Mavzu: O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/9
tarix29.01.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#83241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Atadjanova Sevara Tarix Slayd

MUHOKAMA VA NATIJALAR

  • Hayot ko`zgusi hisoblanmish matbuot ―to`rtinchi hokimiyat‖ darajasiga ko`tarilmog`i lozimligi ko`p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko`p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o`zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o`zi uchun yangi bo`lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko`rsatma kutib o`tirgandek ko`rinishi to`g`ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
  • ―O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo`yicha selektor o`tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo`layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.
  • Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko`paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o`ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko`pchilik tasavvur ham qila olmasdi.Ammo davlat organlari va OAV o`rtasida hamkorlik qanday yo`lga qo`yilgani haqidagi savolga javob yo`q. To`g`risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo`jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo`yilganki, u o`z ishi bilan shug`ullanishga ulgurmaydi ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə