Mavzu: Xotira reja



Yüklə 31,74 Kb.
səhifə5/6
tarix26.10.2023
ölçüsü31,74 Kb.
#132356
1   2   3   4   5   6
6-Mavzu Xotira

Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog‘liq bo‘lgan she’r, qo‘shiq, satrlarga o‘tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his-tuyg‘ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi. Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish uyg‘otishi kerak.
Aloqalar metodi matnning tayanch so‘zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi ko‘rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo‘lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Shu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda olib qolinadi.[2]
7.Amaliy tavsiyalar.
Insonga ko’plab turli-tuman jismlar va hodisalar o’z ta’sirini ko’rsatadi, lekin bir muncha muddatdan so’ng biz idrok qilgan jismlardan ba’zilarining obrazlarini tasodifan yoki bilgan holda xotiramizda tiklashimiz mumkin. Bu hodisa tasavvur deb ataladi.
Tasavvurlarni xotiraning birlamchi va emostional ta’sir obrazlaridan farqlash zaruriyatiga e’tibor qaratish lozim.
Xotiraning birlamchi obrazlari deb, bevosita ob’ektning idrok qilinishidan so’ng paydo bo’ladigan va soniyalar bilan o’lchanadigan vaqt oraliғida saqlanib qoladigan obrazlarga aytiladi. Masalan, bir-ikki soniya biror jism – ruchka, stol lampasi, suratga tikilib turing, so’ng ko’zlaringizni yumib, uni iloji boricha yorqinroq tasavvur qilishga harakat qiling. Siz darhol tez orada so’nuvchan va ғoyib bo’ladigan yorqin va jonli obrazni hosil qilasiz. Xotiraning birlamchi obrazlari izchil obrazlarga o’xshash ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar: a) ob’ektni idrok qilishdan so’ng paydo bo’ladi; b) davomiyligi juda oz; v) yorqinligi, jonliligi va ko’rgazmaliligi ko’rgazmali tasavvurlarga qaraganda ko’proq bo’ladi; g) yagona idrok ildiziga ega, umumlashtirishdan iborat bo’lmaydi.
Ikkinchi tomondan, ular izchil obrazlardan farq qiluvchi, haqiqiy tasavvurlarga yaqinlashtiruvchi xossalarga ega. Birinchidan, xotiraning birlamchi obrazlari idrok qilishda diqqatning ma’lum ob’ektga yo’nalganligiga boғliq. Ikkinchidan, yorqin izchil obrazni hosil qilish uchun uzoq vaqt (15-20 soniya) ma’lum ob’ektga tikilib turish lozim, xotiraning yorqin birlamchi obrazlari esa davomiy bo’lmagan idrok qilish (1-2 sek.) vaqt oraliғida hosil bo’ladi.[1]
Emostional ta’sir obrazlari deb, bir jinsli ob’ektlar yoki kuchli hissiy ta’sir ko’rsatgan ob’ektni davomli idrok qilgandan so’ng ongda o’ta jonlilik bilan paydo bo’ladigan ixtiyorsiz obrazlarga aytiladi. Masalan, qo’ziqorin terib, o’rmonda uzoq vaqt sayr qilgan odam uxlashga yotib, ko’zlarini yumganida uning ongida o’rmon manzaralari, barglar, o’t-o’lanlar obrazlari etarlicha yorqin ranglarda paydo bo’ladi. Yoki, qandaydir kuyni tinglaganingizdan so’ng u uzoq vaqt «quloqlaringiz ostida jaranglab turadi». Ko’pincha, bu hissiyotlarni junbushga keltirgan kuy bo’lib chiqadi. Emostional ta’sirli obrazlar aniqligi va ko’rgazmaliligi, va ixtiyorsizligi, shuningdek, umumlashtirishga ega bo’lmagan idrokning oddiy nusxasi ekanligi bilan izchil obrazlarga o’xshash bo’ladi. Lekin ular izchil obrazlardan idrokdan vaqt bo’yicha bir necha soatlar, ba’zida esa hatto bir necha kunlar bilan ajratilgan bo’lishi bilan farq qiladi.

Barcha odamlar bir-birlaridan u yoki bu ko’rinishdagi tasavvurlarning ular hayotida ijro qiladigan rollariga ko’ra tafovutlanadilar. Ba’zilarda ko’rish, boshqalarda – eshitish, qolganlarida – harakatli tasavvurlar ustunlik qiladi. Barcha odamlar tasavvur tipining ustunligiga ko’ra ko’rish, eshitish, harakatli va aralash tasavvurlar ustunligi ifodalanadigan guruhlarga ajratilishi mumkin.


Ko’rish tipiga mansub odam matni esga tushiradi, kitob sahifasini tasavvur qilib, xayolan uni mutoala qiladi. Agar qandaydir raqamlarni, masalan telefon raqamini eslab qolish kerak bo’lib qolsa, uni qoғozda yozilgan tarzda tasavvur qiladi.

Yüklə 31,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə