Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

20

suhbatlashaman”.  



Oh, bu o’lim. Yo sen bo’lmasayding, yo biz bo’lmasaydik… 

Qishloqdagi qarindoshlarim ham o’tishgan edi 

 

 



Nihoyat, yo’lga chiqdim. O’n soatlik masofa. Shaharga tushilganidan so’ng, qishloqqacha 

yana ikki soat yuriladi. Bularning hammasiga onam uchun bardosh berdim. Hech 

bo’lmaganda hayotdagi yagona suyanchim bo’lgan akam, sirdoshim uchun. Seva-seva

onajon sizni yo’qlab kelyapman.  

 

Men bu g’urbatga tushdim tug’ilib,  

Har kuni tobora surilmoqdaman.  

Hech kecha ichingga marmar sochaman,  

Bu sovuq joylarda siqilmoqdaman.  

Shundayin sinovlarda qolgan paytimda,  

Tunlarni bag’rimga olgan paytimda,  

Ko’zlarim yumilib qolgan paytimda,  

Yangidan yo’llarga ko’z tikmoqdaman.  

Hayotimning so’nggi ko’rinib qoldi,  

Qolmadi bir qadam yo’lim oldingga  

Yuzini ko’rmasdan o’lolsam deya,  

Ranjimoqdaman men, ranjimoqdaman.  

 

Qishlog’imiz kichkina edi. O’n yil ichida yarim aholisi boshqa shaharlarga ko’chib ketibdi. 



Tanishlar yo’q. Faqat kiyimlarimga va kiyinishim uchun menga ters qaraydigan keksalar 

bor edi. Qishloqqa tushdan keyin yetib keldim. Horg’in, holdan toyib. O’n yildirki, 

umuman xabarlashmagan ikki qarindoshim bor edi. Amakimning xotini va ammam. 

Uylarini eslayman. Birinchi brogan joyim ammamning uyi bo’ldi. Eshik qulf, uy ancha 

avval tashlab ketilgan. Keksa bir amakini uchratib qoldim va undan ammamni so’radim.  

-Taniyman, Guluzor Xonimni, -dedi. Oxiratda opam bo’lsin. Juda yaxshi ayol edilar. 

Sizlarga umr bersin, bolam.  

Karaxt bo’lib qoldim. Demak, ammam ham o’libdilar-da…Oilamizning so’nggi yodgori… 

O’lsinlar…to’g’ri odamlar. To’g’rilarning bu dunyo bialn nima ishi bor. Azaldan bu dunoy 

egrilarga qolgan, to’g’rilarga kun yo’q. O’lim xabarini eshitgach, ichimda bir narsa uzildi. 

Oh, o’lim, seni qanday yo’qotsam ekan. Sen mening eng sevimli insonlarimni olib 

ketding.  

Keksa amaki meni tanimadi.  

-Sen kimning qizisan?-dedi. Dadamning ismini aytganimda, qishloqqacha yoyilgan 

dovrug’imizni gapirdi.  

-Tushundim, tushundim. Sen shu talofatlarga aralashgan qizsan. Nima ham derdim. 

Alloh panohida asrasin.  

Bir narsalarni sezgandi. Balki men o’ylaganimdan ko’prog’ini. Chunki yomon xabar tez 

tarqaladi. Men haqimda nimalarni o’ylayotganini taxmin qilardim. Men bu qishloq uchun 

yaxshi qiz emasdim. Qariya gapida davom etdi: 

-Dadang ham, oanng ham yaxshi odamlar edi. Ayniqsa, onang farishtadek bir ayol edi. 

Iymonli, tilida doim Qur’on. Qishloq qizlarini o’qitar, ularga dinni, diyonatni o’rgatar edi. 

Qariyaning qisqagina bir maktubini olgandim:”Yahshi bir otadan, dindor bir onadan 

qanday qilib bunaqa qiz bo’ldi. Sen ham oilangni, ham qishloqni yuzini qrao qilding”.  

Ehtimol, qariya haqdir. Onam tirik bo’lib, meni shu holda ko’rsaydi, bundan boshqa 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə