Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va
qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar
mavjud bo`lib, ular o`zaro bog’liqdir.
Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar
o`rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash ma qsadida
mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga
muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning
ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va
o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni
tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika o`qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va
ularning mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir
jarayonida bolalarni o`qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahlo q va
san`at, ta`lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar
uzviy aloqada bo`lishi;
2) ularning to`xtovsiz harakati, o`zgarishi va taraqqiy etish jarayonida
vujudga keladigan o`qitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarining o`zgarishi,
hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
3) bolalarning o`sishida ularning o`ziga xos hususiyatlarini hisobga olish,
aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta`sir etuvchi an`ana, urf-odatlar, ular o`rtasidagi
tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik,
o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga
muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va
takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib
boradi.
Hozirgacha mavjud va ishlab chi qilgan quyidagi ilmiy tadqiqot
metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi;
3) bolalar ijodini o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab
hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika
ma`lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;
Dostları ilə paylaş: