Mavzu: pulning va uning vazifalari


Pul-kredit orqali tartibga solish



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

Pul-kredit orqali tartibga solish

. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va 

strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi. 

 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

Markaziy 

banki 

belgilangan 



tartibda 

tasdiqlanadigan  Davlat  pul-kredit  siyosatining  bosh  yo‘nalishlari  asosida  pul 

massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi. 

Muomaladagi  pul  massasini  tartibga  solish  tijorat  banklariga  beriladigan 

kreditlarning  miqdorini  o‘zgartirish,  qimmatli  qog‘ozlarni  va  chet  el  valyutasini 

xarid  qilish  va  sotish,  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banklarida 

joylashtiriladigan  tijorat  banklarining  majburiy  rezervlari  normasini  hamda  foiz 

stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga oshiriladi. 




44 

 

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi 



bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning 

boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi. 

Naqd pul muomalasi: 

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  hududlarda  naqd  pullarning 

zaxirasini  shakllantirish  hamda  muomalaga  chiqarilmagan  naqd  pullarni  saqlash 

maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  bo‘yicha  Bosh  boshqarmalarida 

(bundan  buyon  matnda  Bosh  boshqarmalar  deb  yuritiladi)  zaxira  jamg‘armalarini 

tashkil etadi. 

2.  Tijorat  banklari  va  ularning  filiallari  (bundan  buyon  matnda  banklar  deb 

yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun 

majburiy  tartibda  aylanma  kassalarini,  shuningdek  naqd  pullar  zaxirasini  tashkil 

etadilar. 

3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 

naqd  pullar  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 

muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar

naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlar  va  banklar  o‘rtasidagi  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda 

banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati; 

minimal  limit  —  banklarda  naqd  pul  zaxirasi  qoldig‘ining  quyi  chegarasi 

bo‘yicha belgilanadigan me’yor; 

maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan 

buyon  matnda  HKKM  deb  yuritiladi)  hamda  banklar  aylanma  kassalarida  kun 

oxirida  qolishi  mumkin  bo‘lgan  naqd  pul  qoldig‘ining  eng  yuqori  chegarasini 

belgilaydigan me’yor; 

naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli 

miqdorda  naqd  pullar  bilan  ta’minlash  maqsadida  Bosh  boshqarmalarda  tashkil 

etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi



45 

 

naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga 



bo‘lgan  talablarini  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  qondirilishini  ta’minlash  maqsadida 

banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi; 

naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd 

pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi

naqd  pullar  chiqimi  —  bank  kassalaridan  banknot  va  tanga  ko‘rinishidagi 

naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi; 

madad  pullari  —  banklarning  aylanma  kassalarini  Bosh  boshqarmalarning 

HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar 

hisobidan ta’minlash; 

kassa  ramzlari  —  bank  kassalari  orqali  naqd  pullarning  kirim  manbalari  va 

chiqimi  maqsadlari  bo‘yicha  tahlil  qilish,  shuningdek  banklararo  naqd  pullar 

harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami. 

Naqd pul muomalasini tashkil etish 

4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o‘rganadilar 

va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga 

bo‘lgan talablari o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydilar. 

5. Banklar: 

 



bank  kassalarida  amalga  oshirilgan  naqd  pullarning  kirim  va  chiqim 

amaliyotlarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 

tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar

 



bank  kassalariga  kirim  qilingan  naqd  pullarni  filiallar,  mijozlar  va  kirim 

manbalari bo‘yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar; 

 

naqd  pullar  zaxirasini  tashkil  etadilar  va  zarur  bo‘lganda  ulardan 



foydalanadilar; 

 



mijozlarning  naqd  pulga  bo‘lgan  talablarini  amalga  oshirish  uchun  bank 

kassalarida  naqd  pullarning  yetarli  miqdorda  bo‘lishini  ta’minlash  choralarini 

ko‘radilar. 

6.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  naqd  pul  tushumlarini  bankka  topshirish 

tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun naqd 



46 

 

pullarni  bank  kassasidan  olish  muddatini,  shuningdek  o‘z  kassasida  kun  oxirida 



qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘iga limitni belgilash bo‘yicha har yilning 

yanvar  oyi  mobaynida,  yangi  hisobvaraq  ochgan  mijozlar  keyingi  oydan 

kechikmasdan, 

mazkur 


Yo‘riqnomaning 

1-ilovasidagi 

hisob-kitob 

ma’lumotnomasini  ikki  nusxada  to‘ldirgan  holda  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka 

taqdim etadilar. 

Bank  tomonidan  ushbu  hisob-kitob  ma’lumotnomasi  xo‘jalik  yurituvchi 

subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda to‘ldirilgandan so‘ng bank muhri 

bosilib,  ushbu  ma’lumotnomaning  bir  nusxasi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga 

qaytariladi  va  ikkinchi  nusxasi  bankning  naqd  pul  muomalasi  bo‘limi  (mas’ul 

xodim)da har yil uchun alohida tarzda yig‘ib boriladi. 

Mazkur  hisob-kitob  ma’lumotnomasining  almashinishi  xo‘jalik  yurituvchi 

subyekt va bank o‘rtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin. 

7.  Banklar  naqd  pul  muomalasining  holatini  hamda  bu  holatni  tavsiflovchi 

ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, 

aholi  va  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  naqd  pulga  bo‘lgan  talablarini  o‘z 

vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy davlat 

hokimiyati organlariga kiritishlari mumkin. 

8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir 

ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan 

holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi. 

9. Bosh boshqarmalar: 

 



tegishli  hududda  naqd  pul  muomalasiga  doir  ishlarni  tashkil  etadilar  va 

uning samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydilar; 

 

tegishli  hududda  naqd  pul  muomalasining  holatini  o‘rganadilar, 



banklarning  kassa  aylanmalarini,  shuningdek  naqd  pul  muomalasining  holatini 

tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini 

tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf 

etishga doir ko‘rsatmalar beradilar

 

zarur  hollarda  naqd  pullarning  bank  kassalariga  kelib  tushishi  va  naqd 




47 

 

puldagi  to‘lovlarning  belgilangan  muddatlarda  to‘lanishi  bo‘yicha  asoslangan 



takliflarni  tayyorlab,  mahalliy  davlat  boshqaruvi  organlari  muhokamasiga 

kiritadilar; 

 

tegishli hududdagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga 



bo‘lgan  talabi  o‘z  vaqtida  qondirilishini  ta’minlash  maqsadida  banklar  o‘rtasida 

naqd pullarni qayta taqsimlaydilar. 

 

 



48 

 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə