Mavzu: Shizofreniya, maniakal-depressiya psixoz kasalliklarida hamshiralik ishi Shizofreniya



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə1/2
tarix16.03.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#102657
  1   2
Shizofreniya 555555


Mavzu: Shizofreniya, maniakal-depressiya psixoz kasalliklarida hamshiralik ishi


Shizofreniya


Shizofreniya (yunoncha: σχίζειν, s’chizein — boʻlinish va aql, ong, fikr) — ruhiy kasallik; etiologiyasi nomaʼlum. Koʻproq 18—35 yoshgacha boʻlgan davrda kuzatiladi. Kasallik alohida nozologik shaklga ega boʻlguniga qadar koʻpgina psixiatr olimlar tomonidan oʻrganilgan. Nemis psixiatri Ye. Krepelin 1898-yil birinchi marta ushbu kasallikni „Ilk esi pastlik“ deb nomlagan. 1911-yil Shveysariya psixiatri Ye.Bleyler bu ruhiy kasallikning klinik kechishini yanada chuqurroq oʻrganib, uning asosida assotsiativ jarayonlarning buzilishlari yotishini, buning oqibatida esa ruhiyatning parchalanishini asoslab, kasallik nomini shizofreniya deb atagan. Haqiqatan ham shahrining asosida fikrlash, mulohaza yuritish jarayonining buzilishi yotadi. Kasallik koʻpincha zimdan, asta-sekin boshlanadi. Shizofreniya koʻpincha odamovi, kamgap, hissiyotlari sust feʼlatvorli kishilarda rivojlangani uchun ham ular atrofidagi kishilarda ancha vaqtgacha hech qanday shubha uygʻotmaydi. Bemor, odatda, tez toliqish, quvvat, gʻayrat va havas pasayganidan shikoyat qiladi, uni faollashtirishga javoban, serzarda va injiqlik qiladi. Bu shaxsning oʻziga xos asteniya holatidir. Bu holat boshlanishida oʻziga xos hissiy buzilishlar, kayfiyatning besabab oʻzgarishi, loqaydlik, vahimaga tushish kuzatiladi. Odamovilik kuchayadi, bemor jamiyatdan butunlay chetlashib qoladi; injiqlik, oʻchakishish, sababsiz vahimaga tushish kuchayadi. Qoʻrquv va miyadan ketmaydigan „shilqim fikrlar“ oqibatida irim sifatlari paydo boʻladi. Mas, ishxonaga sogʻ-omon yetib olishi uchun ostonadan chiqqach, chap yelka tomonga qayrilib uch marta tuflab olish va hokazo. Bemorning fikrlari borgan sari oʻz-oʻzidan quyulib kelaveradigan bemaʼni va befoyda mulohazalar quyunidan (mentizm) iborat boʻladi. Masalan, bemor tun-u kun nega odamda ikkita oyogʻ-u, hayvonlarda toʻrtta deb, oʻylab yuraveradi. Bu davrda koʻpincha kuchli bosh ogʻrigʻi, uyqu buzilishi kuzatiladi. Asta-sekin kasallikning ilk davri uning rivojlangan bosqichiga oʻtadi, bunda bemorning fikr-mulohazalari, tafakkuri ayniydi. U oʻzining atrofidagi koʻrib turgan narsalarini bemaʼni ichki hissiyotlari bilan bogʻlaydi; ramziy (simvolik) mulohazalar paydo boʻladi, bunda bemor atrof-muhitdagi narsalarga, mavjud voqeaga boshqacha maʼno bera boshlaydi. Masalan, stol ustida yotgan pichoq goʻyo uni kimdir oʻldirmoqchi boʻlayotgani haqida ogohlantirishdek tuyuladi. Fikrlar uzuqligi (shperrung), bir-biriga maʼnosiz (paralogik, alogik) mulohazalar yuritish, gap oʻrtasida hech qaysi tilda ishlatilmaydigan yangi soʻzlarni ishlatish (neologizm), bir xil soʻzlarni qaytaraverish (perseveratsiya), bir vaqtning oʻzida bir-biriga qarama-qarshi maʼnodagi fikrlarni aytish (fikrlar ambivalentligi) — bular hammasi shahriga xos tafakkur buzilishlaridir. shahrida hissiyotlar ambivalentligi ham koʻp uchraydi; bemor oʻzining yaqin kishilari (ota-onasi va hokazo)ga qarama-qarshi munosabatda (mehrga nisbatan nafrat va bemehrlik) boʻladi. Baʼzan hissiy tubanlashuv alomatlari (apatiya) yuzaga keladi, iroda susayadi (abuliya), bemor butunlay uydan chiqmay qoʻyadi, hatto oʻziga ham befarq boʻlib qoladi (apatoabulik holat). Xulq-atvor butunlay ayniydi, mayl buzilishlari (ovqat, jinsiy hirs buzilishlari) vujudga keladi. Negativizm va katotonik belgilar kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda shahriga idrok etishning turli xil aldanishlari (illyuziya va gallyutsinatsiyalar) paydo boʻlishi xos. Bunga senestopatiyalar (badanning turli qismida noxush sezgilar paydo boʻlishi) hamda „tovush eshitish“, „hid kelishi“, „taʼmning paydo boʻlishi“, „tana ichidagi sezgilar“ gallyutsinatsiyalari kiradi. Bemor aslida yoʻq soʻkish, doʻq, poʻpisa va buyruq ovozlarini eshitadi, chirish, achish va boshqalar noxush hidlarni sezadi va hokazo. Vasvasa gʻoyalari yuzaga chiqadi, bu koʻpincha „taʼqib qilish“, „munosabat“ va „taʼsir etish“ tarzida namoyon boʻladi. Bu psixik avtomatizm hodisasi boʻlib, bunda bemor oʻzida kechayotgan ruhiy jarayonni „begonadek“, uning fikr va mulohazalari, harakatlarini qandaydir yot kuchlar „zoʻrlab“ boshqarayotgandek tuyuladi. Bu esa koʻpincha depersonalizatsiya („men“ — „men emas“) tarzida kechib bemor oʻzining tashqi koʻrinishi, tovushi yoki butun tanasini begonanikidek his etadi va h.k. shahrining mavjud klinik belgilari ichida muayyan alomatlarning birinchi oʻrinda ustun boʻlib koʻrinishini hisobga olib uning quyidagi turlari farq qilinadi. 1) oddiy turi — bunda, asosan, hissiyot, iroda, fikrlash va xulq-atvorning buzilishlari ustun boʻlib, vasvasa va gallyutsinatsiyalar kamdan-kam uchraydi; 2) gebefrenik turi — bu oʻspirinlarda kuzatilib, unda shilqimlik, masxarabozlik qilish, uzuq-yuluq gallyutsinatsiyalar, vasvasa gʻoyalari ustun turadi; 3) katatonik turi — bunda, asosan, katatonik qoʻzgʻalish yoki katatonik tormozlanish alomatlari ustun turadi; 4) paranoid turi — vasvasa gʻoyalari (taʼqib etish, zaharlanish, rashk, sehr-jodu, ixtirochilik va h.k.) va chin hamda soxta gallyutsinatsiyalar (har xil hid va tovushlar kelishi) mavjudligi bilan ifodalanadi.
Shizofreniyaning klinik kechishi xilma-xil bo‘ladi. To‘xtovsiz davom etib turadigan shaklida klinik belgilar asta-sekin kuchayib, zo‘rayib borish bilan o‘tadi. Bunda bemorning ahvoli yaxshilanib qolganini ko‘rsatadigan belgilar bo‘lmaydi. Kasallik davomida nevrozsimon vasvasali gallutsinator, gebefrenik va katatonik alomatlar kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan yoki sust kechuvchi shaklida kasallik to‘satdan qisqa muddatda psixozlar boshlanib qoladi. Bundan keyin yana musaffolik davri boshlanadi. Bu shaklida shaxsiyat asta-sekin o‘zgarib boradi. Bu shakl ko‘proq o‘smirlik davridan boshlanadi. Dastlab asabiylashish, ortiqcha fikrlash va miyadan ketmaydigan xayollar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Nihoyat, xurujsimon-progrediyent shakli bunda kasallik xurujlar bilan bo‘lib turadi va uzoqroq davom etadi. Xurujlar o‘tib ketgandan so‘ng, kasallik belgilari susayib qoladi va yo‘qolib ketadi. Bu shaklida shaxsiyat o‘zgarishi, aql pastlik tobora zo‘rayib boradi. Kasallik vasvasalar va gallutsinatsiyalar bilan kechadi. Bu shakli 25 yosh va undan katta yoshdagilarda uchraydi. Shizofreniyada bemorlar fikrlari sayoz, nutq va yozuvi maqsadsiz, tartibsiz bo‘ladi. Fikrlash qobiliyati pasayadi, bemorlar ezma, quruq safsataboz bo‘lib qoladi. Avval nevrozsimon o‘zgarishlar paydo bo‘lib, bemorning kayfiyati o‘zgarib turadi. Bunday bemorlar biror sabab bo‘lmasdan, har joyi og‘rib turishidan, tez charchab qolishidan shikoyat qiladi. Bemorning yurish-turishi va xatti-harakatlarida beparvolik, xudbinlik, kamgaplik ko‘zatiladi va unda atrofdagilardan qochib yurishga moyillik bo‘ladi.
Shizofreniyaning oddiy turida — bemor beparvo, kamgap, serjahl va kam harakat bo‘lib qoladi. Bu turda yakka qolish, xonalardan chiqmay, bir o‘zi o‘tirish istagi ko‘proq bo‘ladi. Kasallik o‘smirlik davrida boshlanadi va sust kechadi. Bunda gallutsinatsiyalar va vasvasalar bo‘lmaydi. Bu turda bemorlar aytilgan gaplarning teskarisini bajarishga harakat qiladilar. Masalan, og‘zingni och desa, u og‘zini yopib oladi. Bunday holatga negativizm deyiladi.

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə