Melioratsiya va gidrologiya



Yüklə 22,43 Kb.
tarix20.03.2023
ölçüsü22,43 Kb.
#102861
AA Melioratsiya




MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI 4- KURS TALABASI USMONALIYEVA NIGORANING “MELIORATSIYA VA GIDROLOGIYA” FANIDAN SUG’ORISH SUVLARINING SIFATI VA SUG’ORISH NORMALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: USMONALIYEVA N.
Tekshirdi: ZOKIROVA S.

Toshkent-2020 yil.


Reja:


  1. Suvlarning sifati va sug’orish uchun yaroqliligi.

  2. Suv sifatini yaxshilash.

  3. Ekinlarni sug’orish me’yorlari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Suvning sifati uni aniq bir foydalanish (iste'mol qilish) turiga ko‘ra tarkibi va xususiyatiga qarab tavsiflanadi. Sanitariya me'yorlari bo'yicha organoleptik hamda umumiy sanitariya ko'rsatkichlari va, shuningdek, undagi zararii moddalar miqdoriari belgilanadi. Shu ko'rsatkichlaming tahlili mazkur suvning ma'lum bir iste'mol turiga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bildiradi.
Ifloslangan suv deyilganda aniq bir suvdan foydalanish turi uchun antropogen faoliyat ta'sirida tarkibi o'zgaigan suvlar tushuniladi. Suvni ifloslanganlik kriteriysi bo'lib uning organoleptik xususiyatlarini o'zgarishi va unda o'simlik, inson hamda hayvonlar uchun zararii bo'lgan moddalar mavjudtigi hisoblanadi: ular ta'sirida suvda zaharlilik, allergiyaga, inson va hayvon organizmlarida o'zgarishlatga sabab bo'luvchi xususiyatlar paydo bo'ladi. Bulaming barchasi suv tarkibidagi har bir moddani ruxsat etiladigan eng kam miqdori (ПДК-предельно-допустимая концентрация) ni belgiiash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Suv sifatini belgilashda so'nggi vaqtlarda suv sifati indeksi, undagi moddalami zararliligini cheklovchi ko'rsatkichlar, umumsanitariya indeksi, n flK biologik integrali, ifloslanganlik koeffitsienti kabi ko'rsatkichlar tizimi qo'llanilmoqda. Sug'orish suvlarining sifati birinchi navbatda ulardagi loyqa va tuz miqdori hamda ulaming bakteriologik tarkibi bilan belgilanadi. Markaziy Osiyo daryolarining loyqaligi turiicha bo‘lib, ko'pchilik daryolarning suv yig'ish havzasi suv eroziyasi kuchli kuzatiladigan nayonlarda (lyossimon, yengiJ, yuviluvchan tuproqlar) joylashgan: qator rayonlarda 1 km1 dan yiliga 10 t, ayrim rayonlarda (Vaxsh daryosi) 2000 t tuproq yuviladi. Janubdagi daryolaming loyqaligi shimoliy hududlardagidan yuqori: Chirchiq daryosining loyqaligi 0,2-0,3 kg/m3 gacha bo‘lsa, Vaxsh daryosiniki 4 kg/m3, Amudaryo - 3 kg/m3 dan ortiq,Sherobod va Sangardak - 3 kg/m3, Norin - 1,09 kg/m3, Qoradaryo -1,62 kg/m3, Qashqadaryo - 0,5—3 va Surxondaryoning loyqaligi 0,3-3 kg/m3 ni tashkil etadi. Faqatgina Osiyo qit'asidagi daryolar Jahon okeaniga har yili 10,5mlrd. tonna oqiziq tashlaydi.Daryo suvlarining tuz tarkibi va menerallashganlik danajasi harorat va biokimyoviy omillar, suv yig'ish havzasining geologik tuzilishiga bog'liq. Kam suv sarfli tog' daryoiari tarkibida gidrokarbonat va kalsiy ionlari ko'p bo'lsa, tog'oldi tekisliklaridagi daryolarda sulfat ioni ko'p, quyi oqimida esa natriy, magniy va xlor ionlari miqdori orta boradi. Daryolaming sarfl ko'paygan (toshqin) davrda suvning minerallashganlik darajasi kamayadi va, aksincha, sentabrdan martgacha ortib boradi. Chunki bu davrda daryolar minerallashgan sizot suvlar evaziga ham ta'minlanadi. Sug'oriladigan yerlaming kengaytirilishi va sho'rlangan qo'riq yerlaming o'zlashtirilishi ko'p miqdorda kollektor-zovur suvlarini shakllanuviga olib kelmoqda va bu suvlami ochiq suv havzalariga tashlanishi oqibatida ularning minerallashganlik darajasi ortjb ketmoqda (15-jadval). Respublikada ifloslangan suvlaming vujudga kelishida sug'oriladigan dehqonchilikning ulushi 78 foizni, sanoat — 18 va maishiy-xo'jalik 4 foizni tashkil
etmoqda. Yerlami sug'orish va sho'r yuvish joyning gidroekologik sharoitlarini tubdan o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Kanallar va sug'oriladigan yerlardan suvni filtratsiyaga ko'p miqdorda isrof bo'Iishi sizot suvlar sathini ko'tarilishiga olib keladi va bu jarayonda ulaming tarkibi tuzlar bilan. Shuningdek, atmosferadagi tuz aralashmalari tabiiy suvlar sifatiga ham sezilarli ta'sir etadj.
Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan o'zanidan 75-125 mln.
tonna tuz atmosferaga ko'tarilib, shamot yordamida (impulverizatsiya)
1,5-2,0 mln. km’ maydonga tarqalmoqda va dengizdan 100 km masofada
joylashgan yerlaming har gektariga yiliga 750 kg. dan qum va tuz aralashmasi tushmoqda, ayniqsa, Orol atrofidagi hududga juda katta zarar
keltirmoqda (T. Kamolov, Sh. Talipov, 2003). Suv manbalarining ifloslanishi natijasida uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari (ranggi, hidi va mazasi) o‘zgaradi. A.P. Orlova va L.V.Yaroshenko (1976) ma'lumotlari ko'rsatadiki, respublika sharoitida qo’llanilayotgan xlororganik pestitsidlaming 2,5—4,2 foizi, fosfororganik pestitsidlaming 2,5—0,8 foizi oqova suvlar bilan oqib chiqib ketadi. Amudaryoning quyi oqimida suv tarkibida azotning konsentratsiyasi 13,6mg/l. gacha yetib bormoqda. Suv manbalarining organik moddalar bilan
ifloslanishi undagi kislorodning keskin kamayishiga sabab boladi. Tabiiy suv manbalarini ifloslanishdan saqlashdagi asosiy tadbir —bu kollektor-zovur va oqova suvlardan ekinlami sug'orishda keng foydalanish orqali ulami ochiq suv havzalariga tashlashga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Talabga javob bermaydigan sifatga ega suvlar foydalanishdan oldin qator tadbirlar evaziga yaxshilanadi. Suv sifatini yaxshilash deganda uning tarkibidagi moddalar miqdorini aniq bir iste'mol turi uchun yo'l qo'yiladigan darajaga yetkazish tushuniladi. Sug'orish uchun ishlatiladigan suvlaming sifati uning tarkibidagi tuzning miqdori va tarkibi, loyqaligi, shuningdek, unda patogen mikroblar mavjudligi bilan belgilanadi. Sug'orish uchun suvlaming yaroqliligi uning tarkibidagi moddalar konsentratsiyasi, tuproq xossalari, iqlim sharoitlari va parvarish qilinayotgan ekinlaming biologik xususiyatiari bo'yicha aniqlanadi. MinerallashganJik darajasini kamaytirish uchun bunday suvlar daryo (chuchuk) suvi bilan aralashtiriladi. Chiqindi suvlar maxsus inshootlarda sun'iy tozalashlardan o'tkaziladi. Loyqa oqiziqlardan tozalash maqsadida daryolardan suv olish qismida maxsus tindirgich — hovuzlardan foydalaniladi.
Suv tarkibidagi oqiziqlar tarkibida ma'lum miqdorda oziq moddalar ham bo‘lib, ular tuproq unumdorligini oshirishda ma’lum bir roini o'ynaydi. Misol tariqasida ko‘rsatib o‘tish mumkinki, Misrda Nil daryosining loyqa suvidan sug‘orishda foydalanib, ekinlardan yetarlicha yuqori hosil olib kelinmoqda. Amudaryodagi oqiziqlar Karki shahri yonida yiliga 243 mln. tonnani tashkil etadiki, uning tarkibida kalsiy karbonat, kaliy va fosfor tuzlari kabi o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud. Bunday suvlar bilan sug'orish natijasida bir vaqtda o'simliklaming oziq unsurlariga bo'lgan talabi ma’lum darajada ta'minlanadi. Sholining mavsumiy sug'orish me'yorini 25-30 ming mVga va Sirdaryoning quyi oqimidagi suvning loyqaligini 2,64 g/l ekanligi inobatga olinsa, aytish mumkinki, sug'orish suvlari bilan har gektar yerga mavsumda 25—30 t oqiziq tushadi va uning qaJinligi 10 yil davomida 2,5 sm. ni tashkil etadi. Ekinlami sug‘orishda minerallashgan suvlardan foydalanish evaziga tuproqda ma'lum miqdorda tuz to'planishi ham kuzatiladi. Masalan, suv tarkibida 1,5 g/l tuz bo‘lsa va mavsumiy sug'orish me'yori 5000 m3/ga. ni tashkil etsa, sug'orish orqali har gektar yerga 7,5 t tuz kelib tushadi. Suv tarkibida natriy ionining ko'p bo'lishi tuproqning sho'rtoblanishiga sabab bo'ladi. Tarkibida xloridli tuzlar ko'p bo'lgan suvlar bilan sug'orish o'simlikka juda kuchli salbiy ta'sir ko'rsatadi: xloridli tuzlar I g/l. gacha bo'lgan suvlardan yengil tuproqlarda va 0,5 g/l. gacha bo'lgan suvlardan esa barcha tuproqlarda foydalanish mumkin. Suvning sifati sug'orish texnikasi va yomg'irlatib sug'orish mashinalarining uzluksiz ishlashiga ham ta'sir etadi. Shu sababdan loyqaligi 4—5 g/1 bo'lgan suvlardan foydalanishda egifuvchan shlanglarni loyqa bosmasligi uchun ularning uzunligi 150 m. dan ortiq bo'lmasligi, diametri 200 mm va suvning oqish tezligi 1,5 m/sek. dan kam bo'lmasligi lozim. Yomg'irlatib sug'orish mashinasiga uzatilayotgan suv tarkibida qattiq qo'shilmalaming o'lchami 0,2-0,5 mm. dan kichik bo'lishi lozim.
Sug'orish me'yorlari haydov qatlamini namiqtirish hisobidan beigilanadi: yengil tuproqlanda 700-800, o'rtacha - 900-1000 va og‘ir tuproqlarda 1000-1200 m3/ga suv beriladi. Mavsumiy sug'orish me'yori deyilganda 1 ga maydonga ekinning o‘suv davri davomida beriladigan suv miqdori (m3/ga yoki mm hisobida) tushuniladi.
Suvdan foydalanish rejasini tuzish uslubiyati sobiq Ittifoqda birinchi marotaba N.A. Yanishevskiy tomonidan 1928— 1929-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, u sug'orish tizimlarida suvdan foydalanish rejasini tuzish va amalga oshirish asoslarini yaratdi, sug'orish me'yorlari va muddatlarini belgilashni ma'lum bir tartibga soldi, sug'orish kanallarida suv o'lchash usullari va suv taqsimlash hamda suv isrofgarchiliklarini kamaytirish bo'yicha taklifiar kiritdi. 1938-yilda I.A. Sharov tomonidan suvdan foydalanish rejasini tuzish tartibi ancha takomillashtirildi. 1949-yilga qadar SFR faqat xo'jaliklararo sug'orish tizimlari uchungina tuzilar edi, keyin esa xo'jalik sug'orish tizimlari uchun ham tuzila boshlandi.
Suv taqchilligi kutilayotgan yillarda zudlik bilan ekinlar strukturasiga o‘zgartirishlar kiritish (suvga ko‘p talabchan ekinlar o‘miga kam talabchan ekinlar ekish) yoki dastlabki sug'orishlarda sug'orish me'yorini oshirish evaziga tuproqda ko'proq nam to'plashga e'tibor qaratiladi. Suv taqchilligi o‘suv davrida yuzaga kelsa sug'orish me'yorlari 200—300 m3/ga ga kamaytiriladi. Sug'orish tarmoqlarida suv kamayib ketgan hollarda xo'jalikda suvdan navbatma-navbat foydalanishga o'tiladi.
Kam qatlamga ega, shag'al yotqiziqli, yengil mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida sug‘orish suvlari chuqur qatlamlarga ko‘p miqdorda sizilib isrof bo'ladi. Shu boisdan bunday yerlarda sug'orish me'yorlari kamaytirilib, ekinlar tez-tez sug'orib turiladi, ya'ni sug'orish soni oshiriladi.

XULOSA
Umumiy xulosa qilib aytganda sug’orishda suvni qay tarzda sarflash kerakligi har tarafdan hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Suv qanday holatda ekanligiga qarab undan foydalanish mumkinligini bilish mumkin. Sug’orishda foydalaniladigan suvlar turlicha bo’ladi. Ammo shuni ta’kidlab o’tish kerakki barcha narsa nisbiydir. Shunday ekan sug’orish ishlarida ham me’yor bo’lish kerakligini isboti hisoblanadi. Me’yoriy sug’orilganda ham o’simlik uchun ham tuproq uchun foydadan holi emas. Agarda normadan oshib ketsa, yoki kam holatda bo’lsa biz kutgan natijaga erishish bir muncha qiyinchilik tug’diradi. Har bir o’simlik turiga qarab, vegetatsiya davriga qarab suvni turlicha talab qiladi. Undan tashqari sug’orish rejimiga ko’ra sug’orish ishlari amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Rejimni, normani inobatga olib dehqonchilikda sug’orish ishlari amalga oshirilsa, ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’yilmagan bo’ladi. Ammo shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi kunda bunday Ilmiy yondashgan holda dehqonchilik ishlari olib borilmoqda. Natijada tuproqni ikkilamchi sho’rlanishi va boshqa muammolar vujudga kelmoqda. Mana shunday muammolarni oldini olish maqsadida hozirgi kunda huquqiy normalar ishlab chiqilgan. Lekin hali uning ijrosi amalda juda kam abyomda olib borilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. I.Boboxo’jayev, SH.Xoliqulov, P.Uzoqov “Tuproqshunoslik” Toshkent 2011. (91-112 bet)

  2. Internet ma’lumotlari

  3. www. Ziyonet,uz

  4. www,wikipediya.ua

Yüklə 22,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə