Mavzu: Xotira Reja: Xotira haqida tushuncha Xotira turlari



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə2/5
tarix31.01.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#99800
1   2   3   4   5
2.2-MUSTAQIL ISH PSIXOLOGIYA

I.I.PAVLOV NAZARIYASI
Xotira, ya’ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalaming yuzaga kelishidan iboratdir.
Inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi.
yondoshlik assosiasiyasi
o’xshashlik assosiasiyasi
Qarama-qarshilik assosiasiyasi
Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalami ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi.
Assosiasiyalar ta’rifi
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma’lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi.
XOTIRA TURLARI
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holaflari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotiiani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlami amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turiari turlicha klassifikasiya qilinadi.
Jumladan, A.V. Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi: > Faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira. > Faoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. > Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə