Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi


Novdaning shoxlanish tiplari



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo`ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo`lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin.
1. Dixotomik.
2. Monopodial
3. Simpodial
4. Yolg`on dixotomik shoxlanish.
Dixotomik shoxlanishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o`z rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil bo`ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib chiqishiga ko`ra qadimiy bo`lib suv o`tlarida, moxsimonlarda, plaun, paporotniklar va ochiq urug`lilarda uchraydi.
Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o`simlik hayotining oxirigacha o`sishini davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag`ay, qora qarag`ay, oq qarag`ay kabi o`simliklarda uchraydi.
Simpidial shoxlanishda o`sish konusida joylashgan initsial kurtak o`sishni to`xtatib, yondagi hujayrani rivojlanishiga olib keladi. Natijada uchki kurtak o`sishdan to`xtab yon shoxlari rivojlanadi.
Yolg`on dixotomik shoxlanish. Кo`pchilik yopiq urug`li o`simliklar uchun xosdir. Bunday shoxlanishda apikal kurtak tezda o`sishdan to`xtaydi va 2 ta yon kurtak rivojlanadi. Bunday shoxlanish siren, kashtan va boshqa o`simliklarda uchraydi.
O`simliklarning shoxlanish tiplarini o`rganish agronomiya uchun muhim ahamiyatga ega. Shoxlanish turlarini to`g`ri bilish asosida o`simlik hosilini oshirish mumkin.
Mevachilikda simpodial shoxlarni qoldirish asosida gullash va meva hosil qilishni ko`paytirish mumkin. Paxtachilikda g`o`zani chekanka qilish asosida simpodial shoxlar rivojlantirilib, paxta hosili oshiriladi.
Poyaning shakli va tiplari. O`simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni ko`ndalang kesigini ko`rsak, ko`pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko`p qirrali ekanligini ko`ramiz.
G`allaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo`g`in oralig`i asosiy parenxima bilan to`lgan bo`ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi.
Poyalar bargli va bargsiz bo`ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi o`t, lola guldoshlar kabi o`simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to`pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo`g`izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi.
Poyani o`sishiga qarab tik o`suvchi, sudralib o`suvchi, ilashib o`suvchi, o`ralib o`suvchi, turlarga bo`linadi.
Bunday guruhlarning hosil bo`lishi poyada maxanik to`qimalarning rivojlaniishga bog`liq.
Ilashib va chirmashib o`suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o`simliklarga quy pechak, no`xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o`zi ilashadigan o`simlikka soat strelkasi bo`ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
Sudralib o`suvchi novdalar bo`g`imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o`simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o`simliklar misol bo`ladi.
O`simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o`simlik hayot kechirish davri bilan bog`liqdir. Ba`zi o`simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o`simliklar 5000 yil hayot kechiradi.
O`t o`simliklar poyasi Vegetatsiyasinig oxirida o`z faoliyatini tugatsa, daraxt o`simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
Quyida ayrim o`simlik poyasining yashash davrlari ko`rsatilgan.

  • Baobab 5150 yil.

  • Mamont daraxti 5000.

  • Кiparis 3000.

  • Eman 1200.

  • Tilog`och 500.

  • Olma 200.

O`tsimon poyali o`simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko`p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o`simliklar bir Vegetatsiya davrida o`z faoliyatini tugallab, kuzga borib halok bo`ladi. masalan: Bug`doy, kanop, arpa, sholi va hokazo.
Ikki yillik o`simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp.
Кo`p yillik o`tsimon o`simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xsusiyatiga ega bo`ladi.
O`simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin.
1. Daraxtlar.
2. Butalar.
3. Chala butalar.
Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo`lib undan yon shoxlar hosil bo`ladi. Ularning poyasi erdan bir necha metrgacha kutarilib turadi.
Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo`g`izidan hosil bo`ladi, bo`yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho`l o`simliklari kiradi.
Chala butalar poyaning pastki qismi yog`ochlashib po`kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo`lib, qishga borib halok bo`ladi. masalan: shuvoq, astragal, o`lmas o`t kabilar.
Novdada barglar joylanishi. Novdada barglar quyidagi tartibda joylashadi:
1. Navbat bilan yoki spiralsimon
2.Qarama - qarshi
3. Mutovka shaklida. Bunday joylanishining asosiy mohiyati novdadagi barglar quyoshdan keladigan nurlarni tusmaslik qonuniga amal qiladi.
Navbat bilan yoki spiralsimon joylanishda barg har bir bug`inida bittadan joylashadi. Ular takrorlanib ikki barg oralig`ida hosil bo`lgan spiral barg sikli deyiladi. Barg siklida joylashgan barglar spirali soni kasr suratiga, undagi barglar soni maxrajiga yozib ko`rsatiladi.
1/2 sondagi barg joylanishi galla guldoshlar oilasiga, 1/3 lolada, 2/5 olma, olxuri, nokda uchraydi.
Novdaning shakl o`zgarishi. Evalyutsiya jarayonida novdaning quyidagi shakl o`zgarishlari uchraydi.
1. Tuganaklar novdaning yugonlanishi asosida hosil bo`ladi. Tuganaklarda zahira oziq moddalar kraxmal yoki inulin shaklida to`planadi. Unda 3-5 tadan kurtaklar joylashgan bo`ladi..
2. Piyozboshlar. Uni kundalang kesib ko`rsak o`zgargan barg va qisqargan poyadan tuzilgan bo`ladi.
Piyoz tubining uchki qismida kurtak joylashgan bo`lib, undan barg, poya va gul hosil bo`ladi. Pastki qismidan ildiz hosil bo`ladi. Piyozboshlarning barglarida zahira oziq moddalar to`planib boradi.
3. Ildizpoyalar gulsapsar, rovoch, salomalaykum, ajrik, gumayda uchraydi. Ular o`zida zahira oziq moddalarni saqlab ildiz va barg hosil qiluvchi kurtaklarni oziqlantiradi.
Novdaning shakli o`zgarishidan tikanaklar ham hosil bo`ladi. masalan: limon, yantoq, nok, do`lana, bodomda. Jingalaklar hosil qilish tokda uchraydi.


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, poya ham odatdagi tuzulishi, o’sishi, cheklanmagan polisimmetrik ytuzulishdagi o’simlikninng vegrtativ o’q organi hisoblanib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. O’simlik poyasining asosiy vazifasi tayanch mineral va organik moddalarni o’tkazishdir. U barg bilan ildizlarni bog’laydi, poya barg bilan idizlar orasidagi harakatlarni ta’minlaydi.
Bundan tashqari ko’p yillik poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. O’simlik poyalari xilma-xildir. Prokambiy hujayralarining bo’linishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil bo’ladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli o’simliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima - kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali o’simliklar poyasining markaziy qismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bo’lib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay - tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali o’simliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning Poyasi fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduk-siyalangan Poya odatda, ildizpoya deyiladi. Quyidagi jadvalda poyaning xillari berilgan(1-jadval)

O’simliklarning nomlari

Shakllari

Terak

Tik o’suvchi

Sebarga

O’rmalab o’suvchi

Qulupnay

Yotib o’suvchi

Olma

Tik o’suvchi

Qo’ypechak

Palak otib o’suvchi

Ajriq

Ilashib o’suvchi

Ituzum

Osilib o’suvchi

Tarvuz

Yotib o’suvchi

Yontoq

Ilashib o’suvchi

Shuvoq

Tik o’suvchi


Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə