Mavzu: Savod o`rgatish darslarida lug`at ustida ishlash



Yüklə 15,35 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü15,35 Kb.
#157384
lugat


Mavzu: Savod o`rgatish darslarida lug`at ustida ishlash Lug’at ustida ishlash

Mavzu: Savod o`rgatish darslarida lug`at ustida ishlash


  1. Lug’at ustida ishlash


  2. Lug’at ustida ishlash yo’nalishlari


O’quvchilarga tilning lug’at tarkibini o’rgatishda lug’at ustida ishlash yo’llari. So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xuxusiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.


Har qanday nutqiy bayon Grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Suhning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik “O’zbek tilining izohli lug’ati”da 80000 dan ziyod so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:
  1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi so’zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim.


  2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonym tanlash yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralirini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish.


  3. Lug’atni faollashtirish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o’qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.


  4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yorlariga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan soda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guurhga oid so’zlar kiradi. Adabiy til me’yorlari degan tushunchani o’zlashtirgach, o’quvchilar yuqorida izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jarayonga oid so’zlar, so’zlashuv tilida ishlatiladigan soda so’z va iboralar o’quvchilarning faol lug’atidan chiqib keta boshlaydi.


O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:


  1. Atrof-muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarning o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsan va hodisalarni kuzatish bialn ko’pgina yangi nom va iborlarni o’rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so’zalr ma’nosiga aniqlik kiritiladi.


O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O’qishi darsalrida o’quvchilar Oybek, H/Olimjon, M.Shayxzoda, G’Gulom, H.Hakimzoda, zZulfiya, Z.Diyor, T.Adashboyev, A.Obidjon kabi so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darslarida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsebar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noli so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.


Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o’qish va unga rahbarlik qilish o’quvchilar lug’atini boyitishning, nutqini o’stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina so’z va atamalarni p’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilar predmeti, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan – so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan esa lug’atga aniqlik kiritiladi; ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faolashadi. O’ruvchilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilam va tele ko’rsatuv matnlari, o’qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o’quvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qollanmadir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Imlo lug’ati” mavjud. O’qituvchi ma’lumot uchun ham, metarial tanlash uchun ham turli lug’atlardan muvaffaqqiyatli foydalanadi.
Lug’at istida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. U barcha predmetlarni o’rganishda, asosan, ona tili darsalrida darslik materiallariin o’rgatish bilan bog’liq holda olib boriladi. Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash o’quvchilar nutqini o’stirishga, savodxonligini shakllantirishga, so’z boyligini boyitishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga qaratilganligi sababli bu ish maktablarda 1-sinfdan boshlanadi va butun o’quv jarayonida davom etadi.
http://fayllar.org
Yüklə 15,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə