Mavzu: Tana biomexanikasi va bemor xavfsizligini ta’minlash. Reja



Yüklə 86,13 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü86,13 Kb.
#154587
1   2   3
Tana biomexanikasi

Zambilli aravachada tashish. Zambilli aravachaga oqliq to‘shalgan bo‘lishi lozim. Og‘ir ahvoldagi bemorlarni uch kishi ko‘targani maq- sadga muvofiq. Ko‘tarish qulay bo‘lishi uchun zambilni karavotga nisba- tan to‘g‘ri burchak ostida, parallel taqab qo‘yish mumkin. Uchala xodimning bemor oldida bir tomonlama turgani qulay. Chunki birinchi xodim bemorning boshi, bo‘yni va ko‘kragining yuqori qismidan ushlaydi. Ikkinchi xodim beli va sonlarining yuqori qismidan, uchin- chisi esa son va boldirlaridan tutib turadi. Ko‘tarilgan bemor bilan zambil 90° ga burilib, bemor yotqiziladi va usti yopiladi. Og‘ir yotgan bemorning yuborilayotgani haqida bo‘limga xabar beriladi. Bemorni xonaga olib kelgach, zambilning bosh tomoni karavotning oyoq tomoniga yo‘naltiriladi. 3 yoki 2 xodim bemorni ko‘tarib, 90° ga o‘girilib karavotga yotqizadi.






B
emorni zinapoyadan zambilda ko‘tarilganda, boshi oldinga yo‘- naltirilgan holda olib boriladi va zambilning orqa tomoni ko‘tariladi. Bemorni olib tushilayotganda oyog‘i oldinga yo‘naltiriladi va zambilning oyoq qismi ko‘tariladi, orqa tomoni nisbatan tushiriladi. Yuqoridagi yo‘nalish orqali zambilda yotish muvozanati saqlanadi.

Bemorning ozoda bo‘lishida hamshira yoki kichik hamshiraning o‘rni juda katta. Og‘ir yotgan bemorni yuvintirish va tanasining ayrim qismlarini tozalash uchun: 2 ta «qo‘lqopcha» (bittasi nam, ikkinchisi quruq) tayyorlab olinadi.


Bemorni yuvintirish algoritmi:

  1. Iliq suv solingan tog‘ora tayyorlanadi va «qo‘lqopcha» unga botirib olinadi.

  2. «Qo‘lqopcha» o‘ng qo‘lga kiyiladi.

  3. Ortiqcha suv asta siqiladi.

  4. Nam qo‘lqop bilan bemor yuzi artiladi so‘ng sochiq bilan quritiladi.

  5. Qo‘l yuviladi (21- rasm).

Og‘iz bo‘shlig‘i, burun va ko‘zni parvarish qilish.
Ko‘pincha holsizlanib qolgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlarining to‘planib qolishi natijasida mikroorganizmlar yig‘ilib, yoqimsiz hidlar paydo bo‘ladi. Bu holning oldini olish maqsadida ularning og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish lozim bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish uchun quyidagilar tayyorlab oli­nadi: antiseptik eritma, pinset, shpatel, doka salfetka va qo‘lqoplar.

  1. Bemorni qulay qilib o‘tqaziladi.

  2. Qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi.


  3. 65
    Chap qo‘lga shpatel olinib yuqori lablar ko‘tariladi va tepa milklarning shilliq pardasi artiladi. So‘ng pastki lablar tortiladi va milkning shilliq pardasi artiladi.

  4. Tilni steril doka salfetka bilan o‘rab, chap qo‘l bilan ohista og‘iz bo‘shlig‘idan chiqariladi.

  5. Antiseptik eritmaga ho‘llangan doka salfetka bilan tildagi karashlar olinadi va 2—3 marotaba salfetka almashtirilib til artiladi (22- rasm).

  6. Qo‘lqoplar yechiladi, qo‘llar yuviladi.

Bemor lablarining yorilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi muolaja bajariladi:

  1. Qo‘llar yuvilib qo‘lqoplar kiyiladi (zarurat bo‘lsa niqob va himoya ko‘zoynagini taqiladi).

  2. Shpatel bilan steril salfetkaga vazelin surtilali.

  3. Yuqorigi va pastki lablar vazelin bilan artiladi.

  4. Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llab yuviladi.

Terini parvarish qilish va yotoq yaralarning oldini olish
Teri o‘z vazifasini bajarishi uchun ozoda bo‘lishi kerak. Buning uchun har kuni ertalab va kechqurun yuvinib turish zarur. Teri himoya, sezgi, ter ajratish, issiqlikni idora qilish, nafas olish kabi besh vazifani bajaradi.
Teri insonlarni shikastlardan, ortiqcha quyosh nuridan, tashqi muhitning zararli moddalaridan hamda mikroorganizmlardan himoya qiladi. U orqali organizmdan oqsillar, tuzlar, mochevina, urat kislota, kreatin, uchuvchan kislotalar, xolesterin, vitaminlar va boshqalar ajralib chiqadi. organizmning issiqlik ta’siriga javob reaksiyasi (ter ajratish natijasida) tashqi muhit bilan organizm teriga ortiqcha talab qo‘yadi. Shunga ko‘ra bemorning ozodalikka rioya qilishi katta ahamiyat kasb etadi. Badandan ajralayotgan yog‘, ter mikrob va changlar bilan qo‘shilib terini ifloslantiradi. Og‘ir yotgan bemorlarda terining ifloslanishi uchun sharoit vujudga keladi. Kasalxonada yotgan bemorlar haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilishlari lozim. Og‘ir yotgan bemorlarning badan terisi har kuni bir necha marta nam sochiq bilan artiladi. Terini artish uchun zararsizlantiruvchi spirtli eritma, sirka kislotasining 0,1% li eritmasi yoki kamfora spirti va boshqalardan foydalaniladi.
Yüklə 86,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə