Mavzu: rdb dastgohlarning klassifikasiyasi Reja


RDB tizimlar klassifikatsiyasi. RDB tizimlarining konstruktiv hususiyatlari



Yüklə 235,68 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü235,68 Kb.
#128681
1   2   3
Tiplari. Rdb tizimlar klassifikatsiyasi. Rdb tizimlarining konst-hozir.org

RDB tizimlar klassifikatsiyasi. RDB tizimlarining konstruktiv hususiyatlari.
RDB tizimlar BD bergan siljishlarning yuqori aniqlikda va tezlikda bo’lishini ta’minlashi, shuningdek uzoq muddat ishlatilganda ham bu aniqlikni berilgan chegaralarda saqlab turishi kerak. RDB stanoklarning konstruksiyasi, odatda,ishlov berish turlarining birgalikda bajarilishini , detallarni qo’yish va olishni avtomatlashtirishni , asbobni almashtirishni avtomatik tarzda yoki masofadan boshqarishni, umumiy avtomatik boshqarish sistemasi ichiga o’rnatish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Ishlov berish aniqligining yuqori bo’lishi stanokning tayyorlanish aniqligi va bikrligiga bog’liq. RDB stanoklarning konstruksiyasida qisqa knimatik zanjirlardan foydalaniladi, bu esa stanoklarning static va dinamik bikrligini oshiradi.Hamma ijrochi organlar uchun mexanik uzatmalar soni mumkin qadar kam bo’lgan mustaqil ( avtonom ) yuritma qo’llaniladi. Bu yuritmalar juda tezkor bo’lishi kerak. RDB stanoklarning aniqligi oshishi uchun yuritmalarning surish mexanizmlaridagi zazorlar yo’qotilishi, yo’naltiruvchi va mexanizmlarda ishqalanishga bo’ladigan isroflar kamaytirilishi, titrashga chidamliligi oshirilishi, issiqlikdan deformatsiyalanishi kamaytirilishi zarur.
Texnologik belgilari va imkoniyatlariga ko’ra RDB stanoklar amalda universal stanoklar kabi klassifikatsiyalanadi, chunki ularning ko’pchiligi universal stanoklar asosida tayyorlanadi.
RDB tokarlik stanoklari aylanish jsmlari tipidagi detallarning tashqi va ichki sirtlariga ishlov berish, shuningdek tashqi hamda ichki rezba qirqish uchun mo’ljallangan.
Yassi va hajmdor korpus detallar ishlashga mo’ljallangan RDB frezalash stanoklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: bir qancha tomondan va turli burchak ostida yassi, pog’onasimon va kontur frezalash, parmalash, yo’nib kengaytirish, razvyortkalash, rezba qirqish.Detallarda teshiklarga ishlashga mo’ljallangan RDB parmalash- kengaytirish stanoklari parmalashga xizmat qiladi.
RDB jilvirlash stanoklari to’g’ri chiziqli va egri chiziqli detallarning tashqi, ichki vat ores sirtlarini jilvirlash uchun ishlatiladi. Bir o’rnatishda detallarga kompleks ishlov berish uchun mo’ljallangan RDB ko’p vazifali stanoklar (ishlov berish markazlari) kesib ishlov berishning deyarli hamma operatsiyalarini bajaradi.
RDB elektro-erozion stanoklar tok o’tkazuvchi materiallardan murakkab shaklli detallarni elektr eroziya usuli bilan kesib olish uchun mo’ljallangan, chunki bunday detallarni boshqa usullar bilan ishlash qiyin yoki mumkin emas. Bu usulda detallarni korroziyaga qarshi moddalar qo’shilgan suv yoki kerosin muhitida uzliksiz harakatlanuvchi elektrod-latun, mis, molibden, volfram sim kesib tayyorlaydi.
Boshqaruv tipiga qarab, RDB stanoklar turli RDB tizimlari: pozitsion, konturli yoki aralash ( pozitsion-konturli) tizimlar bilan jihozlanadi.
Stanoklar past, o’rtacha yoki yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo’ladi. Past darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda RDBQ dan boshqariluvchi ijrochi organlarning siljishigina dasturlashtiriladi. Bu stanoklarda RDBQ lardan ijrochi organlarga beriluvchi texnologik komandalar soni kam bo’ladi. Bu komandalar RDBQ da kodlangan holda saqlanadi, qayta ishlanmaydi va ijrochi organlarga bevosita yoki stanokdagi elektroavtomatika qurilmasining kuch relelari orqali uzatiladi.
O’rtacha darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda ko’p miqdorda texnologik komandalardan foydalaniladi. Bu komandalar qayta ishlashni talab qiladi. Ularni odatda maxsus shkafga joylashtirilgan va releli yoki electron sxemalardan iborat elektroavtomatika qurilmasi qayta ishlaydi. Komandalarni qayta ishlash ularni deshifrovka qilishdan iborat, bunda RDBQ dan kelayotgan komanda kodi stanikning ijrochi organlarini boshqaruvchi signallarga aylantiriladi. Elektroavtomatika qurilmasi deshifrovkadan tashqari, turli avtomatik sikllarni (asboblarni almashtirish, parmalash) boshqaradi. Yuqori darajada avtomatlashtirilgan stanoklarda texnologik komandalarni RDBQ qayta ishlaydi.
Asbobning almashtirilish usuliga ko’ra RDB stanoklar quyidagi turlarga bo’linadi: asbobi qo’lda almashtiriladigan va qo’lda mahkamlanadigan stanoklar , asbobi qo’lda almashtiriladigan va qo’lda mahkamlanadigan stanoklar, asbobi revolver golovkada avtomatik almashtiriladigan stanoklar , asboblar magazinida saqlanuvchi asbobi manipulyator yordamida avtomatik almashtiriladigan stanoklar:
RDB stanoklarga xos ko’rsatkichlar quyidagilar:
Aniqlik klassi: N, P, V, A, S.
RDB tizimining turi: F, F2, F3, F4. Bajariladigan texnologik operatsiyalar.
Asosiy parametrlari: stanina tepasiga o’rnatiladigan buyumning eng katta diametri, stanina tepasiga o’rnatib ishlangan buyumning eng katta diametri (patronli stanoklar uchun) ; support tepasiga o’rnatib ishlangan buyumning eng katta diametri (markazli va patronli stanoklar uchun ); ishlov berilayotgan chiviqning eng katta diametri (chiviq stanoklari uchun); stol ish sirtining eni yoki uning diametri; teshikning eng katta shartli diametri ; shpindelning diametri.

Yüklə 235,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə