florasi, muhofaza etiladigan hududlar, o‘rmonlar, qushlar, sudralib
yuruvchilar, amfibiyalar, mollyuskalar va ularning turlari.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Biologik resurslar muhofazasini ta’minlashning qanday
yo‘llari mavjud?
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (qo‘riqxonalar, tabiiy va
milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar, tabiiy yodgorliklar) haqida
nimalarni bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik resurslari, o‘rmondan
foydalanish, hayvonot resurslari (jumladan, baliq resurslari)dan
foydalanishni izohlang.
4. Biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish ustidan davlat nazorati kabi masalalar nimadan iborat?
5. Biologik resurslarni muhofaza qilishga siz qanday e’tibor
berardingiz?
95
V BOB. INSON EKOLOGIYASI
5.1. Aholi sonining o‘sishi va atrof-muhit
muammolari
5.2. Atrof-muhit va demografik siyosat
5.3. O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning
samaradorligini oshirish
5.1. Aholi sonining o‘sishi va atrof-muhit muammolari
Insoniyat asrlar davomida buyuk tabiat, inson, jamiyat, davlat
va hamjamiyat nima o‘zi, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va
u qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga javob qidirib kelganlar.
Inson tirik organizm sifatida boshqa tirik jonzotlardan buyuk
kuch-qudrati orqali tubdan farq qilishi odamzodni ilm ahli
tomonidan alohida bir mavjudot sifatida qarashga majbur etdi.
Ayniqsa, bunday dunyoqarash XX-XXI asrlarda, ya’ni ilmiy-
tehnika yutuqlari davriga kelib juda avjiga chiqdi. “Tabiat ustidan
g‘alabaga” erishgan inson aslida alohida bir “individ” yoki hech
kimga bo‘ysunmaydigan “hokim” emas, balki u tabiatning bir
bo‘lagi, “Tabiat oshhonasining bir anjomidir”. Insonni hech
qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi yashash makonidan
ajratishning iloji yo‘q.
Inson Yer kurrasining jonli qobig‘i biosfera, yer yuzida
yashovchi va tirik organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin
murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining
yuqoriligi,
nuthining
rivojlanganligi,
ijodiy
faolligi,
takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, ahloqiy, ma’naviy
hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik
organizmlardan tubdan ajralib turadi. Uni boshqa insonlar bilan
ma’lum bir hududda tarihan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi
jamiyatdir. Huddi ana shu insonlar jamoasi-jamiyat tabiat bilan
uzviy munosabatdadir.
96
Tabiat va inson Yer kurrasida juda uzviy bog‘langan va
o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Chunki insonni tabiatga
bo‘lgan har qanday ta’siri (xoh ijobiy, xoh salbiy) ohir oqibatda
insonning o‘ziga aks-sado bo‘lib qaytib keladi.
Hozirgi zamonda atrof tabiiy muhit holati ko‘proq tabiatga
emas, balki kishilik jamiyatiga bog‘liqdir. Biz tabiatdan ajralgan
holda yashay olmas ekanmiz, uning bir bo‘lagi bo‘lib qolishimiz
lozim.
XX asrga kelib tabiat va jamiyat munosabatlari keskinlasha
boshlagan. Asosiy mineral xom ashyo resurslarining
yetishmovchiligi, isrofgarchilik bilan o‘zlashtirilishi noxush
ijtimoiy-siyosiy va ekologik oqibatlarga sabab bo‘lgan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib hayot sharoitlarining
yaxshilanishi, fan-texnika inqilobi aholi sonining keskin ortishi-
«Demografik portlash»ga olib keldi.
Yer yuzi aholisi sonining keskin o‘sishi odamlar o‘rtacha umr
davomiyligining ortishi, oziq mahsulotlari bilan ta’minlanishining
yaxshilanishi,ayrim kasalliklarning tugatilishi, bolalar o‘liminig
kamayishi va boshqalar bilan bog‘liqdir.
3-rasm. Aholi sonining ortib borishi
Ekologik xavfsizlik
– deganda atrof tabiiy muhit holatini
organizmlarning hayoti uchun ehtiyojlariga javob bera olishi, yoqi
97
insonlar uchun sog‘lom, toza va qulay tabiiy sharoitga ega atrof-
muhit tushuniladi. Ekologik xavfsizlikni taminlash uchun har bir
alohida davlat ma’lum ekologik siyosatni olib boradi.
Ekologik tahdidlar deganda atrof-muhit holati va insonlarning
hayot faoliyatiga bevosita yoqi bilvosita zarar yetkazadigan tabiiy
va texnogen xarakterdagi hodisalar tushuniladi. Ekologik
tahdidlarning mahalliy, milliy, regional va global darajalari
ajratiladi. Ekologik tahdidlar darajalari shartli ajratilgan.
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, havoning ifloslanishi,
chiqindilar muammosini maqalliy darajadagi ekologik tahdidlar
qatoriga ham kiritish mumkin.
4-rasm. Inson mehnati faolitining tabiatga ta’siri omillari
va shakllari.
O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni taminlash
strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va
Konstitutsiyasida belgilangan hayotiy zarur manfaatlaridan kelib
chiqadi.
Fan-texnika taraqqiyoti
Aholi sonining ko’payishi.
Urbanizatsiya
Ishlab chiqarish
kuchlarining o’sishi
Tabiiy resurslarning
kamayishi
Atrof-muhitning ifloslanishi
Ekologik muvozanatning buzilishi,
ekologik vaziyatning keskinlashuvi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni yaxshilash
va muhofaza qilish
98
- Shaxsning hayotiy zarur manfaatlariga:
- insonning hayot faoliyati uchun optimal ekologik sharoitlarni
taminlash, aholi salomatligini himoya qilish kiradi;
Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:
- barqaror ekologik vaziyatni qaror toptirish, aholi salomatligini
taminlash, sog‘lom avlodni shakllantirish kiradi;
Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:
- barqaror rivojlantirish, regionda ekologik vaziyatning
barqarorligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
-
iqtisodiyotning
ustuvor
tarmoqlarida
ilmiy-texnik
rivojlantirishning yuqori darajasini taminlash;
-
milliy
xavfsizlikning
samarali
tizimini
yaratish,
O‘zbekistonning kollektiv xavfsizlik va hamkorlikning regional va
global tizimlari tarkibiga tabiiy qo‘sxilishini taminlash kiradi.
Har
bir
alohida
mamlakatda
ekologik
xavfsizlikni
taminlashning ustuvor yo‘nalishlari mavjuddir. O‘zbekistonda,
bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish
va atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash borasida ijobiy o‘zgarishlar
amalga oshdi.
Ekologik xavfsizlikni taminlash va ekologik tahdidlarning
oldini olish uchun O‘zbekistonda birinchi navbatda quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Tabiiy resurslardan, shu jumladan, suv, yer, mineral xom
ashyo va biologik resurslardan kompleks foydalanish;
2. Respublika hududida atrof-muhit ifloslanishini ekologo-
gigienik va sanitar me’yorlargacha kamaytirish;
3. Ekologik falokat zonasi-Orol bo‘yida, shuningdek,
mamlakatning boshqa ekologik nomaqbul hududlarida ekologik
holatni tiklash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni
amalga oshirish;
4. Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi, oziq mahsulotlari,
dori-darmonlar bilan taminlash;
5. Ekologik toza va kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish;
6. Ekologiya sohasida ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, fan va
texnika yutuqlaridan foydalanish;
99
7. Aholining ekologik ta’limi, madaniyati, tarbiyasi tizimini
rivojlantirish va takomillashtirishi;
8. Ekologik halokatlar, ofatlar, favqulodda vaziyatlar,
avariyalarning oldini olish va oqibatlarini tugatish;
9. Ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan
hamkorlikni chuqurlatish va boshqalar.
5.2. Atrof-muhit va demografik siyosat
Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon
talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvi rol
o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 120 dan ortiq qonun
va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Ekologik qonunchilikning
maqsadi insonlarning salomatligi, mehnat va maishiy sharoitlari
to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilish hisoblanadi.
Ekologik qonunchilik bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining normalari
ekologik qonunchilikning asosini tashkil qiladi. 1992-yil 8-
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublika Konstitutsiyasi
asosiy qonun hisoblanib, hamma uchun majburiy va oliy yuridik
kuchga egadir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning
50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50-
moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu
talabga ko‘ra O‘zbekistonning har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
talablariga to‘la amal qilishi shartdir.
Asosiy qonunning 54-moddasiga ko‘ra, jamiyatning iqtisodiy
negizlaridan biri bo‘lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti
qonuniyatlariga mos ravishda e’tirof etiladi. Lekin, mulkdor o‘z
xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf yetishi hech
qachon ekologik muhitga, ya’ni atrof-muhit holatiga zarar
yetkazmasligi kerak.
100
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq «Yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur
va ular davlat muhofazasidadir».
Umummilliy boylik tushunchasi O‘zbekiston konstitutsiyalari
tarixida birinchi bor qo‘llanilgan bo‘lib, u barcha turdagi mulk
shaklini inobatga oladi. Lekin barcha tabiiy obyektlar o‘zbek
xalqining mulki bo‘lib, uni O‘zbekiston Respublikasi ilk bor
mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldi. Endilikda milliy
boylik bo‘lgan barcha tabiiy zahiralardan o‘ta samaradorlik bilan
foydalanish mamlakatimiz rivojining zaminidir. Shuning uchun
ham davlat ularni o‘z muhofazasiga oladi.
Konstitutsiyaning 100-moddasiga binoan ilk bor shahar, tuman,
viloyat mahalliy hokimiyatlariga o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linma-
larida atrof-muhitni muhofaza qilish vakolati topshirilgan. Ularda
yashovchi aholini ekologik jihatdan xavfsizligini taminlash,
iqtisodiy-ekologik tadbirlarni uyg‘unlashtirish, hamda kelajak
istiqbollarni belgilash maqsadida tabiiy obyektlarni muhofaza
qilish chora-tadbirlarini tegishli hududlar bo‘yicha ishlab chiqish,
ulardan foydalanish, egallash, ijaralash va mulk sifatida berish
huquqini yaratdi, nazorat-javobgarlik mexanizmini takomillash-
tirishga imkon berdi
Ilmiy-texnik taraqqiyot va uning bilan bog‘liq tabiiy muhitning
buzilishi
muhofazani
kuchaytirish,
alohida
resurslardan
foydalanishni huquqiy tartibga solish uchun «Suv va suvdan
foydalanish to‘g‘risida» (1993); «Alohida muhofaza qilinadigan
tabiiy hududlar to‘g‘risida» (1993); «Atmosfera havosini
muhofaza qilish to‘g‘risida» (1996); «Hayvonot dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» (1997) va
boshqa qonunlar qabul qilingan. Mavjud qonunlar va normativ
huquqiy hujjatlarda fuqarolarning ekologik huquqlariga katta o‘rin
berilgan.
Zaharli chiqindilarni tashlash natijasida ekinlarni, baliqlarni
nobud qilish, tabiiy obyektlarni buzish, yetkazilgan zarar uchun
korxonalar, mansabdor shaxslardan va fuqarolardan belgilangan
101
tartibda tovon pulini undirish majburiydir.
Mavjud qonunchilikda tabiatdan oqilona foydalanish, yangi,
kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlarini amalga
oshirgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun
rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Asosiy qonunda tabiatdan umumiy va maxsus yo‘sinda
foydalanish shartlari berilgan. Tabiatdan umumiy tarzda
foydalanish-tabiat qo‘ynida dam olish, baliq ovlash, o‘simliklar
terish va boshqalar fuqarolar uchun tekinga, hech qanday
ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus foydalanish korxonalar, tashkilotlar va
fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘ziga xos faoliyatni amalga
oshirish uchun tabiiy resurslardan haq olib va maxsus
ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoqi ijaraga
beriladi. Tabiiy resurslardan foydalanishda maxsus me’yorlar
(limit) belgilanadi. Tabiatdan foydalanishda ijaraga olish,
litsenziya, shartnoma va boshqa Shakllari mavjuddir. Tabiatdan
foydalanish talab va me’yorlar darajasida bo‘lmasa ruxsatnomalar
va ijara shartnomalari bekor qilinadi va tabiatdan foydalanuvchi
keltirilgan zararni qoplashi majbur bo‘ladi.
Atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazadigan faoliyat,
ekologik qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq intizomiy,
fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
«Tabiatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risida»gi
qonunning
47-moddasiga ko‘ra:
- tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari
va boshqa normativ-texnik talablarni buzishda, shu jumladan,
korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni
rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoqi
ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtai nazardan xavfli
mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda
hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya
normalari, qoidalarini buzishda;
- tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda,
102
davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitga
zararli moddalar chiqarganlik va oqizganlik, qattiq chiqindilar
joylashtirganlik, bu muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir
ko‘rsatishning boshqa turlari uchun belgilangan xaqni to‘lashdan
bosh tortganlikda;
- tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni
muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;
- atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir
oqibatlarini bartaraf yetish va tabiiy resurslarni takror ishlab
chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda;
- tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga
oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda;
- alohida muhofaza qilinadigan hududlar va obyektlarning
huquqiy tartibotini buzganlikda;
- ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini, kimyolashtirish
vositalarini, shuningdek, radioaktiv va zararli kimyoviy
moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni
zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza
qilish talablarini buzganlikda;
- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat
nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga
borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat
tashkilotlariga esa huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga
to‘sqinlik qilinganda;
- atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan
foydalanish to‘g‘risidao‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan
bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston
Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy
va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar».
Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi
ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir yetish quroli hisoblangan
yoqi bevosta shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
103
3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (masalan,
ov qilish huquqidan) mahrum yetish.
Ekologiya sohasidagi ijtimoiy xavfli, og‘ir oqibatlarga olib
keladigan qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va
fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Tabiatdan foydalanish talablarini qo‘pol buzish, atrof-
muhitning ifloslanishi oqibatida aholining ommaviy kasallanishi
yoxud nobud bo‘lishi; hayvonlar, parrandalar, baliqlarning qirilib
ketishi; suv yoqi suv havzalaridan foydalanish tartibini buzish;
«qizil kitob» ga kiritilgan turlarni nobud qilish va boshqalar
shunday jinoyatlarga kiradi.
Ekologik jinoyat sodir yetishda aybli deb topilgan Shaxslarga
nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) muayyan huquqdan mahrum qilish;
3) ahloq tuzatish ishlari;
4) qamoq;
5) ozodlikdan mahrum qilish.
Qo‘shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham
qo‘llanilishi mumkin.
Ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish katta ahamiyatga
egadir. Bunda aholi o‘rtasida zarur ta’lim-tarbiya, targ‘ibot
ishlarini muntazam olib borish, ommaviy axborot vositalarida bu
masalalarni yoritib borish ijobiy natijalarni beradi.
5.3. O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning
samaradorligini oshirish
O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi tabiatni muhofaza
qilish siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, qonun
hujjatlarini qabul qiladi va Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy
resurslardan foydalanganlik uchun haq olishning eng ko‘p-kam
hajmini, shuningdek, to‘lovlarini undirib olishdagi imtiyozlarni
104
belgilaydi. Shuningdek, hududlarni favqulodda ekologiya holati,
ekologiya ofati va ekologiya falokati mintaqalari deb e’lon qiladi
va bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko‘rganlarning
maqomini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat va ijro
etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida quyidagi vakolatlar berilgan:
- ekologik xavfsiz muhitni taminlash uchun zaruriy chora-
tadbirlar ko‘radi;
- ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi va ularga oid
farmon, farmoyish va qarorlar qabul qiladi;
- ekologik qonun me’yorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining noekologik hujjatlarini bekor qiladi;
- Oliy Majlis senati tasdig‘iga Tabiatni muhofaza qilish
qo‘mitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi;
- ekologik inqiroz yoki talofot ko‘rgan hududlar yoki butun
hudud bo‘yicha favqulodda holat joriy etadi;
- respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir
vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning
tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya
sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi, ularning bajarilishini
nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va baholashni
tashkil etadi, ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratadi
hamda uning amal qilishini ta’minlaydi.
Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir qator vazirliklar va muassasalar, korxonalarida tabiatni
muhofaza qilishni boshqarish bo‘limlari ish olib boradi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh
ijro etuvchi organ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
qo‘mitasi bo‘lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo‘ysunadi.
Qo‘mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni
muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan
105
davlat nazoratini amalga oshirish;
- tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish;
- davlat ekologiya ekspertizasini o‘tkazish;
- atrof-muhit sifatining me’yorlarini tasdiqlash;
- ifloslantirvuchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga
oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar
berish va ularni bekor qilish;
- ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasida, Toshkent shahri va viloyatlarda, ma’muriy tuman-
lar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalaridan iborat tuzilmaga ega.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini shu bilan
birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar
qo‘mitasi amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va
jamoat nazorati amalga oshiriladi.
Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan
foydalanish bepul bo‘lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanishgan, atrof-muhitni ifloslantirganlar va
buning uchun hech qanday to‘lov to‘lamaganlar. Faqatgina atrof-
muhitning juda kuchli ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda
korxonalar jarima to‘lash bilan cheklanganlar.
Tabiatdan xo‘jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz
vaziyatlari vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Tabiiy
resurslarni qidirish, qazib olish va atrof-muhitni muhofaza qilish
xarajatlari davlatning zimmasida bo‘lgan. Lekin hozirgacha bu
xarajatlar tabiiy muhitga yetkazilgan zarardan ancha kam va farq
chuqurlashib bormoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni ifloslaganligi,
chiqindilarni joylashtirgani va boshqa ta’sir turlari uchun
to‘lovlarni joriy qilish iqtisodiy-ekologik muammolarni hal
qilishning samarali yo‘li hisoblanadi.
Tabiatga foyda keltiradigan, uning holatini yaxshilaydigan
faoliyati uchun korxonalar, muassasalar tashkilotlar va alohida
106
Shaxslarga turli imtiyozlar beriladi.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni taminlashning iqtisodiy
tartiboti:
- tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy
muhitni
ifloslantirganlik
(shu
jumladan,
chiqindilarni
joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli
ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;
- kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy
etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta
tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soliq, kredit imtiyozlari
va o‘zga imtiyozlar berishni;
- ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘lla-
ganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy
etishni;
- tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassa-
salar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini
yuklashni;
- tabiat obyektlarini buzish yoqi yo‘q qilib yuborish oqibatida
yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni
va boshqalarni ko‘zda tutadi”.
O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni belgilangan norma-
tiv(limit)dan ortiqcha ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni
chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun,
normativ ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan nooqilona,
kompleks bo‘lmagan foydalanish uchun to‘lovlar mavjuddir.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi
va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi
hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi
va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug‘urta qilinadi.
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi
hisoblanadi va yer yuzida ekologik halokatni bartaraf qilish
107
mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 7 mlrd. dan ortiq insonlarning
umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida,
umumjahon miqyosiida amalga oshirilgandagina o‘z samarasini
berishi mumkin.
Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda
biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta’siri hech qanday
davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib kelib chiqadi.
Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko‘plab
mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina
davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum
bo‘lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi
hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi:
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona
foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
shartnoma va konvensiyalar.
2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.
Turli davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi
faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va
konvensiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX
asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni
tartibga solish yo‘nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko‘chib
yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e’tibor berilgan.
Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni
tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar
mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqapo
konvensiya 1931-yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi
suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan
edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza
qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar
tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili Moskvada tuzilgan
atmosfera, suv osti kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash
haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
108
1973-yilda nodir hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni
chegaralash to‘g‘risidagi (SITES) xalqaro konvensiya tuzildi.
1972-yili Stokgolmda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
o‘tkazilgan
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
(BMT)ning
I-Umumjaxon konferensiyasida 5-iyun Xalqaro tabiatni muhofaza
qilish kuni deb e’lon qilingan. 1973-yili Londonda dengizlarni neft
va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish
yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978-yili
Ashxobodda o‘tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi
(XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish
strategiyasi qabul qilindi.
Atrof-muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada
ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992-yili Rio-De-
Janeyroda Biologik xilma-xillikni saqlash, iqlimning o‘zgarishi,
cho‘llashish bo‘yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga
sabab bo‘ldi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat
va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ham amalga oshiriladi.
Bunday hamkorlik maqsadlari, tuzilishi va faoliyati bilan
farqlanadi, hamkorlik xarakteriga ko‘ra ikki tomonlama yoqi ko‘p
tomonlama, regional va subregional bo‘lishi mumkin.
BMT atrof-muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat
beradi. BMTning 1972-yilda tuzilgan atrof-muhit bo‘yicha maxsus
dasturi YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol
o‘ynaydi. 1948-yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza
qilish Xalqaro Itgifoqi(TMXI) yuzdan ortiq davlatlar, 300 ga
yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi
vaqtda atrof-muhit muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik
xalqaro nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning
fan, maorif, ta’lim va san’at masalalari bilan shug‘ullanuvchi
tashkiloti YUNESKOning 14 loyihadan iborat «Inson va
Biosfera» dasturi ko‘p yillardan beri xalqaro hamkorlikda amalga
oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir.
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli
bosqichiga etgan hozirgi davrda atrof-muhitni muhofaza qilish
109
sohasida barqaror xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish
maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda «Orolni qutqarish
xalqaro fondi», Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi va
boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yili 2-martda BMTga teng
huquqli a’zo bo‘lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik
uchun ham keng yo‘l ochib berdi Birinchi navbatda Markaziy
Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol
va Orolbo‘yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari,
xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lib, ushbu
yo‘nalishda turli tadbirlar o‘tkazildi va amalga oshirilmoqda.
Orolbo‘yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash, ularga
tibbiy yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan
hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Tabiat va inson, demografik portlash, ekologik tahdidlar, atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalari, atrof-muhit va inson
salomatligi, ekologiya sohasidagi ijtimoiy xavfli, ekologiya
sohasida huquqbuzarlik.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. XX asrda «Demografik portlash» ning sabab va oqibatlarini
tushuntirib bering.
2. Ekologik xavfsizlik deganda nima tushuniladi?
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiatdan
foydalanish masalalari qanday aks ettirilgan?
4. Davlatlararo ekologik hamkorlikning zarurligini asoslab
bering.
5. Ekologiya va tabiat muhofazasi faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi qanday xalqaro tashkilotlarni bilasiz?
110
VI BOB. IFLOSLANISHNI BOSHQARISH
IQTISODIYOTI: UMUMIY NUQTAI-NAZAR
6.1. Ifloslantiruvchi taksonomiya.
6.2. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi.
6.3. Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat.
6.4. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy
moddalardan tozalash usullari.
6.1.
Ifloslantiruvchi taksonomiya
Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning
kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir.
Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan
qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning
massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi,
xolos.
Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning
tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan
intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda
atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib,
ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga
qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan
ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri
keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi,
zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi.
Atmosferaning eng pastki qismi
troposfera
deb atalib, havo
massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv
bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km
ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6
0
C ga pasaya boradi.
Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib,
ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland
ko‘tarilgan sari kamayib boradi.
111
.
5-rasm. Atmosfera va uning tarkibiy tuzilishi
Troposferaning yuqori – stratosferaga o‘tish qismida harorat
aksincha sovib, -50 dan -80
0
C gacha yetadi. Stratosferada yerdan
25 km balandlikkacha harorat o‘zgarmay qoladi. Stratosferada suv
bug‘lari oz. Shuning uchun bulut hosil bo‘lish jarayoni
kuzatilmaydi va yog‘ingarchilik sodir bo‘lmaydi.
Stratosfera
bo‘ylab Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida
ozon (O
3
) hosil bo‘ladi. Uning ko‘p konsentratsiyasi Yerdan 22-25
km balandlikda kuzatiladi. Ozon yuqori qalinliklarda ko‘p, o‘rta
va quyi kengliklarda kam uchraydi. Uning miqdori faslga qarab
ham o‘zgarib turadi: bahorda ko‘payadi, kuzda esa kamayadi.
Undan yuqori ko‘tarilgan sari Yerdan 55 km gacha harorat
ortib, 3 – 0
o
C ga ko‘tariladi. Stratosferaning yuqori qatlamida
ionosfera
ga o‘tguncha
mezosfera
qatlami joylashgan bo‘lib,
uning Yerdan balandligi 85-95 km gacha boradi. Bu qavatda
harorat asta-sekin pasayib, 5-9
o
C/km va 85-95 km balandlikda
o‘zining minimumiga – 100-130
O
C ga yetadi. Bu qavatdan
yuqorida ionosfera yoki termosfera qavati joylashgan bo‘lib, uning
qalinligi Yerdan 200-300 km gacha yetib boradi. Bu yerda harorat
yana ortib, 1000
o
C atrofida bo‘ladi.
112
Ionosfera qavatidan keyin eng yuqori qavat
egzosfera
qavati
keladi. Uning eng yuqori chegarasi 2000 km gacha yetib boradi.
Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral
vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan.
Begona qo‘shimchalari bo‘lmagan atmosfera havosi quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat: azot – 78,1 %, kislorod – 20,9 %, argon
– 0,8 %, karbonat angidridi – 0,03 %, qolgan gazlar inert gazlar
bo‘lib, ularning miqdori nisbatan kam. Atmosferada neon, geliy,
kripton, ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda
uchraydi.
Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir.
Bulardan tashqari atmosferaning tarkibida suv bug‘lari va har xil
chang aralashmalari bor. Atmosferada neon, geliy, kripton,
ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi.
Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir.
Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug‘lari, chang zarralari
bo‘ladi. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va kimyoviy
xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan
doimiy miqdorlari mavjud bo‘lib, so‘nggi yillarda inson faoliyati
ta’sirlarining kuchayishi natijasida gaz balansining o‘zgarishi
kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining
o‘zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi
ma’lum. Oxirgi yillarda atmosferaga 10 mlrd. tonnalab CO2
chiqarilishi natijasida sayyoramizning o‘rtacha harorati 0,2
o
C ga
oshganligi aniqlangan. “Parnik effekti” natijasida yer yuzi o‘rtacha
haroratining o‘zgarishi og‘ir ijtimoiy-ekologik oqibatlarga olib
kelishi bashorat qilinadi.
Atmosferaga chiqarib yuborilayotgan is gazlari evaziga CO
2
ning asta-sekin yig‘ilib, havodagi namlik bilan ta’sirlanishi karbon
kislotalari bug‘ini hosil qiladi. Bu holat xuddi issiqxona oynasi
to‘siqlari kabi Quyosh radiatsiyasini o‘zidan yaxshi o‘tkazib,
infraqizil nurlarni orqaga qaytarmaydi.
113
6-rasm. Atmosferadagi chang va gazlarning hosil bo‘lishi va
aylanish holati.
Natijada havoning dimiqishi, “Parnik effekti”ni hosil qiladi.
Har yili yer yuzida yonish jarayonlariga qo‘shimcha 10 mlrd.
tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi
manbalar – yashil o‘simliklar maydonining tez qisqarib
borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi
muammosi yuzaga kelishi shubhasizdir.
O‘rta Osiyoning iqlimiy jihatlarini belgilab beradigan
atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyatlari muayyan darajada
mazkur hududning fizik-geografik sharoitlariga (cho‘llar, dengiz
sathidan 200-250 metr balandlikdagi yarimcho‘llar, 3500-3600
metr balandlikkacha bo‘lgan tog‘li tizimlarga) bog‘liq bo‘ladi.
Sovuq kirishi uchun ochiq bo‘lgan Turon past tekisligining katta
qismini yalanglik hududlari egallaydi, bu iqlimning keskin
mintaqaviy tomonlarini shakllantiradi. Boshqa tomondan Atlantika
okeanining o‘rtamiyona kengliklaridan vaqti-vaqti bilan nam
havoning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy oqimlari kuzatiladi, bu ham
atmosferaning sifatli va miqdoriy jihatlari shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda atmosfera havosining miqdoriy va sifatli tarkibi
shakllanishida tabiiy va antropogen ifloslantiruvchi manbalar katta
114
o‘rin tutadi. Respublika arid zonasida joylashgan, uning hududida
changli to‘fonlar ko‘p bo‘ladigan Qoraqum va Qizilqum,
shuningdek, Orol dengizining qurigan qismi bo‘lgan Orol bo‘yi
zonasi (Orolqum) mavjud bo‘lib, ular atmosferaga aerozol
emissiyalari chiqaradigan yirik tabiiy manbalar hisoblanadi.
Ushbu manbalarning asosiy qattiq muallaq zarralari (aerozollari)
bu tuproq va mineral zarralardir. O‘zbekistonda havoning asosiy
antropogen ifloslantiruvchilari oltingugurt oksidi, azot, uglerod,
tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qattiq muallaq zarralar
hisoblanadi.
Respublikada rivojlangan agrosanoat kompleks mavjudligi
atmosfera sifatli tarkibining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Aholisi zich, transport harakati ko‘p bo‘lgan yirik shahar
aglomeratsiyalari joylashuvining xususiyatlari, tor tog‘ orasi
havzasida ekologik xavfli ishlab chiqarishlarning mavjudligi va
shu bilan bir vaqtda o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlar (tez-tez
uchraydigan
inversiya,
atmosferadagi
turg‘un
holatlar)
atmosferaning yerusti qatlamida ifloslantiruvchi moddalar
to‘planishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurashish va
havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi umumiy strategiyasi
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy hujjatlar,
dasturlar, harakatlar rejasi asosida atrof-muhitni, shu jumladan,
atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar maqsadli
Davlat dasturlari ishlab chiqiladigan loyihalarning tarkibiy qismi
hisoblanadi.
6.2. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi
Atmosferaning
ifloslanishi
deganda
havoga
begona
birikmalarning qo‘shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy
xususiyatlari o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy
yo‘llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to‘zonlar,
o‘rmon va dashtlardagi yong‘inlar, o‘simlik changlari,
115
mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish
manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat
korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi.
Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib
bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyora-
viy ifloslanishi kuzatiladi.
Agregat holatiga ko‘ra, atmosferani ifloslovchi birikmalarni 4
guruhga bo‘lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash
birikmalar. Havoning ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga:
aerozollar, qattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari, uglerod
oksidlari (CO,CO
2
), oltingugurt oksidlari, xlorftor uglevodorodlar,
metall oksidlari va hokazo kiradi. Atmosferaga 10 minglab turli
modda va birikmalar chiqarilgan bo‘lib, ularning o‘zaro birikib
hosil qilgan aralashmalari to‘la o‘rganilmagan. Bunday noma’lum
birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan, inson sog‘lig‘iga
zararli ta’siri aniq baholangan emas.
Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog‘lig‘iga, barcha
jonzotlarga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar va
sanoatlashgan hududlarda kishilar o‘rtasida surunkali bronxit,
emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklari ko‘payishi
kuzatiladi. Ko‘z kasalliklarining va bolalar o‘rtasida umumiy
kasalliklarning ortishi qayd qilingan. Atmosferadagi turli zararli
gazlar o‘simlik va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Oltingugurt
gazi, ftorli vodorod, ozon, xlor, qo‘rg‘oshin va boshqalar
o‘simliklarga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning
nobud bo‘lishi, hosilining kamayishi, fotosintezning o‘zgarishi
kuzatiladi. Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy hayvonlarining
nobud bo‘lishiga olib keladi.
Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson
organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan
miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdor (REChM) deb yuritiladi.
Bunda zararli birikmalarning insonning mehnat faoliyatiga va
kayfiyatiga putur yetkazmasligi nazarda tutilgan.
Havo ifloslanishining muntazam REChMdan yuqori bo‘lishi
aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi
116
yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri
REChM ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. Masalan, (mg/m
3
) is
gazi – 0,01, oltingugurt gazi – 0,05, xlor – 0,03, fenol – 0,01,
formaldegid – 0,03, qurum – 0,05 va hokazo. REChM
ko‘rsatkichlari turli davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Hozirgi
kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning
REChMlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, 38 ta moddalarning
birlashib ta’sir qilishi o‘rganilgan bo‘lib, ular uchun me’yorlar
belgilangan.
7-rasm. Okean suvlarining
ifloslanishi natijasida kislotali
yomg‘irlarning paydo bo‘lishi
Ayrim hududlarda havoning
harakatsiz turib qolishi
natijasida kuzatiladigan zaharli
tuman – smog insonlar sog‘li-
g‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsa-
tadi. 1952-yili 5-9- dekabrda
Londonda yuz bergan smog
oqibatida 4000 dan ortiq kishi
nobud bo‘lgan. Keyingi yillarda
dunyoning turli yirik shaharlari-
da London tipidagi smog va
Los-Anjelos tipidagi smog qayd
qilingan.
Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg‘irlar ayrim davlatlarda
haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma
yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot
oksidlari ko‘p bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan
bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi.
So‘nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya,
Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali
yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy boshladi.
Bunday yomg‘ir hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy
yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kislotali
yomg‘irlarni uzoq masofalarga ko‘chishi natijasida turli davlatlar
o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
117
Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy, xalqaro
miqyosda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kislotali yomg‘irlar O‘zbekiston
hududida ham qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va
transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaksiyaga
kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan,
ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va
miqdorining ortishi kuzatiladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi,
binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, o‘simlik va hayvonlarning
yemirilishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Faqatgina AQShda havoning ifloslanishi inson sog‘lig‘iga
yetkazilgan ziyonni hisobga olmaganda, yiliga 30 mlrd. AQSh
dollaridan ortiq moddiy zarar yetkazadi. Atmosfera havosi o‘z-o‘zini
tozalash xususiyatga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan.
Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning
o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir.
Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli
yo‘llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o‘rnatiladi,
zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish
texnologiyasi o‘zgarishi, ayniqsa, chiqindisiz texnologiyaga o‘tishi
ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo‘li hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportlarning
hissasi ortib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 8 mln. dan ortiq avtomobil
har kuni havoga 100 minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi.
Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud.
Havoni muhofaza qilish (chang-gazni tozalash uskunalarini
amalga joriy qilish, avtomobillarni gazli yonilg‘iga o‘tkazish,
foydalanilayotgan dizel avtomobillari ulushini ko‘paytirish, harakat
tarkibini yangilash, Farg‘ona NQIZ tomonidan etilsiz benzin turlari
chiqarilishini o‘zlashtirishning tugallanishi, alohida temiryo‘l
uchastkalarini elektr energiyasiga o‘tkazish, OBMni qo‘llashni
tugatish milliy dasturini, bug‘xona gazlari tashlamalarini qisqartirish
milliy dasturini amalga oshirish) tadbirlarini bajarish natijasida,
umuman, respublika bo‘yicha havo havzasini muhofaza qilish
sohasidagi ekologik holat barqarorlashishi tamoyili kuzatilmoqda.
118
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini texnik qayta jihozlash,
shuningdek, ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni
barqarorlashtirish va kamaytirishga yo‘naltirilgan qator qarorlari
qabul qilindi. Masalan:
– bug‘xona gazlarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini
amalga oshirish maqsadida “Kioto protokoli Toza taraqqiyot
mexanizmi doirasida investitsion loyihalarni amalga oshirish
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2006-yil 6-dekabrdagi PF-
525-sonli);
– 2007 yil 1-martdan avtomobil transporti uchun 2 yevrodan past
bo‘lmagan, 2010-yil 1-yanvardan esa 3 yevrodan past bo‘lmagan
ekologik standartlarni joriy etishga yo‘naltirilgan “Samarqand
avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va
respublika avtotransporti saroyini yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi (2006-yil 14-dekabrdagi PF-531-sonli);
– temiryo‘l transportida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini
kamaytirishni belgilab beruvchi “Germaniya taraqqiyot banki va
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyoti fondi ishtirokida “Toshkent
(To‘qimachi) – Angren temiryo‘l uchastkasini elektrlashtirish”
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2007-yil
19-fevraldagi PF-582-sonli);
– atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga
oshirish, jumladan, havo havzasining ifloslanishini pasaytirishni
nazarda tutadigan 2007-2011-yillar davriga qurilish materiallari,
kimyo, avtomobil sanoatlari, “Olmaliq AKMK”, “O‘zmetkombinat”
OICHB va boshqalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish.
6.3. Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat
O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi
eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning,
asosan, tog‘oldi va tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning
issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining
nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi. O‘zbekistonda atmosfera
119
havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada
to‘plangan Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy hududlarida kuchli
ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari
bo‘lgan Olmaliq, Toshkent, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq,
Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir
qator zararli birikmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari RECHMdan yuqori
bo‘lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi
mavjud.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi va so‘nggi
yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida
atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi
kuzatiladi. Agar 1990-yil atmosferaga harakatlanadigan va turg‘un
manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1995-yilda 2 mln. tonnagacha kamaygan.
Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi
sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish
hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi.
Zararli birikmalarning 50 %dan ortig‘i uglerod oksidi, 15 %
uglevodorodlar, 15 % oltingugurt angidridi, 9 % azot oksidlari, 7 %
qattiq birikmalar va 4 % o‘ta zaharli birikmalarga to‘g‘ri keladi.
Vatanimiz hududi Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa
qo‘shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham
ifloslanadi. So‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahri ustida ozon
miqdorining 10-12 % kamayganligini ko‘rsatadi. Orol dengizining
qurigan tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta
maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor
masalalardan biri hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va
nazorat qilish – monitoring yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Korxonalar
uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani hollarida
to‘lov va jarimalar belgilangan. O‘zbekistonda atmosferani
muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan.
120
6.4. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan
tozalash usullari
Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi qisqa to‘lqinli ultrabinafsha
nurlanishdan biologik hayotni himoya qiluvchi ekran vazifasini
o‘tovchi ozon qatlamining buzilishi atmosfera tarkibining
antropogen o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
10 km dan 40 km gacha balandlikda stratosfera ozoni koinotdan
qattiq ultrabinafsha nurlanishning kirib kelishi uchun ishonchli
to‘siqni tashkil qiladi. Biologik ta’sir xususiyatlari hisobga olinib,
ultrabinafsha nurlanish (UB) uchta spektral diapazonga ajratiladi:
nurlanish to‘lqini uzunligi 100-280 nm bo‘lgan UB-S, UB-V (280-
315 nm) va UB-A (315-400 nm).
Bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan (mikrob hujayralari va viruslarni
o‘ldiradi) eng xavflisi UB-S nurlanish hisoblanadi. U atmosferaning
yuqori qatlamlarida stratosfera kislorodi va ozon qatlami bilan to‘liq
yutiladi va Yergacha yetib kelmaydi.
UB-V nurlanish ham atmosferaning ozon qatlami tomonidan
yutiladi va Yergacha atigi 6 % yetib keladi, lekin aynan u atrof-
muhitga va aholi sog‘lig‘ining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
asosiy xatarli oqibatlarga olib keladi.
Nihoyat, UB-A nurlanish atmosferada kam to‘xtatiladi, lekin
uning biologik ta’siri UB-V nurlanishga qaraganda qariyb 1000
baravar zaifdir.
Ozon qatlamining buzilishi stratosferaning ozonni buzuvchi
moddalar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishi natijasida amalga
oshadi, bu moddalar orasida eng keng tarqalgani galoidli
uglevodorodlardir (XFU, GXFU, galonlar, tetraxlormetan, metil
bromid va h.k.).
O‘zgidromet 1994-yildan boshlab
Toshkent shahridagi
meteostansiyada ozonning umumiy tarkibini (OUT) doimiy o‘lchab
bormoqda. O‘lchovlar sutkaning yorug‘ vaqtida Gushin
konstruksiyasidagi M-124 ozonometri yordamida 7 marta olib
boriladi. Ishlov berilgan natijalar har oyda Atmosferani masofadan
121
zondlashtirish
ilmiy
tadqiqot
markaziga
(Bosh
geofizik
observatoriyasiga (BGO)) jo‘natiladi.
Sanoat, energetika va transport bo‘yicha 1989-yilga nisbatan
atmosferaga umumiy tashlanmalar hajmi 2 mln. t gacha yoki 2,1
baravar qisqardi. Umuman, respublika bo‘yicha atmosfera havosiga
ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalarining qisqarishi tamoyili
muayyan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning qisqarishi,
sanoat korxonalarini islohotlash va qayta ta’mirlash, “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish
bo‘yicha harakatlar dasturi”ga muvofiq tabiatni muhofaza qilish
tadbirlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha umumiy yalpi tashlanmalar tuzilmasida
so‘nggi yigirma yilda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Shunday
qilib, uglerod oksidi va uglevodorodlar tashlanmalari tarkibi 2 foizga
(50 foizdan 52 foizgacha) ko‘paydi. Bunda oltingugurt dioksidi (2
foizga – 14 foizdan 12 foizgacha) va qattiq zarralar (3 foizga – 8
foizdan 5 foizgacha) tashlanmalari tarkibi kamaydi. Mazkur davrda
tuzilmada azot oksidi tarkibi o‘zgarmadi va 9 foizni tashkil qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sanoatning
past darajada rivojlanganligi xosdir. Ularda tabiiy manbalar: Orol
dengizining qurigan qismi cho‘l va yarimcho‘l zonalari hisobiga
atmosferaning yuqori changli ifloslanishi kuzatiladi.
Hozirgi kunda havoni zararli gaz va zarrachalardan tozalashda
turli usullar qo‘llanilmoqda. Bular, asosan, ikki guruhga bo‘linadi:
1.
Fizik-kimyoviy usullar
havoni zararli gazlardan tozalashda
qo‘llaniladi. Bu usul, ko‘pincha, gazlarni kimyoviy yo‘l bilan
tozalash deb yuritiladi.
Turli sanoat obyektlaridan chiqadigan karbonat angidrid,
oltingugurt (IV) oksidi, azot (II) oksidi, fenol va boshqalarning
havoni ifloslashidan saqlashda kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi uskunalar
yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chiqadigan zararli
gazlar tutib qolinadi yoki turli katalizatorlar yordamida
zararsizlantiriladi.
2.
Fizik usullar guruhi
havodagi zararli gaz, qattiq va suyuq,
qo‘shilmalar – chang, tutun va boshqalarni tozalashda qo‘llaniladi.
122
Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlarida atmosferaga iflos gazlarni
tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib qoladigan
oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar guruhi arzon
energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq
holda tutib qoladi.
Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo‘shilmalarini elektr
filtrlar orqali ushlab qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash
oqibatida soatiga millionlab kub metr havo iflos qo‘shilmalardan
toza bo‘lmoqda.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Havo harorati, atmosfera, troposfera, stratosfera, ionosfera,
mezosfera, egzosfera,
parnik effekti, antropogen ifloslantiruvchilar,
kislotali yomg‘irlar, fotokimyoviy smog.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi haqida nimalar bilasiz?
2. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar nimalardan iborat?
3. O‘zbekiston atmosfera havosining ifloslanish darajasi va uning
ekologik oqibatlarini izohlang.
4. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi
masalalari nimadan iborat?
123
VII BOB. SUV: QAYTA TIKLANADIGAN VA
ZAHIRA QILINADIGAN MANBALAR
7.1. Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial
imkoniyatlar.
7.2. Suvni taqsimlash tizimlari.
7.3. Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya.
7.4. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro
tajribalar.
“Biz hech qachon quduqdagi suv qurimaguncha,
suvning bahosi qanchaligini bilmaymiz”
(Ingliz maqoli)
7.1. Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan
bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning
umumiy suv zahiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim
masalani chetlab o‘tolmaymiz.
BMT Bosh kotibining “suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari
o‘zaro chambarchas bog‘liq”, degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-
quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning
mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga
olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q
11
.
Gidrosfera
deb, Yer sayyorasining tashqi qobig‘ini tashkil
qiluvchi suv havzalariga va qisman litosfera qatlamlari orasidagi
suvlarga aytiladi.
Gidrosfera suvi massasining asosiy qismi okeanlarda
joylashgan bo‘lib, Yer yuzasining 71 %ini egallagan. Quyidagi
jadvalda Yer sayyorasida tarqalgan suvlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
11
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasidagi nutqidan. // Xalq so’zi. 2017-yil 20-sentyabr.
124
Tabiatdagi aylanayotgan suv miqdori okeanda mavjud bo‘lgan
suv hajmidan kam bo‘lib, okean suv uchun ombor hisoblanadi.
Umuman olganda, dunyo bo‘ylab 1.386.000.000 km kub suv
miqdori mavjud bo‘lib, shundan 1.338.000.000 km kub suv
okeanlarda to‘plangan. Bu 96.5 %ga to‘g‘ri keladi. Tabiatda suv
aylanish jarayonidagi bug‘lanish bosqichida okeanlar muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ular umumiy bug‘lanishning 90 %ini
ta’minlab beradi.
Bug‘lanish suvning suyuq holatidan gaz yoki bug‘ holatiga
o‘tish jarayonidir. Bug‘lanish suvning suyuq holatidan suv
aylanish jarayoniga qaytishining birlamchi yo‘lidir. Izlanishlar
shuni ko‘rsatdiki, okeanlar, ko‘llar, dengizlar, daryolar bug‘lanishi
orqali atmosferadagi 90 % namlik ta’minlanadi, qolgan 10 %
o‘simliklardan bug‘lanishi orqali ta’minlanadi.
8-jadval
Suv manbalari va ularning hajmi
Suv manbalari
Egallagan
maydoni, km. kv
Hajmi,
km. kv
Umumiy
zahirasi, %
Dunyo okeanlari
316300000
133580000
0
96.43
Muzliklar
16227500
24064100
1.74
Quruqlikdagi yerosti
suvlari
134800000
23400000
1.69
Muzliklar
ostidagi
suvlar
21000000
300000
0.022
Tuproq namligi
82000000
16500
0,001
Ko‘l suvlari
2058700
176400
0.013
Botqoqlik suvlari
2682600
11470
0.0008
Daryo suvlari
148800000
2120
0.0002
Biologik suvlar
510000000
1120
0.0001
Atmosfera namligi
510000000
12900
0.001
Transpiratsiya bu suyuqlikning o‘simlik ildizidan barglari ostki
qismidagi kichkina g‘ovakchalariga borib, u yerdan bug‘lanishi va
atmosferaga o‘tish jarayonidir. Atmosferadagi taxminan 10 %
125
namlik o‘simliklardan bo‘lgan transpiratsiya hisobiga tashkil
bo‘ladi deb baholanadi.
O‘simlik transpiratsiyasi ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan
jarayon – suv bargning sirtqi qismidan bug‘lanar ekan, barglarning
“nafas olishi”ni ko‘rib bo‘lmaydi. O‘sish davrida barg o‘z
og‘irligidan bir necha marta katta bo‘lgan suvni bug‘latadi, misol
uchun katta dub daraxti yiliga 151000 litr suvni bug‘latadi.
Suvning muz, muzliklar va qorda uzoq vaqt to‘planib turishi
tabiatda suv aylanish jarayonining bir qismidir. Yerning jami 90 %
muzliklari Antarktidada, shu bilan birga, 10 % jahondagi
muzliklar
Grenlandiyaga
to‘g‘ri
keladi.
Grenlandiyada
muzliklarning qalinligi o‘rtacha 1.500 metrga, lekin ba’zi joylarda
uning qalinligi 4300 metrga boradi.
E’tibor bering, taxminan 1,386 million kub kilometr dunyo suv
zahirasining 96 foizdan ortig‘i sho‘rlangandir va 68 foizdan ortiq
chuchuk suv muzliklarda jamlangan, yana 30 foiz chuchuk suv
yerostidadir.
Daryo va ko‘llar kabi yerusti chuchuk suv manbalari faqatgina
93,100 kub kilometr (22,300 kub mil)ni tashkil qiladiki, bu jami
suvni bir foizining 1/700 qismigagina teng xolos. Vaholanki,
daryo va ko‘llar odamlar har kuni foydalanadigan suvning asosiy
manbayidir.
Dunyo okeanlaridan har yili o‘rtacha 505 ming km kub suv
parlanib, undan 458 ming km kub suv yog‘in-sochin sifatida
okeanlar ustiga, 47 ming km kub suv esa havo massasining
harakati yordamida quruqlikka yetib kelib yog‘adi. Ana shu 47
ming km kub suv quruqlikning
suv resursi
bo‘lib hisoblanadi.
Suvning tabiatdagi aylanishi gidrologik doira sifatida ham
ko‘pchilikka tanish, u suvning yer ichida, ustida va osmondagi
harakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv har doim
harakatda va har doim o‘z shaklini o‘zgartirib turadi, suyuq
holatdan gaz holatiga, undan muzga va boshlang‘ich holatga
qaytadi. Suvning tabiatdagi aylanishi milliardlab yillar davomida
mavjud bo‘lgan va yerdagi barcha hayot unga bog‘liq, yerda usiz
hayot mavjud bo‘lmas edi.
126
Suvning aylanishi boshlang‘ich nuqtaga ega emas, lekin
o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqta deb okeanni olish maqsadga
muvofiqdir. Suvning tabiatdagi aylanishini harakatga keltiruvchi
quyosh okeandagi suvni isitadi. Bunda ma’lum qism suv havoga
gaz holida bug‘lanadi. Bug‘lanish, shu bilan birga, ko‘llarda va
daryolarda ham yuz beradi. Quruqlikda o‘simliklardan va
turpoqdan katta hajmda suv parlanishi yuz berib, o‘z navbatida
havodagi suv bug‘lariga kelib qo‘shiladi. Atmosferadagi ma’lum
kichik hajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz va qor
erish fazasini mutlaq chetlab o‘tib gaz holatida bug‘lanadi. Havo
oqimlari bug‘ (gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib
chiqadiki, u yerdagi sovuq harorat uning bulutlarga aylanishiga
sabab bo‘ladi.
Havo oqimlari bulutlarni yer yuzi bo‘ylab harakatlantiradi va
bulut parchalari birlashib o‘sadi va yomg‘ir sifatida osmondan
qaytib tushadi. Ba’zi yog‘inlar qor sifatida yerga tushadi hamda
muz parchalari va muzliklar sifatida to‘planishi mumkin. Qor issiq
o‘lkalarda bahor kelishi bilan erishni boshlaydi. Yog‘inlarning
asosiy qismi okeanlarga tushgani holda, ma’lum qismi yerning
ustiga tushadi, bu yerda gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi
bo‘ylab oqadi.
Ba’zi yer yuzasi bo‘ylab oquvchi suv daryolarga kelib
qo‘shiladi va okean tomon oqib boradi, ba’zilari chuchuk suv
sifatida ko‘l va daryolarda to‘planadi. Barcha suv yer yuzasi
bo‘ylab oqmaydi. Suvning ko‘pgina qismi tuproqqa so‘riladi
(infiltratsiya). Ba’zi suvlar tuproqning chuqur qatlamiga
infiltratsiyalanadi va yerosti suv qatlamini to‘ldiradi, u yerda toza,
katta hajmdagi yerosti suvlari uzoq vaqt davomida saqlanadi.
Ba’zi yerosti suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lib va
yerusti suvlariga oqib chiqishi mumkin, insonlar yer yuzasiga
yaqin bo‘lgan suv havzalarini qidirib topib, yangi chuchuk suv
quduqlarini yaratadi. Vaqt o‘tishi bilan suv harakatlanishni davom
ettirar ekan, suv okeanga qaytib suvning tabiatdagi aylanishini
“yakunlaydi” va qaytadan boshlanadi.
127
AQSH Geologik kuzatish markazi suvning tabiatdagi
aylanishini 16 bosqichga ajratgan:
okeanlarda suvning to‘planishi;
bug‘lanish;
evapotranspiratsiya;
sublimatsiya;
suvning atmosferadagi holati;
kondensatsiya;
yog‘ingarchilik;
suvning muz va qor shaklida saqlanishi;
qorlarning erib oqimlarga aylanishi;
suvning yer sirti bo‘ylab oqimi;
suvning o‘zandagi oqimi;
chuchuk suv to‘planishi;
infiltratsiya;
yer osti suvlarining to‘planishi;
yer osti suvlarining qayta yerustiga chiqishi;
buloq.
Yer yuzidagi chuchuk suvning 24 mln. km
3
qutb muzliklari
tarkibida va baland tog‘liklardagi muzliklarda tarqalgan. Muzliklar
quruqlikning 10 %ini tashkil qiladi. Muzlarning umumiy massasi
juda katta. Agar ular quruqlik yuzasi bo‘ylab tarqatilsa, qalinligi
100 metrdan ortiq muz qatlami hosil bo‘ladi. Agar ularni eritib
yuborishning iloji bo‘lganda, undan hosil bo‘lgan suv dunyo
okeanlari suviga qo‘shilib, uning sathi bir necha 10 metrga
ko‘tarilib, aholi yashaydigan hududlarning ko‘p qismini suv bosar
edi.
Chuchuk suv zahiralarining ko‘p qismi dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlarida, O‘rta Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan,
O‘zbekiston hududida ham baland tog‘liklardagi muzliklardan
hosil bo‘ladi. Daryo suv resurslari ham har bir respublikaning
tabiiy geografik sharoitlariga bog‘liq holda turlicha tarqalgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining umumiy maydoni 450
ming km kv. bo‘lib, bu hududda oqib turadigan suv hajmi 117 km
kubni tashkil qiladi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda
128
52,8 km kub, Tojikistonda 71,2 km kub, Turkmanistonda 68,6 km
kubga teng.
Gap suv to‘g‘risida borar ekan, xo‘sh, yer yuzidagi shuncha
suv qayerdan kelgan yoki qanday hosil bo‘lgan degan savol
qadimdan odamzotni qiziqtirib kelgan. Quyida ana shu savollarga
qisqacha javob berishga harakat qilamiz. Yer sayyorasining hosil
bo‘lishi to‘g‘risidagi keng tarqalgan farazlarga ko‘ra, Yer
sayyorasi avval sovuq gaz-chang, bulutlarning quyuqlashuvidan
hosil bo‘lgan. Bu shartli ravishda bulutlarning tarkibidagi 0,5-1 %
bug‘langan suv saqlovchi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin deb
qabul qilingan.
Bu fikrlar orqali suvning Yer sayyorasi ichida va uning
tashqarisida hosil bo‘lishini tashqi geosferaning hosil bo‘lishi
bilan tushuntirish mumkin. Ammo sayyoramiz geosferaning,
jumladan, gidrosferaning hamda erkin suvning (tog‘ jinslari bilan
bog‘liq) hosil bo‘lishi uchun ma’lum bir energiya talab etiladi.
Hozirgi paytga kelib, ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu
jarayonning ketishida hal qiluvchi rolni sayyoraning ichidagi uran,
toriy, kaliy va boshqa bir qancha elementlarning tabiiy radioaktiv
parchalanishi evaziga yuzaga keluvchi radiogen issiqligi o‘ynaydi.
V.I.Vernadskiy nomidagi “Geoximiya” institutida o‘tkazilgan
eksperiment ishlari natijasida magma tarkibida 9000 atmosfera
bosimda va 1120
0
C haroratda 18 %ga yaqin suv ajratib olingan.
Hozirgi vaqtda harakatdagi vulqonlar bo‘yicha olib borilgan
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ulardan oqib chiqayotgan magma
tarkibida 5-12 % suv mavjud.
Hisob-kitoblar shuni tasdiqlaydiki, tog‘ jinslaridan ajralib
chiqqan suvlar miqdori Yer gidrosferasining hosil bo‘lishi uchun
yetarli ekan. Yerning ichki energiyasi hisobiga erigan tog‘ jinslari
tarkibidan suv ajralib, murakkab yo‘llar bilan Yer yuzasiga chiqib,
dunyo okeanini hosil qilgan. Bu suvlar o‘z navbatida parlanib,
atmosferaga va so‘ngra yana yer yuziga tushib, suvning global
aylanma harakatini barpo qilgan. Taxmin qilinishicha, birlamchi
dunyo okeani Yer yuzasini to‘la egallagan, keyinchalik taktonik
jarayonlar ta’sirida okeanning chuqurligi va quruqlikning
129
balandliklari hosil bo‘lgan va Yerning gidrosfera qobig‘i yuza
qismi hozirgi ko‘rinishga kelgan.
Shunday qilib, sayyoramizdagi suvning birlamchi shakli tosh
meteoritlari bilan bog‘liq bo‘lgan kimyoviy bog‘langan suv bo‘lsa,
ular yuqori harorat ta’siri ostida asta-sekin erkin suvga aylanib,
geosferaning erishi va suvsizlanishi natijasida yuqoriga
ko‘tarilgan. Shu tariqa dunyo okeanlari hosil bo‘lgan. Yuqoridagi
jarayonlar, ya’ni suv hajmi va litosferaning o‘sishi hozir ham
davom etmoqda. V.F.Derpgols keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra,
dunyo okeanining sathi har 100 yilda taxminan 1 metr (1 yilda1
mm)ga ko‘tarilmoqda.
O‘rta Osiyoning arid iqlimi sharoitlarida suv resurslari tabiiy
ekotizimlarning barqaror muvozanatini saqlash va mintaqaning
aksariyat qismi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
omillaridan biri sanaladi. Dolzarb ekologik muammolardan biri
chuchuk suv tanqisligi hisoblanadi. Mintaqada faol ishlatilgani
uchun foydalaniladigan toza suv miqdori tobora kamayib
bormoqda.
Jamiyat va tabiiy ekotizimlarning barqaror hamjihatligini
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ekologik tartibga solish ichki
va tashqi daryolar, ko‘llar va boshqa suv ekotizimlarini ham “suv
iste’molchilari” deb tan olishni taqozo etadi. Tabiat suv
resurslaridan foydalanishda teng huquqli sherik bo‘lishi lozim.
Ekologik omillarsiz suv ekotizimlari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Umuman, jamiyat uchun qarorlar qabul qiladigan shaxslar uchun
quyidagi talablar asosiy o‘rinni egallashi joiz:
suv oqimlari o‘z barqaror yashovchanligini yoki o‘z-o‘zini
tozalash qobiliyatini ta’minlashi uchun ularni ekologik sarflash
me’yorlariga rioya qilish;
toshqinlar sarfi va daryo suvining qoniqarli sifatini saqlab
qolish;
daryo deltalari ehtiyojlarini qondirish va hokazo.
Suvga nisbatan ekologik talablarga rioya qilish, shuningdek,
noyob endem turlari, noyob bioxilma-xilligi, ajoyib landshaft,
130
o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyati va estetik xususiyatlari mavjud suv
ekotizimlarini himoya qilishni talab qiladi. Kichik va katta
daryolar nafaqat tabiiy florasi va faunasi, balki boshlang‘ich
jozibadorligini ham saqlab qolishi katta ahamiyatga ega.
Orol dengizi havzasining asosiy gidrologik xususiyati havza
hududining 2 tengsiz qismga – tog‘ qismi va yalanglik hududiga
ajralganligidadir. Tog‘li qismi tarmoqlangan daryolardan
oqimning shakllanish zonasi hisoblanadi, uning maydoni havza
umumiy maydonining taxminan 25 foizini tashkil qiladi, bunda
hududning 80 %i Amudaryo va Sirdaryo havzalariga to‘g‘ri
keladi. Yalanglik hududlari kam yog‘inli va yog‘inlar miqdoridan
bir necha baravar ko‘p parlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, oqim
shakllanishida deyarli qatnashmaydi.
Bundan tashqari yalanglik hududlari parlanish va filtrlashga
tog‘li qismlardan keladigan oqimlarni sarflaydi. Bu jarayon inson
xo‘jalik faoliyati bilan kuchayadi. Daryo va suv omborlaridan
olingan suv kanallar bo‘yicha dalalarga beriladi, bu yerda
parlanish va transpiratsiyaga sarflanadi va kam miqdorda yana
qayta oqim ko‘rinishida daryolarga qaytariladi. Orol dengizi
tog‘lardan yalangliklarga suv harakatining tabiiy gidrologik
davrda so‘nggi bosqich bo‘ldi.
Suv resurslari hajmi sifatida ko‘pincha sug‘orish uchun suvning
yuqori qismi – oqim shakllanishi zonasidagi suv oqimi olinadi,
chunki O‘rta Osiyo yalanglik hududida daryo oqimining hosil
bo‘lish ehtimoli favqulodda ko‘p suvli yillarda mavjud, xolos.
7.2. Suvni taqsimlash tizimlari
Yer yuzida yashovchi har qanday mavjudot massasining asosiy
qismini suv tashkil qiladi. Masalan, balog‘at yoshiga yetgan
kishilar tanasining yarmidan ko‘p qismini suv tashkil qiladi.
Badanda yog‘ to‘planishi bilan suvning hissasi kamayadi. Inson 50
yoshdan o‘tgach, uning badanidagi suvning miqdori kamayib
boradi. Organizmdagi suvning asosiy qismi (70 %) protoplazmalar
131
to‘qimasida, 7 % suv qon plazmasini hosil qiladi, 23 %ga yaqini
to‘qimalarni yuvib turishga sarf bo‘ladi.
Inson organizmi uchun ham, hayvonlar uchun ham suvning
ahamiyati beqiyosdir. Ovqat hazm qilish jarayoni organizmning
muhim suv muhitida kechadigan funksiyasidan biridir. Suv har
qanday oziq-ovqat mahsulotini erituvchi muhim eritma hamdir.
Suv bilan birgalikda ozuqa moddalar (oqsil, uglevodlar, yog‘lar,
mineral tuzlar) oshqozonga va ichakka so‘riladi va qon tarkibiga
o‘tadi. Qon bilan esa organizm bo‘ylab teng tarqaladi.
9-jadval
Suvning inson uchun qadrlilik darajasi
Yengil suvsizlik
Og‘ir suvsizlik
Charchoq
Yutishga qiynalish
Ishtahaning yo‘qolishi
Duduqlik
Terining qizarishi
Qo‘pol harakatlar
Isiqqa chidamsizlik
Terining quruqligi
Bosh aylanishi
Kirtaygan ko‘zlar, ko‘rish
qobiliyatining pasayishi
Quruq yo‘tal
Teri qismining uvushib qolishi
Jig‘ildon qaynashi
Mushaklarning siqilishi
Bosh og‘rig‘i
Bosinqirash
Og‘izning qurishi
Tananing hidlanishi
Suvni organizmdan chiqaruvchi muhim a’zo buyrak
hisoblanadi. Aynan buyrak orqali odam organizmidagi suvning
yarmiga yaqini o‘tadi. Shu bilan birga, buyrakdan bir sutka
davomida 100 litr qon ham o‘tadi. Bu yerda qon keraksiz
moddalardan
tozalanadi.
Bu
keraksiz
moddalarni
esa
organizmning turli a’zolaridan suv olib keladi. Odam organizmida
ro‘y beradigan murakkab jarayonlardan so‘ng bir qismi siydik
orqali chiqib ketadi. Shuning uchun ham ichimlik suvining toza
bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
Mabodo suv yetishmasa, buyraklarga yordam kerak bo‘ladi
va u jigarga murojaat qiladi. Agar jigar tez-tez buyrakning
132
vazifasini bajarishiga to‘g‘ri kelsa, u samarali ravishda ishlay
olmaydi. Insonda 1 % suv yo‘qotilishi chanqoqni qo‘zg‘atadi; 2
%i bardoshlilikni pasaytiradi; 3 %i kuchni kamaytiradi; 5 %i
so‘lak va siydik ajralib chiqishini kamaytiradi, nafas olishni
tezlashtiradi, loqaydlik, mushak zaifligi, ko‘ngil aynishini keltirib
chiqaradi. Buyuk tibbiyot ulamosi Buqrot (Gippokrat) ko‘p
miqdorda suv ichib, siydik hajmini ko‘paytirish va bu bilan siydik
yo‘lida toshlar paydo bo‘lishining oldini olishni tavsiya etgan.
Bugungi kunda taxminan 12-15 % aholining buyragida tosh hosil
bo‘lmoqda.
Inson tanasi og‘irligining 6-8 % namligi yo‘qolsa, insonning
tana harorati ko‘tariladi, terisi qizaradi, yurak urishi tezlashadi,
nafas olishi susayadi, bo‘g‘inlar kuchsizlanadi, bosh aylanadi,
bosh og‘riydi, hushini yo‘qotsa, odam o‘ladi.
8-rasm. Ichimlik suvining
tanqisligi va ifloslanishi
Dunyoda 1 mlrd. aholi
sanitar me’yorlariga binoan
xavfsiz ichimlik suviga ega
emas. Har kuni dunyoda 5000
kishi
ifloslangan
ichimlik
suvidan foydalanish oqibatida
olamdan ko‘z yumadi.
2025-yilga
qadar
suv
tanqisligidan 2 mlrd. aholi
aziyat chekishi ehtimoli bor.
Yer yuzida ishlatiladigan suvning 70 %i qishloq xo‘jaligi
hissasiga to‘g‘ri keladi. 1 kg kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr
suv ishlatiladi. 1 kg guruch uchun 4000 litr, 1 kg mol go‘shti
yetishtirish uchun 3000 litr suv sarflanadi.
7.3. Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya
O‘zbekiston Respublikasining suv xo‘jaligi majmuyi (SXM)
o‘z ichiga murakkab tashkiliy-texnik va iqtisodiy mexanizmni
birlashtiradi. Mamlakatning barcha hududiga suv olib kelish va
133
olib ketish tizimining me’yoriy ishlashini ta’minlaydi hamda yuz
minglab suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarga xizmat
qiladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoridagi asosiy mahsulot
ishlab chiqaruvchi, eng katta suv iste’molchisi sug‘oriladigan
dehqonchilikdir.
Suv resurslari.
Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi o‘rtacha
ko‘p yillik suv resurslari hajmi 133,6 km kubni tashkil etadi.
10-jadval
O‘zbekiston Respublikasining ustki suv resurslari
Havza-daryo
O‘rtacha ko‘p yillik hajmi, km kub
Amudaryo suv havzasi
Surxondaryo
3,25
Qashqadaryo
1,06
Zarafshon
0,51
Jami:
4,82
Sirdaryo suv havzasi
Farg‘ona vodiysining
kichik daryolari
1,50
o‘rta oqim daryolari
0,36
Chirchiq, Angren
4,79
Jami:
6,65
Jami Amudaryo va Sirdaryo
havzalari
11,47
Ko‘rsatilgan hajmdan O‘zbekistonga to‘g‘ri keladigani 72,4 km
kub, shundan 61,1 km kub sug‘orishga va 11,3 km kub boshqa
iste’molchilarga sarflanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bor
suv resurslari qayta tiklanadigan tabiiy yerosti va yerusti hamda
antropogen asosli qaytib keluvchi suvlardan iborat.
Suv resurslari ikki guruhga bo‘linadi:
– milliy suv resurslari;
– transchegaraviy suvlar.
134
11-jadval
Sirdaryo va Amudaryo havzalarida sug‘orish va suv
ishlatishni rivojlantirish imkoniyatlari
Respublika
daryo havzasi
Sug‘oriladi
- gan
maydon,
ming, ga
Sug‘orish-
ga suv
ishlatish,
mln. m
kub/yil
Sanoat
va
maishiy
xizmatga
suv
ishlatish,
mln. m
kub/yil
Umumiy
suv
ishlatish,
mln. m
kub/yil
O‘zbekiston
Sirdaryo
Amudaryo
Jami
1892
2179
4071
21360
32620
53980
4130
4910
9040
25490
37530
63020
Qirg‘iziston
Sirdaryo
Amudaryo
Jami
456
30
486
4380
240
4620
500
20
520
4880
260
5140
Tojikiston
Sirdaryo
Amudaryo
Jami
262
455
717
3170
7570
10740
490
2000
2490
3660
9570
13230
Qozog‘iston
Sirdaryo
780
10400
4890
15290
Jami
1079
23430
1580
25010
Jami havza bo‘yicha
Sirdaryo
Amudaryo
3390
3743
39310
63860
10010
8510
49320
72370
Jami
7133
103170
18520
121690
Manba: stat.uz ma’lumotlari.
Milliy suv resurslari
o‘z ichiga mahalliy daryo suvlari, yerosti
va qaytib keladigan suvlardan, shuningdek, bir mamlakat
chegarasida paydo bo‘ladigan suvlardan iborat.
135
Transchegaraviy suv resurslari
ikki va undan ortiq davlatlar
chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda
joylashgan har qanday yerusti yoki yerosti suvlaridir.
Transchegaraviy suv obyektlari
ikki va undan ortiq davlatlar
chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda
joylashgan suv obyektlaridir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv
obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki
–
umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim
bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
Yagona davlat suv fondi:
– jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlar,
kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning
suvlari va boshqa yerusti suvlaridan;
– yerosti suvlari, qor zahiralari va muzliklardan iboratdir.
Orol dengizi havzasi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida
sxemalarda 1983-84-yillarda belgilangan davlatlararo suvni
bo‘lish limiti, 1996-yili Davlatlararo muvofiqlashtirish suv
xo‘jaligi komissiyasi tomonidan Chorjo‘y shahridagi yig‘ilishda
tasdiqlangan.
Daryolar suvlari yil mobaynida bo‘ladigan va ko‘p yillik
notekislik bilan tavsiflanadi: suv kam yilda (90 % ta’minot) suv
hajmi o‘rtacha suvlik yillikka qaraganda 23 km kubga kam.
Hozirgi kunda Amudaryo havzasida suv hajmi mavsumiy
tozalashda 90 % kafolatda 60,7 km kub suv hajmi ta’minlanadi.
Suv resurslarini ishlatish strategiyasida asosiy qiziqishni bor suv
resurslari uyg‘otadi, ular nafaqat tabiiy, suv omborida saqlangan
suv, balki qaytib keladigan va yerosti suvlarini ham hisobga oladi.
Suv kam yillari suv resurslari tanqisligi keskin ko‘tariladi. Bu
eng katta hududiy mohiyatga ega gidroenergetik uzellarni
energetik tartibga solish bilan (ayniqsa, Sirdaryo havzasida)
bog‘liq, shu bilan birga, ma’lum ma’noda mavjud sug‘orish
136
tizimlarini yangilashning yo‘qligi, suvni tejash texnologiyasi
yechimlarining hamda boshqa texnik va texnologik yechimlarning
yuqorida qayd etilgan sxemalarda ko‘zda tutilmaganligi oqibatidir.
Kuzatuvlar davridagi daryo suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik
tabiiy hajmi 123 km kubni tashkil etadi, shundan 81,5 km kub –
Amudaryo havzasida, 41,6 km kub – Sirdaryo havzasida.
Jami respublika bo‘yicha 17 mingdan ortiq tabiiy suv oqimi
mavjud. Amudaryo havzasida ular – 9,9, Sirdaryo havzasida – 4,9
va ushbu daryolar oralig‘ida – 2,9 mingta. Biroq asosiy qismi
kichik soylar 10 km dan ortiq bo‘lmagan uzunlikdagi suv
oqimlaridir, bu, ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘iga
taalluqli, bu yerda, asosan, yil davomida quriydigan daryochalar
mavjud va hatto 10 km dan uzun bo‘lgan suv oqimlarida ham har
yili oqim bo‘lavermaydi.
9-rasm. Transchegaraviy daryolarning hosil bo‘lishi
Hozirgi paytda respublikada, asosan, irrigatsiya maqsadida 51
ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning to‘liq loyihaviy hajmi
18,8 km
3
, foydali hajmi 14,8 km
3
ni tashkil etadi. Eng yiriklari
Tuyamuyun, Chorvoq, To‘dako‘l, Kattaqo‘rg‘on suv omborlaridir.
O‘zbekistonning eng yirik suv omborlari kompleks ishlatiladi va
asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga
mo‘ljallangan. Suv omborlaridan uzoq muddat foydalanish va ular
tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlar keskin loyqalanishga olib keldi.
Hozirgi paytda 11 ta milliy suv ombori loyqalanishdan
137
tozalanishga muhtoj, 5 ta suv omborida loyqa darajasi chiqish
chegarasiga yetib qoldi.
Gidrosfera shartli ravishda yerusti va yerosti suvlariga
bo‘linadi. Yerusti suvlariga okean, dengiz, daryo suvlari kirsa,
yerosti suvlariga buloq suvlari, termal suvlar, minerallashgan
yerosti suvlari kiradi. Bunday
chuchuk
yerosti suvlarining 1 litri
tarkibida 1 grammdan kam bo‘lgan turli erigan moddalar bo‘lishi
mumkin. Bu suvlar yer sathidan o‘rtacha 10-50 metr, ba’zan 200-
500 metrgacha, juda kam hollarda ichimlik suvi sifatida ham
sug‘orish ishlari uchun foydalaniladi.
Termal
yerosti suvlarining harorati 40-60
O
C gacha bo‘ladi.
Ba’zan 60-100
O
C gacha bo‘lishi ham mumkin. Bunday suvlardan
inshootlar, issiqxonalar, uylarni isitishda foydalaniladi. Bunday
suvlar, odatda, 1000 metrdan chuqurda, chuchuk suvli qatlamlar
orasida joylashgan bo‘ladi. Masalan, Kuril orollari va Kamchatka
yarimorolidagi suvlar gidrotermal suvlar hisoblanadi.
10-rasm. Grunt suvlari yerostida harakatlanishi
Yerosti minerallashgan
suvlari sanoat suvlari deb ham
yuritiladi. Ularning tarkibida ba’zi bir foydali kimyoviy elementlar
yoki ularning birikmalari mavjud bo‘ladi. Minerallashgan suvlar
turli chuqurliklarda joylashgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan ular turli
138
gazlar bilan to‘yingan hamda yuqori haroratga ega bo‘lishi ham
mumkin. Bunday suvlarning aksariyati 200-300 metrdan 1500-
2000 metrgacha chuqurlikda joylashgan. Odatda minerallashgan
yerosti suvlari topilgan hududlarda sog‘lomlashtirish maskanlari
qurilgan. Chunki bunday suvlar shifobaxsh suvlar hisoblanadi.
Bizning respublikamiz hududida ham bunday suvlar keng
tarqalgan.
Siz suvni atrofingizda har kuni ko‘l, daryo, muz, qor yoki
yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta
hajmi borki, u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yerostida mavjud bo‘lgan
va yerda harakatlanayotgan suv. Odamlar ming yillar mobaynida
yerosti suvlaridan, asosan, ichimlik maqsadida hamda sug‘orish
uchun foydalanib kelganlar va hozir ham foydalanishmoqda.
Yerdagi hayot uchun yerusti suvi qanchalik muhim bo‘lsa, yerosti
suvi ham shunchalik muhim.
Yerustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqqa
infiltratsiyalanib, yerosti suviga aylanadi. Tuproq ichidagi bu
suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib, tezda o‘zanlardagi suvga
qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya hisobiga pastga chuqurroq
singib borishda davom etadi.
Diagrammaning ko‘rsatishicha, yerosti suvi harakatining
yo‘nalishi va tezligi suvli qatlamning turli ko‘rsatkichlariga va
qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq qatlam orqali suvning sizib
o‘tishi qiyin kechadi).
Suvning yer sathidan pastda harakatlanishi jinslarning
o‘tkazuvchanligi (suvning harakatlanishi qanchalik oson yoki
qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq hajmning
kattaligiga) bog‘liq. Agar jinslar o‘z ichidan suvning nisbatan oson
oqib o‘tishiga imkon bersa, u holda suv bir necha kun mobaynida
uzoq masofalarga yetib borishi mumkin. Shu bilan birga, suv
shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi mumkinki, uning
yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi suv omborlari. Ro‘y berayotgan
loyqalanish jarayoni tezkor qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rishni
va kompensatsion suv havzalari qurishni talab etadi. O‘zbekiston
139
hududidagi tabiiy ko‘llar kamsonli, juda notekis taqsimlangan va
katta o‘lchamlarga ega emas. Tog‘li viloyatlarda eng ko‘p ko‘llar
soni 2000-3000 m balandlikda joylashgan. Genezisi bo‘yicha
O‘zbekiston ko‘llari tektonik, moren va zaval holatda kelib
chiqqan. 1000-2000 m balandlik oralig‘ida ko‘llar soni ancha
kamayadi.
Mahalliy daryolar irmog‘ida tabiiy qayir va delta ko‘llari
joylashgan. Tog‘li ko‘llar, odatda, qor uyumi yoki muzliklardan
hosil bo‘ladi, suv zahirasi taxminan 50 km
3
. O‘zbekistonda 500
dan sal ko‘proq ko‘l bo‘lib, asosan, 1 km
2
dan kam maydonli
kichik suv havzalari va 10 km
2
dan ortiq maydonli 32 ta ko‘l
mavjud.
XX asr ikkinchi yarmida mintaqa daryolaridan suv olinishining
oshishi suv oqimlarida suv sathining pasayishi, toshqinlar davrida
suv toshishi maydonlarining kamayishi, daryolar bilan gidravlik
bog‘liq bo‘lgan ko‘llar maydonlari qisqarishi, mavjud suv va
suvoldi ekotizimlari maydonlarining umumiy qisqarishi va
tanazzulga uchrashiga olib keldi. Daryo o‘zani va deltalarining
katta hududlarida gumid landshaftlarning arid landshaftlariga
o‘zgarishi ro‘y berdi.
O‘zbekiston hududidagi botqoqliklar, asosan, yalanglik
hududlarda uchraydi. Ular yirik daryolar qayirlari, suv chiqishi
konusi atrofi, relyef pastlagan yerlarda joylashgan. Ko‘pincha
botqoqlikni ko‘ldan ajratish mushkul, chunki yilning quruq
davrida ba’zi ko‘llar botqoq uchastkalariga aylanadi. Botqoqliklar
o‘lchami turlicha bo‘lib, bir necha yuz kvadrat kilometrgacha
boradi. Tog‘li hududlarda botqoqliklar kam uchraydi, ularning
maydoni ham katta emas. Ular aksariyat hollarda yerosti suvlari
olinadigan hududlarda bo‘lib, sozlar deb nomlanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
(Surxondaryo,
Qashqadaryo, Pskom kabi) qator daryolarning yuqori qismida 525
metr balandlikda tog‘li muzliklar mavjud, ularning umumiy
muzlanish maydoni – 54,2 km
2
, ya’ni muzliklar, asosan, kichik
shaklga ega, bitta muzlikning o‘rtacha maydoni atigi – 0,293 km
2
.
140
Qaytish suvlari kollektor-drenaj oqimi va tashlanma suvlar
hisobiga shakllanadi. Ular suv resurslarining nisbatan katta
ulushini tashkil qiladi va shu bilan bir vaqtda jiddiy ifloslanish
manbayi hisoblanadi. 1988-2007-yillar davrida o‘rtacha respublika
doirasida qaytish suvlari umumiy hajmi 16 km
3
dan (suv kam
bo‘lgan 2002-yilda) 1992-yilda 35,5 km
3
gacha oraliqda o‘zgardi.
Qaytish oqimi ushbu hajmidan taxminan 10-19 km
3
Sirdaryo
havzasida va taxminan 9-16 km
3
Amudaryo havzasida shakllanadi.
Qaytish suvlarining katta hajmlari (50-51 %) daryolarga,
qolgan qismining taxminan 33 %i pastliklarga tashlanadi va atigi
16 % qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun takroran
ishlatiladi. Qaytish suvlarining pastliklarga tashlanishi natijasida
ko‘p sonli irrigatsiya – tashlash ko‘llari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlari hududida
qaytish suvlarini ularning shakllanish xususiyati, miqdori va sifati
bo‘yicha shartli ravishda 3 zonaga ajratish mumkin:
1.
Yuqori zona – sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanishi
tog‘oldi va pasttog‘li tumanlari (Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va
h.k.).
2.
O‘rtacha oqim (Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo
viloyatlari).
3.
Pastki oqim, oqim sayozlanishi zonasi (Qoraqalpog‘iston,
Xorazm viloyati).
Odatda yuqori zona suv bilan ancha yuqori ta’minlangan, yerlar
yaxshi tabiiy drenajlangani holda sug‘orish va grunt suvlarining
minerallashuvi past bo‘lgan hududlardir. Qaytish suvlari nisbatan
kam minerallashgan, sifati bo‘yicha ham boshqa mintaqalardan
yuqoridir (suv olinishida SOK ulushi 80 foizga yetadi). Suv
minerallashuvi zich qoldig‘i bo‘yicha – 1,1-3,7 g/l oralig‘ida. Bu
suvlar (tuproq-gruntlar holatini nazorat qilganda) tuzga bardoshli
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun yaroqli.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng atrof tabiiy
muhit muhofazasi bo‘yicha bir qancha qonun hujjatlari kuchga
kiritildi. O‘zbekiston Butun jahon tabiat inqirozini oldini olish
hamjamiyatiga qo‘shilib, O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil
141
dekabr oyida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 1993-yil
may oyida “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, 2001-
yil 401-sonli “Zarafshon daryosining sanitar holatini yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil
fevral oyida “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza
qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qonunlar mamlakatimizda suv va suv resurslaridan
oqilona foydalanishga qaratilgan dolzarb muammolarni hal
qilishga yo‘naltirildi.
Suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi atrof-muhit
muammolari
orasida
eng
muhimlari
qatoriga
kiradi.
Respublikamiz har yili o‘rtacha 60 kub km suv sarflaydi, bu suvga
bo‘lgan ehtiyojning 80 %ini tashkil etadi.
Sug‘orishda suvdan tejab foydalanmaslik oqibatida suvning 40
%i sug‘orish tarmoqlarida va 20 %i sug‘orish jarayonida
yo‘qotiladi. Hozirda 60 %dan ortiq irrigatsiya tizimi qayta
tiklanishi talab etiladi. Sug‘oriladigan maydonlar mamlakat
hududining 10 foizini (4,3 mln. ga) tashkil etadi.
Suvlar turli xil moddalar va mikroorganizmlar bilan ifloslanishi
mumkin. Natijada uning sifati yomonlashadi, ichish va
foydalanish uchun yaroqsiz holga kelishi mumkin. Ochiq suv
havzalari, kommunal xo‘jaliklari, sanoat korxonalari va qishloq
xo‘jaligida ishlatilgan suvlar hisobiga ifloslanadi. Hisob-kitoblar
shuni ko‘rsatmoqdaki, shaharlarda bir kecha-kunduzda 600 ming
metr kub toza suv ishlatilsa, uning 500 ming metr kubi oqova suv
holatiga kelar ekan.
Mineral va mahalliy o‘g‘itlarning qoldig‘i, zaharli ximikatlar,
sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida ishlatilib
ifloslangan suvlar, kommunal xo‘jaliklarining chiqindi suvlari
oqova
suvlar deb ataladi. Oqova suvlar suvning tarkibiga ko‘ra
mineralli, organik, bakterial va boshqa turlarga bo‘linadi.
Mineralli oqova suvlar tarkibida qum, tuproq, shlak, mineral
tuzlar, kislota va ishqorlar mavjud bo‘ladi. Organik oqova suvlar
tarkibida o‘simlik qoldiqlari (meva, poliz mahsulotlari, o‘simlik
yog‘lari va h.k.) hamda hayvon chiqindilari mavjud bo‘ladi.
142
Bakterial oqova suvlar tarkibida kasallik tarqatuvchi bakteriyalar
ko‘p uchraydi. Bunday oqova suvlar ko‘mir va metallni qayta
ishlash zavodlarida, go‘shtni qayta ishlash korxonalarida va
boshqa shu kabi tarmoqlarda sarf bo‘lishi mumkin.
Suv resurslarining antropogen ifloslanishini quyidagi tarzda
ajratish mumkin:
– qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasidagi ifloslanish;
– sanoat faoliyati natijasidagi ifloslanish;
– shahar va qishloq tumanlaridagi maishiy ifloslanish
manbalari.
Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan qishloq
xo‘jaligi dalalaridan mineral o‘g‘itlarning va o‘simliklarni
kimyoviy himoyalash vositalarining sug‘oriladigan suvlar bilan
chiqishi, shuningdek, chorvachilik komplekslaridan ifloslangan
oqovalarning yerusti va grunt suvlariga tushishi alohida xatar
uyg‘otadi. Kichik daryolar va Amudaryo pastki qismlarida
kollektor-drenaj suvlari bilan eng ko‘p ifloslanganlik kuzatiladi.
11-rasm. Sanoatda ishlatilgan
oqova suvlarning daryo suvlarini
ifloslantirishi.
Agrokimyoviy
moddalarni qo‘llash
bevosita tashlash yoki
grunt
suvlariga
ta’sir
qilish yo‘li bilan qishloq
xo‘jaligi
yerlari,
suv
resurslarini ifloslantirish
ehtimolini belgilaydi.
Tanlab o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tashlanadigan
toksik moddalar umumiy miqdori bo‘yicha suvning ifloslanishiga
Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi xo‘jaliklar eng
katta hissa qo‘shmoqda.
Qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasidagi ifloslantirish o‘simliklar,
tuproq, suv va havo namunalarini pestitsid, azot va fosfatlarga
tahlil
qilish
yo‘li
bilan
aniqlanadi.
Asosiy
sanoat
ifloslantiruvchilari quyidagilar hisoblanadi:
143
– kon-qazib olish va metallurgiya sanoati, metallarni kalvanik
qayta ishlash va shu kabi tashlanmalardagi og‘ir metallar
(toksinlar);
– ixtisoslashgan sanoat tarmoqlaridan (toksinlar va notoksinlar)
tushadigan azot, sianid va shu kabi boshqa organik moddalar;
– notoksik organik moddalar, masalan, oziq-ovqat va yengil
sanoat tashlanmalari;
– har xil sanoat korxonalari turlari, jumladan, kimyo sanoati
tashlanmalarining toksik organik qismlari, masalan, neft
komponentlari, qorishmalar va hokazo.
Maishiy ifloslantiruvchilar (kanalizatsiyalanmagan aholi qismi)
fekal va maishiy oqovalarni, ariq va kollektor-drenaj tarmoqlari
yoki qoldiqlar o‘ralariga tashlashadi, bu esa grunt suvlari sifatiga
ta’sir qiladi.
Kanalizatsiyalangan aholi qismi kommunal tozalash qurilmalari
orqali tozalangan oqova suvlarini suv obyektlari va qumlarga
to‘kadi. Tozalash qurilmalarining samarasiz ishlashi, ularning ish
bilan haddan ziyod
ta’minlangani oqovalar yetarlicha
tozalanmasligi va atrof-muhit ifloslanishiga olib keladi.
Tog‘lardagi shakllanish hududlaridan keladigan daryo
suvlarining sifati (O‘zbekiston Respublikasi doirasida) juda yuqori
– bu suvlar deyarli hech narsa bilan ifloslanmagan va ularning
minerallashuvi juda kam. Biroq pastga yo‘nalgani sari suvning
sifati keskin yomonlashadi. Mintaqaning aksariyat daryolariga
suvning o‘rtacha oqimda 1-1,5 g/l, pastki oqimda 2 g/l va undan
yuqori minerallashuvi xosdir.
Respublikaning aksariyat suv oqimlari o‘rtacha yoki qabul
qilingan tasnifga xos ifloslangan hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va Farg‘ona vodiysining kollektor-drenaj suvlari
hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining muayyan suv
oqimlari kuchli ifloslangan.
144
12-rasm. Oqova suvlarning
ifloslanishi.
Sanoatda suv erituvchi
xom ashyo, issiqlik tashuv-
chi, sovituvchi va boshqa
maqsadlarda ishlatiladi.
Masalan, metallni qayta
ishlash, mashinasozlik,
koks kimyosi, IESlarda
suv
sovituvchi
vosita
sifatida ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha asosiy suv oqimlari
bo‘yicha so‘nggi 20 yilda suv sifati yaxshilanishi dinamikasi
kuzatilmoqda. Havzaning asosiy daryosi – Amudaryo suvining
kimyoviy tarkibi ko‘p jihatdan Turkmaniston va O‘zbekiston
hududlaridan daryoga tashlanadigan qishloq xo‘jalik oqovalari
bilan ifloslanish ta’siri ostida shakllanadi.
Natijada turli zaharli moddalar bilan ifloslanadi. Shuningdek,
kimyo, oziq-ovqat, qog‘oz ishlab chiqarish korxonalarida, gidroliz
zavodlarida ko‘plab suv ishlatiladi va ifloslanadi. Ayniqsa, suv
havzalariga, SAM (sirt aktiv moddalar) turli yo‘llar bilan tushib
qoladi. Bu hol suvning o‘z-o‘zini tozalash jarayoniga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. SAMlar uch turga bo‘linadi: sulfanatlar va ularning
tuzlari, ionogen bo‘lmagan moddalar va kation aktiv moddalar,
SAM vositalari asosida tayyorlangan sovunlar, emulsiyalar
suvlarni o‘ta ifloslanishiga olib keladi. Oqova suvlarni sanoatda
tozalashning bir necha usullari mavjud.
Tozalash inshootlarini qurishda, avvalo, ana shu oqova
suvlardagi moddalar va ularning miqdori, agregat holatlari
e’tiborga olinadi.
Oqova suvlarni qattiq zarrachalardan tozalashda filtrlash,
tindirish va turlardan o‘tkazish usullari qo‘llaniladi. Bunday oqova
suvlar,
odatda,
mashinasozlik
korxonalarida,
oziq-ovqat
mahsulotlarini birlamchi tozalash jarayonlarida hosil bo‘ladi.
Oqova suvlarning tindirish usuli suyuqliklar tarkibida qattiq
zarrachalar
ajratishga
asoslangan.
Bunda
bir-biriga
145
yopishmaydigan, o‘z shakli va o‘lchamini o‘zgartirmaydigan,
koagulyatsiyaga uchrab turadigan zarrachalar ko‘zda tutiladi.
Oqova suvlarni yog‘ mahsulotlaridan tozalashda yog‘
mahsulotlarining tarkibi va miqdoriga qarab tindirish va filtrlash
kabi usullardan foydalaniladi.
Suv tarkibidagi qattiq zarrachalar va yog‘ mahsulotlarini
markazdan qochuvchi kuch hosil qilish usulida, bosimli
gidrotsiklon asbobi yordamida ham tozalanadi.
Suv havzalaridagi suvlar sifatini me’yorlashda ular ikki
kategoriyaga bo‘linadi: birinchi kategoriyaga ichish va madaniy
maishiy maqsadlar uchun ishlatiladigan suv havzalari, ikkinchi
kategoriyaga esa baliqchilik xo‘jaliklari uchun suv havzalari
kiradi. Suv havzalari sifati quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi:
tarkibida suzib yuruvchi va muallaq moddalar saqlashi, hidi,
mazasi, rangi, harorati, pH ko‘rsatkichi, mineral qo‘shimchalar
tarkibi va miqdori, suvning kislorodga bo‘lgan biologik talabi,
zaharli va zararli moddalarning hamda kasallik keltirib
chiqaruvchi bakteriyalarning soni.
7.4. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar
Isroil davlatida suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar yil
boshida tuziladi va may oyida mavjud vaziyatdan kelib chiqib suv
hajmi limiti aniq belgilanadi. Masalan, yog‘ingarchilik miqdorlari
va gidrometeorologiya xizmatining umumiy ishlatiladigan suv
resurslari suvning paydo bo‘lish holatiga qarab ajratiladi va
vakolatli tashkilotlar tomonidan aholi va tarmoqlar uchun suv
bahosi belgilanadi.
Xo‘jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan suvning 1 m
3
uchun 1
AQSh dollari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga
mo‘ljallangan 1 m
3
suv uchun 0,15 AQSh dollari atrofida
o‘zgarishi mumkin. Suv xo‘jaligi tashkilotlariga (Mexorat)
suvning tannarxi o‘rta hisobida 0,35-0,40 AQSh dollarini tashkil
etsa-da, suv uchun qilingan xarajatlarni qoplash uchun davlat
146
tomonidan qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan har kubometr
suvga 0,30 AQSh dollaridan, sanoat korxonalariga yetkazib
berilgan suvga 0,80 AQSh dollari miqdorida yordam tariqasidagi
mablag‘ ajratiladi.
Bu mamlakatda suv sarfi nazorati juda qattiq o‘rnatilgan bo‘lib,
agarda iste’molchilar suvni limitda ko‘rsatilganidan ortiq ishlatsa,
ulardan ortiqcha ishlatilgan har kubometr uchun suvning
tannarxiga nisbatan 10 barobar ko‘p haq olinadi.
Bundan tashqari iste’molchilar suv resurslarini tashlab
yuborganliklari uchun har kubometr tashlangan suv miqdoriga
0,50 AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydilar, shuningdek,
yerosti va yerusti suvlari ifloslanishiga sababchi bo‘lgan
ist’emolchilardan belgilangan miqdorida jarima olinadi. Buning
evaziga va tashlama suvlar hisobiga yig‘ilgan mablag‘ suv
xo‘jaligi rivoji uchun sarflanadi. Bu kabi chora-tadbirlar suvdan
tejamli foydalanishni, uning sarfi kamayishini ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi.
Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, suv resurslarini qayta ishlatish
bilan bog‘liq tadbirlar mamlakatda ekin maydonlari, suv
omborlari,
yerosti
qatlamlarida
tuzlar
konsentratsiyasi
ko‘payishiga, sho‘rlangan yerlar salmog‘i ortishiga olib kelmoqda
va bu esa yana qo‘shimcha mablag‘ va xarajatlarni talab etadi. Suv
tanqisligi tufayli Isroil davlatida dunyoda suvni eng kam sarf
qiladigan texnologiyalar joriy qilingan.
Jahondagi ayrim davlatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
sug‘orish uchun bir gektar maydonga sarflanayotgan suv miqdori
tahlillari ko‘rsatishicha, Isroilning uslubi ustunligi yaqqol
namoyon bo‘ladi. Jumladan, AQShning Kaliforniya shtatida 12-14
ming m
3
, Hindistonda 19-22 ming m
3
, Pokistonda 18-20 ming m
3
,
Turkiyada 14-20 ming m
3
, Xitoyda 15-17 ming m
3
,
Turkmanistonda 15-19 ming m
3
, Qozog‘istonda 25-35 ming m
3
,
Rossiyaning sug‘oriladigan Krasnodar o‘lkasida 20-25 ming m
3
,
Isroilda (tomchilatib sug‘orish bilan) 6 ming m
3
atrofida,
O‘zbekistonda esa 11-12 ming m
3
ni (brutto) tashkil qiladi, netto
suv sarfi esa ancha kam.
147
12-jadval
Sug‘orma dehqonchilikda bir kompleks gektar uchun suv
sarfi miqdori
12
№
Davlatlar nomlari
Suv sarfi miqdori,
m
3
/ga
1.
Isroil
6 000
2.
Pokiston
18 000
3.
Rossiya
20 000
4.
Turkiya
14 000
5.
Turkmaniston
15 000
6.
Xitoy
15 000
7.
O‘zbekiston
brutto (sho‘r yuvish
uchun)
12 000
netto (sug‘orish uchun)
7 000
8.
Qozog‘iston
25 000
9.
Hindiston
19 000
Agarda
O‘zbekiston
sharoitida
qishloq
xo‘jaligida
foydalanilayotgan ekin maydonlarining 50 foizi atrofidagi yerlarda
sho‘r yuvish tadbirlari uchun ishlatiladigan suv miqdori
(dunyoning biror bir davlatida bunday tajribani uchratish qiyin)
hisobdan chiqarib tashlansa, unda bir kompleks gektarga 8-9 ming
kubometr suv sarflanayotganini ko‘rish mumkin.
Bu esa O‘zbekistonda suvdan foydalanish darajasi yuqoriligini
va suv sarfi borasidagi ko‘rsatkichlar Isroil davlatida amalda
qo‘llanayotgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi doirasidagi suv
sarfiga yaqin ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Isroildan boshqa yana bir qator
davlatlar, jumladan: Fransiya, Gollandiya, Suriya, Hindiston,
Pokiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Italiya,
Indoneziya,
Ispaniya,
Marokash,
Misr,
Nigeriya
kabi
mamlakatlarda ham suv xo‘jaligi islohoti natijasida suvdan tejab-
tergab foydalanish va suv uchun to‘lovlar mexanizmi yaxshi
12
Manba: Statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
148
yo‘lga qo‘yilgan. Bu davlatlarning aksariyatida suv resurslaridan
foydalanish xarajatlari ma’lum darajada davlat tomonidan
o‘zlariga xos shakllarda boshqariladi, ayrimlarida davlat subsi-
diyalari orqali, ba’zilarida ma’muriy-boshqaruv asosida amalga
oshirilmoqda.
Bu resurslarni boshqarish ularning ba’zilarida ijtimoiy
qo‘mitalar ixtiyorida bo‘lsa, boshqalarida turli vertikal
pog‘onalardagi
tashkilotlar
zimmasidadir.
Ko‘rsatilgan
davlatlardan birortasida ham suv resurslari to‘liq bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi erkin resurs darajasiga keltirilmagan, jismoniy
shaxslar ixtiyoriga va xususiy tashkilotlarga tovar sifatida
foydalanish uchun berib ham qo‘yilmagan.
Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan
foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb
masalalar qatoriga kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda
qurg‘oqchilik sababli kelib chiqayotgan qator muammolar
natijasida avvalroq vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatni
yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari
amalga oshirilgan bo‘lsa, yaqin yillardagi yog‘ingarchiliklar va
suv toshqinlari tufayli uzoq kelajakka mo‘ljallangan kuchli davlat
tadbirlari ustida ish olib borilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan
Fransiyada esa keyingi yillarda mamlakat hududidan oqib
o‘tadigan ko‘pgina daryolarning suv resurslarini nazorat qiluvchi
politsiya tashkil etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida suv resurslarini boshqarish va
ulardan foydalanish muammolari bilan AQSh Melioratsiya byurosi
shug‘ullanadi. Bu yerda suv resurslarini taqsimlash va
foydalanish, bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ish turlarini
markazlashtirish va qat’iy nazorat ostida kerakli natijalarga
erishish, bu orqali davlat boshqaruvi darajasida suv yetkazib
beruvchi va suvni iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni
yangi bosqichga ko‘tarish muammolari ko‘rilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, barcha davlatlar hududida suv xo‘jaligini
rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi suv
149
inshootlarini qurish, asosiy vositalarni ko‘paytirish va yangilik-
larni yaratish ishlari to‘liq davlat tomonidan amalga oshirilmoqda.
Masalan, Arab davlatlarida suv va suvga bog‘liq barcha sarf-
xarajatlar markazlashgan holda davlat tomonidan qoplanadi.
Jahondagi ayrim davlatlarda esa ushbu maqsadlar uchun davlat
tomonidan 30-50 yil va undan ortiq muddatga mo‘ljallangan
imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Bunday kreditlar ko‘pgina davlatlarda to‘liq o‘z mablag‘lari
zahirasi hisobidan, ayrim hollarda, ularning bir qismi dunyodagi
turli moliyaviy fondlar va tashkilotlar yordamida amalga
oshiriladi. Lekin biron-bir davlat hududida suv resurslariga
qo‘yilgan talab va ishlab chiqilgan qonunlar suvdan
foydalanishning tijorat maqsadlariga qaratilmagan bo‘lib, balki,
avvalo, insonlar manfaati uchun suvga bo‘lgan munosabatni
zamon talabiga moslash, suvni asrab va tejamkorlik bilan
foydalanish tamoyillari asosida qurilgan. Bu xalq xo‘jaligining suv
resurslariga bo‘lgan ehtiyoji bilan sarflanayotgan suv miqdorlari
o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish
masalalari yechimini hal etish, kelajak avlod uchun suv resurslari
to‘g‘risida qayg‘urishdir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu barcha davlatlarda XXI asr
boshidan boshlab insoniyat uchun global muammoga aylanib
borayotgan suv resurslari taqchilligi masalasini hal qilish, ulardan
oqilona foydalanishga e’tibor berilib, o‘z iqtisodiy ko‘rsatkichlari,
ichki va tashqi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar
tayyorlamoqda va dasturlarni ma’lum darajada amalga
oshirmoqda.
Suvdan foydalanish jarayoni tahlil qilinganda yana bir
masalaga e’tibor qaratish lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan
birontasining qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston kabi deyarli 100 foiz
sug‘oriladigan yer maydonlaridan foydalanilmaydi.
O‘rta Osiyo hududida, xususan, O‘zbekiston hududida yozda
o‘simliklarning vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik umuman
kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish faqatgina
150
sug‘orish tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat
mas’uliyatni, shuningdek, katta mablag‘ni sarflashni taqozo etadi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydonlari, bu maydonlarga
ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish jarayonlarida suv
xo‘jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo‘yicha ham, bu sohaga
davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdoriga ko‘ra ham
boshqa davlatlardan keskin farq qiladi.
Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda sug‘orish texnologiyasini
takomillashtirishga
katta
ahamiyat
beriladi.
Sug‘orish
texnologiyasining
progressiv
usullari
dastlabki
kapital
qo‘yilmalarni ko‘proq talab qilsa ham suv sarfini va mehnat sarfini
tejash imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ishchi kuchi qimmat
bo‘lgan davlatlarda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Gidrosfera, suv manbalari, daryo suvlari, suvning aylanishi, suv
oqimlari, suv resurslari, suvning inson uchun qadrlilik darajasi,
yerusti va yerosti suvlari, transchegaraviy suv resurslari, grunt
suvlar.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Suv resurslari bilan ta’minlashning qanday afzalliklari
mavjud?
2. Qishloq xo‘jaligida sug‘orma dehqonchilik haqida nimalarni
bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasida suv manbalaridan foydalanishni
izohlang.
4. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammolari kabi
masalalar nimadan iborat?
5. Suv resurslarini qayta ishlash muammolariga siz qanday
e’tibor qaratardingiz?
151
VIII BOB. YER: JOYLASHISHI VA UNDAN KO‘P
MAQSADLI FOYDALANISH
8.1. Yer ajratish iqtisodiyoti.
8.2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash.
8.3. Yerlarni himoya qilish vositalari.
8.1. Yer ajratish iqtisodiyoti
Inson hayotining paydo bo‘lishi, insonning kundalik
iste’molidagi noz-u ne’matlarning yaratilishi, ishlab chiqarish
tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining shakllanishi, inson
hayotining davomiyligini ta’minlashda yer qobig‘i hisoblangan
litosfera qatlamining alohida o‘rni va ahamiyati mavjud. Shu
jihatdan yer va yer resurslarini muhofaza qilish hamda uni ko‘z
qorachig‘iday asrash barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi.
Litosfera deb, yerning qattiq qobig‘iga aytiladi. Bu qobiqning
yuzasi o‘zining o‘ta notekisligi bilan ajralib turadi. Litosferaning
eng past va eng yuqori qismigacha bo‘lgan farq 19870 m ni tashkil
qiladi. Litosfera yuzasining katta qismi okean va dengizlar bilan
qoplangan. Uning quyi chegarasi (qalinligi) taxminan 40 km dan
100 km gacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi.
Materiklar hajmi Yu.M.Shatalskiy hisob-kitobiga ko‘ra,
(okeanlar sathiga nisbatan hisoblanganda) okeanlar hajmidan 12,7
marta kichik.
Litosferaning kimyoviy tarkibi to‘g‘risida xulosa chiqarishda
uning 16-25 km chuqur qismiga olingan ma’lumotlarga
asoslaniladi. Uning chuqur qismidan namunalar olish va tadqiq
etishning hozircha imkoniyati yo‘q. Undan chuqur qismida harorat
1450
o
C va tog‘ jinslari bosim 3000 atmosferadan kam emas.
Litosfera sathi 510 mln. km
2
ga teng. Quruqlikning 15 %
qismida insonlar hayot kechiradilar, 20 %i dasht-yaylovlari va tog‘
yonbag‘irliklari, 27 %i qumlik sahrolar va 13 %i baland
152
tog‘liklardan iborat. Respublikamizning umumiy maydoni 45 mln.
ga bo‘lib, shundan 29 mln. ga cho‘l-dashtlar, 2,2 mln. ga
yaylovlar, 6 mln. ga nuragan maydonlar, 4,2 mln. ga
sug‘oriladigan ekin maydonlari, qolgan qismi tog‘liklardan iborat.
Yer po‘stlog‘i litosferaning eng ustki qobig‘i bo‘lib, uning
qalinligi okeanlar tubida 5-7 km ni, quruqlikda esa 50-70 km ni
tashkil qiladi. Yer po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari
o‘zlarining hosil bo‘lishiga ko‘ra 3 ta katta guruhga bo‘linadi:
a) magmatik yoki magma ta’sirida hosil bo‘lgan jinslar;
b) cho‘kindili magmatik va boshqa jinslarni bir joydan ikkinchi
joyga borib yig‘ilishidan hosil bo‘lgan jinslar;
d) metamorfik magmatik va cho‘kindi jinslarning yuqori
harorat va yuqori bosim ta’siri ostida qayta kristallanishidan hosil
bo‘lgan jinslar.
Litosferaning quyi qobiqlari ham o‘z navbatida quyidan
yuqoriga qarab bazaltli, granitli va cho‘kindi jinslarga bo‘linib,
bular Yer tarixida biridan ikkinchisini hosil qilib boradi.
Litosfera ba’zan plita deb ham ataladi, u atmosfera yuzasi
bo‘ylab gorizontal yo‘nalishda harakat qilib siljib turadi. Natijada
ular bir-biridan uzilib qolishi yoki bir-birlari ustiga chiqib ketishi
hollari ham uchraydi. Bir-biridan uzoqlashgan plitalar tagida turtib
chiqib, okean oralig‘i tog‘larini hosil qiladi. Litosfera ichiga kirib
borgan sari haroratning o‘zgarishi ham turlicha.
Yerning litosfera qobig‘i shu sayyorada yashovchi barcha
organizmlarning yashashi uchun muhim omillardan biri
hisoblanadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, sanoat, energetika
tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va umuman barcha tarmoqlarni
rivojlantirishda litosferaning va unda tarqalgan tabiiy resurslarning
roli beqiyosdir. Litosferani ekologik muhitlarning biri sifatida
o‘rganish u bilan bog‘liq bo‘lgan inson ehtiyoji uchun zarur xom
ashyolardan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish kunning
dolzarb masalasidir.
Global ekologik inqiroz tahdidlari kuchayib borayotgan bir
vaqtda yer resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilish hamda yerning litosfera qobig‘idagi tuproqni degradatsiya
153
jarayonlaridan muhofaza qilish dunyo miqyosidagi dolzarb va o‘z
yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Litosfera
qobig‘idagi yer resurslarini muhofaza qilishda tuproq qatlamini
saqlamay turib, mavjud o‘simlik va hayvonot olamini, shuningdek,
ekologik muhitdagi suv va havo tozaligini saqlashning iloji yo‘q.
Bugungi kunda biosferaning me’yorida ishlashini saqlay olmasdan
insoniyat hayotining ekologik farovonligini saqlashning imkoni
yo‘qdir.
13-rasm. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan maydon, ga/kishi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
barcha sohalarda tub o‘zgarishlar jarayoni yuz berdi, shuningdek,
milliy iqtisodning shakllanishi, nodavlat sektorlari va amaldagi
iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida aniq va foydali mexanizmlar
yaratilmoqda. Bu masalaning muhimligi yer boyliklarini
154
boshqarish sohasida bir tomondan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish asosiy manbasi, imorat uchun maydoncha va tayanch
yuzalari, inshootlar, yo‘llar, ko‘kalamzorlashtirish bo‘lsa, boshqa
tomondan ko‘chmas mulkka soliq to‘lash moddiy bazasi, joyni
xususiylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vositasi, milliy
boylikning bir qismida o‘z aksini topgan. Ushbu 13-rasmdagi
ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, 1900-yillarda kishi boshiga
7,91 gektar yer to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2005-yilda 2,02 ga to‘g‘ri
kelgan, 2050-yilga borib 1,61 ga yer to‘g‘ri kelishi bashorat
qilinmoqda. Dunyo miqyosida 275 mln. ga sug‘oriladigan
maydonlarning 20 foizi ekin ekiladigan yerlar hisoblanadi.
Dunyodagi oziq-ovqat mahsulot-larining 45 foizi ushbu
maydonlarda ishlab chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida
agrosanoat kompleksini barqaror rivojlantirishni ta’minlashning
asosiy shartlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish manbalarini
kengaytirish, takror ishlab chiqarish va unumdor yerlardan
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida to‘g‘ri foydalanishdan iborat.
Unumdor yerlarning boshqa tabiiy omillar bilan qo‘shib
ishlatilishi, yerni ishlab chiqarish quvvatini oshirib, qishloq
xo‘jaligi mahsuloti va tannarxiga sezilarli ta’sir etadi.
Agrosanoat majmuyi tarmoqlarida, xususan, qishloq xo‘jaligi
faoliyatida unumdor yerlarni saqlab qolish va ulardan unumli
foydalanish katta ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz agrar
tarmog‘ida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yerdan
to‘g‘ri va unumli foydalanish chora-tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni ekologik va
agrokimyo, agrotexnika holatini yaxshilash va sug‘orish ishlarini
yaxshilash uchun sug‘orish tizimini takomillashtirish, o‘simlik-
shunoslikda iqlim, yer holatini hisobga olgan holda va yuqori
hosildorlikni ta’minlash uchun yerni qayta ishlash, yer holatini
saqlash va yer hosildorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, respublikada an’anaviy yerning hosildorligi
kamayishi va umumiy ekologik holatining yomonlashuvi
saqlanmoqda, ba’zi hududlarda quyidagi salbiy jarayonlar
kuzatilmoqda:
155
– hosildor yerlarning kamayishi, ularning qishloq xo‘jaligiga
yaroqligi holati yomonligi va xo‘jalikdan yana foydalanish;
– sho‘r va inqirozga uchragan yerlarning ko‘payishi;
– haydalgan va haydaladigan yer qatlamlarining zichlanishi va
qotib qolishi;
– haydalgan yerlarda chirindi va oziqlanish elementlarining
muvozanati va salbiy holati oshib borishidir.
Ko‘rsatilgan salbiy jarayonlar qishloq xo‘jaligida foydalanila-
yotgan yerlarning kamayishiga, yerning kimyoviy, suv-fizik, fizik-
kimyoviy holati buzilib, hosildorlikning kamayishiga olib
kelmoqda. Natijada tabiat tizimining ekologik barqarorligi va
ko‘rsatilgan jarayonlar rivoji keskin kamayadi. Yerning
tanazzuliga asosiy sabab, iqlim omillari va insonlar faoliyati
ta’sirida yer yuzi xarobazorga aylanib, inqirozga uchramoqda.
Bular quyidagilardan iborat:
– o‘rmonzor dov-daraxtlari yo‘q qilinishi, xarobazorga
aylanishi va boshqa voqealar;
– yerning sug‘oriladigan sharoitida, keragidan ortiq namlik va
suv toshqini, qayta sho‘rlanish holatlari;
– chorva mollari boqiladigan yaylovlarning digressiya va
deflyatsiyaga uchrashi;
– qishloq xo‘jaligi va sanoatda yerni o‘zlashtirish jarayonida
texnogen xarobazorlarga aylanishi;
– agroximikatlar, sanoat va maishiy chiqitlar tashlanishi va bir
xil ekin ekilishi oqibatida tuproqning ifloslanishi va
hosildorlikning yo‘qolishi;
– tuproqning sho‘rlanishi, Orol dengizining qurishi va tuz
changlarining havoga to‘yinishi va hokazo
13
.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2015-yilning
29-dekabridagi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish
hisobiga yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq
13
Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar
degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
156
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda intensiv, tejamkor
texnologiyalarni joriy qilish, fermer xo‘jaliklari moliyaviy
barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy faoliyati samaradorligini
oshirish, tarmoq eksport salohiyatini kengaytirish maqsadlariga
qaratilgan “2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh
qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2460-
sonli qarorining qabul qilinishi ana shu tadbirlarning mantiqiy
davomi bo‘ldi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlarning umumiy maydoni 20473,5 ming ga ni yoki respublika
umumiy yer maydonining 46,10 %ini tashkil etadi, shundan
sug‘oriladigan yerlar maydoni – 4212,2 ming ga.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 11123,7 ming
gektarini pichanzor va yaylovlar tashkil qiladi, shundan 42,6 ming
gektari – sug‘oriladigan yaylovlar.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha korxona, tashkilot,
muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi
jami yerlar 44410,3 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar
esa 4312,4 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,7
foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga
bo‘linadi (13-jadval).
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar respublikamizning
yagona yer fondida eng asosiy o‘rin tutadi hamda O‘zbekiston
Respublikasi hududining 46,10 foizini egallagan bo‘lib, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yoki ana shu maqsadlar uchun
belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
hisoblanadi.
Ushbu yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi ekinzor-yerlar va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik
yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari,
binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi.
Shuningdek, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, bo‘z
yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali
157
daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va h.k.) egallagan yerlar ham
qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi.
13-jadval
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari va yer toifalarining
taqsimlanishi
№
Yer fondining
toifalari
Umumiy maydoni
Jumladan
sug‘oriladigan
yerlar
jami
% hiso-
bida
jami
%
hisobida
1. Qishloq
xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar
20473,5
46,10
4212,2
9,48
2. Aholi
punktlarining
yerlari
216,3
0,50
49,4
0,11
3. Sanoat,
transport,
aloqa, mudofaa va
boshqa
maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar
911,0
2,05
11,8
0,02
4. Tabiatni
muhofaza
qilish,
sog‘lomlashtirish,
rekreatsiya
maqsadlariga
mo‘ljallangan yerlar
75,9
0,17
0,9
0,002
5. Tarixiy-madaniy
ahamiyatga
molik
yerlar
4,7
0,01
6. O‘rmon fondi yerlari
9635,9
21,69
31,3
0,07
7. Suv fondi yerlari
830,3
1,86
4,6
0,01
8. Zahira yerlar
12262,7
27,62
2,1
0,004
Jami yerlar:
44410,3
100,0
4312,4
9,71
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risida
Milliy hisobot.
Aholi punktlarining yerlari.
Aholi punktlarining yerlari
ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, davlat yer fondining barcha
158
toifalaridan
o‘ziga
xos
xususiyatlari,
huquqiy
holati,
foydalanishning asosiy maqsadiga ko‘ra ajralib turadi, ularga shu
maqsadlar uchun qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shahar
(posyolka) va qishloq aholi punktlari kiritilgan.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar.
Bunday yerlar jumlasiga sanoat tarmoqlari
obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan tog‘-kon
sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi
binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga
berilgan, temiryo‘l, ichki suv transporti, aloqa-kommunikatsiya
liniyalari hamda ularga tegishli inshootlar, radioeshittirish,
televideniye, axborot muassasalari va tashkilotlari joylashgan
hamda ichki ishlar va mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan
yerlar, shuningdek, boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yuridik
shaxslarga berilgan yerlar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar.
Davlat qo‘riqxonalari, milliy
tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, davlat buyrtmaxonalar, tabiat
yodgorliklari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolanish
omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va
turizm uchun foydalanishga berilgan yer uchastkalari kiradi.
Bu yerlarning asosiy maqsadi tabiiy jarayon va hodisalarni,
o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va
noyob turlarini tabiiy holatda saqlab qolish, sonini ko‘paytirish va
o‘rganish, tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yerlarda
kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish, turizm va
aholining ommaviy dam olishini tashkil etishdan iboratdir.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar.
Respublikamiz
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga boy bo‘lib, ular
jumlasiga, asosan, tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, tarixiy
insonlarning haykal va byustlari qo‘yilgan memorial bog‘lar,
ziyoratgohlar va mozorlar, arxeologiya, tarixiy va madaniy
yodgorliklar, tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga doimiy
foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Ushbu yerlar alohida
159
muhofazaga muhtoj bo‘lib, unda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarixiy, arxeologik, me’morlik va badiiy hamda madaniy
yodgorliklar saqlanadi.
O‘rmon fondi yerlari.
O‘rmon fondi yerlariga o‘rmon bilan
qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham,
o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar kiradi. 2016-yil
1-yanvar holatiga ko‘ra, o‘rmon fondi yerlarining umumiy yer
maydoni 9635,9 ming gektarni yoki jami yer maydonining 21,69
foizini tashkil qiladi.
Suv fondi yerlari.
O‘zbekistonda suv havzalari, transchegaraviy
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, gidrotexnik va boshqa suv
xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek, suv havzalari va
boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan
mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar
suv fondi yerlari toifasiga kiradi.
Zahira yerlar.
Zahira yerlarga egalik qilish, foydalanish hamda
ijara maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan hamda
boshqa yer toifalarida hisobga olinmagan barcha yerlar kiradi.
Ushbu yerlar, asosan, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik
qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi. 2016-yil
1-yanvar holatiga ko‘ra, zahira yerlarining umumiy yer maydoni
12262,7 ming gektar yoki umumiy yer maydonining 27,6 foizini
tashkil etadi.
8.2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash
Insonning tuproqqa faol ta’sir ko‘rsatishi natijasida uning
xossa-xususiyatlari o‘zgarishi, unumdorligining oshishi yoki
pasayishi, sho‘rlanishi, eroziyalanishi, degumifikatsiyasi kabi
jarayonlarning yuzaga kelishi yer resurlarini muhofaza qilishda
avvalgidan ham e’tiborli bo‘lishlikni taqozo etadi
14
.
14
Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar
degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. –T.,2012. -218 b.
160
O‘tgan mustabid tuzum davrida mamlakatimiz yer
boyliklaridan
intensiv
usulda,
juda
katta
xarajat
va
isrofgarchiliklar yo‘li bilan foydalanilganligi, yer maydonlarining
sho‘rlanishi va eroziyaga uchrashi holatlari ekologik muvozanat
buzilishiga olib kelgan. Natijada tuproq unumdor qatlamining
yemirilishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, bir qancha ijtimoiy,
iqtisodiy, madaniy va ma’naviy muammolarni keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
ishlab
chiqarishning har qanday vositalaridan to‘g‘ri va oqilona
foydalanish ko‘p jihatdan uning muhim xususiyatlarini qanchalik
chuqur va har tomonlama o‘rganishga bog‘liqdir. Shu jihatdan,
bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblangan yer
resurslarini muhofaza qilish va tuproqlar degradatsiyasining oldini
olish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda, eng avvalo,
tuproqlardan oqilona foydalanish, uning unumdorligini oshirish,
sifati, iqtisodiy bahosi, yer muhofazasini bilish, har xil
o‘simliklarni tuproq holatiga ko‘ra ilmiy asoslangan holda ketma-
ket ekish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ixtisoslashuvini to‘g‘ri tashkil
etish, tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish talab etiladi.
Tarixiy davr mobaynida insoniyat taxminan 2 mlrd. ga yaqin
hosildor yerlarning yo‘qotilishini, tuproqlar unumsiz yerlarga va
antropogen sahrolarga aylanishini tuproqlar degradatsiyasi
jarayonining global va turli-tuman xususiyatidan darak beradigan
ma’lumotlarga qo‘shish mumkin
15
.
Yer resurslarining meliorativ holatini baholashda, albatta,
uning unumdorligi, sho‘rlanish darajasi, ball bonitetining
baholanishi, grunt suvlarining joylashuvi va boshqa omillar
hisobga olinadi. Litosferaning tarkibiy qatlami bo‘lgan unumdor
tuproq inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza
suvdan ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan buyuk ne’mat
hisoblanadi.
15
Деградатсия и охрана почв. Под ред. Академика РАН Г.В. Доброволского. –
М.: Изд-во МГУ, 2002.-654 с.
161
Zoologiya va ekologiya bo‘yicha buyuk fransuz olimlardan biri
Jan-Dorst ta’biri bilan aytganda, tuproq – bizning eng qimmatbaho
boyligimiz. Hayot va yerning ustki biotsenozlari uchun qulay,
tabiiy va sun’iy yerning eng ustki yupqa qatlami bilan bog‘liq
insonlar hayoti uchun zarur barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi.
Shuning uchun biz tuproqni, ona zaminimizni asrab-avaylashimiz
zarurdir.
Yer fondi tarkibining yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi va yer
fondi tarkibidagi asosiy yer turlari quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi yerlari (ekin yerlar, ko‘p yillik
daraxtzorlar (bog‘zorlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt
ko‘chatzorlari va mevazorlar), bo‘z yerlar, pichanzor va
yaylovlar);
tomorqa yerlar;
o‘rmonzorlar;
bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari;
meliorativ holatini yaxshilash bosqichidagi yerlar;
boshqa yerlar.
Qishloq xo‘jaligi yerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish maqsadida uzluksiz foydalaniladigan yer turlaridir.
Ekin yerlariga qishloq xo‘jaligi ekin turlari (shu jumladan, ko‘p
yillik o‘tlar) ekiladigan yerlar kiradi. Ekin yerlar ikki turga
bo‘linadi:
-
Sug‘oriladigan;
-
Lalmi yerlar.
Sug‘oriladigan yerlar
–
qishloq xo‘jaligida foydalanish va
sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni
sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbayi bilan
bog‘langan, doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega
bo‘lgan yerlar. Qishloq va suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan
yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‘orish
ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy
etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan
belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.
162
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yil Rio-de-Janeyro
shahrida o‘tkazilgan “Atrof-muhit va rivojlanish” mavzusidagi
xalqaro konferensiyasining qarorida tuproq muhofazasi va undan
oqilona foydalalanish davlat siyosatining markaziy bo‘g‘ini
bo‘lishi kerakligi, tuproqning holati insonlarning taqdirini
belgilashi va atrof-muhitga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi
ta’kidlangan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda
dunyo bo‘yicha eroziyaga, deflyatsiyaga uchragan va xavfli
deflyatsiyaga moyil qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan
maydonlar 50 foizdan ko‘pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayon
davom etmoqda.
Tuproq degradatsiyasi
degan aniq bir tushuncha yo‘q, chunki
ko‘p yerlarning ustki qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun
bir vaqtning o‘zida tuproq degradatsiyasi yer degradatsiyasi deb
ham yuritiladi. Quyida bir qator mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan
ta’riflar keltirilgan.
Qishloq
xo‘jaligini
yanada rivojlantirish,
ekinlarning
hosildorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun
tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash
tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho‘rlanish va
sho‘rxoklanish jarayonlarining oldini olishda, avvalo, shu
hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf
qilish kerak:
•
suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar si-
zot suvlariga qo‘shilib, ularning sathi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi);
•
tuproq
namligining
bug‘lanishini
har
taraflama
kamaytirish;
•
yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlari sathini
pasaytirish.
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya –
lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va
“pastga ketish” degan ma’noni anglatadi
16
.
16
Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar
degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
163
Tuproq degradatsiyasi
jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular
tuproqlarning funksiyasi o‘zgarishi, xossalarining miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib
keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning
ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un xossalari buzilishi, xo‘jalik
nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning
pasayishidir.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi:
fizik va mexanik degradatsiya tuproq granulometrik
tarkibining o‘zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish
jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi,
ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzilishidir;
kimyoviy va fizikaviy degradatsiya tuproq singdirish
sig‘imidagi jarayonlar, jumladan, kislotalik-ishqoriylik xossalarini,
oksidlanish-qaytarilish potensialini, makro va mikroelementlari
hamda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan hayot elementlarining
salbiy tomonga o‘zgarishidir;
biologik va biokimyoviy degradatsiya tuproq organik
qismining o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq
organizmlarining sifat va miqdor tarkibi salbiy tomonga
o‘zgarishidir.
“Tuproq degradatsiyasi tuproq tizimi vazifalarining o‘zgarishi
yoki tarkibi va qattiq fazaning tuzilishi hamda tuproqning
boshqarish vazifalari, mavjud natijalarning ekologik mezonlardan
chetga burilishi va barcha ko‘rsatkichlari hamda inson va biotalar
uchun muhim vazifalarining yomonlashishidir”
17
.
“Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari,
funksiyalari yig‘indisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar
elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o‘zgarishi jarayonlari va
natijalari tushuniladi”
18
.
17
Герасимова М.И., Караева Н.А., Таргулян В.О. Деградатция почв: методология и
картографирования // Почвоведение. – М.,2000. №3. S. 358-365.
18
Карманов И.И., Булгаков Д.С. Деградatsiя почв: предложения по
совершенствованию терминов и определений // Антропогенная деградatsiя почвенного
покрова и меры ее предупреждения. – М., 1998. Т. 1. С. 5-6.
164
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya –
lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va
“pastga ketish” degan ma’noni anglatadi.
Tuproq degradatsiyasi jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular
tuproqlarning funksiyasi o‘zgarishi, xosslarining miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib
keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning
ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un xossalari buzilishi, xo‘jalik
nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning
pasayishidir.
Yuqorida keltirilgan aniqliklarni tuproq elementar arealidagi
barcha kompleks degradatsiyaga oid o‘zgarishlarga qo‘llash
mumkin va shu bilan birga, aniq bir degradatsiya turiga ham tatbiq
qilsa bo‘ladi. Bu yondashishlar tuproq tuzilmalari qoplami
ko‘lamida tarqalishi mumkin.
Zamonaviy tuproqshunoslik tushunchasida “tuproq degradat-
siyasi” yoki “tuproq qoplami degradatsiyasi” antromarkazlashgan
vaziyat ko‘rinishida baholanadi yoki qulaylik vaziyati sifatida va
insonni o‘rab turgan atrof-muhitdagi xotirjamlik va farovonlik
tushuniladi.
Tuproqning degradatsiyaga uchrashining asosiy sababi tabiiy-
iqlimiy omillar va inson faoliyati natijasida yerlarning cho‘llanishi
va tanazzulidir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
– cho‘llanish, o‘rmonsizlashish va hokazo;
– sug‘orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi
sho‘rlanishi, suv va zax bosishi;
– tog‘ va tog‘oldi hududlaridagi tuproqlarning suv va
irrigatsiya eroziyasiga uchrashi;
– intensiv ko‘chma chorvachilik hududlarida yaylovlarning
degressiya va tuproqlarning deflyatsiyaga uchrashi;
– yerlarning qishloq xo‘jaligi va sanoatda o‘zlashtirishdagi
texnogen cho‘llanishi;
– agrokimyoviy vositalar qo‘llanilishi, sanoat va maishiy
chiqindilar tashlanishi va ziroatchilikdagi yakkahokimlik
natijasida tuproqning ifloslanishi va hosildorlikning yo‘qotilishi;
165
– Orol dengizining qurishi va tuz-chang to‘zonlari, aerozol va
boshqalarning tuproq yuzasiga o‘tirishi hisobiga tuproqlarning
sho‘rlanishi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasi-
ning barcha turlari har xil darajada bo‘lishi mumkin, ya’ni
kuchsizdan kuchligacha va hokazo. Tuproq degradatsiyasi miqdor
ko‘rsatkichlari yordamida ajralib turadi yoki sifat belgilari
ko‘rinishida ham bo‘ladi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish);
tuproq eroziyasi;
sho‘rlanish;
botqoqlanish;
tuproqning ifloslanishi;
cho‘llashish (qurg‘oqchilik).
Atrof-muhit
va
tuproq
qoplamining
degradatsiyasini
baholashda ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan quyidagi
gradatsiyadan (14-jadval) foydalanish mumkin.
Tuproq va yerlarning degradatsiyaga duchor bo‘lishida
quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi:
1. Mineral va organik o‘g‘itlar hamda pestitsidlarning noto‘g‘ri
qo‘llanishi.
Tuproqlarga
yuqori
miqdorda
mineral
o‘g‘itlar
va
pestitsidlarning qo‘llanilishi tuproq tuzilmasiga va ayrim
xossalariga salbiy ta’sir qilib, uni eroziyaga moyil bo‘lishiga olib
keladi.
2. Meliorativ ishlar. Meliorativ ishlarni noto‘g‘ri texnologiyalar
asosida olib borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlami
kamayishiga va tuproqning unumdor qatlamiga tuproq hosil
qiluvchi ona jins mahsulotlarini aralashib ketishiga olib keladi.
3. O‘rmon qurilish materiallarini tayyorlash. O‘rmon qurilish
materiallarini tayyorlash vaqtida og‘ir texnikalarning harakati
o‘rmon qiyiga, o‘simliklar qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va daraxt
166
ildizlarini ko‘chirishda u bilan ko‘p miqdorda gumus ham chiqib
ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami yo‘qoladi.
4. O‘rmon yong‘ini. O‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lganda
o‘rmon bilan birga o‘rmon qiyi, o‘simlik qoplamiga salbiy ta’sir
qiladi va natijada tuproqning gumusli qatlami yo‘qoladi.
5. Qo‘riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo‘riq va torfli
tuproqlarda yong‘in sodir bo‘lganda tuproqning to‘liq organik
qismi yonib ketadi.
14-jadval
Atrof tabiiy muhit degradatsiyasining gradatsiyasi
19
№ Atrof-muhit holatining buzilganligi
Atrof tabiiy muhit
ekologik sifatining
buzilish darajasi
1. Juda kam: atrof-muhit buzilmagan
Shartli nol
2. Past: tabiiy-muhit buzilgan, lekin
ma’lum bosim sharoitida o‘zini o‘zi
qayta tiklashi mumkin
Past
3. O‘rtacha: tabiiy muhit buzilgan, uning
o‘zini o‘zi qayta tiklash xususiyati
ma’lum bosim kuchi pasayganda
bo‘ladi
O‘rtacha
4. Yuqori: tabiiy muhit kuchli buzilgan,
o‘zini o‘zi qayta tiklay olmaydi
Yuqori
5. Juda yuqori: tabiiy muhit qaytarilmas
darajada buzilgan, qayta tiklanishi
mumkin emas
O‘ta yuqori
Tuproq degradatsiyasi yana quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi.
Eroziya jarayonlari tuproq faunasi va florasiga salbiy ta’sir qiladi,
ya’ni o‘simlik qoplami o‘zgarishga uchraydi, tuproq unumdorligi
pasayadi va natijada cho‘llashish jarayoni vujudga keladi. Bundan
tashqari kuchli shamol, muzliklarning siljishi, ko‘chkilar, daryo
toshqinlari, vulqonlar, yer silkinishi, tayfun, sunami va boshqa
eroziyani keltirib chiqaruvchi kuchlar mavjud.
19
Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar
degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012. -218 b.
167
Tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy
jarayonlardan biri suv va irrigatsiya eroziyasidir. Irrigatsiya
eroziyasiga, asosan, sug‘orma tipik va to‘q tusli bo‘ztuproqli
yerlar moyil bo‘ladi. Bu maydonlarning yarmiga yaqini
bo‘laklangan relyefli joylar va ularda irrigatsiya eroziyasi
rivojlanish ehtimoli cho‘l hududlaridagiga nisbatan ko‘proqdir.
Tuproqlarning yuvilishi qiyaligi 1-2
0
ga yetganda boshlanib,
qiyalik oshgan sari eroziya jarayoni jadallashadi.
Eng xavotirlisi shundaki, irrigatsiya eroziyasi natijasida
tuproqlardan gumus va oziqlantiruvchi moddalar yo‘qoladi.
Buning oqibatida qishloq xo‘jaligi yer aylanmasidan qimmatbaho
sug‘oriladigan yerlar chiqmoqda. Bundan tashqari tuproqlarga
solinadigan o‘g‘it va zaharli kimyoviy moddalarning uchdan bir
qismi tuproqdan yuvilib, suv havzalarida yig‘iladi va atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq degradatsiyasini
tezlashtiruvchi omillarga quyidagilarni keltirish mumkin
(14-rasm).
Ekin maydonlari respublika bo‘yicha jami 4064,7 ming
gektarni, shu jumladan, sug‘oriladigan ekin maydonlarning
umumiy hajmi 3307,3 ming gektar yoki qishloq xo‘jalik yer
turlarining 13,1 % ini hamda lalmi ekin maydonlarining umumiy
hajmi 757,4 ming gektarni yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 3,0
%ini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligidan olinadigan hamma
mahsulotlarning 30-35 %dan ko‘prog‘ini yetkazib beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning
qariyb 9,6 foizining meliorativ holati yomon bo‘lib, bu, avvalo,
tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi va yerosti suvlarining
ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, sug‘orilib ekin
ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning
meliorativ holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish
bugungi qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifalaridan
hisoblanadi.
168
14-rasm. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillar
ta’siri.
Sho‘r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproq-
geokimyoviy formatsiya bo‘lib, turli xil tuproqlarni o‘zida
birlashtiradi. Ularning umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil
bo‘lishi, yuqori konsentratsiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi
tuzlarning tuproq hosil bo‘lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq
eritmalarining yuqori konsentratsiyasi tuproq profilining turli
qatlamlaridagi o‘ta yuqori ishqoriylik sababli o‘simliklarning
me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni
vujudga keltirishi (bundan sho‘r tuproqlarda o‘suvchi galofitlar
mustasno) va hokazo.
8.3. Yerlarni himoya qilish vositalari
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
natijasida jadal chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va
TEZLASHGAN EROZIYA
SHAMOL EROZIYASI
(DEFLYATSIYA)
SUV EROZIYASI
Changli
bo‘ron
Doimiy shamol
eroziyasi
Sel oqimlari
Tekislik eroziyasi
Jarlik eroziyasi
Chiziqli yoki
tezlashgan
eroziya
Sug‘orish eroziyasi
169
islohotlarning amaliyotga keng tatbiq etilishi, xususan, yer
resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor
qaratilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada
mavjud sug‘oriladigan va lalmi yerlardan unumli foydalanish,
ularning unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, ularni
muhofaza qilishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash, unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonun,
farmon va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarish tatbiq
qilingan.
Davlatimiz tomonidan “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri”,
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi
qonunlar, “Yer monitoringi” to‘g‘risidagi nizom hamda
“Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning qabul
qilinishi qishloq xo‘jaligida qator islohotlarni amalga oshirishda
to‘la huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi:
Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
“Yer kodeksi” 1998-yilning 30-aprelida qabul qilingan bo‘lib,
yer munosabatlarini tartibga soluvchi hamda yer resurslaridan
oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yerdan foydalanish, uni
muhofaza qilish ustidan nazorat qilish tushunchasi va mazmunini
belgilab beradigan asosiy qonunchilik hujjati hisoblanadi.
Yer to‘g‘risidagi ushbu qonuniy hujjatning asosiy vazifasi
hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, yerdan
ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni
asrash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng
huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik
va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga
170
solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan
iborat.
“Yer kodeksi” quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining
asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash
hamda uning unumdorligini oshirish;
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda
foydalanishni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng
avvalo, sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini,
kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda
foydalanishni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza
qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa
tarzda qo‘llab-quvvatlash;
yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining
oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining
xilma-xilligi,
yer
munosabatlari
ishtirokchilarining
teng
huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya etish;
yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;
yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini
hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga
muvofiq, respublikamiz yer fondi yerlardan foydalanishning
belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar – qishloq xo‘jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan
yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va
sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar,
pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va
tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi;
171
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi
punktlarining) yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek,
qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga
mo‘ljallangan yerlar – ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun
yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan
yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun
foydalaniladigan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy
yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek,
o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari – suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari
egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab
ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Davlat
Yer
kadastri”
1998-yilning 28-avgustida qabul qilingan bo‘lib, mazkur
qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni
rivojlantirish,
yer
uchastkalariga
bo‘lgan
huquqlarning
kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni
qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan
foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Davlat yer kadastri. Davlat yer kadastrlari yagona tizimining
asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik,
huquqiy tartibi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer
uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan
foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti
to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining
172
hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat
bahosini, shuningdek, yer kadastriga doir axborotlarni bir tizimga
solinishini, saqlanishini va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
quyidagilardan iborat:
mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo‘llash;
yer
kadastriga
doir
axborotlar
ishlab
chiqish
uslubiyotining birligi;
yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-
yanvardagi 8-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer
xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2004-
yildan respublikamizda fermerchilikni keng targ‘ib etish davri
boshlandi. 2004-2007-yillar davomida respublikamizning barcha
hududlarida shirkat xo‘jaliklari to‘liq tugatilib, ular negizida
fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Biroq fermer xo‘jaliklari
faoliyatini chuqur tahlil qilish ishlari natijasida tashkil etilgan
fermer xo‘jaliklari faoliyatida bir qator yechimini kutayotgan
masalalar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2008-yilning
6-oktabrida Prezidentimiz tomonidan F-3077-son “Fermer
xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur
farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan
maqbullashtirish jarayonini tahlil qilish natijalari, fermer
xo‘jaliklari
aylanma
mablag‘larining
oshganligini,
yer
uchastkalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik texnikalari va
boshqa moddiy resurslardan samarali foydalanishga olib
kelganligini ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda respublikada alohida o‘rin tutgan agrar sohani
yanada isloh qilish, yer resurslaridan samarali va oqilona
foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash (qayta tiklash)
va oshirishni ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini
173
hamma sohalarda rivojlantirish muhim omil bo‘lib, davlatimiz yer
siyosatining asosiy qismini tashkil qiladi.
Tuproqlardan ilm-fan tavsiyalari asosida oqilona foydalanish,
uning muhofazasini to‘g‘ri ta’minlash, uning unumdorligini
oshirishda yangi texnologiyalarni joriy qilish, shak-shubhasiz,
qishloq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Tuproq tarkibini har tomonlama yaxshilash,
hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish tuproqning
kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
tizimini tubdan takomillashtirishni zamon talablari darajasida
yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, sho‘rlangan
yerlarni yuvish, kollektor-drenaj va suv tizimlarini tozalash,
yerosti suvlari balansining buzilishi, ularning yer yuzasiga
ko‘tarilishi, ekin ekish texnologiyasi va hokazolarni inobatga
olgan holda yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanish
me’yorlariga rioya qilish eng muhim ustuvor vazifalardan
hisoblanadi.
Xususan, respublikamiz viloyatlari va tumanlari sug‘oriladigan
yerlarida o‘tkazilgan tuproq-baholash ishlari natijalari fermer
xo‘jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilar tuproqlari holatida
ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, ularning bonitet ballari ortib
borayotganligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 14-moddasida
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida
aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish
va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish
tizimidan iborat ekanligi ta’kidlangan.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer
tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona
foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni
muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi
asosida amalga oshiriladi
20
.
20
O’zbekiston Respublikasi “Davlat Yer kadastri” to’g’risidagi qonun. – T.: Adolat
,
1998
.
174
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
23-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi
nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 496-son qarori asosida
respublika qishloq xo‘jaligi yerlari tuproqlari monitoringi
tadqiqotlari muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni
rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Yer
kodeksi”ning 28-moddasiga muvofiq, yer uchun haq to‘lash
belgilangan. O‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer
uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq
to‘laydilar. Yer uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida
olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga
va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer
solig‘ining stavkalari, uni hisoblash va to‘lash tartibi qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi
shaklida olinadi, uning miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq
belgilanadi, lekin u yer solig‘i stavkasining bir baravaridan kam va
uch baravaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak, yerdan qishloq xo‘jalik
ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda yer solig‘i stavkasining
bir baravari miqdorida bo‘ladi.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan
nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va
jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya
etishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Yer va tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari
buzilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning tegishli moddalariga binoan
ma’muriy choralar ko‘riladi va O‘zbekiston Respublikasi “Yer
kodeksi”ning 14-bobida belgilangan tartibda ko‘rsatmalar
berilgan. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor
175
shaxslar o‘z faoliyatlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga
oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar
21
.
90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan
amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish,
garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan, kimoshdi savdosi
asosida olingan shunday huquqni, shuningdek, yer uchastkasini
ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), yer
uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas
deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor
shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar.
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladilar:
yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab
olganlikda;
qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz
holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar,
ishlab
chiqarish
chiqindilari
va
oqova
suvlar
bilan
ifloslantirganlikda;
yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni
joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydala-
nishga topshirganlikda;
yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid
talablarini bajarmaganlikda;
vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini
buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga
yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va
mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q
qilganlikda;
21
O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”. – T.: “Adolat”, 1998.
176
davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;
o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlikda va chorva
mollari boqqanlikda;
yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash
choralarini ko‘rmaganlikda;
yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning
holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va
tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa
jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;
yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib
chiqishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda.
86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer
uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar
o‘rnini qoplash.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari
ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu
jumladan, boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda
qoplanishi kerak:
–
yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha
egallab turilganda;
–
davlat qo‘riqxonalari, zakazniklar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat
yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari, suv
ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv
tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr
uzatish liniyalari bo‘ylab muhofaza, sanitariya va ihota zonalari
belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
–
suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek, qishloq
xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar
chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning
ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga
va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib
boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati
yomonlashgan taqdirda.
177
Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib
beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan,
shuningdek, faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer
uchastkalari
ijarachilari
va
mulkdorlarining
huquqlari
cheklanishiga
yoki
yaqin
atrofdagi
yerlarning
sifati
yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
qoplanadi.
87-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab
chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi
nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo‘lgan o‘rni, miqdori va
uni aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlari uch guruhga
bo‘linadi. Bular: tabiatdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza
qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Munosabatlarning ushbu
guruhlari nuqtayi nazaridan tuproq va yerdan oqilona foydalanish
va muhofaza qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy-huquqiy
hujjatlari, shuningdek, turli yo‘riqnoma hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
Mamlakatimizda 8% sug‘oriladigan yerlar irrigatsion eroziyaga
moyildir. Sug‘oriladigan yerlarning 15 %i tuproq ko‘chishiga
moyil. Buning sababi sug‘orish kanallarining o‘pirilishi hamda
sath qiyaligi muhim bo‘lgan dashtlarda boshqa tartibsiz yo‘nalishli
irrigatsion suvlarning kelishidir.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Yerning litosfera qobig‘i, unumdor yerlar, tuproqning
sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, yer
resurslarining
meliorativ
holati,
tuproq
degradatsiyasi,
sug‘oriladigan yerlar, Davlat yer kadastri, Yer kodeksi.
178
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Yer resurslari bilan ta’minlashning qanday afzalliklari
mavjud?
2. Qishloq xo‘jaligi yerlari va ularning meliorativ holati haqida
nimalarni bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasida yer resurslaridan foydalanishni
izohlang.
4. Qishloq xo‘jaligini yer resurslari bilan ta’minlash
muammolari kabi masalalar nimadan iborat?
5. Tuproq degradatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Yer resurslari sho‘rlanish muammolariga siz qanday e’tibor
berardingiz?
179
IX BOB. EKOTIZIM TOVARLARI VA XIZMATLARI:
TABIATGA TAHDID SOLISH
9.1. Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish.
9.2. Tabiatni muhofaza qilishning institutsional
mexanizmlari.
9.3. Ekoturizm.
9.1. Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish
Ekologik tizim
deb birga yashovchi har xil organizmlar va
ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog‘lanishga aytiladi.
Bunga o‘rmon, o‘tloq, ko‘l va boshqalar misol bo‘ladi. Masalan,
o‘rmonni shunday ta’riflasa bo‘ladi: “o‘rmon bu geografik
shakllangan, o‘z-o‘zini boshqaruvchi o‘simlik va hayvonlar
populiyatsiyalari yig‘indisi bo‘lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi
asosiy rolni bir tur, yoki bir necha turga mansub populiyatsiya
o‘ynaydi”. Ana shunday jamoalarni ifodalash uchun akademik
V.N.Sukachev(1942) biogeotsenoz terminini tavsiya etgan.
Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda
almashinuvini amalga oshiradi. Shu tarzda ekologik tizim tashkil
topadi. “Ekotizim” tushunchasi ilk bor ingliz ekologi Albert Tensli
(1935) tomonidan qo‘llanildi. U ekotizimlarni tabiatning yer
yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi.
Modda aylanishining amalga oshishi uchun anorganik moddalar
va
yana
3
ekologik
guruh
organizmlari—produtsentlar,
konsumentlar va redutsentlar bo‘lishi lozim.
Produtsentlar – bu avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik
birikmalaridan foydalanadi.
Konsumentlar – bu geterotrof organizmlar bo‘lib, produtsentlar
va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan
foydalanadi.
Redutsentlar – organik moddalar hisobiga yashaydi va ular
moddalarni qayta o‘zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi.
Tabiatda turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi
180
lishayniklar yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi,
o‘tloq, o‘rmon, dasht, cho‘l, okean, butun yer yuzining hayot bilan
band qismi.
Ekotizim va biogeotsenoz terminlari bir-biriga yaqindir.
“Ekotizim”
modda almashinuvi amalga oshib turadigan sistemani
bildiradi.
Ozuqa zanjiri deganda biz nimani tushunamiz? Jamoalardagi
ozuqa zanjiri bu energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish
ketma-ketligidir.
“O‘simlik-hashorat-baqa-ilon-kalxat”
ozuqa
zanjirida birinchi bo‘g‘indan keyingilariga qarab biomassa kamayib
boradi. Ekotizimlar oziq to‘rlari orqali o‘zaro bog‘langandir (15-
rasm).
15-rasm. Moddalarning aylanma harakatida ishtirok
etuvchi ba’zi organizmlar.
181
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi.
Ma’lum vaqt
davomida o‘simliklar tomonidan hosil qilingan organik massa
jamoaning birinchi darajadagi mahsuldorligi deyiladi. U
o‘simliklarning quruq yoki ho‘l massasi tarzida ifodalanadi.
Konsument massaning ma’lum vaqt ichidagi o‘sishi — bu
jamoaning ikkinchi darajali mahsuldorligi deyiladi.
Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va Ikkilamchi hosildorlik hosil
qilish tezligi va mahsulotlarning taqsimlanishi bo‘yicha
turlichadir. Ekotizimlarda birlamchi va Ikkilamchi hosildorlikning
miqdoriy ko‘rsatkichlari mavjud.
O‘rmon ekotizimi bo‘ylab sayohatni tasavvur qilib ko‘raylik:
daraxtlar, butalar, mayda o‘simliklardan iborat. Bu yerda siz
olmaxon, qushlar va hasharotlarni korishimiz va ularning ovozini
eshitishingiz mumkin. Yana maymun va qo‘ziqorinlarni ham
ko‘rishingiz mumkin. Bu yerda yuzlab turlar yashaydi. Hozir esa
bug‘doy dalasini tasavvur qiling. Siz bu yerda bir nechtagina turni
uchratishingiz mumkin: bug‘doy o‘simligi, hasharotlar va begona
o‘tlardir. O‘rmon bug‘doy dalasidan ko‘ra ko‘proq turdagi
o‘simliklardan iborat. O‘rmon yuqori darjadagi biologik xilma-
xillik yani bioxilma-xillikdan iborat. Bioxilma-xillik ekotizimda
hayotning turli tumanligini anglatadi.
Bioxilma-xillik o‘lchami.
Bioxilma-xillik o‘lchovi odatda bir
hududda yashaydigan turlarning soni bilan o‘lchanadi. Masalan:
marjon qoyalar minglab marjon turlariga, baliqlar, suv o‘tlari,
gubkalar va chuvalchanglar uchun makon bo‘la oladi. Marjon
qoyalar sayoz oquvchi suvlardan ko‘ra ko‘proq bioxilma-xillikka
ega. Dastlab chuqur dengiz tadqiqotchilari kamdan-kam
organizmlar chuqur dengiz tubida qorong‘ulikda yashay
olishmaydi deb hisoblashagan. Shunga qaramasdan marjon
qoyadagi turlarga nisbatan kamroq bo‘lsada, u yerda organizmlar
yashamoqda. Bilamizki, chuqur dengiz tubidagi bioxilma-xillik
xuddi marjon qoyalardagidek noyob.
Yoki cho‘l toshbaqasi. Yo‘qolib borayotgan cho‘l toshbaqasi
kelajagi beqaror bo‘lib bormoqda. Insoniyat taraqqiyoti
182
AQSHning janubi-g‘arbida cho‘l toshbaqasi yashaydigan
muhitning yemirilib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Energiya oqimi.
Barcha tirik organizmlar moddalardan tashkil
topgan va ularning barchasi energiyaga muhtoj. Moddalar esa
doimiy ravishda aylanib turadi. Moddalar va energiya tabiatda
turli xil yo‘llar bilan aylanadi. Moddalarning qayta ishlatilishi
energiyani talab qiladi. Energiya qayta ishlanmaydi, u bir shakldan
boshqa shaklga o‘tadi. Energiyaning boshqa shaklga o‘tishi
yerdagi hayot uchun muhim.
Fotosintez. Fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasi glyukoza
molekulalarida kimyoviy energiyaga aylanadi. Glyukozaning bir
qismi energiya sifatida va yana bir qismi o‘simlik organlarida
zahira sifatida to‘planadi.
16-rasm. Hayvonot olami.
183
Har bir ekotizimda doimo undagi organizmlarning hayotiy
rivojlanishi va populiyatsiyalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
O‘zgarishlar 2 xil:
1. Siklik o‘zgarishlar;
2. Tasodifiy o‘zgarishlar.
17-rasm. Produtsentlar.
Bunday o‘zgarishlar sutka va mavsum davomida hamda tashqi
muhit bilan bo‘lib turadigan davriylikka ega o‘zgarishlar bo‘lib,
ular organizmlarning ichki ritmi o‘zgarishlarida o‘z aksini topadi.
Biotsenozda sutka davomida sodir bo‘lib turadigan o‘zgarishlar
kun va tun davomidagi havo temperaturasi, namlik va boshqa
omillar o‘zgarishiga kuchli bog‘liqdir.
O‘rta Osiyoning qumlik cho‘llarida, tush paytlarida hayot
to‘xtaganga o‘xshab tuyiladi. Hayvonlar quyoshdan inlarida
yashirinib, kechasi faollashadi. Tunda qo‘ng‘iz, sichqon, chayon,
ilon, o‘rgimchak, tulkilar tez harakat qiladi. Yilning ma’lum
vaqtida ko‘p turlar chuqur tinimga ketadi.
Davriy o‘zgarish o‘simliklarning yaruslar bo‘ylab tarqalishida
yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yillik o‘simliklar erta bahordagi
yarusda o‘sib, yoz kelganda butunlay qurib qoladi.
9.2. Tabiatni muhofaza qilishning institutsional mexanizmlari
Suv ekotizimlarida baliqlar, boshqa suv hayvonlari va suv
o‘tlari har xil chuqurliklarda yashaydi. Suv bilan yerdagi
ekotizimlar orasidagi farq ularni yaratuvchi muhitda qayd etiladi
184
Suv havzalari 2 ta katta guruhga bo‘linadi:
1. Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit.
Bunga – ko‘llar, havzalar va botqoqliklar kiradi.
2. Oqar suvlar – lotik muhit – bunga daryolar va soylar kiradi.
Suvlar termodinamik xarakteristikasi, yorug‘likni o‘tkazish
xususiyati, oqim tezligi, sho‘rligi va unda erigan gazlarning
miqdori bilan xarakterlanadi.
Yorug‘likni suvining turli qatlamlariga bir xilda tushmasligi,
bosimning har xil chuqurliklarda o‘zgarishi va boshqalar suvda
hayvonlarning turlicha joylashishiga sabab bo‘ladi. Ularning
ba’zilari suvning chuqur joylarida, ikkinchilari suvning yuza
qismida, uchinchilari esa suv qatlamida yashaydi.
Yashash muhitiga bog‘liq holda suv organizmlari quyidagi
hayot formalariga bo‘linadi:
1) Bentos (grekcha "bentos" – chuqurlik) suvning tubida yerga
yopishib yoki erkin holda hayot kechiruvchi hayvonlar va
o‘simliklar. Bunga, mollyuskalar, ba’zi bir suv o‘tlari, hasharotlar
lichinkasi misol bo‘ladi.
2) Perifiton (grekcha "pyeri" – atrofida, oldida) – bu yuksak
o‘simliklarning poyasiga yopishib, ko‘tariluvchi mollyuska,
kolovratka, gidra va boshqalar.
3) Plankton ("planktos" – suzib yuruvchi organizmlar) –
suvning vertikal va gorizontal oqimi bilan harakat qiluvchi
organizmlar.
Plankton holda yashovchi organizmlarning o‘lchami kichik –
mikroskopik bo‘lib, bularga mayda qisqichbaqasimonlar,
lichinkalar, yasxil, ko‘k yasxil suv o‘tlari, diatomalar kiradi.
4) Nekton (grekcha "nektos" – suzib yuruvchi) – erkin suzuvchi
va aralashib yuruvchi organizmlar. Bu baliqlar, amfibiyalar,
hasharotlar.
5) Neyston (grekcha - "neystos" – suzuvchi). Suvning yuzida
suzuvchi organizmlar. Bunga ba’zi bir chivinlar va ularning
lichinkalari, o‘simliklardan ryaska misol bo‘lishi mumkin.
Quyidagi xususiyatlar Yer—havo muhiti, ya’ni quruqlik
ekotizimlari uchun xarakterlidir.
185
Ular suv muhitidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
1) Quruqlikda asosiy cheklovchi omil namlik hisoblanadi.
2) Temperatura quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko‘proq
o‘zgarib turadi.
3) Tuproq – organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini
bajaradi.
4) Quruqlikda turli geografik to‘siqlar (tog‘lar, daryolar,
cho‘llar) organizmlarning erkin harakat qilishiga xalaqit beradi.
5) Substrat xarakteri – quruqlik ekosistemalari uchun
muhimdir. Tuproq har xil biogen elementlar manbai bo‘lib, Yuqori
taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy
etgan o‘simlik va hayvon taksonomik guruhlari mavjud bo‘lib,
ularning murakkablari dominantlik qiladi.
9.3. Ekoturizm
Agroekotizimlar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin
maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy
hayvonlarini
o‘z
ichiga
oluvchi
hududlar
majmuidir.
Agroekotizimlar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim
ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko‘p energiyaga ega
bo‘lgan mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning
cho‘qqisida
turadi.
Agrofitotsentoz
(fitos-o‘simlik)
agroekotizimlarning eng muhim bir qismi hisoblanib, u ma’lum
maydondagi madaniy va begona o‘tlar majmuidan iborat.
Agrofitotsentozning madaniy, begona o‘tlar hamda tuproqda-gi
suvo‘tlari va mikroorganizmlari agroekotizimlarning mustaqil
qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo‘lgan
va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar ularning tarkibiga
kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz deb qaraladi va
uning tabiiy fitotsenozlarga o‘xshash tomonlari va farqlari bor.
O‘xshashlik tomonlari qo‘yidagilar:
1. Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof
organizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
186
2. Tabiiy va sun’iy jamoalarning turlar o‘rtasida o‘zaro aloqa
munosabatlari mavjud.
3. Begona o‘tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarning turlar
tarkibi ham tashqi muhit sharoitlari bilan belgilanadi.
4. Ekinlar orasida o‘sadigan turlar va tabiiy senozlardagi turlar
uchun ham qonuniy ravishda almasxiladigan fenologik fazalar
xarakterlidir.
Farqlari esa quyidagilardan iborat:
1. Miqdoriy ko‘rsatkichi bilan;
2.Dominantlar agrofitotsenozlarda inson tomonidan kiritiladi
va boshqariladi.
3.Tabiiy jamoalarda turlarni turli strategik tiplarga ajratish
mumkin.
4.Agrofitotsenozlardagi
begona
o‘tlar
keng
ekologik
amplitudadagi va kosmopolit organizmlardir.
5.Agrofitotsenozdagi madaniy o‘simlik pouliyatsiyasi ma’lum
bir navga tegishli bo‘lgani uchun yaxshi differensiallashmagan.
Madaniy o‘simliklar jamoasi (agrofitotsenozlar) ekologik
nuqtai nazardan eng yuqori foydali mahsulot berishi va tashqi
muhitga eng past darajada ifloslantirish lozim, shuningdek tabiiy
resurslar saqlanib qolinishi kerak. Masalan, paxta dalasi biotsenozi
o‘zini avtomatik boshqarish qobiliyatiga ega, bu yerda bir turlar
ikkinchi tur bilan almashinadi va qayta tiklanish yuz beradi.
Natijada hamma organizmlar soni o‘z-o‘zidan idora qilinadi.
Bahor va yoz oylari boshlarida paxtada g‘o‘za shirasi ko‘payadi.
Bir turdagi zararkunandalar tamom bo‘lishi bilanoq, ularning
kushandalari boshqa zararkunandalarga o‘tadi yoki boshqa tur
kushandalarga joy bo‘shatib beradi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish mintaqaviy rejasi Markaziy
Osiyo davlatlarining Mintaqaviy ekologik markazi faoliyatida
muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy ekologik markazi (MEM)
Markaziy Osiyo davlatlari orasida mintaqaviy ekologik
masalalarni turli darajadagi hamkorligida yordam berish uchun
Yevropa ittifoqi ko‘magida 2000-yilda tuzildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan
187
foydalanishda mintaqaviy hamkorlikning boshqa bir qancha
istiqbolli usullari mavjud:
– barqaror rivojlanish Butun dunyo sammitini o‘tkazish
rejasiga kiritilgan va sherikchilik tashabbusi bo‘yicha Markaziy
Osiyo tashabbusi bilan bajarilishi;
– Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar
rahbarlari tomonidan tayyorlangan va qo‘llab-quvvatlangan
xalqaro konsepsiyasini suv energiyasi konsorsiumi (IWEC) asosiy
masalasi bo‘lgan suv omborlaridan jamoa bo‘lib foydalanish qulay
sharoitlari, suv va suv elektr stansiyasi inshootlari uchun
moliyaviy yordam olish;
– elektr energetika sohasida Markaziy Osiyo energetika
kengashi tuzildi. Toshkent shahrida joylashgan Birlashgan
dispetcherlar energiya markazi, suv xo‘jaligi talablarini hisobga
olgan holda, energiyani tarqatish bo‘yicha, me’yoriy va teng
taqsimlash tizimiga javobgarligini oshirish.
Iqlimiy o‘zgarishlarning mumkin bo‘lgan sabablarining vaqt
miqyosi juda kattadir. Yer orbitasining ekssentrisiteti, pretsessiya
va orbita tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining
o‘zgarishi kabi orbital parametrlarning variatsiyalari mos ravishda
100 000, 23 000 va 41 000 yilni tashkil etadi. Yer po‘sti
harakatining vaqt masshtabi esa 105-109 yilga teng.
Vulqonlarning otilishi natijasida stratosferada aerozolning hosil
bo‘lishi juda katta - 100 dan 108 gacha yillar oralig‘idagi iqlimiy
o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, iqlimiy
sistemaning ichki o‘zgaruvchanligi sistemani tashkil etuvchilari
orasidagi
to‘g‘ri
va
teskari
bog‘lanishlarning
turlicha
mexanizmlari bilan aniqlanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Organism, muhit, ekotizim, biogeotsenoz, produtsent,
konsument, redutsent, avtotrof, geterotrof, biologik mahsuldorlik,
agroekotizim, modda almashinuvi
.
188
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Ekotizim nima?
2. Ekotizimga misollar keltiring.
3. Biologik hosildorlik to‘g‘risida nima bilasiz?
4. Tabiiy va sun’iy ekotizimlarning o‘zaro o‘xshashlik jihatlari
va farqlari?
5. Quruqlik va suv ekotizimlarining farqi nimadan iborat?
189
X BOB. ENERGIYA: QAYTA TIKLANADIGAN
MANBAALARGA O‘TISH
10.1. Tabiiy gaz: narxlarni nazorat qilish.
10.2. Neft: Kartel muammolari.
10.3. Elektroenergiya: chiqib ketadigan manbaalar-
ning o‘rni.
10.4. Qayta tiklanuvchan energetika texnologiyalarini
qo‘llash
10.1. Tabiiy gaz: narxlarni nazorat qilish
Hozirgi avlod ko‘z oldida sodir bo‘layotgan fojealar
sabablaridan biri XX asrda, asosan oxirgi 40 yilda insoniyatning
iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning
o‘ta yuqori darajada oshishidir.Yoqilg‘ining organik turlaridan
foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalaridan, tobora soni ortib
borayotgan ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar
tufayli atrof-muhitga salbiy ta’sir yetkazilmoqda.
Negaki, global haroratning ko‘tarilishi jarayonlari to‘g‘ridan –
to‘g‘ri atmosferaga yonilg‘ining organik turlaridan foydalanuvchi
issig‘lik elektrostansiyalaridan chiqayotgan gaz tashlamalari bilan
bog‘liq. So‘nggi 40 yil davomida, butun insoniyat tarixi davomida
qazib olingan organik yonilg‘ilardan ham ko‘p yoqilg‘i qazib
olinadi. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilg‘i ishlatish miqdori
dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to‘g‘ri keladi
(taxminan bir kishiga 2 tonna). Organik yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoj
kelajakda ham jadal o‘sib boradi.
Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft tabiiy gaz, ko‘mir va
uran dunyoda asosiy energiya manbalari hisoblanadi hamda yaqin
kelajakda shunday bo‘lib qoladi. Har yili ishlab chiqarish va
ishlatish hisobiga ularning zahirasi kamayib bormoqda.
Hozirgidek sur’atlarda ishlatilganda dunyodagi qazib olinayotgan
190
neft zahiralari 45 - 50 yilga, tabiiy gaz zahiralari 70 - 75 yilga,
tosh ko‘mir zahiralari 165 - 170 yilga, qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralari
450 - 500 yilga, yadro energiyasi zahiralari esa ko‘proq yillarga
yetishi kerak.
Geografik jihatdan qazib olinayotgan yoqilg‘i xom ashyosi
geologik zahiralari notekis taqsimlangan. Shu sababli ularni qazib
olish xarajatlari sezilarli farqqiladi. Yoqilg‘i va energiyaning turli
xillari energiya iste’moli o‘zlarining mavjud zahiralaridan kam
bo‘lgan kamsonli mamlakatlarda jam bo‘lgan. Bu esa energiya
manbalari narhining ortib ketishiga, alohida mamlakatlar va
aholining ba’zi qatlamlarini energiya xizmatlaridan cheklashga
olib keladi va natijada ba’zi kelishmovcxiliklar, xatto davlatlararo
urushlar ham kelib chiqadi. Bundan tashqari, organik yoqilg‘ini
qazib olish, qayta ishlash va ishlatishda atrof – muhitga ko‘pgina
zaharli gaz va zararli chiqindilar chiqarilib, tuzatib bo‘lmas
darajada zarar keltirilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) markazlashgan
energiya ta’minotidan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv)
uzoqda yashay digan insonlarni, tog‘ va cho‘llarda istiqomat
qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar yoki ekspeditsiyadagilarni
elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suviga bo‘lgan talablarini
qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ular
shaharlarda birlamchi uglevodorod resurslarini tejashda, mamlakat
energiya xavfsizligini taminlashda katta rol o‘ynaydi. Hozirgi
vaqtda bu sohada yetarlicha tajriba to‘plangan.
Qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalarining
ko‘pgina
qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, ularga boshlang‘ich nisbatan katta mablag‘
sarflansada, iqtisodiy jihatdan ular o‘zlarini oqlaydi. Birlamchi
energiya tashuvchiilar narxlarining oshib ketishi (geologo-
razvedka, qazib olish, yetkazib berish) va ikkinchi tomondan,
qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan
bu energiya tobora raqobatdoshbo‘lib bormoqda.
Atmosfera va atrof – muhitga chiqayotgan tashlamalarning
asosiy qismi an’anaviy yoqilg‘i bilan ishlaydigan energetika
191
(31,3%) va neft-gaz sohasiga (29%) to‘g‘ri keladi. Oltingugurt,
azot, uglerod oksidlari atmosferada uzoq masofaga tarqaladi, suv
bilan qo‘shilib kislota eritmalariga aylanadi hamda yomg‘iri
tarkibida yerga tushadi va o‘simliklarga, tuproqqa, suvga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitda kislotalarning ko‘payishi oqibatida
og‘ir metallar oziq-ovqatlarga va shu mahsulotlar orqali odam
organizmiga o‘tadi. Bunda bir zararli oqibatning ketidan
ikkinchisining zararli ta’sirini ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, energiya balansiga bir vaqtning o‘zida ekologik
toza bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb
qilish orqali atrof-muhitga texnogen ta’sirlarni kamaytirish
mumkin. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining yana bir
afzalligi uglevodorod
resurslarini elektroenergiya ishlab
chiqarishda yoqish emas, balki ularni neft-kimyo sanoatida xom
ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab qolish imkonini beradi.
Markaziy energiya ta’minotidan uzoq, borish qiyin bo‘lgan aholi
yashash joylarida qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy jihatdan
asoslangan, qulay va ishonchli energiya manbai bo‘lishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta
bo‘lgan aholi yashash joylarini, yirik sanoat korxonalari
muassasalarni energiya bilan to‘la taminlash imkoniga ega emas.
Ular borish qiyin, markazdan uzoqdagi obyektlarni energiya bilan
ta’minlaydilar, yokian’anaviy energiya manbalariga qo‘shimcha
obyekt sifatida qo‘llaniladi. Mamlakatimizda, xususan, ekologik
jihatdan qulay bo‘lmagan hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik
toza energiya manbalarini qo‘llash katta istiqbolga ega va bu
ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samaralidir.
O‘zbekistonning birlamchi yoqilg‘i-energetika resurslarining
tarkibi ko‘rsatilgan. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
respublika iqtisodiyotini taminlashda neft-gaz sektori birlamchi
yoqilg‘i-energetika resurslarining 97% ni yetkazib bermoqda.
Birlamchi yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishda
ko‘mirning ulushi 2,3 %, suv energetikasining ulushi esa 0,7% ga
to‘g‘ri keladi.
192
Katta salohiyatga ega ekanligiga qaramasdan, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishning ulushi bir foizdan ancha
kam hamda keltirib o‘tilgan diagrammada ko‘rsatilmagan.
10.2. Neft: Kartel muammolari
Yoqilg‘I energetika kompleksining bunday bir yoqlama
rivojlanishi iqtisodiyotning yanada rivojlanishini energiya bilan
taminlash qanchalik ishonchliligini, «Barqaror rivojlanish»
tamoyillariga mosligini va umuman yoqilg‘I energetika sektori
faoliyatida yuzaga keladigan ekologik zarar xavfini tahlil qilib
chiqishni talab etadi.
a) Ko‘mir, neft va tabiiy gaz bo‘yicha o‘rganilgan zahiralar
hajmlari keltirilmoqda.
b) Iqtisodiy jihatdan samarali gidroenergiya imkoniyatlari
keltirilgan.
d) MIRES bahosi bo‘yicha qazish xarajatlari 130 doll/kg
bo‘lgan o‘rganilgan uran zahiralari keltirilgan.
Yevropa mamlakatlarida o‘rnatilgan quyosh fotoelektrik
stansiyalarining umumiy quvvati 2002-yil bor yo‘g‘i 392 Mvt
bo‘lgan bo‘lsa, 2004-yil boshlarida 560 Mvt ga etdi, ya’ni yillik
o‘sish 43% ga yaqin bo‘ldi. Fotoelektr elementlarini ishlab
chiqarish butun dunyoda 2004-yilda 1200 Mvt dan 2005 yilda
1727 Mvt ga etdi, ya’ni o‘sish 40% dan oshib ketdi. Yaponiya
2005-yilda 833 Mvt (bunda o‘sish 38%), Yevropa 452 Mvt quyosh
fotoelektr elementlarini ishlab chiqargan (bunda o‘sish 44%).
AQSHda ishlab chiqarilgan elementlar 10% ga oshgan.
Energiya ishlab chiqarish dunyoning boshqa joylarida ikki
barobarga oshdi va 289 Mvt ni tashkil etdi. 2003-yilgi
ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 2 mln. quyosh suv isitish
tizimlari ishlamoqda. AQSHda quyosh kollektorlarining umumiy
maydoni 10 mln.m
2
ga, Yaponiyada 8 mln.m
2
ga etdi. Isroilda esa
mamlakat umumiy issiq suv ta’minotining 70% tashkil etadigan
800 mingdan ortiq quyosh qurilmalari ishlab turibdi. 2003-yil
193
boshlarida Yevropa ittifoqi davlatlarida umumiy yuzasi 13,5 mln.
m
2
dan ortiq bo‘lgan quyosh kollektorlari o‘rnatilgan. So‘nggi
yillarda bunday uskunalarni o‘rnatish sur’ati yiliga 1 mln ni tashkil
etadi.
Shamol energetikasi ham tez sur’atlarda rivojlanmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlari bu sohada peshqadamdir. Shamol
energiyasidan foydalanish yillik o‘sish darajasi Yevropada 33-
34% ni tashkil etib, 2004-yilda o‘rnatilgan Shamol energiyasi
uskunalarining quvvati 28,4 gvt ga yetdi.
Ohirgi yillarda biomassadan biogaz ishlab chiqarish yiliga uch
barobar, geotermal energiyadan foydalanish yiliga 10-11% ga,
kichik gidroenergetika yiliga 3,5% ga oshdi. Bir qator Yevropa
davlatlari qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
rejasini e’lon qildi. Masalan, Germaniya 2050-yilgacha mamlakat
energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari
hissasini 50% ga yetkazishni rejalashtirmoqda. Uglevodorod hom
ashyosining katta zahiralariga ega ekanligiga qaramay,
O‘zbekiston oldida ham muqobil energiya manbalarini izlash
masalasi turibdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
mamlakat energiya balansiga jalb qilish:
1. Energetika mustaqilligini uzoq kelajakkacha saqlab turishga;
2. Iqtisodiyotda energiya ta’minotini yaxshilashga;
3. Qishloq va chekka hududlarda energiya ta’minotini
yaxshilashga;
4. Bug‘ gazlari tashlamalarini qisqartirishga ;
5. Davlatning barqaror rivojlanishiga asos bo‘lishini
hukumatimiz yaxshitushunadi.
Energetika mustaqilligining uzoq muddatli istiqbollari. Qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish atmosferaga bug‘
gaz tashlamalari miqdorini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalari
rivojlangan
mamlakatlarda uglevodorodli energiya manbalari o‘rnini
bosuvchigina emas, balki sayyoramiz mintaqalarining turli
hududlarida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy masalalarini hal
194
qilib beruvchi, shu jumladan, ular ishlatilayotgan joylarda
bandlikni ta’minlovchi omil hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitlarida
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning kelajagi
juda porloq. Xavfsiz energiya ta’minoti-bu qazib oluvchi
moddalarga asoslangan energiya resurslarini (yoqilg‘ini) asta-
sekin qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan almashtirishga
qaratilgan ekologik siyosatning asosiy maqsadlaridan biridir.
Qayta tiklanuvchi energiya – bu atrof-muhit energiya oqimidan
olinadigan energiya manbalaridir. Bularga : quyosh , shamol, suv
resurslari, geotermal manbalar, sanoat va munitsipal, qishloq
xo‘jalik chiqindilaridan olingan biogaz kiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya salohiyati. Bug‘ gazlari
tashlamalarini kamaytirishning muhim yo‘nalishlaridan biri
noan’anaviy va organik yoqilg‘iishlatilmaydigan qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishbo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari
salohiyati ulkan-51 mlrd.t.n.e.(neft ekvivalenti) ga teng. Bugungi
kunda mavjud texnologiyalar bundan 179 mln.t.n.e ni foydalanish
imkonini beradi.Bu mamlakat bo‘yicha 1 yilda qazib olinadigan
yoqilg‘ilardan 3 barobar ko‘pdir (15-jadval). Qayta tiklanuvchi
energiya
manbalarining
texnikaviy
salohiyatidan
to‘liq
foydalanishda, yokilganida 447,5 mln.t SO
2
chiqindisi chiqadigan
miqdordagi yoqilg‘i o‘rnini bosish mumkin bo‘lar edi. Hozirgi
vaqtda O‘zbekistonda texnikaviy va moliyaviy imkoniyatlarning
to‘liq mavjud emasligi, shuningdek, an’anaviy va noan’anaviy
elektrostansiyalarining atrof-muhitga ko‘rsatadigan ekologik
ta’sirining aniq bir tafsilotlari yo‘qligi tufayli ushbu salohiyatni
to‘la-to‘kis amalga oshirish mumkin emas. Ta’kidlash joizki,
texnikaviy salohiyat (18-rasm) bog‘dorchilik va chorvachilik,
sanoat va maishiy chiqindilar biomassasini hisobga olmagan holda
baholangan.
Dastlabki xulosalar shuni ko‘rsatadiki, 1 ga yerga ekilgan
paxtadan 2 tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya olish mumkin,
Shuncha g‘o‘zapoya 2 mln.t.n.e. ni tashkil etishi mumkin. Ammo,
195
ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbasini o‘zlashtirishning
ekologik tomonlari hozircha qo‘rib chiqilmagan.
15-jadval
Noan’anaviy energetika salohiyati
Imkoniyati
Jami
(mln.t.n.e.)
Shu jumladan,energiya (mln.t.n.e.)
gidro quyosh
Shamol Geotermal
suvlar
Yalpi
50984,6
9,2
50973,0 2,2
0,2
Texnik
179,0
1,8
176,8
0,4
-
O‘zlashtirilgan 0,6
0,6
-
-
-
Umuman, O‘zbekistonda QTEM katta salohiyatga ega ekanligi
ushbu sektorni muvaffaqiyatli rivojlantirishga xizmat qiladi, bu
esa tegishli iqtisodiy qulay muhit yaratilganda mazkur
salohiyatning katta qismini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiya ishlab
chiqarish. Qayta tiklanuvchan energetika texnologiyalarini
O‘zbekiston sharoitida qo‘llash. Bugungi kunda O‘zbekistonda
qayta tiklanuvchi energiya manbalari ichida yaxshi o‘zlashtirilib
borayotgan turlaridan biri-daryolarning energiya salohiyatidir.
18-rasm. O‘zbekistonda QTEM larining texnik tuzilmasi
Қуёш 98,8%
Шамол
0,2%
Гидро 1%
0%
O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining texnik imkoniyatlari tuzilmasi.
Кв. 1
Кв. 2
Кв. 3
Кв. 4
196
Keyingi yillarda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish
bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi, lekin ular asosan
ko‘rgazma xarakteriga ega bo‘ldi. Shu bilan birga respublika
hozirning o‘zida quyidagi qayta tiklanuvchi energetika
texnologiyalarini keng qo‘llash imkoniyatiga ega:
1. Suv issitish quyosh panellari;
2. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr
tizimlari;
3. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr
stansiyalari;
4. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari;
5. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun biogaz uskunalari;
6. Quyosh-Shamol gibrid (aralash) tizimlari.
Kelajakda quyidagi boshqa turdagi texnologiyalarni ham
qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi zarur:
- Toshkent va Samarqand kabi yirik shaharlardagi
markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarida yirik axlat yoqish
qurilmalarida maishiy chiqindilardan foydalanish;
- quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish;
- geotermal energiyalardan foydalanish.
Qayta tiklanuvchi energiyaning ba’zi texnologiyalaridan
foydalanishda shuni nazarda tutmoq lozimki, ular ko‘pincha
qo‘shimcha energiya manbai sifatida ishlatilishi mumkin, chunki
fotoelektr stansiyalari kechasi, hamol generatorlari esa shamol
yo‘q paytlarda energiya ishlab chiqarmaydi va h.k. Shu sababli
ular qo‘shimcha elektr manbalarini talab qiladi. Umuman, ular
an’anaviy energiya manbalarini to‘ldirib turuvchi obyekt
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan energiyani iqtisod
qilish,
Ikkilamchi
resurslar,
chiqindilar,
chiqindisiz
texnologiyalarni va qayta tiklanadigan energiya manbalari
hisobiga energiya ishlab chiqarishning yangi usullarini ishlab
chiqish va tadbiq etishbo‘yicha qisqa hamda uzoq muddatli davlat
dasturi qabul qilingan va amalga oshirilmoqda.
197
2005 yildan buyon Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi qoshida
«Eko-energiya» ilmiy-tadbiqiy markaz faoliyat yuritmoqda. Ushbu
markazning asosiy faoliyati muqobil energiya manbalari
sohasidagi yangi texnologiyalarni tadbiq etish va sonini
ko‘paytirishdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan bog‘liq
atrof-muhitning ifloslanishiga doir masalalarni ko‘rib chiqish
hamda mazkur sohada qonuniy-me’yoriy, rahbariy va dasturli
hujjatlarni tayyorlash;
Atrof-muhit muhofazasi va qazib olinadigan yoqilg‘i
resurslarini iqtisod qilish maqsadida qayta tiklanadigan energiya
manbalari resurslaridan foydalanish va amaliyotga tadbiq etish
yo‘llarini izlash;
Qayta tiklanadigan ekologik toza energiya manbalaridan keng
miqyosida foydalanish.
10.3. Elektroenergiya: chiqib ketadigan manbalarning o‘rni
Bugungi kunda «Eko-energiya» markazi muvofiqlashtiruvchi
faoliyatni qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini
ishlab chiqaruvchi va manfaatdor korxonalar bilan olib boradi.
Xususan, Transfer texnologiyalari bo‘yicha agentlik, «Sof
energiya», «Energy ekotex system», «Qurilishgelioservis»,
«Enkom», «Foton» OAJ, «Arabbay», «Baraka yutuq», «Solar
city», fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyalari va boshqalar shular
jumlasidan.
«Eko-energiya» markazi Toshkent «Foton» OAJ tomonidan
ishlab chiqilgan fotoelektrik stansiyalar (FES)ni korxona va
tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida buyurtma
bo‘yicha o‘rnatib berish imkoniyatiga ega. Istiqbolda ular
moliyaviy ko‘mak sifatida fermer va chorvachilik xo‘jaliklarida
tadbiq etiladi hamda soni ko‘paytiriladi.
198
Bevosita ularning ishtiroqi yordamida turli loyihalar bo‘yicha
qator FES (yoritish, tele va radioapparatura, aloqa, suv)lar ishlab
chiqildi, o‘rnatildi va foydalanishga topshirildi. Xususan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Navoiy,
Surxandaryo va Toshkent viloyatlaridagi chorvachilik, sanoat va
maishiy chiqindilardan olinadigan biogaz hamda ekologik toza
Yuqori sifatli bioorganik o‘g‘itlarni olishbo‘yicha uskunalar, gelio
isitgichlar (issiq suv va isitgich).
Davlat
tabiatni
muhofaza
qilishobyektlarida
quyosh
fotoelektrik stansiyalar va quyosh kollektorlarini o‘rnatish
boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasining tasdiqlangan davlat dasturiga muvofiq
Qo‘mita Transfer Texnologiyalari Agentligi hamda Toshkent
«Foton» OAJ ning moliyaviy ko‘magida «Eko-energiya» markazi
«Xisor» davlat qo‘riqxonasiga navbatdagi fotoelektrik stansiyasini
foydalanishga topshirdi.
Mazkur stansiya markazdan uzoqda joylashgan qo‘riqxona
ishchi xodimlariga qo‘shimcha arzon elektr energiya olish
imkonini berdi Ushbu qurilma Surxondaryodagi qo‘riqxonada
muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Jizzax viloyatidagi «Zomin»
monitoring markazi hamda Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekologik
markazi uchun elektr va issiqlik-texnik asosi tayyorlab qo‘yilgan.
BMT
Taraqqiyot
Dasturining
O‘zbekistondagi
doimiy
vakolatxonasi bilan hamkorlikda mazkur qurilmani sotish bo‘yicha
tendyer o‘tkazilgan va u joriy yilning sentyabr oyida o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining buyurtmasiga binoan markaz kichkina daryo,
ariqlarning energiyasidan samarali foydalanish uchun mikro GES
larni ishlab chiqishni boshladi. Ularning konstruktiv elementlarini
hisobga olgan holda konstruktiv-texnologik «Malish-1» mikro
GES tuzilmasi ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda quvvati 600-800 Vt
bo‘lgan mikro GES ni tayyorlash jarayonlari boshlangan. Mazkur
qurilmadan respublikada fermer, chorvachilik xo‘jaliklari, aholi,
korxonalar va tashkilotlar foydalanishi mumkin.
199
O‘zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega sanoqli
davlatlardan
biri
hisoblanadi.
Sobiq
Sovet
Ittifoqi
parchalangandan so‘ng qiyin o‘tish davrlarida neft-gaz sohasining
sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqarish nainki qisqardi, balki tabiiy
gaz olish 30% dan ko‘proq, neft qazib chiqarish 1995-yil oxirida
uch barobarga oshdi, mamlakatning energetika mustaqilligi
ta’minlandi.
Neft-gaz sanoati respublika iqtisodiyotining birlamchi yoqilg‘i-
energiya resurslariga bo‘lgan talabining 97% ni ta’minlaydi.
Mavjud tahlillarga ko‘ra, qazib olish sur’ati Hozigidarajada bo‘lsa,
zahiralar bilan ta’minlanganlik suyuq uglevodorodlar bo‘yicha 15
yilga, gazsimon uglevodorodlar bo‘yicha esa 25 yilga yetadi.
Ammo neft-gaz sohasining resurslari bilan ta’minlanganlik
bo‘yicha real holat boshqacha tus olishi mumkin. Ishlatilayotgan
90 ta konning ulushiga (ochilgan konlarning umumiy soni 196 ta)
uglevodorod zahiralarining asosiy qismi taxminan 20 ta konda
bo‘lgan qoldiq zahiralarining 90% ga yaqini to‘g‘ri keladi. Asosiy
yirik konlarda qazib olish pasaymoqda yoqish uning arafasida
turibdi. Tekshirilgan zahiralarning asosiy qismi mayda va o‘rta
konlarga to‘g‘ri keladi hamda ular qiyin qazib olinuvchi konlar
guruhiga mansub.
Yoqilg‘i-energetika mustaqilligini saqlab qolish uchun
energetikani rivojlantirishning an’anaviy birlamchi energiya
manbalariga asoslangan bir xil qolipdagi yondashuvlaridan
chekinish va mamlakat yoqilg‘i-energetika balansiga muqobil
energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab
chiqish zarur.
Aholi soni va uning o‘sishi (yiliga 2.3%) jixatidan O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Hozirgi kunda
O‘zbekiston aholisi (2016-yil)33 mln. Kishidan ortdi. Aholining
48% dan ko‘prog‘i qishloqlarda istiqomat qiladi. O‘rtacha aholi
zichligi 1 kv km ga 50.4 kishi to‘gri keladi.
Respublika viloyatlaridagi ko‘pgina qishloqlarda iste’molchi-
larga elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta’minlab berish sifati va
hajmida muammolar bor. Chorvachilik xo‘jaliklari va uylardan bir
200
necha km uzoqda joylashgan chekka qishloqlarda, odatda,
markazlashgan energiya ta’minoti yo‘q. Hozigi sharoitda 1 km
elektr tarmogiga o‘tkazish taxminan 15000 AQSH dollariga to‘g‘ri
keladigan vaqtda bunday qishloqlarni elektr uzatish tarmogiga
ulash amalda mumkin emas.
Dunyo amaliyotida, qishloq hududlarini energiya bilan
taminlashda ko‘pincha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalaniladi. Mazkur tajriba O‘zbekistonda ham qo‘llanilishi
mumkin. Bu orqali qishloq tumanlarining energiya ta’minoti sifati
yaxshilanadi – nafaqat yashash sharoitlarining qulayligi oshadi,
balki xususiy tadbirkorlik rivojlanadi. Bu esa, o‘z navbatida yangi
ish o‘rinlarining ochilishiga, aholi turmush darajasining
yaxshilanishiga sabab bo‘ladi, yoshlarning migratsiyasiga barham
beradi.
Quyosh energiyasi.
O‘zbekistonning iqlim va geografik
sharoiti quyosh energiyasidan sanoatda keng ko‘lamda elektr va
issiqlik energiyasini olish imkoniyatini beradi. Quyosh energiyasi
– bu qayta tiklanuvchi energiya manbai bo‘lib, amalda ishlatish
nuqtai nazaridan porloq, foydalanish uchun qulay, oddiy energiya
hisoblanadi (19,20-rasmlar).
O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati
50973 mln. tonna neft ekvivalenti teng deb baholanadi, bu esa
respublika hududidagi hozirgacha tekshirilgan barcha qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining 99.7% iga teng. Uning
texnikaviy salohiyati 176.8 mln. tonna. n.e. (QTEM jami
texnikaviy salohiyatining 98.6%). O‘zbekiston hududiga har yili
tushayotgan quyosh energiyasi o‘zining mutlaq qiymatiga ko‘ra,
mamlakatning o‘rganilgan barcha uglevodorod xom ashyo
zahirasidan ko‘pdir. Hozirgi vaqtda quyosh energiyasining bor –
yo‘g‘i
0.6
mln.t.n.e.
o‘zlashtirilgan
xolos
(texnikaviy
salohiyatning 0.3% i).
201
19-rasm. Xonadonni isitish. 20-rasm. Quyosh panellari.
Respublikada bir yilda quyosh nuri davomiyligi shimolda 2000
soatga yetadi hamda janubiy hududlarda 3000 soatdan oshadi. Sutka
davomida quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish
shimolda 4800 MDj/m
2
gacha o‘zgarib turadi. Bu respublika
bo‘yicha quyosh energiyasi salohiyatining o‘rtacha qiymatlarini
tavsiflaydi,lekin aniq hududdagi quyosh energiyasi uskunasining
ishlash sharoiti va texnikaviy imkoniyatlari haqida malumot
bermaydi. Shunga qaramay, quyosh energiyasining texnikaviy
salohiyati respublikaning energiyaga bo‘lgan yillik talabini to‘rt
barobar qoplaydi, bu esa salohiyatning qanchalik to‘g‘ri
aniqlanganligi borasidagi baxs-munozaralarni yumshatadi.
Quyosh energiyasi amaliyotda qo‘llanishi nuqtai nazaridan juda
istiqbollidir. Quyosh energiyasi qurilmalari turli sohalarda
qo‘llanilishi mumkin. Bu, ayniqsa, markazlashgan elektr va issiqlik
energiyasi taminotidan uzoqda joylashgan aholi yashash hududlarini
energiya bilan taminlashning qulay yo‘lidir.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanishning eng istiqbolli
porloq sohalari: elektr energiya ishlab chiqarish, quduqlardan
ichimlik va sug‘orish uchun suv chiqarish,cho‘l hududlarida suvlarni
chuchuklashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish,
issiqxona va uylarni isitish, markazdan uzoqda joylashgan uylarni
issiq suv bilan taminlash, imoratlarni shamollatish va sovitish, toza
va yuqori darajadagi issiqqa chidamli mahsulotlar olish uchun
yuqori haroratli pechlarni qurish.
202
Shamol energiyasi. Dunyoda foydalaniladigan qayta tiklanuvchi
energiya turlaridan biri Shamol energiyasidir. O‘zbekistonda Shamol
energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholangan.
Shamol energiyasining imkoniyatlariga baho berishda uni
beqarorligi va past tezligi inobatga olinadi (21-rasm). Shuni
ta’kidlash
lozimki,
Shamolning
tezligi
O‘zbekiston
gidrometeorologiya stansiyalaridan 10 metr balandliklarda
aniqlangan.
Bu
stansiyalarning
joylashishi
meteorologik
masalalarning ko‘pgina vazifalarini bajarish bilan belgilanadi va
bunda shamol muhim masalalardan biri hisoblanadi.
21-rasm. Shamol parraklari.
“O‘zgidromet“ markazi ma’lumotlaridan zamonaviy shamol
generatorlarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan 80-100 metrgacha
balandlikdagi shamol tezligini aniqlashda foydalanish amalda
mumkin emas.
O‘zbekiston hududining geografik holatiga ko‘ra, shamol
oqimlari mavsumiy xarakterga ega. Tekisliklarda shamolning
yillik o‘rtacha tezligi 2,0-5,0 m/sek ni tashkil qiladi. Tahlillarga
ko‘ra, shamol energiyasining yalpi salohiyati 3179,2 ming t.sh.yo.
(tonna shartli yoqilg‘i), texnikaviy salohiyati esa 610,5 ming
t.sh.yo.ga teng. Shamolning yalpi salohiyati sarxadlarimizda juda
ham notekis, yuqori ko‘rsatgich - 1322,3 ming t.sh.yo.
Qoraqalpog‘iston hududi uchun xarakterli bo‘lsa, eng past
ko‘rsatkich – 6,15 ming t.sh.yo. Farg‘ona viloyatida qayd
etilgan.Respublika bo‘yicha shamol oqimining solishtirma quvvati
203
o‘rtacha 84,0 Vt/m
2
bo‘lib, Andijon viloyatida – 20,0 Vt/m
2
va
Navoiy viloyatida – 104,0 Vt/m
2
ni tashkil etadi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha shamol tezligi
shamol generatorlarini baland tog‘ hududlariga va Orol dengiziga
yaqin hududlarga o‘rnatish imkonini beradi. Aralash (gibrid)
qurilmalardan (shamol generatori bilan quyosh fotoelektr
stansiyasi) foydalanish, ayniqsa o‘ziga jalb qiladi. Bunda quyosh
nuri va shamol kuchi bir – birini ham sutka davomida (tun-kun),
ham turli fasllarda (yoz, qish) to‘ldirib olinadigan energiya
tannarxining ma’lum darajada pasayishiga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda Rossiya, Ukraina, Germaniya kompaniyalari 2,5
m/sek shamol tezligida 30% foydali ish koeffitsienti bilan va
10m/sek da to‘liq quvvatda ishlaydigan shamol generatorlarini
ishlab chiqarmoqda. Bunday generatorlardan,o‘z navbatida, ijobiy
natija bilan shamol tezligi past bo‘lgan hududlarda ham
foydalanish mumkin.
Shamol energiyasi salohiyatini aniqlashda shamol tezligining
o‘rtacha sutkalik qiymati, ayniqsa, o‘rtacha o‘n kunlik yoki oylik
o‘rtacha tezligi qiymatini ham emas, balki shamol generatorlari
o‘rnatiladigan aniq joyda har oydagi shamol tezligining o‘zgarish
dinamikasi hamda instituti tomonidan yaratilgan, 50-100 m va
undan baland yerlarda ishlaydigan «Aerostatik shamol quyosh
energiyasi apparati» mutaxassislarini qiziqtirmoqda, chunki 10m
gacha balandlikda shamol batamom yo‘q vaqtda 80m va undan
Yuqori balandlikda shamolning tezligi 5-8 m/sek hamda undan
ko‘proq bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, respublika
miqiyosida shamol energiyasining salohiyatini aniqlash borasidagi
izlanishlar hozirgi zamon talablariga javob bermaydi.
Biomassa energiyasi va ekologik yoqilg‘ilarning boshqa turlari.
Biogaz texnologiyalari. Chorvachilik chiqindilari (go‘ng, go‘ng
suyugi, ozuqa chiqindilari) atrof-muhitni ifloslantiradi. Yangi
go‘ngning dalalarga chiqarilishi yer osti suvlari va atmosferaning
zaharlanishiga, tuproqlarning zararli mikroorganizmlar bilan
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari, go‘ng chirishi
davomida atmosferaga ko‘p miqdorda, yani bir tonna quruq go‘ng
204
uchun 300-400 m
3
hisobida metan gazi ajralib chiqadi. 1 tonna
metan gazining atmosferaga chiqarilishi 21 tonna karbonat
angidrid chiqarilishiga teng.
Qishloq xo‘jalik chiqindilariga: paxtachilikda-g‘o‘zapoya,
g‘allachilikda somon va pohol, chorva va parrandachilikda –
organik chiqindilar (go‘ng) kiradi (22-rasm).
Yiliga aholi jon boshiga 1-2 m
3
deb qabul qilingan qattiq
maishiy chiqindilar(QMCH)ning o‘rtacha meyoriga muvofiq, bir
yilda faqatgina aholidan chiqqan chiqindilarning yig‘ilish hajmi
10991,5ming m
3
ni tashkil etmoqda. Aholi yashash punktlaridagi
jamoat tashkilotlarini hisobga olganda bu ko‘rsatgichlar mos
ravishda 1,5 m
3
va 13739,4 ming m
3
ni tashkil etadi. O‘zbekiston
Respublikasida maishiy va xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyati
natijasida har yili, meyoriy hisob-kitoblar asosida, 30 mln. m
3
dan
ko‘proq qattiq maishiy chiqindilar hosilbo‘ladi.
22-rasm. Biogaz olish.
O‘zbekiston uchun biomassadan foydalanib, energiya ishlab
chiqarishda asosiy xom ashyo – bu chorvachilik va parrandachilik,
qattiq maishiy, oziq- ovqat, sanoat chiqindilari, shahar oqova
suvlari va o‘simlik qoldiqlari hisoblanadi. Chiqindilardan energiya
olishda asosan, chorvachilikdagi og‘ilxona go‘nglari ko‘proq
qiziqish uyg‘otadi.
Biogaz olish uchun keyingi salohiyatli manbaa - bu shahar
oqova suvlarini tozalash stansiyasi cho‘kindilaridagi faol balchiq
205
loyqalaridir. Aeratsiya stansiyalarida hosil bo‘ladigan faol balchiq
loyqalarining yillik yig‘ilish miqdori 1 mln. tonnani tashkil etadi.
Olingan biogaz aeratsiya stansiyalarida issiqlik va elektr
energiyasi olish uchun, qayta ishlangan balchiq loyqalaridan esa
o‘g‘it sifatida foydalanilishi mumkin (23-rasm).
23-rasm. Biogaz qurilmalari.
O‘zbekiston Respublikasi biogazni salohiyati uncha katta emas,
degan da’volarga qaramasdan, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoq-
daki, faqatgina chorvachilik va shahar qattiq maishiy
chiqindilaridan foydalanilganda biogazning yalpi salohiyati yiliga
16 mlrd.m
3
ga hamda texnikaviy hamda iqtisodiy salohiyati yiliga
8,9 mlrd.m
3
dan ortiq ekan. Issiqlik berish qobiliyatiga ko‘ra,
texnikaviy salohiyatning ko‘rsatilgan qiymati 6,5 mlrd.m
3
tabiiy
gazga yoki 7,5 mln.t.Sh.yo. ga to‘gri keladi.
Shuningdek, bu chiqindilarni qayta ishlashning texnikaviy
amalga oshirish mumkin bo‘lgan hajmining o‘zidangina
respublika qishloq xo‘jaligi 14 mln. Tonna ekologik toza, yuqori
sifatli organik o‘g‘it olish mumkinligi ahamiyatlidir, bu esa 1,4
mln.tonna mineral o‘g‘itga teng.
Biogazning yalpi va texnikaviy salohiyatini keltirilgan
qiymatlarini Shahar oqova suvlari cho‘kindilarini qayta ishlash,
tashlandiq
yerlarda
energetik
maqsadlarda
o‘simliklar
yetishtirishni tashkil etish va boshqa ko‘plab bioenergetikani
rivojlantirish omillari hisobiga ancha o‘sishi mumkin. Shunday
qilib, qattiq maishiy chiqindilar va chorvachilik chiqindilaridan
206
olinadigan biogazning texnikaviy salohiyati respublikaning
energiyaga bo‘lgan yillik talabining 10% dan ortig‘ini tashkil etadi
va bu respublikamizda biogaz texnologiyalarining rivojlanish
kelajagi porloq ekanini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi chiqindilarini
biogaz uskunalarida qayta ishlash, xo‘jaliklarga har qanday
maishiy gaz asboblaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jalik
texnikasi uchun yoqilg‘i sifatida ishlatish imkonini beradi.
10.4. Qayta tiklanuvchan energetika texnologiyalarini
qo‘llash
Geotermal resurslar amalda Respublikamizning barcha
hududlarida mavjud. Ko‘p yillik tadqiqotlar O‘zbekiston hududida
8 ta gidrotermal resurslar havzalari mavjud ekanligini aniqlash
imkonini berdi (24-rasm).
Geotermal resurslarning yalpi salohiyati 244,2 ming t.Sh.yo
deb baholangan, texnikaviy salohiyati esa aniqlanmagan.
Geotermal suvlarning eng katta salohiyati Fargona vodiysiga
(Namangan viloyati-42,6 ming i.Sh.yo.)va Buxoro viloyatiga-81,2
ming t.Sh.yo. to‘g‘ri keladi.
24-rasm. Geotermal energiya.
207
O‘zbekiston Respublikasida, shuningdek, geotermal energiya
manbalarining quruq tog‘ jinsi ko‘rinishidagi turlari ( Farg‘ona,
Amudaryo geologik botig‘i, janubiy Orolbo‘yi) ham aniqlangan.
Geotermal energiya salohiyatidan foydalanishni (quruq jinslar
granitoidlar harorati) Farg‘ona vodiysidagi Chust – Adrasmanov
petrotermal anomaliyasi bazasida quvvati 40 Mvt bo‘lgan past
haroratda qaynovchi ishchi jismli ko‘rgazmali elektr stansiyasidan
boshlash tavsiya qilinadi.
Vodorod energetikasi.
Olimlarning e’tibori dunyo okeanining
bitmas-tuganmas zahirasiga ega bo‘lgan vodorodga qaratilmoqda.
Shuningdek,
bu
yoqilg‘ining
afzal
tomoni
–
undan
foydalanishning ekologik xavfsizligi, dvigatellar tuzilishini
o‘zgartirishga hojat yo‘qligi, Yuqori kaloriyaga egaligi, uzoq
muddat saqlash mumkinligini, mavjud transport tarmoqlarida
tashish mumkinligi, zaharli emasligini va h.k. Ammo, bugungi
kunga qadar yengib o‘tish qiyin bo‘lgan muammo uni sanoat
asosida ishlab chiqarish ko‘p xarajatli ekanligidir (25-rasm).
25-rasm. Vodorod yoqilg‘isi.
G‘arbiy Yevropa, AQSH, Avstraliya, Kanada va Yaponiyadagi
600 dan ortiq firmalar, kompaniyalar, konsyernlar, universitet
laboratoriyalari va ilmiy-tekshirish jamoat tashkilotlari vodorodni
yoqilg‘i sifatida arzonlashtirishbo‘yicha zur berib ishlamoqdalar.
Bu muhim masalaning muvaffaqiyatli xal yetishi butun dunyo
iqtisodiyotini inqilobiy tarzda o‘zgartiradi va atrof – muhitni
sog‘lomlashtiradi.
208
2005-yilda butun dunyo bo‘yicha vodorod yoqilg‘isi
elementlarini ishlab chiqarish 32% ga o‘sdi. Bir yilda jami 14,5
ming donaga yaqin element ishlab chiqarildi. Ularning yarimidan
ko‘p qismi REM ga (proton – almashinuvchi yonilg‘i elementariga
to‘g‘ri keldi. Bu ancha ixcham texnologiya bo‘lib, avtomobillarda
jadal sinovdan o‘tkazilmoqda. MSF (eritmali korbonatli yoqilg‘i
elementlari kamroq qo‘llanilgan. Avtomobillardagi REM
texnologiyalari amalda bozorlarni 100 % egalladi. SOFS (Qattik
oksidli) yoqilg‘i texnologiyalar bozorlarning kam qismini
egallagan bo‘lsada, lekin, kompaniyaning SOFS ga ishlov
beruvchi bo‘limlari ko‘pligi bois tijoratda oldingi o‘ringa
chikishga juda katta imkoniyatlari bor. Portativ va elektron
ilovalarda, PEM va DMFS (metanolni oksidlanishi) yonilg‘i
elementlari ustunlikka ega.
2005-yilda eng ko‘p yoqilg‘i elementlari Shimoliy Amerikada
o‘rnatilgan. Unga izma-iz kelayotgan Yaponiya 2,5 baravar kam
yoqilg‘i elementlarini o‘rnatgan.
Eng ko‘p qiziqish transport sektorida ekanligi e’tirof etilgan.
Yangi vodorodli avtobuslar transport sektorining 1% ni tashkil
etgan xolos. Buni avtobuslarni (ayniqsa, dengiz transporti uchun)
sotib olish uchun katta investitsiyalar talab etilishi bilan
tushuntirish mumkin.
O‘tgan yilda 30 ga yaqinyoqilg‘i quyish stansiyalari qurildi.
Ularning ko‘pi AQSHda: Kaliforniyada qurilgan. 2005-yilda
dunyo bo‘yicha bu stansiyalarning umumiy soni 115 taga yetgan.
2006-yilda esa shunday vodorod quyish stansiyalarining 30-50
tasining qurilishi kutilgan edi.
Bugungi kunda yadro energiyasini ishlab chiqarish,
atmosferaga bug‘ gazlari tashlamalarining qisqarishini ko‘zda
tutgan holda energiya ta’minoti masalalarini hal yetishda muhim
omil hisoblanadi. Lekin, mazkur texnologiyaning radioaktiv
chiqindilarining zararli ta’siri ming yillar mobaynida davom
yetishini, ularni bezarar qilib ko‘mish zarurligini esda saqlash
lozim. Ushbu masalalarga jiddiy e’tibor bilan qaralsa, yadro
209
energetika sohasi moliyaviy qimmatga tushadigan soha bo‘lib
qolmoqda.
Umuman olganda, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
har bir turining respublika hududi bo‘ylab va yil fasllaridagi
taqsimoti xaritasini tuzish uchun salohiyat turlari bo‘yicha
tekshiruv o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bunday xaritani tuzish
har bir hududda energiyaga bo‘lgan talabni o‘rganish va uni
qondirish sxemasini yaratishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amalda
foydalanish yo‘lida aniq ishlar olib bormoqda. Ekologik toza qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini keng qo‘llash maqsadida
Qo‘mita qoshida iqtisoslashgan maxsus “Eko-energiya” ilmiy –
tadbiqiy markazi faoliyat olib bormoqda. U davlat unitar
korxonasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
Kengashining 2005-yil 2- avgustdagi № 59-1son majlis qarori va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq
va suv xo‘jaligi vaziriligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamentining
2005-yil 21-avgustagi 03/21-28-son roziligi bilan,qo‘mitaning
2005-yil 21-oktyabrdagi 81-son buyrug‘i asosida tuzilgan.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan bog‘liq
atrof-muhitning ifloslanishiga doir masalalarni ko‘rib chiqish
hamda mazkur sohada qonuniy-me’yoriy, rahbariy va dasturiy
hujjatlarni tayyorlash;
Atrof-muhit muhofazasi va qizib olinadigan yoqilg‘i
resurslarining iqtisod qilish maqsadida qayta tiklanadigan energiya
manbalari resurslaridan foydalanish va amaliyotga tadbiq etish
yo‘llarini izlash;
Qayta tiklanadigan ekologik toza energiya manbalaridan keng
miqyosida foydalanish.
Markazda yuqori malakali olimlar va mutahassislar faoliyati
yuritiladi. Bevosita ularning ishtiroqi yordamida turli loyihalar
bo‘yicha qator fotoelektr stansiyalari (FES), GES (yoritish tele va
210
radioapparatura, aloqa, suv) lar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Buxoro, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent
viloyatlaridagi chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilardan
olinadigan biogaz hamda ekologik toza Yuqori sifatli bioorganik
o‘g‘itlarni olishbo‘yicha uskunalar, gelioisitgichlar (issiq suv va
isitgich) ishlab chiqiladi, o‘rnatiladi va foydalanishga topshiriladi.
«Eko-energiya» Markazi hozirgi vaqtda qayta tiklanuvchi
energiya manbalari uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar-
«Fizika-Quyosh»
IICHB,
«Qurilishgeleoservis»,
«Baraka-
Yutuq», «MirSolar», «FOTON» OAJ, «ARABBOY», «Solar
city», Texnologiyalar Transferi Agentligi, «Sof energiya», «
Energo ekotex system», «Intellekt-Dialog», «Atlantida Maks» va
boshqalar bilan o‘zaro muvofiqlashtirishishlari olib bormoqda.
Quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish
kollektorlaridan «Tabiat» muzeyida (Surxondaryo viloyatida, 7 ta
stansiya -100-200 Vt dan va 2 ta kollektor -160 l dan) , «Zomin»
monitoring markazida (Jizzax viloyati, 300 Vt stansiya va 250l
kollektor), «Jayron» ekologik markazida (Buxoro viloyati,2 ta
stansiya -100 va 500 Vt kollektor -160 l), Quyimozor monitoring
markazi (Navoiy viloyati, 3 ta stansiya – 200 Vt dan),
Qashqadaryo (4 ta stansiya -200 Vt dan), Samarqand (2 ta stansiya
200 Vt dan ), Andijon (200 Vt lik stanchiya) viloyatlarida, biogaz
uskunalaridan Toshkent, Jizzax va Andijon viloyatlarida samarali
foydalanilmoqda.
“Eko-energiya” ilmiy-tadbiqiy markazi xodimlari qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uni
rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok
etmoqdalar. Xususan, markaz xodimlari BMT Taraqqiyot
dasturining “Qoraqalpog‘iston qishloq jamoasi uchun toza
energiya” 1 va 2- fazalari (fotoelektr stansiyasi), “Ekologiya va
energiya” mamlakat dasturi (quyosh fotoelektr stansiyalari va
quyosh kollektri), “O‘zbekistonda biogaz texnologiyalarini
rivojlantirishda hamkorlik” va “Milk-Agro” fermer xo‘jaligida
biogaz uskunasi monitoringi va boshqalar.
211
“Eko-energiya” ilmiy-tadbiqiy markazi BMT Taraqqiyot
dasturining mintaqaviy Markazi ko‘magida Yevropa va MDH
mamlakatlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Eng yaxshi amaliyot” Xalqaro
ko‘rik tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, markaz
jamoasi “Ekologik toza texnologiyani o‘zlashtirish va qishloqlar
uchun qishloq xo‘jaligi hamda maishiy chiqindilar asosida qurilish
materiallarini ishlab chiqaruvchi kichik sexlarni tashkil etish”
loyihasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. “Qoraqalpog‘iston aholisi
uchun toza energiya” loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi
hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nominatsiyasida
O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyatidagi “Jayron”
ekomarkazida fotoelektr stansiyasi va quyosh suv isitgichlaridan
foydalanish” loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi.
Markaz xodimlari tomonidan past salohiyatli quyosh uskunalari
(passiv quyosh suv issitish) energetik hisob-kitob qilindi va uni
O‘zbekiston
hududiga
moslashtirish
yechimlari
topildi.
Respublikaning turli hududlari uchun quyosh radiatsiyasining
umumiy yig‘indisi va quyoshli kunlar davomiyligi jadvallari
tuzildi. Passiv quyosh isitish tizimining iqtisodiy va ekologik
samaradorligini hisob-kitob qilish metodikasi ishlab chiqildi.
Obyektlarni energiya bilan taminlashning kelajagi hamda hozirgi
holati tahlil qilindi. Bugungi kunda, butun dunyoda bo‘lgani kabi,
O‘zbekistonda ham tabiiy boyliklarni tejash va ishlab chiqarish
tarmoqlariga ekologik sof texnologiyalarni joriy etish masalasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki bu ham iqtisodiy
barqarorlikka erishish, ham atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni
kamaytirishda juda muhim omil hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Energiya, yoqilg‘i-energetika resurslari, neft, gaz, ko‘mir,
atmosferaning ifloslanishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari,
yashil iqtisodiyot, quyosh, shamol, suv resurslari, geotermal
manbalar, biogas.
212
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Dunyoda asosiy energiya manbalari nimalar?
2. Qayta tiklanuvchi energiya nima?
3. Qayta tiklaunvchi energiya manbalarining ahamiyati,
afzalligi nimada?
4. Quyosh energiyasi nima?
5. O‘zbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyati
qanchaga baholangan?
6. Qishloq xo‘jalik chiqindilariga nimalar kiradi?
213
XI BOB. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA QISHLOQ
XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH
11.1. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
11.2. Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish.
11.3. Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan
ikkilamchi mahsulot olish.
11.4. GMO ga qarshi kurashish muammolari.
11.1. Aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
muammolari
Oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro integratsiyaviy birlashmalar va
butun jahon oziq-ovqat bozori doirasida oziq-ovqat bozori holatini
tavsiflash uchun qo‘llaniladigan, jahon amaliyotida rasmiy qabul
qilingan atamadir. Ushbu atama 1972-1973-yillardagi chuqur don
inqirozidan keyin xalqaro atamalar aylanmasiga kiritildi.
2008-yil boshida BMT, Jahon Banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO) jahon hamjamiyatiga oziq-ovqat inqirozi
xavfi to‘g‘risida e’lon qildi. Ushbu vaqtga kelib, inqiroz 39 ta
davlatni qamrab olgan va boshqa mamlakatlarga tarqalishi
mumkin edi.
Yer yuzi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
yoki oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi, asosan, atrof-muhit
bilan bog‘liq. Yer kurrasida aholi soni 7,4 mlrd. ga yetdi. Aholi
soni haftasiga taxminan 1 mln. ga ko‘paymoqda. Bir qator
mamlakatlarda 0,5 mlrd. ga yaqin aholi ochlikka mahkum bo‘lib,
yiliga 10 millionlab kishilar ochlikdan halok bo‘lmoqdalar. Oziq-
ovqatlarni iste’mol qilish turli mamlakatlarda turlicha. Masalan,
go‘sht iste’mol qilish jon boshiga dunyo bo‘yicha o‘rtacha 30 kg.
ni, shu jumladan, Nigeriyada 6 kg, Xitoyda 21 kg, O‘zbekistonda
52 kg, Angliyada 75 kg, AQShda 110 kg ni tashkil qiladi.
Aholi uchun yetishtiriladigan oziq-ovqatlarning 90,11 %i
quruqlikni egallagan ekinzorlardan olinadi. Bundan tashqari juda
214
katta oziq-ovqat resurslarini o‘zida saqlayotgan dunyo okeani ham
mavjuddir.
Oziq-ovqat mahsulotlari olishda olimlar ishonchli va yangi
yo‘llarni izlashmoqda. Sun’iy oqsil, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar
ishlab chiqarish yo‘llari tavsiya etilmoqda. Kraxmaldan shakar olish
usulining yaratilishi buning yaqqol misolidir.
Inson salomatligini himoya qilishning muhim masalalariga
atrof-muhitni himoya qilish bilan birga, u iste’mol qiladigan
ne’matlar sifati hamda ularni gigiyena-sanitariya me’yorlari
talablarida aholiga yetkazib berish masalalari ham kiradi. Bu har ikki
yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari sifatini ekologik masalalardan ajratib o‘rganish mutlaqo
to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Respublikani oziq-ovqat qaramligidan olib chiqish uchun
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘p miqdorda yetishtirishning o‘zi
kifoya qilmasligi yaxshi ma’lum. Bunday mahsulotlarni qayta
ishlovchi sanoatni rivojlantirish yetakchi texnologik jarayonlarini
yo‘lga qo‘yish muammosini hal etishda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi
katta-kichik korxonalar qurilmoqda va qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Biroq yaratilayotgan korxonalarning atrof-muhitga ta’siri masalasini
o‘rganish, bu ta’sirlarning zararsizligini ta’minlash, texnologik
loyihalarning ekologik muammoligiga erishish yana bir muammo
bo‘lib turibdi. Shu sababli bo‘lajak texnolog – oziq-ovqat
mutaxassisining vazifalaridan biri yuqoridagi muammolarni hal etish
malakasiga ega bo‘lishi zarurligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini
rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi korxonalari, xususan, ko‘p tarmoqli
fermer va dehqon xo‘jaliklarining roli ortib bormoqda. Aynan
qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi bevosita oziq-ovqat
sanoati va qayta ishlash korxonalarini ustuvor rivojlantirishga zamin
yaratadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “
2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATE-
215
GIYASI”
da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirish borasida quyidagilar belgilab olindi: “Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish,
aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
ta’minlash”
22
.
16-jadval
Davlat oziq-ovqat xavfsizligining konseptual modeli
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi
Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mamlakat aholisini, minimal
tibbiy me’yorlarga muvofiq hajm va kaloriyalarda oziq-ovqat bilan ta’minlash
qobiliyati, urush, qurolli mojarolar va boshqa favqulodda hodisalarda
mustaqillikni saqlash
Maqsad
Resurslardan oqilona foydalangan holda oziq-ovqat barqaror ishlab
chiqarilishini ta’minlash
Mezon
Mahalliy ishlab chiqarish hisobiga aholini talab qilingan darajadan kam
bo‘lmagan o‘lchamda oziq-ovqat bilan ta’minlash
Obyektlar:
– oziq-ovqat tovarlarini ishlab
chiqarish va taqsimlash milliy tizimlari
– qishloq xo‘jaligi yerlari, baliq
xo‘jaliklari va h.k.
Subyektlar:
– ishlab chiqaruvchilar
– iste’molchilar
– funksional va tarmoq
vazirliklari va muassasalari
– tarmoq ishbilarmonlari
uyushmalari
– iste’molchilar birlashmalari
Xavflar
– iqtisodiyotning agro oziq-ovqat sektorida boshqaruvni yo‘qotish
– agro oziq-ovqat ishlab chiqarishidagi inqiroz hodisalari
– tashqi ekspansiya
– qishloq xo‘jaligi yerlarining antropogen buzilishi
– dehqonchilikning hududiy tavakkalchiligi
– qishloqda mehnat resurslari salohiyatining yo‘qligi
– aholi xarid qobiliyatining pasayishi
Darhaqiqat, oziq-ovqat sanoatini tubdan rivojlantirish
masalasini bugungi kunning dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan
22
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI to’g’risida”gi PF-4947-son
farmoni. 2017-yil 7-fevral.
216
vazifalardan biri sifatida e’tirof etish joizdir. Shu jihatdan, oziq-
ovqat sanoatining rivojlanishi o‘ziga xos tarixiy ahamiyat kasb
etib, bu jarayonni o‘rganish va bu borada ilmiy izlanishlarni
yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistondagi tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor vazifasi
sanoat korxonalarining va alohida import o‘rnini bosuvchi ishlab
chiqarishlarning strategik jihatdan muhim bazaviy sohalarini
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Ularni amalga oshirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyatga
ega.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish mexanizmlari
o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda
o‘tkazilayotgan sanoat siyosati tamoyillaridan farq qilgan holda,
islohotlarning boshlang‘ich bosqichida davlat ishtirokini saqlab
qolishga ustuvorlik berildi.
17-jadval
Oziq-ovqat xavfsizligi darajalari
Daraja
Muammoni hal
qiluvchi subyekt
Subyekt funksiyalari
Global
BMT va
ixtisoslashtirilgan
organlar (JSST, FAO
Oziq-ovqat xavfsizligi
bo‘yicha qo‘mita, Jahon
banki va h.k.)
Barqaror iqtisodiy
rivojlanishga ko‘maklashish,
ocharchilik bilan
kurashishning uzoq muddatli
dasturlari, oziq-ovqat
zahiralarini yaratish
Submintaqaviy
Tegishli organlarga ega
mintaqalararo
tashkilotlar, forumlar
Barqaror iqtisodiy
rivojlanishga ko‘maklashish,
oziq-ovqatning sifat
parametrlarini yaxshilash
Millatlararo
(davlatlararo)
Mintaqaviy uyushmalar
va tegishli boshqaruv
organlari (yaxshi tashkil
etilmagan, YeH bundan
mustasno)
Savdo, narxlar,
standartlashtirish bo‘yicha
bitimlarni tuzish va
birgalikda kelishilgan holda
harakat qilish
Davlat
Hukumatlar, qonunchilik
organlari
Oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash uchun qonuniy,
me’yoriy-huquqiy va resurs
217
bazasini yaratish, tegishli
jamg‘armalar va ularning
zahiralarini shakllantirish
Oziq-ovqatning sifat
parametrlarini oshirish
yo‘nalishlarini aniqlash
Ichki bozorning talab va
taklif bo‘yicha
muvozanatlashishi uchun
chora-tadbirlar qabul qilish
Mahalliy
Hududiy boshqaruv
organlari (viloyat,
tuman)
Uy xo‘jaliklarida daromad
olish uchun sharoitlarni
yaratish
Oziq-ovqat bilan ta’minlash
Aholi
guruhlari
Daromadlar guruhlari
bo‘yicha uy xo‘jaliklari
Oqilona iste’molni
ta’minlaydigan daromadlarga
erishish
Oila
Uy xo‘jaliklari
Qo‘shimcha daromad
manbayini topish, oziq-ovqat
mahsulotlari va hokazolarni
xarid qilish
11.2. Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish
Oziq-ovqat xavfsizligi mezonlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
inson ovqatlanish ratsionini energetik to‘yintirish bo‘yicha
fiziologik ehtiyojlarni qondirish darajasi;
aholining turli qatlamlari uchun oziq-ovqatga ega
bo‘lishning jismoniy va iqtisodiy darajasi;
uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlarining barqarorligi
va mustahkamligi;
oziq-ovqat va resurs ta’minotining import hisobiga
yetkazib berishlardan mustaqilligi darajasi;
ASM tarmoqlarining barqaror rivojlanish darajasi va
sur’atlari;
218
oziq-ovqat mahsulotlari tezkor va strategik zahiralarining
o‘lchami.
18-jadval
Aholining oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari
Guruhlar
Ko‘rsatkichlar
Oziq-ovqat
iste’moli
1)
aholi
jon
boshiga
asosiy
oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi;
2)
aholining to‘lov qobiliyatiga ega talabi
darajasi;
3)
fiziologik ehtiyoj darajasi;
4)
oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlash
darajasi;
5)
minimal iste’mol savati
Qishloq xo‘jaligi
1) agroresurslar salohiyati ko‘rsatkichi;
2) iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari;
3) ishlab chiqaruvchi iste’mol savati;
4) ishlab chiqaruvchi daromadlilik darajasi;
5) qishloq xo‘jaligi dotatsiyalari kattaligi;
6) qishloq xo‘jaligidagi o‘rtacha ish haqining
mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbati
Sanoat
1) mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
2) mahsulot ishlab chiqarish balansi;
3) tovarlilik koeffitsienti;
4) yo‘qotishlar darajasi;
5) narx nisbatlari darajasi: omil/mahsulot;
mahsulot/mahsulot; omil/omil; ulgurji va chakana
qishloq xo‘jaligi narxlari
Tashqi savdo
1) oziq-ovqat iste’molidagi import ulushi;
2) qishloq xo‘jalik mahsulotini kiritish va
chiqarish balansi;
3) oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish va chiqarish
balansi;
4) ichki va jahon ulgurji narxlarining nisbati;
5)
taqqoslanadigan
mahalliy
va
import
mahsulotlari ulgurji va chakana narxlarining
nisbati;
6) narxlarning yillik tebranishi ko‘rsatkichlari
219
Ekologik-
biologik
1) ovqatlanish tuzilmasining sifat tarkibi;
2) oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlari;
3) xom ashyo, resurslar va tayyor mahsulot sifati;
4)
ishlab
chiqarish
texnologiyasi
va
standartlashtirish;
5) oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarining
kimyoviy va mikrobiologik ifloslantiruvchilari
(Cd, Pb, pestitsidlar, nitratlar, mikrotoksinlar,
antibiotiklar, xloridlar va h.k.);
6) turli ishlab chiqarishlarda olingan qishloq
xo‘jaligi
mahsuloti
zaruriy komponentlari
tarkibining muvofiqligi;
7) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining atrof-
muhitga ta’sirini baholash: yer, havo, yerosti
suvlari va h.k.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tahdidlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
va uning talabi o‘rtasidagi nomutanosiblik;
oziq-ovqat bozorini – iste’molning umumiy hajmidagi
ulushi oziq-ovqat xavfsizligining chegaraviy darajasidan yuqori
bo‘lganda – import xom ashyo va oziq-ovqatlar bilan to‘yintirish;
ichki bozordan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini siqib
chiqarish;
qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va oziq-ovqatlarning ayrim
turlari eksportining asoslanmagan hajmlari;
qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanmasligi;
aholining to‘lov qobiliyati qisman past darajasi va aholi
ovqatlanishi sifatini yaxshilashning yetarli bo‘lmagan sur’atlari;
ASM iqtisodiyoti tuzilmasining deformatsiyasi, uning
xom ashyoga yo‘naltirilganligi;
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti narxlari o‘rtasidagi
nomutanosiblik (disparitet);
220
umumdavlat maqsadlari uchun mahsulotlar yetkazib
berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlardan ishbilarmonlik faolligi
darajasining pastligi yoki talabga javob bermasligi;
agro oziq-ovqat bozori, moliyaviy-kredit, soliq, sug‘urta
va bojxona siyosatlarining davlat tomonidan tartibga solishning
yetarli darajada takomillashmaganligi;
agro oziq-ovqat bozori infratuzilmasi rivojlanishining past
darajasi, agrosanoat majmuasi tarmoqlari moddiy texnika
bazasining ma’naviy va jismoniy eskirishi;
mintaqalar rivojlanish darajasidagi notekislik;
agro oziq-ovqat bozori rivojlanishi monitoringi va
prognozi tizimining rivojlanmaganligi.
Oziq-ovqat xavfsizligi
mamlakatni mavjud salohiyatlar,
resurslar bilan ta’minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga
bog‘liq bo‘lmagan holda ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy
me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni
kafolatlashdir.
Oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlash
davlatning ichki
ehtiyojini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan
ta’minlash, qoplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va
bilvosita yo‘qotishlardan iborat bo‘lib, u quyidagilar bilan bog‘liq:
ta’minlovchi tarmoqlar va agrosanoat majmuasi
tarmoqlari faoliyatlari nisbatining buzilishi;
oziq-ovqat mahsulotlari baholarining oshishiga olib
keluvchi import to‘lovlari;
mehnatga
yaroqli
aholining
kamayishi
hisobiga
mehnatning iqtisodiy samaradorligi pasayishi;
oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi.
Mamlakatda oziq-ovqat qaramliligi shunday holatda vujudga
keladiki, unda jamiyat o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini o‘zi
mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Oziq-ovqat
qaramliligining paydo bo‘lishi uchun asosiy sharoit davlatning
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab- quvvatlamasligi va oziq-
221
ovqat mahsulotlari importining haddan tashqari ko‘payib ketishida
ifodalanadi.
Oziq-ovqat mustaqilligi aholini o‘rnatilgan ovqatlanish
me’yorlari bo‘yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun
energiya, yer resurslari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, moddiy
resurslarning strategik zahiralarining mavjudligidir. Uni amalga
oshirish uchun agrosanoat majmuasi aholining asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari turlariga bo‘lgan talabini zaruriy miqdorda va
assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
ta’minlashga qodir bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasining asosiy komponentlari:
aholini tashqi bozor tahdidlaridan himoyalashga
qaratilgan proteksionistik siyosat yuritish va aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash;
ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va oziq-ovqat
masulotlarini taqsimlashda agroresurslarning qulay balansini
qo‘llab-quvvatlash;
agrosanoat majmuasini energiya va resurslarni tejaydigan
texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirish;
agrosanoat majmuasi faoliyati mutanosib ta’minotini
ta’minlash.
Oziq-ovqat ta’minoti tizimi oziq-ovqatlar bilan uzluksiz,
miqdoriy, tuzilmaviy va sifat ta’minotini amalga oshirish uchun
zarur va yetarli bo‘lgan kichik tizimlar majmuasi sifatida
shakllanadi. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va aholisining oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minoti darajasini baholash uchun
quyidagi mezonlar taklif etilgan:
oziq-ovqatlar umumiy hajmining 80-85 %i mahalliy tovar
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishi;
aholi kaloriyalik darajasi maqbul bo‘lgan (sutkasiga 3302
kkal) oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi;
ovqatlanishning oqilona tuzilmasini ta’minlash va
fiziologik asoslangan me’yorlarga muvofiq aholi ehtiyojlarini
to‘liq qondirish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifatining texnik reglamentlar
222
talablariga javob berishi;
yillik oziq-ovqat iste’moli hajmining 25 %ga teng
miqdorda to‘ldirib boriladigan sug‘urta zahirasini yaratish;
mamlakat ichida ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli
darajada ishlab chiqarilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan ehtiyojni import hisobiga qondirishning real imkoniyatlari
mavjudligi;
aholi jon boshiga kamida 1 tonna don yetishtirish.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari bilan yetarli darajada ichki imkoniyatlardan
foydalangan holda ta’minlanishini, importga bog‘liqlikni
minimum darajasiga erishishni ifodalaydi. Bu hol MDH va
Sharqiy Yevropadagi o‘tish mamlakatlaridagiga nisbatan
korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushining yanada
yuqoriroq bo‘lishida, ularni rivojlantirishga sarflanadigan budjet
xarajatlarining miqdori, ularning umumiy hajmidagi davlat
investitsiyalarining sezilarli darajadagi ulushi, shuningdek,
eksport-import operatsiyalarining tarkibidagi ulushida o‘z
ifodasini topadi.
Ushbu davrda oziq-ovqat sanoatining ustuvor sohalari va ishlab
chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlashning turli usullari va shakllaridan
faol foydalanish, hukumatning mamlakatni qayta isloh qilishning
umumtizimiy ustuvor yo‘nalishlariga aynan o‘xshash bo‘lgan
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari va vazifalarini aniq
tavsiflashga qodirligi, rivojlanishning shu bosqichida o‘zgarish
bosqichiga xos inqirozni jilovlash va keyingi makroiqtisodiy
barqarorlashtirishga erishishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali
erishilgan natijalari to‘g‘risida to‘xtalar ekanmiz, o‘tgan yilda
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yanada
oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib,
bugungi kunda haqli ravishda qishloqda yetakchi bo‘g‘inga –
223
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga
aylanganligini ta’kidlab o‘tdilar
23
.
Qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli
tajribasida o‘zining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor
konyunkturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon
eta oldi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlashga katta e’tibor qaratilib, ushbu
faoliyatning zarur iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi, me’yoriy-
huquqiy asoslari ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qishloq
xo‘jalik korxonalarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy
mazmunini tashkil etdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga
to‘la
javob
beradigan
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash mexanizmini shakllantirish va uni
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash tizimiga alohida
e’tibor qaratildi.
Har yili qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy vakili
hisoblangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta
miqdorda moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Bugungi
kunda ma’lum bo‘ldiki, qishloq xo‘jaligidagi chuqur mehnat
taqsimoti, amaliyoti va unga muvofiq tushuvchi tor
mutaxassislikka ega bo‘lgan xodimlarni tayyorlash tizimi o‘zini
umuman oqlay olmadi. Bu, aksincha, qishloq xo‘jaligi
xodimlarining
yerdan
begonalashuvini
yoki
ularning
mustaqilliklari yo‘qolishini kuchaytiruvchi omillardan biriga
aylandi.
Qishloq xo‘jaligiga esa mahoratli boshqaruvchilarning buyruq
va ko‘rsatmalarini bajaribgina qolmay, balki o‘zlarida ijrochilik va
boshqaruvchilik vazifalarini uyg‘unlashtirgan holda masalalarning
keng doirasi bo‘yicha mustaqil yechimlar qabul qila oladigan
xodimlar darkor.
23
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo’llari va choralari. – T.: “O’zbekiston”, 2009. 22-b.
224
11.3. Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan ikkilamchi
mahsulot olish
Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlari ko‘p variantli tekshiruv
usullari yordamida tahlil qilinadi. Oziq-ovqatlar tarkibi infraqizil
spektrlarning diffuzion qaytarilishi yordamida tekshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar diffuzion qaytarilish spektrofotometrlari yordamida
aniqlanadi. Bu usul yordamida go‘sht, yog‘-moy, suv va boshqa
mahsulotlar tarkibini ham tekshirish mumkin.
Oziq-ovqat
masulotlari
tarkibini
tekshirish
qadim
zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi. Masalan, bundan 360 yil
avval Vavilon shohi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini buzgan
kishilarni jazolash to‘g‘risida qaror chiqarganligi tarixdan ma’lum.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi zaharli moddalar
miqdori sanoat va bozor laboratoriyalarida mukammal tahlil
qilinadi, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Buning sababi, eng avvalo,
malakali mutaxassislarning va zamonaviy tahlil asboblarining
yo‘qligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari buzilishining asosiy sababi
yog‘larning oksidlanishi hamda mahsulotlarning tarkibiy
qismlarga parchalanishidir. Bu jarayonni mog‘or va bakteriyalar
ham tezlashtiradi. Hozir yog‘lar va boshqa organik moddalarning
oksidlanishini sekinlashtiruvchi va to‘xtatuvchi moddalar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular antioksidantlar deyiladi.
Meva-sabzavotlar va poliz ekinlarini saqlashda azot, ozon va
uglerod (IV) oksididan foydalanilmoqda. Bu moddalardan
foydalanishda ularning kimyoviy xususiyatlarini nazarda tutish
muhimdir. Masalan, ozonning oz miqdordagi konsentratsiyasi
samara bersa, ko‘p miqdordagisi zarar keltiradi. Azot va uglerod
(IV) oksidi mog‘orni o‘stirmaydi, oksidlanish jarayonini
sekinlatadi, ko‘pgina bakteriyalarni o‘ldiradi.
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda
konservalash usulidan foydalaniladi. Konservalash tez buziladigan
225
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ularning fermenti va
mikroorganizmlarga biologik yo‘l bilan ta’sir qilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilgan
o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalari borasida quyidagi
fikrlarni ta’kidlab o‘tgan edilar: “2015-yilda mamlakatimiz
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash sohasida Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotga sazovor
bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi”
24
.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (Food and
Agriculture Organization, FAO)ga 1945-yil 16-oktabrda asos
solingan. Tashkilotga 197 ta davlat (2013-yil 15-iyun holatiga)
a’zo. FAOning faoliyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga
ko‘maklashish,
ovqatlanishni
yaxshilash
va
oziq-ovqat
xavfsizligini hal etish yo‘li orqali dunyoda ochlik va qashshoqlik
muammosining keskinligini kamaytirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonga ushbu nufuzli mukofotning topshirilishi tarixiy
voqeadir. Holbuki, 25 yil avval, ya’ni mustaqillikka erishish
arafasida mamlakatimiz asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan,
bug‘doy, guruch, yorma, go‘sht, sut mahsulotlari, tuxum,
kartoshka va shakarni chetdan olib kelishga majbur edi. Bugungi
kunda O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan o‘z
ehtiyojini nafaqat mustaqil ta’minlamoqda, balki yurtimizda ishlab
chiqarilgan tovarlarni eksport qilmoqda.
Ushbu yutuqlarga erishish tarixi voqealarga boydir. Mustaqil
taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakatimiz o‘z umrini o‘tab bo‘lgan
ma’muriy rejalashtirish-taqsimlash tizimidan to‘liq voz kechdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
rahnamoligida bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
yo‘li tanlandi. Chunonchi, bu borada fermer xo‘jaliklari tashkil
etildi, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlari takomillashtirildi,
24
http://uza.uz
226
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning tashkiliy
tuzilmalari joriy etildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning huquqiy himoyasi ta’minlandi.
Qulay tabiiy iqlim sharoitida amalga oshirilgan ushbu chora-
tadbirlar samarasida yuqori sifatli sarxil meva-sabzavotlar
yetishtirish imkoniyati kengaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarishning rivojlanishi mamlakatimiz oziq-ovqat sanoati
korxonalari yuksalishiga olib keldi. Pirovard natijada bularning
barchasi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasini hal etishga
xizmat qilmoqda. Bundan tashqari aholi tomonidan iste’mol
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga,
to‘laqonli ovqatlanish me’yorlariga erishildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida muayyan tajriba
to‘plagan O‘zbekiston 2001-yilda BMTning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkilotiga (FAO) a’zo bo‘ldi. Shu tariqa mamlakatimiz
xalqaro ilg‘or tajribani o‘rganish, o‘z imkoniyatlarini namoyish
etish, dolzarb masalalarni hal qilish yo‘llarini birgalikda ishlab
chiqish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Mamlakatimizda FAO bilan hamkorlik samarasida o‘nlab
milliy va mintaqaviy loyihalar amalga oshirildi. Suvni tejash va
suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanib,
zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Yerga ishlov berish,
seleksiya va urug‘chilik, shuningdek, cho‘llanish va yer
yemirilishiga qarshi kurashishning ilg‘or uslublari hayotga tatbiq
qilinmoqda.
Buning
natijasida
g‘allachilik,
paxtachilik,
chorvachilik, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda mahsulot hajmi
va sifati oshmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nafaqat xom
ashyo, balki tayyor mahsulot sifatida eksport qilish borasida
davlatimizning imkoniyatlari kengaymoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2014-yilda
“O‘zbekistonda
oziq-ovqat
dasturini
amalga
oshirishning muhim zahiralari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro
konferensiyada ham shu haqda so‘z yuritdi. Konferensiyada
mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va
sabzavot yetishtirilayotgani, aholi jon boshiga qariyb 300
227
kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm
uzum to‘g‘ri kelayotgani va bu optimal, ya’ni maqbul deb
hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko‘p ekani
ta’kidlandi. Bundan tashqari O‘zbekiston har yili dunyoning 80 ta
davlatiga 180 dan ortiq turdagi sarxil meva-sabzavot va ularni
qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport
qilayotgani ta’kidlandi.
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oldiga 2020-yilda meva-
sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishni 2014-yilga
nisbatan kamida 2,3 marta ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi. Buning
uchun qishloq xo‘jaligini isloh etish va modernizatsiya qilish,
yerning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimini yaxshilash,
tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirishga qaratilgan keng
ko‘lamli ishlarni davom ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu
borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar topish,
ularni saqlash, logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning
zamonaviy tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga
kiradi.
O‘zbekiston ushbu istiqbolli vazifalarni inobatga olgan holda,
FAO bilan samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaror
qildi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh
direktori Joze Gratsianuda Silvaning mamlakatimizga tashrifi bu
borada muhim qadam bo‘ldi. Oliy darajada o‘tkazilgan
muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda ushbu xalqaro tashkilotning
vakolatxonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi
25
.
Buning
natijasida
2014-yilda
FAO
vakolatxonasi
O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz va xorijiy
mutaxassislarning birgalikdagi sa’y-harakatlari yurtimiz qishloq
xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish, soha xodimlarining malakasini
oshirish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va
O‘zbekiston tajribasini targ‘ib etishga qaratilgan.
25
http://uza.uz
228
FAOning
Markaziy
Osiyo
bo‘yicha
submintaqaviy
muvofiqlashtiruvchisi va O‘zbekistondagi vakili Yuriko Shojining
so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan
mamlakatlar harakat dastur doirasida dasturining imzolangani
O‘zbekistonning
ushbu
xalqaro
tashkilot
bilan
yaqin
hamkorligining muhim yo‘l xaritasiga aylandi. Mazkur dastur
qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish
va chorva mollari salomatligini yaxshilash, zararkunandalarga
qarshi kurashish, baliq yetishtirishni kengaytirish va suv
resurslaridan barqaror asosda oqilona foydalanishga qaratilgan.
Xususan, FAO tabiatga ziyon yetkazmagan holda dehqonchilik
bilan shug‘ullanish va boshqa yangi qishloq xo‘jaligi uslublarini
joriy etish sohasida texnik ko‘maklashmoqda. Saqlash muddati va
eksport hajmini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha
yangi texnologiyalar hayotga tatbiq etilmoqda.
2014-2017-yillarga
mo‘ljallangan
mamlakatlar
dasturi
doirasida O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
loyihasi ham ishlab chiqilmoqda. Tajriba o‘tkazilayotgan fermer
xo‘jaliklari misolida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
choralari namoyish etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va
mutaxassislar malakasini oshirish, bu boradagi zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tanishtiruv tadbirlari o‘tkazib
kelinmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi mamlakati-
mizga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab, global oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi. 2015-yilda
butun dunyoda Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish
yakunlandi. Davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga
bosqichma-bosqich o‘tmoqda va ushbu maqsadlarga erishish yer
yuzida ocharchilik muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan – ikkilamchi
resurslardan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ko‘proq
e’tibor berilmoqda. Amalda foydalanilmayotgan konservalash
229
korxonalari chiqindilari hisoblangan danaklar mag‘zidan moy
mahsulotlari olina boshladi. Bu moylardan kamfora moylari,
sitesteron, bioxinal, bismoveron, fillikulin, garmonlar kabi
infeksion eritma va dori-darmonlar, turli kremlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoatining yana muhim masalalaridan biri
qo‘llaniladigan bo‘yoqlarning turli-tumanligi va ularning
zararsizligidir. Hozirgi paytda oziq-ovqat sanoatida ikki xil
polimerlardan sintetik va o‘simlik moddalaridan ekstraksiya yoki
boshqa yo‘llar bilan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar ishlatilmoqda.
Sintetik bo‘yoqlar biologik aktivlikka ega bo‘lmaydi va ko‘plari
odam organizmi uchun zararlidir. Shu sababli sintetik
bo‘yoqlardan oziq-ovqat sanoatida foydalanish taqiqlangan. Tabiiy
bo‘yoqlar oziq-ovqat mahsulotlari komponenti sifatida ularni
boyitadi, sifatini yaxshilaydi hamda biologik ahamiyatini
kuchaytiradi.
O‘simlik pigmentlari bilan qadimdan matolar, charm, qog‘oz
va boshqa narsalar bo‘yalgan. Attorlik, kosmetika hamda xalq
tabobatida qo‘llanilib kelingan. Respublikamizdagi keng tarqalgan
tut, boshoqli o‘simliklar, gul va ba’zi yovvoyi tog‘ o‘tlari bunday
pigmentlarga boy hisoblanadi. Hozirgacha ikki mingga yaqin turli
qoplama bo‘yoqlarning olish usullari ishlab chiqilgan. Lekin juda
oz qismigina amaliyotda qo‘llaniladi. Respublikamizda oziq-ovqat
sanoati juda ko‘p tabiiy bo‘yoqlarga muhtoj. Tabiiy bo‘yoqlarni
ishlab chiqarishni tashkil etish, buning uchun ikkilamchi
resurslardan, chiqindi va qoldiq mahsulotlardan foydalanish
muammosini hal etish zarur.
Oziq-ovqat sanoatida zarur bo‘lgan bo‘yoqlar qizil atirgul,
lavlagi, qovun, piyoz, sabzi, qovoq va boshqa o‘simliklardan
olinadi. Pasta sifatida foydalaniladigan bunday bo‘yoqlar karamel
ishlab chiqarishda, marmelad tayyorlashda va boshqa sohalarda
qo‘llaniladi.
Qizil lavlagi sharbati bug‘latilishidan qolgan bo‘yoq suvchan
bo‘lib, undan lavlagi hidi keladi va shirin mazaga ega. Bunday
qizil bo‘yoq arzon bo‘lganligi uchun ko‘plab ishlatiladi.
Qulupnay, chetan, chermuxa, olchalarning bo‘yoqlari ham qizil
230
bo‘lib, qandolatchilik sanoatida qo‘llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida
qo‘llaniladigan bo‘yoqlarni ko‘paytirishning birdan bir yo‘li
konserva sanoati chiqindilarini ishga solishdan iborat.
Oziq-ovqat muammosini hal etishda qoldiq mahsulotlar,
ikkilamchi resurslarni ishga solish katta samara beradi. Meva,
sabzavot, sut, yog‘ kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
buzilishdan saqlash, xom ashyodan oqilona foydalanilgan holda
mahsulot tayyorlash, oziq mahsulotlarini kompleks qayta ishlash
zarur vazifa bo‘lib qoldi.
Xom ashyoni kompleks ishlash orqali uning barcha tabiiy
qismlarini ishga solish bilan ba’zi taqchil va sanoat uchun juda
zarur bo‘lgan mahsulotlarni olish imkoni tug‘iladi. Masalan, chigit
va uning shiroti o‘simlik “izolyatorlari”ni tayyorlashda asosiy xom
ashyolardan hisoblanadi. O‘zbekiston FA o‘simlik moddalari
himoyasi institutida chigit shirotidan oqsil va fitan olish
texnologiyasi yaratildi. Bu moddalar ajratib bo‘lingach, shirotning
muhim birikmasi – rafinoza ajratib olinadi.
Sanoatda fermentlardan foydalanish ko‘p samara beradi.
Sanoat chiqindilarini gidrolizga uchratish orqali qator mahsulot
olish mumkin. Paxta sanoati chiqindilaridan yiliga 560-720 ming
tonna qandli modda olish mumkinligi aniqlanadi. Shu bilan birga,
million tonna oziq oqsili ham olinadi. Gossipol, lizin, pektin,
fosfotid, mentodin va shu kabi boshqa mahsulotlar ham ishlab
chiqarish mumkin. Birgina gossipoldan agar kauchuk sanoatida
qo‘llanilsa, qo‘shimcha ikki million so‘m foyda olish mumkinligi
ma’lum bo‘ldi.
Konserva sanoatida olma sharbati olingach, qoldig‘idan
endilikda meva kukuni olinib, qandolatchilikda qo‘llanila
boshlandi. Chunki uning tarkibida fruktoza, mineral moddalar va
tuz saqlovchi moddalar borligi ma’lum bo‘ldi.
Respublikamiz
urug‘chilik
xo‘jaliklarida
ikkilamchi
resurslarning faqat 3 %idan jem, murabbo, meva qiyomi va qovun
qoqi tayyorlanadi. Yiliga yetishtirilayotgan 30 ming tonna tarvuz,
20 ming tonna qovunga nisbatan bu raqam juda oz. Hozir tarvuz
tuzilmasi, qovun qoqisi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
231
texnologiyasi yaratilgan. Bu texnologiyalar loyihasining amalga
oshirilishi, qo‘shimcha foyda keltirishga va muammolardan birini
hal etishga yordam bergan bo‘lar edi.
Guruchning tashqi qismidagi po‘stloq ostida aleyoron qavati
joylashgan. U oqsil va lipidlar konsentratidan tashkil topgan
bo‘lib, oqsil miqdori 11.5-17.2 %ga boradi. Guruchda lizin,
gistadin, arginin, glitserin, alinin kabi aminokislotalar bor. Lipidlar
miqdori esa 12-16.8 %ni tashkil etadi. Shuning uchun ham
Braziliya, Yaponiya, AQSh, Birma, Hindistonda guruchdan moy
olinmoqda. Guruch vitaminlarga boy xom ashyo hisoblanadi.
Guruch tarkibidagi sellyuloza va gemitsellyuloza aralashmasi ham
oziq ratsionida katta ahamiyatga ega. Bunday aralashmadan
semirib ketish, rak bo‘lish, oshqozon va boshqa kasalliklarni
davolashda foydalanilmoqda. Guruchda mineral komponentlar
8%dan oshadi. Bug‘doy unining 25 %ini guruch uni bilan
aralashtirib foydalanilganda yaxshi samaraga erishish mumkinligi
isbotlangan. Biroq bizning hududlarimizda guruchning bu
xususiyati hozircha yaxshi o‘rganilgan emas.
11.4. GMO ga qarshi kurashish muammolari
Qayta ishlovchi sohalarni texnik qayta jihozlash, ularni
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, sifatli
raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha
yakunlangan to‘liq davrni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Qishloq xo‘jaligi resurslarining muhim turlari – paxta,
ipak, kanop, meva-sabzavot va uzumchilik mahsulotlarini chuqur
qayta ishlanishini ta’minlashga, yengil sanoat sohalarining o‘xshash
bo‘lgan ishlab chiqarishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Quruq mevalar, kishmish, quritilgan sabzavotlarni ishlab
chiqarishni sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutildi. Bolalar oziq-
ovqatini ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida oziq-ovqat mahsulotlarining
yangi ishlab chiqarish quvvatlari o‘zlashtirildi, bu esa oxir-oqibatda
232
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, valyuta mablag‘larining
tejalishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning import xom
ashyoga bog‘liqligi pasayishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan oziq-
ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligining oshishini
ta’minladi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida oziq-ovqat sanoatini tarkibiy
qayta o‘zgartirishning belgilangan ustuvor yo‘nalishlarini amalga
oshirishning hal qiluvchi mexanizmlari bo‘lib quyidagilar xizmat
qildi:
iqtisodiyotning oziq-ovqat sanoati korxonalarida
institutsional qayta o‘zgartirishlarni jadallashtirish, xususiylashtiri-
layotgan korxonalar reyestrining kengayishi va korxonalarni
aksionerlashtirish jarayonlari sifatining oshishi. Bu davrda
oldingisidan farq qilib, oziq-ovqat sanoatidagi o‘rta va yirik
korxonalarning, asosan, ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishi
hisobiga ommaviy xususiylashtirishga o‘tish ta’minlandi;
1998-yilga kelib, bu va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi
ko‘pchilik korxonalar qayta o‘zgartirildi va endilikda aksiyalarning
aksariyat qismi davlatga emas, balki xususiy shaxslarga va nodavlat
tashkilotlarga tegishli bo‘ldi.
Mamlakatimizning ichki va tashqi bozorlarida xaridorgir
bo‘lgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot
mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini
ko‘paytirish
masalalari
borasida
yildan
yilga
dolzarb
islohotlarning amalga oshirilayotganligi aynan oziq-ovqat sanoati
sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu sohani
jadal rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli “Meva-
sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha
tashkiliy
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan
“O‘zmevasabzavotuzum sanoat-xolding” kompaniyasi
“O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasiga aylantirilib, konserva
sanoati korxonalari o‘z faoliyatini mustaqil xo‘jalik subyektlari
sifatida amalga oshirishi belgilandi.
233
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oldiga 2021-yilda meva-
sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun qishloq
xo‘jaligini isloh etish va modernizatsiya qilish, yerning meliorativ
holati hamda irrigatsiya tizimini yaxshilash, tuproq unumdorligi va
hosildorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni davom
ettirish va chuqurlashtirish zarur. Bu borada xorijiy
investitsiyalarni jalb etish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar topish, ularni saqlash,
logistika va iste’molchilarga yetkazib berishning zamonaviy
tizimini shakllantirish ham muhim masalalar sirasiga kiradi.
O‘zbekiston ushbu istiqbolli vazifalarni inobatga olgan holda,
FAO bilan samarali hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaror
qildi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh
direktori Joze Gratsianuda Silvaning mamlakatimizga tashrifi bu
borada muhim qadam bo‘ldi. Oliy darajada o‘tkazilgan
muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda ushbu xalqaro tashkilotning
vakolatxonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi
26
.
Buning natijasida 2014-yilda FAO vakolatxonasi O‘zbekistonda
o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislarning
birgalikdagi sa’y-harakatlari yurtimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini
rivojlantirish, soha xodimlarining malakasini oshirish, ushbu
yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va O‘zbekiston
tajribasini targ‘ib etishga qaratilgan.
FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlash-
tiruvchisi va O‘zbekistondagi vakili Yuriko Shojining so‘zlariga
ko‘ra, o‘tgan yili 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar
xararkatlar dasturining imzolangani O‘zbekistonning ushbu xalqaro
tashkilot bilan yaqin hamkorligining muhim yo‘l xaritasiga aylandi.
Mazkur dastur qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish,
ishlab chiqarish va chorva mollari salomatligini yaxshilash,
zararkunandalarga qarshi kurashish, baliq yetishtirishni kengaytirish
va suv resurslaridan barqaror asosda oqilona foydalanishga
qaratilgan.
26
http://uza.uz
234
Xususan, FAO tabiatga ziyon yetkazmagan holda dehqonchilik
bilan shug‘ullanish va boshqa yangi qishloq xo‘jaligi uslublarini
joriy qilish sohasida texnik ko‘maklashmoqda. Saqlash muddati va
eksport hajmini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha
yangi texnologiyalar hayotga tatbiq etilmoqda.
2014-2017-yillarga
mo‘ljallangan
dasturi
doirasida
O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi ham
ishlab chiqilmoqda. Tajriba o‘tkazilayotgan fermer xo‘jaliklari
misolida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralari
namoyish etilib, qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va mutaxassislar
malakasini oshirish, bu boradagi zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish bo‘yicha tanishtiruv tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi mamlaka-
timizga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab, global oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi. 2015-yilda
butun dunyoda Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish
yakunlandi. Davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga bosqichma-
bosqich o‘tmoqda va ushbu maqsadga erishish yer yuzida
ocharchilik muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
19-jadval
Oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tarkibi
27
Alkogolsiz ichimliklar
Go‘shtchilik
Vinochilik
Pivochilik
Konditerlik
Meva-sabzavotchilik
Konserva
Parrandachilik
Makaron
Baliqchilik
Yog‘-moy
Shakarchilik
Yog‘-pishloq
Tuzchilik
Sutchilik
Spirtchilik
Un-sulichilik
Non yopish
27
Manba: Artiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. – T., 2012.
235
Oziq-ovqat sanoati tayyor yoki yarimtayyor mahsulotlarni
ishlab chiqarishda qayta ishlash texnologiyalari orqali qishloq
xo‘jaligi xom ashyolarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni
realizatsiya qilish majmuasi hisoblanadi.
Dunyo miqiyosida ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talab
yildan- yilga ortib bormoqda. Shu jihatdan bugungi kunga kelib
jahon miqiyosida organik mahsulotlar yetishtirish va uni
iste’molchilarga yetkazib berish davr talabiga aylandi.
Ma’lumotlarga qaraganda Xalqaro organik qishloq xo‘jaligi
tadqiqotlari instituti tahlillariga ko‘ra hozirda dunyodagi 250 dan
ortiq mamlakatning 172 tasi organik qishloq xo‘jaligi yetishtirish
bilan shug‘ullanmoqda. 90 dan ortiq mamlakat organik qishloq
xo‘jaligi sohasida me’yoriy-huquqiy aktlarga ega. Organik qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun dunyo bo‘yicha 43,7
million gektar yer maydonida 2,3 million fermer xo‘jaligi bandligi
aniqlangan.
O‘zbekiston nafaqat paxta tolasi bilan, balki butun sifatli
ekologik jihatdan toza turli mevalari, uzumlari, sabzavot va poliz
mahsulotlari bilan dunyoga mashhur. Ularning ko‘pgina turlari va
navlari boshqa mamlakatlarda uchramasligi bois O‘zbekistonda
yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari jahon qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada raqobatbardoshdir.
Xususan, O‘zbekistonda yetishtiriladigan uzum navlari
tarkibidagi shakar moddasi 18–30 foizni tashkil etadi. Pomidor
tarkibidagi quruq moddalar miqdori esa 5,5 foizdan oshadi. Bu
ko‘rsatkichlar yevropalik ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlaridagidan ancha yuqori bo‘lib, shunisi bilan xaridorni
o‘ziga tortadi.
Qishloq xo‘jaligida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni qayta ishlaydigan sanoatni
yetakchi o‘ringa ko‘tarish qishloq xo‘jaligida barqaror iqtisodiy
o‘sishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifatini hamda uni qayta
ishlaydigan korxonalarning samaradorligini oshirishni, ichki va
tashqi sotish bozorlarini yanada kengaytirishni talab qilmoqda.
236
Shu bois qishloq xo‘jaligi ekinlarining mintaqalar tuproq-iqlim
sharoitiga moslashtirilgan yangi istiqbolli navlarini yaratish
bo‘yicha aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda, bu esa, oxir-
oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
eksport qilish imkoniyatini oshiradi.
2020-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
sifat
va xavfsizlik
ko‘rsatkichlari
xalqaro
standartlarga
muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan,
“O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi
tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro
standartlarga muvofiqligi
ta’minlanadi.
Organik
qishloq
xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirishda
davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilab quyildi
28
.
Ushbu farmon bilan O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi
va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish
konsepsiyasi va konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l
xaritasi» tasdiqlandi. Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
farmonga ko‘ra, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul
qishloq xo‘jaligi amaliyoti
(Global G.A.P.) doirasidagi barcha
manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga
solish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Organik mahsulotlar yetkazish jarayoniga to‘xtaladigan
bo‘lsak, organik dehqonchilik bu – qishloq xo‘jaligi usuli bo‘lib,
uning maqsadi tabiiy moddalar va jarayonlardan foydalangan
holda oziq-ovqat ishlab chiqarish hisoblanadi. Organik
dehqonchilik atrof-muhitga cheklangan ta’sir ko‘rsatadi, chunki u
quyidagilarni rag‘batlantiradi:
28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va
xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni. 2020-yil 18-may.
237
energiya va tabiiy resurslardan mas’uliyat bilan
foydalanish;
biologik xilma-xillikni saqlash;
mintaqaviy ekologik muvozanatni saqlash;
tuproq unumdorligini oshirish;
suv sifatini saqlash.
Organik qishloq xo‘jaligi — jahon trendi hisoblanadi. 2019-
yilda organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro bozorlardagi
savdo aylanmasi 96,7 mlrd. yevroni tashkil etib, 71,5 mln. gektar
maydonda 2,8 mln. ishlab chiqaruvchi ushbu faoliyat turi bilan
shug‘ullangan. Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, dunyo organik
mahsulotlari bozorida so‘nggi 5 yil davomida yiliga o‘rtacha 15
foizdan o‘sishga erishilib, 2022-yilda savdo aylanmasi 212 mlrd
AQSh dollari (jahon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi umumiy
hajmining 20 foizi) ni tashkil etishi prognoz qilingan.
Organik qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti (FiBL) va
Organik qishloq xo‘jaligi harakati bo‘yicha Xalqaro Federatsiyasi
(IFOAM)ning Jahon organik qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha
2019 yildagi nashrida O‘zbekiston Respublikasi meva yetishtirish
bo‘yicha qulay sharoitga ega bo‘lgan dunyodagi 10 ta davlat
qatoriga kiritilgan va respublikamiz organik meva ishlab chiqarish
uchun qulay yer maydonlariga ega ekanligi qayd etilgan.
Respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari
talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va
muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon
xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini
yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek,
mamlakatimizning
organik
mahsulot
ishlab
chiqarish
salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini oshirish belgilandi.
GLOBAL G.A.P. – yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining xavfsizligini hamda ularning mavjud sifat va
texnik talablarga mos kelishini ta’minlash uchun tan olingan
xalqaro standartlar tizimidir. GLOBAL G.A.P. standarti GHP,
GMP va HACCP talablari asosida yaratilgan. Ko‘rsatilgan
standartga muvofiq, sertifikatlash ixtiyoriy hisoblanadi, lekin
238
uning milliy standartlardan asosiy farqi shundan iboratki,
sertifikatlash nafaqat yakuniy mahsulotning sifatiga baho
berishida, balki ishlab chiqarishning butun davrini qamrab
olishidadir.
Hozirda GLOBAL G.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124
dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan,
ushbu sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170 000 dan
oshadi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, sertifikatlangan xo‘jaliklarning
umumiy sonidan o‘simchilik mahsulotlar (shu jumladan, meva va
sabzavotlar) ulushi taxminan 75 foizni, chorvachilik mahsulotlar
ulushi 15 foizni, akvaekinlar ulushi 10 foizni tashkil etadi.
Global G.A.P. standartning asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi:
ishlab chiqarishdagi xavflarni tahlil qilish;
mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
mahsulotlarni kuzatib borish va qaytarish tartibotlari;
ekin materialining kelib chiqishi va sifati;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
tuproqning yaroqliligi;
tuproqni tahlil qilish va tuproqni o‘g‘itlash uchun ishlab
chiqilgan tizimning mavjudligi;
suv, pestitsidlar va qattiq materiallar qoldig‘i, mikroflorani
tahlil qilish;
o‘simliklarni himoya qilishning integratsiyalangan tizimini
joriy etish va qo‘llash;
mahsulotlarni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash
bo‘yicha tadbirlarni olib borish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash maqsadida GLOBAL G.A.P. standarti quyidagilarni
qat’iy belgilaydi:
bog‘dorchilikda organik o‘g‘itlarni daraxtlar gullagunga
qadar qo‘llash mumkin;
sabzavotchilikda – yig‘im-terimdan kamida 60 kun oldin;
239
ko‘katlarni yetishtirishda ekishdan keyin, organik
o‘g‘itlardan foydalanish agar yetishtirish davri 60 kundan o‘tsa
ham, man etiladi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-
ovqat mahsulotlari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti,
oziq-ovqat sanoati va ularning turlari.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qanday yo‘llari
mavjud?
2. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning qanday
afzalliklari mavjud?
3. Qishloq xo‘jaligi tarixi va rivojlanishi haqida nimalarni
bilasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi resurslaridan
foydalanishni izohlang.
5. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammolari
kabi masalalar nimadan iborat?
6. Qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlash
muammolariga siz qanday e’tibor berardingiz?
240
XII BOB. IQLIM O‘ZGARISHI
12.1.
12.2.
12.3.
Iqlim o‘zgarishi.
Iqlim o‘zgarishlari haqida.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muzokaralar.
12.1. Iqlim o‘zgarishi
Atmosfera, okeanlar, kriosfera, quruqlik yuzasi va biosfera
orasidagi bog‘liqlikning vaqt masshtabi 100-109-yillarga teng
bo‘lishi mumkin. Masalan, atmosfera va okeanning o‘zaro
ta’sirlashuvi 100-102-yilni tashkil etadi. Shunday qilib, yuqorida
bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, iqlim o‘zgarishi istalgan
geologik davrda ro‘y berishi mumkin.
Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasining
o‘sishi tabiiy issiqxona effektining kuchayishiga va Yer
yuzasining isishiga olib keldi. Agar tegishli chora ko‘rilmasa,
kelgusi yuz yillikning har o‘n yilligida harorat 0,3 °C ga ortadi.
Isish o‘z navbatida qutblardagi muzliklarning erishiga va Dunyo
okeani sathining ko‘tarilishiga olib keladi: 2030 yilga borib, dunyo
okeani sathi o‘rtacha 20 sm ga, XXI asr oxirida esa 65 sm ga
ko‘tariladi (Ososkova va b., 2005).
Bashoratlarga ko‘ra, butun dunyoda yog‘in miqdorining ortishi
kutiladi, lekin, shunga o‘xshash tendensiyalarning mahalliy
miqyosdagi ishonchliligi ancha past. Ehtimol, XXI asrning
ikkinchi yarmida shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori
kengliklarida hamda Antarktikada qishki yog‘inlar miqdori ortadi.
Tropiklarda esa, ishlab chiqilgan modellarga ko‘ra, ayrim
hududlarda yog‘in miqdori ortsa, boshqa joylarda kamayadi.
Avstraliya, Markaziy Amerika va Afrikaning janubiy qismida esa
qishki yog‘inlarning kamayishida barqaror tendensiya kuzatiladi.
241
Yuqori kengliklarda, yilning qish vaqtida yomg‘ir va qorning
ko‘p yog‘ishi tuproqning yuqori darajada namlanishiga olib keladi.
Lekin, yozda haroratning yuqori bo‘lishi tuproq namligining
yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Tuproq namligining mahalliy
o‘zgarishlari, albatta, qishloq xo‘jaligi uchun juda muhimdir, lekin
iqlimiy modellar yordamida ularni prognoz qilish bugungi kunda
ham ancha murakkab hisoblanadi. Hatto tuproq namligining yoz
davrlaridagi global o‘zgarishining ishorasi-ortishi yoki kamayishi
ham noaniq bo‘lib qolmoqda.
Ehtimol, ekstremal ob-havo hodisalarining takrorlanishi va
jadalligi ham o‘zgaradi. Kutilayotganidek, o‘rtacha global
haroratning ko‘tarilishi bilan issiq kunlar va issiq to‘lqinlar ortadi
hamda sovuq kunlar soni va sovuq davr kamayadi. Iqlimiy
modellar ham bir-biriga mos ravishda ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik
regionlarda ekstremal ob-havo hodisalari tez-tez takrorlanadi. Bu
esa kontinental rayonlarda yoz mavsumi davomida qurg‘oqchilik
havfining ortishiga olib keladi.
Yana shunday faktlar ham mavjudki, ulardan ma’lum
bo‘lishicha, ayrim regionlarda kuchli shamol va jala yomg‘irlar
bilan birgalikda kechadigan qattiq bo‘ronlar va dovullar tez-tez
qaytariladi. Iqlimning tez va to‘satdan o‘zgarishini ham e’tibordan
chetda qoldirib bo‘lmaydi. Lekin, dengiz sathining katastrofik
ko‘tarilishiga olib keladigan, G‘arbiy Antarktika muz qalqonining
parchalanishiga o‘xshash juda keskin o‘zgarishlarning XXI asr
davomida bo‘lish ehtimoli juda kichikdir.
Hududiy miqyosda iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan okean
sirkulyatsiyalarining o‘zgarishi (masalan, Yevropani isitadigan
Golfstrimning susayishi) bir necha o‘n yilliklardan keyin ro‘y
berishi mumkinligi haqidagi faktlar ham mavjud. Lekin, shunga
o‘xshash o‘zgarishlarning issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar
ta’siridagi isish sababli ro‘y berishi mumkinligi hozircha
noma’lum. Golfstrimning kuchsizlanishini ko‘rsatadigan iqlimiy
modellar ham kelajakda butun Yevropa miqyosida isish
bo‘lishidan darak bermoqda.
242
Yer iqlimi hozirning o‘zidayoq o‘tmishdagi issiqxona effekti
hosil qiluvchi gazlar chiqindilariga «moslashmoqda». Iqlimiy
tizim global energetik balansni saqlash uchun ham issiqxona
effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasiga «ko‘nikishi» lozim.
Bu iqlim o‘zgarmoqda va bu jarayon issiqxona effekti hosil
qiluvchi gazlar miqdorining o‘sishi mobaynida davom etaveradi
deganidir. Bugungi kunda olimlar doimiy ravishda boyib
borayotgan ma’lumotlar bazasining global isishning umumiy
ko‘rinishlarini tasdiqlayotganligiga hamda iqlimiy sistemadagi
boshqa o‘zgarishlarga ishonch hosil qilganlar.
O‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar o‘rtacha havo
haroratining XIX asr oxiridan buyon 0,6 ± 0,2 °C ga ko‘tarilganini
qayd etmoqda. Bu kuzatishlar iqlimning hozirgi kungacha bo‘lgan
isish darajasini prognozlashda foydalaniladigan modellar asosida
tuzilgan prognozlar bilan mos tushadi.
Ta’kidlash lozimki, aerozollarning sovituvchi ta’siri hisobga
olinganda moslik yanada ortadi. Asosiy isish 1910-1940-yillarda
kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda.
Ehtimol, shimoliy yarim sharda (tegishli tahlilni amalga oshirishga
imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan mintaqada) XX
asrdagi isish sur’atlari va davomiyligi oxirgi ming yildagi har
qanday davrga nisbatan katta bo‘ldi. Bundan tashqari, 1990-yillar
ming yillikning eng issiq o‘n yilligi, 1998-yil esa eng issiq yil
bo‘lganga o‘xshaydi.
Bu davrda dengiz sathi o‘rtacha 10-20 sm ga ko‘tarildi. Chunki,
okeanlar yuqori qatlamlarining isishi bilan suv kengayadi, dengiz
sathi esa ko‘tariladi. Modellar asosida tahmin qilish mumkinki,
haroratning bugungi kungacha 0,6°C isishining o‘zi dengiz
sathining hozirgi kundagi ko‘tarilishiga olib kelishi kerak edi.
Lekin, boshqa ya’ni, prognozlash uchun ancha murakkab bo‘lgan
o‘zgarishlar, ayniqsa, kuchli qor yog‘ishi, Grenlandiya hamda
Antarktikadagi muzlarning erishi, shimoliy materiklarning ko‘p
asrli muzliklardan asta-sekin “xalos” bo‘la borishi ham real va
tassavur qilinayotgan dengiz sathiga ta’sir ko‘rsatadi.
243
1960-yillarning oxiridan buyon qor qoplami qalinligi shimoliy
yarim sharning o‘rta va yuqori kengliklarida 10 % ga kamaygan.
XX asr davomida ko‘llar va daryolarda yillik muzlash davri
tahminan ikki haftaga qisqarganligi ehtimoldan holi emas. Mana
shu vaqt mobaynida, qutbdan tashqari, ko‘pchilik regionlardagi
mashhur tog‘ muzliklarining deyarli barchasi chekindi.
Oxirgi o‘n yillikda Arktikada bahor va yoz vaqtlarida muz
qoplamining davomiyligi 10-15 % ga, muzning qalinligi esa
yozning oxiri va kuzning boshida 40 % ga kamaydi. Dunyoning
ko‘plab regionlarida yog‘inlar miqdorining ortishi kuzatilmoqda.
Har o‘n yillikda shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori
kengliklaridagi ko‘plab rayonlarida yog‘in miqdorining 0,5-1,0 %
ga ortishi kuzatilmoqda. Bu holat bulut qoplamining 2 % ga ortishi
sharoitida ro‘y bermoqda. Quruqlikning tropik rayonlarida, 10°
shimoliy kenglik va 10° janubiy kengliklar oralig‘ida ham, aytish
mumkinki, atmosfera yog‘inlari miqdori har o‘n yillik davomida
0,2-0,3 % ga ko‘paymoqda.
Ikkinchi tomondan, XX asr davomida shimoliy yarim sharning
subtropik rayonlarida, ya’ni o‘ninchi va o‘ttizinchi shimoliy
parallellar orasida yog‘in miqdorining har o‘n yillik davomida 0,3
% ga kamayishi qayd etildi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda Afrika
va Osiyoning ayrim qismlarida qurg‘oqchilikning takrorlanishi va
jadalligi ortdi (Chub, 2000, 2007).
12.2. Iqlim o‘zgarishlari haqida
XX asr davomidagi iqlim o‘zgarishi issiqxona effekti hosil
qiluvchi gazlar va aerozollar konsentratsiyasining ortishi bilan
bog‘liq holda kutilgan oqibatlar bilan mos tushadi. Isishning
makonda kuzatilayotgan qonuniyatlari modellar asosida tuzilgan
prognozlarga mos kelmoqda.
Masalan, Yer yuzasidagi o‘lchashlar hamda meteorologik
zondlar va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida bajarilgan o‘lchashlar
ham Yer yuzasining isiyotganligini, stratosferaning esa
244
soviyotganligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga Yer atmosferasi
okeanlar ustida materiklar ustidagiga qaraganda sekin isiydi. Bu
jarayonlar suvning yuza qatlamlarining quyi qatlamlari bilan tez
almashinadigan va issiqlikni okeanning chuqur qatlamlariga
tarqatuvchi rayonlarda ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Aerozollar
ta’siriga uchragan mintaqalarda isish sur’atlari kamayadi.
Global iqlim o‘zgarishining eng noqulay oqibatlari sifatida
quyidagilarni qayd etish mumkin:
ko‘pgina tropik va subtropik regionlarda qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosildorligining yalpi kamayishi kuzatiladi;
mo‘tadil kengliklardagi ko‘plab regionlarda hosildorlikning
yalpi kamayishi ma’lum tebranishlar bilan kuzatiladi, buning
asosiy sababi o‘rtacha yillik haroratning bir necha darajaga
ko‘tarilishidir;
uy mollari va yovvoyi hayvonlarga issiqlik taziyqi ortadi;
tuproq eroziyasi va sho‘rlanishi kuchayadi;
suv
yetishmaydigan
ko‘plab
regionlarda,
ayniqsa,
subtropiklarda aholi jon boshiga o‘g‘ri keladigan suv miqdori
yanada kamayadi;
suv resurslarining sifati va miqdori kamayadi;
kuchli yog‘inlar va dengiz sathining ko‘tarilishi toshqin
xavfini oshiradi, bu esa o‘n millionlab odamlarni halokatga olib
keladi
toshqinlar va qurg‘oqchilik miqyosining hamda ularning
Osiyoning mo‘tadil va tropik iqlimli rayonlariga keltiradigan
ziyoni ortadi;
toshqinlar, tog‘ ko‘chkilari, qor surilmalari va sel toshqinlari
natijasida keladigan ziyon ortadi;
o‘rmon yong‘inlari xavfi ortadi;
qirg‘oq bo‘yi eroziyasi va undan qirg‘oq bo‘yidagi imoratlar
va infrastrukturaga bo‘ladigan ziyon ortadi;
qirg‘oq bo‘yi ekosistemasiga, jumladan, marjon orollari va
ulardagi rang - barang jonzodlarga katta ziyon yetadi;
245
qurg‘oqchilikka uchragan rayonlarning gidroenergetik
potensiali kamayadi;
yozgi haroratning ko‘tarilishi havoni sovitish maqsadida
ishlatiladigan energiyaga bo‘lgan talabni orttiradi;
turistik yo‘nalishlar o‘zgaradi.
Ta’kidlash lozimki, iqlim o‘zgarishining dunyo bo‘yicha
quyidagi foydali imkoniyatlari ham mavjud:
o‘rta kengliklarning ayrim regionlarida haroratning bir
necha darajaga ko‘tarilishi tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligi ortadi;
o‘rmonchilik bo‘yicha yaxshi tajribaga ega bo‘lgan
regionlarning jahon bozoriga taklif etadigan yog‘och materiallari
miqdori ortadi;
ayrim regionlarda, masalan, Janubi - Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida suv ko‘payadi;
o‘rta va yuqori kengliklardagi aholi orasida qishqi
davrdagi o‘lim kamayadi;
qishki haroratning ko‘tarilishi uy-joylarni isitishga
sarflanadigan energiyani kamaytiradi.
Bugungi kunda yer yuzasida aholi sonining keskin ortishi,
insoniyat o‘rtasida tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning
to‘xtovsiz o‘sishi, fan va texnikaning jadal rivojlanishi,
insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi beovsita yer
shari iqlimining o‘zgarishiga olib keldi hamda bu jarayon
shiddat bilan davom etib kelmoqda. Bu kabi jarayonlarni
quyidagi dalilllar bilan asoslab berish mumkin:
yer sayyorasida atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga
inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini
yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa
issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni
chiqarish, turli organik yoqilg‘ilarni yoqish va energiya sarflash
orqali atmosfera haroratiga ko‘rsatilayotgan ta’sirning ortib
borishi;
246
tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o‘zlashtirilishi (yer,
suv, o‘rmon, tog‘-kon) tufayli yer sirti albedosining o‘zgarishi;
dunyo okeani suv sathining ko‘tarilishi va suv tarkibining
ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida
kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi;
yer sharida bo‘layotgan turli etnik nizolar, davlatlararo
kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va
sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda
chiqarilishi;
inson omili ta’siri tufayli yer yuzida modda, energiya
almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni
shiddatining ortishi;
insoniyat tomonidan o‘zga sayyoralarni o‘zlashtirish
maqsadida raketalarni kosmosga chiqarilishi natijasida Ozon
qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar ta’sir qilmoqda.
“2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi 841-son
qarorining “Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash
bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish” (13-maqsad) hamda
“Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona
foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish,
cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini
to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi
jarayonini to‘xtatish” (15-maqsad) tegishli bandlarida bevosita
iqlim o‘zgarishini va uning ta’sirini bartaraf etish va unga qarshi
kurashish masalalari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston va unga tutash hududlarda iqlim
o‘zgarishining oqibatlari.
O‘zbekiston va unga tutash
hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga, birinchi
navbatda, agroiqlimiy va suv resurslari o‘zgarishlarini kiritish
mumkin. Ulardagi o‘zgarishlar respublikamizda tarqalgan
247
tuproqlarning xossa-xususiyatlarini yomonlashuvida, yetishtiri-
layotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sib-rivojlanishining sust-
lashishida hamda Orolbo‘yi ekologik holatida va xususan, Orol
dengizida yuzaga kelayotgan salbiy ko‘rinishlarda aks etadi.
O‘zbekiston shimolidagi cho‘l rayonlarida kuz davri bir
muncha isiydi va uning davomiyligi ortadi. Asosiy isish esa
Qizilqum okrugining janubiy qismiga Chirchiq-Ohangaron,
O‘rta Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo okruglari (1-4, 9-11,
20-26, 30, 31) ga tegishlidir. Umuman, mamlakatning cho‘l va
chala cho‘l rayonlarida eng yuqori darajadagi harorat
o‘zgarishlari qish – bahor davrlariga, sug‘oriladigan hududlarda
esa yozgi – kuzgi davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraqalpog‘istonda barcha mavsumlarda havo haroratining
sezilarli darajada ko‘tarilishi kuzatiladi. Natijada hududning
termik resurslari ortadi. Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand,
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bahor - 0,5-2,0
o
C, yoz -
1,5-2,5
o
C, kuz – 0,5-2,0
o
C, qish esa 1,5-3,5
o
C ga isiydi.
Boshqa viloyatlarda havo haroratining bahorgi-yozgi-kuzgi
davrlardagi o‘zgarishi 1,5
o
C dan ortmaydi.
Isish natijasida quruq tropiklar bilan mo‘tadil iqlim
mintaqalari orasidagi chegara shimolga tomon 150-200 km ga
suriladi, balandlik iqlim mintaqalarida esa 150-200 metrga
ko‘tariladi.
Agroiqlimiy resurslarning o‘zgarishi va uning qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholashda bazaviy iqlimiy
ssenariyalar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan regional iqlimiy
ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030-yilgacha bo‘lgan
o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy ssenariyaviy
qiymatlar O‘zbekiston hududining real iqlimiy xilma - xilligiga
moslashtirilgan va shundan keyin ular agroiqlimiy okruglar va
rayonlar guruhlariga bog‘langan. Agroiqlimiy okruglar va
rayonlar bo‘yicha kelajakdagi 2015-2030-yillar davomida
o‘rtacha mavsumiy haroratning o‘zgarishi 20-jadvalda
ko‘rsatilgan.
248
20-jadval
Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha o‘rtacha
mavsumiy havo haroratining o‘zgarishi (1-2005-2010-yillar,
2-2020-2030-yillar)
29
Okruglar
Rayon-
lar
Qish
Bahor
Yoz
Kuz
1
2
1
2
1
2
1
2
Ustyurt, Shimoliy
Qoraqum
1,4
1,0
2,0
0,5
1,0
0,5
1,2
0,7
1,5
Orol
2,3
1,3
2,8
0,5
0,9
0,8
1,6
0,8
1,3
Quyi Amudaryo
5
1,0
2,7
0,2
0,6
0,5
1,0
0,4
0,6
Qizilqum
6-8
1,0
2,5
1,0
1,3
0,4
0,9
0,2
0,5
9-10
1,0
2,5
0,1
0,2
0,2
0,7
1,6
2,2
Sandiqli
11
1,1
1,9
0,1
0,2
0,1
0,3
0,3
1,4
Chirchiq-
Ohangaron
12-14
0,7
1,7
0,2
0,4
0,4
0,8
0,6
1,9
O‘rta Sirdaryo
15-17
0,5
0,5
0,1
0,3
0,3
0,7
0,4
1,1
18-19
0,6
21,
2
0,2
0,4
0,1
0,2
0,3
0,7
Farg‘ona
20-26
0,7
1,6
0,3
0,8
0,6
1,0
0,7
2,0
Zarafshon
27-29
0,4
1,0
0,4
1,0
0,4
1,0
0,6
0,9
Qashqadaryo
30-31
0,5
1,2
0,6
1,4
0,3
0,8
0,7
1,6
Surxondaryo
32,33
0,6
1,5
0,1
0,4
0,2
0,2
0,2
0,6
Izoh: okruglar (rayonlar nomeri): 1-Ustyurt, 2,3-Orol, 4-Shimoliy
Qoraqum, 5-Quyi Amudaryo, 6-10-Qizilqum, 11-Sandiqli, 12-14-Chirchiq-
Ohangaron, 15-19-O‘rta Sirdaryo, 20-26-Farg‘ona, 27-29-Zarafshon, 30-
31-Qashqadaryo, 32-33-Surxondaryo.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, cho‘l va chala cho‘l
yaylovlari, Quyi Amudaryoning sug‘oriladigan dehqonchilik
rayonlari hamda Chirchiq-Ohangaron agroiqlimiy rayonlar guruhi
uchun sezilarli darajadagi qishki isish xosdir. Bahorgi isish esa
respublika shimolidagi yaylovlarda va Qizilqum okrugi rayonlari
hamda Zarafshon va Qashqadaryo okrugining sug‘orma
29
В.Е.Чуб «Изменение климата и его влияние на природно-ресурсный потенциал
Республики Узбекистан», 2000 й.
249
dehqonchilik rayonlarida namoyon bo‘ladi. Yozgi isish shimoliy
cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan yerlar va
Farg‘ona, Zarafshon hamda Qashqadaryo okruglari (1-8, 12-14,
30-31) ning sug‘oriladigan rayonlari uchun xosdir.
Respublika agroiqlimiy resurslarining xilma-xilligi, ularning
yillararo o‘zgaruvchanligi va iqlimning mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda havo haroratining taxmin
qilinayotgan o‘sishi, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligiga har tomonlama ta’sirini hisobga olishni talab etadi.
Atrof-muhitda
karbonat
angidrid
konsentratsiyasining
ortishidan kelib chiqadigan bevosita effekt ko‘pgina qishloq
xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘simliklar vegetatsiyasining barcha qulay sharoitlari
bilan bir qatorda karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining ikki
marta ko‘payishi jo‘xori, paxta, tariq, sabzavot ekinlari hamda
bug‘doy, sholi, arpa, suli hosiddorligini 1% dan 10% gacha
oshirishi kuzatilgan.
Karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi ayrim
noqulay sharoitlarda, masalan, nam yetishmasligida ham, ekinlar
mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
qurg‘oqchilikka uchragan lalmikor dehqonchilikda hosildorlikning
yillararo tebranishi ham kamayishi mumkin. Lekin karbonat
angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi sharoitida ekinlarni
parvarishlash, tuproqni zarur moddalar bilan to‘yintirish
hosildorlikning yanada yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari uchun hosildorlikning eng yuqori
darajada ortishi o‘rtacha 20 - 40 % ga yetishi mumkin.
Iqlimiy ssenariyalarga ko‘ra, yozgi haroratning o‘sishi uncha
katta emas, lekin qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda
noqulay hisoblangan o‘ta issiq kunlar soni ortishi mumkin.
O‘zgidrometga qarashli Gidrometeologiya ilmiy tekshirish
instituti olimi A.X.Abdullaevning (1997) ma’lumotlaridan
ma’lumki, maksimal havo haroratining 40°S yuqori bo‘lishi tropik
va
mo‘tadil
mintaqalarda
qishloq
xo‘jaligi
ekinlarini
yetishtirishda, ayniqsa, ularning gullash davrida noqulaylik keltirib
250
chiqaradi. Havo haroratining 25°C dan yuqori bo‘lishi karamga,
27-29°C dan yuqori bo‘lganda kartoshkaga, 35-40°C - pomidorga,
39-40°C dan yuqori bo‘lishi esa poliz va texnika ekinlariga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Havo haroratining 25°C dan yuqori bo‘lgan kunlar sonining 10-
30 kundan 50-70 kunlargacha ortishi karam hosildorligini 10-55 %
ga kamaytiradi. 35-40°C haroratli kunlar sonining 10 dan 50-80
kungacha ko‘payishi pomidor hosildorligini 10-50 % ga
kamaytiradi. Poliz ekinlari uchun havo haroratining 40°C dan
yuqori bo‘lgan kunlar sonining 5 dan 25 gacha ortishi,
hosildorlikni 9-42 % ga kamaytiradi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 30°C dan
yuqori harorat kuzatilgan kunlar sonining me’yorga nisbatan 15
dan 30 kungacha ortishi, paxta hosildorligini 9-22 % ga, qolgan
paxta yetishtiruvchi rayonlarda esa 0-8 % ga kamaytiradi.
O‘zbekistonda iqlimning mintaqaviy o‘zgarishi ekstremal ob-
havo hodisalar sonining ortishiga turtki bo‘ladi, ya’ni
qurg‘oqchilik davrlari va yozgi yuqori darajalarning ortib ketishi,
suv resurslarining shakllanish rejimi, yerlarning degradatsiyasi
(buzilish) holatlari bularga misoldir. (Iqlimning o‘zgarishi
to‘g‘risidagi BMTning Xadli Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Milliy axboroti, 1999).
Iqlim prognozlari shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada: viloyatlar
bo‘yicha farqli 2050-yilga kelib o‘rtacha bir yillik 1,9-2,4 ºC
darajaga oshadi, eng ko‘p isish darajasi qishgi va bahorgi
davrlarga to‘g‘ri keladi; yog‘ingarchilikning o‘rtacha bir yillik
soni 15-18 foizga ortadi, bu davr ko‘proq yoz paytiga to‘g‘ri
keladi; havo darajasining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarilishining yomonlashuvi va yanada xavfli
shart-sharoitlari
sababli
qishloq
xo‘jalik
ekinlarining
evapotranspiratsiyasi oshishi vujudga keladi; Orol dengizi
havzasida
prognoz
qilinayotgan
suv
yetishmovchiligini
bosqichma-bosqich o‘sishiga olib keladi. Shuningdek, quyidagilar
prognoz qilinmoqda: suvga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi
natijasida hamda Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan suvni
251
kafolatli olib qolinishi hajmining qisqarishi holatida suvning
taqchilligi 500 foizdan ortib ketib, 2005-yildagi 2 km³ dan 2050-
yilga kelib 11-13 km³ ga yetadi; natijada ayniqsa shimoliy
tumanlarda vegetatsiya davrining cho‘zilishi, bu o‘z navbatida
qishloq xo‘jalik ekinlarining yangittan ekilishi uchun imkoniyatlar
berishiga olib keladi (Iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi BMTning
Hadli Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
Ikkinchi Milliy axboroti, 2008).
Iqlimning o‘zgarishi – bu nafaqat istiqbolning, balki bugungi
kunning ham muammosidir. Zamonaviy dehqonchilik strategiyasi
mazkur stress holatlarining vujudga kelishini hisobga olishi kerak.
O‘zbekistonda tuproqdan oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitlarida tabiiy resurslarni muhofaza
qilish hamda oqilona foydalanishning umumiy muammolarida
alohida o‘rin tutadi. Tuproq resurslari maydoni va sifati jihatidan
chegaralangan. Ularning zamonaviy holati xavotirga soladi,
chunki oxirgi 30-50 yilda tuproq, gumus va oziqlanish elementlari
bilan birlashib ketgan, sho‘rlanishga, suv va shamol eroziyasiga
uchragan, og‘ir metallar, ftoridlar, agroximikatlar bilan
ifloslangan.
Respublikamiz hududlarining 76 foizi kenglik tuproq-iqlim
zonasi tizimidagi cho‘l mintaqasiga kiradi, ushbu mintaqada sur-
qo‘ng‘ir, taqir tuproqlar va taqirlar, qumli cho‘l tuproqlari,
sho‘rhoklar va gidromorf tuproqlar tarqalgan. Ushbu hududlarda
qurg‘oqchilik, cho‘llanish va sho‘rlanish xavfi ortib boradi, kuchli
issiq, qurg‘oqchilik va suv yetishmovchiligi kuzatiladi, natijada
ekin unumdorligi pasayib ketadi. Shuningdek, mamlakatimiz
hududlarining 23,4 foizini balandlik mintaqalari tashkil etadi va bu
yerda – och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar, karbonatli, tipik
va ishqorsizlangan tog‘ jigarrang, tog‘ qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir-o‘rmon,
och tusli qo‘ng‘ir, o‘tloqi-dasht tuproqlar, shuningdek balandlik
mintaqalarining gidromorf tuproqlari tarqalgan.
Mazkur zonada mevali ekinlar uchun sovuq urishi xavfi,
qurg‘oqchilik xavfining yuqoriligi, qor erishining tezligi va
o‘zgarishi davrining ortishi eroziya yoki sel urishi holatlariga olib
252
kelishi mumkin. Shu bois, bu mintaqada tuproq unumdorligini
oshirishga qaratilgan muhim vazifalardan biri tuproq eroziyasiga
qarshi kurashish muammolari hisoblanadi.
12.3. Tabiatni zaharli moddalar ta’sirida ifloslanishi
Iqlimning o‘zgarishi sharoitlarida keyingi yirik muammolardan
biri bu tuproqning sho‘rlanishi muammolari. 2012-yildagi holatiga
ko‘ra respublikaning sug‘oriladigan yerlari umumiy maydonidan
sho‘rlangan yerlari maydoni 49 foizni tashkil qiladi.
Mazkur muammoga duch kelgan eng katta maydonlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm,
Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridadir. Iqlimning o‘zgarishi
natijasida aeratsiya zonasida yer osti suvlarini jadal sarflanishi
kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida ikkilamchi sho‘rlanishning
rivojlanishiga olib keladi. Bir qator tumanlarda sho‘rlanish qiyin
sug‘oriladigan gipslashgan tuproqlarni shakllanishi barobarida
vujudga kelmoqda. Gipslashgan tuproqlarning umumiy maydoni
301,7 ming gektarni tashkil etadi, ular Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida
hamda Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.
Shunday ekan, iqlim o‘zgarishida yerdan foydalanishni
moslashtirish uchun ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish
bo‘yicha ishlarni olib borish, tuproqning degradatsiyasini
to‘xtatish imkonini beradigan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu borada, yerdan foydalanish va
uni muxofaza qilish samaradorligini oshirish, buzilgan yerlarni,
jumladan o‘tloqerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya qilish),
tuproqni eroziya va sho‘rlanishdan, cho‘llanish, ifloslanish,
dugumifikatsiya, zichlanish, tuproq unumdorligini hamda qishloq
xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan
boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilish bo‘yicha tezkor
choralarni ko‘rish lozim.
253
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, iqlim
o‘zgarishiga agrosferaning moslashuvi sharoitlarida tuproqshunos-
lik sohasini rivojlantirishda asosiy ustuvor masalalar quyidagilar
hisoblanadi:
- uning biologizatsiya sharoitlarida, iqlim o‘zgarishiga
dehqonchilikning moslashuvi sharoitlarida arid (quruq) yerga
ishlov berish jarayonlarini o‘rganish;
- sho‘rlanish, eroziya, degumifikatsiya, gipslanganligi, og‘ir
metallar
bilan
tuproqning
ifloslanishi,
ftoridlar
va
agroximikatlarga qarshi kurashishning nazariyasi asoslari hamda
samarador usullarini ishlab chiqish;
- tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz
sharoitlarida
uning
hayvonot
olamini
o‘rganish
va
maqbullashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish
biologik usullarini ishlab chiqish;
- tuproq resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilish
sohasida yangi agrotexnologiyalar, biotexnologiyalarni, GIS
texnologiyalarni yanada rivojlantirish va keng joriy etish;
- o‘g‘itlar va tashqi muhit faktorlari samaradorligi o‘rtasidagi
o‘zaro harakatni o‘rganish. Har bir o‘simlikning aniq navi
oziqlanishini
o‘rganish.
Dehqonchilik
tizimining
yangi
moslashuviga qo‘llash mumkin bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan
foydalanishning yangi tizimini ishlab chiqish;
- dehqonchilikning moslashuvchan-landshaft, ekologik xavfsiz
tizimini ishlab chiqish. Almashlab ekishning ilmiy-asoslangan
sxemasini joriy etish, qishloq xo‘jalik ekinlarini navbatlab ekish
va joylashtirish. Suvni tejash texnologiyalaridan foydalanish:
- tuproqlar va agrolandshaftlardagi uglerod balansini,
haydaladigan tuproqlardagi uglerodni depozitlashtirishni va
emissiyasini, agrotsenozlarni unumdorlikka ta’sirini hamda
mazkur jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini o‘rganish;
- o‘rmon resurslarini (tog‘, cho‘l, to‘qay) saqlash va ulardan
samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish,
tuproqni erroziya, sho‘rlanishdan, iqlim o‘zgarishining salbiy
254
oqibatlaridan himoya qilish maqsadida o‘rmon melioratsiyasini
olib borish;
- Orol dengizi va unga tegishli maydonlarning qurigan tubidan
foydalanish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish;
- iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro
hamkorlik olib borish, mazkur global muammoni hal etishda
kelishilib olingan qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish;
- agrosferaga, shuningdek, mintaqaning tuproq qatlamiga iqlim
o‘zgarishining ta’siri bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini olib
borish. Axborotni yig‘ish va tarqatish, u bilan almashish tizimini
rivojlantirish, arid mintaqa hududlari uchun ekologik toza,
resurslarni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha yagona ma’lumotlar
bazasini yaratish.
Oxirgi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z
qonunchilik hujjatlariga va siyosiy qarorlarni qabul qilish
jarayoniga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritishga harakat
qilmoqdalar. Tabiiyki, barcha mamlakatlar uchun birday bo‘lgan
namunaning o‘zi yo‘q. Biroq tabiiy muhit va atrof-muhitdan
foydalanish masalalarida aholi, ehtiyojlar va texnologiyalar
muhim ahamiyat kasb etishi umumiy jihatdan tan olingan.
Xususan, bir hududda ko‘p energiya va xom ashyo sarflovchi,
samaradorligi past va tabiatni ifloslovchi canoat texnologiyalari
asosiy muammolarni keltirib chiqarsalar, boshqasida esa atrof-
muhit va insonlarning salomatligiga zarar keltiruvchi iste’mol
odatlaridan voz kechish mashaqqatlari bunga sabab bo‘ladi;
uchinchi bir turdagi mamlakatlarni esa aholining haddan ziyod
ko‘payib ketishi va qashshoqlik muammolari bezovta qiladi.
Iqtisodiyotlari uzoq muddat umumittifoq xalq xo‘jaligi
majmuasining bir qismi bo‘lgan va Markazga haddan ziyod qaram
bo‘lgan Markaziy Osiyoning bu mustaqil davlatlari uchun
barqaror taraqqiyotning zarurligi kun kabi ravshan edi. Darhol
foyda olishni o‘ylagan, xilma-xillikni ham, tabiat hamda hududlar
rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni ham hisobga olmagan Covet
davlatidagi rejali iqtisodiyotning avtoritar tamoyillari Markaziy
255
Osiyodagi aksariyat hududlarda ekologik tanazzulning kelib
chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi.
30
Yagona ma’naviy-tarixiy, iqtisodiy va ekologik asosga ega
bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy suv havzalari
orqali o‘zaro chambarchas bog‘langan birhududida joylashganli-
gidan esa ekologiya tizimi tartibining xatolariga juda ta’sirchan
hisoblanadi. Shu tarzda sobiq Ittifoqda Markazqo‘m rahbarligi
ostida O‘zbekistonda faqat paxta yakkahokimligi o‘rnatilgan va
o‘lkada faqat paxta ekilgan. Buning oqibatida esa qudratli, lekin
o‘ta isrofgar irrigatsiya va sug‘orish tizimi vujudga kelgan. Paxta
dalalaridagi suvdan foydalanishning samarasi esa juda pastligicha
qolavergan. Buning barobarida, hududning ekologik holati,
mahalliy olimlar, mutaxassislarning fikri, aholining ming yillik
an’analari ham hisobga olinmagan.
Hududning, jumladan, O‘zbekistonning suv-yer, mehnat va
boshqa resurslaridan nooqilona foydalanish natijasida o‘nlab
million aholining hayot tarzi va salomatligiga putur yetkazgan,
butun jamoatchilikni larzaga solgan Orol inqirozi yuzaga kelgan.
1965-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan muddatda Orol dengizi
havzasidagi sug‘oriladigan hududlar hajmi ikki barobardan
ko‘proqqa oshgan va bunda hududning tabiati emas, balki keng
paxtazorlarning ehtiyojini qondirishga asosiy e’tibor qaratilgan.
G‘oya esa oddiy - sobiq SSSR ning ulkan harbiy va to‘qimachilik
sanoati sohasining ehtiyojlari uchun imkon qadar ko‘p, arzon
paxta ishlab chiqarish edi.
Pirovardida esa Orol dengizi, uning havzasi ekologiya tizimiga
mo‘ljallangan suvni to‘sish va boshqa taraflarga burish fojiali
oqibatlarga olib keldi. XX asrning 60-yillaridan boshlab Orol
dengizining qirg‘oqlari 120–150 km ga chekinib, ortidan 5 mln.
gektardan ortiq dengiz tubi ochildi va bundan u 80% dan ko‘proq
suv hajmi va 60% hududidan mahrum bo‘ldi. Endi esa bu
“Orolqum” dan yuzlab million tonna tuzlar, qum va zaharli
30
Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari. Oliy o’quv yurtlarining barcha ta’lim
yo’nalishlari uchun darslik A. Ergashev [va boshq.] - Toshkent: Baktria press, 2016. - 296 b.
256
qoldiqlar shamollar orqali sayyoramizning havo qatlamiga sochilib
bormoqda.
Yangi
yerlarni
o‘zlashtirish
barobarida,
hududning
transchegaraviy daryolarining butun sohasi bo‘ylab yoyilgan,
yuzlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining yagona yashash,
ko‘payish yerlari bo‘lgan to‘qay, o‘rmonlar va boshqa yashil
o‘simliklar maydoni keskin kamayib ketdi. Endi esa ular butkul
yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki ularning lotin tilidagi nomlari
Qizil kitobning zarvaraqlarini to‘ldirishdan boshqaga yaramay
qolmoqda. Jiddiy olib qaraydigan bo‘lsak, bu yo‘qotishlarning
biotsenoz va evolyusiya uchun oqibatini tasavvur qilish juda ham
qiyin. Ularning hudud uchun ekologiya va iqtisodiy jihatdan
hozirgi kunda taxminan ham hisoblashning imkoni yo‘q,
ahamiyatini esa gapirmasa ham bo‘ladi.
1960-yillar oxiridan boshlab Orol dengizining qurib qolgan tubi
faol deflyatsiya – tuzli qum ko‘chishining asosiy kengayib
boruvchi o‘chog‘i sifatida belgilandi. Bu yerda 3,5 mln. gektar
maydonda yuqori metr qatlamida mavjud tuz qatlami 1,5 mlrd.
tonna atrofida baholanadi. Orol dengizi qurib qolishining salbiy
oqibatlari nafaqat tutash zonada iqlim ko‘rsatkichlari o‘zgarishi
bilan mintaqa hududining cho‘llanish maydonini yiriklashtirib
boradigan ko‘chma qumlar bilan dengiz tubining to‘lishida, balki
dengizning quriyotgan tubidan xo‘jalik faoliyati zonasiga tuzli
qum ko‘chishining kuchayishida namoyon bo‘ladi
31
.
1995-yil 18–20-sentyabr kunlari o‘tkazilgan “Orol dengizi
havzasini barqaror rivojlantirish” bo‘yicha BMT konferensiyasi
davomida beshta Markaziy Osiyo mamlakatining Prezidentlari
tomonidan ilk bor tarixiy Nukus Deklaratsiyasi imzolandi va unga
binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va “XXI asr uchun
kun tartibi” ga qat’iy tarzda tarafdor ekanliklari o‘z tasdig‘ini
topdi.
31
Gafurova L.A., Abduraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar
degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. 2012.- 218 b.
257
12.4. Iqtisodiy yumshatish siyosati
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik
muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini himoyalash
masalalariga e’tibor yanada kuchayib, mazkur sohalarda ijobiy
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Ayniqsa, mintaqadagi global ekologik muammo hisoblangan
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning ekologik holatini
sog‘lomlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini
ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, Orol dengizi
fojiasi natijasida suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi,
cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi
va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari tobora chuqurlashib
borayotgani nafaqat mintaqamizdagi, balki dunyodagi ekologiya
va atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan har bir insonda
jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va
qarorlari hamda hukumatning qarorlari mazkur ekologik
muammoni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda istiqboldagi
maqsadlar qatorida ekosferadagi ustuvor vazifalar ham tilga olindi.
Orolbo‘yi borasida ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlarning
davomi bo‘ladigan qator loyihalar rejalashtirilgan. Bu Orol
dengizining qurigan tubida o‘rmonlar hosil qilishga ham,
shuningdek, ekologik ofat hududidagi vaziyatni yaxshilashga ham
tegishlidir. Bundan tashqari, “yashil belbog‘” yaratish tashabbusi
ham tilga olindi. Ular Nukus, Urganch va Xivani qamrab oladi.
Orol dengizi sobiq noyob, go‘zal va dunyodagi eng yirik yopiq
suv havzalaridan biri edi. Deyarli bir avlod umri davomida yo‘q
bo‘lib ketish yoqasida kelib qoldi, misli ko‘rilmagan falokat va
258
shu yerda yashovchi aholi hayotiga, ekotizim hamda bioxilma-
xillikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazdi. Insonning axloqni va
vijdonni yo‘qotishi, xo‘jasizlik — ekologik fojianing bosh
sababidir.
Yer yuzidagi ekologik inqirozlar asosini nafaqat milliy
taraqqiyot darajasi va yo‘li yoki jamiyat mafkurasi emas, balki eng
avvalo, tabiat oldida yetarli darajada mas’uliyatni his etmaslik
tashkil etadi. Yovuzlikning ildizi shundaki, atrof-muhit
odamlarning umumiy mulki deb e’lon qilindi, ya’ni u mulkning
jamoaviy turi hisoblandi.
26-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
(ming gektar hisobida)
32
.
Ammo, tabiat insoniyatdan o‘ch ola boshlaganda ekologiyani
asrab-avaylash haqida eslab qoladi. Orol dengizining halokatiga
nima sabab bo‘ldi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bor:
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va sanoatlashtirish ekologik
inqirozga olib kelgan asosiy ta’sir omillaridir. O‘z o‘zidan ayonki,
mazkur rivojlantirish 1930-1980-yillarda amalga oshirilgan,
Markaziy Osiyo respublikalari rahbariyati Amudaryo va
32
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy-veb sayti ma’lumotlari.
259
Sirdaryodan suv olib qo‘yilsa, Orol dengizi qurib qolishini
tushungan va bilgan, albatta. Lekin ikki daryodan ulkan
miqdordagi suvni olish 1990-yillarga qadar davom etgan, hatto.
Antropogen omillar tabiiy faktorlar bilan birgalikda (iqlimning
quruq (arid)ligi — yuqori havo harorati, kuchli bug‘lanish va kam
yog‘ingarchiliklarning qo‘shilib kelishi) Orol dengizining o‘limiga
olib keldi. Amudaryo va Sirdaryodan dengizga suv qancha kam
quyilsa, u shuncha sayozlashib boraverdi, undagi bor suv ham juda
tez isib, bug‘lanish osonlashdi, bu esa uning qurishini tezlashtirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi muhofaza qilina-
digan tabiiy hududlarga ajratilgan yer maydoni umumiy maydoni
yildan-yilga ortib bormoqda.
27-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha aholi
uylarining ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi
(jami uylarga
nisbatan foizda)
33
.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi
bilan ta’minlanish holatiga ahamiyat qaratadigan bo‘lsak, 2010-
yilda 69,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil yakunlariga ko‘ra
52,9 foizni tashkil etgan holda, 2010-yilga nisbatan 16,7 foizga
33
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy-veb sayti ma’lumotlari.
260
kamaygan. Aytish joizki, ushbu yer maydonining ortishiga asosiy
sabab Orol dengiz qurishi natijasida dengiz sathining
qurg‘oqlashishi oqibatida sodir bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” gi
qaroriga muvofiq Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga,
Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish
bo‘yicha investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali ro‘yobga
chiqarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga
oshirish maqsadida belgilab olindi:
yangi ish joylarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash,
shuningdek, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash
borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
28-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon
boshiga umumiy daromadlarning o‘tgan yilga nisbatan real
o‘sish sur’ati
(% da)
34
.
suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholining toza
ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini oshirish, kanalizatsiya,
34
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasi rasmiy-veb sayti ma’lumotlari.
261
sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish tizimlarini
yaxshilash;
mintaqada sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish
va aholi genofondini asrash tadbirlarini amalga oshirish;
mintaqada yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini
yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni
davom ettirish, ko‘p kvartirali uylarda uy ichi muhandislik
kommunikatsiyalari va umumfoydalanadigan joylarni ta’mirlash,
shuningdek, bolalar va sport maydonchalarini barpo etgan holda
uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish;
mintaqa aholi punktlarining transport, muhandislik va
kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sug‘orish va tashqi
yoritish tarmoqlarini takomillashtirish, Nukus va Urganch
shaharlarining zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni
joriy etgan holda issiqlik ta’minoti tizimlarini yaxshilash
35
.
29-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasining yalpi hududiy
mahsulot hajmining o‘sish sur’atlari
(o‘tgan yilga nisbatan
foizda)
36
.
35
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Orolbo’yi mintaqasini
rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida” gi qarori. Toshkent sh., 2017-yil 18-yanvar, PQ-2731-
son.
36
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy-veb sayti ma’lumotlari.
262
Statistik ma’lumotlarga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasining yalpi hududiy ishlab chiqarishdagi yaratilgan
mahsulot hajmining tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
2010-yilda 113,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil
yakunlariga ko‘ra 106,8 foizni tashkil etgan holda, 2010-yilga
nisbatan 6,6 foizgacha kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023 yillarda
Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga ko‘ra
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy,
shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan
samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya,
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash,
iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi
bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish vazifalari
belgilab olindi
37
.
Mamlakatimiz rahbari 2017-yil fevral oyida 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
Hujjatda global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizining qurishi
salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar
ko‘rishning ahamiyati qayd etilgan. Shu maqsadda Prezident
2017-yil
18-yanvarda
“2017-2021-yillarda
Orolbo‘yi
mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorni
imzoladi. Unda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholining
toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini oshirish,
kanalizatsiya, sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish
tizimlarini yaxshilash; mintaqada yashovchi aholining uy-joy
sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishni davom ettirish; mintaqa aholi punktlarida transport,
37
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpog’iston
Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi
Qarori. Toshkent sh., 2020-yil 11-noyabr, PQ-4889-son.
263
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish,
sug‘orish tarmog‘ini takomillashtirish va zamonaviy energiya
tejaydigan texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.
2018-yilning noyabr oyida BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-
kvartirasida «Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda
strategiyalar kompleksi yo‘nalishida mintaqaviy va xalqaro
hamkorlikka ko‘maklashish» yuqori darajadagi maxsus tadbiri
bo‘lib o‘tdi va unda BMT Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson
xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast
fondi (KTShATF) faoliyati rasman yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz 2018-yil 27-noyabrda Toshkentda BMTning
sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi va u O‘zbekiston
rahbarining Orolbo‘yi mintaqasi uchun KTShATFni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi
Xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish borasidagi
tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Prezident
Shavkat
Mirziyoev
bilan
Toshkentdagi
uchrashuvda biz keng ko‘lamli masalalar bilan bir qatorda,
jumladan, Orol dengizidagi tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish
uchun xalqaro donorlar hamjamiyatining sa’y-harakatlari va
resurslarini jalb qilishni ham muhokama qildik, - dedi janob Pan
Gi Mun.
2018-yilning dekabr oyida Prezident Mo‘ynoqqa tashrif
buyurdi va vaziyatni yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashrif natijasida
Vazirlar
Mahkamasining
2019-yil
16-yanvarda
“Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
Mo‘ynoq
tumanini
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida Orol
dengizining qurib qolgan tubiga himoya o‘rmon o‘simliklarini
ekishni tezlashtirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi. 2018-
yilning dekabr oyida 2019-yil oxiriga qadar 1 milliondan ziyod
gektar maydonni qamrab olish maqsadidagi ishlar boshladi.
264
2019-yilning 1-apreliga qadar jami o‘rmon ekish ishlari
rejalashtirilgan 500 ming gektar maydondan 451,6 gektariga
o‘simliklar ekildi. Bu chora-tadbirlar o‘simliklar bioxilma-
xilligini tiklash va chorvachilik uchun bazani rivojlantirish
hamda yo‘qolib borayotgan noyob faunani saqlab qolish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini bermoqda. Shuningdek,
Tiklanish orolidagi sobiq dala tadqiqotlari biolaboratoriyasi
binolarini buzib tashlash va u yerda kelgusida “yashil
ko‘kalamzor” barpo etish loyihasi ham tayyorlangan.
Joriy yilning yanvar oyida yashil maydonlarni ekish qayta
tiklandi. Tadbirda mamlakatimizning yosh avlodi va Qoraqalpoq
davlat universiteti talabalari ishtirok etdi. Favqulodda vaziyatlar
vaziri Tursinxon Xudoybergenov Yoshlar jamoalari bilan
uchrashdi, shaxsiy namuna qursatib, mehmonlarni ko‘chat
o‘tqazishda ishtirok etishga taklif qildi. Albatta, yoshlar
O‘zbekistonda
amalga
oshirilayotgan
keng
ko‘lamli
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga o‘z hissasini
qo‘shishmoqda.
Bundan tashqari, 2018-yilning avgust oyida Orol dengizini
qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sis etuvchi davlatlar
rahbarlarining so‘nggi o‘n yil ichidagi ilk sammiti bo‘lib o‘tdi va
bu Orol dengizi muammolarini hal etishga yangi turtki berdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev agar ular hayotga tatbiq
etilsa, mintaqadagi ekologik noqulay vaziyatni tubdan
yaxshilovchi qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Birinchi tashabbus
– Orolbo‘yi mintaqasini ekologik
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilish. Uning
salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida nafaqat inqirozga
e’tiborni qaratish, balki uni bartaraf etish va mintaqani yanada
rivojlantirishning amaliy mexanizmini yaratish muhim
ahamiyatga ega. Ko‘pgina omillar, shuningdek, iqtisodiy o‘sish
bilan birgalikda ekotizim barqarorligini bog‘lash amaliyotini
o‘zgartirish vaqti kelganini ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz 2018-
yil 16-oktyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
265
huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish
to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Ikkinchi tashabbus
– cho‘l va yem-xashak o‘simliklarining
ko‘chatlarini yetishtirishni ilgari surish. Qayd etilishicha, agar bu
boradagi ishlar to‘g‘ri muvofiqlashtirilsa, 10-12-yil ichida
dengizning butun qurigan tubini o‘rmon o‘simliklari bilan
qoplash mumkin. Orol dengizi va Janubiy Orolbo‘yi hududlarida
hali ko‘chma qum tepaliklarini to‘xtatish uchun o‘simliklar eksa
bo‘ladigan ikki million gektarga yaqin maydon mavjud.
Uchinchi tashabbus
– Orolbo‘yi mintaqasida transchegaraviy
himoyalangan hududlarni yaratish. Prezidentimiz mintaqaning
noyob faunasini saqlab qolish uchun mintaqaga keng
yondashuvni topishni taklif etdi. Bugungi kunda sakkizta
qo‘riqxona, ikkita milliy tabiat bog‘i, bitta Quyi Amudaryo
davlat biosfera rezervati, “Jayron” noyob hayvon turlarini
ko‘paytirish milliy markazi mavjud va yettita tabiiy yodgorlik
O‘zbekistonda huquqiy maqomga ega. “Markaziy Qizilqum”
milliy bog‘ini, “Orol dengizi mintaqasi qo‘riqxonalari” tabiat
kompleksini
va
“Quljuqtov”
qo‘riqxonasini
yaratish
rejalashtirilmoqda,
To‘rtinchi tashabbus
– suvni muhofaza qilish va undan
oqilona foydalanish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik darajasini
tubdan oshirish. Shu maqsadda davlatimiz rahbari Markaziy
Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha
Mintaqaviy dastur qabul qilishni taklif etdi.
2019-yil 21-avgustda Nukusda Prezidentimiz raisligida
uchrashuv o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘istonni yanada
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi.
Birinchidan - sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va
kichik ishlab chiqarishni tashkil etish. Ikkinchidan -
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Uchinchidan - qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni keng
joriy etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, hosildorlikni
oshirish va mahsulot turlarini kengaytirish.
266
21-jadval
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining
o‘sish nuqtalari («drayver» sohalari)
T/r Shahar
va tuman
nomi
O‘sish
nuqtalari
Biriktirilgan vazirlik
va idora
rahbarlari
Biriktirilgan
tijorat banklari
1.
Nukus
shahri
Qurilish
materiallari
sanoati, oziq-
ovqat sanoati
J. Ortiqxo‘jaev —
Toshkent shahar
hokimi,
B. Zokirov — qurilish
vaziri
«Asaka» ATB
2.
Amudary
o tumani
To‘qimachilik
sanoati,
bog‘dorchilik
A. Xaitov — Fermerlar
kengashi raisi, I.
Xaydarov —
«O‘zto‘qimachiliksano
at» uyushmasi raisi
«Agrobank» ATB
3.
Beruniy
tumani
Qurilish
materiallari
sanoati,
chorvachilik
M. Azimov — Davlat
bojxona qo‘mitasi raisi
«Qishloqqurilishba
nk» ATB
4.
Bo‘zatov
tumani
Chorvachilik,
issiqxonalar
tashkil qilish
B. Norqobilov —
Veterinariya va
chorvachilikni
rivojlantirish davlat
qo‘mitasi raisi
AT «Xalq banki»
5.
Kegeyli
tumani
Meva-
sabzavotchilik,
qog‘oz ishlab
chiqarish
T. Ishmetov — moliya
vaziri
«Asaka» ATB
6.
Qonliko‘l
tumani
Ipakchilik,
chorvachilik
M. Abdullaev —
«O‘zbekneftgaz» AJ
boshqaruvi raisi
«Ipoteka-bank»
ATB
7.
Qorao‘za
k tumani
Qurilish
materiallari
sanoati,
chorvachilik
lavozimi bo‘yicha
—
«O‘zsanoatqurilishmate
riallari» uyushmasi
raisi
AT «Aloqabank»
8.
Qo‘ng‘iro
t tumani
Neft-kimyo
sanoati,
chorvachilik
J. Mirzamaxmudov —
«O‘zkimyosanoat» AJ
boshqaruvi raisi
«O‘zsanoatqurilish
bank» ATB
9.
Mo‘ynoq
tumani
Baliqchilik,
chorvachilik
N. Yo‘ldoshev — Bosh
prokuror
«Ipoteka-bank»
ATB
267
10.
Nukus
tumani
Issiqxonalar
tashkil
qilish, meva-
sabzavotchilik,
baliqchilik
J. Xodjaev — qishloq
xo‘jaligi vaziri
«O‘zmilliybank»
AJ
11.
Taxiatosh
tumani
Oziq-ovqat
sanoati,
issiqxonalar
tashkil qilish
A. Voitov —
investitsiyalar va tashqi
savdo vazirining
birinchi o‘rinbosari
«O‘zsanoatqurilish
bank» ATB
12.
Taxtako‘
pir
tumani
Chorvachilik,
baliqchilik
A. Ortiqov — iqtisodiy
taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish vazirining
birinchi o‘rinbosari
«Agrobank» ATB
13.
To‘rtko‘l
tumani
Shisha va
oyna ishlab
chiqarish,
issiqxonalar
tashkil qilish
X. Xasilov —
«O‘zbekiston temir
yo‘llari» AJ boshqaruvi
raisi
«O‘zmilliybank»
AJ
14.
Xo‘jayli
tumani
Chorvachilik,
meva-
sabzavotchilik
Sh. Qudbiev — Davlat
soliq qo‘mitasi raisi
«Mikrokreditbank»
ATB
15.
Chimboy
tumani
Don
mahsulotlarini
qayta ishlash,
chorvachilik
N. Xusanov — bandlik
va mehnat
munosabatlari vaziri
«Mikrokreditbank»
ATB
16.
Shumana
y tumani
To‘qimachilik
sanoati,
kunjutni qayta
ishlash
A. Sultonov —
energetika vaziri
«Turonbank» ATB
17.
Ellikqal’a
tumani
Issiqxonalar
tashkil qilish,
turizm
A. Ikromov — Savdo-
sanoat palatasi raisi
AT «Xalq banki»
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda
Qoraqalpog‘iston respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 1- noyabr. https://lex.uz/docs/5100705
To‘rtinchidan, aholi uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish va
zamonaviy infratuzilmani yaratish. Beshinchidan - Orolbo‘yi
mintaqasi aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar qabul qilish.
268
Chuqur o‘ylangan, manzilli va to‘g‘ri moliyalashtirilgan
loyihalarni amalga oshirish orqali Orol inqirozining Orolbo‘yi
mintaqasida yashovchi millionlab odamlar hayotiga, atrof-muhitga
halokatli ta’sirini kamaytirish - bugungi kunning eng muhim
vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabr
kuni qabul qilingan “2020–2023-yillarda Qoraqalpog‘iston
Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori juda katta ahamiyatga ega tarixiy
hujjat bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya
salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-
kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini
yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu
asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish
maqsadida 2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini
kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlari belgilab berildi.
Orolbo‘yi
mintaqasidagi
ekologik
falokat
oqibatida
Qoraqalpog‘iston inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan gumanitar
muammolarga
duch
kelmoqda.
Orolbo‘yi
mintaqasida
kuzatilayotgan inqirozning halokatli ta’sirini kamaytirish
maqsadida O‘zbekiston hukumati, BMT agentliklari, ikki va ko‘p
tomonlama donorlar va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar bu
sohada habardorlikni oshirishga, mintaqada insonlarga, atrof-
muhitga va iqtisodiy hayotga salbiy ta’sirlarni kamaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Mazkur
chora-tadbirlar doirasida, 2012-yilda BMTning inson havfsizligi
bo‘yicha maqsadli fondi Qoraqalpog‘istonda aholi turmush tarzini
yaxshilash, jamiyat rivojini jadallashtirish, salomatlik va atrof-
muhitga bo‘lgan xatarlarni kamaytirishga qaratilgan BMTning ilk
keng qamrovli va integratsiyalashgan “Orol fojiasidan zarar
ko‘rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” qo‘shma dasturini
qo‘llab-quvvatladi.
269
21-jadval
2020 – 2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari dinamikasi
T/r
Tuman va shahar
nomi / tarmoq
yo‘nalishi
Loyiha
soni
(birlik)
Loyihalarning
umumiy
qiymati
(mln so‘m)
shu jumladan, moliyalashtirish manbalari:
Ish o‘rni
(birlik)
Tashabbuskorlar
mablag‘lari
(mln so‘m)
bank
krediti
(mln so‘m)
Xorijiy
kredit
(ming doll.)
Xorijiy
investi-siya
(ming doll.)
Jami
1 359
12 292 722
3 937 027
1 007 283
189 223
522 832
17 572
Hududlar kesimida
1. Nukus shahri
181
882 624
537 087
131 810
13 248
7 462
1 639
2. Amudaryo tumani
77
457 460
141 171
13 810
17 810
11 500
2 616
3. Beruniy tumani
87
1 761 472
379 112
54 963
7 924
120 700
1 333
4. Bo‘zatov tumani
68
85 610
34 755
39 910
961
100
564
5. Qonliko‘l tumani
60
227 000
144 680
19 781
4 560
1 500
867
6. Qorao‘zak tumani
59
726 832
286 386
37 664
39 029
-
1 134
7. Kegeyli tumani
89
347 712
99 648
33 302
3 810
17 000
833
8. Qo‘ng‘irot tumani
90
4 932 426
1 356 562
191 420
7 230
320 720
1 737
9. Mo‘ynoq tumani
73
226 353
80 156
85 265
5 804
100
566
10. Nukus tumani
84
399 234
155 784
116 824
11 170
1 100
936
11. Taxiatosh tumani
58
652 191
220 291
44 330
37 055
500
614
12. Taxtako‘pir tumani
54
73 901
27 027
17 049
2 790
100
359
13. To‘rtko‘l tumani
84
652 238
157 007
54 185
12 587
30 150
1 198
14. Xo‘jayli tumani
99
259 146
104 203
62 579
1 550
7 400
721
15. Chimboy tumani
54
216 485
53 691
13 360
11 980
2 500
631
16. Shumanay tumani
72
149 353
82 447
10 146
3 500
2 000
922
17. Ellikqal’a tumani
70
242 685
77 021
80 885
8 215
902
Tarmoqlar kesimida
1. Sanoat
374
9 298 864
2 424 057
338 170
119 063
514 332
7 777
2. Qishloq xo‘jaligi
440
1 610 738
547 172
387 164
59 543
6 000
6 225
3. Xizmat ko‘rsatish
545
1 383 120
965 798
281 949
10 618
2 500
3 570
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston respublikasini kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 11-noyabr. https://lex.uz/docs/5100705
270
Dasturda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf
etish va Qoraqalpog‘istonning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi
aholining barqarorligini mustahkamlashda ko‘p o‘lchovli
yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi.
38
BMTning ilk qo‘shma dasturidan olingan tajriba va saboqlarga
tayanib, BMTning O‘zbekistondagi beshta agentligi, shu
jumladan, BMTTD, YuNESKO, YuNISEF, YuNFPA va BMT
ko‘ngillilari birgalikda “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson
xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol
fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini
mustahkamlash» bo‘yicha dasturning ikkinchi bosqichini hukumat
bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqda. Mazkur dastur
Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni bartaraf etish va
mintaqadagi zarar ko‘rgan hududlarda yashovchi aholi turmush
darajasini yaxshilashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Hukumati
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan.
Qo‘shma dastur o‘z faoliyatini
BMT agentliklari, O‘zbekiston hukumati, Shveytsariyaning
rivojlanish va hamkorlik agentligi va BMTning inson havfsizligi
bo‘yicha maqsadli fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshirib
kelmoqda.
Qo‘shma dastur inson xavfsizligiga dahldor bo‘lgan o‘zaro
bog‘liq xavflarni kamaytirishga va Orol dengizi fojiasi oqibatida
zarar
ko‘rgan
aholining
barqarorligini
kuchaytirishga
yo‘naltirilgan.
Bunda integratsiyalashgan va ko‘p bosqichli yondashuv
qo‘llanilib, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha
ko‘psheriklik trast fondi joriy qilindi.
BMTning qo‘shma dasturi, Orol fojiasi natijasida zarar ko‘rgan
shaxslar va jamoalar yuz tutishi mumkin bo‘lgan, inson xavfsizligi
bo‘yicha muammolarni hal etishda samarali bo‘lgan inson
xavfsizligi konsepsiyasini birlashtiradi. Qo‘shma dastur tarkibiy
38
Orolbo’yi mintaqasida qishloq joylarini barqaror rivojlantirishda aholining
imkoniyatlarini kengaytirish (Qoraqalpog’iston). 2019-yil, yanvar.
271
jixatdan o‘ziga xos bo‘lgan, mavjud mahalliy aktivlar va
resurslarga tayanuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali
manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini oshirishga mo‘ljallan-
gan.
Orolbo‘yi mintaqasidagi falokatdan zarar ko‘rgan aholining
inson xavfsizligiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishning muhim
omillaridan
biri,
bu
asosiy
xizmatlardan
foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish hamda qo‘shimcha daromad olish
imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishdan iboratdir. 2012-yildan buyon, qishloq joylardagi
infratuzilmani rivojlantirish va daromadlarni oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar natijasida quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:
57 ta aholi punktida istiqomat qiluvchi 55 mingdan ortiq
qishloq aholisi (49,5% ayollar) ning turmush darajasini ko‘tarish
maqsadida, ichimlik suvi, elektr energiyasi va sog‘liqni saqlash,
boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim sohalari kabi asosiy
xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan 50 ta kichik infratuzilmaviy
loyihalar amalga oshirildi;
200 ta inklyuziv biznes-loyihalar va ko‘rgazma
uchastkalari
yaratilishi
qo‘llab-quvvatlanib,
asalarichilik,
tikuvchilik va hunarmandchilik, oziq-ovqat va sutni qayta ishlash,
non mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalarni o‘z ichiga
olgan sohalarda 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari (46% ayollar)
yaratildi. Shimoliy tumanlarda yashovchi aholi, mazkur maqsadli
loyihalardan bevosita yoki bilvosita manfaatdordirlar;
sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining salohiyatini
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilib,
mahalliy aholi o‘rtasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha
xabardarolikni oshirish darajasi yaxshilandi. Shifokorlar,
hamshiralar va boshqa shu soha mutaxassislari ayollar reproduktiv
salomatligi, oilani rejalashtirish va sil kasalligi bilan og‘rigan
insonlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lish va ularni
kamsitilishi bo‘yicha huquqiy muammolarni hal qilish bo‘yicha
salohiyatlarini oshirdilar. Jamoatchi ko‘ngillilari sil kasalligiga
272
qarshi tadbirlar tashkillashtirish va mahalliy aholi o‘rtasida
kasallik haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbirlar beshta tumanda joylashgan
32 000 xonadonda yashovchi 128 ming aholini o‘z ichiga qamrab
oldi. Shu bilan birga, mahalliy aholi vakillaridan qo‘shimcha 1000
nafar ko‘ngillilar (95,3% ayollar) nafas olish, yurak-qon tomir va
oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi chora-tadbirlarni tashkil
etish, xususan, ona va bolaning salomatligini yaxshilash bo‘yicha
ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbirda, Qoraqalpog‘istonning
uchta tumanida istiqomat qiluvchi 9 000 dan ortiq aholi vakillari
qamrab
olindi;
Qoraqalpog‘istonga investitsiya kiritish bo‘yicha Qo‘llanma
chop etilib, keng omma e’tiboriga taqdim etildi va mintaqada
investitsiya kiritish imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Dastur va uning natijalari, turli hildagi BMT agentliklari,
hukumat organlari, xalqaro tashkilotlar va boshqa manfaatdor
tashkilotlarning Orolbo‘yi mintaqasi inqirozining oqibatlarini
yumshatish bo‘yicha turli vositalarni izlash, ishlab chiqish va amalga
oshirishga qaratilgan sayi-harakatlarining samarasidir.
Hukumat organlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar va
BMTning qo‘shma dasturi Orol inqirozining salbiy oqibatlaridan
zarar ko‘rgan mahalliy aholiing holatini bir muncha yaxshilagan
bo‘lsada, ammo bu ofatning ko‘lami hamon jiddiy bo‘lib qolmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Hukumatining tashabbusi bilan “Orolbo‘yi
mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast
jamg‘armasi” innovatsion yondashuvlarni ta’minlash va insonlarga
doimiy e’tiborni jalb qilish hamda harakatlarni yanada
muvofiqlashtirish va hamjihatlikni oshirish maqsadida tashkil
etilgan.
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha
ko‘psheriklik trast jamg‘armasi dunyo miqyosida inson tomonidan
yuzaga kelgan eng yirik ekologik ofatlardan birining oqibatlarini
bartaraf etish uchun ko‘p tarmoqli va inson manfaatlariga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va mustahkamlash
maq
sadini o‘z ichiga oluvchi, va shu bilan birga moslanuvchan,
273
dalil va inson huquqlariga asoslangan jamg‘arma bo‘lishni maqsad
qilib qo‘ygan. Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi
bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi barqaror natijalarga
erishish maqsadida, yordam oqimlarini muvofiqlashtirish va
davlatning salohiyatini oshirishga qaratilgan izchil strategiya bilan
ta’minlaydi.
Natijalarning ustuvorligi, rivojlantirish bo‘yicha hamkorlarning
hamkorligi va ko‘rsatilyotgan ko‘makning shaffofligi bo‘yicha
faol hamkorlik bo‘yicha Pusan hamkorlik dasturi tamoyillariga
muvofiq, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha
ko‘psheriklik trast jamg‘armasining vazifasi rivojlanish chora-
tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasiga ijobiy hissa qo‘shishdan
iboratdir.
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha
ko‘psheriklik trast jamg‘armasining boshqaruv tizimi samarali va
mahsuldor qaror qabul qilish va monitoring tizimini yaratishga
ko‘mak berib, bu o‘z navbatida tartibli taqsimlash jarayonlari va
javobgarlikning aniq talablarini ta’minlab berdi. Boshqaruv
tizimlari inklyuzivlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillari asosida
yaratilgan bo‘lib, ular dunyo bo‘ylab o‘z ahamiyatini isbotladilar.
2020-yil 1-dekabr kuni BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun
Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psherikli trast jamg‘armasi
(IXKShTJ)
Maslahat
qo‘mitasining
birinchi
yig‘ilishi
videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xorijiy davlatlar,
shuningdek ularning O‘zbekistondagi diplomatik missiyalari,
BMT agentliklari, O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va
idoralar, xalqaro moliya institutlari, nodavlat tashkilotlar,
shuningdek, 30 dan ortiq mamlakatlardan fuqarolik jamiyati
institutlarining 120 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.
Orolbo‘yi mintaqasida kredit va grant loyihalarini amalga
oshiruvchi yoki ko‘rib chiquvchi barcha donor va manfaatdor
tomonlarni o‘z ichiga olgan Maslahat qo‘mitasi IXKShTJ
boshqaruv tuzilmasining rasmiy qismi hisoblanadi va samarali
strategik muloqot, birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish va
Jamg‘arma faoliyatining operatsion, dasturiy va moliyaviy
274
jihatlarini muvofiqlashtirish uchun yagona integratsiyalashgan
hamkor platforma vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, Qo‘mita
vazifalariga donorlik mablag‘larining samarali taqsimlanishini
ta’minlash va sinergetik ta’sirni ta’minlash orqali: “Orolbo‘yi -
ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” konsepsiyasini
amalga oshirish kiradi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Global iqlim o‘zgarishlari Markaziy Osiyo hududlarining
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir etmoqda?
2.
Orol bo‘yi hududlarining turmush darajasi va daromadlarini
oshirish
uchun
tabiiy,
mineral-xom
ashyo
resurslaridan
foydalanishda qaysi omillarga e’tibor qaratiladi?
3.
Global iqlim o‘zgarishlari va uning Markaziy Osiyo
taraqqiyotiga ta’siri va xavf-xatari nimadan iborat?
4.
XXI asrning eng asosiy muammolaridan iqlimning global
o‘zgarib borishi va uning atrof-muhitga ta’sirini qanday baholaysiz?
5.
Tabiiy iqlim o‘zgarishlarini bilish inson faoliyatiga qanday
ta’sir etadi?
6.
O‘zbekiston va unga tutash hududlarda iqlim o‘zgarishining
oqibatlarini qanday baholaysiz?
7.
Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik fojiani bartaraf etish
borasida olib borilayotgan islohotlar nimadan iborat?
8.
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni qanday baholaysiz?
9.
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash
istiqbollari nimadan iborat?
10.
Orolbo‘yi
mintaqasi
uchun
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama
sheriklikni rivojlantirish yo‘llari nimadan iborat?
11.
Qoraqalpog‘iton hududida aholining ichimlik suv ta’minoti
qanday, izohlab bering?
12.
Orolbo‘yi hududida yashil hududlarni tashkil qilish qaysi
me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi?
275
XIII BOB. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH,
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH
13.1. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
foydalanishni nazorat qilish.
13.2. Tabiatdan
foydalanishni
boshqarishning
iqtisodiy uslublari.
13.3. Tabiatni muhofaza qilish tizimining tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish.
13.1. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
foydalanishni nazorat qilish va boshqarishda davlat
organlarining o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu
qonun bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yer, suv,
o‘rmon, yerosti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosi, o‘simlik
va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan
foydalanish to‘g‘risidagi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari
bilan tartibga solinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiatni
muhofaza qilish obyektlari (yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanish, buzilish,
zararlanish, vayron bo‘lish, yo‘q bo‘lib ketish va nooqilona
foydalanishdan muhofaza etilishi lozim. Tabiatni muhofaza
qilishdan maqsad:
– inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash
uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan
chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish;
276
– jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab
qolish;
– ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari
xilma-xilligini saqlab qolish;
– ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
– tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab
qolishdir.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlol yillarida mamlakat
bo‘ylab atrof-muhit va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha
muhim ahamiyatga ega huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy
chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda amalga oshirildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi
15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan
foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat
ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi
qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ulardan alohida
foydalanish rejimini o‘rnatish tartib-taomillari va boshqa
masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat
qabul qilindi va faoliyat doirasida amal qilmoqda.
Atrof-muhit va ekologiya sohasida qabul qilingan hujjatlar
atrof-muhit obyektlarining ifloslanish darajasini ma’lum darajada
kamaytirish, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlan-
tirish, xalqaro tashkilotlarni milliy ekologik muammolarni hal
etishga jalb qilish imkonini berdi. Shu bilan birga, atrof-muhit
muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi va
nazorati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil bir qator kamchilik va
muammolar borligini ko‘rsatdi, xususan:
39
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida
jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari,
39
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish
to’g’risida”gi PF-5024-sonli farmoni. //Xalq so’zi. 2017-yil 22-aprel.
277
tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda
nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunish tartibining
huquqiy asoslari yo‘qligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida
idoralararo to‘laqonli hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni
amaliy jihatdan hal etish imkoni yo‘qligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona
foydalanish sohasidagi ekologik, sanitariya me’yor va talablarini
buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy jazo
choralarining yetarli emasligi va samarasi pastligi;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi vakolatlari faqat
ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish bilan cheklangan edi.
Qo‘mitaning amaldagi tashkiliy tuzilishi va shtatlar birligi unga
yuklatilgan vazifalarni sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirish
imkonini bermayapti.
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan
bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining
samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat
boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida,
shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘zda tutilgan boshqa
vazifalarni
hal
etish
uchun
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
farmoni qabul qilindi. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi va hisobot
beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish
masalalari belgilandi.
278
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda
imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-
5024-son farmoni bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi
vazifalar yuklandi:
ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat
boshqaruvini amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash,
utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil
etish;
atrof-muhitning
ekologik
holati
maqbul
tarzda
saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida
obyektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat sog‘lomlashtirilishini
ta’minlash;
yer, yerosti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan
tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish
va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish,
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
qonunchilikka rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratini
amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar,
yovvoyi
o‘simliklar
ko‘paytiriladigan
va
saqlanadigan
pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat
hisobini yuritish;
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni,
shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi
mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda
imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-
5024-son farmoniga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etilishi
belgilandi:
279
birinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-
muhitni
muhofaza
qilish
boshqarmalarining
markaziy
apparatlarida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash,
saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va
realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari;
ikkinchidan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida “Toza
hudud” davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida,
shuningdek, tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish
boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo‘yicha xizmat
ko‘rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari;
uchinchidan,
tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy
jamg‘armalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish
va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha
jamg‘arma tashkil etiladi, jamg‘arma mablag‘lari birinchi
navbatda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan,
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga va bioresurslarni saqlash va
qayta tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va
monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga,
targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va
qayta tayyorlashga yo‘naltiriladi;
to‘rtinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simliklar dunyosini
muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika
inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Bioxilma-xillik va muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan
foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va
uning hududiy inspeksiyalari tashkil qilinadi.
280
Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish organlari faoliyatini tashkil qilishga oid tajribasidan kelib
chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligiga Davlat ekologiya
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida
hisobot berib borishi yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jismoniy va yuridik
shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan
bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik
uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O‘zbekiston
Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” va “Yerosti
boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlariga ko‘p joyda uchraydigan foydali
qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun
jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish
yuzasidan o‘zgartish kiritiladi.
Ushbu qabul qilingan farmonning amalga oshirilishi juda muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
birinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat nazorati
va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini
oshiradi;
ikkinchidan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasidagi idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlaydi;
uchinchidan, atrof-muhitning ekologik holati, ekologik tizim,
tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlash uchun qulay
shart-sharoitlar yaratadi.
13.2. Tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy
uslublari
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
281
– o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya
dasturini tasdiqlash;
– tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning holatiga baho
berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga
olish;
– tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik
jihatidan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak
avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z
salomatligini atrof-muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish
huquqiga ega.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof
tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan
ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va
olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda
bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
Xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri atrof
tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini,
tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi
me’yorlari va standartlari bilan cheklab qo‘yiladi.
O‘zbekiston
iqtisodiyotining
xo‘jalik
yuritishning
markazlashgan tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi davrida
ekologik-iqtisodiy
munosabatlarni
baholash
mezonlarini
belgilashga yangicha talablar ilgari surilmoqda.
Bu sharoitda ekologik strategiyani yangi narxni shakllantirish
siyosati,
mulkchilik
shakllarining
xilma-xilligi,
budjet
mablag‘larini boshqarish, mulkni xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish belgilab beradi.
Ekologik strategiyaning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar
kiradi:
282
birinchidan, ekologik va iqtisodiy siyosat integratsiyalashuvi,
ya’ni
ekologik
jihatlarning
bozor
tizimiga
samarali
integratsiyalashuvi;
ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning
yuksak ustuvorligini ta’minlash;
uchinchidan, alohida mintaqalar va umuman respublikaning
tabiiy-resurs salohiyatini keng ko‘lamda qayta yaratish;
to‘rtinchidan, atrof-muhit va tabiiy-resurs salohiyatini
muhofaza qilish, qayta tiklash va qayta yaratish uchun moliyaviy
manbalarni shakllantirish;
beshinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-
muhitni muhofaza qilishdan tabiatdan foydalanuvchilarning
iqtisodiy manfaatdorligi.
O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari dasturini, bosqichma-bosqich to‘lov asosidagi
tabiatdan
foydalanishga
o‘tish
strategiyasini,
tabiatdan
foydalanishni boshqarishni tashkil etish, kompleks tabiatdan
foydalanishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va
subsidiyalanishi
hamda
tabiatdan
foydalanishga
xorijiy
investitsiyalarni keng jalb qilish tizimini takomillashtirish
mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirildi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini
belgilab bergan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingach, O‘zbekistonda
tabiatdan foydalanishni iqtisodiy muvofiqlashtirishning to‘liq
tizimini yaratish bo‘yicha muayyan ishlar qilindi. Tabiatdan
foydalanishni boshqarishning iqtisodiy uslublari joriy qilina
boshladi.
Jahonning barcha yetakchi mamlakatlarida ekologik siyosatni
amalga oshirishda iqtisodiy vositalar keng qo‘llaniladi. Iqtisodiy
vositalarni qo‘llash “ifloslantiruvchi – to‘laydi”, “tabiatdan
foydalanuvchi – to‘laydi” tamoyillariga asoslanadi.
283
Iqtisodiy mexanizm va vositalarni qo‘llashdan asosiy maqsad
atrof-muhit resurslarining adekvat qiymat bahosini ta’minlash va
ularning samarali hamda maqsadli ishlatilishiga ko‘maklashishdan
iborat.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da “Aholining,
jumladan, yosh avlodning madaniy dam olishini ta’minlash, ularni
ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, uni asrab-avaylashni
targ‘ib qilish”ga asosiy e’tibor qaratilgan
40
.
Tabiiyki, moddiy-texnik resurslardan samarali va oqilona
foydalanishga yo‘naltirilgan bozor munosabatlaridagi bosqichli
o‘zgarishlar, soliq siyosatining isloh qilinishi, budjetning umumiy
daromadlar qismida resurslar va mulk solig‘i salmog‘ining oshishi
sharoitlarida tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini
bosqichma-bosqich tatbiq etish va takomillashtirish alohida o‘rin
egallaydi.
2016-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit
ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qaror
loyihasi tayyorlanib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ko‘rib
chiqilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi mablag‘lari atrof-muhit
muhofazasi bo‘yicha tadbirlar, ba’zi ilmiy izlanishlar va
tadqiqotlar hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan
foydalanish sohasidagi yangi me’yoriy qo‘llanma hujjatlar
tayyorlashni moliyalashtirish imkoniyatlarini bermoqda.
40
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni.
“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”. 2017 yil.
284
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun to‘lovlar joriy
qilingandan buyon (1995-yil – 2016-yil) tabiatni muhofaza qilish
mahalliy jamg‘armalariga 75,8 mlrd. so‘m (jarima, da’vo,
kompensatsiya to‘lovlari) mablag‘ kelib tushgan va shundan
davlat budjetiga o‘tkazilgan summa miqdori 34,6 mlrd. so‘mni
tashkil qildi.
2015-yilga kelib, 1995-yil bilan solishtirganda, Tabiatni
muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalariga tushumlar 99,7
martaga, davlat budjetiga yuborilgan summa 18 martaga o‘sgan.
Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti
33-moddada
keltirilgan.
Tabiatni
muhofaza
qilishni
ta’minlashning iqtisodiy tartiboti:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof
tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan, chiqindilarni
joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli
ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;
kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy
etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta
tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek, ayrim
shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berishni;
ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli texnologiyalarni
qo‘llanganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar
joriy etishni;
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish,
oqizish yoxud ekologiya nuqtayi nazaridan o‘zga zararli faoliyatni
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar)
olishni;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash
vazifasini yuklashni;
tabiat obyektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish
oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli
undirishni;
285
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-
tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir
qonunlarning me’yoriy-texnik va boshqa talablari buzilgan
hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab
chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar bo‘yicha beriladigan pul
mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan to‘liq yoki qisman
mahrum etishni;
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlan-
tiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilashni;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, me’yorda
belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan
foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda
tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun
iqtisodiy rag‘batlantirishni qo‘llashni;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot
ishlab chiqarishda hammadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan
davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va
tashkilotlari,
boshqa
korxonalar,
muassasalar
hamda
tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek,
ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida, mahalliy davlat
hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlan-
tirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy
rag‘batlantirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida,
shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idorala-
rining qarorlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda qo‘llaniladi.
13.3. Tabiatni muhofaza qilish tizimining tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
15-iyundagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va
286
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
bioresurslarni saqlash bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza
qilish bilan bog‘liq loyihalarni;
ilmiy tadqiqot faoliyatni olib borishni;
atrof-muhit monitoringini amalga oshirishni;
ekologik ta’lim va targ‘ibotni moliyalashtirishni amalga
oshiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari manbalari:
atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun jarimalarning 50
foizi;
kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga me’yordan ortiqcha
oqizilganligi uchun jarimalarning 40 %i;
avariya tufayli ko‘plab chiqindi tashlanganligi uchun
jarimalarning 50 %i;
tabiiy resurslardan me’yoridan ortiqcha va nokompleks
foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun to‘lovlarning 40 %i;
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga
yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘larning 40 %i;
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzilishida aybdor bo‘lganlardan summaning 50 %i;
daraxt va butalarni kesganlik uchun to‘lov summasining 40
%i;
tabiatni
muhofaza
qilish
tadbirlarini
birgalikda
moliyalashtirishda
ulush
qo‘shib
qatnashuvchi
yuridik
shaxslarning mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
ekologik aksiyalarni o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish qo‘mitasining faoliyati sohada iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor vazifalarini ta’minlashga qaratilib, tabiatni muhofaza
qilishga oid qonun va qonunosti hujjatlariga muvofiq, qo‘mitaning
287
asosiy vazifalari bajarilishida bir qator ishlar amalga oshirilib,
quyidagi natijalarga erishildi:
1. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda Nazorat
qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika
kengashi tomonidan tasdiqlangan 2016-yilda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan
1036 ta subyektda davlat nazorati olib borildi (2015-yil - 828 ta).
Hisobot davrida 306,6 mingdan ortiq transport vositalaridan
atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar
asbob-uskunalar yordamida tekshirildi (2015-yilda – 270,7 mingta
transport), shundan “Toza havo” tadbirini o‘tkazish doirasida
242,456 ming dona avtotransport vositalari tekshirildi (2015-yilda
– 228,8 ming dona). Tekshirish natijasida ifloslantiruvchi
moddalarni o‘rnatilgan me’yordan ortiq tashlayotgan 12,25
mingdan ko‘proq manba aniqlanib, qonunchilikda o‘rnatilgan
tartibda tegishli choralar ko‘rildi (2015-yilda – 12,3 mingta).
2. Atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida 687 ta
ifloslantiruvchi manbalarga ega xo‘jalik yurituvchi subyektda
monitoring ishlari olib borilib, jami 12397 ta manbada, shundan
atmosfera havosi bo‘yicha 5797 ta, suv resurslari bo‘yicha 5151
ta, tuproq ifloslanishi bo‘yicha 1449 ta manbada asbob-uskunalar
yordamida tekshirish ishlari amalga oshirildi.
3. Reyd tartibidagi ekologik nazorat doirasida qonun buzilishi
holatlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan jami 13812
ta tezkor nazorat tadbirlari (reydlar) amalga oshirildi. Jumladan:
– dalalarda ekin o‘rib olinganidan keyin somon yoqish
bo‘yicha – 240 ta;
– aholi punktlarida xazon va boshqa o‘simlik qoldiqlarini
yoqish bo‘yicha – 415 ta;
– ochiq olovni qo‘llagan holda bitum eritish bo‘yicha – 2028
ta;
– o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy
foydalanish bo‘yicha – 4732 ta.
Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora-
tadbirlar samaradorligi.
288
4. Biologik resurslardan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar
24,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
40 foizga ortgan (2015-yilda – 17,2 mlrd. so‘m).
Davlat budjetiga o‘tkazmalar 15 mlrd. so‘mni tashkil qilib,
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga o‘sdi (2015-yilda –
12,64 mlrd. so‘m).
Qo‘mita faoliyati natijasida davlat budjetiga yo‘naltirilgan jami
mablag‘lar miqdori 26,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, hisobot
davrida qo‘mita tizimidagi tashkilotlarga ajratilgan budjet
mablag‘lariga nisbatan 114 foizni tashkil qildi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida qonun ijodkorligi va
me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza
qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va
“Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunlarining yangi
tahririni ishlab chiqishda qo‘mita tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, ekoharakat deputatlar guruhi
a’zolari bilan yaqindan hamkorlik ishlari amalga oshirildi.
Shundan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga
o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish
haqida”gi
hamda
“O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari qabul qilindi.
6. Qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.
Hisobot davrida qo‘mita tomonidan jami 12 ta Vazirlar
Mahkamasi qarori loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida davlat xizmatlarini
ko‘rsatish.
289
7. Ekologik me’riy loyihalarni davlat ekologik ekspertizasidan
o‘tkazish. Hisobot davrida respublika bo‘yicha 26,2 mingta loyiha
hujjatlari, jumladan, 2900 ta ekologik me’yoriy loyihalar (2015-
yilda – 2343 ta) davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib, ushbu
ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,2 foizni
tashkil qildi.
Tavsiyalar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
113 ta energiya tejamkor va kamchiqitli texnologiyalar amaliyotga
tatbiq qilindi. Jumladan, energetika sohasidagi korxonalarda – 18
ta, neft va gaz sohasidagi korxonalarda – 2 ta, metallurgiya
sohasidagi korxonalarda – 3 ta, kommunal sohadagi korxonalarda
– 33 ta, kimyosanoati sohasidagi korxonalarda – 6 ta, qurilish
sanoati sohasidagi korxonalarda – 19 ta, yengil sanoat sohasidagi
korxonalarda – 18 ta va qishloq xo‘jaligi korxonalarida – 14 ta.
8. Ekologik sertifikatlashtirish. Hisobot davrida yuridik va
jismoniy shaxslarga jami 3741 ta ekologik sertifikatlar
rasmiylashtirib berildi. Jumladan:
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-son
qaroriga asosan ekologik xavfli mahsulot va chiqindilarni
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan
olib chiqish uchun ekologik me’yoriy hujjat talablariga
muvofiqligi bo‘yicha 1462 ta (2015-yilda – 1342 ta) ekologik
sertifikatlar rasmiylashtirildi.
“O‘zstandart” agentligi bilan shartnoma asosida ekologik
markirovkalarga taalluqli bo‘lgan 6 ta standart loyihalari ishlab
chiqilib, ekspertizadan o‘tkazildi.
9. Analitik nazoratni amalga oshirish. 34 ta ekoanalitik
laboratoriyalar attestatsiyadan o‘tkazilib, 46 ta laboratoriya
mutaxassislari malakasi oshirildi (2015-yilda – 15 ta). Hisobot
davrida tabiiy va oqova suv tarkibidagi 5 xil, tuproq tarkibidagi 9
xil hamda atmosfera havosi bo‘yicha 15 xildagi moddalarni
aniqlash bo‘yicha jami 29 ta uslublar o‘zlashtirildi.
Jumladan, Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat
inspeksiyasi tomonidan “Tabiiy va oqova suvlar tarkibidagi sulfat-
ion konsentratsiyasini kompleksometrik usul bilan o‘lchovni
290
bajarish uslubi” (O‘z.0458:2009), “Tabiiy va oqova suv
tarkibidagi kumush konsentratsiyasini fotokolorometrik usul bilan
o‘lchov bajarish uslubi” (O‘z.0414:2009) bo‘yicha o‘lchov ishlari
yo‘lga qo‘yildi.
10. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq qilish. “Eko-
energiya” ilmiy-tatbiqiy markazi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan obyektlarda 357 ta (2015-yilda – 307 ta) 54,4 kVt.
quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari va 20 ta quyosh suv
isitish kollektorlari o‘rnatildi. Bu, o‘z navbatida, yiliga 119136
kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga 10829,46 ming
m
3
tabiiy gazni tejab, atmosfera havosiga CO
2
moddasi
tashlamalarini 226084,4 tonnagacha qisqartirish imkoniyatini
yaratadi.
11. Suvdan maxsus foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi “Suvdan maxsus
foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma
berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 171-son
qaroriga muvofiq, 481 ta suvdan maxsus foydalanish uchun hamda
2014-yil 4-avgustdagi “Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun
ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash
haqida”gi 171-sonli qaroriga muvofiq suvga quduq burg‘ulash
uchun 171 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
12. Biologik resurslardan maxsus foydalanish. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi
290-sonli qaroriga muvofiq, hisobot davrida 1715 ta ruxsatnoma
rasmiylashtirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 118 %ni
tashkil qildi. Shundan yovvoyi hayvonlarni ovlashga 265 ta, ularni
respublika hududiga olib kirishga 205 ta, respublikadan olib
chiqishga 542 ta, shu jumladan, SITES Konvensiyasi bo‘yicha 411
ta, dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni yig‘ish va
tayyorlashga 275 ta, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va
ularning qismlarini respublika hududidan tashqariga olib chiqishga
412 ta va olib kirish uchun 14 ta hamda yovvoyi hayvonlarni
saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklar, shuningdek, zoologiya
291
kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi 2 ta guvohnoma
rasmiylashtirildi.
13. Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanish. Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi “Ozonni buzuvchi
moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston
Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 247-son qarorlariga muvofiq hisobot davrida 5284
ta murojaat (2015-yilda – 4729 ta) ko‘rib chiqilib, ozonni
buzuvchi moddalarni respublika hududiga olib kirish uchun 13 ta
hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan
mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish uchun 197 ta
ruxsatnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, ruxsat talab etilmasligi
to‘g‘risida 5103 ta javob xatlari yuborildi.
14. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish. Qo‘mita tomonidan
xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan
hamkorlik aloqalarini kengaytirish, sohaga grant mablag‘larini jalb
qilish maqsadida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK),
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamdo‘stlik tashkiloti,
Orolni qutqarish xalqaro fondi (shu jumladan, Davlatlararo
barqaror rivojlanish komissiyasi), Markaziy Osiyo mintaqaviy
ekologik markazlariga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlik
aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Jumladan:
– BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) doirasida –
O‘zbekistonning “Yevropa uchun atrof-muhit”, shuningdek,
“Atrof-muhitni baholash va monitoring”, “Ekologik faoliyat
samaradorligi
sharhi”,
“Havoning
katta
masofalarga
transchegaraviy
ifloslanishi
to‘g‘risida”gi
konvensiyalarda
ishtirokini kuchaytirishga qaratildi;
– Shanxay hamdo‘stlik tashkiloti doirasida – Shanxay
hamdo‘stlik
tashkilotiga
a’zo
davlatlarning
Atrof-muhit
muhofazasi to‘g‘risidagi konsepsiya loyihasini kelishish ishlarini
yakuniga yetkazish, 2017-2021-yillarda ShHT doirasida loyiha
faoliyatini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish
292
bo‘yicha ShHT a’zo davlatlari vakillari bilan muzokaralar olib
borildi hamda qo‘mitaning tadbirlar rejasi qabul qilindi;
– Orolni qutqarish xalqaro fondi doirasida – Jahon bankining
“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish
va
adaptatsiya
loyihalari”
doirasida
Analitik
nazoratga
ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi moddiy texnika bazasini
mustahkamlash (zamonaviy o‘lchash moslamalari va laboratoriya
jihozlari, shu jumladan, mobil laboratoriyalar bilan ta’minlash),
Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi doirasida qayta
tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy
ekologik markazining loyihalar jamlamasini shakllantirish ishlari
amalga oshirildi.
Joriy yilda ekologik turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan
xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish, atrof
tabiiy muhiti holat ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar elektron bazasini
yaratish, O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni ajratish hamda
qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha YUNEP, velotransport infrastrukturasi tizimini tatbiq etish
bo‘yicha Nextbike (Germaniya) kompaniyasi, muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish borasida
Xalqaro ekoturizm jamiyati bilan hamkorlikda loyihalarni amalga
oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
15. Ekologik bilimlarni targ‘ib qilish va ommaviy axborot
vositalarida keng yoritish. Aholining ekologiya masalalari hamda
mamlakatda atrof-muhit muhofazasi sohasida olib borilayotgan
faoliyat yuzasidan xabardorligini oshirish, ijtimoiy sheriklikni
rivojlantirish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.
Hisobot davrida 2037 ta uchrashuv, seminar, taqdimot, ijtimoiy
ekologik aksiyalar, ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil
qilindi. Jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha 386
ta, chiqindilar boshqaruvi masalasiga oid 266 ta, suv va yer
resurslaridan oqilona foydalanish sohasida 320 ta, biologik
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida 241 ta,
ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish borasida 428 ta hamda 396 ta
293
hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, noyob hayvon turlarini tabiatga
qaytarish, ekologik xalqaro sanalar munosabati bilan ijtimoiy-
ekologik
masalalarga
bag‘ishlangan
tadbirlar,
jumladan,
“Ekohaftalik – 2016” tashkil qilindi.
Ekologik xavfsiz, kamchiqitli va resurs tejamkor texnologiyalarni
tatbiq etayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda 45 ta mediatur o‘tkazildi.
Teleradio kanallarda 3540 ta chiqish qilinib, (2015-yilda – 3172
ta), bosma va internet OAVlarda 2362 ta material chop etildi hamda
ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi (2015-yilda – 2208 ta).
“Facebook” internet tarmog‘idagi qo‘mitaning sahifasi tashkil
qilindi. Xorijiy va mahalliy OAVda dolzarb ekologiya masalalari
bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, ular asosida 35 ta
ekologik dayjest tayyorlandi.
Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha
faoliyatni muvofiqlashtirib borish uchun 14 ta tabiatni muhofaza
qilish hududiy qo‘mitalarning bazasida axborot-resurs va uslubiy
markaz tashkil qilindi. “Atrof-muhit muhofazasi qonunchiligi”
haqidagi me’yoriy hujjatlar to‘plami tayyorlanib, 1000 nusxa SD
disk chiqarilib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘tkazilgan
tadbir ishtirokchilariga tarqatilmoqda.
16. Interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Qo‘mitaning
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikat-
siyalarini rivojlantirish vazirligi bilan qo‘shma chora-tadbirlar rejasi
ishlab chiqilib, reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Elektron
raqamli
imzo
to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari
talablariga
muvofiq,
elektron
hujjat
aylanish
tizimini
takomillashtirish maqsadida qo‘mita tizimidagi 209 nafar xodim
(2015-yilda – 59 nafar xodim) “E-hujjat” elektron hujjat aylanish
tizimi bo‘yicha elektron raqamli imzo bilan ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda, “E-NAT” himoyalangan elektron pochta
tizimi va “E-ijro” idoralararo elektron hujjat almashinuvi tizimi
yo‘lga qo‘yilib, barcha hududiy qo‘mitalarda joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi
PQ-2412-son “Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona darcha” tamoyili
294
bo‘yicha
davlat
xizmatlari
ko‘rsatish
tartibini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini
ta’minlash bo‘yicha qo‘mita tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy davlat
xizmat turlari, xususan, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni
maxsus iste’mol qilish bo‘yicha hamda o‘simlik dunyosi
obyektlaridan maxsus foydalanish uchun Qizil kitobga kiritilmagan
turlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar berish davlat
xizmatlar turlarining “Yagona darcha” elektron tizimi amaliyotga
joriy qilindi.
17. Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarda kompyuterlashtirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda ularning
moddiy texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib,
jami 519,2 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Jumladan, 43 ta kompyuter
texnikalarini sotib olish uchun 167,5 mln. so‘m, litsenziyalangan
dasturlar sotib olish uchun 7,4 mln. so‘m, internet xizmatidan
foydalanish uchun 43,2 mln. so‘m, korporativ tarmoq xarajatlariga
9,2 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
atrof-muhitni muhofaza qilish, atrof-muhit obyektlari, Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi, ekologik
strategiya, “ifloslantiruvchi – to‘laydi”, “tabiatdan foydalanuvchi –
to‘laydi”, Davlat ekologik nazorati, Atrof tabiiy muhit monitoringi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi haqida nimalarni
bilasiz?
2. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni
nazorat qilish va boshqarish haqida nimalarni bilasiz?
3. Tabiiy resurslardan foydalanishni nazorat qilish va
boshqarishning ahamiyatini izohlang.
4. Tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy va huquqiy
asoslari nimalardan iborat?
295
GLOSSARIY
Abiotik omillar
organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy
jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Agrar islohotlar
– yerlardan foydalanish tizimida davlat
tadbirlari. Mamlakatlar va ularning tumanlari iqtisodiy geografik
sharoiti va tarixiy xususiyatlari islohotlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Agrar munosabatlar
– yerga egalik qilish tasarruf etish, undan
foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida
vujudga keladigan munosabatlar.
Analitik (tahliliy) ekologiya
– organizmlarning tabiiy muhit
bilan o‘zaro munosabatlarining asosiy qonuniyatlarini o‘rganish.
Antropogen omillar
insonning faoliyati natijasida kelib
chiqadigan ta’sirdir.
Aralash tartibdagi hududlar
– quruqlik (kontinent),
sayozlikka ega materik (dengiz va okeanlarning 200 metr
chuqurlikkacha bo‘lgan shelfi) hamda iqtisodiy mintaqalar.
Assimilyatsiya potensiali
atrof tabiiy muhitning (atmosfera,
suv manbalari, tuproqlar) ma’lum miqyoslarda cheklanmagan
uzoq istiqbolda o‘zining asosiy xossalarini o‘zgartirmay, turli
antropogen ta’sirni o‘ziga olishi (shu jumladan, zararli
aralashmalarni) qobiliyatidir.
Atrof-muhit ko‘rsatkichlariga
quyidagilar kiradi: toza
birlamchi mahsulotlar iste’moli va ularning o‘zgarishi; toza
birlamchi mahsulotlar iste’molidagi yo‘qotishlar; xo‘jalik faoliyati
ta’sirida buzilmagan maydonlar va ularning mamlakat hududidagi
hissasi, o‘sishi; tabiiy resurslar iste’moli: yer, o‘rmon, o‘simlik va
hayvonot resurslari, mineral xom ashyo, suv tendensiyalari; tabiiy
resurslar zahiralarining kamayish sur’atlari o‘zgarishi; tabiiy
muhitning ifloslanishi: havo, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot
olami; ifloslantiruvchi moddalar chiqarmalari va ularning tabiiy
muhitda to‘planishi: gazsimon, suyuq, qattiq tendensiyalari; atrof-
muhitga o‘ta xavfli va radioaktiv chiqindilarning chiqarilishi va
ularning to‘planishi – tendensiyalari; biologik xilma-xillik –
296
o‘zgarish sur’atlari; alohida muhofaza qilinadigan hududlar
maydoni o‘sishi; ozon qatlami o‘zgarishi; texnogen va tabiiy
avariyalar, soni, zarari – tendensiyalari; tabiat muhofazasi
tadbirlari xarajatlari.
Atrof-muhit muhofazasi
tabiiy boyliklarni asrash va tiklashni,
jamiyat faoliyati natijalarining tabiatga va inson salomatligiga
bevosita va bilvosita zararli ta’sirining oldini olib tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan inson faoliyati
bilan atrof tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni maqsadga
muvofiq qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir.
Atrof-muhitning assimilyatsiya potensiali (AMAP)
o‘ziga
xos tabiiy resurs bo‘lib, u cheklangan yoki tanqis (kamchil) resurs
hisoblanadi.
Audit
so‘zi ingliz tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda,
(inglizcha audit) tekshirish, buxgalteriya kitoblari, hujjatlari,
hisobotlarini taftish qilish ma’nosini bildiradi.
Aholi
o‘zining hayotiy faoliyatini ma’lum ijtimoiy va hududiy
jamoalar doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhidir.
Aholi migratsiyasi
lotinchadan (migratio) ko‘chish, ko‘chirish
ma’nocini
anglatadi.
Turar
joyining
o‘zgarishi
bilan
yakunlanadigan aholining hududiy harakati.
Biologik “xizmatlar”
– inson salomatligiga tabiat sokinligi,
toza havo, jismoniy toliqishning ketishidan keladigan foyda.
Biologik resurslar
jonli tabiat resurslari bo‘lib, ular
o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib topgan va
barcha muhitlarda – yerda, suvda, havoda tarqalgan. Biologik
resurslar
kompleks
resurslardir.
Ularga
produtsentlar,
konsumentlar, redutsentlar kiradi.
Biosfera
sayyoramizdagi “hayot qobig‘i” hisoblanib, tirik
organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan
iborat murakkab ekotizimlar majmuyini tashkil etadi.
Biotsenoz
– yashash sharoitlari ma’lum darajada bir xil bo‘lgan
hududni egallagan o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar
majmuyi.
297
Biogeotsenoz –
tabiatning ma’lum xududdagi modda va
energiya almashinuvida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jonli va jonsiz
komponentlarning yagona tizimi.
Biotik omillar
organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro
munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi:
Venchur korxonalari –
yirik kompaniyalar buyurtmalari va
davlat
bitimlari
bo‘yicha
ilmiy
tekshirish
sohalarida
muhandislikda, innovatsiyada faoliyat ko‘rsatuvchi firmalar.
Global ekologiya
– Yer biosferasi ta’limoti.
Global eksternaliya
ifloslantirishning transchegara tarqalishi
bilan bog‘liq va ularga qarshi kurashda maxsus xalqaro
konvensiyalar va shartnomalarni tuzish zaruratini ko‘zda tutadi.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari
alohida ahamiyatga ega
bo‘lgan tabiat komplekslari yoki ularning komponentlarini
saqlash, qayta tiklash va ekologik balansini qo‘llab-quvvatlash
maqsadida buyurtma qo‘riqxona oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish
uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriyalar)
hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari
xo‘jalik faoliyatida foydalanishdan
to‘liq olingan alohida muhofaza qilinadigan tabiat komplekslari va
obyektlari (yer, suv, yerosti boyliklari, o‘simlik va hayvonot
olami) bo‘lib, tabiat muhofazasi, ilmiy, ekologik-ma’rifiy
ahamiyatga ega funksiyani bajaradi. Ular tabiiy muhitning
tabiiyligini, tipik yoki kamyob landshaftlar, o‘simlik va hayvonot
olamining genetik fondlarini asrash va saqlash joylari hisoblanadi.
Davlat milliy parki (bog‘)lari tabiat muhofazasi, ekologik-
ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lib, ular tabiat
muhofazasi, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda va tartibga
solinadigan turizmda foydalanishga yo‘naltirilgan. Ularning hudud
(akvatoriya)lari alohida ekologik, tarixiy va estetik qiymatga ega
bo‘lgan tabiat komlekslari va obyektlarini egallaydi. Milliy parklar
atrofida tabiatdan foydalanishning tartibga solingan rejimiga ega
bo‘lgan muhofaza zonalari barpo etiladi.
Davlat milliy tabiat parklari
milliy (xalq) parklaridan farq
qilib, ular tabiat muhofazasi va rekreatsiya muassasalari
298
hisoblanadi. Ularning hududlari katta ekologik va estetik qiymatga
ega bo‘lgan tabiat komplekslari va obyektlarini o‘z ichiga oladi.
Ular tabiat muhofazasi, ma’rifiy rekreatsiya maqsadlarini amalga
oshiradi.
Demoekologiya
– populyatsiya va uning muhiti.
Dendrologiya parklari va botanika bog‘lari
tabiat
muhofazasi muassasalari bo‘lib, ularning vazifasiga o‘simlik
olami
xilma-xilligini
asrash
va
boyitish
maqsadlarida
o‘simliklarning maxsus kolleksiyasini yaratish, shuningdek, ilmiy,
o‘quv va ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish kiradi.
Demografiya –
aholi sonining yosh va jinsi ko‘payishi
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar majmuyi.
Dinamik
ekologiya
– dinamik-evolyutsiya yo‘nalishida
organizmlarning
atrof-muhit
bilan
o‘zaro
munosabatlari
qonuniyatlarini o‘rganish.
Yer rentasi
– yer egasiga vaqti-vaqti bilan ijarachi tomonidan
yerdan foydalanganligi uchun to‘lanib turiladigan so‘m miqdori.
Yer kadastri
yerning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy o‘rni
to‘g‘risida
ma’lumotlar
to‘plami
bo‘lib,
u
yerdan
foydalanuvchilarning ro‘yxati, yerning miqdori va sifati hisobi,
tuproq banitirovkasi va yerni iqtisodiy baholash ma’lumotlarini
o‘z ichiga oladi.
Yerosti boyliklari
tabiiy muhit tizimining yer qa’ri bilan eng
yaqin bog‘langan elementi bo‘lib, ular jonsiz tabiat resurslari
hisoblanadi. Ulardan konstruksion va boshqa materiallar,
kimyoviy qo‘shilmalar, o‘g‘itlar va boshqalarni ishlab chiqarishda
keng miqyoslarda foydalaniladi. O‘zbekistonning yerosti
boyliklari g‘oyat xilma-xil, zahiralari esa ko‘p bo‘lib, ular 100 ga
yaqin mineral xom ashyo turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali
qazilma konlarini o‘z ichiga oladi.
Zoologiya parklari (hayvonot bog‘lari
) ekologiya ta’lim-
tarbiya ishlarini amalga oshirish, hayvonlarning nodir ekzotik va
mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning genofondini
saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni o‘rganish, ularni tutqunlikda
ko‘paytirishning
ilmiy
asoslarini
ishlab
chiqish
bilan
299
shug‘ullanadi. Ular ham tabiatni muhofaza qilish muassasalari
hisoblanadi.
Ixtisoslashuv
ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga moslashuvidir. Ixtisoslashuv
acocida mehnat taqsimoti turadi.
Ijtimoiy infrastruktura
deb, moddiy ishlab chiqarishning
rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va aholi turmush
sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan tarmoqlar tizimi
tushuniladi.
Iqlimning isishi
hozirgi zamonning global xarakterga ega
bo‘lgan eng keskin muammolari qatoriga kiradi. Iqlimning global
isishiga sabab bo‘ladigan asosiy issiqxonali gazlariga uglerod
dioksidi,
metan,
azot
yarimoksidi,
gidroftoruglerodlar,
perftouglerodlar, oltingugurt geksaftoridi kiradi. Lekin issiqxonali
gazlarning asosiysi uglerod dioksidi (CO
2
) bo‘lib, uning 80 %i
atmosferaga antropogen tushishi organik yoqilg‘ini yoqish bilan
bog‘liqdir.
Iqtisodiyotda xalqaro teng manfaatli hamkorlikni
o‘rnatishga intilish
– yangi ishlab chiqarish munosabatlarida
iqtisodiy barqarorlik va tovar ayirboshlashda xalqaro hurmat
tamoyillariga rioya etish tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanish
garovidir.
Iqtisodiy rayon
– mamlakat xalq xo‘jaligining hududiy bir
bo‘lagi. Har qanday iqtisodiy rayon uning geografik o‘rni, tabiiy,
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos bo‘lgan boshqa hududlar
bilan oqilona mehnat taqsimotiga tayangan xalq xo‘jaligining
asosiy vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan ixtisoslashuvga
aytiladi.
Inson ekologiyasi
fanning kompleks ekologik-ijtimoiy-
iqtisodiy sohasi bo‘lib, unda yashash muhiti tabiiy-ekologik,
ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari insonning turli ehtiyojlarini
qondirishda teng ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qismlar sifatida
ko‘rib chiqiladi va tadqiq etiladi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish
– ishlab chiqarish ko‘lami, yaratilgan
mahsulotlar va xizmatlar hajmining resurslardan tejamli
300
foydalanish hisobidan oshib borishi, ularning sifati yaxshilanishi.
Infrastruktura
xalq xo‘jaligi tarmoqlari faoliyatiga, bevosita
sharoit yaratib beruvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy tarmoqlar
tizimi majmuasiga aytiladi.
Ifloslanishning bahosi
salomatlik, uni tiklash xarajatlari
bahosi hisoblanadi. Ifloslanish antropogen ta’sirning oqibatida
bo‘lib, kimyoviy, issiqlik, shovqin tarzida namoyon bo‘ladi.
Konsumentlar (iste’molchilar)
geterotrof organizmlar bo‘lib,
ular avtotroflar va o‘z-o‘zlari hisobiga oziqlanadi. Ular
quyidagilarga bo‘linadi: birinchi darajadagi konsumentlar –
o‘simliklar bilan oziqlanadigan, kislorod iste’mol qiladigan va is
gazi (uglеkislыy gaz) chiqaradigan hayvonlar; ikkinchi darajali
konsumentlar – o‘simlik organizmlarining yirtqichlari va
parazitlari; uchinchi va to‘rtinchi darajali konsumentlar – o‘ta
parazitlar.
Kurort-sog‘lomlashtirish va rekreatsiya tabiiy hududlari
davolash resurslari mavjud bo‘lgan, davolash, profilaktika va aholi
dam olishi uchun qulay bo‘lgan joylar hisoblanadi.
Landshaft
(geografik) ekologiyasi – yirik geotizimlar va
ularning muhiti.
Mahalliy eksternaliya
cheklangan hududlarda ifloslantiruvchi
korxonalarning retsipiyentlarda (boshqa korxonalar va obyektlar)
eksternaliya xarajatlari tahlili bo‘lib, u ushbu sohada xulosa va
tavsiyalar beradi.
Ma’muriy rayon
– iqtisodiy rayonga xos uch belgidan biri,
boshqarish tizimiga ega bo‘lgan, hududining kattaligi bo‘yicha esa
odatda iqtisodiy rayondan orqada turuvchi takconomik bo‘lak.
Mintaqalararo
eksternaliya
global
eksternaliyaning
kichraytirilgan nusxasi bo‘lib, u ayrim mamlakat va uning
mintaqalarida yuzaga keladigan eksternaliya oqibatlarini bartaraf
etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Monitoring
tushunchasi lotincha “monitor” – kuzatuvchi,
ogohlantiruvchi (yelkanli kemada oldinga boqib, sharoitni aniqlab
berish uchun belgilangan matros shunday nom bilan atalgan)
so‘zlaridan tuzilgan.
301
Noosfera
– insoniyat rivojlanishining maqbul yo‘lini tanlash va
jamiyatning tabiat bilan uyg‘unligini saqlab qolishga yo‘naltirilgan
tushuncha.
Ovchilik kadastri
ovchilikning u yoki boshqa obyektlari sifat
va miqdor ta’rifi, tiklash dinamikasi, ovlashning ruxsat beriladigan
me’yori berilgan ma’lumotlar to‘plamidir; ovchilik kadastrlariga
ov va baliq resurslari kadastri kiradi.
Prinsiplar
qonuniyatlarga asoslanib, jamiyat tomonidan
amalga oshiriladigan qoidalarni bildiradi va ular iqtisodiy-
ekologik siyosatning yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Produtsentlar (ishlab chiqaruvchilar)
avtotrof organizmlar
va yashil o‘simliklar bo‘lib, ular quyosh energiyasidan foydalanib,
jonli moddalarning birlamchi mahsulotini barpo etadi. Ular is gazi,
suv, tuzni iste’mol qiladi va kislorodni chiqaradi. Bu guruhga
organik moddalarni yaratishga qodir bo‘lgan ba’zi xemoseptika
bakteriyalari ham kiradi.
Putoekologiya
– organizm va uning muhiti.
Redutsentlar (tiklovchilar) –
organizmlar, bakteriyalar va
zamburug‘lar bilan oziqlanadigan organizmlar. Bu yerda
oxirigacha organik qoldiqlarni parchalovchi, ularni yakuniy
mahsulotga aylantiruvchi mikroorganizmlarning roli g‘oyat
buyukdir: mineral tuzlar, is gazi, suv, tuproqqa tushadigan va
qaytadan o‘simliklar iste’mol qiladigan eng oddiy organik
moddalar.
Rekreatsiya zonalariga
aholining tashkil etilgan va ommaviy
dam olishi va turizmga mo‘ljallangan yer va suv muhitining tabiiy
yoki madaniy maydonlari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga shahar
hududlari maydonlari, shahar atrofi va yashil zonalar, o‘rmonlar,
parklar, milliy, tabiiy parklar (bog‘lar), botanika, zoologiya
bog‘lari, dendrologik parklar, turizm marshrutlari, dam olish uylari
va bazalari hududlari, qo‘riqxona va buyurtmalarning aholi borib
ko‘rishi uchun ajratilgan ma’lum maydonlari kiradi.
Sinekologiya
– ekotizimlar va uning muhiti.
Smog
yirik sanoat shaharlarida (AQSh, Yevropa, Yaponiya va
h.k.) tutun, qurum, kul zarralari, chang, yoqilg‘i bug‘i kabilar
302
aralashmasidan iborat zaharlangan havodir.
Suv kadastri
suv obyektlari, ularning suv resurslari, suv
obyektlaridan foydalanish, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risida
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidir.
Tabiat yodgorliklari
ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan
qimmatli, noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, kelib chiqishi
tabiiy va sun’iy bo‘lgan obyektlar hisoblanadi.
Tabiatdan foydalanish
tabiiy-resurs potensiali
ekspluatatsiyasining va ularni saqlab qolish tadbirlarining barcha
shakllari majmuyidir. Agar tabiatdan foydalanish tabiiy-resurs
potensialining keskin o‘zgarishiga olib kelmasa, u tabiatdan
oqilona foydalanish hisoblanadi.
Tabiatdan foydalanishni litsenziyalash
–
ma’muriy-huquqiy
yo‘l bilan iqtisodiy-ekologik munosabatlarni tasdiqlash, ruxsat va
vakolat berish metodlari orqali tartibga solishning namoyon
bo‘lishi.
Tabiiy muhit
abiotik, biotik tizimlar va umuman, litosfera,
atmosfera, gidrosfera va biosferaning murakkab va xilma-xil
birikmalari hamda o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. Unda ekzogen,
endogen, kosmik omil va jarayonlar ta’sir ko‘rsatib, g‘oyat xilma-
xil fizik, kimyoviy, biologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi va ular
relyefning rivojlanishini, jinslarning yemirilishi va minerallarning
paydo
bo‘lishi
moddalar
migratsiyasining
geokimyoviy
jarayonlari, ularning tarqalishi va konsentratsiyasini, organik
dunyoning rivojlanishini, quruqlik va dunyo okeaniga xos
landshaft turlarini, tabiiy muhit va geotizimlarning lantshaft
turlarini, tabiiy muhit va geotizimlarning shakllanishini belgilab
beradi.
Tabiiy resurslar
insonlar foydalanayotgan yoki foydalanishi
mumkin bo‘lgan tabiatning jismi va kuchlaridir.
Tabiiy sharoit
tabiatning jismi va kuchi, sifati bo‘lib, u ishlab
chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasida inson
faoliyatida bevosita ishtirok etmasa-da, jamiyatning hayoti va
faoliyatini belgilab beradi.
Temporal (avlodlar o‘rtasidagi) eksternaliya
barqaror
303
rivojlanish konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hozirgi avlod
o‘z ehtiyojlarini kelajak avlodlarning manfaatlarini hisobga olib
ta’minlashlari kerakligi tamoyiliga amal qilishni talab qiladi.
Tuproq resurslari
biologik resurslar bo‘lib, ularning hosil
bo‘lishi halok bo‘lgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va
yashash muhiti – litosferaning yuqori yumshoq qobig‘i bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun ular tirik organizmlarning to‘plangan
zahiralari, biologik modda aylanib yurishi hajmi, tuproqning yillik
organik qismi yoki gumus ko‘rinishidagi mahsulotlar va
chiqindilar bilan ajralib turadi.
Urbanizatsiya –
shaharlar va shahar aholisining soni hamda
ulushining ko‘payishi bilan bog‘langan ijtimoiy-iqtisodiy va
geografik jarayon. Uning rivojlanishi, avvalambor, sanoatlashish
sur’atlari va darajasi bilan belgilanadi.
O‘rmon kadastri
o‘rmon fondining ekologik, iqtisodiy va
boshqa miqdor va sifat ta’rifi to‘g‘risida tizimlashtirilgan
ma’lumotlar to‘plamidir.
Foydali qazilma konlari kadastri
har bir konning asosiy va
birgalikda yotgan foydali qazilmalari sifati va miqdorini
ta’riflaydigan, ularda mavjud komponentlarni, konni o‘zlashtirish
sharoitlari, konning geologik-iqtisodiy baholanishi to‘g‘risida,
shuningdek, foydali qazilmalarning aniqlangan paydo bo‘lishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamidir.
Friksion ishsizlik
– ish qidirayotgan yoki yaqin vaqt ichida ish
bilan ta’minlanishini kutayotgan ishchi kuchi.
Xalqaro mehnat taqsimoti
ijtimoiy mehnatning turli davlatlar
yoki davlatlar guruhi o‘rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning
baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo
iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Xalqaro tartibdagi hududlar
– davlat chegaralaridan
tashqarida bo‘lgan va xalqaro huquqqa binoan dunyoning barcha
davlatlari umumiy foydalanadigan Yer sharidagi bo‘sh makonlar.
Hududiy mehnat taqsimoti
– muayyan mamlakat doirasida
ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi.
Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
304
Davriy ishsizlik
– ishlab chiqarish darajasining pasayishiga
bog‘liq holda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi
oqibatida yuzaga keladigan ishsizlik.
Chiqindilar
keng ma’noda insoniyatning xo‘jalik yuritish,
energiya olish oqibatida, yashashi va faoliyati jarayonida atrof-
muhitga tashlab yuboradigan barcha narsalardir. Bularga atrof-
muhitga tashlanadigan maishiy axlat, sanoat va qishloq xo‘jaligi
chiqindilari, neft oqovalari, og‘ir metallar va zaharli moddalar,
atom elektrostansiyalari chiqindilari va hokazo kiradi. Bular qattiq
chiqindilar, suspenziya (biror moddaning boshqa suyuq modda
ichida zarra yoki tomchi holida suzib yuradigan eritmasi),
shlamlar (tog‘ jinslarini maydalaganda, burg‘ulashda hosil
bo‘ladigan kukunsimon mahsulot), oqova suvlar, gazsimon
chiqitlar va hokazo bo‘lib, ularning tarkibida zararli moddalari bor
bo‘lgan turlari, ayniqsa, ekologik xavflidir.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish
– qo‘shimcha ish kuchi ishlab
chiqarish vositasi va resurslarini jalb qilish hisobiga, ya’ni mehnat
va moddiy resurslarni ko‘proq qo‘llash hisobiga o‘sish. Bunda
oddiy mehnat sarflari qisqarmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi.
Ekologik audit
(ekoaudit) korxonalar, kompaniyalarning ichki
ekologik salohiyatini, ularning xavf-xatarlari va imkoniyatlarini
doimiy tekshirib turish instrumentidir.
Ekologik monitoring
atrof tabiiy muhit va uning resurslari
holatini ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash,
prognozlash (bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo‘lib, iqtisodiy-
ekologik boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish
jarayonlarini axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U
antropogen faoliyat ta’sirida atrof-muhit holatidagi o‘zgarishlarni
aniqlashga va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Ekologik resurslar
biosferada ekologik muvozanatni
ta’minlaydigan muhitni shakllantiruvchi komponentlarning
majmuyi bo‘lib, ular insonning ijtimoiy-biologik mavjudot
sifatidagi hayotining me’yoriy muhiti hisoblanadi, ekologik
resurslar hayotiy muhim funksiyani bajaradigan tabiiy tizimlarga
kiradi. Bu resurslarning xarakterli xususiyati shundaki, ular,
305
asosan, jamiyatni zaruriy ne’mat shaklidagi xizmat bilan
ta’minlaydi. Ekologik resurslarga havo, suv, yer (tuproq) kiradi.
Ekologik shakl
– insonni biologik va ijtimoiy organizm
sifatida saqlash maqsadlarida atrof tabiiy muhitni va insonning
tabiiy yashash muhitini muhofaza qilish.
Ekologik ekspertiza
ekologiyaning eng muhim bo‘limi bo‘lib,
u atrof-muhit, tabiiy-ekologik tizimlar, inson salomatligiga ta’sir
ko‘rsatadigan tadbirlarni amalga oshirishning loyihadan oldin va
loyiha hujjatlari darajasida ularning ehtimol tutilayotgan zararli
oqibatlarining oldini olishga yo‘naltiriladi. Ekologik ekspertiza
ogohlantiruvchi tadbir bo‘lib, tabiiy muhit va resurslardan
foydalanuvchilarning zararli faoliyatini bartaraf etadi. Uning
ogohlantiruvchi vazifasining mohiyati shu bilan belgilanadiki, u
xo‘jalik qarorlari, faoliyati va uning natijalarini atrof tabiiy muhit
muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga
muvofiqligini dastlabki jamiyatning ekologik xavfsizligi
tekshiruvi ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Ekologiya
– tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o‘zaro
aloqasini o‘rganuvchi fan.
Eksternaliya
iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki
oqibatida) bo‘lib, u ushbu faoliyatning subyektiga ijobiy yoki
salbiy (ko‘pincha) ta’sir ko‘rsatadi.
Eksternaliya xarajatlari
tabiiy resurslarning cheklanganligi
bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Bunda atrof-muhitning sezilarli
zararli oqibatlarsiz ma’lum miqdordagi chiqarmalarni o‘ziga olishi
(singdirishi) qobiliyati resurslarning cheklanganligi sifatida
ishtirok etadi. Atrof tabiiy muhitning bu sifati assimilyatsiya
potensiali deb ataladi. Assimilyatsiya potensiali hajmidan oshib
ketgan chiqarmalar ziyonni keltirib chiqaradi va shunga mos holda
eksternaliya xarajatlari paydo bo‘ladi.
306
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., 2019.
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” to‘g‘risidagi qonun.
–
T.: “Adolat”, 1998.
3.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat Yer kadastri” to‘g‘risidagi
qonun. – T.: “Adolat”, 1998.
4.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Tabiatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risida”gi qonun, 1992.
5.
O‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonun.
1993.
6.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentyabrdagi O‘RQ-
409-son “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga asosan yangi tahriri.
7.
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
son farmoni. 2017-yil.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-aprelda
imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi
tizimini
takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PF-5024-son
farmoni. www.lex.uz
9.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-
iyundagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan
bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish
va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori.
10.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan
o‘tish tartibi to‘g‘risida nizom. 2014-yil. 290-son qaror.
11.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan
o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 19-ilova.
12.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT
Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan. // Xalq so‘zi. 2017-
yil 20-sentyabr.
307
13.
O‘zbekiston
Respublikasi
Qishloq
xo‘jaligi
vazirligi
ma’lumotlari.
14.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari.
15.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risida
Milliy hisobot. 2016.
16.
Karimov I.A. “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishning muhim zahiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi
nutqi. // Xalq so‘zi. 2014-yil 7-iyun. № 110.
17.
Avazov SH.M. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.–T.: ILM-
ZIYO, 2013.
18.
Artiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. – T., 2012 y.
19.
Alixanov B. O‘zbekistonning ekologik sharhi. – T., 2008.
20.
Акимова Т.А.,Хаскин В.В.Экология.–М.:ЮННТИ,2001.
21.
Акимова Т.А. Экология. Человек – Экономика – Биота –
среда. Учебник / – 3-е изд., перераб. И доп. – М.: ЮНИТИ-
ДАНА,2007.
22.
Бобылов С.Н.,Ходжаев А.СН. Экономика
природополъзования. Учебник. – М.: ИНФРА-М,2007.
23.
Буригин В.А.,Марсинковская М.И. Селъское хозяйство и
экология. Учеб. Пособие для студ. Высших. Учеб. Заведений по
спец. Охрана природы. – Т.:”Мехнат”,1990.
24.
Baratov R. Tabiatni muhofaza qilish. – T.: O‘qituvchi,1991.
25.
Вернадский В.И.Живое вещество и биосфера. – М.Ж
Наука,1994.
26.
Герасимова М.И.,Караваева Н.А.,Таргулян В.О.Деградация
почв:
методология
и
возможности
картографирования.//
Почвоведение. – М.,2000.
27.
Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova
M.E. Tuproqlar degradatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. 2012.
28.
Дроздов В.В. Обшая экология. Учебное пособие. – СПБ.:
РГГМУ,2011.
29.
Деградация и охрана почв. Под ред.академика РАН
Г.В.Доброволъского. – М.: Изд-во МГУ,2002.
30.
Jumayev T. Ekologiya iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot.
Monografiya. – T., 2014.
31.
Jumayev T. Ekologiya iqtisodiyoti: darslik. – T., 2004.
32.
Yergashev A. Umumiy ekologiya. – T., 2003.
308
33.
Yormatova D. Ekologiya. Darslik. – T.: Fan va texnologiya,
2012.
34.
Yormatova D. Sanoat ekologiyasi. – T., 2008.
35.
Ikromova N.I. Mintaqa ekologiyasini tartibga solish
muammolari. – T., 2006.
36.
Карманов
И.И.,Булгаков
Д.С.
Деградация
почв:
предложения по совершенствованию терминов и определений. //
Антропогенная деградация почвенного покрова и меры ее
предупреждения. – М.,1998.
37.
Otaboyev SH., Nabiev M.
Inson va biosfera. – T.: «O‘qituvchi»,
1997.
38.
Capello R. Regional Economics, 2015 by Pearson Education,
Inc. P. 370.
39.
To‘xtayev A.S
.
Ekologiya. Pedagogika institutlarining talabalari
uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: “O‘qituvchi”, 2001.
40.
Tursunov X. Raximova T. Ekologiya. O‘quv qo‘llanma. – T.,
2006.
41.
Tuxtayev A. Ekologiya. – T.: “O‘qituvchi”, 1998.
42.
Xolliyev I., Ikromov A. Ekologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma. – T.: “Mehnat”, 2001.
43.
Hamdamov
A.
“
Ekologiya” fanidan ma’ruza matni. –
Namangan, 2016.
44.
Shodimetov YU. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. – T.: “O‘qituvchi”,
1994.
45.
Ergashev A.E., Sheraliev A.SH., Suvonov X.A., Ergashev T.A.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. – T.: “Fan”, 2009.
Internet saytlari:
1.
www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
2.
www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy
sayti.
3.
www.sbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy
sayti.
4.
www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
rasmiy sayti.
5.
www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat satistika qo‘mitasi
rasmiy sayti.
6.
www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi.
309
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………
3
I BOB.
Kelajakdagi atrof-muhit muammolari…………...
5
1.1.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar………………...
5
1.2.
Atrof-muhit
muammolari
yuzaga
kelishida
iqtisodiyotning roli……………………………………..
14
1.3.
Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit……………………
23
II BOB. Atrof-muhitni qadrlash.........................................
31
2.1.
Nima uchun atrof-muhitni qadrlash kerak....................... 31
2.2.
Tanlov tajribalari.............................................................
35
2.3.
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali
baholash...........................................................................
50
III BOB. Resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va
qazib olish narxi....................................................
55
3.1.
Resurs taksonomiyasi......................................................
55
3.2.
Resurslarning bozor taqsimoti.........................................
62
3.3.
Foydali qazilmalar...........................................................
64
3.4.
Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash……
68
IV BOB.
Biologik
resurslar
va
alohida
muhofaza
qilinadigan hududlar.............................................
72
4.1.
Biologik resurslar haqida tushuncha. Bioresurs, produt-
sent, konsument, redutsent, tabiatda moddalarning
biologik aylanishi……………………….
72
4.2.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (qo‘riqxonalar,
tabiiy va milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar, tabiiy
yodgorliklar)……………………………………………
76
4.3.
O‘zbekiston
Respublikasi
o‘simlik
resurslari.
O‘rmondan foydalanish. Hayvonot resurslari (jumladan,
baliq resurslari)………………………………………….
81
V BOB.
Inson ekologiyasi...................................................
95
5.1.
Aholi sonining o‘sishi va atrof-muhit muammolari……
95
5.2.
Atrof-muhit va demografik siyosat…………………….. 99
5.3.
O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning
samaradorligini oshirish………………………………..
103
VI BOB.
Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy
nuqtai-nazar…………………………………………
110
6.1.
Ifloslantiruvchi taksonomiya........................................... 110
6.2.
Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi……………….. 114
6.3.
Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat………….. 118
310
6.4.
Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro
tajribalar..........................................................................
120
VII BOB.
Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan
manbaalar……………………………………………
123
7.1.
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar… 123
7.2.
Suvni taqsimlash tizimlari……………………………... 130
7.3.
Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya………….... 132
7.4.
Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar 145
VIII
BOB.
Yer: joylashishi va undan ko‘p maqsadli
foydalanish …………………………………………...
151
8.1.
Yer ajratish iqtisodiyoti………………………………... 151
8.2.
Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash……….. 159
8.3.
Yerlarni himoya qilish vositalari………………………. 168
IX BOB. Ekotizim tovarlari va xizmatlari: tabiatga tahdid
solish………………………………………………….
179
9.1.
Ekotizim xizmatlarini iqtisodiy tahlil qilish..................... 179
9.2.
Tabiatni
muhofaza
qilishning
institutsional
mexanizmlari…………………………………………...
183
9.3.
Ekoturizm.......................................................................... 185
X BOB.
Energiya: qayta tiklanadigan manbaalarga
o‘tish………………………………………………….
189
10.1.
Tabiiy gaz: narxlarni nazorat qilish…………………….. 189
10.2.
Neft: Kartel muammolari………………………………. 192
10.3.
Elektroenergiya: chiqib ketadigan manbaalarning o‘rni.. 197
10.4.
Qayta
tiklanuvchan
energetika
texnologiyalarini
qo‘llash………………………………………………….
206
XI BOB. Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish…………………………………………
213
11.1.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash................. 213
11.2.
Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish..................................... 217
11.3.
Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan ikkilamchi
mahsulot olish..................................................................
224
11.4.
GMO ga qarshi kurashish muammolari........................... 231
XII BOB
Iqlim o‘zgarishi..............................................................
240
12.1.
Iqlim o‘zgarishi…………………………………....
240
12.2.
Iqlim o‘zgarishlari haqida…………………………….... 243
12.3.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muzokaralar................ 252
12.4.
Iqtisodiy yumshatish siyosati …………………………... 257
311
XIII BOB
Atrof-muhitni
muhofaza
qilish,
tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish………………….
275
13.1.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
foydalanishni nazorat qilish…………………………….
275
13.2.
Tabiatdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy
uslublari…………………………………………………
280
13.3
Tabiatni muhofaza qilish tizimining tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish……………………………...
285
GLOSSARIY
……………………………………………………….
295
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………..……………
306
Xotamov Ibodullo Sadulloyevich,
Sultanov Mansur Qilichovich,
Yadgarov Akram Akbarovich
ATROF - MUHIT VA TABIIY
RESURSLAR IQTISODIYOTI
(DARSLIK)
Toshkent – «INNOVATSION RIVOJLANISH
NASHRIYOT-MATBAA UYI» – 2021
Muharrir:
SH. Kusherbayeva
Tex. muharrir: A.Moydinov
Musavvir: A.Shushunov
Musahhih: L.Ibragimov
Kompyuterda
sahifalovchi: M.Zoyirova
E-mail: nashr2019@inbox.ru Tel: +99899920-90-35
Nashr.lits. № 3226-275f-3128-7d30-5c28-4094-7907, 10.08.2020.
Bosishga ruxsat etildi 20.06.2021.
Bichimi 60x84
1
/
16
. «Timez Uz» garniturasi.
Ofset bosma usulida bosildi.
Shartli bosma tabog‘i 20,0. Nashriyot bosma tabog‘i 19,5.
Tiraji 50. Buyurtma № 83.
«INNOVATSION RIVOJLANISH NASHRIYOT-MATBAA
UYI» bosmaxonasida chop etildi.
100174, Toshkent sh, Olmazor tumani,
Universitet ko‘chasi, 7-uy.
Dostları ilə paylaş: |