Mavzu rejasi va bayoni Argumentatsiyaning umumiy tavsifi



Yüklə 69,78 Kb.
tarix05.12.2017
ölçüsü69,78 Kb.
#14080

Aim.uz

Argumentatsiyaning mantiqiy asoslari. Muammo, gipoteza va nazariya.
Mavzu rejasi va bayoni
1. Argumentatsiyaning umumiy tavsifi.

2. Isbot va raddiyaning tuzilishi.

3. Isbot va rad etish qoidalari hamda ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.

4. Muammo, gipoteza nazariya
Argumentatsiya va isbotning mohiyati.

Ilmiy bilish va kundalik faoliyatda argumentatsiya va tanqid, isbot va raddiya kabi bilishning mantiqiy usullari keng qo’llaniladi. Talabalarga argumentatsiya va tanqid usullarini egallash, isbotlangan argumentatsiyani, isbotlanmagan argumentatsiyadan farqlash, rad etilmaydigan tanqiddan rad etilgan tanqidni, argumentatsiya va tanqiddagi xatoliklarni aniqlashni egallash tavsiya etiladi. Argumentatsiya va tanqid nazariyasining mantiqiy va metodologik asoslarini egallash, pedagogik ilmiy va boshqa faoliyatni samarali olib borish imkoniyatini beradi.

Argumentatsiya – hukm, gipoteza, kontseptsiyani asoslash usullaridan biridir. Tasdiqlash voqelikga bevosita murojat qilish (kuzatish, tajriba va boshqalari) orqali yoki bilvosita ma'lum bir mantiqiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mantiqiy usullarda ham asoslash voqelikka murojaat qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda murajaat bevosita emas, bilvosita amalga oshiriladi. Argumentatsiya – bu biror-bir tasdiqni boshqa tasdiq bilan to’liq yoki qisman asoslashdir. Argumentatsiyaning vazifasi biron-bir fikrni chinligiga ishonch hosil qilishdir. Ayniqsa bu siyosiy argumentatsiyaga ta'luqli. Ishonch to’liq yoki to’liqsiz bo’lishi mumkin. So’nggi holatdagi ishonch shaxsiy fikr deb ataladi. Shaxsiy fikrning ma'lum bir jihatlariga ishonchsizlik natijasidagi to’liqsiz e'tiqoddir. E'tiqod va shaxsiy fikr faqat argumentatsiya asosida emas balki kuzatish va amaliy faoliyatda ham hosil qilinadi.

Demak argumentatsiya boshqa bir tasdiqlangan fikrlar asosida e'tiqod va shaxsiy fikrni shakllanishi jarayonidir.

Argumentatsiyada asoslanishi lozim bo’lgan fikr tezis deb ataladi. Tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr argument yoki asos deyiladi. Tezisni argument yordamida asoslashning mantiqiy usuli demonstratsiya deb ataladi.

Argumentatsiyaning tuzilishi qo’yidagicha ifodalanadi.

{A1,….., An} T

A1,... An – argumentlar, T-tezis - Argument va tezis munosabati.

Argumentatsiyaning ko’p tarqalgan shakli isbotdir. Isbot-biron-bir fikirning chinligini isbotlangan fikrlar va mantiqiy usullar bilan aniqlash. Isbot argumentatsiyaning shunday shakliki, bunda argumentlarning chinligi avvaldan isbotlangan bo’ladi.

Isbot xam tezis, argument va demonstratsiyadan iborat.

Masalan, “Temirning zichligi suvnikidan yuqori”-

-Tezis


“Metallarning zichligi suvnikidan yuqori” va “Temir metall”– argument. Demonstratsiya ko’p hollarda oddiy qat'iy sillogizm shaklida bo’ladi. Yuqoridagi misol ham shunday ko’rinishda. Isbotlashda deduktsiya bilan birga induktsiya va analogiyadan ham foydalanish mumkin. Lekin induktsiya va analogiyaning xulosalari ko’p hollarda ehtimoli bo’ladi. Isbot nazariy va amaliy faoliyatning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Ilgari surilgan fikrni asoslab biz uchun voqelikka mos kelishini, tezisni chinligiga ishontiramiz.

Asoslangan fikrlar-ilmiy bilimning muhim vazifasidir. hech bir ilmiy g’oya isbotlanmagan e'tiqod sifatida qabul qilinmaydi.

Isbotlash bevosita va bilvositaga bo’linadi. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi orzumentdan to’g’ridan to’g’ri kelib chiqadi. Bevosita isbotda tezisga zid orgumentlardan foydalanilmaydi. Masalan, «Ba'zi metallar ranglidir» tezis “Mis rangli metall ”, “Kumush rangli metall”, “Oltin rangli metall” – arzumentlar.

Bilvosita isbot analogik va ayiruvchiga bo’linadi.

Analogik bilvosita isbotda tezisning chinligi antiterisning xatoligini isbotlashdan kelib chiqadi. Antiterisga qarama-qarshi bo’lgan hukmdir.

Masalan, “Ba'zi metallar ranglidir” – tezis “hech bir metall rangli emas” – antitezis. Bu holda biz antitezisni xatoligi «Miss rangli metall», “Kumush rangli metall”, “Oltin rangli metall” kabi hukmlar yordamida isbotlanadi.

Ayiruvchi bilvosita isbotda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz'yunktsiyaning) bir a'zosi bo’lib, uning chinligi boshqa a'zolarining (antiterisning) xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi.

Masalan, «Omborxonadagi yong’in olov bilan ehtiyotkorsizlik asosida chiqgan»- tezis, “omborxonadagi yong’in olov berish asosida chiqgan”, “omborxonadagi yong’in elektr o’tkazgichlardagi nosozlik asosida chiqqan”- argument. Agar tekshirish natijasida argumentlarning chinligi tasdiqlanmasa yong’in olov bilan ehtiyotkorsizlik natijasida kelib chiqqanligi tasdiqlanadi. Bu isbot ayruvchi – qat'iy xulosa chiqarishning inkor-tasdiq modusi bo’yicha qurilgan. Tezis bu modusning qoidalariga rioya qilish sharoitida isbotlanadi, agar ayiruvchi asos to’liq diz'yunktsiya hukmidan iborat bo’lsa, bu holatda yong’inning boshqa sabablari istisno qilinadi.
Tanqid va raddiyaning mohiyati.

Tanqid - bu argumentatsiyaga qarama-qarshi bo’lgan mantiqiy jarayondir. Argumentatsiyaning maqsadi biron-bir mulohazaning chinligi yoki hech bo’lmasa qisman asosligiga ishonch hosil qilish jarayoni bo’lsa, tanqid u yoki bu mulohazaning xatoligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan mantiqiy jarayondir. Tanqidda ko’zlangan maqsadga hamisha erishilmaydi. Ba'zida ilgari surilgan mulohazaning asosligiga erishilsa, ba'zida mulohazaning xatoligi aniqlanadi.

Shu munosabat bilan tanqid ikki turga ajratiladi: argumentatsiyani tanqidi va mulohazani xatoligini yoki uning chinligini yetarli darajada emasligini aniqlash. Ikkinchi holatda tanqid kontrargumentatsiya, tanqid qilinayotgan mulohaza esa tezis deb ataladi. Ba'zi hollarda kontrargumentatsiya rodiya hisoblanadi.

Raddiya – bu biron-bir mulohazaning mantiqiy usullar va isbotlangan mulohazalardan foydalanib xatoligini aniqlashga qaratilgan mantiqiy jarayonidir.

Raddiya tarkibidagi isbotlangan mulohazalar roddiya argumenti deyiladi. Rad etilishi lozim bo’lgan mulohaza esa tezis hisoblanadi.

Roddiya hisoblanmagan kontrargumentariyadagi asoslangan mulohazalar ham argument deyiladi. Isbot kabi o’z navbatida rad etish usuli-demonstratsiya ham radiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Kontrargumentatsiya qo’yidagi holatlarda raddiya hisoblanmaydi: 1) argumentlar to’liq asoslanmagan hukmlar bo’lsa; 2) tanqid qilish shakli demonstratsiya ko’rinishida bo’lmasa; 3) tanqidga yuqoridagi holatlarning ikkalasi ham uchrasa. Mulohazaning yo’nalishiga qarab tezisning tanqidi antiteris va tanqidning asosligiga qarab farqlanadi.

Tanqidning ikkinchi shaklida mavjud argument va tezisdan ziddiyat kelib chiqadi. Mana shu yerdan tezisning xatoligi yoki yetarli darajada ishonarli emasligi keltirib chiqariladi.

Argumentatsiya va tanqidning strategiya va taktikasi. Isbot va raddiya, argumentatsiya va tanqid ko’p hollarda munozara jarayoniga olib keladi. Munozaratning qo’yidagi turlari mavjud: 1) ilmiy munozara (maqsadi ilmiy muhokamani yechish); 2) ishchi munozara maqsadi – hamma uchun ma'qul qarorga kelish; 3) polyamika (g’alaba uchun munozara yuritish. Munozara omma guvohligida yoki ularsiz amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari xakam ishtirokida munozara (Xakam vazifasini ko’p hollarda omma (publika)bajaradi) ham mavjud. Publika ishtirokidagi ikki kishining polemikasi distut deb ataladi.

Ilmiy yoki ishchi munozara jarayonida qarama-qarshi tomonlar argumentlarning umumiy doirasini ishlab chiqishga - asosiy atamalarni qanday tushunishga kelishib olishadi. Ma'lum bir muammolarda ularning qarashlari bir xil bo’lishi mumkin. Ular munosabati qo’yidagi sxema bilan ifodalanadi.

Umumiy qarashlar doirasi

Polemikada esa ilmiy va ishchi munozaradan fakli ularoq qarashlar bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Chunki o’z fikrini xotoligini isbotligandan keyin ham tomonlar o’z fikrini turli yo’llar bilan asoslashga harakat qiladi.

Munozaraning yuqoridagi birinchi tipi – (ilmiy va ishchi) haqiqatni aniqlashga qaratilgan munozara – dialektik munozara deyiladi.

Munozaraning ikkinchi tipii – g’alaba uchun munozara – eristik munozara deyiladi.

Dialektik munozaradagi tezisni ilgari suruvchi tomon proponent, uni rad etuvchi tomon esa ollonent deb ataladi.

Eristik munozarada qarama-qarshi tomonlar raqiblar deb ataladi.

Munozaraning qanaqa turi qo’llanishiga qarab argumentatsiya va tonqidning strategiya va taktikasi farqlanadi.

Strategiya – bu argumentatsiya yoki tanqidni qurilishini umumiy rejasi.

Strategiya quyidagi talablarga javob berishi lozim:

birinchidan – Tezis aniq, ziddiyatsiz ifodalanishi;

ikkinchidan – keltirilgan argumentlar tezisni himoya qilishi, raqobatlashuvchi kontseptsiyani esa tanqid qilishi;

uchinchidan – tezisni mantiqiy bahosi keltirilgan argumentlardan kelib chiqishi lozim.

Munozara strategiyasidan ko’p uchraydigan kamchiliklardan tezis shakllantiriladi, argumentlar keltiriladi, argument qanchalik tezisni tasdiqlashi haqida xulosa qilinmaydi.

Argumentariya va tanqidning taktikasi bu argumentatsiya va tanqidning alohida bosqichlarida qo’llaniluvchi usullar va usullar yig’indisidir. Bu usullar umumiy metodologik, mantiqiy psixologik, ijtimoiy-psixologik, ritorik, fiziologik va jismoniyga bo’linadi.


Argumentatsiya va tanqid, isbot va raddiya qoidalari va xatoliklari.

Argumentatsiya va tanqidda ikki tipdagi xatoga yo’l qo’yilishi mumkin: bilib turib va bilmasdan xatoga yo’l qo’yish bilib turib opponentini aldash maqsadida xatoga yo’l qo’yish sofizm deb ataladi. Bunday xatoga yo’l qo’ygan kishilar safistlar deb ataladi. Safizm yunoncha so’zdan olingan bo’lib ayyorlik, uydirma degan ma'noni bildiradi. qadimgi Yunonistonda safizm san'ati onga rivojlangan edi.

Bilmasdan turib xatoga yo’l qo’yish parolagizm deb ataladi. Paralogizm tafakkur madaniyatini yetishmasligidan kelib chiqadi. Argumentatsiya va tanqidda xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun maxsus qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Argumentatsiya va tanqidning uch qismidan kelib chiqib bu qoidalarni uch guruhga ajratamiz: A) Tezisga aloqador qoidalar; V) Argumentga aloqador qoidalar; S) demanstrotsiyaga aloqador qoidalar;

A. Tezisga aloqador qoidalar va ularning buzilishi.

1- qoida: Tezis mazmunan aniq bo’lishi kerak. Bu qoida ayniyat qonuniga asoslangan bo’lib tezis tarkibidagi tushunchalarni aynan bo’lishini hukmdagi predmetlarni son jihatdan to’liq olinishini talab etadi (Ba'zi, ayrim kabi tuzilishga ega bo’lgan hukmlarning son jihatidan xarakteristikasi noaniqdir- masalan, biz sport bilan shug’ullanamiz”. Bu yerda biz Kim ekanligi qanday sport turi bilan shug’ullanishi noma'lum.

2-qoida. Tezis argumentatsiya va tanqid jarayonining oxirigacha o’zgarmasligi kerak. Bu qoidani buzilishi bilan bog’liq xatolik tezisni almashtirish deyiladi. U tezis sifatida bir mulohaza ilgari surilib, boshqa mulohaza dallilanadi yoki tanqid qilinishida sodir etiladi hamda oxir-oqibatda dastlabki mulohaza asoslandi deb xulosa chiqariladi.

Tezisni almashtirishning ikki ko’rinishi mavjud: 1) dallilanayotgan tezisni kuchliroq mulohazaga almashtirish (bu xatoga nisbatan «kim ko’proq isbotlashga harakat qilsa, u hech narsani isbotlab olmaydi» degan ibora qo’llaniladi); 2) Tanqid qilayotgan tezisni kuchsizroq mulohazaga almashtirish (bu xatoga nisbatan «Kim kup rad etsa, u xech narsani rad eta olmaydi» degan ibora kullaniladi) 3) insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bunga misol qilib masalan sud jarayonidagi bir holatni misol keltirish mumkin. Advokat sudlanuvchini jinoyat sodir etmaganligini isbotlash o’rniga uning shaxsiy ijodiy xislatlarini ko’rsatishga harakat qiladi; 4) tezisni yo’qotish.

V) Argument bilan bog’liq qoida va xatoliklar.

1-qoida. Argumentlar aniq va ravshan bo’lishi kerak.

Bu uchun qo’yidagilar zarur:

hamma argumentni to’liq keltirish lozim;

Deskreptiv atamalarga aniqlik kiritish lozim;

Argumentlarning mantiqiy mazmunini ochib berish kerak;

Argumentlarning chinligiga aniqlik kiritish lozim.

2-qoida. Argumentlar tuliq yoki qisman asoslangan hukmlardan iborat bo’lishi lozim. Isbot va raddiyada esa argumentlar bo’lishi lozim. Bu qoidani buzilishi oqibatida “argumentning asossizligi” xatosi kelib chiqadi. Isbotlash va rad etishda bu xatolik “isbotlanmagan argument” deb nomlanadi. “Asoslangan argument” xatoligining qo’yidagi ko’rinishlari mavjud:

1) “Yolg’on argument”. Bunda argumentatoruzi bilmagan holda yolg’on argumentni keltiradi. Agar keltirilgan argumentlar bir – biriga zid kelsa ulardan biri yolg’on bo’ladi.

2) “Yolg’ondaki argument” Bunda argumentlar o’zi bila turib yolg’on argumentni keltiradi.

3) “Avtoritetga asossiz tayanish” biron-bir avtoritetga tayanib argument keltirishi uchun qo’yidagi jihatlarni hisobga olish lozim:

a) har qanday avtoritet shu soha mutaxasisi bo’lishi kerak;

b) avtoritetga tayanish faqat ehtimoliy bo’lishi kerak, ya'ni uning fikrlarini chin deb olinmaslik kerak.

3-qoida. Argumentatsiya aylanma bo’lmasligi lozim. Bunda tezlik argumentlar yordamida asoslansa, argumentlardan biri o’z navbatida tezis yordamida asoslanadi.

4- qoida. Argumentlar tezisga nisbatan relevant bo’lishi lozim.

qabul qilingan argument argumentatsiya (kontrargumentatsiya) da boshqa argumentlar bilan birga tezisning chinligini oshirsa (kamaytirsa) tezisga nisbatan relevont bo’ladi.

S. Argumentatsiya va tanqid shakliga bog’liq qoida va xatoliklar.

Argumentatsiya va tanqid shakliga oid umumiy qoida: argument va tezis o’rtasidagi munosabat kamida tasdiq munosabatida bo’lishi lozim.

Bu qoidani buzilishidan «Tasdiqlamaydi» xatoligi kelib chiqadi. Isbotga nisbatan esa «muvofiq kelmaydi» xatoligi qo’llaniladi.

Bu qoidani tahlil qilishda tezis va argument o’rtasida qanday mantiq aloqa borligini bilish zarur, ya'ni tezis argumentda zaruriy tarzda kelib chiqadimi.

Shu o’rinda munozaraga oid bir qancha qoidalarga to’xtalib o’tish lozim:

Aristotelning fikricha birinchi uchrashgan kishi emas, kim haqiqatga intilsa shu bilan munozara olib borish kerak;

Tezis apponentlarga mos kelishi lozim, ya'ni muhokama qilinayotgan tezis sohasida apponetlar xabardor bo’lishi kerak;

munozara predmetini bilishi kerak;

o’z vaqtida xatoni tan olish lozim;

mantiq qoidalarini bilish kerak;

munozara davrida bosiqlikni saqlash lozim.


Muammo. Faraz (gipoteza) Nazariya.

Ilmiy bilishda mantiqning nafaqat tushuncha, hukm xulosa chiqarish va argumentatsiya haqidagi ta'limotlari, balki bilim rivojlanishi shakllari bo’lgan muammo, faraz va nazariya ham muhim rol o’ynaydi. Oliy o’quv yurti talabalarida bilim rivojlanishining bu shakllari haqida yetarli tushuncha mavjud bo’lmaydi va shuning uchun ular bu tushunchalarni bir yoqlama yoki tor ma'noda tushunishadi. Bilim rivojlanishi shakllari haqida yetarli tushunchaga ega bo’lmaslik ilmiy-tadqiqot, amaliy va pedagogik faoliyatda ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Muammo. Muammo tushunchasini uni xarakteristikasini ochib berish orqali tushunish mumkin. Muammo – bu masalaning o’ziga xos shaklidir. Masala esa bu predmetlarning xossa va munosabatlaridagi aniq va aniqlanishi lozim bo’lgan jihatlarni ifodalagan mulohaza. Masalalarning tiplari turli hil bo’ladi: yechish metodi – algoritmi aniq bo’lgan masala, ahamiyatiga ko’ra yechilishi lozim bo’lgan masala, yechish metodini ishlab chiqish lozim bo’lgan masala.

Muammo deb amaliy va nazariy jihatdan muhim, yechish usullari noma'lum yoki qisman noma'lum bo’lgan masalaning o’ziga hos tipiga aytiladi. Muammoni ikki turi mavjud: rivojlanmagan va rivojlangan.

Rivojlanmagan muammo qo’yidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:

Birinchidan, bu nostandart masala, ya'ni yechish algoritmi mavjud bo’lmagan (algoritm noma'lum yoki bo’lishi mumkin emas) masala. Ko’pincha bu qiyin masala;

ikkinchidan, bu ma'lum bir bilim asosida vujudga kelgan masala, ya'ni bilish jarayonining qonuniy natijasi sifatida vujudga kelgan masala;

uchinchidan, bu yechimi bilishda vujudga kelgan ziddiyatni bartaraf etishga yo’naltirilgan masala (nazariya yoki kontseptsiyadagi alohida qoidalari, nazariya qoidalari va nisbatan fundamental nazariyalar o’rtasidagi ziddiyatlar) hamda talab va uni qondirish vositalari o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan;

to’rtinchidan, yechish yo’llari ham ko’rinmaydigan masala.

Yuqorida ko’rsatilgan jihatlarni dastlabki uchtasiga ega bo’lgan hamda yechishi uchun u yoki bu konkret ko’rsatmalarga ega masalalar rivojlangan muammo yoki muammo deyiladi. Muammoni o’zi uni yechimini konkret ko’rsatmalari darajasiga qarab turlarga bo’linadi.

Shunday qilib, rivojlangan muammo – bu “ba'zi noma'lumlar haqidagi bilimdir”, shu noma'lumlikni bartaraf etish yo’llari haqidagi u yoki bu darajadagi konkret ko’rsatmalardir.

Muammo uch qismdan iborat:

1. Tasdiqlar tizimi (dastlabki bilim bayoni);

2. Savol (“U yoki buni qanday aniqlashtirish yoki topish”);

3. Ehtimoliy yechish yo’llariga ko’rsatmalar.

Rivojlanmagan muammoni ta'rifida uchinchi qism mavjud emas.

Muammo deb nafaqat yuqorida ko’rsatilgan turlar haqidagi bilimlarga, balki rivojlanmagan muammoni shakllantirish, keyin birinchi darajali rivojlangan muammoni ikkinchi darajali rivojlangan muammoga aylantirishga ham aytiladi.

Muammo bilim rivojlanishi jarayoni sifatida bir necha bosqichlardan iborat:

Rivojlanmagan muammoni shakllantirish;

Muammoni rivojlantirish – birinchi darajali keyinchalik ikkinchi darajali rivojlangan muammoni uni yechish yo’llarini konkretlashtirish orqali shakllantirish;

Muammoni yechish;

Gipoteza. Insonning ilmiy va amaliy faoliyatida hali noma'lum bo’lgan hodisa, sabab va xususiyatlar uchraydi. Ularni tushuntirish uchun turli xarakter va ishonchlilik darajasiga ega taxminlar ilgari suriladi. Ular hech bir asosga ega bo’lmagan uydirma, fantoziya bo’lishi yoki fan va amaliyot tomonidan ilgari surilgan muammolarni yechimi hamda keyinchalik ishonarli bilim ham bo’lishi mumkin. Bu taxminlar mantiqda gipoteza (faraz) deb ataladi.

Gipoteza - bu o’rganilayotgan hodisani sabab va xossalarini tushuntirish uchun ilgari surilayotgan asoslangan taxmin tarzidagi bilim rivojlanishining shaklidir.

Gipoteza bilim rivojlanishi shakli sifatida qator ketma – ket bosqichli murakkab fikriy jarayondir. Asosli taxmin sifatida gipoteza tadqiq etilishida kuzatish, analiz, umumlashtirish va boshqa mantiqiy usullardan foydalanuvchi faktlarga asoslanadi. Fan o’nlab, yuzlab yillar davomida keyinchalik inkor etilishi yoki ilmiy nazariyaga aylanishi mumkin bo’lgan gipotezalarni ilgari surish uchun faktlar to’plab beradi. Masalan, qadimgi yunon faylasuflarining materiya atomlardan tuzilganligi haqidagi ta'limoti. Bu gipoteza edi. Atomning mavjudligi tajribada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib olimlar tomonidan maxsus asboblar yordamida uning og’irligi va tuzilishi tajribada isbotlangandan keyin aniqlandi.

Gipotezaning turlari: umumiy, xususiy va ishchi gipoteza. Umumiy gipoteza deb o’rganilayotgan hodisaning qonunlari haqidagi asosli taxminga aytiladi. Olimlar borliq hodisalarini o’rganib ular o’rtasidagi doimiy aloqalarni aniqlaydi, bu esa o’zida ochilmagan qonunlarni yashirib yotgan ma'lum bir qonuniyatlarni namoyon bo’lishidan darak beradi. Mana shu asosda qonunning mavjudligi haqida gipoteza ilgari suriladi. Agar u tasdiqlansa ilmiy nazariyaga aylanadi.

Umumiy gipotezalar fanni rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ularning ko’pchiligi ilmiy nazariyaga aylangan. Masalan, Ch.Darvining hayvon va o’simlik turlarini kelib chiqishi haqidagi ta'limoti, A.Eynshteyn nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi va boshqalar.

Xususiy gipoteza alohida hodisalarning sabab va xossalari haqidagi asosli taxmindir. Masalan, vrach bemorga tashxis qo’yib, kasallik sabablari haqida taxmin qiladi. Tergovchi jinoyat motivlari haqida taxmin qiladi. Xususiy gipoteza tergov va sud amaliyoti, sud ekspertiza va tezkor – qidiruv ishlarida keng qo’llaniladi.

Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo’lib, o’z oldiga o’rganilayotgan xodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo’ymaydi, balki faqat kuzatish va tajriba natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.

Ilmiy va amaliy faoliyatning turli sohalarida ishchi gipotezaning turli ko’rinish shakllaridan biri deb ataluvchi - versiya keng qo’llaniladi. Versiya deb, biron – bir xodisa, voqea yoki faktning extimoliy taxminlaridan biriga aytiladi. Bir taxmin ilgari suriladigan gipotezaning boshqa shakllaridan farqli ravishda versiyada o’rganilayotgan faktni turlicha tushuntiradigan bir necha taxminga aytiladi. Masalan, hozirgi davrda ko’p avchahalokatlarda ko’p hollarda qo’yidagi versiyalar ilgari suriladi:

Texnik nosozlik;

Ekipajning xatosi;

terroristik akt;

ob – havo injiqligi;

dispercherlik markazi xatosi;


Versiya sud va tergov amaliyoti, sud ekspertizasi va tezkor – qidiruv ishlarida keng qo’llaniladi. Bu tergov versiyasi deyiladi.

Tergov versiyasi – bu jinoiy hatti – harakatni tushuntiruvchi: jinoyatning sodir etish vaqti va joyi, uning motivi, qatnashchilari, quroli va boshqalari haqidagi ehtimoiy taxminlardan biridir.

Gipoteza qo’yidagi bosqichlarni o’z ichiga olgan murakkab fikriy jarayondir:

Faktlarni kuzatish, ularni analizi va sintezi. Kuzatilayotgan faktlar iloji boricha ko’proq hamda o’rganilayotgan hodisaga bevosita va bilvosita bog’liq bo’lish kerak. Bu bosqichda ilgari surilayotgan taxminni empirik asosi yaratiladi.

Hodisani tushuntiruvchi taxminni ilgari surish. Bu bosqichda ehtimoiy taxmindan kelib chiqish muhimdir, lekin bunda uni ishonchli deb qabul qilmaslik kerak. Muhim sharti ob'ektiqlikdir: agar ilgari surilgan taxminga zid faktlar aniqlansa uni noto’g’ri deb qabul qilish kerak. Gipoteza boshlang’ich empirik materialga zid kelmasligi lozim.

Ilgari surilgan taxmindan oqibatni ilgari surish. Agar, masalan, yong’inning sababi olov bilan ehtiyotkorsizlik bo’lsa, bu sabab aniq bir oqibatga olib borishi lozim.

Oqibatni faktlar bilan taqqoslash. Agar oqibat faktlar bilan mos kelmasa u yolg’on bo’ladi. Biroq oqibatni yolg’onligidan asos (ilgari surilgan taxmin) ning xatoligi kelib chiqadi.

Mulohaza xulosasi ishonchli bo’lgan shartli – qat'iy xulosa chiqarishning inkor etuvchi modusi bo’yicha quriladi. Xulosa zaruriyat bilan kelib chiqadi. Gipoteza rad etiladi. Gipotezani rad etish sxemasi


G – gipoteza, O - oqibat, - inkor belgisi.

Inkor oqibat nafaqat faktlar bilan tasdiqlanmasligi, balki ularga zid kelishi kerak. Agar oqibat faktlar bilan tasdiqlansa, gipoteza isbot talab etadi, chunki oqibatning chinligidan asosning chinligi kelib chiqmaydi:


Bu shartli – qat'iy xulosa chiqarishning noto’g’ri modusi. Gipoteza, ishonchli bilim bo’lishi mumkin, qachonki, hamma oqibatlar bitta sababdan kelib chiqsa. Asosi ekvivalent hukmdan iborat bo’lgan noto’g’ri modus bo’yicha kurilgan xulosa chiqarish ishonchli xulosa beradi:

Ayiruvchi – qat'iy xulosa chiqarishning inkor – tasdiq modusi berilgan hodisani tushuntiruvchi barcha taxminlar ilgari surilganda ishonchli xulosa beradi.
Gipotezani isbotlash usullari. Gipotezani isbotlash faktlar orqali va mantiqiy usulda bo’lishi mumkin. Faktlar orqali isbotlash – ma'lum bir sababni keltirib chiqargan sabablarni bevosita aniqlash. Ba'zi xodisalarni sababini bevosita aniqlab bo’lmaydi va shunda gipotezani mantiqiy isbotlashdan foydalaniladi.
Nazariya. Fanda bilishning ikki darajasi ajratiladi, empirik va nazariy. Birinchi darajada faktlar to’planadi (o’rganilayotgan ob'ekt haqida axborot to’plash) va ularning jadval, sxema, grafik va boshqa shakldagi sistemalashtirilishi amalga oshiriladi. Empirik bilishda mantiqiy asoslash talab etadigan gipotetik xarakterdagi qonunlar shakllantirilishi ham mumkin.

Ikkinchi darajada borliq nazariya shaklida in'ikos etadi. Nazariya tushunchasi turli ma'nolarda; keng va tor ma'noda ishlatiladi. Insonning fikriy va amaliy faoliyatini farqlashda nazariya va amaliyot tushunchalari qo’llaniladi. Bunda nazariya keng ma'noda tafakkurni anglatadi.

Biz ko’rib chiqayotgan tor ma'nodagi nazariya tushunchasi nimani anglatadi?

Nazariya – bu borliqning ma'lum sohasi haqidagi ishonchli bilim bo’lib, mana shu borliqning modeli va shu sohadagi hodisalarni tushuntirish imkoniyatini beradi.

Nazariya – ishonchli bilim (dialektik ma'noda). Nazariya borliqning biron – bir sohasi haqidagi to’liq va yakuniy haqiqat bo’lmasada, u baribir o’zining asosiy qismi bo’yicha asoslangandir. Unda keyinchalik rad etilmaydigan tarkib mavjud. hamma faylasuflar ham ishonchlilik – bu nazariyaning zaruriy belgisi deb hisoblashmaydi.

Bu masalaga ikki yondoshuvni ajratish lozim: birinchi yondashuv tarafdorlari nazariya kontseptsiyasiga ishonchsiz deb yondashsada, fanning maqsadi – ishonchli nazariyani yaratish deb bilishadi.

Ikkinchi yondashuv tarafdorlari nazariya real voqelikning in'ioasi emas deb ta'kidlashadi. Nazariyani ular bilishning quroli deb hisoblashadi. Agar bir nazariya boshqasidan bilishning qulayroq quroli bo’lsa. Masalan, Kopernikning “olam tizimi” Ptolomeyning “olam tizimi” dan bilishning qo’layroq qurolidir.

Nazariyaning o’ziga xos jihatlariga qarab biz bilimning bu shaklini gipotezaga qaraganda ishonchliroq (asosli) deb hisoblaymiz.

Nazariya voqelikning o’ziga xos modelidir. har qanday model kabi nazariya modellashtirilayotgan voqelik bilan mosdir, hamda uning soddalashtirilgani bo’lib, uni bilish maqsadida xizmat qiladi. Model bo’lib bu yerda nazariy ob'ektlar xizmat qiladi. Bu ob'ektlar kuzatish ob'ektlariga qarama – qarshi qo’yiladi, chunki fanga ma'lum bir fikriy faoliyat natijasida kiritiladi. Kuzatish ob'ektlari (empirik ob'ektlar) borliqda mavjud bo’ladi. Agar gap tabiiy – ilmiy nazariyalar haqida ketsa, bu nazariyalar empirik ob'ektlari moddiy ob'ekt sifatida mavjud bo’ladi.

Nazariy ob'ektlarni fanga kiritilishi usuliga qarab qo’yidagi turlarga ajratish mumkin.

Gipotetik ob'ektlar. Ular hodisalarni tushuntirish uchun kiritiladi. Masalan, kimyoviy va fizikaviy hodisalarni tushuntirish uchun elektron, yadro, energetik daraja va boshqalar kiritilgan. Bu ob'ektlar real mavjud deb fikr qilinadi, lekin ularni nazariy kiritish mumkin, chunki ular nazariyaga fikriy faoliyat natijasida kiritilgan va tabiatda mavjud bo’lmasligi ham mumkin edi.

Ideallashgan ob'ektlar. Ideallashgan ob'ektlar ideallashtirish deb nomlanuvchi bilishning o’ziga xos usuli yordamida yaratiladi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob'ektlar haqidagi bilim asosida voqelikda mavjud bo’lmagan va bo’lishi mumkin emas bo’lgan ob'ektlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.

Ideallashtirish jarayonida predmetlarning ba'zi belgilaridan va haqiqatda ularda mavjud bo’lmagan, lekin ularga mansub deb olingan belgilardan chetlashiladi. Ko’p hollarda ideallashtirish asosida ba'zi belgilarning darajasiga qarab o’zgarish qobiliyati yotadi. Masalan, inson tanasining kattaligi, rangi o’zgarishi mumkin. Bu xususiyatlarni fikriy o’zgarish asosida voqelikda real mavjud bo’lmagan tana tushunchasi shakllanishi mumkin. “Boshi oyning kattaligidek odam”.

Ideallashtirilgan ob'ektlar ijtimoiy fanlarda ham qo’llaniladi.

Fizikada tabiatni bilishning foydali quroli sifatida ideal gaz va ideal suyuqlikni mavhumlashtirish qo’llaniladi. Real gaz va suyuqliklar o’zini “ideal” namoyon qilmaydi va o’zini ma'lum bir sharoitlar ta'sirida namoyon qiladi. Shu sababli ularni “Sof ko’rinish” da o’rganish uchun mavhumlashtirishdan foydalaniladi.

Mantiqda ideallashgan ob'ektlarga moddiy implikatsiya, noaniq kon'yunktsiya, diz'yunktsiya, argumentatsiya strategiyalari (ularni shakllanishida hodisalarning vaqtinchalik o’lchamlaridan chetlashiladi) misol bo’ladi.

Abstrakt (mavhum) ob'ektlar. Ular mavhumlashtirish amali asosida shakllanadi. Bu amalni “misollar yordamida tushuntirish” deb ataluvchi usul vositasida tushuntirish mumkin. qizil rangga ega bo’lgan predmetlarni kuzatib, qizil rangning essentsiyasi bo’lgan ob'ektni yaratish mumkin. Bu ob'ekt uchun “qizil” degan nom kiritiladi. Lekin bu fikriy bo’lib, reallikda mavjud emas. Biz bilamizki hech bir rang moddiy predmetlardan ajralgan alohida holda mavjud bo’lmaydi. Biroq bunday ob'ektni yaratish uchun ba'zi ob'ektiv asoslar mavjud. Mavhum ob'ektlarga – og’irlik, uzunlik, tezlik boshqalari kiradi.

Ideal ob'ektlar. Bu ob'ektlar ideallashtirilgan ob'ektlardan farqli o’laroq real borliqdagi ma'lum bir obrazlardan yaratilmaydi. Ular bilishning maxsus quroli hisoblanadi. Bu – osmon doirasining aylanishini merediani, paralleli, kordinati, o’qidir.

Demak, empirik ob'ektlar borliqning in'ikosidir. Nazariy ob'ektlar borliqda mavjud emas. Empirik ob'ektlar va nazariy ob'ektlarning qarama – qarshiligi borliqni mantiqiy qayta tiklashdir. Fan ob'ektlarini ikki tipga bo’linishi munosabati bilan fan tili terminlari ham ikki tipga – empirik va nazariy terminlarga ajratiladi: ulardan birinchisi ko’p hollarda kuzatish terminlari deb ataladi. Kuzatish terminlari kuzatilayotgan ob'ektlarni anglatadi, nazariy terminlar esa - kuzatilmayotgan ob'ektlardir.

Nazariyaning o’ziga xos jihati shundaki, u bashorat kuchiga ega. Nazariyadagi mulohazalardan mantiqiy usullar vositasida yangi mulohazalar keltirib chiqarish mumkin, ya'ni bir bilimdan boshqasini borliqga bevosita murojaat qilmasdan keltirib chiqariladi. Bu nazariyaning bashorat qilish qimmatidir.

Nazariya nafaqat ma'lum bir hodisalarni bayon etadi, balki bu hodisalarni tushuntiradi ham.

Nazariya empirik faktlarni deduktiv va induktiv sistemalashtirish vositasidir. Nazariya vositasida faktlar, qonunlar haqidagi fikrlar o’rtasidagi ma'lum bir munosabatlarni o’rnatish mumkin, agar nazariya doirasida bu munosabatlar kuzatilmasa.

Ijtimoiy nazariyada qo’yidagi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin:

Nazariyaning boshlang’ich empirik bazasi;



O’zida nazariyaning boshlang’ich tushuncha, qonun va printsiplari tizimini ifodalagan nazariyaning boshlang’ich nazariy asosi;

Nazariyaning boshlang’ich nazariy asoslari va nazariyaning boshlang’ich empirik bazasida kelib chiqarilgan ko’pgina oqibatlar.
Yüklə 69,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə