Mavzu: Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim va tanqidiy fikrlashga yo`naltirilgan texnologiyalar



Yüklə 31,74 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü31,74 Kb.
#118841
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim va tanqidiy fikrlashga yo`naltirilgan texnologiyalar


Mavzu: Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim va tanqidiy fikrlashga yo`naltirilgan texnologiyalar
Shaxsga yonaltirilgan texnologiya asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik; bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;
4. Ta’limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.
O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Kasb - hunar kollejining o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutqmuloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Texnologiya fani o‘qituvchisi ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. - har bir o‘quvchinini alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi; - o‘quvchini hurmat qilishi; - o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan hurmat hissini uyg‘otishi; - o‘quvchining ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi; - o‘quvchining mehnat munosabatlariga bo‘lgan xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi; - har bir o‘quvchiga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishi; - o‘quvchining kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi; - texnologiya fani asoslarini yetarlicha o‘zlashtira olishi uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi; - o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil yoki kichik guruhlarda erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish; - o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish; - ta’lim jarayonida hech bir o‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaligi; - alohida o‘quvchining kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmasligi; - bordiyu, o‘quvchi tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o‘zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlab aniqlangan sabablar asosida o‘quvchining sha’ni, g‘ururiga ziyon yetkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish; - ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi uchun “muvaffaqiyat muhitini yarata olish; - har bir o‘quvchiga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish; - o‘quvchining hunarlarni o‘rganish borasidagi qobiliyatini o‘stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish; - o‘quvchining shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi; - pedagog sifatida har bir o‘quvchining hurmati va ishonchini qozona olishi zarur.
O‘quvchilar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondoshishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagog tomonidan mehnat ta’limi jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi, o‘quvchilarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Xususan: texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Texnologiya darslari jarayonida pedagoglar tomonidan: - muammoli izlanish; - kichik tadqiqotlarni olib borish; - debat; - bahs-munozara; - evristik suhbat; - kichik guruhlarda ishlash va b. - turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish; - amaliy topshiriqlarini bajarishda o‘quvchilarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish; - o‘quvchini juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash; - mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o‘qitish sifatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi, shu bilan birga o‘quvchilar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy turlari:
✓ ijodiy topshiriqlar;
✓ kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
✓ muammoli vaziyatlar;
✓ rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari;
✓ bahs-munozara, debat;
✓ musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar. Bundan tashqari shaxsga yo‘naltirilgan talimning quyidagi asosiy turlari mavjud: Innovatsion ta’lim. hamkorlik ta’limi, interfaol ta’lim, masofaviy ta’lim, muammoli ta’lim, loyiha ta’limi, kompyuterli ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, tabaqalashtirilgan ta’lim, modul ta’limi, individual ta’lim, mustaqil ta’lim, dasturiy ta’lim, o‘yin texnologiyalari
“Interfaol talim texnologiyalari” mohiyatiga ko‘ra suhbatning “to‘quvchi - axborot - kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi. Texnologiya fani o‘qituvchisi interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, mashg‘ulot loyihalarini to‘g‘ri tuza olishi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z- o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.
Yüklə 31,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə