Mavzu: sportchilarning sport anamnezi va jismoniy rivojlanishi. Reja



Yüklə 69,94 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü69,94 Kb.
#159821
  1   2   3   4
gigeyna mustqil ish


MAVZU: SPORTCHILARNING SPORT ANAMNEZI
VA JISMONIY RIVOJLANISHI.
Reja:
1. Sportchilarni sport anamnezi haqida ma’lumot berish.
2. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari.
3. Antropometrik tekshirish usullari.

Anamnez (grekcha anamnezis - xotira) yoki suroq o`tkazmoq tibbiy ko`rik sub’ektiv uslublari turiga kiradi. Tibbiy anamnez umumbiografik ma’lumatlar (yokn kasb, oilavny xolati, ma’lumot va b.) tarbiya, uqish, mehnat va o`tmish va hozirda turmush shart-sharoitlari, boshdan kechirgan kasalliklari, mehnat va dam olish tartibi, zararli odatlar borligi, jinsiy hayot xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega


Sport anamnezi - sport bilan shug’ullanish boshlanishi vaqti, mashq qilishlar metodikasi va tartibi; jismoniy vaziyatni bajarish bilan boglik bo`lgan shikoyat va muommolarning borligi.
Jismoniy rivojlanish - jismoniy kuch zahirasini aniqlaydigan organizimning funktsional va morfologik xususiyatlari majmuasi. Katta yoshdagilar bir xil emas, chunki katta yoshdagilarda jismoniy rivojlanish organizm mustahkamligi mezoni bulib xizmat kiladi, bolalarda esa ularning usish va rivojlanish tugriligi mezonidir. Jismonny rivojlanish uzgarmas jarayon emas, jismoniy rivojlanish mezonlariga tana tuzilishi xususyatlari ham kiradi. Tana tuzilishi deganda tani qismlari uzaro joylashuvi ulchovlarn, shakllari, mutanosibligi va xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish va odam tana tuzilishi ma’lum darajada uning tuzilishi bilan aniqlanadi.
Tuzilish nasliy omillar va tashqi muhit omillariga jismoniy sharoit, ovqatlanish, boshdan kechirgan kasalliklar, mehnat sharoiti, jismoniy mashqlar va sport bilan bog`liq. Tuzilishniig morfologik belgilari ma’lum darajada organizm funktsional darajalari va metobolizm xususiyatlari bilan aniqlanadi va bog’lanadi. Tuzilishning uch turi mavjud: astenik, giperstenik, normastenik.
Hamma odamlarni sof anatomik (morfologik) belgilar bo’yicha gavdaning tuzilishi va organizm u yoki bu qismlarining rivojlanishi bo’yicha konstitutsional tiplarga bo’lishga urinib ko’rilgan. Bu anatomik farqni odamning turli kasalliklarga moyil bo’lishi bilan, reaktsiyaning turli shakllari bilan bog’lashgan. Odamning qanday konstitutsion tipga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o’lchash usulidan foydalaniladi: kishi konstitutsiyasi klassifikatsiyasi uchun turln ko’rsatkichlar (bo’y, ko’krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning naqadar rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko’rsatkichlarning bir-biriga bo’lgan munosabatlari) bor.
Odam konstitutsiyasini uch tipga: astenik, normostenik va giperstenik tiplarga bo’ladi. Bularning har biri o’ziga hos modda almashinuvi hossalari bilan ta’riflanadi.
Astenik tip (asteniklar) ko’ndalang o’lchovlarga nisbatan uzunasiga yo’nalgan o’lchovlarnnng ustunligi bilan ta’riflanadi. Asteniklarnnng oyoqlari ingichka va uzun, ko’krak qafasi uzunasiga cho’ziq va ingichka, muskullari sust rivojlangan, terisi yupqa va nozik bo’ladi.
Giperstenik tip (boshqacha aytganda, gipersteniklar) uzunasiga ketgan o’lchovlarga nisbatan ko’ndalang o’lchovlar ustunligi bilan ta’riflanadi. Gipersteniklar uncha baland bo’yli bo’lmasa ham, semizroq, kuchli odamlardir, ko’krak qafasi keng, oyoq-qo’llari kaltaroq bo’ladi.
Normostenik tip (ya’ni normosteniklar) - ikki tip o’rtasidagi holatdir. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, odamlarning ko’pchilik qismida turli tiplarning xususiyatlari aralashgan bo’ladi. Bundan tashqari, tuzilish tipi butun hayot davomida o’zgarib turadi va turmushga, ayniqsa mehnat xususiyatlari va boshqa omillarga qarab o’zgarishi mumkin. Odam konstitutsiyasi kasalliklarning paydo bo’lishi va rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ammo hech qaysi konstitutsion tip kasallikning bevosita sababi bo’lmaydi.
Bolalarda pasport va biologik yosh davrlarda farq mavjud bo`lib, bu 11-15 yoshli qizlarda va 13-16 yoshli o`g`il bolalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Ayrim o`quvchilarda o`sish va rivojlanishda orqada qolish hollari uchraydi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga xos bo`lgan hamma rejalashtirilgan ishlar pasport yoshi asosidadir. Ammo bu mashg`ulotlar bordiyu biologik yosh asosida tuzilgan bo`lsa, o`zining ijobiy natijasini beradi. Bolalardagi har bir yosh davrlarda organizmning organlari sistemasida o`ta maxsus o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, u shunchalik jismoniy, og`irliklarga nisbatni kam moslashgan bo`ladi. Ayniqsa bolalar va o`smirlarda yurak qon tomir sistemasi va nafas olish organlari (bolalarda) o`smir balki o`spirin va qizlarda ham kattalardan past bo`ladi. Ularda jumladan yurak og`irligi va xajmli jihatdan kattalarga nisbatan kamdir. Shuning uchun ham yosh sportchilarda yurak urishi va minutlik xajmi kattalarga nisbatan ancha kichikdir. Yosh sportchilarda ularning yurak va nafas olish organlari funktsional holatini imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg`ulotlarga yosh sportchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg`ulotlarga yosh sprotchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy ish bajargandan so`ng tiklanish kattaligi darajasidadir. Nafas va qon sistemasining funktsional holatidan aerob ishlab chikarish darajasi yosh maksimal kislorod extimoli vujudga keladi. Maksimal kislorod extiyojining1 kg tonna og`irligiga nisbatan ko`rsatkichlarini solishtirish shuni ko`rsatmoqdaki, katta sportchilardan yosh sportchilardan ozgina farq qiladi. Lekin 1kg og`irlikka, kislorod iste`molini1 kg metr bajarilgan ishga nisbatan solishtirilsa o`smirlarda o`spirin va qizlarga nisbatan kam miqdorda sarfsiz xolda barilganligini kuzatish mumkin. Yosh sportchilarda nafas olish organlarini jismoniy og`irliklariga nisbatan moslanish kam katta sportchilarda mukammal bo`lganligidan dalolat bermoqda.
Bolalarni va o`smirlarni jismoniy rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlar ularning sog`liginiko`rsatuvchi muxim belgilardan bo`lib, uning ko`rsatkichlari jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish va boshqa omillarga bog`liqdir (iktisodiy tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalar).
Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik ko`rsatkichlar aniqlanadi, bunga;
- o`lchov ko`rsatkichlariga qarab (somotometrik) baholash (vazni, bo`y uzunligi, ko`krak qafasining kengligi va xokazo);
- fiziologik ko`rsatkichlarga qarab (fiziometrik) baholash (o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon-tomir ko`rsatkichlari va xokazo)
- tashqi ko`rinishga qarab (somotoskopik) baholash (organizmni tashqi ko`rinishini belgilovchi umurtqa pog`onasining rivojlanishi yog` qatlamlarining miqdori, tovonning ko`rinishi, jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar kiradi. Tekshirishda xar bir organlar sistemalariga xos bo`lgan tekshiruv uslublari bilan nazorat amalga oshiriladi
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning tibbiy tekshirishlarining asosiga ularning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash va baholash kiradi. Jismoniy rivojlanish jarayonining mutanosibligi haqida fikr yuritish uchun tekshiriluvchining birlamchi tekshirish natijalarini uning anamnezi bilan taqqoslanadi. Takroriy tekshirishlarda antropometrik belgilarning o‘zgarishiga qarab jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanishga ta’siri haqida aniq tasavvurga ega bo‘lamiz. Sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, ularning jismoniy rivojlanishi va tana tuzilishining xususiyatlarini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy rivojlanish – bu individni tekshirish davridagi morfo-funksional ko‘rsatkichlar yig‘indisi. Jismoniy rivojlanish tana shakli va faoliyatining o‘zgarishi jarayoni sifatida asta sekinlik bilan, lekin turlicha kechadi. Uning yuqori tempi 18-20 yoshgacha kuzatiladi.Odam organizmining jismoniy rivojlanishi biologik, pasport yoshining bir-biriga nisbatan o‘xshash tomonlari bilan, uning jismoniy kuch va ishinig to‘liqligini belgilaydi. Shifokor, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener, sport bilan shug‘ullanganlarni jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholashni bilishi shart. Salomatlik holati va odamning jismoniy rivojlanishning darajasi- bu shunday omillardan biri bo‘lib, odamning jismoniy mashqlar bilan shug‘illanish xususiyatlarini ifodalab beradi.
Tana tuzilishi va tayanch-harakat apparatining holati-shaxsni qaysi sport turi bilan shug‘ullanishi mumkinligini, tanlashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Odamning jismoniy rivojlanishi hayot davomida o‘zgaradi. Jismoniy rmvojlanishning asosiy o‘zgarishi bolalik, balog‘at va o‘smirlik davrlarda asosan 18 yoshgacha namoyon bo‘ladi.
Jismoniy rivojlanishning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. Endogen (ichki) ta’sirotlar nasl, irsiyat, konstitutsional xususiyatlar, tug‘ma nuqsonlar.

  2. Atrof-muhit yoki tabiat ta’sirotlari muhit, ekologiya, suv-tog‘, o‘rmonlar

  3. Ijtimoniy-iqtisodiy ta’sirotlar (ijtimoiy-iqtisodiy omil, yashash sharoiti, ovqatlanish va kun tartibi, ovqatlanish ratsioni, mehnat faoliyati, ma’naviy yetukligi.)

  4. Sport bilan shug‘ullanish, boshdan kechirgan kasalliklar.

Sportchilarning jismoniy rivojlanishni va tana tuzilishini tekshirishda, ularning asosiy morfologik (tuzilishi, proporsiyasini) va funksional xususiyatlarini aniqlab beradi.
Sportchilar jismoniy rivojlanishlarini takroriy tekshirishlar, ularning organizmiga jismoniy yuklamalarning ta’sirini qanday darajada bo‘lganligini aniqlab beradi. Tekshirishlar natijalariga qarab, tanlashda sport mutaxassisligini va mashg‘ulotlarning to‘g‘ri taqsimlanishiga ahamiyat beriladi. Pedagogdan jismoniy rivojlanishni aniqlash va uni to‘g‘ri baholash talab etiladi, chunki uning shug‘ullanuvchidagi o‘zgarish dinamikasi o‘quv-pedagogik jarayonning to‘g‘ri tashkillantirilishi haqida baho beradi.
Jismoniy rivojlanishni tekshirish usullariga:
1. Anamnez (so‘rab-surishtirish), tekshiriluvchining hayoti va sport faoliyati haqida so‘rab-surishtiriladi.
2. Somatoskopiya (tashqi ko‘rik). Somatoskopiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, somato-shaxs, skopiya-ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Tashqi ko‘rik yordamida tana o‘lchamlarning mutanosibligi, tana tuzilishning konstitutsional turlari, qaddi-qomat va tayanch- harakat apparatining hususiyatlari aniqlanadi.
3. Antropometriya- odam gavdasining morfologik belgilarini o‘lchab aniqlash. Antropos- odam, metriya-o‘lchash, ma’nosini bildiradi.

Yüklə 69,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə