Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 188,17 Kb.
səhifə1/48
tarix29.11.2023
ölçüsü188,17 Kb.
#142484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmet-fayllar.org


Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja

Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari.


Reja:
  1. O’quv fani metodikasi tushunchasi.


  2. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.


  3. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.




1. Metodika – bu xususiy didaktika, ya`ni biror bir fanni o’qitish nazariyasi. O’zaro ta`sir etishning turli shakllarini o’rganish asosida biror fanni o’qitish va o’rganish yo’llarini o’quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta`lim oluvchilarga ta`sir etishning aniq tizimini o’qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o’quv dasturi va darsliklarda ochib beriluvchi ta`lim mazmunida o’z aksini topadi hamda ta`lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. O’quv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bog`langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi. Tarbiya tamoyillariga asoslanib esa, metodika o’kuv fani maqsadi, uning ta`lim oluvchi shaxsini rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi.
Pedagog olim T.A. Ilinaning fikricha, didaktika turli ta`lim muassalarida xilma-xil o’quv fanlarini amalga oshiriladigan o’quv jarayonining umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Tabiiyki, har bir o’quv fani o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlariga ega, o’zining alohida metodlari va ta’limni tashkil etish shakllarini talab etadi. Mazkur masalalar bilan xususiy metodika, yoki alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi (tarix, ma-tematika, pedagogika, psixologiya va boshqalar) shug`ullanadi.1
2. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi – bu nazariya va amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o’qituvchi va ta`lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta`lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida pedagogik fanlarni o’qitish jarayonini tadqiq etadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta`minlash uchun butun e`tiborini ta`limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi doimiy ravishda pedagogika fanlarni o’qitishning qonuniyatlarini ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta`lim jarayonini boshqarish yo’llarini izlab topadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi predmetini bunday tushunishdan kelib chiqib aytish mumkinki, u boshqa fanlarni o’qitish metodikasidan farqli ravishda ikki – umumiy va xususiy qismdan tashkil topadi.
Umumiy qismda pedagogik fanlarni o’qitishning metodologik va umumnazariy masalalariga e`tibor qaratiladi. Ular pedagogika kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda bir xil darajadagi ahamiyatga ega. Ikkinchi bo’limda pedagogika kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni, mazmuni, shakl va metodlariga alohida urg`u beriladi.
Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida «Ta`lim to’g`risidagi»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida tubdan yangilandi. Ana shu asosdan kelib chiqib, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
  1. O’qitish jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish.


  2. Har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirishning markazida o’qituvchi turadi. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish – metodikaning muhim vazifasidir.


  3. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani bo’lajak o’qituvchilarga o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlarini yangi sifat darajasiga, kasbga yo’naltira olishlariga, g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyani yuksak darajasiga erishish yo’llarini ko’rsatib berishi zarur.


  4. Talabalarni ta`lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani pedagogni ta`limning shakl, metod va vositalarini tanlab olish va tizimlashtirishga o’rgatadi.


  5. Pedagogik ta`lim muassasalari bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-pedagogik yo’nalganlikni shakllantirish uchun katta ijobiy tajribaga ega. Bunda pedagogik fanlarni o’ziga xos o’rni bor. To’plangan tajribalarni jamlash, tizimlashtirish, kelajakda qo’llash uchun tavsiyalar berish ham pedagogik fanlarni o’qitishning vazifalaridan biridir.




3. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik ta`sir etishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun pedagogik psixologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, mantiq, kibernetika(ayniqsa, dasturlashgan ta`lim elementlarini ishlab chiqishda) ma`lumotlariga tayanadi.
1997 yildan boshlab mamlakatimizda ta`lim sohasini tubdan isloh qilish pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani oldiga o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o’quv faoliyatida o’quvchilarning o’quv faoliyati mustaqilligi va ijodiy faolligini shakllantirish yo’llarini aniqlash, tajriba-sinov ishlarining rolini oshirish kabi masalalarni ko’ndalang qo’ydi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanini oldida turgan dolzarb muammolardan biri ma`lumotlarni o’quvchilarning ustiga «yuk» bo’lib tushishini bartaraf etish. Ta`limning yangi texnologiyalari-ning rivojlanishi, ta`limni komp`yuterlashtirishni amalga oshirish EHM qo’llash bilan bog`liq o’quv dasturlari, dasturlash tillarini ishlab chiqish-ni, pedagogik fanlarni o’qitishda kompyuterning o’rni va o’qituvchining rolini aniqlashni shart qilib qo’ydi.

Yüklə 188,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə