Mavzu: V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti



Yüklə 267 Kb.
səhifə12/14
tarix23.09.2023
ölçüsü267 Kb.
#123567
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti

Lya major sonatasi.
Motsartning 1779 yilda yozilgan Lya major sonatasi nihoyatda mashhur asardir. Bu sonata uch qismdan iborat. Uchchala qismlar musiqasi juda go’zal, nafis, jozibali xarakterda. Sonataning tuzilishi ham o’ziga xos. Kompozitor sonata shaklini bu asarda umuman qo’llamagan. Bunday qoidadan chetlashishga asosiy sabab musiqaning mazmunidadir. Unda dramatik obrazlar emas, nafis, lirik, quvnoq obrazlarning ifodalanganligi shuni taqozo qildi.
Sonataning birinchi qismi variaciyalar shaklida yozilgan. Sonata allegrosi shaklidan farqli ravishda variaciya shaklida bitta musiqiy mavzu beriladi va shu mavzu variaciyalar orqali rivojlantiriladi. Shuning uchun musiqaning rivojlanishi sonata shaklidagi kabi musiqiy mavzular orasidagi farq va qarama-qarshiliklarni ko’rsatish orqali emas, balki bir mavzudagi sifatlarni ko’rsatish, ifoda imkoniyatlarini ochib berish orqali amalga oshiriladi. Sonataning boshidayoq musiqiy mavzu berilgan. U juda kuychan, jozibali, raqs xarakterida. Mavzudan so’ng oltita turli xarakterdagi variaciyalar ketma-ket berilgan. Mavzuga xos bo’lgan qo’shiq ruhi ikkinchi va beshinchi variaciyalarda, raqsga xos sifatlari esa oltinchi variaciyada ochib berilgan. Uchinchi variaciya temadagi lirik xarakterni, go’zallik va jozibani esa to’rtinchi variaciya bo’rttirib ko’rsatadi.
Sonataning ikkinchi qismi - Menuet. Nihoyatda nafis va nazokatli bu raqsga kompozitor xalq raqslariga xos bo’lgan quvnoqlik, sho’xlik kabi xususiyatlarni kiritgan. Bu qism musiqasi murakkab uch qismli shaklda yozilgan.
Sonataning uchinchi qismi musiqasi nihoyatda mashhur. Unga kompozitor "Turkcha uslubdagi rondo" deb sarlavha kuygan. 18 asrda tez sur’atdagi, quvnoq xarakterdagi musiqani "turkcha musiqa" deb atardilar. Bunday musiqada raqsga xos xususiyatlar ham bo’lib uni puflab chaladigan va zarbli sozlar ijro etardi. Bunday musiqada jangovar kayfiyat ham bor edi va uni "yanicharlar musiqasi" deb ham atashgan. Quvnoq raqs va go’zal kuychanlik xos bo’lganligi sababli uchinchi qism musiqasi avvalgi qismlar musiqasiga o’xshaydi. Doim takrorlanib turadigan naqorat borligi sababli bu qism musiqasi rondo shaklida yozilgan deb hisoblash mumkin. Naqorat musiqasi bayramona kayfiyatdagi raqsni eslatadi. Shunday qilib nafis, lirik raqs xarakterida boshlangan sonata musiqasi oxirgi uchinchi qismga kelib, tantanali, quvnoq kayfiyatda yangraydi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə