Mavzu: Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 44,05 Kb.
tarix15.03.2023
ölçüsü44,05 Kb.
#102548
Mavzu Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlan


Mavzu: Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.
Maktabgacha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari.
Reja:
1. Ontogenez turlari va xususiyatlari.
2. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishga xos xususiyatlar.
3. Go'daklik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
4.Boladagi muammolarning sabablari

Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez. ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm Ontogenez.ni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.


Hayvonlarda O. jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. O. jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida O.ning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda O.ning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda O.ni embriologiya oʻrganar edi. Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda O. urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda O.ning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda O. ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar O.i embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. O. davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. O.da oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi. O. davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular O.i koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.
Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi. Zigota bosqichi (1-2 haftalik) Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. Embrion bosqichi (3-8 hafta) Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez 44 rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi.
Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bo’lmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi.
Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Homila bosqichi(9- 38 hafta) Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.
Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir. Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi
CHaqaloqlik (tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi. Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi. CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. CHaqaloqlik davri oxiri va go‘daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo‘lishiga munosabat bildirish paydo bo‘ladi.

Go‘daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go‘dak to‘laligicha kattalarga bog‘liq bo‘ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo‘rgaklashadi, ag‘darib qo‘yishadi, qo‘lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o‘rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so‘ngiga kelib go‘dak ayrim so‘zlarni tushunadi va ilk so‘zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o‘z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‘daklik so‘ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‘zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o‘rganadi.


2. Ilk bolalik yoshi tavsifi
Ilk bolalik yoshi (bir yoshdan uch yoshgacha). Ko‘pchilik psixologlar tug‘ilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo‘lining o‘rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o‘z-o‘ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og‘zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo‘la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi:
Besh yoshdan to mengacha – bir qadam,

Tug‘ilishdan besh yoshgacha – abadiyatdir.

²omiladan tug‘ilishgacha – girdobdir,

Yo‘qlikdan homilagacha – mavhumlikdir.


Bolaning psixik rivojlanishiga to‘g‘ri Yurishga o‘rganish sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimo muvozanatini yo‘qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq va mustahkamroq muloqot qilish davriga kirib keladi. Mushak hissi masofani hisoblash va buYumlarning makondagi joylashuvini aniqlash mezoniga aylanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga predmetlar harakati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Narsalar, predmetlar mohiyati bola tomonidan bolalik davrida egallanadi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) Yuzaga kela boshlaydi.

Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola, ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi.
Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir. Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi.
Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug‘at va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish. Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg‘aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o‘yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog‘liq ravishda ro‘y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‘zi o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.
Ko‘rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so‘ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro‘y beradi.
Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi.
²ayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo‘ladi – ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir ob’ekt o‘rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob’ektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi.
Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o‘ziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so‘zlardan foydalanishga o‘tiladi.
Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo bo‘ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatiladi.
Bola shaxsi shakllanishining dastlabki bosqichi
Dastlab bola butunlay kattalarga bog‘liq bo‘ladi. Tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlar ko‘p jihatdan kattalarning bola bilan o‘zaro munosabati xususiyatiga bog‘liq. Kattalarga ergashib bolalar o‘zini ismi bilan atay boshlaydilar. Ikkinchi yil oxiriga kelib o‘zini ismi bilan chaqirish «men» kishilik olmoshi bilan almashinadi. «Men» tizimi – erta bolalikda (L.I Bojovich) paydo bo‘luvchi markaziy hodisadir. Bola o‘zini kattalardan ajratishni o‘rganadi, o‘ziga nisbatan mustaqil «men» sifatida munosabatda bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zini anglashning boshlang‘ich shakli paydo bo‘ladi.

Rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar bola xulq-atvorini o‘ziga xos tarzda o‘zgartiradi. Kattalar avvalgidek etakchi o‘rin tutsa-da, bola o‘z amaliy hayotining tor muhiti va u qadar katta bo‘lmagan imkoniyatlari doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishga intiladi. YAngi tendensiyalar bola faolligini («men o‘zim») kuchaytiradi va kattalar bilan yangi munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu davr tanqidiy davr («uch yosh tangligi, krizisi») deb ataladi, ya’ni kattalar bolalar bilan munosabatda yangi qiyinchiliklarga duch kela boshlaydilar. Bunda bola o‘zining negativizmi va qaysarligi bilan bardosh berib bo‘lmas darajaga etishi mumkin.
Uch yosh tangligi o‘tkinchi hodisa, lekin uning natijasi – boshqalardan o‘zini ajrata bilish, boshqa odamlar bilan o‘zini taqqoslash bolaning psixik rivojlanishida muhim qadamdir. Kattalarday bo‘lishga intilish faqat o‘yin shaklidagina nisbatan to‘liq echimini topishi mumkin (faqat o‘yinda bola do‘konga borishi, tushlik tayyorlashi, raketada kosmosga ucha olishi mumkin). SHuning uchun ham uch yosh tangligi bolaning o‘yin faoliyatiga o‘tishi bilan hal etiladi.
4. Bolaning maktabgacha yoshda rivojlanishining

psixologik xususiyatlari


Maktabgacha bolalikda (3 yoshdan 7 yoshgacha) organizmning jadallik bilan voyaga etishi davom etadi. Ayniqsa, ikkinchi signal sistemasi jadal rivojlanadi. Bolada oddiy majburiyatlar majmui paydo bo‘ladi.

Bolada tengdoshlari bilan ma’lum bir munosabatlarning Yuzaga kelishi, «bolalar jamiyati»ning shakllanishi maktabgacha yoshning muhim xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning boshqa odamlarga ichki pozisiyasi o‘z «men»i va o‘z harakatlari ahamiyatini tobora anglab borishi, kattalar dunyosiga, ularning faoliyati va o‘zaro munosabatiga katta qiziqishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, sYujetli-rolli o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish bolani uning uchun imkoni bo‘lgan o‘yin shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida tarbiyalangan bolalarda bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan Yuqori.
Maktabgacha yoshda sensor idrok, ayniqsa, ko‘rish va eshitish orqali qabul qilish sezilarli rivojlanadi. Bola ongli ravishda rasm chizadi va musiqiy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. U unga qanday surat yoki musiqa yoqishini, qaysilari yoqmasligini aytishi mumkin. Biroq u hali musiqani to‘liq va differensiyalangan holda qabul qilmaydi.
Ko'pincha, bolada (bolalarda) psixologik muammolar u bilan iliq, yaqin va ishonchli munosabatlar bo'lmaganida paydo bo'ladi. Bundan tashqari, agar bolalar ota-onalari juda ko'p narsani talab qilsalar, bolalar "qiyin" bo'lishadi: maktabdagi muvaffaqiyat, rasm chizish, raqsga tushish, musiqa. Yoki agar ota-onalar go'dakning hazil-mutoyibalariga juda qattiq munosabatda bo'lishsa, uni qattiq jazolaydilar. Shuni ta'kidlash kerakki, barcha oilalar tarbiyada qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Ota-onalarning tarbiya jarayonida qilgan xatolari keyinchalik inson hayotiga kuchli ta'sir qilishi mumkin. Va ularni butunlay yo'q qilish har doim ham mumkin emas.
Ko'pincha, bolaning noto'g'ri xatti-harakatlari ma'lum bir yoshga va rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Shuning uchun bu qiyinchiliklarga nisbatan tinchroq munosabatda bo'lish kerak. Ammo agar ular uzoq vaqt ketmasa yoki yomonlashsa, ota-onalar chora ko'rishlari kerak. Ko'pgina ota-onalar duch keladigan bolalarda (bolada) eng ko'p uchraydigan psixologik muammolar:
Agressivlik - u o'zini turli yo'llar bilan namoyon qilishi mumkin. Bola qo'pol bo'lishi mumkin, ko'pincha qichqiradi, tengdoshlari bilan janjallashadi. Ota-onalar chaqaloqdagi his-tuyg'ularning haddan tashqari tajovuzkorligini e'tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Ba'zida bu xatti-harakatlar oila va jamiyatda qabul qilingan taqiq va qoidalarga qarshi norozilikdir. Agressiv bolalar juda tez-tez bezovta va zo'riqishadi. Ular uchun tengdoshlari bilan muloqot qilish qiyin, ular murosaga erisha olmaydilar. Farzandingiz bilan ochiqchasiga gaplashishingiz va ushbu xatti-harakatning oqibatlarini tushuntirishingiz kerak.
G'azab hujumlari - ko'pincha juda yosh bolalarda uchraydi. Ular biron bir kichik narsadan g'azablanadilar, histerik holatga tushadilar, erga yiqiladilar. Bolaning bunday xatti-harakati bilan ota-onalar o'zini tutishi kerak, uning xatti-harakatlarini e'tiborsiz qoldirishi kerak va eng yaxshisi uni bir muddat yolg'iz qoldiring.
Yolg'on va o'g'irlik - Ota-onalar ko'pincha farzandining yolg'on yoki o'g'irlik qilayotganini bilib, vahima bosishadi. U nima uchun bunday qilayotganini tushunishga qiynalishadi, u jinoyatchi bo'lib qolishidan qo'rqishadi. Ammo bunday harakatlar ortida ko'pincha e'tiborni jalb qilish istagi bor. Shu bilan birga, bola jazo shaklida ham, mehr-muhabbat shaklida ham ota-onalarning e'tiboridan mamnun. Bundan tashqari, ba'zida yolg'on gapirish yoki o'g'irlash - bu ruxsat etilgan narsalarning chegaralarini sinash. Ya'ni, bu bola ruxsat berilgan chegaralarni aniqlash uchun o'tkazadigan bir xil tajriba.
Siydik yoki najasni tutmaslik. Aksariyat bolalar taxminan 4 yoshgacha ichak va siydik pufagi ishlarini to'liq boshqarishni boshlaydilar. Ammo agar bu muddatgacha bola potani so'ramasa, bu rad etish belgisidir. Bunday holda, siydik o'g'irlab ketish najasga qaraganda tez-tez uchraydi. Uyqusizlik insonning fiziologik jarayonlarini boshqarolmaslik bilan bog'liq. Avvalo, bu anatomik muammolar yoki patologiyalar bilan bog'liqligini aniqlashingiz kerak. Agar yo'q bo'lsa, unda psixologik omil haqida gapirishimiz mumkin. Odatda, bu sevgining etishmasligi, ota-onalarning haddan tashqari qattiqqo'lligi, tushunishning etishmasligi.
Giperaktivlik. Ko'pincha bu muammo o'g'il bolalar uchun odatiy holdir. Bunday bolalar beparvolik bilan ajralib turadi, ular sinfda o'qituvchini tinglamaydilar, ular tez-tez va osonlikcha chalg'itadilar, ular boshlagan ishlarini hech qachon tugatmaydilar. Ular dürtüsel, ular bir joyda o'tirolmaydilar. Bolaning bu xatti-harakati ham ijtimoiy, ham aqliy, ham hissiy, ham aqliy rivojlanishga ta'sir qiladi. Bolalardagi ushbu psixologik muammoning sabablari to'liq tushunilmagan. Uzoq vaqt davomida giperaktivlik yomon tarbiya, asabiylashish va oiladagi noqulay muhit bilan bog'liq edi. Ba'zi olimlar giperaktivlikni bolalarning ijtimoiy-psixologik muammolari bilan izohlashadi. Biroq, tadqiqotlar natijasida ushbu psixologik muammo biologik sabablar va noqulay muhit bilan bog'liqligi isbotlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun dorilar buyuriladi, og'ir holatlarda chuqurroq davolanish amalga oshiriladi.
Ovqatlanish muammolari tuyadi etishmasligida namoyon bo'ladi. Ovqatlanishdan bosh tortish - bu e'tiborni jalb qilishning bir usuli, ba'zida bu stolda noqulay muhit bilan bog'liq, agar bola shu daqiqada doimo ko'tarilib yoki tanqid qilinsa. Agar uning ishtahasi bo'lmasa va u ovqatlanishga majbur bo'lsa, unda u ovqatdan nafratlanishi mumkin, eng rivojlangan holatda anoreksiya rivojlanishi mumkin.
Ko'pincha, bolaning noto'g'ri xatti-harakatlari ma'lum bir yoshga va rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Shuning uchun bu qiyinchiliklarga nisbatan tinchroq munosabatda bo'lish kerak. Ammo agar ular uzoq vaqt ketmasa yoki yomonlashsa, ota-onalar chora ko'rishlari kerak. Ko'pgina ota-onalar duch keladigan bolalarda (bolada) eng ko'p uchraydigan psixologik muammolar:
Agressivlik - u o'zini turli yo'llar bilan namoyon qilishi mumkin. Bola qo'pol bo'lishi mumkin, ko'pincha qichqiradi, tengdoshlari bilan janjallashadi. Ota-onalar chaqaloqdagi his-tuyg'ularning haddan tashqari tajovuzkorligini e'tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Ba'zida bu xatti-harakatlar oila va jamiyatda qabul qilingan taqiq va qoidalarga qarshi norozilikdir. Agressiv bolalar juda tez-tez bezovta va zo'riqishadi. Ular uchun tengdoshlari bilan muloqot qilish qiyin, ular murosaga erisha olmaydilar. Farzandingiz bilan ochiqchasiga gaplashishingiz va ushbu xatti-harakatning oqibatlarini tushuntirishingiz kerak.
G'azab hujumlari - ko'pincha juda yosh bolalarda uchraydi. Ular biron bir kichik narsadan g'azablanadilar, histerik holatga tushadilar, erga yiqiladilar. Bolaning bunday xatti-harakati bilan ota-onalar o'zini tutishi kerak, uning xatti-harakatlarini e'tiborsiz qoldirishi kerak va eng yaxshisi uni bir muddat yolg'iz qoldiring.
Yolg'on va o'g'irlik - Ota-onalar ko'pincha farzandining yolg'on yoki o'g'irlik qilayotganini bilib, vahima bosishadi. U nima uchun bunday qilayotganini tushunishga qiynalishadi, u jinoyatchi bo'lib qolishidan qo'rqishadi. Ammo bunday harakatlar ortida ko'pincha e'tiborni jalb qilish istagi bor. Shu bilan birga, bola jazo shaklida ham, mehr-muhabbat shaklida ham ota-onalarning e'tiboridan mamnun. Bundan tashqari, ba'zida yolg'on gapirish yoki o'g'irlash - bu ruxsat etilgan narsalarning chegaralarini sinash. Ya'ni, bu bola ruxsat berilgan chegaralarni aniqlash uchun o'tkazadigan bir xil tajriba.
Siydik yoki najasni tutmaslik. Aksariyat bolalar taxminan 4 yoshgacha ichak va siydik pufagi ishlarini to'liq boshqarishni boshlaydilar. Ammo agar bu muddatgacha bola potani so'ramasa, bu rad etish belgisidir. Bunday holda, siydik o'g'irlab ketish najasga qaraganda tez-tez uchraydi. Uyqusizlik insonning fiziologik jarayonlarini boshqarolmaslik bilan bog'liq. Avvalo, bu anatomik muammolar yoki patologiyalar bilan bog'liqligini aniqlashingiz kerak. Agar yo'q bo'lsa, unda psixologik omil haqida gapirishimiz mumkin. Odatda, bu sevgining etishmasligi, ota-onalarning haddan tashqari qattiqqo'lligi, tushunishning etishmasligi.
Giperaktivlik. Ko'pincha bu muammo o'g'il bolalar uchun odatiy holdir. Bunday bolalar beparvolik bilan ajralib turadi, ular sinfda o'qituvchini tinglamaydilar, ular tez-tez va osonlikcha chalg'itadilar, ular boshlagan ishlarini hech qachon tugatmaydilar. Ular dürtüsel, ular bir joyda o'tirolmaydilar. Bolaning bu xatti-harakati ham ijtimoiy, ham aqliy, ham hissiy, ham aqliy rivojlanishga ta'sir qiladi. Bolalardagi ushbu psixologik muammoning sabablari to'liq tushunilmagan. Uzoq vaqt davomida giperaktivlik yomon tarbiya, asabiylashish va oiladagi noqulay muhit bilan bog'liq edi. Ba'zi olimlar giperaktivlikni bolalarning ijtimoiy-psixologik muammolari bilan izohlashadi. Biroq, tadqiqotlar natijasida ushbu psixologik muammo biologik sabablar va noqulay muhit bilan bog'liqligi isbotlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun dorilar buyuriladi, og'ir holatlarda chuqurroq davolanish amalga oshiriladi.
Ovqatlanish muammolari tuyadi etishmasligida namoyon bo'ladi. Ovqatlanishdan bosh tortish - bu e'tiborni jalb qilishning bir usuli, ba'zida bu stolda noqulay muhit bilan bog'liq, agar bola shu daqiqada doimo ko'tarilib yoki tanqid qilinsa. Agar uning ishtahasi bo'lmasa va u ovqatlanishga majbur bo'lsa, unda u ovqatdan nafratlanishi mumkin, eng rivojlangan holatda anoreksiya rivojlanishi mumkin.







Yüklə 44,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə