2-chizma
Markaziy Bank bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini
ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning
faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar
oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo
bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank,
avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona – tijorat
banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga
aralashish Markaziy bank majburiyatiga kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarin
ing me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligi
ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi ke rak.
Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib, tijorat
banklari pog‘onasiga yetkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi
ustidan nazoratni amalga oshiradi va infl atsiya, ishsizlikning past darajasini
ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bunda Markaziy bank
emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va
ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari tijorat banklari
o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi – bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat
ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in hisoblangan mustaqil tijorat banklarining tarmog‘idir.
Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank
xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan,
Shvetsiyada Davlat banki 40 ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi, xolos,
AQSHda 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud bo‘lsa, Shveysariyada har 10
ming aholiga bittadan moliya muassasasi to‘g‘ri keladi. Rossiyada 1995yil boshiga
kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish
litsenziyasiga ega bo‘lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan.
Bank tizimining rivojlanish tarixiga chuqur urg‘u bermasdan, O‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tashkil qilingan va takomillashib
borayotgan bank tizimi to‘g‘risida to‘xtalsak maqsadga muvofi q bo‘lar edi.
1991-yilning 1-sentabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun
dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning
respublikamizga ham kirib keli shiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham
respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank
tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekistondagi bank muassasalari sobiq Ittifoq
bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq Ittifoq bank
tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR Qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini
va Davlat Mehnat omonat-jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq
bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida
emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga hisob-kitob
operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya
funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish
funksiyalarini bajarishga monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va
nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishda
shaklan yuzaki xarakterga ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham
boshqarish, ham nazorat qi lish davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Bular
o‘z navbatida bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keldi.
Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko‘rsatgan respublika banklari
tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat
qilish sobiq Ittifoq Davlat banki qo‘lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor
iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank
tizimining qator kamchiliklari ro‘yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub
o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi.
1987-yilda bank tizimini qaytadan tashkil etish boshlandi. Bu jarayonda bank
tizimining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, banklarn ing rolini oshirish, iqtisodiy
tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi
iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi Davlat bankining yangi
tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat edi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
–
ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emis-sion bank va
bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
–
ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini
moliyalashga o‘tkazish;
–
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan
kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining kredit
tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan
banklarga topshirdi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan
birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar
faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit siyosatini olib
boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida
vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal
qurilish va sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat
banki, Jamg‘arma banki tashkil qilinib, xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalar
tobora yaqinlashdi, ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada
boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida
juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy
munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda qilolmasdi, shuning uchun ham bank
tizimini yanada takomillashtirish obyektiv zaruratga aylandi.
1988-yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila boshlandi. Lekin bu
davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy bankning roli hali ham yuqori,
sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufi da edi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi
Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasida ikki bosq ichli bank tizimini tashkil etish
g‘oyasi yuzaga keldi. Bu qonunga asosan Davlat boshqaruv organlari respublika
Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy
majlisiga hisobot berishi kerak. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan,
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini
tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat qilib qo‘yildi:
–
Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli musta qil tijo-rat va xususiy
banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqich li bank tizimini vujudga keltirish,
respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini
ochish uchun qulay sharoit yaratish;
–
barqaror pul muomalasini ta’minlash;
–
kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash;
–
O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kir itish uchun
zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarni yaratish va
boshqalar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi
bosqichi, milliy valutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali
bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yara tish bo‘yicha
olib boriladigan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi“ Qonuni asosida amalga
oshirildi. Mazkur Qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluv
chi bank muassasalari shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ushbu Qonunga muvofi q, sobiq Ittifoq Davlat bankining respublika muassasasi
asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul
muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov
tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kred
itlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qi lingan
ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valuta
muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan
1994–1996-yillarni o‘z ichiga oladi. 1994-yilda Milliy valuta so‘mning muomalaga
kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining asosiy
bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik
kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga
qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha
choratadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan
tijorat
banklari
faoliyatini
rivojlantirishda
Vazirlar
Mahkamasining „Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini
barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 1994-yil 18-martdagi
Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini
yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amal iyotiga
qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘lyo‘riqlar belgilab
berildi. 1994-yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va
ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
1996-yilda Respublika Prezidentining „Bank auditi tizimini rivojlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya
hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va
jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan „Artur Andersen“, „Deloyt end
tush“, „Key Pi Em Ji-(KPMG)“, „Ernest end Yang“, „Kupers end Laybrand“ kabilar
yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini
rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy
asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida
„O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“gi va „Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995-yil 21-dekabrda banklar faoliyatini huquqiy va me’yoriy tartibga solish
qoidalarini belgilovchi „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“
va 1996-yil 25-aprelda „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning qabul
qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam
qonuniy poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997– 2000-yillarni o‘z ichiga
olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik-tijorat banklarida
boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda
tutiladi.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 24-apreldagi
„Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur
Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam
bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi.
Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank
operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib
hisobl aganda 20 taga yetdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ
boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga
oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-
oktabrdagi „Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mazkur Farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank
kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuyini belgilab berdi.
Ushbu Farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda
har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi
zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali
mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi
„Bank tizim ini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan bank
tizimining barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda
banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini
rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991–2000-yillar mobaynida
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalq aro andozalarga yaqinlashtirish
maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining
boshlanishi bank tiz imi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichida amalga oshirildi. Bu
bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi „Bank ti
zimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi
Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi „Bank tizimini isloh
qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Qarori qabul qilinishi bilan
boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib
belgilandi:
–
bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari
mustaqilligini oshirish;
–
bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlan-tirish;
–
bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchi-larning
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
–
banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan kor-xonalarni,
xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini
kreditlash jarayonini kengaytirish;
–
banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
–
banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik muno-sabatlarini
shakllantirish;
–
aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish;
–
xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlik-ni
kengaytirish, valuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar
belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat bank larini (1-ilovaga qarang) o‘z ichiga
oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor
islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati asoslari
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pulkredit siyosatini, emissiya
jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa
hisoblanadi. 1995yil 21-dekabrda „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida“ gi Qonuni qabul qilindi. Markaziy bank ning maqomi va maqsadlari
ushbu Qonunning 1-moddasida belgilangan:
„O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat
mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan
mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga
oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi
yozilgan muhrga ega“.
Qonunning 3-moddasida „Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat“, deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini
ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valuta bozorlarida ayirboshlash kursining
barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy
siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim
ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya muassasalari
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valuta siyosati strategiyasi va taktikasini ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan
mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash
ko‘rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kred it hajmlarini va foiz
stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga sol ish, valuta-kredit siyosatini amalga
oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va
valuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-
sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat
Qonunning 6-moddasida „Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul
qilishda mustaqildir“, deb tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Qonunning 2-moddasiga muvofi q O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol
uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini
samarali o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va ta’sirida bo‘lmagan turli
omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini
murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini,
birinchi galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valuta kursini belgilashni idora
qiladi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir
qatorda, uning uchun taqiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan
shug‘ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish
taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida
bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik
shaxslarni baravar ko‘rishi lozim.
3. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari
Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
–
monetar siyosatni va valutani boshqarish siyosatini shakllan-tirish, qabul
qilish hamda amalga oshirish;
–
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizi-mini yaratish;
–
banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
–
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta zaxirasini saqlash va uni
boshqarish;
–
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijro-sini
uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarishi, pul-kredit siyosatini amalga
oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va „O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 23-moddasiga muvofi q key
ingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga
axborot berishi lozim. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab
chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining
o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi
hajmining oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin,
bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pulning yuqori sur’atlarda
qadrsizlanishini sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib Markaziy bank
muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda
unga bo‘lgan talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning
qadrsizlanishi kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan
tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur
iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish
sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyoatini amalga
oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurl igiga
sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim
makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadr sizlanishi, milliy ishlab chiqarishning
umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas
bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan
ko‘rish mumkin.
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa
usullardan foydalanib, pul massasini boshqarib bo rishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofi
qlashtirish va infl atsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat
banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga
oshiradi. Minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda
majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat
bankining yig‘ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita
banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini
ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda
O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori
ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning
hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya
qilinishi uchun javobgardir. „Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy
zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomda belgilangan majburiy
zaxiralarni deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy
bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda
depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi
belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik
muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi me’yorlarni
banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar
bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-
kitob qilishda chet el valutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit
va jamg‘arma sertifi katlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan
mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik
hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank
majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‘g‘risidagi 28-
modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan
yetishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning
ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat
banklaridan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning
yetkazib berilgan mollari ning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u
tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida
veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan
vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotish huquqiga ega. Tijorat banki vekselni sotib
olganda, unda ko‘rsatilgan summa dan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda
tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda
Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz-hisob stavkasini ushlab qoladi.
Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankn ing hisob stavkasiga
tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob
stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob
stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu to‘g‘ridan
to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan
holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi
quyidagi usullarda olib boriladi:
–
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan
kreditlash;
–
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish yo‘li
bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi;
–
to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli.
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan
foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va
kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish
siyosatini olib bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi
aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar berishi
mumkin:
–
oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari
va boshqa boyliklar;
–
davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat-langan boshqa
qarz vositalari.
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan
ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar
to‘lanishiga banklar asosida kreditlar berishi mumkin.
Bank faoliyatida tavakkalchilikning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib
ketmasligi bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. Tavakkalchilik
doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya
etilishi majb uriy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo‘yish orqali amalga
oshiriladi. Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisod iy me’yorlarni,
shu jumladan:
–
kapitalning yetarlilik koeffi tsiyentini;
–
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guru-higa
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
–
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;
–
likvidlilik koeffi tsiyentlari va boshqalarni belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin
e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab
qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav
kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga
ega.
Hisob-kitoblarni va o‘tkazish operatsiyalarini bajarish. O‘zbekiston Respublikasi
hududida hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz tarzda amalga oshiriladi. Jami pul
aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz to‘lovlarga to‘g‘ri keladi. Bunda pulning
harakati kredit muassasalaridagi hisobvaraqlariga pul o‘tkazish va o‘zaro talablarni
hisobga olish jarayonida sodir bo‘ladi. Mahsulot sotish ishlarini bajarish, xizmat
ko‘rsatish yo‘li bilan mablag‘ topish, milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash, bankdan qarz olish va uni qaytarish, aholiga pul daromadlarini to‘lash
va ulardan foydalanish kabi xo‘jalik munosabatlarining sohalari vositasida naqd
pulsiz pul oboroti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari amal qilayotgan
bank muassasalari orqali o‘tadi. O‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun
majburiy bo‘lgan qoidalar asosida olib boriladi. Ushbu qoidalarning bir tarzda
qo‘llanishi butun respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilish-
dan asosiy maqsad „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi
Qonunning 50-moddasiga muvofi q bank tiz imini barqaror tutib turish, omonatchi
va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank faoliyatiga
ruxsatnoma (litsenziya) berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan shug‘ullanishga da’vogarlarning birlamchi
hujjatlarini ko‘rib chiqadi, pul bozorida ularning muomalaga tayyorligini,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga javob ber ishini tahlil qiladi va
qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma
beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank
muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib boradi.
Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy
me’yorlarni, shuningdek, kreditlash hajmi va limitlarini belgilaydi. Qonunda kredit
tashkilotlarning hamma turlari uchun yagona mazmunga ega bo‘lg an iqtisodiy
me’yorlar guruhining bajarilishi nazarda tutiladi. Kapit alning yetarliligi,
aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidligiga qar ab tijorat banklarining moliyaviy
ahvoli baholanadi, nochor bank lar aniqlanadi.
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisobkitoblarda zaxiradagi aktiv
va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit
siyosatida valuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina
qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan
mamlakatimizning oltin-valuta zaxira lari qiymatini saqlab turish imkoniyatini
yaratadi. Boshqa mo liya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy
valutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga
qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi
asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida
mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat
bankiri sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi,
ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga
oshiradi: davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish
tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki
xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi.
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish
masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari
to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fi skal (xazina) vakili
vazifasiga muvofi q hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan (47-modda),
hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet
kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli
qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni
yuritadi, davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda
qatnashadi.
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlarini bevosita kreditlamasa-da, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga
bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning
uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
operatsiyalaridan, shu jumladan, valuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardan, kredit, kimoshdi
savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin,
chet el valutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari, davlatning
qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy
bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid
qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan
tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan
muddatda kredit berishi mumkin.
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta
moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida“gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va
undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham Markaziy bankka murojaat qiladilar.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash huquqiga ega, ya’ni u emissiya
markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki
chakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil
uzishda mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur.
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi pul
miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb
qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan
koeffi tsiyentlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi,
uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tu zilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish
darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq.
Ko‘rib chi qilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofi q majburiy zaxira lar
alohida hisobvarag‘ida naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi.
Zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli
muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham
mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish
borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda mo liyaviy sanksiyalar (53-modda)
belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan
pulni qonunda belgil angan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar
solish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini
olib borish „Banklar va bank faol iyati to‘g‘risida“gi Qonunga asoslanadi. Bu
Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga
oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli
qog‘ozlar va xorijiy valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul
mablag‘larini jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolatlar berish va
hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
Odatda, O‘zbekistonda banklar aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etiladi.
Aksiyadorlar bankning ustav fondiga qo‘shgan hissalariga qarab, bankning
majburiyatlariga javobgardirlar. Aksiyadorlar bank faoliyatini boshlash bosqichida
bankdan bank ta’sis qilinganda qo‘shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquq
iga ega emaslar (ba’zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini,
ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining mablag‘lari,
jamoa, birlashmalar va fondlarining mablag‘lari, garov va kreditga olingan
mablag‘lardan foydalanish mumkin emas.
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksiyador jamiyat tuzilishiga o‘xshashdir.
Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Bu
yig‘ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari
ishtirok etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqishga qo‘yilgan
masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi
ishtirok etishi lozim.
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo‘shimcha
tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazor at qi lish mas’uliyati ham yuklatilgan.
Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankining
nizomi bilan belgilanadi.
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kred it siyosati va bankning
boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash,
sho‘balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan
shug‘ullanadi.
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. U aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi
boshqaruv raisi, rais o‘rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‘z
faoliyatini Nizom va yo‘riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi – bankning
boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank
faoliyatini, shu jumladan:
–
kreditlash va mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘riligini nazorat qilish;
–
bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;
–
bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;
–
bank siyosatini ishlab chiqish;
–
qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash va boshqa vazi-falarni amalga
oshiradi.
Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi
a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank
boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi.
4. Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi.
1.
Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan
resurslarga tayanib ishlash tamoyili.
2.
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat
ko‘rsatishi.
3.
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi.
4.
Banklar faoliyatining tijorat tavsifi .
5.
Mijozlar manfaatini himoya qilish.
6.
Banklarning daromadliligi va ular faoliyatining universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kred it resurslarini tashkil
qilish va ishlash tamoyili bank faoliyati ning poydevori hisoblanib, uning depozit va
omonatlarni jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish
bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan
jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb
etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos
yaratadi.
Tijorat bankining ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank
vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirishi, boshqalarga kredit
xizmatini ko‘rsatishi va vakillik hisobvarag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd
pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud
mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va
kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb
qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda
avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim.
Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu
mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari
bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olishi birmuncha muammolar bilan
bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Bank aktivida tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining
ko‘payishi, bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lari hissasining oshirilishini
taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy
normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini
inobatga olish lozim.
Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin,
lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma’muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash
mumkin emas.
Ma’muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi mumkin. Bu
cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bank ning tijorat asoslarining buzilishiga olib
keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun iqtisodiy
me’yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar
doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining
poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi,
passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili
banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan
unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarining
likvidl igini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir.
Bu tamoyilga asosan bank o‘zining va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil
foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit
siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi
va o‘zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat
turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati
to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond
va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaq il foydalanishlari mumkin.
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofi q taqsimlanadi. Aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi bankning har xil turdagi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini,
aksiyalarga to‘g‘ri keluv chi divident summasini belgilaydi.
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va molmulki bilan javob
beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning javobgarligini o‘z zimmasiga
oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat banki va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank
bozor mezonlaridan, daromad, tavakkalchilik va likvidlik darajalaridan kelib
chiqqan holda ssuda beradi.
Tijorat banki faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat obyekti vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsa-da,
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani
uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak.
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri
hisoblanadi. Bank har doim tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank
faoliyatida tavakkalchilik darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa,
bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan tavakkal
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan tavakkal qilishi
mumkin emas. Qisqacha qilib aytganda, bank faoliyati „hamma narsa mijoz uchun“
degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun
to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi.
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi.
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishl ariga va roziliklariga
asoslangan holda amalga oshirilishi loziml igi tufayli bank mijozlar manfaatini
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar
va operatsiyalarning universallashuvi va diversifi katsiyasi bo‘lib, banklar
faoliyatining turli tarmoq va sohalarini qamrab olishini kam tavakkalchilik asosida
yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’i nazar ularning faoliyati
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi
yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safi ga kirish
aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar
banklarning aksiyalarini sotib olishlari va aksiyador bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu
turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi
mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus banklarga
bo‘linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, Ipoteka-Zamin
banklarini kiritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo
va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o‘sib
bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh
pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik
faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib
borishi mumkin.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab
chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan
talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni
ta’minlashi mumkin.
5. Tijorat banklarining funksiyalari
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib
keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
–
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
–
korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
–
iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
–
moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
–
iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar.
XULOSA
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish
funksiyasini bajara turib bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi.
Jamg‘aruvchi (bo‘sh mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani
va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladi.
Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond
iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish, ularni kapitalga aylantirish
funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad
qarz mablag‘lariga bo‘lgan ta lab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish
borasida bank faoliyatida tavakkalchilik va noaniqlikning oldini olishga sharoit
yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida
muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish xavfi darajasi
oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib ololmas lik muammolari yuzaga keladi.
Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-
birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talab
ning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari
mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari
bo‘yicha keng diversifi katsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik xavfi
darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat banki mo liya bozoriga kredit resurslariga
talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni
maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni
shakllantirishda tijorat banklari depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga
yuqori foizlardan tashqari, bank kred itlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak.
Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat banki faoliyati
haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankning moliyaviy
ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli
subyektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank
moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z
nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishga beradi. Bank krediti hisobidan
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun
mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish bo‘yicha
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan
mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi
lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy
etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar
banklarga omonatlarni jalb qi lish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina
Davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida
to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki ti
zimini shakllantirish hisob-kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z
zimmalariga oladigan javobgarlik daraja sini oshiradi. MFO hisobvaraqlaridan
foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning
korresp ondent schotlarga o‘tishi ham javobgarlik darajasi ning ko‘payishiga olib
keldi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mi jozlar hisob-kitoblari bo‘yicha
to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uldir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari
iqtisodiyotning to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi.
Iqtisodiyot to‘lovlarini amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali
mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarining o‘rni kengaymoqda. Undan
tashqari tijorat banklari moliya- valuta bozorida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni qimmatli
qog‘ozlar chiqarishi va ularni joylashtirishi, sotib olishi, mijozlarga har xil
axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni
bajaradi:
–
passiv operatsiyalar;
–
aktiv operatsiyalar;
–
bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
–
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ope-ratsiyalari va
boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
|